27.06.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2395-1
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining buyrugʻi , 27.06.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2395-1
Date of entry into force
04.07.2023
Hujjat 04.07.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Geologiya-qidiruv ishlari qiymatini joriy narxlarda hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 27-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2395-1]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 11-martdagi OʻRQ-758-son “Soliq maʼmuriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining 2012-yil 3-sentabrdagi 5-son qarori (roʻyxat raqami 2395, 2012-yil 23-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 43-son, 498-modda) bilan tasdiqlangan Geologiya-qidiruv ishlari qiymatini joriy narxlarda hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir B. ISLAMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 16-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-son

Oʻzbekiston Respublikasi togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining 2023-yil 16-iyundagi 5-son buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Geologiya-qidiruv ishlari qiymatini joriy narxlarda hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan va Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlar, “Navoiyuran” davlat korxonasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ tomonidan amalga oshiriladigan geologiya-qidiruv ishlari qiymatini joriy narxlarda hisob-kitob qilish tartibini belgilaydi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1. Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Bilan kelishilgan geologiya-qidiruv ishlarining yillik dasturiga kiritiladigan obyektlarga oid loyiha-smeta hujjatlarini tuzishda qoʻllaniladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 2-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan va Geologiya-qidiruv ishlarining yillik dasturlarini Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 2662, 2015-yil 2-aprel) 3-bandida koʻrsatilgan geologiya-qidiruv ishlarining turlariga tatbiq etiladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 3-banddagi “Davlat geologiya qoʻmitasi” degan soʻzlar “Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 4-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“mehnat sarfi qiymatini baholash uchun Statistika hisoboti shakllarining (roʻyxat raqami 3401, 2022-yil 12-dekabr) 43-ilovasiga muvofiq shakldagi Mehnat hisobotiga (bundan buyon matnda 1-T hisoboti deb yuritiladi) muvofiq oʻtgan yil uchun ishlab chiqarish xodimlarining oʻrtacha ish haqini qoʻllash;”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi xatboshidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining” degan soʻzlar “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ch —Oʻtgan yil uchun ishlab chiqarish xodimlarining oylik oʻrtacha soni.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. 30-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“30. Joriy narxlar ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning va materiallarni yetkazib beruvchilarning sotish narxlari, birja narxlari, Oʻzbekiston Respublikasi hududida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda qoʻllaniladigan moddiy-texnika resurslarining joriy narxlari katalogi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi Milliy standarti (4-sonli BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralar”ning (roʻyxat raqami 3259, 2020-yil 30-iyun) 52-bandiga muvofiq belgilanishi mumkin.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. 33-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Loyiha-smeta hujjatlarini tuzishda geologiya-qidiruv ishlari qiymati joriy narxlarda qoʻllaniladigan davr xarajatlari va foyda miqdori Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2002-yil 27-dekabrdagi 140-son “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻining (roʻyxat raqami 1209, 2003-yil 24-yanvar) 2-son shakldagi moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot — 2-shakl, 1-T hisoboti va Statistika hisoboti shakllarining (roʻyxat raqami 3401, 2022-yil 12-dekabr) 96-ilovasiga muvofiq shakldagi tashkilot xoʻjalik faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida hisoboti, shuningdek hisobot koʻrsatkichlarining tahlili asosida oʻtgan yil uchun amaldagi maʼlumotlar boʻyicha hisob-kitob qilinadi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. 35-bandning ikkinchi xatboshisidagi “boshqa majburiy toʻlovlar” degan soʻzlar “yigʻimlar” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. 36-banddagi “Iqtisodiyot vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 10/23/2395-1/0444-son)