19.05.2023 yildagi 206-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 19.05.2023 yildagi 206-son
Date of entry into force
20.05.2023
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

“Mirzo Ulugʻbek vorislari” tayyorlov oʻquv kurslarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qaroriga muvofiq, shuningdek, yoshlar orasida axborot texnologiyalari boʻyicha koʻnikmalarni shakllantirish, iqtisodiyotning turli sohalarida raqamlashtirishda faol ishtirok etadigan iqtidorli yoshlarni tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi hamda Toshkent shahridagi Inxa universitetining Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan respublika davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat bosqichida (barcha taʼlim shakli boʻyicha) 2-kursni muvaffaqiyatli (akademik qarzdorligi boʻlmagan) tamomlagan talabalarning raqamli texnologiyalar sohasida malakasini oshirish maqsadida “Mirzo Ulugʻbek vorislari” tayyorlov oʻquv kurslarini (keyingi oʻrinlarda — oʻquv kurslari) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻquv kurslarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgʻor xorijiy tajriba va milliy taʼlim standartlari talablariga javob bera oladigan matematik statistika va dasturiy taʼminot asosida maʼlumotlarni qayta ishlash va ular asosida takliflarni ishlab chiqish qobiliyatiga ega kadrlarni tayyorlash;.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqamli texnologik yechimlar orqali amaliy koʻnikmalarni shakllantirish hamda davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlarini integratsiya qilish boʻyicha malakali mutaxassislarni tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiy va ijtimoiy yoʻnalishlarda resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlarini tahlil qilish, maʼlumotlarni qayta ishlashda raqamli yechimlardan foydalanish boʻyicha boshlangʻich darajadagi mutaxassislarni tayyorlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Mirzo Ulugʻbek vorislari” tayyorlov oʻquv kurslariga iqtidorli tinglovchilarni qabul qilish va ularni oʻqitish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilab qoʻyilsinki, oʻquv kurslariga ushbu qaror talablariga javob beradigan respublika davlat oliy taʼlim muassasalari talabalari tanlov asosida qabul qilinadi, bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi oʻquv yilida kamida 60 nafar tinglovchi qabul qilinadi, keyingi yillarda tinglovchilar soni ehtiyojdan kelib chiqib, oshirib boriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim olish 34 hafta muddat davomida “Blended learning — aralash taʼlim texnologiyasi” asosidagi oʻquv dasturiga muvofiq tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga oʻquv kurslarida yoshlarning sifatli taʼlim olishlari uchun zarur shart-sharoit yaratish maqsadida quyidagi xarajatlarni Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplashga ruxsat berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv kurslariga qabul qilish uchun tanlov jarayonlarini oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv kurslarida taʼlim berish uchun mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan fanlar boʻyicha oʻquv dasturlariga mos raqamli kontent tanlash, ishlab chiqish va integratsiya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv kurslarida taʼlim jarayonlarini nazorat qiluvchi LMS (Learning Management System) tizimini yaratish, takomillashtirib borish, texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv kurslari yoʻnalishlari boʻyicha tinglovchilarning IT-park rezidentlari boʻlgan tashkilotlarda amaliyotlarda qatnashishi bilan bogʻliq xarajatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv kurslarida ishtirok etishi davomida tinglovchilarni bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida har oyda bir marotaba ragʻbatlantirib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv kurslariga qabul qilingan tinglovchilarning taʼlim olish muddatiga zarur kompyuter jihozlarini (noutbuk va boshqalar) taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tinglovchilarni zarur oʻquv adabiyotlari, Internet jahon axborot tarmogʻi, aloqa vositalari va raqamli kontentlar bilan, oʻquv auditoriyalarini esa kompyuter va boshqa moddiy-texnik taʼminot bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tinglovchilarga, zarur hollarda, turar joy ijarasi toʻlovlarining bir qismini qoplab berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv kurslariga qabul qilingan tinglovchilarni oʻqishi davomida bir mahal issiq ovqat bilan taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv kurslariga qabul qilingan respublika hududlaridagi davlat oliy taʼlim muassasalari talabalarining oʻqishini mos va turdosh yoʻnalishlarda Toshkent shahrida joylashgan davlat oliy taʼlim muassasalarida akademik mobillik asosida bir yil muddatga koʻchirish orqali oʻqishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv kurslariga qabul qilingan talabalarni Toshkent shahrida joylashgan davlat oliy taʼlim muassasalarida akademik mobillik asosida oʻqishini davom ettirish davrida talabalar turar joyi bilan taʼminlash yoki asosiy oʻqish joyi boʻlgan hududlardagi davlat oliy taʼlim muassasalari tomonidan belgilangan tartibda turar joy ijarasi toʻlovlarining bir qismini qoplab berish ishlarini tashkil etish choralarini koʻrsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Yoshlar ishlari agentligi oʻquv kurslarida tahsil olayotgan iqtidorli tinglovchilarga oʻquv davri mobaynida kamida ikki marotaba dam olish maskanlarida iqtidorli tinglovchilar oʻrtasida Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan dastur asosida “bir jamoa” tamoyilini rivojlantirish va oʻzaro hamkorlik ruhini shakllantirish tadbirlarini (team building) oʻtkazib borsin.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi oʻquv kurslarida tahsil olayotgan tinglovchilarga oʻqish davrida tibbiy xizmatlarni bepul koʻrsatish maqsadida Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasining maxsus jihozlangan xonasiga tibbiyot xodimlarini shartnoma asosida ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga ushbu qarorning maqsadi, vazifalari va ahamiyati toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Vazirlar Mahkamasining “Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 18-yanvardagi 30-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 19-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
206-son

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-maydagi 206-son qaroriga
1-ILOVA

“Mirzo Ulugʻbek vorislari” tayyorlov oʻquv kurslariga iqtidorli tinglovchilarni qabul qilish va ularni oʻqitish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom talabalarning raqamli texnologiyalar sohasida malakasini oshirish maqsadida “Mirzo Ulugʻbek vorislari” tayyorlov oʻquv kurslariga iqtidorli tinglovchilarni tanlov (keyingi oʻrinlarda — Tanlov) asosida qabul qilish va ularni oʻqitish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻquv kurslari quyidagi yoʻnalishlarda tashkil etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot texnologiyalaridan va kommunikatsiyalaridan foydalanish (boshlangʻich);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
matematik statistika;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
algoritmlash asoslari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼlumotlarni qayta ishlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dasturlash tillari (Phthon);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ingliz tili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qaror qabul qilish asoslari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv kurslari jamoa boʻlib ishlash va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha ham tashkil etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — “Ulugʻbek” jamgʻarmasi) va Toshkent shahridagi Inxa universiteti tomonidan tasdiqlanadigan tegishli yoʻnalishi boʻyicha davlat namunasidagi sertifikat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻquv kurslariga oʻqishga kirish uchun taqdim etiladigan hujjatlar, test sinovlari hamda suhbat jarayonlari ishtirokchilarning xohishiga koʻra davlat tilida yoki boshqa (rus, ingliz) tilda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻquv kurslariga tinglovchilar barcha uchun teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov tamoyillari asosida qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tanlovda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan shaxslar ishtirok etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻquv kurslariga qabul qilingan respublika hududlaridagi davlat oliy taʼlim muassasalari talabalarining oʻqishi mos va turdosh yoʻnalishlarda Toshkent shahrida joylashgan davlat oliy taʼlim muassasalarida akademik mobillik asosida tashkil etiladi hamda ushbu jarayon Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ularning amaldagi stipendiyalari saqlab qolinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv kurslariga qabul qilingan talabalar ushbu oʻquv kurslarida oʻqishi davomida bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida har oyda bir marotaba ragʻbatlantirib boriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tinglovchilar turar joy bilan taʼminlanadi yoki asosiy oʻqish joyi boʻlgan hududlardagi davlat oliy taʼlim muassasalari tomonidan belgilangan tartibda ijara toʻlovlarining bir qismi qoplab beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Isteʼdodli yoshlarni koʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — tashkilotchilar) tanlovni tashkil etish boʻyicha masʼul tashkilotlar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻquv kurslariga qabul jarayonlari Tanlov komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya tarkibi tashkilotchilarning takliflaridan kelib chiqib shakllantiriladi va Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlar vakillari, mutaxassislar hamda olimlar (ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega shaxslar) aʼzo boʻlgan kamida yetti kishidan iborat toq miqdordagi tarkibda tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiyaga rais boshchilik qiladi. Komissiya faoliyatini tashkiliy jihatdan taʼminlash uning kotibi zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya oʻz faoliyatini kollegiallik, oshkoralik, xolislik va betaraflik tamoyillari asosida amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Oʻquv kurslariga tanlov jarayonlarini oʻtkazish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Tanlovning birinchi yilida respublika davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat bosqichida (barcha taʼlim shakli boʻyicha) 2-kursni muvaffaqiyatli tamomlagan (akademik qarzdorligi boʻlmagan) talabalari ishtirok etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻquv kurslariga iqtidorli tinglovchilarni qabul qilish jarayoni har yili iyun — avgust oylarida quyidagi uch bosqichda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) birinchi bosqich — onlayn ariza va IQ test (onlayn test) topshirish. Nomzodlar tanlovda ishtirok etish uchun onlayn arizani Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasining dscience.uz veb-sayti orqali toʻldiradi va ariza qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi SMS-xabar kelganidan keyin onlayn tarzda test topshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomzodning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (biometrik pasport yoki ID-karta);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
motivatsion xat (sohaga boʻlgan qiziqish, oʻquv kurslarida tahsil olishdan koʻzlangan maqsad, taxminiy tadqiqot mavzusini oʻz ichiga oluvchi kichik esse);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomzodning ayni damda taʼlim olayotgan oliy taʼlim muassasasidagi akademik koʻrsatkichlari (asosiy eʼtibor sohaga yaqin fanlardagi oʻzlashtirishga qaratiladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2 ta tavsiyanoma:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi tavsiyanoma nomzodning taʼlim yoʻnalishi boʻyicha qiziqishlarini hamda shu yoʻnalishdagi salohiyati haqida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi tavsiyanoma umumiy xarakterda (nomzodning iqtidori va oʻziga xos jihatlari haqida tahsil olayotgan oliy taʼlim muassasasining tegishli yoʻnalishi boʻyicha professor-oʻqituvchilari tomonidan yoziladi) boʻlishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
portfolio (oliy taʼlim muassasasida tahsil olish davrida ijod mahsuli sifatida qayd etilgan yoki vakolatli organda roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma, roʻyxatdan oʻtkazilganligini isbotlovchi hujjat yoki patentning elektron nusxalari, zarur boʻlsa asli soʻralishi mumkin).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlov adolatli boʻlishini taʼminlash maqsadida arizani toʻliq toʻldirgan har bir nomzodga avtomatik ID-raqam taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizaga ilova qilinayotgan har bir hujjat alohida fayl koʻrinishida “PDF” (portable document format) formatida boʻlishi kerak va har bir fayl oʻlchami 10 Mbdan oshib ketmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mirzo Ulugʻbek vorislari” tayyorlov oʻquv kurslariga iqtidorli tinglovchilarni qabul qilishning birinchi bosqichida IQ test (onlayn test) topshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birinchi bosqich natijalari mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq baholash mezonlari asosida 100 ballik tizimda baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Baholash mezonlarida koʻrsatilgan GPA (Grade Point Average) balli, agar oliy taʼlim muassasalarida boshqacha tartibda hisoblansa, baholar mos ravishda konvertatsiya qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, jami 300 nafar eng yuqori natija koʻrsatgan nomzod ikkinchi bosqichga oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ikkinchi bosqich — imtihon. Birinchi bosqich natijalari boʻyicha yuqori koʻrsatkichga ega boʻlgan nomzodlar salohiyatini baholashga yordam beruvchi imtihondan muvaffaqiyatli oʻtishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikkinchi bosqich natijalari quyidagi mezonlar asosida 100 ballik tizim boʻyicha baholanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish (boshlangʻich);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
algoritmlash va dasturlashtirish asoslari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mantiqiy savol va masalalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
matematikadan mantiqiy masalalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
matematik statistika masalalarini yechish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
algebradan misollar yechish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tenglamalar yechish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kompleks sonlar va ular ustida amallar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur koʻrsatilgan har bir yoʻnalishlar boʻyicha maksimal ball — 12,5 ballni (yuqoridagi 8 ta yoʻnalish boʻyicha maksimal 12,5 balldan ajratilmoqda jami 100 ballik tizimda) tashkil etadi. Komissiya tomonidan tashkilotchilar bilan kelishilgan holda ushbu mezonlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Imtihon shakli, davomiyligi va savollar toʻplami malakali mutaxassislarni jalb etgan holda ishlab chiqiladi hamda Komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya qarori bilan 120 nafar eng yuqori natija koʻrsatgan nomzodlar uchinchi bosqichda ishtirok etishga tavsiya etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) uchinchi bosqich — suhbat. Suhbat Komissiya aʼzolari tomonidan oʻtkaziladi. Komissiya aʼzolari nomzodlarni tashkilotchilar tomonidan uchinchi bosqich uchun taqdim etilgan, oldindan ishlab chiqilgan savollar asosida suhbatdan oʻtkazadi. Suhbat jarayonlari onlayn translyatsiya qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, suhbat natijalari maksimal 100 ballik tizimda ballar qoʻyish yoʻli bilan baholanadi. Suhbatda quyidagi mezonlardan kelib chiqqan holda savollar beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada raqamlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushunish (elektron hukumat, raqamli iqtisodiyot, raqamli taʼlim, telekommunikatsiya va boshqa sohalardagi islohotlar haqida tasavvur va fikrlash qobiliyatining mavjudligi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu mezon boʻyicha maksimal ball — 25 ballni tashkil etadi;

yoʻnalishni tanlashda motivatsiya (taʼlim olayotgan oliy taʼlim muassasasidagi yoʻnalishining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunish, unga doimiy qiziqish bildirish), matematika va axborot texnologiyalari (boshlangʻich dasturlash) sohasidagi bilim va koʻnikmalarining mavjudligi (oʻz fikrini bayon qilish va tahlil qilish).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu mezon boʻyicha maksimal ball — 25 ballni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsiy-kasbiy xususiyatlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qaror qabul qilishda mustaqillik darajasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mantiqiy fikrlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maqsadga va yangiliklarga intiluvchanlik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasbiy vazifalarni hal qilishda amaliy faoliyat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rejalashtirish qobiliyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqdimot qilish qobiliyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muloqotga kirishuvchanlik qobiliyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
masʼuliyatlilik va intizomlilik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz ustida ishlash va ijodkorlik qobiliyatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
stressga chidamlilik.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu mezon boʻyicha maksimal ball — 50 ballni, har bir koʻrsatkich uchun esa maksimal 5 ballni tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suhbat natijalarini aniqlash uchun Komissiyaning har bir aʼzosi boshqa aʼzolardan mustaqil holda, mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq 1 va 2-jadval shakllaridagi baholash varaqasini toʻldiradi hamda uni Komissiya kotibiga taqdim etadi. Komissiya kotibi Komissiya aʼzolari tomonidan qoʻyilgan ballarning oʻrtacha koʻrsatkichini hisoblab chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suhbatni oʻtkazish davomida nomzodga qoʻshimcha savollar berilishi mumkin. Bitta nomzod uchun suhbat 30 daqiqagacha davom etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Nomzodlarning suhbatdan oʻtish muddati va manzili toʻgʻrisida maʼlumot dscience.uz veb-sayti orqali eʼlon qilinadi. Suhbatdan oldin nomzod pasport, ID-karta yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsni tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Komissiya tomonidan suhbat qilingan eng koʻp ball toʻplagan nomzodlar belgilangan qabul parametrlari doirasida tinglovchi sifatida oʻquv kurslariga qabul qilinadi va bepul tahsil oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Komissiya aʼzolari tomonidan bosqichlar mezonlari boʻyicha minimal (nol) balldan maksimal ballgacha baholash oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Tanlov bosqichlarida uyali telefon, boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, lugʻat, kitob va shpargalkalar olib kirilishi hamda foydalanilishi qatʼiyan taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Tanlovning har bir bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar haqidagi maʼlumot bosqich yakunlangandan soʻng besh ish kuni ichida tashkilotchilarning Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Tanlovning uchinchi bosqichi gʻoliblari toʻgʻrisida maʼlumot tashkilotchilar tomonidan oʻn ish kuni ichida eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Tanlovning har bir bosqichi boʻyicha natijalar Komissiya tomonidan bayonnoma bilan tasdiqlanib, tashkilotchilarning masʼul vakiliga taqdim etilganidan soʻng yakuniy (hal qiluvchi ahamiyatga ega) hisoblanadi va Komissiya qarori boʻyicha tashkilotchilar izoh bermaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Tanlovning uchinchi bosqichi gʻoliblari va ularning salohiyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Komissiya bayonnomasida koʻrsatiladi va uning aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Nomzodlar tomonidan quyidagi xatti-harakatlar amalga oshirilganligi aniqlansa, ular tanlovdan chetlashtiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya faoliyatiga xalaqit bersa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz xohishi bilan tanlovda ishtirok etishni davom ettirishdan voz kechsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov shartlarini buzsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizom talablariga rioya qilmasa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuningdek, taqdim etilgan hujjatlarda, shu jumladan, elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlarda soxtalashtirish va qalbakilashtirish yoki yolgʻon maʼlumot taqdim etilganligi aniqlangan taqdirda, nomzod tanlov yoxud oʻquv kursidan chetlashtiriladi, hujjatlari esa belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Komissiya tomonidan nomzodlarni tanlovdan chetlashtirish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilinadi va qaror qabul qilinganidan boshlab besh kun ichida nomzodga xabar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Tanlov natijalarini apellyatsiya tartibida koʻrib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Ushbu Nizomga rioya qilish, suhbat (test)ning oʻtkazilishi, shuningdek, tanlovni oʻtkazish bilan bevosita bogʻliq boshqa masalalar boʻyicha shikoyatlarni koʻrib chiqish uchun “Ulugʻbek” jamgʻarmasi raisining buyrugʻiga asosan Apellyatsiya komissiyasi tuziladi. Apellyatsiya komissiyasining tarkibi va ish tartibi Apellyatsiya komissiyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi buyruqda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya komissiyasi uning aʼzolarining uchdan ikki qismi qatnashganda vakolatli hisoblanadi. Apellyatsiya komissiyasi faoliyatiga umumiy rahbarlikni uning raisi amalga oshiradi, komissiya bayonnomalari kotib tomonidan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Apellyatsiya komissiyasiga shikoyatlar tanlov natijalari eʼlon qilinganidan boshlab besh ish kuni ichida yozma ravishda topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya komissiyasi qabul qilingan shikoyatni koʻrib chiqishi va ariza berilganidan soʻng besh ish kun ichida tegishli qaror qabul qilishi zarur. Apellyatsiya koʻrib chiqiladigan kun haqida nomzodga xabar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Nomzodlar Apellyatsiya komissiyasi tomonidan murojaati koʻrib chiqilishi jarayonida bevosita yoki masofadan turib onlayn tarzda ishtirok etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Apellyatsiyani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Apellyatsiya komissiyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eʼtiroz asossiz boʻlsa, apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etadi va tanlov natijalarini oʻzgarishsiz qoldiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eʼtiroz asosli boʻlsa, apellyatsiyani qanoatlantiradi va tanlov natijalariga oʻzgartirish kiritadi yoki nomzod uchun tanlovning saralash bosqichlari qaytadan tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Apellyatsiya komissiyasi bayonnomasi nusxasi murojaat etuvchi nomzodga Apellyatsiya komissiyasi qarori chiqqan kundan boshlab besh ish kuni ichida yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Tanlov komissiyasining aʼzolari, shuningdek suhbat (test)ni olib borishda ishtirok etuvchi jalb etilgan ekspertlar ishda yoʻl qoʻygan kamchiliklari va noxolisligi uchun qonunchilikka muvofiq javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Oʻquv kurslariga kirish sinovlarini qayta topshirish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Oʻquv kurslarida tahsil olish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Oʻquv kurslariga qabul qilingan respublika hududlaridagi davlat oliy taʼlim muassasalari talabalarining oʻqishini mos va turdosh yoʻnalishlar boʻyicha (mutaxassisligi va yoʻnalishi boʻyicha kredit reyting tizimiga mos keluvchi) Toshkent shahrida joylashgan davlat oliy taʼlim muassasalarida akademik mobillik asosida tashkil etish choralari koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Tanlovning uchinchi bosqich gʻoliblari “Ulugʻbek” jamgʻarmasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Toshkent shahridagi Inxa universiteti hamda tegishli vazirlik va idoralar hamkorligida tashkil etiladigan oʻquv kurslarida oʻqish uchun qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Oʻquv kurslari Toshkent shahridagi Inha universiteti oʻquv binolarida olib boriladi. “Ulugʻbek” jamgʻarmasining tashabbusi va ixtiyori bilan oʻquv kurslari “Ulugʻbek” jamgʻarmasining binosida ham olib borilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Oʻquv kurslarini yakunlagan tinglovchilar davlat oliy taʼlim muassasalari tomonidan 3 yoki 4-kursda belgilangan amaliyotlarini respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalarida oʻtaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv kursi yakunida tinglovchilar tomonidan davlat boshqaruvidagi samaradorlikni oshirish, iqtisodiy va ijtimoiy yoʻnalishlarda raqamli yechimlardan foydalanish, aholida mavjud muammolardan kelib chiqqan holda oʻquv kurslari yoʻnalishlari boʻyicha takliflar tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu takliflar Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tegishliligi boʻyicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalariga koʻrib chiqish uchun yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Oʻquv kursi tinglovchilarining huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Oʻquv kursi tinglovchilari huquqlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sifatli va yuqori saviyada bilim olish, yuqori malakali mutaxassis boʻlib yetishishlari uchun zarur boʻlgan huquqlardan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fan, texnika, zamonaviy texnologiyalar yutuqlariga mos keluvchi bilim olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bepul maslahatlar va yoʻl-yoʻriqlar olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditoriyalar, taʼlim vositalari sanaluvchi ashyolardan belgilangan tartibda bepul foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim jarayoni samaradorligi va taʼlim sifatini oshirish yuzasidan oʻz taklif-mulohazalarini, tanqidiy fikrlarini belgilangan tartibda oʻquv kursi tashkilotchilariga bildirish va ularning koʻrib chiqilishini talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv kursi miqyosida oʻtkaziladigan ommaviy tadbirlarda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy tadqiqot ishlarida va ilmiy konferensiyalarda qatnashish, ularning natijalarini nashr etish va bu haqda axborotlar berish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv kursi tinglovchilari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Oʻquv kursi tinglovchilari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) oʻquv kurslarida taʼlim olayotgan davrida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzlari tahsil olayotgan oliy taʼlim muassasasining (akademik mobillik asosida oʻqishi tashkil etilgan Toshkent shahridagi davlat oliy taʼlim muassasasining) belgilangan taʼlim dasturlarini hamda oʻquv kursini toʻliq oʻzlashtirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlariga, odob-axloq qoidalariga, shuningdek, hamkor tashkilotlar tomonidan oʻrnatilgan qoida va talablarga qatʼiy rioya etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzining xatti-harakatlari bilan tashkilotchilarga yoki uchinchi shaxslarga moddiy zarar yetkazgan hollarda, qonunchilikka muvofiq oʻz hisobidan yetkazilgan zararni qoplashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) oʻquv kurslarini tamomlagandan soʻng:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bakalavr darajasini olgan kundan boshlab olti oy davomida davlat organlari va tashkilotlardagi vakant joylarga davlat fuqarolik xizmatchisi sifatida ishga kirish uchun belgilangan tartibda vacancy.argos.uz tizimi orqali ochiq tanlovga ariza topshirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda ochiq tanlov gʻolibligini qoʻlga kiritgach, ish beruvchi tashkilotda kamida bir yil davomida uzluksiz ishlab berishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat faoliyati boshlangan kundan soʻng bir oy muddatda mehnat shartnomasi nusxasini “Ulugʻbek” jamgʻarmasiga maʼlumot shaklida taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv kursi tinglovchilari qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻz zimmasiga boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandda belgilangan talablar magistr va undan soʻng PhD (fan doktori) darajasini olish maqsadida mahalliy yoki xorijiy oliy taʼlim tashkilotlariga qabul qilingan tinglovchilarga tatbiq etilmadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Oʻquv kurslarini tashkil etishning moliyaviy xarajatlarini qoplash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Toshkent shahridagi Inxa universiteti tomonidan tuzilgan xarajatlar smetasiga asosan Raqamli texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan oʻquv kursini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar qoplab beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Toshkent shahridagi Inxa universiteti xarajatlar smetasida oʻquv kursini tashkil etishda quyidagi xarajatlar nazarda tutiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv kurslariga iqtidorli tinglovchilarni qabul qilish uchun tanlov jarayonlarini oʻtkazish hamda taʼlim berish uchun mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan fanlar boʻyicha oʻquv dasturlariga mos raqamli kontent tanlash, ishlab chiqish va integratsiya qilish, oʻquv kurslarida taʼlim jarayonlarini nazorat qiluvchi LMS (Learning Management System) tizimini yaratish, takomillashtirish va qoʻllab-quvvatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tinglovchilar uchun oʻquv kurslari yoʻnalishlari boʻyicha IT-park rezidentlari boʻlgan tashkilotlarda amaliyotlarda qatnashish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tinglovchilar uchun oʻquv kurslarida oʻqishi davomida bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida har oyda bir marotaba ragʻbatlantirib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv kurslariga qabul qilingan tinglovchilarning taʼlim olish muddatiga zarur kompyuter jihozlari (noutbuk) taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tinglovchilarni zarur oʻquv adabiyotlari, internet aloqasi, boshqa aloqa vositalari va raqamli kontentlar bilan hamda oʻquv auditoriyalarini kompyuter va tashkiliy texnika bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv kurslariga qabul qilingan tinglovchilarni oʻqish davomida bir mahal issiq ovqat bilan taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Tanlov toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va uning natijalari tashkilotchilar va ularning tizimidagi tashkilotlarning Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytlari va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Ushbu Nizom talablarini buzgan aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mirzo Ulugʻbek vorislari” tayyorlov oʻquv kurslariga iqtidorli tinglovchilarni qabul qilish va ularni oʻqitish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

“Mirzo Ulugʻbek vorislari” tayyorlov oʻquv kurslariga iqtidorli tinglovchilarni qabul qilishning birinchi bosqich natijalarini
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BAHOLASH MEZONLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Baholash mezonlari

Maksimal ball

1.

Taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligi va rasmiylashtirish sifati

5 ball

2.

Nomzodning taʼlim olayotgan oliy taʼlim muassasasidagi 2 yillik akademik koʻrsatkichlari

20 ball

agar nomzodning oʻrtacha GPA balli — 33,5 boʻlsa

5 ball

agar nomzodning oʻrtacha GPA balli — 3,514,5 boʻlsa

10 ball

agar nomzodning oʻrtacha GPA balli — 4,51 va undan yuqori boʻlsa

20 ball

3.

Tanlov yoʻnalishidagi ilmiy faoliyati

5 ball

nufuzli va xalqaro nashrlardagi maqolalar soni:

beshta va undan ortiq boʻlsa — 3 ball;

beshtadan kam boʻlsa — 2 ball.

3 ball

ilmiy tadqiqotlar va nashrlarning eʼlon qilingan mavzuga muvofiqligi

2 ball

4.

Motivatsion xat mazmuni

20 ball

5.

Xorijiy tillarni bilish darajasi*

15 ball

agar nomzod V1 darajadagi xorijiy til sertifikatiga ega boʻlsa

5 ball

agar nomzod V2 darajadagi xorijiy til sertifikatiga ega boʻlsa

10 ball

agar nomzod S1 darajadagi xorijiy til sertifikatiga ega boʻlsa

15 ball

6.

Xalqaro IT-sertifikatning mavjudligi**

15 ball

agar nomzod boshlangʻich darajadagi sertifikatga ega boʻlsa

5

agar nomzod oʻrta darajadagi sertifikatga ega boʻlsa

10

agar nomzod professional darajadagi sertifikatga ega boʻlsa

15

7.

IQ test (onlayn test)

20 ball

Jami

100 ball

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Ushbu baholash mezonlariga Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Mazkur mezon tegishli normativ-huquqiy hujjat bilan tasdiqlangan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatiga muvofiq baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** Mazkur mezon Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan va “it-istedod.uz” portalida eʼlon qilingan xalqaro IT-sertifikatlar roʻyxatiga muvofiq baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mirzo Ulugʻbek vorislari” tayyorlov oʻquv kurslariga iqtidorli tinglovchilarni qabul qilish va ularni oʻqitish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mirzo Ulugʻbek vorislari” tayyorlov oʻquv kurslariga iqtidorli tinglovchilarni qabul qilishning uchinchi bosqichi boʻyicha suhbatdan oʻtgan nomzodlarning javoblarini
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BAHOLASH VARAQASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Sana: 20___ ____ ___________

Nomzodning F.I.O. ______________________________________________

1-jadval

T/r

Baholash mezonlari

Ballar (maksimal ball — 50 ball)

0 — 5

6 — 10

11 — 15

16 — 20

21 — 25

1.

Mamlakatda raqamlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushunish (elektron hukumat, raqamli iqtisodiyot, raqamli taʼlim, telekommunikatsiya va boshqa sohalardagi islohotlar haqida tasavvur va fikrlash qobiliyatining mavjudligi)

2.

Yoʻnalishni tanlashda motivatsiya (taʼlim olayotgan oliy taʼlim muassasasidagi yoʻnalishining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunish, unga doimiy qiziqish bildirish), matematika va axborot texnologiyalari (boshlangʻich dasturlash) sohasidagi bilim va koʻnikmalarining mavjudligi (oʻz fikrini bayon qilish va tahlil qilish)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

2-jadval

T/r

Baholash mezonlari

Ballar (maksimal ball — 50 ball)

0

1

2

3

4

5

1.

Shaxsiy-kasbiy xususiyatlar

1.1

qaror qabul qilishda mustaqillik darajasi

1.2

mantiqiy fikrlash

1.3

maqsadga va yangiliklarga intiluvchanlik

1.4

kasbiy vazifalarni hal qilishda amaliy faoliyat

1.5

rejalashtirish qobiliyati

1.6

taqdimot qilish qobiliyati

1.7

muloqotga kirishuvchanlik qobiliyati

1.8

masʼuliyatlilik va intizomlilik

1.9

oʻz ustida ishlash va ijodkorlik qobiliyatlari

1.10

stressga chidamlilik

Izoh.

________________________________________________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________________________________________________.

Suhbat oʻtkazish boʻyicha komissiya aʼzosi:

____________________________________________________________

Imzo ___________

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-maydagi 206-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi “Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 30-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2-bandning beshinchi xatboshisidan “ushbu tanlovlar gʻolibi boʻlgan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 2-ilovaning 24 va 25-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2023-y., 09/23/206/0287-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)