1-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Mablagʻ |
Moliyalashtirish manbalari |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Otorinolaringologiya yoʻnalishida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish | ||||||
|
1. |
Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-boʻyin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) faoliyatini yoʻlga qoʻyish. |
Markazning ustavi va tuzilmasini tasdiqlash. |
2023-yil 1-sentabr |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov) |
|
2. |
Markazning ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullanadigan tuzilmalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash, bino va inshootlarini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek joriy xarajatlarini 2024-yildan boshlab Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. |
1. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-maydagi “Davlat ilmiy tashkilotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bazaviy moliyalashtirishga oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 326-son qaroriga oʻzgartirish kiritish yuzasidan hujjat loyihasini ishlab chiqish. Bunda, Markazning ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullanadigan tuzilmalari, shuningdek, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining “Eshitish zaiflashuvini tashxislash, davolash va reabilitatsiya muammolari” ilmiy laboratoriyasini inobatga olish. 2. Loyihani belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2023-yil 1-oktabr |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Kudbiyev) |
|
3. |
Bolalarda tugʻma va orttirilgan eshitish nuqsonlarini erta tashxislash va davolash ishlarini takomillashtirish. |
Bolalarda tugʻma va orttirilgan eshitish nuqsonlarini erta tashxislash va davolash ishlarini muvofiqlashtirish yuzasidan sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻini qabul qilish. Bunda: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda uning filiallarini ushbu yoʻnalishda yetakchi muassasa ekanligini koʻzda tutish; Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazini bolalarda tugʻma va orttirilgan eshitish nuqsonlarini davolash va tashxislashga oid sohaviy kadrlarni tayyorlash hamda malakasini oshirib borishga masʼul etib belgilash. |
2023-yil 1-noyabr |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov) |
|
II. Otorinolaringologik kasalliklarning oldini olish, barvaqt tashxis ?oʻyish va davolash choralarini takomillashtirish | ||||||
|
4. |
Otorinolaringologiya yoʻnalishi boʻyicha davolash standartlari va klinik bayonnomalarni takomillashtirish. |
Klinik davolash standartlari va klinik bayonnomalarni qayta koʻrib chiqish va amaliyotga joriy etish. |
2024-yil yakuniga qadar |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov) |
|
5. |
Hududlarda otorinolaringologik kasalliklarning oldini olish choralarini koʻrish. |
1. Har bir hududda kasalliklar tendensiyasini oʻz vaqtida aniqlash hamda zarur profilaktika ishlarini tashkil etish. 2. Hududlarda sayyor tibbiy koʻriklarni oʻtkazish. |
2023 — 2026-yillar |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov) |
|
6. |
Zaif eshitadigan bolalarga tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini oshirish. |
Audioskrininglar natijasi asosida aniqlangan zaif eshitadigan bolalarni koxlear implantatsiya amaliyotiga tayyorgarlik davrida yiliga qoʻshimcha kamida 2 000 ta raqamli eshitish moslamalari bilan taʼminlash. Bunda, eshitish moslamalariga qoʻyiladigan texnik talablarni Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqish. |
2024-yildan boshlab |
4,6 mlrd soʻm |
Davlat budjeti mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (Olloyorov) |
|
7. |
Otorinolaringologik kasalliklarni davolashning ilgʻor usullari va texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish. |
1. Yetakchi davlat tibbiyot muassasalarida kaminvaziv, endoskopik va otoneyroxirurgik jarrohlik amaliyotlarini yoʻlga qoʻyish. |
2024-yildan boshlab |
- |
Davlat budjeti mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Kudbiyev) |
|
2. Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi koʻp tarmoqli klinikasini navigatsion texnika va jarrohlik tibbiy uskunalari bilan taʼminlash. |
2024-yil |
1,8 mln dollar | ||||
|
3. Markaz va uning ilmiy-amaliy laboratoriyalarini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar, shu jumladan navigatsion texnika va jarrohlik tibbiy uskunalari bilan taʼminlash. Bunda, Markaz simulatsion amaliy laboratoriyasi uchun moʻljallangan simulatsion uskunalarning Markaz uchun xarid qilinadigan tibbiy uskunalarga muvofiqligini inobatga olish. |
2025-yil |
6,5 mln dollar | ||||
|
4. Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining “Eshitish zaiflashuvini tashxislash, davolash va reabilitatsiya muammolari” ilmiy laboratoriyasini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan taʼminlash. |
2025-yil |
300 ming dollar | ||||
|
8. |
Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bolalar tugʻma va orttirilgan eshitish patologiyasi boʻlimi faoliyatini takomillashtirish. |
Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bolalar tugʻma va orttirilgan eshitish patologiyasi boʻlimi uchun mavjud binoda qoʻshimcha qavat qurish va jihozlash. |
2024-yil |
12,5 mlrd soʻm |
Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Boboyev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Fozilkarimov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Zakirov) |
|
9. |
Otorinolaringologik va bosh-boʻyin sohasi orttirilgan va tugʻma kasalliklari toʻgʻrisida aholining xabardorlik darajasini oshirish. |
Ommaviy axborot vositalari (televideniye, radio, bosma va Internet nashrlari) orqali keng targʻibot ishlarini olib borish. |
2023-2024-yillar (media-reja asosida) |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (Koʻchimov) |
|
III. Otorinolaringologiya xizmatini yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlash, sohada ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish | ||||||
|
10. |
Otorinolaringologiya xizmati uchun kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish. |
Markazda: |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov) | |
|
otorinolaringologiya ixtisosligi boʻyicha tibbiyot kadrlarini klinik ordinatura orqali tayyorlashni tashkil qilish; |
2024/2025 oʻquv yilidan boshlab | |||||
|
otorinolaringologiya, surdologiya (klinik audiologiya), tibbiy foniatriya va boshqa tegishli ixtisosliklar boʻyicha malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini joriy qilish. |
2024-yildan boshlab | |||||
|
11. |
Otorinolaringologiya yoʻnalishidagi kadrlarning malakasini oshirish ishlarini jadallashtirish. |
1. Tibbiyot oliy taʼlim muassasalari otorinolaringologiya kafedralari va tibbiyot markazlarida tibbiy foniatriya, surdologiya (klinik audiologiya), LOR jarrohlik va boshqa tegishli yoʻnalishlar boʻyicha mavzuli malaka oshirish kurslarini joriy qilish. |
2024-yildan boshlab |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov) |
|
2. Otorinolaringologiya yoʻnalishidagi tor mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojni aniqlash va mutaxassislarni malaka oshirish kurslarida oʻqitishni tashkil etish. |
2024 — 2026-yillar (reja-jadval asosida) | |||||
|
12. |
Otorinolaringologiya yoʻnalishidagi mutaxassislarni malaka oshirish va stajirovka oʻtash uchun chet davlatlarga yuborish. |
Otorinolaringologiya, yuz-jagʻ jarrohligi, foniatriya va surdologiya yoʻnalishlaridagi kamida 50 nafar mutaxassislarni, shu jumladan, ehtiyojga koʻra, neyroendokrinolog, neyroreanimatolog kabi mutaxassislarni nufuzli xorijiy tibbiyot muassasalari va markazlariga malaka oshirish va stajirovka oʻtash uchun yuborish, shuningdek, tajribali xorijiy va mahalliy mutaxassislarni Markaz va davlat tibbiyot muassasalariga jalb etish, ular ishtirokida mahorat darslari, vebinarlar oʻtkazish. |
2024 — 2026-yillar (reja-jadval asosida) |
- |
Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov) |
|
13. |
Otorinolaringologik va bosh-boʻyin kasalliklarining oldini olish, ularga tashxis qoʻyish va davolashning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar olib borish. |
Otorinolaringologik va bosh-boʻyin kasalliklarini erta aniqlash, tashxis qoʻyish hamda davolash va bemorlarni reabilitatsiya qilish borasidagi dolzarb muammolarni tadqiq qilish boʻyicha fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish. Otorinolaringologik va bosh-boʻyin kasalliklarining dolzarb muammolarini yechish boʻyicha ilmiy grantlarni jalb qilish. |
2024 — 2026-yillar |
- |
Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablagʻlar, Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Abdurahmonov) |
|
14. |
Otorinolaringologiya yoʻnalishidagi ilmiy laboratoriyalar faoliyatini takomillashtirish. |
1. Markazda “Yuqori nafas yoʻllari aʼzolari fiziologiyasi va patologiyasi”, “Eshitish va muvozanat aʼzolari fiziologiyasi va patologiyasi”, �Foniatriya va ronxopatiya” ilmiy laboratoriyalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish. 2.Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida “Eshitish zaiflashuvini tashxislash, davolash va reabilitatsiya muammolari” ilmiy laboratoriyasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish. 3. Xarid qilinadigan uskunalar boʻyicha texnik topshiriqni ishlab chiqish va belgilangan tartibda xarid qilish. |
2024-2025-yillar |
Hisob-kitoblarga asosan |
Davlat budjeti mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Kudbiyev) |
|
15. |
Ilmiy izlanishlarni jadallashtirish va ularni xalqaro darajaga olib chiqish boʻyicha choralar koʻrish. |
Otorinolaringologiya, yuz jarrohligi, foniatriya, surdologiya va boshqa tegishli yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari dasturini tasdiqlash. |
2023-yil yakuniga qadar |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov) |
|
16. |
Nodavlat tibbiyot tashkilotlari bilan otorinolaringologik va bosh-boʻyin kasalliklarining oldini olish, tashxislash va davolash borasida hamkorlikni kuchaytirish. |
1. Nodavlat tibbiyot tashkilotlarida kelishuv asosida davlat tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining klinik bazalarini tashkil etish. 2. Nodavlat tibbiyot tashkilotlari bilan hamkorlikda hududlarda profilaktika va davolash ishlarini amalga oshirish. 3. Davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarining tajribali mutaxassislaridan iborat qoʻshma mobil guruhlarni shakllantirib, hududlarda shifokorlarning kasbiy mahoratini rivojlantirish va murakkab jarrohlik amaliyotlarini bajarishga tizimli oʻrgatish. |
2024-2025-yillar |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Oʻzbekiston otorinolaringologiya va bosh-boʻyin jarrohligi assotsiatsiyasi (Xasanov) |
|
IV. Otorinolaringologiya yoʻnalishidagi davlat tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash | ||||||
|
17. |
Davlat tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash. |
1. Toshkent shahar oilaviy poliklinikalari hamda tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarini kamida 473 ta “otorinolaringologning ish oʻrni” uskunasi (LOR-kombayn), kamida 473 ta LOR-instrumentlar jamlanmasi bilan taʼminlash. |
2023-2024-yillar |
11,6 mln dollar |
Koreya Eksimbanki Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamgʻarmasi (EDCF) |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov) |
|
2. Viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari hamda viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari, shuningdek, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududiy filiallarini, davlat tibbiyot oliy taʼlim muassasalari klinikalarini, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi koʻp tarmoqli klinikasini hamda Toshkent shahar klinikalarini LOR-kombayn, statsionar sharoitda xizmat koʻrsatish uchun endoskopik videoqurilma, LOR-mikroskop, sheyver-mikrodebrider, LOR-instrumentlar jamlanmasi hamda jarrohlik tibbiy uskunalari toʻplami bilan taʼminlash. |
2024-2025-yillar |
5,4 mln dollar | ||||
|
18. |
Davlat tibbiyot oliy taʼlim muassasalari hamda Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash. |
Davlat tibbiyot oliy taʼlim muassasalari hamda Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining otorinolaringologiya kafedralarini maxsus simulatsion jihozlar (kompyuterlashgan robot simulyator, fantom, mulyajlar), yuqori texnologiyali maxsus uskunalar (mikroskop, endoskopik videoqurilma, LOR-kombayn, mikrojarrohlik toʻplami va boshqalar) bilan taʼminlash. |
2023 — 2025-yillar |
Hisob-kitoblarga asosan |
Budjetdan tashqari mablagʻlar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Abdurahmonov) |
|
19. |
Markazning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash. |
Markazda rekonstruksiya va jihozlash ishlarini amalga oshirish. |
2023-2024-yillar |
Hisob-kitoblarga asosan |
2023-yilda Sogʻliqni saqlash vazirligiga ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Fozilkarimov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Boboyev), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Zakirov) |
|
V. Otorinolaringologiya sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish | ||||||
|
20. |
Yetakchi xorijiy ilmiy markazlar bilan hamkorlikni mustahkamlash. |
1. Nufuzli xorijiy ilmiy markazlar va tibbiyot tashkilotlari bilan hamkorlik memorandumlarini tuzish. 2. Doimiy asosda oʻzaro tajriba almashishni yoʻlga qoʻyish. |
2024-2025-yillar |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov) |
2-ILOVA
|
T/r |
Muassasa nomi |
“Otorinolaringologning ish oʻrni” (LOR-kombayn) (dona) |
LOR-instrumentlar jamlanmasi (komplekt) |
Endoskopik videoqurilma, sheyver-mikrodebrider va koagulyator (dona) |
LOR-mikroskop (dona) |
|
1. |
Tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari |
402 |
402 |
- |
- |
|
2. |
Toshkent shahar oilaviy poliklinikalari |
71 |
71 |
- |
- |
|
3. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari, Toshkent shahar 7-klinik shifoxonasi |
14* |
14 |
14 |
14 |
|
4. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari, Toshkent shahar 2-bolalar klinik shifoxonasi |
14* |
14 |
14 |
14 |
|
5. |
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududiy filiallari |
15* |
15 |
- |
- |
|
6. |
Davlat tibbiyot oliy taʼlim muassasalari klinikalari (Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti, Samarqand davlat tibbiyot universiteti, Andijon davlat tibbiyot instituti, Buxoro davlat tibbiyot instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali) |
9* |
9 |
9 |
9 |
|
7. |
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi koʻp tarmoqli klinikasi |
1* |
1 |
1 |
1 |
|
Jami: |
526 |
526 |
38 |
38 | |