25.05.2023 yildagi PQ-163-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 25.05.2023 yildagi PQ-163-son
Date of entry into force
25.05.2023
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Osiyo taraqqiyot banki hamkorligida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida davlat-xususiy sheriklik asosida umumiy oʻrta taʼlim maktablarini tashkil etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida davlat-xususiy sheriklik asosida xalqaro standartlarga javob beradigan umumiy oʻrta taʼlim maktablarini qurish, ularga yuqori darajada texnik xizmat koʻrsatilishini taʼminlash, oʻquvchilarga sifatli taʼlim olish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Osiyo taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — OTB), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi oʻrtasida 2019-yil 17-dekabr kuni maslahat va texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnoma (keyingi oʻrinlarda — Shartnoma) tuzilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnomaga muvofiq 2023-2024-yillarda OTB ishtirokida “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida davlat-xususiy sheriklik asosida 13 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarini tashkil etish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) amalga oshirish boʻyicha kelishuvga erishilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, Loyiha doirasida davlat-xususiy sheriklikning quyidagi shakli joriy etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) umumiy oʻrta taʼlim maktablarini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish loyihasi boʻyicha davlat sherigi etib Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) xususiy sherik Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq oʻtkaziladigan xalqaro tender natijalari boʻyicha aniqlanadi hamda u bilan umumiy oʻrta taʼlim maktablarini keyinchalik tasarruf etish huquqisiz qurish, jihozlash va ekspluatatsiya qilish yuzasidan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim tuziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) xususiy sherik:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz mablagʻlari va kreditlarini jalb qilish hisobiga umumiy oʻrta taʼlim maktablarini loyihalashtirish, qurish va jihozlash ishlarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilgan umumiy oʻrta taʼlim maktablarini davlat sherigiga foydalanishga topshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat-xususiy sheriklik bitimi amal qilish muddati davomida umumiy oʻrta taʼlim maktablarini saqlash va ekspluatatsiya qilish bilan bogʻliq barcha zarur choralarni koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim muddati tugagandan soʻng umumiy oʻrta taʼlim maktablarini davlat sherigiga mulk qilib topshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) davlat sherigi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat budjeti va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan xususiy sherik tomonidan unga foydalanishga topshirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktablarida taʼlim jarayonini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiy sherikka umumiy oʻrta taʼlim maktablaridan erkin foydalanganlik uchun toʻlovlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiy sherikka umumiy oʻrta taʼlim maktablaridan erkin foydalanganlik uchun toʻlovlar Davlat budjetidan qoplanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim shartlariga muvofiq erkin foydalanganlik uchun toʻlovlar milliy valyutaning xorijiy valyutaga nisbatan ayirboshlash kursi tebranishlariga asoslangan mexanizm boʻyicha yillik indeksatsiya qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev) umumiy oʻrta taʼlim maktablaridan foydalanganlik uchun toʻlovlarni Loyihani ishga tushirish yilidan boshlab har yili Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Toshkent shahri va Toshkent viloyatida davlat-xususiy sheriklik asosida 13 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarini tashkil etish” loyihasini amalga oshirish uchun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududlarida doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladigan yer uchastkalari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Toshkent shahri va Toshkent viloyatida davlat-xususiy sheriklik asosida 13 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarini tashkil etish” loyihasining maqsadli koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Toshkent shahri va Toshkent viloyatida davlat-xususiy sheriklik asosida 13 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarini tashkil etish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Toshkent viloyati hokimligining mazkur qarorga 1-ilovada keltirilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan jami 67,55 gektar, shundan 66,98 gektar sugʻoriladigan yer uchastkalarini qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan tegishincha aholi punktlarining yerlari toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Toshkent shahar hokimligi (Sh. Umurzoqov) va Toshkent viloyati hokimligi (Z. Mirzayev):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 1-avgustga qadar Loyihani amalga oshirish uchun jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan yer uchastkalarining belgilangan tartibda jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishini hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari qisqarib ketishining oldini olish maqsadida 2024-yil 1-iyunga qadar ushbu qaror bilan toifasi oʻzgarayotgan sugʻoriladigan yer uchastkalari maydonining besh baravari miqdorida yangi yerlar oʻzlashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkalari Loyihani amalga oshirish uchun ajratilishi munosabati bilan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash boʻyicha toʻlanadigan kompensatsiya toʻlovlari undirilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyihani amalga oshirish uchun yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda toʻliq qoplangandan soʻng Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga ajratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yangi yer uchastkalari Kadastr agentligi tomonidan belgilangan tartibda hisobga olinganidan soʻng oʻzlashtirilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyiha boʻyicha yangi umumiy oʻrta taʼlim maktablari qurilib foydalanishga topshirilganidan soʻng ajratilgan yer uchastkalarining ortib qolgan qismini tegishliligi boʻyicha Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari zaxirasiga qaytarib berilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev) bilan birgalikda xorijiy konsultantlarni jalb qilgan holda respublikaning boshqa hududlarida davlat-xususiy sheriklik asosida umumiy oʻrta taʼlim maktablarini tashkil etish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Belgilansinki, Loyihaga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OTB tomonidan Loyiha ishtirokchilariga texnik xizmat koʻrsatish va tender hujjatlarini ishlab chiqish uchun qaytarib berish sharti bilan 1,1 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlar ajratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OTB tomonidan texnik xizmat koʻrsatish va tender hujjatlarini ishlab chiqish uchun ajratilgan mablagʻlarning 150 ming AQSH dollari — davlat sherigi tomonidan Davlat budjeti hisobidan, 950 ming AQSH dollari — xususiy sheriklar tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan OTBga qaytarib beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat sherigining OTBga 150 ming AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarni qaytarib berish bilan bogʻliq xarajatlari xususiy sherik tomonidan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim imzolangandan keyin Davlat budjetiga qoplab beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro ochiq tender jarayonida tadbirkorlik subyektlaridan takliflar kelib tushmagan taqdirda, 950 ming AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlar OTBga qaytarilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev) Shartnomaga muvofiq har biri 50 ming AQSH dollari ekvivalentida boʻlgan uch transhda umumiy miqdori 150 ming AQSH dollariga teng mablagʻlar OTBga toʻlab berilishini taʼminlasin, jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi transh toʻlovlarini — Loyihani dastlabki oʻrganish va baholash boʻyicha xulosa taqdim etilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi transh toʻlovlarini — Loyiha boʻyicha xulosa taqdim etilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi transh toʻlovlarini — tender hujjatlari loyihasi taqdim etilganda amalga oshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (B. Zakirov) va Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) bilan birgalikda uch oy muddatda xalqaro texnik konsultantlarni jalb qilgan holda ilgʻor xorijiy tajriba asosida umumiy oʻrta taʼlim maktablarini qurish bilan bogʻliq boʻlgan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni qayta koʻrib chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, yangi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar qabul qilingunga qadar, Loyiha doirasida umumiy oʻrta taʼlim maktablarini OTB tomonidan ishlab chiqilgan standartlar asosida qurishga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. 2024-yil 1-yanvarga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov) umumiy oʻrta taʼlim maktablari tashkil etilishi uchun ajratilgan yer maydonlarida tashqi muhandislik kommunikatsiyalarini qurish ishlarining tegishliligi boʻyicha “Hududgaztaʼminot” AJ va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hisobidan amalga oshirilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahar hokimligi (Sh. Umurzoqov), Toshkent viloyati hokimligi (Z. Mirzayev), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (B. Zakirov), Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (A. Abduvaliyev), “Oʻzsuvtaʼminot” AJ (S. Saifnazarov) va “Oʻzbektelekom” AK (N. Xasanov) umumiy oʻrta taʼlim maktablari tashkil etilishi uchun ajratilgan yer maydonlariga mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan suv-oqova, avtomobil yoʻllari, yuqori tezlikdagi Internet va boshqa zarur infratuzilmalar yetkazilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Qudratov) Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) bilan birgalikda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) tomonidan taqdim etiladigan Loyiha haqidagi maʼlumotlarning xorijiy va mahalliy xususiy investorlar orasida muntazam targʻibot qilinishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining viza talabnomalariga binoan Loyihani amalga oshirishda jalb etiladigan xorijiy mutaxassislar va ularning oila aʼzolari uchun kirish vizalarining belgilangan tartibda Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining talabnomalariga binoan Loyihani amalga oshirishda jalb etiladigan xorijiy mutaxassislar va ularning oila aʼzolari uchun Oʻzbekiston Respublikasidagi vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Loyiha doirasida umumiy oʻrta taʼlim maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish, jihozlash va faoliyatini taʼminlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha olib kelinadigan va Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, kompyuter texnikasi, oʻqitishning texnik vositalari, adabiyotlar, multimedia mahsulotlari hamda qurilish materiallari, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlari Loyiha muddati davomida bojxona bojidan ozod etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda Loyihaning maqsadli koʻrsatkichlarida belgilangan chora-tadbirlarni toʻliq va oʻz vaqtida amalga oshirish boʻyicha reja-jadvalni tasdiqlasin. Bunda, quyidagilar nazarda tutilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalarining masʼuliyatini oshirish, faoliyatini muvofiqlashtirish, har chorakda qilinayotgan ishlar toʻgʻrisida ularning hisobotini eshitish va ishiga baho berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori natija koʻrsatgan, xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilab, yuklatilgan vazifalarni toʻlaqonli bajargan rahbarlarni ragʻbatlantirish hamda ishlarni qoniqarsiz tashkil etgan masʼullarga taʼsirchan choralar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ajratilayotgan mablagʻlarning samarali va manzilli ishlatilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov) Loyiha doirasida ajratilgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi jarayonida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Hisob palatasi (B. Turabov) Loyihani amalga oshirish samaradorligi boʻyicha koʻzda tutilgan natijalarga erishilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin va har yarim yil yakuni boʻyicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Kuchimov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev) mazkur qarorning maqsadi, vazifalari va undan kutilayotgan natijalarni ommaviy axborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish ishlarini tashkil qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X.U. Umarova, Toshkent shahar hokimi v.b. Sh.B. Umurzoqov hamda Toshkent viloyati hokimi Z.T. Mirzayev belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 25-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-163-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-maydagi PQ-163-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Toshkent shahri va Toshkent viloyatida davlat-xususiy sheriklik asosida 13 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarini tashkil etish” loyihasini amalga oshirish uchun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladigan yer uchastkalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Hudud nomi

Yer uchastkasi joylashgan hudud

Yer uchastkasining koordinatalari

Jami yer uchastkasi maydoni (gektar)*

Shundan:

Tuproq ball boniteti

Yer uchastkasi turi

sugʻoriladigan yerlar

boshqa yerlar

JAMI:

69,55

66,98

2,57

1.

Toshkent shahri

Yangihayot tumani, “Xushnud” MFY hududida joylashgan yer uchastkasi

41.197037, 69.204785

2,0

2,0

Zaxira yer uchastkasi

2.

Toshkent viloyati

Zangiota tumani, (Namuna MFY) Navroʻz massivi qishloq xoʻjaligi xaritasining 184-konturida joylashgan yer uchastkasi

41.247090, 69.126607

4,0

3,89

0,11

58

Qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan yer uchastkasi

3.

Toshkent viloyati

Zangiota tumani, (Boʻston MFY) Oʻzbekiston massivi qishloq xoʻjaligi xaritasining 192-konturida joylashgan yer uchastkasi

41.330510, 69.141416

4,0

3,93

0,07

57

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasi

4.

Toshkent viloyati

Zangiota tumani, Erkin massivi, Konkus koʻchasi, 334-konturida joylashgan yer uchastkasi

41.213147, 69.137072

6,9

6,79

0,11

85

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasi

5.

Toshkent viloyati

Zangiota tumani, Nazarbek massivi qishloq xoʻjaligi xaritasining 356-konturida joylashgan yer uchastkasi

41.299014, 69.109128

6,8

6,65

0,15

56

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasi

6.

Toshkent viloyati

Zangiota tumani, Ulugʻbek massivining 451-konturida joylashgan yer uchastkasi

41.218182, 69.104941

5

4,87

0,13

69

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasi

7.

Toshkent viloyati

Oʻrtachirchiq tumani, Oxunboboyev massivining qishloq xoʻjaligi xaritasining 331-konturida joylashgan yer uchastkasi

41.197517, 69.334151

7,0

7,0

61,2

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasi

8.

Toshkent viloyati

Oʻrtachirchiq tumani, Oxunboboyev massivi qishloq xoʻjaligi xaritasining 460-konturida joylashgan yer uchastkasi

41.176738, 69.300362

6,0

6,0

76,5

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasi

9.

Toshkent viloyati

Qibray tumani, Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi oʻquv-ilmiy markazga tegishli 70 va 72-konturlarda joylashgan yer uchastkasi

41.371650, 69.342056

8,1

8,1

72,2

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasi

10.

Toshkent viloyati

Qibray tumani, Doʻrmon massivi qishloq xoʻjaligi xaritasining 91-konturida joylashgan yer uchastkasi

41.372107, 69.408490

6,4

6,4

85

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasi

11.

Toshkent viloyati

Qibray tumani, (Beruniy MFY) Ulugʻbek massivining qishloq xoʻjaligi xaritasining 288 — 290a-konturida joylashgan yer uchastkasi

41.388987, 69.477742

4,25

4,25

76,5

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasi

12.

Toshkent viloyati

Toshkent tumani, Oʻrmon va manzara ilmiy ishlab chiqarish instituti massivining qishloq xoʻjaligi xaritasi 41-konturida joylashgan yer uchastkasi

41.388333, 69.285002

4,4

4,4

55,6

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasi

13.

Toshkent viloyati

Toshkent tumani, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti 85-konturida joylashgan yer uchastkasi

41.350212, 69.137001

4,7

4,7

71,2

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkasi joylashgan hudud, koordinatalari va maydoni oʻrganish natijalariga koʻra, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklarining xulosalari asosida Vazirlar Mahkamasining bayonnomasini rasmiylashtirish orqali oʻzgartirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumtaʼlim maktablarini OTB tomonidan tavsiya etilgan normativlarga muvofiq qurilish uchun kerak boʻladigan yer maydonlari davlat sherigi tomonidan xususiy sherikka ajratib beriladi, qolgan yer maydonlari davlat sherigi tomonidan tegishliligi boʻyicha Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari zaxirasiga qaytarib beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-maydagi PQ-163-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Toshkent shahri va Toshkent viloyatida davlat-xususiy sheriklik asosida 13 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarini tashkil etish” loyihasining maqsadli koʻrsatkichlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Maqsadli koʻrsatkichlar nomi

Koʻrsatkich

Masʼul ijrochilar

1.

Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida qoʻshimcha oʻquvchi oʻrinlarini yaratish

13 860 ta

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(Umarova),

Toshkent shahar hokimligi

(Umurzoqov),

Toshkent viloyati hokimligi

(Mirzayev)

2.

Yangi ish oʻrinlarini yaratish

1 300 ta

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(Musayev),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(Umarova),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Abdurahmonov)

3.

Toshkent viloyati hududida tashkil etiladigan yangi umumiy oʻrta taʼlim maktablari hududidan Toshkent shahriga qatnab taʼlim olayotgan oʻquvchilar sonini qisqartirish

20 foiz

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(Umarova),

Toshkent shahar hokimligi

(Umurzoqov),

Toshkent viloyati hokimligi

(Mirzayev)

4.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatining loyiha amalga oshirilayotgan hududlarida umumiy oʻrta taʼlim maktablarining yuklanganlik koeffitsiyentini pasaytirish

10 foizga pasaytirish

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(Umarova),

Toshkent shahar hokimligi

(Umurzoqov),

Toshkent viloyati hokimligi

(Mirzayev)

5.

Loyihani amalga oshirish uchun xususiy investitsiyalarni jalb qilish

90 mln. AQSH dollarigacha

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(Umarova),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Kudbiyev),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Qudratov)

6.

Aholiga zamonaviy infrastruktura yetkazish va tashkil etiladigan yangi umumiy oʻrta taʼlim maktablari hududlarini obodonlashtirish

69,55 gektarga yaqin

Toshkent shahar hokimligi

(Umurzoqov),

Toshkent viloyati hokimligi

(Mirzayev),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(Umarova)

7.

Amaldagi umumiy oʻrta taʼlim maktablariga nisbatan energiya tejamkorligini oshirish

Kamida 20 foizga

Energetika vazirligi

(Mirzamaxmudov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Zakirov),

Toshkent shahar hokimligi

(Umurzoqov),

Toshkent viloyati hokimligi

(Mirzayev),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(Umarova)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-maydagi PQ-163-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Toshkent shahri va Toshkent viloyatida davlat-xususiy sheriklik asosida 13 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarini tashkil etish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻl xaritasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida davlat-xususiy sheriklik asosida umumiy oʻrta taʼlim maktablarini tashkil etish uchun yer uchastkalarini ajratish.

1. Toshkent viloyati hududida joylashgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan jami 69,15 gektar, shundan 66,98 gektar sugʻoriladigan yer uchastkalarini qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan aholi punktlarining yerlari toifasiga oʻtkazish.

2023-yil iyul

Toshkent shahar hokimligi

(Umurzoqov),

Toshkent viloyati hokimligi

(Mirzayev),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(Ortiqov),

Kadastr agentligi

(Umarov)

2. “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida davlat-xususiy sheriklik asosida 13 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarini tashkil etish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) amalga oshirish uchun jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan yer uchastkalarining belgilangan tartibda jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish.

2023-yil iyul

3. Ushbu qaror bilan toifasi oʻzgarayotgan sugʻoriladigan yer uchastkalari maydonining besh baravari miqdorida yangi yerlarni oʻzlashtirish.

2024-yil iyun

2.

Davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladigan umumiy oʻrta taʼlim maktablari hududlariga zarur infratuzilmalarni yetkazish.

1. Tashkil etiladigan umumiy oʻrta taʼlim maktablari hududlarga elektr, gaz, suv-oqova, avtomobil yoʻllari, yuqori tezlikdagi Internet va boshqa infratuzilmalarni tortib borish.

2024-yil yanvar

Energetika vazirligi

(Mirzamaxmudov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Zokirov),

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi

(Abduvaliyev),

Toshkent shahar hokimligi

(Umurzoqov),

Toshkent viloyati hokimligi

(Mirzayev),

“Oʻzbektelekom” AK

(Xasanov)

2. Tashqi elektr va gaz tarmoqlarini qurish ishlarini — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgaztaʼminot” AJ hisobidan amalga oshirish.

2024-yil yanvar

3. Tashqi suv-oqova, avtomobil yoʻllari, yuqori tezlikdagi Internet va boshqa infratuzilmalarni qurish ishlarini mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshirish.

2024-yil yanvar

3.

Davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasi va loyihani baholash hujjatini ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasi va loyihani baholash hujjatini ishlab chiqish.

2023-yil iyul

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(Umarova),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Kudbiyev)

2. Davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasi va loyihani baholash hujjatini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil sentabr

4.

Tender hujjatlarini va davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim loyihasini ishlab chiqish va xalqaro ochiq tender jarayonlarini eʼlon qilish.

1. Tender hujjatlarini tayyorlash va tenderning birinchi bosqichini eʼlon qilish.

2023-yil avgust

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(Umarova),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Kudbiyev)

2. Tenderning birinchi bosqich hujjatlarini baholash.

2023-yil noyabr

3. Tenderning ikkinchi bosqichini eʼlon qilish.

2024-yil yanvar

4. Ikkinchi bosqich hujjatlarini qabul qilish va baholash.

2024-yil aprel

5. Tender gʻolibini eʼlon qilish.

2024-yil iyun

5.

Xususiy sherik bilan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni imzolash.

1. Tanlov gʻolibi bilan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni imzolash boʻyicha muzokaralar olib borish.

2024-yil iyul

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(Umarova),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Kudbiyev)

2. Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni imzolash.

2024-yil oktabr

6.

Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish uchun davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi bitimni imzolash.

1. Xususiy sherik bilan Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish uchun davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi bitim yuzasidan muzokaralar olib borish.

2024-yil noyabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Kudbiyev),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(Umarova)

2. Xususiy sherik bilan Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi bitimni imzolash.

2025-yil yanvar

7.

Tashkil etiladigan umumiy oʻrta taʼlim maktablarini malakali rahbar va pedagog kadrlar bilan toʻldirish.

Umumiy oʻrta taʼlim maktablari uchun malakali rahbar va pedagoglarni ishga qabul qilish.

Tegishli oʻquv yili boshlanishidan oldin

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(Umarova),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Abduraxmonov)

8.

Tashkil etiladigan umumiy oʻrta taʼlim maktablari hududlariga eltuvchi jamoat transporti qatnovini yoʻlga qoʻyish.

1. Tashkil etiladigan umumiy oʻrta taʼlim maktablari hududlariga jamoat transporti, jumladan, avtobus va yoʻnalishli taksi transportiga boʻlgan talabni aniqlash va transport marshrutlarini belgilash.

2. Mavjud talabdan kelib chiqqan holda jamoat transporti, jumladan, avtobus va yoʻnalishli taksi transporti qatnovini yoʻlga qoʻyish.

2024-yil sentabrdan boshlab

Transport vazirligi

(Maxkamov),

Toshkent shahar hokimligi

(Umurzoqov),

Toshkent viloyati hokimligi

(Mirzayev),

Ichki ishlar vazirligi

(Bobojonov)

9.

Loyiha amalga oshirilishini monitoring qilish.

1. Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim imzolangandan soʻng bitim shartlari amalga oshirilishini monitoring qilish.

Loyiha ishga tushgan kundan boshlab

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(Umarova),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Kudbiyev)

2. Monitoring natijalari boʻyicha maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasiga kiritib borish.

Har olti oyda

10.

Loyiha amalga oshirilishi natijalariga koʻra ushbu amaliyotni respublikaning boshqa hududlariga ham tatbiq etish.

1. Loyiha amalga oshirilishidan erishilgan natijalar va ijobiy tajribani atroflicha va tanqidiy oʻrganish.

2. Oʻrganishlar natijasi boʻyicha respublikaning boshqa hududlarida ushbu turdagi loyihalarni keng tatbiq etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

Doimiy

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(Umarova),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Kudbiyev)

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-fevraldagi PF-35-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2023-y., 07/23/163/0297-son; 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son)