31.08.2023 yildagi 435-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 31.08.2023 yildagi 435-son
Date of entry into force
04.09.2023
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash ishlarini jadallashtirish, “Har bir fuqaro — eʼtibor markazida” tamoyili asosida aholining barcha qatlamlariga sifatli va tezkor davlat xizmatlari koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida davlat xizmatini koʻrsatuvchi xodimni fuqaroning yashash joyiga chaqirish orqali maxsus texnik qurilmalar yordamida davlat xizmatlarini koʻrsatish amaliyotini kengaytirish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Aloqa markazi yoki uning rasmiy veb-sayti (keyingi oʻrinlarda — “Call-markaz” yoki rasmiy veb-sayt) orqali murojaat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ariza yuborish boʻyicha soʻrovnomalarni qabul qilish va koʻrib chiqish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat xizmatlarini joyiga chiqqan holda maxsus texnik qurilmalar yordamida (planshet yoki kompyuterga oʻrnatilgan daktiloskopiya, printer va boshqalar) koʻrsatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki maxsus texnik qurilmalar yordamida (planshet yoki kompyuterga oʻrnatilgan daktiloskopiya, printer va boshqalar) davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda koʻrsatish “Call-markaz” yoki rasmiy veb-saytdan foydalangan holda 2023-yil 1-oktabrdan boshlab amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda “Call-markaz” yoki rasmiy veb-sayt orqali joylarga chiqqan holda koʻrsatiladigan davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha buyurtmalar qabul qilish va mazkur buyurtmalarni tegishli davlat xizmatlari markazlariga yuborish imkoniyatini yaratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.J. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 31-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
435-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 435-son qaroriga

ILOVA

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda koʻrsatishning

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MAʼMURIY REGLAMENTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Reglament davlat xizmatlari markazlari tomonidan koʻrsatiladigan davlat xizmatlarini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmatlari) joyiga chiqqan holda maxsus texnik qurilmalar (planshet yoki kompyuterga oʻrnatilgan daktiloskopiya, printer va boshqalar) (keyingi oʻrinlarda — maxsus texnik qurilmalar) yordamida koʻrsatish yoki davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ariza yuborish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Reglament milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning identifikatsiyalovchi ID-kartasini hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish, shuningdek, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat xizmatlari markazlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchi — davlat xizmati joyiga chiqish orqali koʻrsatilishi istagini bildirgan jismoniy va yuridik shaxslar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Davlat xizmatlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Adliya vazirligi) Aloqa markaziga yoki uning rasmiy veb-saytiga (keyingi oʻrinlarda — “Call-markaz” yoki rasmiy veb-sayt), shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) “Call-markazi”, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi yoki mahalladagi ijtimoiy xodimga murojaat qilish orqali koʻrsatiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 4-sentabrdagi 461-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2026-y., 09/26/461/0890-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Davlat xizmatlarini joyiga chiqqan holda koʻrsatish yoki davlat xizmatlaridan foydalanishga ariza yuborish uchun Toshkent shahrida bazaviy hisoblash miqdorining (keyingi oʻrinlarda — BHM) 50 foizi, viloyat markazlarida BHMning 40 foizi, tuman (shahar)larda BHMning 30 foizi miqdorida bir martalik toʻlov undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar reyestriga kiritilgan shaxslar, sogʻligʻining holatiga koʻra mustaqil harakatlanish imkoniyati cheklangan hamda I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlov undirilmaydi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 4-sentabrdagi 461-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2026-y., 09/26/461/0890-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Davlat xizmatlarini koʻrsatish yoki davlat xizmatlaridan foydalanishga ariza yuborish uchun toʻlov summasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Joyiga chiqqan holda davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Ariza beruvchilarga davlat xizmatlarini koʻrsatish yoki davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ariza yuborish boʻyicha soʻrovnomalarni qabul qilish hamda koʻrib chiqish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun “Call-markaz” Agentlikning “Call-markazi”, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, mahalladagi ijtimoiy xodim yoki rasmiy veb-sayt orqali murojaat qiladi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 4-sentabrdagi 461-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2026-y., 09/26/461/0890-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Call-markaz” orqali soʻrovnomalar soat 09:00 dan 18:00 gacha ish vaqti davomida qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rasmiy veb-sayt orqali sutkaning istalgan vaqtida murojaat qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ariza beruvchi “Call-markaz”ga yoki Agentlikning “Call-markazi”ga murojaat qilgan taqdirda, “Call-markaz” yoki Agentlikning “Call-markazi” xodimi ariza beruvchi nomidan, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi yoki mahalladagi ijtimoiy xodimga murojaat qilgan taqdirda, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi yoki mahalladagi ijtimoiy xodim ariza beruvchi nomidan, rasmiy veb-sayt orqali murojaat etganda esa, Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani mustaqil ravishda toʻldiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda soʻrovnoma ariza beruvchi nomidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi yoki mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan toʻldirilgandan soʻng vakolatli organga yuboriladi
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 4-sentabrdagi 461-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2026-y., 09/26/461/0890-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Davlat xizmatlarini koʻrsatish vaqti vakolatli organning ish vaqti doirasida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “Call-markaz”ning masʼul xodimi ariza beruvchiga davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilovchi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan davlat xizmatidan foydalanish uchun zarur boʻlgan barcha hujjatlar (maʼlumotlar) toʻgʻrisida maʼlumot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchi soʻrovnomada koʻrsatilgan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun davlat xizmatini koʻrsatishda talab etiladigan barcha hujjatlarni (maʼlumotlarni) tayyorlab qoʻyishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Soʻrovnoma shakllantirilib, soʻrovnomadagi tegishli maʼlumotlar ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng uning mobil telefon raqamiga mazkur Reglamentning 4-bandida belgilangan miqdordagi toʻlovni amalga oshirish uchun invoys avtomatik ravishda yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchi tomonidan toʻlov amalga oshirilgan vaqtning oʻzida soʻrovnoma vakolatli organga avtomatik ravishda yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish yoki davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ariza yuborish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Vakolatli organning masʼul xodimi tomonidan davlat xizmatlari quyidagi shakllarda koʻrsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat xizmatlarini toʻliq koʻrsatish (davlat xizmatlari markazi davlat xizmatlarini koʻrsatishga masʼul boʻlganda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat xizmatlaridan foydalanish uchun davlat xizmatini koʻrsatishga masʼul boʻlgan vakolatli organlarga ariza yuborish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Vakolatli organning masʼul xodimi ariza beruvchi bilan telefon orqali bogʻlanib, soʻrovnomada koʻrsatilgan joyga chiqadi hamda maxsus texnik qurilmalar yordamida davlat xizmatlarini koʻrsatadi yoki davlat xizmatlaridan foydalanish uchun davlat xizmatini koʻrsatishga masʼul boʻlgan vakolatli organlarga ariza yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi va toʻlangan toʻlov summasi qaytarilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Agar vakolatli organning masʼul xodimi soʻrovnomada koʻrsatilgan joyga yetib kelgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida ariza beruvchi soʻrovnomada koʻrsatilgan vaqtda va manzilda boʻlmasa, davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun tegishli qonunchilik hujjatlarida belgilangan hujjatlar (maʼlumotlar)ni taqdim etmasa, davlat xizmatlarini koʻrsatish yoki davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ariza yuborish rad etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda vakolatli organning masʼul xodimi tomonidan ariza beruvchiga davlat xizmatlarini koʻrsatish yoki davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ariza yuborish rad etilganligi toʻgʻrisida SMS-xabarnoma yuboriladi (rad etish sabablari batafsil koʻrsatiladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini koʻrsatish yoki davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ariza yuborish rad etilgan taqdirda, toʻlangan toʻlovlar qaytarilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Vakolatli organ masʼul xodimining aybi (kechikishi yoki kelmasligi, axborot tizimi yoki maxsus texnik qurilmalardagi nosozliklar) bilan davlat xizmatlari belgilangan muddatlarda va tartibda koʻrsatilmagan holatlarda davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda koʻrsatishda undiriladigan toʻlov miqdorlari ariza beruvchining murojaatiga asosan unga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchi mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan holatlarda davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda koʻrsatishda undiriladigan toʻlovni qaytarib olishi yoki davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda koʻrsatishda undiriladigan toʻlovni takroran amalga oshirmasdan davlat xizmatlaridan boshqa vaqtda foydalanishi mumkin. Bunda ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun mazkur bobda belgilangan tartibda murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ariza beruvchi xohishiga koʻra, davlat xizmatlarini koʻrsatish natijasini Davlat xizmatlari markazlariga bevosita tashrif buyurib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yoki pochta aloqasi orqali olishi mumkin. Bunda pochta xarajatlari ariza beruvchi hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pochta aloqasi tomonidan koʻrsatilgan xizmat uchun toʻlov miqdori pochta xizmati tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Vakolatli organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlari xatti-harakatlari ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

1-ILOVA

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda koʻrsatish tartibi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Ariza beruvchi

(jismoniy va yuridik shaxslar)

1. Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Adliya vazirligining Aloqa markaziga yoki uning rasmiy veb-saytiga (keyingi oʻrinlarda — “Call-markaz” yoki rasmiy veb-sayt), shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Call-markazi”, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi yoxud mahalladagi ijtimoiy xodim orqali murojaat etadi.

2. Rasmiy veb-sayt orqali murojaat qilganda soʻrovnomani bevosita oʻzi toʻldiradi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

“Call-markaz”

1. “Call-markaz” masʼul xodimi ariza beruvchi nomidan soʻrovnomani toʻldiradi va soʻrovnomadagi maʼlumotlar tasdiqlangandan soʻng ariza beruvchiga toʻlov invoysini yuboradi.

1. Soʻrovnoma tasdiqlangandan keyin avtomatik ravishda

2. Tegishli soʻrovnomani vakolatli organga yuboradi.

2. Toʻlov amalga oshirilgandan keyin avtomatik ravishda

3-bosqich

Vakolatli organ

(davlat xizmatlari markazi)

1. Masʼul xodim ariza beruvchi bilan telefon orqali bogʻlanib, soʻrovnomada koʻrsatilgan joyga chiqadi hamda maxsus texnik qurilmalar yordamida (planshet yoki kompyuterga oʻrnatilgan daktiloskopiya, printer va boshqalar) davlat xizmatini koʻrsatadi yoki davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ariza yuboradi.

1. Soʻrovnomada belgilangan muddatlarda

2. Davlat xizmatlarini koʻrsatish natijasini ariza beruvchiga taqdim etadi:

ariza beruvchi davlat xizmatlari markazlariga bevosita tashrif buyurganda;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda;

pochta xizmati orqali.

2. Davlat xizmatlarini koʻrsatish yakunlangandan soʻng

(davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilovchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda)

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 4-sentabrdagi 461-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2026-y., 09/26/461/0890-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

2-ILOVA

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda koʻrsatish yoki davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ariza yuborish uchun

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SOʻROVNOMA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

__________

__________

(sanasi)

(raqami)

I. Ariza beruvchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Familiyasi, ismi, otasining ismi:

2. Telefon raqami:

3. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):

4. Manzili:

II. Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Yuridik shaxsning nomi:

2. Yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli:

3. STIR:

4. Telefon raqami:

5. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):

6. Joylashgan joyi:

III. Koʻrsatiladigan davlat xizmati toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Davlat xizmatlari nomi:

2. Davlat xizmati shakli:

davlat xizmatlarini toʻliq koʻrsatish

davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ariza yuborish

3. Davlat xizmatini koʻrsatish joyi (manzili):

4. Davlat xizmatini koʻrsatish sanasi:

5. Davlat xizmatini koʻrsatish vaqti:

6. Koʻrsatilgan davlat xizmatlari natijasini olish usuli:

Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelgan holda

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda

Pochta xizmati orqali

Call-markaz”ning masʼul xodimi F.I.O.: ____________________________

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/435/0668-son; 05.09.2026-y., 09/26/461/0890-son)