18.07.2023 yildagi O‘RQ-857-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 18.07.2023 yildagi O‘RQ-857-son
Date of entry into force
19.07.2023
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 11-mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2023-yil 1-iyunda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi yillarda mamlakatimizda maʼnaviy va jismoniy jihatdan barkamol avlodni tarbiyalash, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, shu jumladan yoshlarni futbolga keng jalb etish, futbol sohasida xalqaro talablar hamda standartlar asosida istiqbolli va iqtidorli oʻyinchilar, trenerlar va hakamlarni tayyorlashning samarali tizimini yaratish, shuningdek milliy terma jamoalar va professional futbol klublari uchun sifatli sport zaxirasini shakllantirish boʻyicha keng koʻlamli islohotlar amalga oshirildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga bugungi kunda iqtidorli yosh futbolchilarni saralab olish (seleksiya) tizimini va futbol infratuzilmasini yanada rivojlantirish, futbol boʻyicha sport maktablarining faoliyati samaradorligini yangi bosqichga koʻtarish, sohada marketing va zamonaviy boshqaruv mexanizmlaridan samarali foydalanish, oʻtkazilayotgan musobaqalar saviyasini yuksaltirish maqsadida amaldagi soliq imtiyozlarining amal qilish muddatini uzaytirish zarurati mavjud.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun iqtidorli yosh oʻyinchilarni tanlash, saralab olish va ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyishga, futbol klublari faoliyatini rivojlantirishga, terma jamoalar uchun oʻquv-mashq jarayonini samarali tashkil etishga, mamlakatimizda futbol boʻyicha yirik xalqaro musobaqalarni, shu jumladan oʻsmirlar, yoshlar va xotin-qizlar jamoalari oʻrtasida jahon hamda qitʼa birinchiliklarini yuqori darajada tashkil etishni taʼminlashga xizmat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-599-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, 12-songa 1-ilova; 2020-yil, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda, № 11, 652-modda, № 12, 690, 691-moddalar; 2021-yil, № 1, 6-modda, № 4, 294-modda, 4-songa ilova, № 8, 800-modda, № 9, 901-modda, № 10, 968, 969, 972, 973-moddalar, № 12, 1199-modda; 2022-yil, № 2, 79-modda, № 3, 215, 216-moddalar, № 5, 461, 464, 467-moddalar, № 6, 570-modda, № 7, 664, 666-moddalar, № 12, 1190-modda) 483-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, uning hududiy boʻlinmalari, “Oʻzbekiston Professional futbol ligasi” jamoat birlashmasi, Oʻzbekiston futbol hakamlari markazi va professional futbol klublari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha turdagi soliqlarni (bundan ijtimoiy soliq mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzi jalb qilgan chet el mutaxassislari va futbolchilarining daromadlaridan toʻlanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida oʻxshashi ishlab chiqarilmaydigan sport asbob-uskunalari va inventari, translatsiya qilish uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalar, inventar va texnika, farmakologiya tovarlari, sport oziq-ovqatlari, futbol (futzal) maydonlari uchun sunʼiy oʻtlar, shokpad, granulalar, maxsus yelimlar va maxsus professional sport kiyim-boshlari, transport vositalari, shu jumladan maxsus transport vositalari uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashdan ozod etiladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun 1-moddasining qoidalari 2023-yil 1-yanvardan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 18-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-857-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 03/23/857/0492-son)