11.08.2023 yildagi 358-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 11.08.2023 yildagi 358-son
Date of entry into force
18.11.2023
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Vazirlar Mahkamasining “Qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini toʻxtash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2011-yil 25-maydagi 149-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatimizda oʻtgan davr mobaynida qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini toʻxtash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlashda qonuniylikni taʼminlash, shuningdek, saqlash joylariga qoʻyiladigan talablarni belgilagan holda ushbu sohada xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxslar faoliyatini tartibga solish boʻyicha qator ishlar amalga oshirildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, bugungi kunda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilmaganligi qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini saqlash xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslarni ochiq tanlov asosida tanlashning shaffof tizimi yaratilishiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini toʻxtash joylariga olib kelish va joylashtirish, shuningdek, ushbu transport vositalarini saqlash xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslarni tanlash jarayonlariga elektron axborot tizimlarini keng joriy etish hamda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2024-yil 1-yanvardan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlari buzilganligi uchun vakolatli davlat organlari tomonidan ushlangan transport vositalarini saqlash xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — YHXXning yagona axborot tizimi) orqali ochiq tanlov asosida tanlab olinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlari buzilganligi uchun vakolatli davlat organlari tomonidan ushlangan transport vositalarini toʻxtash joylariga olib kelish, joylashtirish, saqlash, hisobini yuritish va olib chiqib ketishga ruxsat berish YHXXning yagona axborot tizimiga hamda ushlash vakolatiga ega boʻlgan davlat organlariga integratsiya qilingan “Jarima maydonchasi” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositalarini toʻxtash joylariga olib kelish (tashish) hamda saqlash boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovlarning cheklangan miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, “Jarima maydonchasi” axborot tizimining sifatli va uzluksiz faoliyat koʻrsatishi, maʼlumotlar bazasining shakllantirilishi, boshqa tizimlar bilan integratsiya qilinishi hamda texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash ishlarining doimiy ravishda oʻtkazib borilishi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar “Jarima maydonchasi” axborot tizimining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlari buzilganligi uchun vakolatli davlat organlari tomonidan ushlangan, toʻxtash joylariga joylashtirilgan va olib chiqishga ruxsat berilgan transport vositalarining roʻyxatini yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositalarini toʻxtash joylaridan olib chiqish uchun barcha toʻlovlarni (jarima maydonchasi va huquqbuzarlik uchun jarimalar) elektron shaklda amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlari buzilganligi uchun vakolatli davlat organlari tomonidan ushlangan transport vositalarini toʻxtash joylaridan olib chiqishga ruxsatnomani saqlash xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslarga elektron shaklda taqdim etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 1-noyabrga qadar Raqamli texnologiyalar vazirligi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa manfaatdor vazirlik hamda idoralar bilan birgalikda Ichki ishlar vazirligiga ajratilgan budjet mablagʻlari va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan “Jarima maydonchasi” axborot tizimini ishlab chiqsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 1-dekabrga qadar YHXXning yagona axborot tizimini qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini saqlash xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslarni ochiq tanlov asosida elektron tarzda tanlab olish imkoniyatini yaratish maqsadida takomillashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 1-yanvarga qadar manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Jarima maydonchasi” axborot tizimini YHXXning yagona axborot tizimiga va qonunchilikka muvofiq transport vositalarini ushlash vakolatiga ega boʻlgan davlat organlarining axborot tizimlariga integratsiya qilinishini hamda ishga tushirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “Qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini toʻxtash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2011-yil 25-maydagi 149-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilansinki, mazkur qaror qabul qilingunga qadar qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini saqlash xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar 2024-yil 1-yanvarga qadar oʻz kuchini saqlab qoladi, qonunchilikka muvofiq transport vositalarini saqlash xizmatlarini koʻrsatish huquqini bekor qilish uchun asoslar yuzaga kelgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 1-yanvarga qadar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda ushlangan transport vositalarini saqlash boʻyicha faoliyat yuritayotgan joylarni belgilangan talablarga muvofiqlashtirish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 11-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
358-son

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi 358-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini toʻxtash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2011-yil 25-maydagi 149-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 1-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 2-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini saqlash xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslarni ochiq tanlov asosida elektron tarzda tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2. Transport vositalarini toʻxtash joyiga joylashtirish toʻgʻrisida davlat organining transport vositalarini ushlash huquqiga ega boʻlgan vakolatli xodimi tomonidan qaror qabul qilinganda, bu toʻgʻrisida “Jarima maydonchasi” axborot tizimi orqali transport vositalarini olib kelish va saqlash xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslarga hamda tegishli davlat organlarining navbatchilik qismlariga xabar yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vositalarini toʻxtash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlashning elektron hisobi “Jarima maydonchasi” axborot tizimida yuritiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-band “navbatchilik qismiga” soʻzlaridan keyin “Jarima maydonchasi” axborot tizimi orqali” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“4. Transport vositasi ushlangan joyga eng yaqin boʻlgan hududdagi transport vositalarini olib kelish va saqlash xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxsga “Jarima maydonchasi” axborot tizimi orqali transport vositasini toʻxtash joyiga joylashtirish toʻgʻrisida xabar kelib tushgan hollarda, ushbu yuridik shaxsning vakili zarur maxsus texnik vosita (evakuator)ni ushlash joyiga darhol yuborish choralarini koʻradi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bandning birinchi xatboshisidagi “huquqni buzish” soʻzlari “huquqbuzarlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“6. Ushlash joyiga kelgan yuridik shaxsning vakili:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositasini toʻxtash joyiga joylashtirish maqsadida uni qabul qilish uchun yonida xizmat guvohnomasiga hamda yuridik shaxs tomonidan berilgan transport vositalarini tashish (evakuatsiya qilish) huquqini beruvchi ishonchnomaga ega boʻlishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma yoki transport vositasini ushlash toʻgʻrisidagi qaror asosida qabul qilish-topshirish dalolatnomasini tuzgan va konstruksiyada kirish nazarda tutilgan joylarni (eshiklar, yukxona, kapot, benzin baki qopqogʻi va boshqalar) surgʻuchlagan holda ushlangan transport vositasini koʻzdan kechiradi va uni davlat organining transport vositalarini ushlash huquqiga ega boʻlgan vakolatli xodimidan qabul qilib oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositasini toʻxtash joyiga olib kelish (tashish) va unga joylashtirish choralarini koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik hujjatlariga muvofiq transport vositalarini boshqarishdan chetlashtirish nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarga tegishli transport vositalari davlat organining transport vositalarini ushlash huquqiga ega boʻlgan vakolatli xodimi tomonidan transport vositalarini toʻxtash joylariga olib borilishi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bandning birinchi xatboshisidagi “huquqni buzish” soʻzlari “huquqbuzarlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10 — 12-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“10. Transport vositasini ushlab turish sabablari bartaraf etilgandan keyin transport vositasini toʻxtash joyidan olib chiqishga “Jarima maydonchasi” axborot tizimi orqali ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vositasini toʻxtash joyidan olib chiqishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi xabar tegishli vakolatli davlat organining mansabdor shaxsi tomonidan transport vositasi haydovchisiga axborot tizimlari orqali elektron yoki mobil telefonga qisqa xabar (SMS) tarzida, shuningdek, transport vositalarini olib kelish va saqlash xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxsga “Jarima maydonchasi” axborot tizimi orqali yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Transport vositasi haydovchiga (egasiga, egasining vakiliga) transport vositalarini olib kelish va saqlash xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxsga koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq toʻlangandan keyin tegishli vakolatli davlat organining mansabdor shaxsi tomonidan “Jarima maydonchasi” axborot tizimi orqali berilgan ruxsatnoma asosida beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vositalarini toʻxtash joylaridan berish kunu-tun amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ushlangan transport vositalari hisobi, transport vositalarini olib kelish va saqlash boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar soni va amalga oshirilgan toʻlovlar miqdori “Jarima maydonchasi” axborot tizimi orqali yuritiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-banddagi “bosh boshqarmasi” soʻzlari “xizmati” soʻzi bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 149-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini saqlash xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslarni ochiq tanlov asosida elektron tarzda tanlab olish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini (keyingi oʻrinlarda — transport vositalari) saqlash xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslarni ochiq tanlov asosida (keyingi oʻrinlarda — tanlov) elektron tarzda tanlab olish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Transport vositalarini saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish faoliyatini amalga oshirishda qonunchilik hujjatlari talablariga toʻliq rioya etilishini taʼminlashga qodir boʻlgan yuridik shaxslarni aniqlash tanlov oʻtkazishning maqsadi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlov Oʻzbekiston Respublikasining har bir hududi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) boʻyicha alohida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir hududda tanlov asosida hududning maʼmuriy-hududiy boʻlinishining joylashishidan kelib chiqqan holda, transport vositalarini saqlash xizmatlarini koʻrsatuvchi bir necha yuridik shaxslar aniqlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
affillanganlik xususiyatiga ega aloqalar — tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxslarning bir-birlari faoliyatiga taʼsir koʻrsatishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli vakil — tanlovda qatnashish uchun talabgor — tashkilot rahbari yoki u tomonidan ishonchnoma asosida vakil qilingan jismoniy shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov takliflari — tanlov qatnashchisining transport vositalarini saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish faoliyatini amalga oshirishda qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov predmeti — transport vositalarini saqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatishga boʻlgan huquq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgor — taklif etilgan shartlarda tanlovda qatnashish niyatini maʼlum qilgan yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov qatnashchisi — tanlovda qatnashishga qoʻyilgan talabgor;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov gʻolibi — tanlov yakunlariga koʻra taklifi eng maqbul deb topilgan qatnashchi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining (keyingi oʻrinlarda — YHXX) Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) orqali oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YHXX va uning tegishli hududiy boʻlinmalari tanlovni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha masʼul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tanlovni oʻtkazish quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositalarini saqlash xizmatlarini koʻrsatish sohasida raqobat muhitini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonuniylik, ochiqlik, shaffoflik va baholashning xolisligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat koʻrsatuvchilarning tanlov hujjatlarida qayd etilgan yagona talablar asosida raqobatlashishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sogʻlom raqobat uchun shart-sharoitlarning tengligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlovlarni faqat axborot tizimi orqali elektron tarzda oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlovda belgilangan talablarga eng toʻliq javob beradigan xizmat koʻrsatuvchini gʻolib deb topish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tanlov ochiq hisoblanadi va unda Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan har qanday yuridik shaxs qatnashishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankrot deb eʼlon qilingan yoki tugatish bosqichida boʻlgan yoxud mol-mulki xatlangan talabgorlar tanlovda ishtirok etishga qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vakolatli organning tanlovni tashkil etish va oʻtkazish doirasidagi asosiy vakolatlari quyidagilar hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishliligi boʻyicha hududning maʼmuriy-hududiy boʻlinishining joylashishidan kelib chiqqan holda transport vositalarini saqlash xizmatlarini koʻrsatuvchilar sonini aniqlash boʻyicha qarorlar qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻtkaziladigan tanlov toʻgʻrisidagi eʼlonlarni axborot tizimiga hamda ommaviy axborot vositalariga joylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov gʻolibining tanlov takliflarida koʻrsatilgan maʼlumotlarining haqiqiyligini oʻrganish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov gʻolibiga transport vositalarini saqlash xizmatlarini koʻrsatish huquqini tasdiqlovchi QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan elektron guvohnomalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov gʻolibi bilan shartnoma tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositalarini saqlash xizmatlari koʻrsatilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma shartlariga amal qilinmaslik holatlari yuzasidan dalolatnomalarni rasmiylashtirish va belgilangan tartibda shartnomani bekor qilish choralarini koʻrish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Hudud transport vositalarini saqlash xizmatlarini koʻrsatuvchisiz qolgan holatda navbatdagi tanlov natijalari eʼlon qilingunga qadar ushlangan transport vositalari YHXX boʻlinmalariga tegishli joylarda vaqtincha saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Hudud quyidagi hollarda transport vositalarini saqlash xizmatlarini koʻrsatuvchisiz qolgan deb hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuzilgan shartnoma muddatidan avval bekor qilinsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlovda talabgorlardan birorta ham taklif kelib tushmasa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Tanlovni tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Transport vositalarini saqlash xizmatlarini koʻrsatish yuzasidan tanlov tashkil etish va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Vakolatli organ tanlovga qoʻyiladigan hududlar roʻyxatini tayyorlaydi, tanlov predmetini va vaqtini tanlov oʻtkazilishidan kamida oʻttiz kun oldin axborot tizimiga kiritadi va bu haqda ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Tanlovda qatnashish uchun takliflar tanlov qatnashchilari tomonidan axborot tizimi orqali taqdim etiladi va bu maʼlumotlar tanlov qatnashchilari haqidagi maʼlumotlar boʻlib, ular ochiq hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Tanlov qatnashchilari tomonidan tanlov takliflarini taqdim etish muddati tanlov eʼlon qilingan kundan boshlanib, oʻn besh ish kunini tashkil etadi va axborot tizimida koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlov takliflari belgilangan muddat yakunlangandan keyin qabul qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Tanlov qatnashchisi tanlov takliflarini berish muddati tugaguniga qadar berilgan tanlov taklifini qaytarib olishga yoki unga oʻzgartirishlar kiritishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Tanlov qatnashchilari tanlov boʻyicha belgilangan talablarni axborot tizimi orqali elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Axborot tizimida tanlov oʻtkazilgunga qadar tanlov qatnashchilari tomonidan yuborilgan takliflarni koʻrish imkoniyati boʻlmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Transport vositalarini saqlash xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ochiq maʼlumot hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Tanlov boʻyicha takliflar mazmuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Tanlov takliflarida quyidagi talablar va maʼlumotlar boʻlishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitta transport vositasining toʻxtash joyi uchun tavsiya etilayotgan maydon;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmatlar koʻrsatish vaqtida transport vositalarini saqlash va yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tadbirlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmatlar koʻrsatish qiymati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositasining saqlash joyiga oʻz vaqtida yetkazib berilishini taʼminlash uchun maxsus texnika vositalarining (evakuatorlar, tirkash troslarining) mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻxtash joyining shakli (yopiq binoda, ochiq holda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositalarini saqlash xizmatlarini koʻrsatish faoliyatiga qoʻyiladigan talablarga rioya etish uchun talabgorda imkoniyatlar mavjudligi toʻgʻrisida dalolat beruvchi boshqa qoʻshimcha maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Tanlov qatnashchilari tanlov boʻyicha takliflarning barcha bandlariga doir haqqoniy, toʻliq va batafsil axborotlarni yuborishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Tanlov takliflarini baholash va gʻolibni aniqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Tanlov qatnashchilari tomonidan tanlov boʻyicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Tanlov takliflarini baholash va gʻolibni aniqlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) bitta transport vositasining toʻxtash joyi uchun tavsiya etilayotgan maydon uchun — hisoblangan darajadagidan (25 kv metr) ortiq boʻlgan har bir punkt uchun ortib boruvchi koeffitsiyent qoʻllangan holda, besh balli tizim boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) saqlash va yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tadbirlar uchun — oʻn balli tizim boʻyicha. Baholash quyidagi tarzda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
binolar bilan toʻxtab turishga qoʻyilgan transport vositasi oraligʻidagi normativ boʻyicha yongʻin xavfsizligi masofasini (6 m) taʼminlaganlik uchun — 5 ball. Yongʻinga qarshi normativdan ortiq masofa (6 metrdan ortiq) taʼminlangan taqdirda, yongʻinga qarshi masofaning oshirilgan har bir metri uchun ortib boruvchi koeffitsiyent qoʻllanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻxtash joyidan yongʻin gidrantigacha 150 metr masofada tashqi yongʻinga qarshi suv taʼminoti tizimi taʼminlaganligi uchun — 5 ball. Toʻxtash joyidan yongʻin gidrantigacha boʻlgan masofa kamaytirilgan taqdirda masofaning har bir metri uchun ortib boruvchi koeffitsiyent qoʻllanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) transport vositalarini olib kelish va saqlash xizmatlarini koʻrsatish qiymati uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadigan cheklangan miqdor darajasiga nisbatan kamaytirilgan har bir punkt uchun ortib boruvchi koeffitsiyent qoʻllangan holda, oʻn balli tizim boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) maxsus texnika vositalarining (evakuatorlar, tirkash troslarining) mavjudligi uchun — tabaqalashtirilgan ballar boʻyicha (har bir evakuator uchun — 5 balldan va har bir tirkash trosi uchun — 3 balldan);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) yopiq binodagi toʻxtash joyi uchun — 15 ball, ochiq joydagi toʻxtash joyi uchun — 5 ball.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qatnashchi tanlov takliflarining yakuniy bahosi yuqorida sanab oʻtilgan koʻrsatkichlar boʻyicha ballarni qoʻshish yoʻli bilan aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Takliflari eng yuqori ballar sonini olgan qatnashchi tanlov gʻolibi deb eʼtirof etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Baholash natijalariga koʻra bir nechta qatnashchi teng ballar olgan boʻlsa, u holda gʻolib teng ballar olgan qatnashchilarning tanlov takliflaridagi quyidagi mezonlardan kelib chiqib aniqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan talablardan qoʻshimcha jihozlar va transport vositalarini saqlash uchun sharoitlar (transport vositalarini quyosh, yomgʻir-qordan saqlash uchun sharoit yaratilgan holatiga qarab) yaratilganligiga qarab;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushlangan transport vositalarini saqlash joylarida maxsus transport vositalarining (evakuatorning) ishlab chiqarilgan yiliga qarab;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushlangan transport vositalarini saqlash joylarining sigʻimiga qarab;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
katta gabaritli transport vositalarini saqlash uchun imkoniyatning mavjudligiga qarab takliflar qayta koʻrib chiqilib, gʻolib aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Tanlov yakunlari, xususan, qatnashchilardan kelib tushgan takliflar mazmuni, hisoblangan ballar, qatnashchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, takliflarda koʻrsatilgan maʼlumotlarning haqiqiyligini oʻrganish natijalari axborot tizimida saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Agar tanlov davomida faqat bir nafar qatnashchidan taklif kelib tushsa, uning tanlov takliflari qoʻyilayotgan talablarga muvofiq boʻlganda mazkur qatnashchi gʻolib deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qatnashchining takliflari qoʻyilayotgan talablarga muvofiq boʻlmasa, axborot tizimi tomonidan rad etiladi va takroriy tanlov tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Tanlov natijalari boʻyicha maʼlumotlar vakolatli organning rasmiy veb-saytiga tanlov oʻtkazilib, baholangandan keyin darhol joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Tanlov gʻolibining takliflarida koʻrsatilgan maʼlumotlarning haqiqiyligini oʻrganish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Tanlov gʻolibining takliflari vakolatli organ hamda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining masʼul xodimlari tomonidan transport vositalarini saqlash uchun tashkil etilgan joyga chiqqan holda oʻrganiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarurat boʻlganda, takliflardagi maʼlumotlarning haqiqiyligini oʻrganish jarayoniga boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari jalb etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Takliflardagi maʼlumotlarning haqiqiyligini oʻrganish vaqti va manzili oldindan kelishiladi hamda tanlov gʻolibi aniqlangandan keyin besh kun ichida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Takliflardagi maʼlumotlarning haqiqiyligini oʻrganish jarayonini ochiq va shaffof tashkil etish maqsadida ushbu xizmatlarni koʻrsatuvchilar kuzatuvchi sifatida ishtirok etishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Vakolatli organning masʼul xodimi maʼlumotlarning haqiqiyligini oʻrganishdan oldin tanlovning barcha ishtirokchilari bilan affillanganlik xususiyatiga ega aloqalari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni axborot tizimiga kiritishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishtirokchi va uning affillangan shaxsi tanlov boʻyicha ayni bitta lotda ishtirok etish huquqiga ega emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Tanlov ishtirokchilari bilan affillanganlik xususiyatga ega aloqalari boʻlgan vakolatli organning masʼul xodimlari keltirilgan maʼlumotlarning haqiqiyligini oʻrganishda ishtirok etmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uning oʻrniga boshqa xodim keltirilgan maʼlumotlarning haqiqiyligini oʻrganish uchun tayinlanadi. Masʼul xodim tomonidan affillanganlik toʻgʻrisida kiritilgan maʼlumotlar axborot tizimida yopiq saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Vakolatli organ tanlov gʻolibining axborot tizimi orqali yuborgan takliflardagi maʼlumotlarning haqiqiyligiga shubha yuzaga kelsa, ularni tasdiqlovchi hujjatlarni soʻrab olishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Oʻrganish natijalari va tegishli fototasvirlar vakolatli organ tomonidan axborot tizimiga yuklanadi. Yuklangan maʼlumotlar shartnomaning amal qilish muddati yakunlanishiga qadar saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Vakolatli organ tomonidan oʻtkazilgan oʻrganish natijalari yuzasidan tanlov qatnashchilariga tushuntirishlar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Tanlov gʻolibi bilan hujjatlarni rasmiylashtirish va bekor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Vakolatli organ bilan tanlov gʻolibi oʻrtasidagi oʻzaro huquq va majburiyatlarni belgilovchi shartnoma ommaviy oferta shaklida axborot tizimiga tanlov eʼlon qilingan paytda joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlov gʻolibi aniqlangandan soʻng besh kun ichida joylashtirilgan shartnomani akseptlaydi (taklifni qabul qiladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Quyidagi hollarda tanlov qatnashchisining gʻolibligi bekor qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taklif qilingan maʼlumotlar vakolatli organga (oldindan kelishilgan vaqt va manzilga) ularning haqiqatda mavjudligini oʻrganish uchun taqdim qilinmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot tizimiga joylashtirilgan shartnoma belgilangan muddatda sababsiz akseptlanmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
takliflardagi maʼlumotlarning haqiqiyligi tasdiqlanmaganligi oqibatida toʻplangan ballar keyingi qatnashchi toʻplagan ballardan kamayib ketsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlov qatnashchisining gʻolibligi bekor qilingan taqdirda, eng koʻp ballar miqdori boʻyicha keyingi qatnashchi tanlov gʻolibi deb eʼtirof etiladi. Keyingi qatnashchining tanlov takliflaridagi maʼlumotlarning haqiqiyligi belgilangan tartibda oʻrganiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Quyidagilar transport vositalarini saqlash xizmatlarini koʻrsatish huquqini bekor qilish uchun asoslar hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxsning transport vositalarini saqlash boʻyicha faoliyatni amalga oshirish imkoni yoʻqligi toʻgʻrisida komissiyaga yuborgan yozma bildirishnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositalarini saqlash xizmatlarini koʻrsatish yuzasidan shartnomaning unda koʻrsatilgan asoslar boʻyicha bekor qilinishi yoki amal qilish muddatining tugashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxsning bankrot deb eʼlon qilinishi yoki uni tugatish amaliyotining boshlanishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Taklif yuborgan yagona qatnashchining yoki barcha qatnashchilarning tanlov gʻolibligi bekor qilingan taqdirda, mazkur hudud boʻyicha darhol qayta tanlov eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Elektron axborot tizimidagi tanlov yakunlari asosida tanlov gʻolibi bilan shartnomalar tuzish hamda ularning talab va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Tanlov gʻolibi bilan vakolatli organ oʻrtasida 10 yil muddatga transport vositalarini saqlash xizmatlarini koʻrsatish yuzasidan shartnoma tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Shartnomaning amal qilish muddati tugashidan kamida oltmish kun avval hudud boʻyicha qayta eʼlon beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Transport vositalarini saqlash xizmatlarini koʻrsatuvchi tomonidan shartnoma talab va shartlariga rioya qilmaslik holati aniqlansa, vakolatli organning masʼul xodimlari tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Tanlov gʻolibi taklif etgan taʼrif darajasi boʻyicha kamida ikki yil transport vositalarini saqlash boʻyicha xizmatlarni koʻrsatish majburiyatini oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Shartnoma shartlariga qoʻshimcha yoki oʻzgartirishlar tomonlarning qoʻshimcha kelishuviga asosan kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Tanlov ishtirokchilari tanlov natijalaridan norozi boʻlgan hollarda, belgilangan tartibda sudga yoki yuqori turuvchi organlarga murojaat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini saqlash xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar tanlovini ochiq tanlov jarayonlari orqali elektron tarzda tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini saqlash xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar uchun tanlov tashkil etish va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boʻlinmalari

Tanlovga qoʻyiladigan hududlar roʻyxatini shakllantiradi, lot talablari, tanlov predmetini axborot tizimiga kiritadi va bu haqda ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon beradi.

Tanlov oʻtkazilishidan kamida 30 kun oldin

2-bosqich

Ariza beruvchi

1. Yoʻl harakati xavfsizligi �izmatining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali roʻyxatdan oʻtadi.

2. Elektron shakldagi soʻrovnomani toʻldiradi (zarur hujjatlarning elektron shaklini ilova qilgan holda) hamda oʻz elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi.

Tanlov eʼlon qilingandan soʻng 15 kun ichida

3-bosqich

Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi

Soʻrovnomani tegishli Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga joʻnatiladi.

Avtomatik ravishda

4-bosqich

Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi

1. Tanlov qatnashchilari tomonidan tanlov boʻyicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali baholanadi.

2. Tanlov boʻyicha takliflarni baholash har bir qatnashchi boʻyicha aniqlanadi. Eng koʻp ball toʻplagan qatnashchi tanlov gʻolibi deb eʼtirof etiladi.

15 kun ichida

5-bosqich

Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi

Tanlov natijalari boʻyicha maʼlumotlar tanlov oʻtkazilgan kuniyoq vakolatli organning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

Darhol

6-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

Tanlov gʻolibi bilan transport vositalarini saqlash xizmatlarini koʻrsatish yuzasidan shartnoma tuzadi.

10 yil muddatga

Shartnomaning amal qilish muddati tugashidan kamida oltmish kun oldin hudud boʻyicha qayta eʼlon beradi.

60 kun oldin

”.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 3-ilova 5-bandining “a” kichik bandi “qattiq qoplama,” soʻzlaridan keyin “kuzatuv kameralari,” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2023-y., 09/23/358/0620-son)