13.09.2023 yildagi PF-159-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 13.09.2023 yildagi PF-159-son
Date of entry into force
13.09.2023
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchi va xodimlar oila aʼzolarining ijtimoiy himoyasi kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-martdagi “Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-34-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlarning oila aʼzolari hamda ularning qaramogʻidagi shaxslar ijtimoiy himoya qilinishini taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ilovaga muvofiq ayrim hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona qoʻmitasi hamda Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazining Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilari va xodimlarining oila aʼzolarini (keyingi oʻrinlarda — halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) oila aʼzolari) Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar roʻyxatiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) oila aʼzolariga marhumning oxirgi egallagan lavozimi boʻyicha maoshi va harbiy (maxsus) unvoni maoshi yigʻindisining 150 baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan nafaqa berish tartibini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) oila aʼzolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni hisobga olish va navbat asosida davolanishga yoʻllashning elektron axborot tizimiga integratsiya qilinadigan maʼlumotlar roʻyxatiga kiritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 13-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-159-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-sentabrdagi PF-159-son Farmoniga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-son Farmoni bilan tasdiqlangan Yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatuvchi tibbiyot tashkilotlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga tibbiy yordam koʻrsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar roʻyxati quyidagi mazmundagi 18-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“18. Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona qoʻmitasi va Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazining Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan eʼlon qilingan favqulodda holat (urush holati) davrida jalb qilingan vaqtida, shuningdek, jangovar (harbiy) harakatlar olib borilayotgan paytda) yaralanganligi, kontuziya yoki mayib boʻlganligi oqibatida halok boʻlgan harbiy xizmatchilari va xodimlarining oila aʼzolari (ota-onasi, halok boʻlgan vaqtda qonuniy nikohda boʻlgan xotini (eri) va farzandlari)”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5938-son Farmoni 7-bandining ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-iyuldagi PQ-4382-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan harbiy xizmatchilarga (xodimlariga) yoki halok boʻlgan (vafot etgan) harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) oila aʼzolariga bir martalik nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 1-band “oila aʼzolariga” soʻzlaridan keyin “, shuningdek, Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) oila aʼzolariga” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchi (xodim) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan eʼlon qilingan favqulodda holat (urush holati) davrida jalb qilingan vaqtida, shuningdek, jangovar (harbiy) harakatlar olib borilayotgan paytda yaralanganligi, kontuziya yoki mayib boʻlganligi oqibatida halok boʻlgan harbiy xizmatchi (xodim)”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi — oltinchi xatboshilar tegishlicha toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yettinchi xatboshi “oila aʼzolariga” soʻzlaridan keyin “, shuningdek, Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchining (xodimning) oila aʼzolariga” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) oila aʼzolariga”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishlicha yettinchi va sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“4. Harbiy xizmatchi (xodim) Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida halok boʻlganda, uning oila aʼzolariga marhumning asosiy egallagan lavozimi boʻyicha maoshi (oliy harbiy-taʼlim muassasasi kursanti, tinglovchisi stipendiyasi) va harbiy (maxsus) unvoni maoshi yigʻindisining 150 barobari miqdorida nafaqa tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harbiy xizmatchi (xodim) xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlganda (vafot etganda) uning oila aʼzolariga marhumning asosiy egallagan lavozimi boʻyicha maoshi (oliy harbiy taʼlim muassasasi kursanti, tinglovchisining stipendiyasi) va harbiy (maxsus) unvoni maoshi yigʻindisining 100 barobari miqdorida nafaqa tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan nafaqa 2023-yil 1-apreldan keyingi davrda halok boʻlgan harbiy xizmatchining (xodimning) oila aʼzolariga toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan nafaqalarning ikkalasini ham olish huquqiga ega boʻlgan halok boʻlgan (vafot etgan) harbiy xizmatchining (xodimning) oila aʼzolariga faqat ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan nafaqa tayinlanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi oʻn beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“e) komandirning (boshliqning) Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida harbiy xizmatchi (xodim) yaralanganligi, kontuziya yoki mayib boʻlganligi oqibatida halok boʻlganligini (ishtirok etgan davrini koʻrsatgan holda) tasdiqlovchi buyrugʻidan koʻchirma”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn beshinchi xatboshi oʻn oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5199-son qarori bilan tasdiqlangan Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni hisobga olish va navbat asosida davolanishga yoʻllashning elektron axborot tizimiga integratsiya qilinadigan maʼlumotlar roʻyxati quyidagi mazmundagi 5-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

5.

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona qoʻmitasi, Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi

Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida yaralanganligi, kontuziya yoki mayib boʻlganligi oqibatida halok boʻlgan harbiy xizmatchining (xodimning) oila aʼzolari toʻgʻrisidagi maʼlumot

.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2023-y., 06/23/159/0700-son)