13.09.2023 yildagi 467-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 13.09.2023 yildagi 467-son
Date of entry into force
14.09.2023
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

“Seysmik xavfsizlik sohasi aʼlochisi” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 30-maydagi PF-144-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Seysmik xavfsizlik sohasi aʼlochisi” koʻkrak nishoni taʼsis etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Seysmik xavfsizlik sohasi aʼlochisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Seysmik xavfsizlik sohasi aʼlochisi” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi tavsiflari 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining buyurtmasiga muvofiq “Seysmik xavfsizlik sohasi aʼlochisi” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi tayyorlanishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Seysmik xavfsizlik sohasi aʼlochisi” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni taqdirlash bilan bogʻliq xarajatlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanishi inobatga olinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S. Yuldashev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 13-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
467-son

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-sentabrdagi 467-son qaroriga
1-ILOVA

“Seysmik xavfsizlik sohasi aʼlochisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom “Seysmik xavfsizlik sohasi aʼlochisi” koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda — koʻkrak nishoni) bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Koʻkrak nishoni bilan seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligi, aholi va hududlarning seysmik xavfsizligini taʼminlash sohasini rivojlantirishga munosib hissa qoʻshgan fuqarolar taqdirlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻkrak nishoni bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham mazkur Nizom talablari asosida taqdirlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlarni taqdim etish va koʻrib chiqish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash tartibi ushbu Nizomga 1-ilovada koʻrsatilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Seysmik xavfsizlik sohasida faoliyat yuritayotgan yoki tizimida ushbu faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, shuningdek, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni har yili 15-sentabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Fanlar akademiyasi) taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasining xodimlarini taqdirlash boʻyicha takliflar tegishli tarkibiy boʻlinmalari tomonidan Fanlar akademiyasining fizika-matematika va texnika fanlari boʻyicha vitse-prezidenti bilan kelishilgan holda Komissiyaga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nomzodlar boʻyicha taqdim etilgan takliflarga ilova sifatida nomzod haqida maʼlumotnoma, uning soʻnggi uch yil davomida seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligi va seysmik xavfsizlik sohasida amalga oshirgan ishlari aks ettirilgan tavsifnoma hamda nomzodning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Fanlar akademiyasi prezidenti tomonidan koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tarkibi tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Energetika vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining seysmik xavfsizlik sohasida faoliyat yurituvchi vakillaridan 11 kishilik tarkibda tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Komissiya tomonidan nomzodlarni koʻkrak nishoni bilan taqdirlashda quyidagilar inobatga olinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini va davlat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligi, aholi va hududlarning seysmik xavfsizligini taʼminlash sohasini rivojlantirishga hissa qoʻshganligi hamda mazkur soha boʻyicha chet elda tan olingan ilmiy-amaliy natijalarga erishganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
seysmik xavfsizlik sohasida zamonaviy axborot texnologiyalari va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etishda ishtirok etganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuchli zilzilalar yuz berishi xavfi paydo boʻlganda ularning oqibatlarini bartaraf etishga doir zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini tadqiq qilish, ularning seysmik zaifligini baholash hamda tegishli xulosalar berishda ishtirok etganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasida monografiya, darslik va oʻquv qoʻllanmalar chop etganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv omborlari toʻgʻonlari, ekspluatatsiya qilinayotgan neft va gaz konlari hududlarida seysmiklikning namoyon boʻlishini muntazam baholab borish va ularning seysmikligi boʻyicha ilmiy asoslangan xulosalarni berishda ishtirok etganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika hududidagi seysmologik stansiyalarda seysmik holatni monitoring qilishda faollik koʻrsatganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasida yosh mutaxassis kadrlarni tayyorlash borasida samarali mehnat qilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligi, aholi va hududlarning seysmik xavfsizligini taʼminlash boʻyicha zamonaviy va ilmiy jihatdan asoslangan ilgʻor tajribalarni oʻrganib, amaliyotga tatbiq etganligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun taqdim etilgan nomzodlarni baholash ushbu Nizomga 2-ilovada koʻrsatilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Komissiya yigʻilishida nomzodlarning tegishli hujjatlari oʻrganilib, ushbu Nizomga 2-ilovada koʻrsatilgan mezonlarga muvofiq baholanadi va har yili 1-oktabrga qadar eng munosib nomzodlar boʻyicha yakuniy xulosa qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Komissiya xulosasi asosida har yili 5-oktabrga qadar Fanlar akademiyasi prezidentining koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi har yili 13-oktabr — Tabiiy ofatlar xatarini kamaytirish xalqaro kuni arafasida Fanlar akademiyasi prezidenti (yoki uning topshirigʻiga muvofiq boshqa masʼul shaxslar) tomonidan tantanali tarzda topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlar roʻyxati Fanlar akademiyasining Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanallarida va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlarga bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Bir shaxs koʻkrak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Koʻkrak nishoni davlat mukofotlaridan keyin koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Fanlar akademiyasi ushbu Nizomga muvofiq koʻkrak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlar hujjatlarining xolisona koʻrib chiqilishi uchun bevosita masʼuldir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Seysmik xavfsizlik sohasi aʼlochisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomga

“Seysmik xavfsizlik sohasi aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Seysmik xavfsizlik sohasida faoliyat yuritayotgan yoki tizimida ushbu faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, shuningdek, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga taqdim etadi.

Har yili 15-sentabrga qadar

2-bosqich

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha nomzodlar haqidagi tegishli hujjatlarni oʻrganib chiqadi va yakuniy xulosani qabul qiladi.

Har yili 1-oktabrga qadar

3-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining prezidenti

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisida buyruq qabul qiladi.

Har yili 5-oktabrga qadar

4-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti (yoki uning topshirigʻiga muvofiq boshqa masʼul shaxslar)

“Seysmik xavfsizlik sohasi aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlaydi.

Har yili 13-oktabr — Tabiiy ofatlar xatarini kamaytirish xalqaro kuni arafasida

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Seysmik xavfsizlik sohasi aʼlochisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Seysmik xavfsizlik sohasi aʼlochisi” koʻkrak nishoniga nomzodlarni baholash mezonlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Koʻrsatkichlarning nomlanishi

Ball tizimi

1.

Seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini va davlat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etganligi

1 balldan 10 ballgacha

2.

Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligi, aholi va hududlarning seysmik xavfsizligini taʼminlash sohasini rivojlantirishga hissa qoʻshganligi hamda mazkur soha boʻyicha chet elda tan olingan ilmiy-amaliy natijalarga erishganligi

1 balldan 10 ballgacha

3.

Seysmik xavfsizlik sohasida zamonaviy axborot texnologiyalari va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etishda ishtirok etganligi

1 balldan 10 ballgacha

4.

Kuchli zilzilalar yuz berishi xavfi paydo boʻlganda ularning oqibatlarini bartaraf etishga doir zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etganligi

1 balldan 10 ballgacha

5.

Bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini tadqiq qilish, ularning seysmik zaifligini baholash hamda tegishli xulosalar berishda ishtirok etganligi

1 balldan 10 ballgacha

6.

Seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasida monografiya, darslik va oʻquv qoʻllanmalar chop etganligi

1 balldan 10 ballgacha

7.

Suv omborlari toʻgʻonlari, ekspluatatsiya qilinayotgan neft va gaz konlari hududlarida seysmiklikning namoyon boʻlishini muntazam baholab borish va ularning seysmikligi boʻyicha ilmiy asoslangan xulosalarni berishda ishtirok etganligi

1 balldan 10 ballgacha

8.

Respublika hududidagi seysmologik stansiyalarda seysmik holatni monitoring qilishda faollik koʻrsatganligi

1 balldan 10 ballgacha

9.

Seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasida yosh mutaxassis kadrlarni tayyorlash borasida samarali mehnat qilganligi

1 balldan 10 ballgacha

10.

Seysmolog�ya, inshootlarning seysmik mustahkamligi, aholi va hududlarning seysmik xavfsizligini taʼminlash boʻyicha sohaga zamonaviy va ilmiy jihatdan asoslangan ilgʻor tajribalarni oʻrganib, amaliyotga tatbiq etganligi

1 balldan 10 ballgacha

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Nomzodlarning erishgan natijalari boʻyicha qoʻyilgan ballari jamlanib, eng yuqori koʻrsatkichni qayd etganlar koʻkrak nishoniga nomzod sifatida tavsiya etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur baholash mezonlarining koʻrsatkichlari davr talabidan kelib chiqqan holda doimiy komissiyaning tavsiyalari asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan oʻzgartirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-sentabrdagi 467-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Seysmik xavfsizlik sohasi aʼlochisi” koʻkrak nishonining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TAVSIFI

“Seysmik xavfsizlik sohasi aʼlochisi” koʻkrak nishoni diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻkrak nishonining qalinligi 2,5 millimetr.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻkrak nishonining old tomoni markaziy qismida Yer shari, uning meridianlari va parallellari fonida Oʻzbekiston Respublikasining xaritasi hamda uning pastida yer qimirlashini avtomatik ravishda yozib oladigan asbob — seysmograf aks ettirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻkrak nishonining aylanasi boʻylab toʻq qizil emal fonida “SEYSMIK XAVFSIZLIK SONASI AʼLOCNISI” yozuvi, quyi qismida esa bir-biriga tutashgan ikkita dafna novdasi joylashgan. Harflar balandligi 2 millimetr.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻkrak nishonining orqa tomonida qavariq aylana markazida toʻrt qatorda harflarning balandligi 2 millimetr boʻlgan “SEYSMIK XAVFSIZLIK”, “SONASI RIVOJIGA”, “QOʻSNGAN NISSASI”, “UCNUN” soʻzlari yozilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Barcha yozuvlar va tasvirlar zarhal rangda boʻlib, qavariqdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻkrak nishoni ilgakchalar va halqacha yordamida toʻrtburchak shaklidagi qadagʻichga ulangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qadagʻichning eni — 26 millimetr, boʻyi — 17 millimetr. Qadagʻich eni 22 millimetrli toʻq qizil rangdagi shoyi lenta bilan qoplangan. Lentaning oʻrtasidan eni 0,3 millimetrli ikkita oq rangli yoʻl vertikal holatda oʻtgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-sentabrdagi 467-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Seysmik xavfsizlik sohasi aʼlochisi” koʻkrak nishoni guvohnomasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TAVSIFI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Seysmik xavfsizlik sohasi aʼlochisi” koʻkrak nishoni guvohnomasi (keyingi oʻrinlarda — guvohnoma) 160x110 millimetr oʻlchamdagi kitobcha shaklida boʻlib, 240 g/kv.m. qalinlikdagi ofset qogʻozdan tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va toʻrtinchi betlari) och sariq rangda boʻlib, plyonka bilan qoplangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohnomaning birinchi beti eni 7,5 millimetrli, ichki burchaklari aylana shaklida boʻlgan toʻq qizil rangli hoshiya bilan oʻralgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohnomaning yuqori chekkasidan (birinchi beti) 35 millimetr pastda, markazda, oraligʻi 3,5 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “SEYSMIK XAVFSIZLIK”, ikkinchi satrda “SONASI AʼLOCNISI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 14 kegl), uchinchi satrda “koʻkrak nishoni” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 14 kegl) soʻzlari yozilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Undan 6 millimetr pastda “GUVONNOMASI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 17 kegl) soʻzi yozilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) “Tangir” tasviri tushirilgan och sariq rangda boʻlib, ofset usulida chop etilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki tomonining chap qismida (ikkinchi beti), markazda koʻkrak nishonining asliga teng oʻlchamdagi rangli tasviri aks ettirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohnomaning ichki oʻng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda “GUVONNOMA” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzi hamda guvohnomaning tartib raqami uchun “№” belgisi va 17 millimetrli chiziq joylashgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Undan 10 millimetr pastda mukofotlangan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oraligʻi 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pastki chiziqdan 6 millimetr quyida, markazda, oraligʻi 2 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Oʻzbekiston Respublikasi”, ikkinchi satrda “Fanlar akademiyasi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Undan 5 millimetr pastda oraligʻi 4 millimetr boʻlgan ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “20__ y. “___” ___________dagi”, ikkinchi satrda “____-sonli buyrugʻiga asosan” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Undan 5 millimetr pastda, markazda, oraligʻi 5 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “SEYSMIK XAVFSIZLIK”, ikkinchi satrda “SONASI AʼLOCNISI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 12 kegl), uchinchi satrda “koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻnggi soʻzlardan 9 millimetr pastda, chap tomonda “OʻzR FA prezidenti” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzi yozilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.09.2023-y., 09/23/467/0702-son)