1-ILOVA
TUZILMASI
2-ILOVA
|
Ariza berish va skoring tizimi |
|
Hokim yordamchilari |
|
Loyihalarni baholash va tanlash guruhlari |
|
Markazlar |
|
Tijorat banklari, Jamg‘arma va Markazlar |
|
Markazlar va tijorat banklari |
|
Tashabbuskor tomonidan ariza beriladi, tijorat banklar ko‘magida skoring baholash o‘tkaziladi |
Tijorat banklar ko‘magida skoring baholashdan o‘tgan tashabbuskorlar bilan bevosita joyida uchrashib, tasdiqlangan savolnoma asosida belgilangan mezonlarga muvofiqligi o‘rganiladi va tashabbuskorlarning dastlabki ro‘yxati shakllantiriladi |
Dastlabki ro‘yxatga kiritilgan tashabbuskorlarning tadbirkorlik ko‘nikmasi va biznes-rejalarining yashovchanligini baholash asosida istiqbolli loyihalar tanlab olinadi va ular faoliyati davri, pul aylanmasi va ishchilar soniga qarab toifalarga ajratiladi |
O‘qitish tashkil etiladi va imtihondan muvaffaqiyatli o‘tganlarga sertifikat beriladi |
Tanlab olingan loyihalar quyidagicha moliyaviy va konsultativ qo‘llab-quvvatlanadi: a) kreditlar ajratish; b) lizing xizmatlari ko‘rsatish; v) bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini taqdim etish; g) ulushdor bo‘lib ishtirok etish; d) grant mablag‘lari taqdim etish; e) konsultatsiya xizmatlarini ko‘rsatish |
Tegishli biznes rejalari amalga oshirilishining monitoringi yuritiladi hamda maqsadli ko‘rsatkichlarga erishilgandan so‘ng kiritilgan ulushni belgilangan tartibda sotish choralari ko‘riladi | |||||
3-ILOVA
|
a) 100 million so‘mgacha garovsiz kreditlar |
|
|
Ishtirokchilar: |
kamida bir yil mobaynida faoliyat yuritib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xo‘jaliklari, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar, hunarmandlar, kasanachilar, nodavlat ta’lim tashkilotlari, uch va undan ortiq kishini doimiy ish bilan ta’minlayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari; oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida o‘z biznes loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib, ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar |
|
Foiz stavkasi: |
Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada |
|
Kredit ajratish maqsadi va muddatlari: |
loyihani* amalga oshirish uchun 24 oygacha imtiyozli davr bilan 84 oygacha ajratiladi |
|
b) 150 million so‘mgacha garov talabi pasaytirilgan revolver kreditlar |
|
|
Ishtirokchilar: |
kichik tadbirkorlik subyektlari |
|
Foiz stavkasi: |
Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada |
|
Kredit ajratish maqsadi va muddatlari: |
ochiq kredit liniyasi asosida har 12 oyda so‘ndirish sharti bilan 36 oygacha ajratiladi |
|
b1) 500 million so‘mgacha kreditlar |
|
|
tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagi bo‘lgan va loyihalari belgilangan tartibda istiqbolli loyiha sifatida tanlab olingan quyidagi kichik tadbirkorlik subyektlari: |
|
|
Foiz stavkasi: |
Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada |
|
Kredit ajratish maqsadi va muddatlari: |
loyihani* amalga oshirish uchun 24 oygacha imtiyozli davr bilan 84 oygacha ajratiladi. |
|
v) 1 milliard so‘mgacha kreditlar |
|
|
Ishtirokchilar: |
tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagi bo‘lgan va loyihalari belgilangan tartibda istiqbolli loyiha sifatida tanlab olingan quyidagi kichik tadbirkorlik subyektlari: oxirgi 12 oyda aylanma mablag‘lari miqdori 500 mln so‘mdan 10 mlrd so‘mgacha bo‘lgan; kamida besh nafar kishini doimiy ish bilan ta’minlagan |
|
Foiz stavkasi: |
Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada |
|
Kredit ajratish maqsadi va muddatlari: |
loyihani* amalga oshirish uchun 24 oygacha imtiyozli davr bilan 84 oygacha ajratiladi |
|
g) 1,5 milliard so‘mgacha kreditlar |
|
|
Ishtirokchilar: |
tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagi bo‘lgan va loyihalari belgilangan tartibda istiqbolli loyiha sifatida tanlab olingan quyidagi kichik tadbirkorlik subyektlari: 24 oydan ortiq faoliyat ko‘rsatayotgan; oxirgi 12 oyda aylanma mablag‘lari miqdori 1 mlrd so‘mdan 10 mlrd so‘mgacha bo‘lgan; kamida o‘n nafar kishini doimiy ish bilan ta’minlagan |
|
Foiz stavkasi: |
Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada |
|
g1) 1,5 milliard so‘mgacha eksportyorlarga revolver kreditlar |
|
|
Ishtirokchilar: |
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi quyidagi tadbirkorlik subyektlari: oxirgi 12 oyda aylanma mablag‘lari miqdori 500 mln so‘mdan ziyod bo‘lgan; kamida to‘rt nafar kishini doimiy ish bilan ta’minlagan |
|
Foiz stavkasi: |
Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada |
|
Kredit ajratish maqsadi va muddatlari: |
aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun ochiq kredit liniyasi asosida har 12 oyda so‘ndirish shartida 6 oy imtiyozli davr bilan 36 oygacha muddatga ajratiladi. |
|
2. 1,5 milliard so‘mgacha lizing xizmatlari ko‘rsatish: |
|
|
Ishtirokchilar: |
tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagi bo‘lgan va loyihalari belgilangan tartibda istiqbolli loyiha sifatida tanlab olingan quyidagi kichik tadbirkorlik subyektlari: 24 oydan ortiq faoliyat ko‘rsatayotgan; oxirgi 12 oyda aylanma mablag‘lari miqdori 1 mlrd so‘mdan 10 mlrd so‘mgacha bo‘lgan; kamida o‘n nafar kishini doimiy ish bilan ta’minlagan |
|
Foiz stavkasi: |
Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada |
|
Maqsadi va muddatlari: |
asbob uskunalar, texnologik jihozlar va maxsus texnikalarni sotib olish uchun 24 oygacha imtiyozli davr bilan 84 oygacha amalga oshiriladi |
|
3. 1,5 milliard so‘mgacha foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan qarzga asosiy vosita olib berish: |
|
|
Ishtirokchilar: |
tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagi bo‘lgan va loyihalari belgilangan tartibda istiqbolli loyiha sifatida tanlab olingan quyidagi kichik tadbirkorlik subyektlari: 24 oydan ortiq faoliyat ko‘rsatayotgan; oxirgi 12 oyda aylanma mablag‘lari miqdori 1 mlrd so‘mdan 10 mlrd so‘mgacha bo‘lgan; kamida o‘n nafar kishini doimiy ish bilan ta’minlagan |
|
Maqsadi va muddatlari: |
asbob uskunalar, texnologik jihozlar va maxsus texnikalarni sotib olish uchun 24 oygacha imtiyozli davr bilan 84 oygacha amalga oshiriladi. |
|
4. Loyihalarda 1 milliard so‘mgacha miqdorda ulushdor bo‘lib ishtirok etish: |
|
|
Ishtirokchilar: |
tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagi bo‘lgan va loyihalari belgilangan tartibda istiqbolli loyiha sifatida tanlab olingan quyidagi kichik tadbirkorlik subyektlari: 24 oydan ortiq faoliyat ko‘rsatayotgan; oxirgi 12 oyda aylanma mablag‘lari miqdori 1 mlrd so‘mdan 10 mlrd so‘mgacha bo‘lgan; kamida o‘n nafar kishini doimiy ish bilan ta’minlagan |
|
Qo‘llab-quvvatlash turi: |
bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari va yer maydonlari, asbob-uskunalar, bino-inshootlar va boshqa ko‘rinishdagi moddiy aktivlar bilan 20 foizgacha, biroq 1 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lmagan qiymatda ulushdor bo‘lib ishtirok etish |
|
Ulushdan daromad: |
kichik tadbirkorlik subyekti faoliyati natijasidagi sof foydadan dividendlar; ulushni bozor bahosida baholab sotishda ko‘riladigan foyda |
|
Ulushdan foydalanish muddatlari: |
markazlar tomonidan loyihaga kiritilgan ulushni 7 yil davomida bozor qiymatida loyiha tashabbuskoriga yoki boshqa salohiyatli investorlarga realizatsiya qilish. |
|
5. 2 milliard so‘mgacha grant mablag‘lari taqdim etish: |
|
|
Ishtirokchilar: |
tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagi bo‘lgan va loyihalari belgilangan tartibda istiqbolli loyiha sifatida tanlab olingan kichik tadbirkorlik subyektlari |
|
Qo‘llab-quvvatlash turi: |
kichik tadbirkorlik subyektlarida innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish, yuqori texnologik startap loyihalarga davlat ilmiy dasturlari doirasida 2 mlrd so‘mgacha grant mablag‘lar ajratib boriladi. Bunda: markazlarda tashkil etiladigan Loyihalarni baholash va tanlash guruhlari tomonidan ushbu yo‘nalishdagi loyihalar tanlab olinadi va Innovatsion rivojlanish agentligiga ma’qullash uchun taqdim etiladi; Innovatsion rivojlanish agentligi 15 ish kunida belgilangan tartibda ko‘rib chiqib, ma’qullangan loyihalarni Markazlarga taqdim etadi; markazlar ma’qullangan loyihalar tashabbuskorlarini maxsus dasturlar asosida o‘qitadi va sertifikat olgan tashabbuskorlarni grant mablag‘lari ajratish uchun Innovatsion rivojlanish agentligiga yo‘naltiradi; Innovatsion rivojlanish agentligi mazkur loyihalarni belgilangan tartibda moliyalashtiradi; Innovatsion rivojlanish agentligi davlat ilmiy dasturlari doirasida moliyalashtirilgan tijoratlashtirish va startap loyihalari ro‘yxatini amaliyotga joriy qilish va kengaytirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida markazlarga taqdim etib boradi. |
|
Quyidagi masalalar bo‘yicha ma’lumot va maslahatlar berish: litsenziya, ruxsatnoma va sertifikatlar olish, bojxona va soliq ma’muriyatchiligi, eksport va import operatsiyalari, shartnomalarni rasmiylashtirish; davlat xaridlarida ishtirok etish, shuningdek, yer uchastkalari va bino-inshootlarni sotib olish yoki ijaraga olish va loyihalashtirish; tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaldagi imtiyoz va preferensiyalar, mavjud boshqa yengilliklar va imkoniyatlar. |
4-ILOVA