04.10.2023 yildagi 527-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 04.10.2023 yildagi 527-son
Date of entry into force
05.10.2023
Hujjat 05.10.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ijtimoiy foydali dasturlar va loyihalar amalga oshirilishida ijtimoiy sheriklik hamda xalqaro hamkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash, Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhi (FATF) standartlarining sakkizinchi tavsiyasini Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga implementatsiya qilish, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy foydali dasturlari va loyihalarida ijtimoiy sheriklik hamda xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tashqi manbalardan pul mablagʻlari va mol-mulk olinishini kelishish hamda tashqi manbalardan moliyalashtiriladigan loyihalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 4-maydagi PF-5430-son Farmoni bilan manfaatdor vazirlik va idoralarning amaldagi shtatlar soni doirasida rahbar oʻrinbosarlaridan birini nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish boʻyicha masʼul etib belgilash nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) har bir respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 15-oktabrga qadar hamda 2024-yildan boshlab har yili 1-yanvarga qadar nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish boʻyicha masʼul etib belgilangan rahbar oʻrinbosari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (F.I.O., lavozimi, telefon raqami, elektron pochta manzili) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etib boriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yil davomida erishilishi zarur boʻlgan maqsadli koʻrsatkichlar (indikatorlar)ning ishlab chiqilishida nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish samaradorligi koʻrsatkichlari nazarda tutiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ushbu bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisiga muvofiq taqdim etilgan maʼlumotlarning Nodavlat notijorat tashkilotlari elektron portalida (keyingi oʻrinlarda — portal) joylashtirilishini hamda doimiy ravishda yangilab borilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2024-yil 1-yanvarga qadar portalda nodavlat notijorat tashkilotlari va keng jamoatchilik uchun ochiq boʻlgan quyidagi maʼlumotlarni joylashtirish imkoniyatini yaratsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish boʻyicha masʼul etib belgilangan rahbar oʻrinbosarlari haqida maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat notijorat tashkilotlarining tashqi manbalardan moliyalashtirilgan loyihalarini amalga oshirish natijasi toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat notijorat tashkilotlari uchun eʼlon qilingan xalqaro grant tanlovlari haqida maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul mablagʻlari va mol-mulk olinishini kelishish talab etilmaydigan Oʻzbekiston Respublikasi aʼzo boʻlgan xalqaro tashkilotlar va ularning ixtisoslashtirilgan muassasalari roʻyxati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Portalni takomillashtirish bilan bogʻliq xarajatlar budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirilishi belgilab qoʻyilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlik va idoralarning nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish boʻyicha masʼul rahbar oʻrinbosarlari ushbu qaror ijrosini samarali tashkil qilish uchun shaxsan javobgar etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyatini jamoatchilikka, shu jumladan, nodavlat notijorat tashkilotlariga yetkazsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.J. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 4-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
527-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-oktabrdagi 527-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tashqi manbalardan pul mablagʻlari va mol-mulk olinishini kelishish hamda tashqi manbalardan moliyalashtiriladigan loyihalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tashqi manbalardan pul mablagʻlari va mol-mulk olinishini roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan kelishish hamda tashqi manbalardan moliyalashtiriladigan loyihalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalar — tashqi manbalar hisobidan moliyalashtirilgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar (dasturlar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ — nodavlat notijorat tashkilotini qonunchilikka muvofiq davlat roʻyxatidan oʻtkazgan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi manbalar — chet el davlatlari, xalqaro va chet el tashkilotlari, chet el davlatlarining fuqarolari yoki ularning topshirigʻiga binoan boshqa shaxslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tashqi manbalardan jami summasi bir kalendar yilda bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan ortiq boʻlgan pul mablagʻlari va mol-mulk olinishi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan kelishiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda bir kalendar yilda olinadigan pul mablagʻlari va mol-mulkning jami summasiga belgilangan talab, qoida tariqasida, har bir tashqi manba boʻyicha alohida qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tashqi manbalardan olingan pul mablagʻlari va mol-mulkning hisobini yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tashqi manbalardan olinishi moʻljallangan pul mablagʻlari va mol-mulk boʻyicha maʼlumotlarning ishonchliligi va toʻgʻriligi uchun nodavlat notijorat tashkiloti rahbari yoki u vakolat bergan shaxs javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Nodavlat notijorat tashkilotining bank hisobvaragʻiga tashqi manbalardan pul mablagʻlari kelib tushganda unga xizmat koʻrsatuvchi bank uch ish kuni ichida bu haqda tegishli roʻyxatdan oʻtkazuvchi organni yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xabarnomada nodavlat notijorat tashkiloti, tashqi manba, pul mablagʻlari kelib tushgan bank hisobvaragʻi, ularning miqdori va kelib tushish sanasi haqidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Tashqi manbalardan pul mablagʻlari va mol-mulk olishni kelishish (xabardor qilish) tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tashqi manbalardan pul mablagʻlari va mol-mulk olinishini roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan kelishish ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Nodavlat notijorat tashkiloti tashqi manbalardan pul mablagʻlari va mol-mulk kelib tushish sanasidan kamida yigirma kun oldin roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan yozma yoki elektron shaklda murojaatnoma (keyingi oʻrinlarda — murojaatnoma) taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Agar tashqi manbalardan nodavlat notijorat tashkilotiga maʼlum boʻlmagan holda uning bank hisobvaraqlariga pul mablagʻlari kiritilsa yoki nodavlat notijorat tashkilotiga mol-mulk kelib tushsa, bu haqda nodavlat notijorat tashkiloti xabar topgan yoki xabar topishi lozim boʻlgan kundan boshlab uch ish kuni ichida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga ushbu Nizomda belgilangan tartibda kelishish yoki xabardor qilish uchun yozma yoki elektron shaklda murojaatnoma taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Quyidagi hollarda nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan tashqi manbalardan pul mablagʻlari va mol-mulk olinishini roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan kelishish talab etilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi manbalardan olinadigan pul mablagʻlari va mol-mulkning jami summasi bir kalendar yilda bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ajratiladigan pul mablagʻlarining miqdori va mol-mulk aniq koʻrsatilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlarda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, qonunchilik hujjatlari bilan tashkil etilgan respublika komissiyalari va kengashlarining hujjatlarida nazarda tutilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 29-dekabrdagi 786-son qarori asosida tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlari hamda insonparvarlik yordami olinganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tashkilotlari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar va nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasida tuzilgan oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimlarda nazarda tutilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro va chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxona va filiallariga bosh tashkilotlari tomonidan ularning maʼmuriy xarajatlari uchun pul mablagʻlari va mol-mulk ajratilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi aʼzo boʻlgan xalqaro tashkilotlar va ularning ixtisoslashtirilgan muassasalaridan toʻgʻridan-toʻgʻri (bevosita) pul mablagʻlari va mol-mulk olinganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur bandda koʻrsatilgan asoslarga koʻra olinadigan pul mablagʻlari va mol-mulk haqida ularning olinishidan kamida uch ish kuni oldin nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ yozma yoki elektron shaklda xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xabarnomada pul mablagʻlari va mol-mulk beruvchi tashqi manba haqida maʼlumotlar (jismoniy shaxslar uchun — F.I.O., fuqaroligi, yashash joyi, tugʻilgan sanasi va joyi, ish joyi va lavozimi; yuridik shaxslar uchun — toʻliq nomi, joylashgan eri, asosiy rahbar organining joylashgan eri, rahbarining F.I.O.), olinayotgan pul mablagʻlari birligi (valyutasi) va miqdori, mol-mulk turi va qiymati, ulardan foydalanish maqsadlari koʻrsatiladi hamda unga pul mablagʻlari va mol-mulkning nodavlat notijorat tashkilotiga ajratilishi boʻyicha bitim, shartnoma, qaror va boshqa hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xabarnoma asosida olinishi rejalashtirilgan pul mablagʻlari va mol-mulk hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida loyihalarni amalga oshirish maqsad qilingan boʻlsa, loyihalar mazkur Nizomning 4-bobida nazarda turilgan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Pul mablagʻlari va mol-mulk olinishini kelishish talab etilmaydigan Oʻzbekiston Respublikasi aʼzo boʻlgan xalqaro tashkilotlar va ularning ixtisoslashtirilgan muassasalari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-sayti hamda Nodavlat notijorat tashkilotlari elektron portalida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida eʼlon qilinadi. Bunda ushbu roʻyxat har yarim yilda yangilab boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Murojaatnomani koʻrib chiqish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Nodavlat notijorat tashkilotlarining tashqi manbalardan pul mablagʻlari va mol-mulk olishni kelishish toʻgʻrisidagi murojaatnomasi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan oʻn besh kun ichida koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Murojaatnomani koʻrib chiqish jarayonida hujjatlarda oʻzgarishlar boʻlgan taqdirda, nodavlat notijorat tashkiloti bu haqda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga bir kun ichida ushbu oʻzgarishlar bilan bogʻliq maʼlumotlarni ilova qilgan holda yozma yoki elektron shaklda xabar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan kelishish uchun taqdim etilgan murojaatnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarning va unga ilova qilingan hujjatlarning ishonchliligini, qonunchilik hujjatlariga hamda nodavlat notijorat tashkiloti ustavi (nizomi)da belgilangan maqsad va vazifalarga muvofiqligini oʻrganadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Murojaatnomani qoʻshimcha oʻrganish zarurati vujudga kelganda, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tegishli tashkilotlarga soʻrov yuborishga, nodavlat notijorat tashkilotidan muddat koʻrsatgan va asoslantirgan holda murojaatnoma yuzasidan qoʻshimcha maʼlumotlar soʻrab olishga haqli. Bunda murojaatnomani koʻrib chiqish oʻn kundan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Murojaatnomani koʻrib chiqish muddati uzaytirilganligi haqida nodavlat notijorat tashkiloti darhol yozma yoki elektron shaklda xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning murojaatnoma boʻyicha soʻroviga javob tegishli tashkilot tomonidan oʻn kundan kechiktirmasdan taqdim etiladi. Mazkur muddatdan kechiktirib berilgan javob murojaatnomani koʻrib chiqish natijasiga taʼsir koʻrsatmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ murojaatnomani koʻrib chiqish natijalari yuzasidan kelishish yoki sabablarini koʻrsatgan holda tashqi manbalardan pul mablagʻlari va mol-mulk olinishini rad etish toʻgʻrisida murojaatnomani koʻrib chiqish muddati davomida nodavlat notijorat tashkilotini yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar mazkur Nizomda belgilangan muddatda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan murojaatnomani koʻrib chiqish natijalari haqida nodavlat notijorat tashkilotiga yozma yoki elektron shaklda xabar berilmasa, nodavlat notijorat tashkiloti pul mablagʻlari va mol-mulkni olishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Quyidagi hollarda tashqi manbalardan pul mablagʻlari va mol-mulk olinishi rad etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi manbaning faoliyati, shuningdek, olinayotgan pul mablagʻlari va mol-mulkdan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zoʻrlik bilan oʻzgartirishga, suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga putur yetkazishga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini kamsitishga, sogʻligʻi va maʼnaviyatiga tajovuz qilishga, urush, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targʻib qilishga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qaratilgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi manba qonunchilik hujjatlariga koʻra terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan, shuningdek, sud tartibida ekstremistik va terroristik deb topilgan tashkilotlar va ularga aloqador shaxslar boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi manba Oʻzbekiston Respublikasi hududida sud tartibida majburiy tugatilgan tashkilotning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan bosh tashkiloti yoki uning taʼsischilari boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul mablagʻlari va mol-mulkni olish maqsadi qonunchilik hujjatlari va nodavlat notijorat tashkiloti ustavi (nizomi) talablariga zid boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
murojaatnomada va unga ilova qilingan hujjatlarda yolgʻon maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
murojaatnoma mazkur Nizomda belgilangan tartib va muddatga rioya qilinmagan holda taqdim etilgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat notijorat tashkiloti murojaatnoma yuzasidan soʻralgan qoʻshimcha maʼlumotlarni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga belgilangan muddatda taqdim qilmasa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Pul mablagʻlari va mol-mulk olinishi rad etilganda, nodavlat notijorat tashkiloti rad etishga sabab boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga ushbu Nizomga muvofiq umumiy asoslarda takroran murojaat qilishi mumkin, bundan mazkur Nizomning 18-bandi ikkinchi — oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Nodavlat notijorat tashkiloti murojaatnomani ushbu murojaatnoma yuzasidan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning qarori qabul qilinguniga qadar oʻz arizasiga asosan qaytarib olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Tashqi manbalar hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida loyihalarni amalga oshirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Nodavlat notijorat tashkiloti tashqi manbalardan olinayotgan pul mablagʻlari va mol-mulk hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirgan taqdirda, oʻz murojaatnomasiga ushbu Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq loyihalarni amalga oshirish rejasini (keyingi oʻrinlarda — reja) ilova qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Umumiy qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 1 000 baravari va undan yuqori boʻlgan loyihalarni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan belgilangan tegishli davlat tashkiloti tashkiliy-uslubiy jihatdan taʼminlab boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda nodavlat notijorat tashkiloti roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga loyihani tashkiliy-uslubiy jihatdan taʼminlab borish uchun belgilanadigan davlat tashkilotlari yuzasidan taklif kiritish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Umumiy qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 1 000 baravarigacha boʻlgan loyihalarni tashkiliy-uslubiy jihatdan taʼminlab boradigan davlat tashkilotlarini jalb etish nodavlat notijorat tashkilotining oʻz xohishiga binoan amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda nodavlat notijorat tashkiloti oʻz murojaatnomasida tegishli davlat tashkilotlarini koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan tashqi manbalardan pul mablagʻlari va mol-mulk olinishi kelishilganligi haqidagi xabarida loyihani tashkiliy-uslubiy jihatdan taʼminlab boradigan tegishli davlat tashkiloti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyihani tashkiliy-uslubiy jihatdan taʼminlab boradigan davlat tashkilotiga loyiha, loyihani amalga oshirish rejasi va nodavlat notijorat tashkiloti haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan xabarnomani yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Loyihani amalga oshirish jarayonida uni tashkiliy-uslubiy jihatdan taʼminlab borish uchun qoʻshimcha davlat tashkilotini jalb etish zarurati vujudga kelganda nodavlat notijorat tashkiloti bu haqida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga murojaat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ besh ish kuni ichida nodavlat notijorat tashkilotining murojaatini koʻrib chiqadi hamda natijasi haqida nodavlat notijorat tashkiloti va loyihani tashkiliy-uslubiy jihatdan taʼminlab boradigan tegishli davlat tashkilotini xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Loyihani tashkiliy-uslubiy jihatdan taʼminlab boradigan davlat tashkiloti roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning tegishli xabarnomasini olgan kundan boshlab reja asosida loyiha ijrosiga koʻmaklashishga kirishadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Loyihani tashkiliy-uslubiy jihatdan taʼminlab boradigan davlat tashkiloti nodavlat notijorat tashkilotiga quyidagi shakllarda koʻmaklashadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha doirasida uchrashuvlar, muzokaralar va boshqa tadbirlarni tashkillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihaga soha ekspertlari va mutaxassislarini jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha samaradorligini taʼminlash maqsadida zarur statistik va tahliliy maʼlumotlar bilan almashish, bundan davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazuvchi maʼlumotlar mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihani amalga oshirish jarayonida vujudga kelgan muammolarning yechimiga qaratilgan amaliy taklif va tavsiyalarni berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Loyihani tashkiliy-uslubiy jihatdan taʼminlab boradigan davlat tashkilotiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat notijorat tashkilotining ustavida belgilangan faoliyatiga aralashishi yoki toʻsqinlik qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat notijorat tashkilotiga koʻrsatmalar va topshiriqlar berishi, vazifalar belgilashi hamda undan loyiha bilan bogʻliq boʻlmagan ortiqcha maʼlumotlar talab qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihaning tasdiqlangan hujjatlariga (xarajatlar smetasi, rejasi va boshqalar) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha doirasidagi ishtiroki uchun moddiy ragʻbatlantirish talab qilishi taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur band talablarini buzgan tegishli davlat tashkilotiga nisbatan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan nodavlat notijorat tashkilotining murojaatiga asosan qonunchilik hujjatlarida belgilangan taʼsir choralari koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Loyihani amalga oshirish jarayonida rejaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan taqdirda, nodavlat notijorat tashkiloti ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida bu haqda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organni xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Nodavlat notijorat tashkiloti loyiha yakunlangan kundan boshlab bir oy ichida mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Nodavlat notijorat tashkilotlari elektron portalida loyihani moliyalashtirgan tashqi manbaga taqdim etgan hisobotlar va hujjatlarni ilova qilgan holda loyiha natijasi toʻgʻrisida maʼlumot eʼlon qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan pul mablagʻlari va mol-mulk olinishi rad etilishi yuzasidan, shuningdek, loyihani tashkiliy-uslubiy jihatdan taʼminlab boradigan davlat tashkilotining noqonuniy xatti-harakatlari ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Tashqi manbalardan olingan pul mablagʻlari va mol-mulk qonunchilik hujjatlariga, nodavlat notijorat tashkilotining ustavi (nizomi)da va taqdim etilgan hujjatlarda belgilangan maqsad va usullarga muvofiq ishlatilishi uchun nodavlat notijorat tashkiloti rahbari yoki u tomonidan vakolat berilgan shaxs javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Nodavlat notijorat tashkiloti roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning soʻroviga asosan tashqi manbalardan olingan pul mablagʻlari va mol-mulkdan foydalanilishi yuzasidan maʼlumotlar va tegishli hujjatlarni taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tashqi manbalardan pul mablagʻlari va mol-mulk olinishini kelishish hamda tashqi manbalardan moliyalashtiriladigan loyihalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tashqi manbalardan pul mablagʻlari va mol-mulk olinishini kelishish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Masʼullar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

1-bosqich

Nodavlat notijorat tashkiloti (NNT)

1. Tashqi manbalardan pul mablagʻlari va mol-mulk olishni kelishish toʻgʻrisida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ (Adliya vazirligi, hududiy adliya boshqarmalari)ga yozma yoki elektron shaklda murojaatnoma taqdim etadi.

Pul mablagʻlari va mol-mulk kelib tushish sanasidan kamida 20 kun oldin

2. Agar tashqi manbalardan NNTga maʼlum boʻlmagan holda uning bank hisobvaraqlariga pul mablagʻlari kiritilsa yoki NNTga mol-mulk kelib tushsa, bu haqda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ ga belgilangan tartibda yozma yoki elektron shaklda murojaatnoma kiritadi.

Pul mablagʻlari va mol-mulk kelib tushgani haqida xabar topgan (xabar topishi lozim boʻlgan) kundan boshlab 3 ish kuni ichida

2-bosqich

Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ

NNTning murojaatnomasida koʻrsatilgan maʼlumotlar va unga ilovaga qilingan hujjatlarni koʻrib chiqadi.

Murojaatnoma kelib tushgan kundan boshlab 15 kun ichida

NNT

Murojaatnomani koʻrib chiqish jarayonida hujjatlarda oʻzgarishlar boʻlgan taqdirda, ular bilan bogʻliq maʼlumotlarni ilova qilgan holda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga yozma yoki elektron shaklda xabar beradi.

1 ish kuni ichida

Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ

Murojaatnomani qoʻshimcha oʻrganish zarurati vujudga kelganda, tegishli tashkilotlarga soʻrov yuboradi, NNTdan muddat koʻrsatgan va asoslantirgan holda murojaatnoma yuzasidan qoʻshimcha maʼlumotlar soʻrab oladi.

Murojaatnomani koʻrib chiqish muddati davomida

Soʻrov yuborilgan tegishli tashkilot

Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning soʻroviga asoslantirilgan xulosa taqdim etadi.

Soʻrov kelib tushgan kundan boshlab 10 kundan kechiktirmasdan

NNT

Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning soʻroviga asosan murojaatnoma yuzasidan qoʻshimcha maʼlumotlarni taqdim etadi.

Roʻyxatdan oʻtgan organning soʻrovida koʻrsatilgan muddatda

Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ

Murojaatnomani koʻrib chiqish natijalari yuzasidan rozilik berish yoki sabablarini koʻrsatgan holda rad etish toʻgʻrisida NNTni yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.

Murojaatnoma kelib tushgan kundan boshlab 15 kun ichida

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tashqi manbalardan pul mablagʻlari va mol-mulk olinishini kelishish hamda tashqi manbalardan moliyalashtiriladigan loyihalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi manbalardan pul mablagʻlari va mol-mulk olishni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan kelishish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MUROJAATNOMA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Maʼlumotlar

I. Pul mablagʻlari va mol-mulk oluvchi nodavlat notijorat tashkiloti toʻgʻrisida maʼlumotlar:

1.

Pul mablagʻlari va mol-mulk oluvchi nodavlat notijorat tashkilotining toʻliq nomi, roʻyxatdan oʻtgan sanasi va guvohnoma raqami

2.

Pul mablagʻlari va mol-mulk oluvchi nodavlat notijorat tashkiloti rahbarining F.I.O.

3.

Pul mablagʻlari va mol-mulk oluvchi nodavlat notijorat tashkilotining joylashgan eri

II. Pul mablagʻlari va mol-mulk beruvchi tashqi manbalar toʻgʻrisida maʼlumotlar:

Pul mablagʻlari va mol-mulkni toʻgʻridan-toʻgʻri beruvchi chet el davlatlari, xalqaro va chet el tashkilotlari, chet el davlatlarining fuqarolari toʻgʻrisida maʼlumotlar

4.

Jismoniy shaxslar uchun

a) F.I.O.

b) fuqaroligi

v) yashash joyi

g) tugʻilgan sanasi

d) tugʻilgan joyi

e) ish joyi va lavozimi

5

Yuridik shaxslar uchun

a) toʻliq nomi (pul mablagʻlari va mol-mulk beruvchi tomon chet el davlati yoki chet el davlati tashkiloti boʻlganda ushbu bandning “b” — “g” kichik bandlari toʻldirilmaydi)

b) taʼsis hujjatlari nusxasi (ilova qilinadi)

v) joylashgan eri

g) rahbarining F.I.O.

Asosiy tashqi manba toʻgʻrisida maʼlumotlar

(II boʻlimning 6 va 7-bandlari pul mablagʻlari va mol-mulk chet el davlatlari, xalqaro va chet el tashkilotlari, chet el davlatlarining fuqarolari topshirigʻiga binoan berilganda toʻldiriladi)

6.

Jismoniy shaxslar uchun

a) F.I.O.

b) fuqaroligi

v) yashash joyi

g) tugʻilgan sanasi

d) tugʻilgan joyi

e) ish joyi va lavozimi

7.

Yuridik shaxslar uchun

a) toʻliq nomi (pul mablagʻlari va mol-mulk beruvchi tomon chet el davlat tashkiloti boʻlganda ushbu bandning “b” — “d” kichik bandlari toʻldirilmaydi)

b) taʼsis hujjatlari nusxasi (ilova qilinadi)

v) joylashgan eri

g) asosiy rahbar organi joylashgan manzili (bosh tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan tashkilotlarning filiallari va vakolatxonalari uchun)

d) rahbarining F.I.O.

III. Olinayotgan pul mablagʻlari va mol-�ulk hamda ulardan foydalanish maqsadlari toʻgʻrisida maʼlumotlar:

8.

Pul mablagʻlari birligi (valyutasi)

9.

Pul mablagʻlari miqdori

10.

Mol-mulk turi

11.

Mol-mulkning umumiy qiymati

12.

Pul mablagʻlari va mol-mulkni olish maqsadlari

13.

Pul mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha xarajatlar smetasi (ilova qilinadi)

14.

Pul mablagʻlari va mol-mulkni olish asosi (agar bitim, shartnoma, qaror va boshqa hujjatlar mavjud boʻlsa, ularning nusxalari ilova qilinadi)

15.

Pul mablagʻlari va mol-mulkning kelib tushish sanasi

IV. Olinayotgan pul mablagʻlari va mol-mulk hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar toʻgʻrisida maʼlumotlar

(olinayotgan pul mablagʻlari va mol-mulk hisobidan loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan taqdirda toʻldiriladi):

16.

Loyiha nomi

17.

Loyihaning maqsadi va vazifalari

18.

Loyihaning davomiyligi (oy):

boshlanish muddati:

tugash muddati:

19.

Loyihaning umumiy qiymati, shundan

tashqi manba ulushi

nodavlat notijorat tashkiloti ulushi

hamkorlar ulushi

20.

Loyihaning xarajatlari smetasi (ilova qilinadi)

21.

Loyiha amalga oshiriladigan hududlar

22.

Loyihaning maqsadli auditoriyasi

23.

Loyiha jamoasi:

F.I.O.

Asosiy ish joyi va lavozimi

Loyiha doirasidagi vazifalari

24.

Loyiha hamkorlari:

Hamkor tashkilot nomi

Vazifalari

25.

Loyihani tashkiliy-uslubiy jihatdan taʼminlab borish uchun jalb etilishi soʻralayotgan davlat tashkilotlari

___________________

(NNT rahbari imzosi)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tashqi manbalardan pul mablagʻlari va mol-mulk olinishini kelishish hamda tashqi manbalardan moliyalashtiriladigan loyihalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

________________________________________________________________________

(tashqi manba nomi)

tomonidan moliyalashtirilgan

________________________________________________________________________

(loyiha nomi)

nomli loyihani amalga oshirish

REJASI

T/r

Maqsad va vazifalar

Amalga oshirish mexanizmlari

Amalga oshirish hududi

Amalga oshirish muddati

Amalga oshirish xarajatlari

Loyiha ishtirokchilari

Maqsadli auditoriya toifasi

Davlat va nodavlat tashkilotlar

Xalqaro (chet el) tashkilotlar va chet el davlatlari ekspertlari

1.

________________________________________

_______________________

_______________________________________

(NNT nomi)

(imzo)

(NNT rahbarining F.I.O.)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tashqi manbalardan pul mablagʻlari va mol-mulk olinishini kelishish hamda tashqi manbalardan moliyalashtiriladigan loyihalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

________________________________________________________________________

(tashqi manba nomi)

tomonidan moliyalashtirilgan

________________________________________________________________________

(loyiha nomi)

nomli loyihaning yakunlari toʻgʻrisida

MAʼLUMOT

T/r

Loyiha davomiyligi

Amalga oshirilgan chora-tadbirlar

Sarflangan mablagʻlar

(raqamlar va soʻzlar bilan)

Qamrab olingan maqsadli auditoriya

Loyiha maqsadiga erishilganlik darajasi

Loyiha ishtirokchilari

(nomi koʻrsatiladi)

Jami

Tashqi manba ulushi

NNT ulushi

Hamkor tashkilotlar ulushi

Maqsadli guruhlar toifasi

Soni

Chora-tadbir maqsadi

Chora-tadbir natijasi

Davlat tashkilotlari

NNT

Xalqaro (chet el) tashkilotlar

Chet el davlatlari ekspertlarining fuqaroligi

1.

2.

3.

...

Jami

________________________________________

_______________________

_______________________________________

(NNT nomi)

(imzo)

(NNT rahbarining F.I.O.)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-oktabrdagi 527-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirigʻiga binoan boshqa shaxslardan pul mablagʻlari va mol-mulk olishni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 9-oktabrdagi 858-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlarining xalqaro grant loyihalarini amalga oshirishda davlat boshqaruvi organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 13-iyundagi 328-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 727-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2023-yil 29-maydagi 217-son qaroriga ilovaning 5-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2023-y., 09/23/527/0752-son)