24.08.2023 yildagi PQ-285-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 24.08.2023 yildagi PQ-285-son
Date of entry into force
25.08.2023
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chorvachilikda identifikatsiya qilish tizimi va naslchilik sohasini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chorvachilik sohasiga zamonaviy innovatsion usullarni joriy etish, mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish va chorvachilik subyektlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan dasturni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-120-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-iyuldagi “Xalqaro taraqqiyot uyushmasi hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Chorvachilik sohasini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-211-son qarori bilan hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish tizimini joriy etishga 33 million AQSH dollari yoʻnaltirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasida hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish tizimini joriy qilishni quyidagi ikki bosqichda amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi bosqichda — 2024-2025-yillarda 1-ilovada keltirilgan chorvachilikka ixtisoslashtirilgan 25 ta tumanda;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PQ-34-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2025-y., 07/25/34/0096-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi bosqichda — 2026-2027-yillarda respublikaning qolgan tumanlarida.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PQ-34-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2025-y., 07/25/34/0096-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, mazkur qarorga 1-ilovada keltirilgan chorvachilikka ixtisoslashtirilgan tumanlarda hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish tizimini joriy qilish bepul amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki, Butunjahon hayvonlar sogʻligʻini himoya qilish tashkilotining Yer ustidagi hayvonlar sogʻligʻi kodeksi va Hayvonlarni roʻyxatga olish xalqaro qoʻmitasining normalariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish sohasida masʼul organ hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi huzurida davlat muassasasi shaklida Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish markazini (keyingi oʻrinlarda — Identifikatsiya markazi) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qoʻllab-quvvatlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar Identifikatsiya markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan boqib, koʻpaytiriladigan va saqlanadigan hayvonlar, jumladan uy hayvonlarini bosqichma-bosqich identifikatsiya qilish va ularning elektron hisobini yuritish tadbirlarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish boʻyicha yagona milliy maʼlumotlar bazasini muvofiqlashtirish hamda real vaqt rejimida elektron axborot almashinuvini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hayvonlarni identifikatsiya qilish ishlariga jalb qilinadigan xodimlarni oʻqitish va malakasini oshirib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hayvonlarni identifikatsiya qilish, ularni hisobga olish, hisobdan chiqarish va saqlash tartib-taomillarini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro tajriba asosida hayvonlarni identifikatsiya qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Identifikatsiya markazining ijro etuvchi apparati tuzilmasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining mavjud shtat birliklari doirasida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisiga, zarur hollarda, Identifikatsiya markazining ijro etuvchi apparati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi uch oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari, tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimlarida kamida 2 ta shtat birligidan iborat Identifikatsiya markazining sektorlari faoliyatini yoʻlga qoʻysin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tashabbuskor tadbirkorlik subyektlari va chorvachilik fermer xoʻjaliklarini jalb qilgan holda mazkur qarorga 1-ilovada keltirilgan tumanlarda quyidagi yoʻnalishlarni oʻz ichiga olgan chorvachilik klasterlari tashkil etilishini taʼminlasin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
goʻsht va sut mahsulotlarini yetishtirish, shuningdek, aholidan yigʻib olish, qayta ishlash va tayyor mahsulot shaklida realizatsiya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayyor ozuqa yem mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni aholiga qulay boʻlgan hududlarda sotish shoxobchalarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi xonadonlariga mahsuldor naslli mollarni yetkazib berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chorva mollarini soʻyish kushxonalari, terilarni qabul qilish va qayta ishlash quvvatlarini ishga tushirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
terini qayta ishlovchi korxonalar bilan birgalikda kooperatsiya asosida teridan tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Belgilansinki, mazkur qarorga 1-ilovada keltirilgan tumanlarda tashkil etiladigan chorvachilik klasterlariga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro taraqqiyot uyushmasi hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Chorvachilik sohasini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasi doirasida jalb qilingan resurslar hisobidan 60 million AQSH dollari miqdorida kreditlar ajratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta va gʻalla ekin maydonlarini qisqartirish hisobiga har bir tumanda kamida 100 — 150 gektar maydon ozuqabop ekinlar ekish uchun ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, Qishloq xoʻjaligi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2024-yil paxta va gʻalla hosili uchun rejalashtiriladigan ekin maydonlarini qisqartirishni hisobga olsin va ozuqabop ekinlar ekilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining “Oʻznaslchilik” davlat korxonasini davlat muassasasi shaklidagi Naslchilik ilmiy-ishlab chiqarish markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) etib qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Quyidagilar Markazning seleksiya va naslchilik sohasidagi asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nasldor buqalarning urugʻini qadoqlashning zamonaviy usullarini keng koʻlamda joriy etish, “AndroVision” CASA dasturi asosida sifatli urugʻ tayyorlashni yoʻlga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
goʻsht va sut yoʻnalishida nasldor qoramollarning embrionlarini “in vitro” usulida tayyorlash va koʻchirib oʻtkazishning innovatsion laboratoriyasini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nasldor va sport otlarining urugʻlari va embrionlarini chuqur muzlatilgan holda tayyorlash texnologiyasini yoʻlga qoʻyish hamda shartnoma asosida konsalting xizmatlarini koʻrsatish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nasldor hayvonlarning urugʻi va embrionlarini sotish, sifatli yetkazib berish, xalqaro va mahalliy konsultantlarni jalb etgan holda iqtidorli yoshlar hamda yosh olimlarning bu boradagi bilim va amaliy koʻnikmalarini oshirish.
(11-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PQ-34-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2025-y., 07/25/34/0096-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, Markaz faoliyati uning xoʻjalik faoliyatidan olinadigan daromadlari, mahalliy va xorijiy grantlar, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Toshkent viloyati hokimligi Kadastr agentligi bilan birgalikda Markazni joylashtirish va uning oʻz faoliyatini amalga oshirishi hamda yangi bino va inshootlarni qurishi uchun belgilangan tartibda doimiy foydalanish huquqi bilan yer maydoni ajratilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasiga Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, “Ijodkor” mahalla fuqarolar yigʻini, Milliy bogʻ koʻchasida joylashgan Markazni koʻchirish va joylashtirish uchun xususiy mulk sotib olish, taʼmirlash, yangi bino va inshootlar qurish hamda laboratoriya asbob-uskunalari va jihozlarni xarid qilish xarajatlarini Qoʻmita huzuridagi Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan 50 milliard soʻmgacha miqdorda moliyalashtirishga ruxsat etilsin. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazga qarashli Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, “Ijodkor” mahalla fuqarolar yigʻini, Milliy bogʻ koʻchasida joylashgan bino va inshootlar yer uchastkasi bilan birga (keyingi oʻrinlarda — obyekt) sotish uchun elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektni baholash, baholash hisobotlarining ishonchliligini ekspertiza qilish, savdoga chiqarish, sotish hamda tijorat banklari garovidan chiqarish yoki garov taʼminotini oʻzgartirish bilan bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlar Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi hisobidan qoplanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektni sotishdan tushgan mablagʻlar (savdolarga chiqarish va sotish bilan bogʻliq xarajatlarni chegirgan holda) toʻliq Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga obyektni zaruratga qarab lotlarga boʻlgan holda elektron onlayn auksion savdolari orqali sotuvga chiqarishga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Belgilansinki, Markazga qarashli yer maydoni hamda bino va inshootlarni sotishdan tushgan mablagʻlar quyidagilarga yoʻnaltiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Markazni joylashtirish uchun xususiy mulk sotib olish, taʼmirlash, yangi bino va inshootlar qurish, hamda laboratoriya asbob-uskunalari va jihozlarni xarid qilish xarajatlarini qoplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
naslchilik ishi sohasi mutaxassislarining malakasini oshirish oʻquv kurslarini tashkil etish, ularni xorijiy davlatlarga yuborish, chet eldan ekspertlarni jalb qilish, xalqaro koʻrgazmalar va forumlar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
naslchilik ishi va sunʼiy urugʻlantirish bilan shugʻullanuvchi mutaxassislarni moddiy-texnika vositalari, shu jumladan dyuar idishlari va boshqa zarur asbob-uskunalar bilan taʼminlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligiga Markazni joylashtirish uchun bino va inshootlarni qurish hamda taʼmirlash ishlarini taklif soʻrovi asosida amalga oshirishga ruxsat berilsin.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PQ-179-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2026-y., 07/26/179/0521-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining naslchilik sohasini nazorat qilish boʻlimi va hududiy boʻlinmalarining 146 ta shtat birliklarini Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi tizimiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. 2023-yil 1-dekabrdan boshlab chorvachilik xoʻjaliklari oʻz ehtiyoji uchun import qilgan nasldor qoramollarga hisoblangan qoʻshilgan qiymat soligʻini Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining kafolati asosida 180 kun ichida toʻlab berish tizimi joriy etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Bojxona qoʻmitasi va Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda uch oy muddatda ushbu bandda belgilangan tizimni joriy qilish tartibini ishlab chiqib, tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Belgilansinki, 2023-yil 1-sentabrdan boshlab 2025-yil 31-dekabrga qadar davlat tomonidan quyidagi tartibda subsidiya ajratiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xoʻjaliklarga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramolning har bir boshiga 2 million soʻm, nasldor qoʻy va echkining har bir boshiga 400 ming soʻm miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
parrandachilik xoʻjaliklariga har bir bosh 1 kunlik nasldor joʻjani import qilish bilan bogʻliq xarajatlarning 15 ming soʻmini qoplash uchun.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi “Chorvachilik tarmogʻini davlat tomonidan koʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4576-son qarori bilan tasdiqlangan Chorvachilik va uning tarmoqlarini rivojlantirish Respublika kengashining yangilangan tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, Chorvachilik va uning tarmoqlarini rivojlantirish Respublika kengashining chorvachilik va uning tarmoqlarini rivojlantirishga oid topshiriqlari va koʻrsatmalari barcha davlat organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Chorvachilikda identifikatsiya qilish tizimi va naslchilik sohasini takomillashtirish yuzasidan belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi mazkur qarorga 1-ilovada belgilangan tumanlarda hayvonlarni identifikatsiya qilishga hamda chorvachilik loyihalari uchun kredit mablagʻlarini ajratishni tashkillashtirishga masʼul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tuman hokimliklari mazkur qarorga 1-ilovada belgilangan tumanlarda chorvachilik loyihalarini amalga oshirishga, ozuqa uchun yer maydonlarini ajratishga va toʻliq hajmda ishga tushirishga masʼul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Ushbu qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib qishloq xoʻjaligi vaziri A. Voitov hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi B. Norqobilov belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 24-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-285-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-avgustdagi PQ-285-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish tizimi dastlabki bosqichda joriy etiladigan chorvachilikka ixtisoslashtirilgan tumanlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Hududlar nomi

Tumanlar nomi

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Taxtakoʻpir tumani

Qoʻngʻirot tumani

2.

Andijon viloyati

Qoʻrgʻontepa tumani

Ulugʻnor tumani

3.

Buxoro viloyati

Romitan tumani

Buxoro tumani

4.

Jizzax viloyati

Zarbdor tumani

Sharof Rashidov tumani

5.

Qashqadaryo viloyati

Nishon tumani

Koson tumani

6.

Navoiy viloyati

Qiziltepa tumani

Navbahor tumani

7.

Namangan viloyati

Kosonsoy tumani

Pop tumani

8.

Samarqand viloyati

Kattaqoʻrgʻon tumani

Bulungʻur tumani

9.

Surxondaryo viloyati

Jarqoʻrgʻon tumani

Muzrabot tumani

10.

Sirdaryo viloyati

Sardoba tumani

11.

Toshkent viloyati

Ohangaron tumani

Quyi Chirchiq tumani

12.

Fargʻona viloyati

Oʻzbekiston tumani

Furqat tumani

13.

Xorazm viloyati

Urganch tumani

Shovot tumani

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-avgustdagi PQ-285-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chorvachilik va uning tarmoqlarini rivojlantirish Respublika kengashi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

B. Mavlonov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departament rahbari, Kengash raisi

2.

B. Norqobilov

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi, Kengash raisi oʻrinbosari

3.

A. Karimov

qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari

4.

F. Poʻlatov

Kadastr agentligi direktori

5.

A. Qosimov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi

6.

B. Raxmatullayev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi

7.

F. Djalilov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi

8.

A. Xaitov

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi

9.

O. Musayev

“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi raisi

10.

B. Isayev

“Parrandasanoat” uyushmasi raisi

11.

Sh. Baxriddinov

“Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi raisi

12.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari

13.

U. Ismoilov

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi boshqarma boshligʻi, Kengash kotibi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-avgustdagi PQ-285-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chorvachilikda identifikatsiya qilish tizimi va naslchilik sohasini takomillashtirish yuzasidan belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“YOʻL XARITASI”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Moliyalashtirish manbalari

Ijro muddati

Ijro uchun masʼullar

I. Chorvachilikda identifikatsiya qilish tizimini tartibga solish boʻyicha

1.

Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Markaz faoliyatini tartibga solish maqsadida uning ustavini ishlab chiqish.

2. Ustavni belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish va Markazni kadrlar bilan toʻldirish.

3. Markazni joylashtirish va aloqa vositalari bilan taʼminlash.

4. Markazni zarur mebel, kompyuter texnikasi va inventarlar bilan jihozlash.

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

2023-yil 1-dekabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi

2.

Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish tartibi hamda identifikatsiya tadbirlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

1. Manfaatdor idoralar va tashkilotlardan iborat ishchi guruhni tuzish.

2. Hududlardagi chorva va uy hayvonlari bosh soni qamrab olinganligi holatini oʻrganish.

3. Respublika hududlaridagi kushxonalar, mol bozorlari, ichki postlar joylashuvini, shuningdek, chorva hayvonlarining bir hududdan boshqa hududga oʻtish harakatlarini tahlil qilish.

4. Mazkur tadbirlarni oʻz ichiga olgan “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

-

2023-yil 20-noyabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Vyeterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi

3.

Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish tizimini respublikada toʻgʻri tashkil etish maqsadida ushbu yoʻnalishda ijobiy natijalarga erishgan davlatlarning ekspertlarini jalb etgan holda taklif kiritish.

1. Hayvonlarni identifikatsiya qilish tizimi rivojlangan xorijiy davlatlarning tajribalarini ishchi guruh tuzgan holda joyida oʻrganish.

2. Xorijiy davlatlarning malakali mutaxassislarini Oʻzbekistonga jalb qilish boʻyicha muzokaralar olib borish va ularni jalb etish.

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

2023-yil 1-dekabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi

4.

Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish tizimining tartib-taomillarini ishlab chiqish.

1. Manfaatdor vazirlik va idoralarning mutaxassislari ishtirokida identifikatsiya tizimini amalga oshirish tartibini ishlab chiqish.

2. Hayvonlarni identifikatsiya qilish boʻyicha xorijiy davlatlarning tajribalari asosida tayyorlangan normativ-huquqiy hujjatlarni oʻrganish.

3. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

-

2023-yil 10-dekabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi

5.

“Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

1. Manfaatdor idoralar va tashkilotlardan iborat ishchi guruhni tuzish.

2. Hayvonlarni identifikatsiya qilish tizimi joriy etilgan xorijiy davlatlarning tajribalarini oʻrganish.

3. Hayvonlarni identifikatsiya qilish tizimi boʻyicha qonun loyihasini tayyorlash, muhokama qilish va kelishish.

4. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

-

2023-yil 31-dekabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi

6.

Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish tizimiga jalb etiladigan mutaxassislarning malakasini oshirish.

1. Hayvonlarni identifikatsiya qilish tizimiga jalb etiladigan mutaxassislar roʻyxatini shakllantirish.

2. Mutaxassislar malakasini oshirish maqsadida hududlarda bosqichma-bosqich masofaviy shaklda nazariy bilimlarni berish.

3. Tajribali mutaxassislar tomonidan dehqon va fermer xoʻjaliklarida amaliy bilimlar berishni tashkil etish.

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Doimiy

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

7.

Xorijiy hamda mahalliy kompaniya va konsultantlarni jalb qilgan holda identifikatsiya qilish tizimida roʻyxatga olingan qoramollar va hayvonlarni vaksinatsiya qilish rejasi toʻgʻrisida maʼlumotlar, maslahat va xabarlar, savdo maydonchasi va subsidiya berish tizimini oʻz ichiga olgan mobil platformani ishlab chiqib, ishga tushirish.

1. Xalqaro tajribalarni oʻrgangan holda xorijiy hamda mahalliy kompaniyalar va konsultantlarni jalb qilish.

2. Qoramollar va hayvonlarni vaksinatsiya qilishning mavsumiy va davriy grafiklari hamda bu toʻgʻrisida aholi va fermerlarni xabardor qilish mexanizmini ishlab chiqish.

3. Chorvachilik sohasida mahsulotlarni sotish maydonchasi va subsidiya berishning elektron xabardor qilish loyihasini tayyorlash.

4. Mazkur mobil platforma boʻyicha texnik topshiriqlar (TT) loyihasini ishlab chiqish.

5. Ushbu tizim boʻyicha mobil platforma dasturini ishga tushirish.

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

2024-yil 1-mart

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi

8.

Hayvonlarni roʻyxatga olish xalqaro qoʻmitasining normalariga muvofiq, chorva va uy hayvonlarini identifikatsiya qilishda qoʻllanadigan chip, jeton, birkalarni olib kelish choralarini koʻrish.

1. Xalqaro standartlarga muvofiq chip, jeton, birkalarni ishlab chiqaruvchi tashkilotlar bilan muzokaralar oʻtkazish.

Bunda, hayvonlarni identifikatsiya qilish imkonini beradigan individual raqam berish, hayvonlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni elektron axborot tizimiga kiritishni nazarda tutish.

2. Xalqaro tajribalar asosida talablarga javob beradigan chip, jeton va birkalar zaxirasini tashkil etish.

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Doimiy

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi

II. Naslchilik sohasini takomillashtirish boʻyicha

9.

Naslchilik ilmiy-ishlab chiqarish markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Markaz faoliyatini tartibga solish maqsadida uning ustavini ishlab chiqish.

2. Ustavni belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish va Markazni kadrlar bilan toʻldirish.

-

2023-yil 20-dekabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi

10.

Markazni joylashtirish va uning oʻz faoliyatini amalga oshirishi hamda yangi bino va inshootlarni qurishi uchun belgilangan tartibda doimiy foydalanish huquqi bilan yer maydoni ajratish.

1. Markazni koʻchirish va uni joylashtirish uchun Toshkent viloyatidan sugʻoriladigan ekin yerlari va infratuzilma tarmogʻi (elektr energiya, gaz, suv va yoʻl) mavjud boʻlgan hududlarni oʻrganish va tanlash.

2. Mazkur hududdan Markaz faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan bino va inshootlarni qurish uchun yer maydoni ajratish.

-

2023-yil 10-noyabr

Toshkent viloyati hokimligi,

Kadastr agentligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi

11.

Markazni koʻchirish va joylashtirish uchun tanlangan hududda Markaz faoliyati uchun moslashtirilgan bino va inshootlarni qurish obyektlarining zamonaviy master-rejasini ishlab chiqish.

1. Naslli materiallar ishlab chiqarish tizimi rivojlangan xorijiy davlatlarning tajribalarini oʻrganish.

2. Markaz faoliyati uchun moslashtirilgan bino va inshootlarni qurish obyektlarining dastlabki loyihasini shakllantirish.

3. Oʻrganilgan xalqaro tajribalar asosida zamonaviy master-reja ishlab chiqish.

Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

2023-yil 1-dekabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Qurilish vazirligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi

12.

Markazni koʻchirish uchun tanlangan hududda Markaz faoliyati uchun moslashtirilgan bino va inshootlarni qurish.

1. Xalqaro tajribalar asosida tayyorlangan zamonaviy master-rejaga koʻra Markaz faoliyati uchun moslashtirilgan bino va inshootlarni qurish loyihasini tayyorlash.

2. Pudratchi tashkilotlar bilan qurilish ishlarini tashkil etish boʻyicha kelishuvlarga erishish.

3. Qurilish ishlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish grafiklarini ishlab chiqish, tasdiqlash va monitoring qilish.

4. Qurilish ishlarini yakunlash, topshirish va qabul qilish.

Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

2025-yil 1-dekabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Qurilish vazirligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi

13.

Markazga qarashli Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, “Ijodkor” mahalla fuqarolar yigʻini, Milliy bogʻ koʻchasida joylashgan bino va inshootlarni yer maydoni bilan birga sotish uchun elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish.

1. Obyektni baholash, baholash hisobotlarining ishonchliligini ekspertiza qilish, savdoga chiqarish.

2. Obyektni zaruratga qarab lotlarga boʻlgan holda elektron onlayn auksion savdolari orqali sotuvga chiqarish.

3. Obyektni sotishdan tushgan mablagʻlarni toʻliq Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltirish.

-

Markaz faoliyati toʻliq yoʻlga qoʻyilgandan soʻng

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi

III. Chorvachilik sohasini yanada qoʻllab-quvvatlash boʻyicha

14.

2023-yil 1-sentabrdan boshlab chorvachilik xoʻjaliklari oʻz ehtiyoji uchun import qilgan nasldor qoramollarga hisoblangan qoʻshilgan qiymat soligʻini Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining kafolati asosida 180 kun ichida toʻlab berish tizimini joriy etish.

Mazkur bandda nazarda tutilgan tizimni joriy etish boʻyicha manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda tartib ishlab chiqish va tasdiqlash.

-

2023-yil 20-noyabr

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Bojxona qoʻmitasi,

Soliq qoʻmitasi

15.

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining naslchilik sohasini nazorat qilish boʻlimi va hududiy boʻlinmalarining shtat birliklarini Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi tizimiga oʻtkazish.

1. Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining mavjud shtatlarini hududlar kesimida tahlil qilish.

2. Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining mavjud shtatlarini belgilangan tartibda qabul qilish.

3. Naslchilik sohasini monitoring qilish boʻyicha yangi vazifalarni va ish tartibini joriy etish.

-

2023-yil 10-noyabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi

16.

Quyidagi tartibda subsidiya ajratish tizimini joriy etish:

chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xoʻjaliklarga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramolning har bir boshiga 2 million soʻm, nasldor qoʻy va echkining har bir boshiga 400 ming soʻm miqdorida;

parrandachilik xoʻjaliklariga har bir bosh 1 kunlik nasldor joʻjani import qilish bilan bogʻliq xarajatlarning 15 ming soʻmini qoplash uchun.

Mazkur bandda nazarda tutilgan tizimni joriy etish boʻyicha manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

-

2023-yil 1-dekabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi,

Bojxona qoʻmitasi,

Soliq qoʻmitasi

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2023-y., 07/23/285/0651-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son; 31.01.2025-y., 07/25/34/0096-son; 21.05.2026-y., 07/26/179/0521-son)