1-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomlanishi | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddatlari | Moliyalashtirish manbalari | Mas’ul ijrochilar |
I. Seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi huquqiy asoslarni hamda qurilish me’yoriy hujjatlarini takomillashtirish | |||||
1. | Qurilayotgan va foydalanishdagi obyektlarda zilzilabardoshlik talablarining buzilishiga olib keluvchi mavjud kamchiliklarni aniqlash, bino va inshootlarning zilzilabardoshligini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish. | 1. Sohadagi yetuk mutaxassis va olimlarni keng jalb qilgan holda ishchi guruh shakllantirish. | 2023-yil may | - | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (B. Zakirov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (D. Sattarov), Fanlar akademiyasi (S. Mirzayev), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Kuldashev) |
2. Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish. | 2023-yil iyun | ||||
3. Normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda qurilayotgan va foydalanishdagi obyektlarning zilzilabardoshlik talablarini buzilishiga olib keluvchi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2023-yil iyul | ||||
2. Tahlillar asosida normativ-huquqiy hujjatlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | 2023-yil avgust | ||||
3. | Qurilish materiallari ustidan ishonchli nazorat o‘rnatish. | 1. Respublika hududida qurilish materiallarini ishlab chiqarish jarayoni ustidan korxonalarda nazorat o‘rnatish. | Doimiy | - | O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (D. Sattarov), “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi (A. Baxodirov), Bojxona qo‘mitasi (A. Mavlonov) |
2. Zilzilabardoshlik bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazish tartibini qayta ko‘rib chiqish. | 2023-yil sentabr | ||||
4. | Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish, belgilangan taqiqlarni (cheklovlarni) buzgan holda binolarni, inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash holatlari uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikni keskin kuchaytirish. Loyiha tashkiloti tomonidan buyurtmachiga qurilish-montaj ishlari davomida loyihaga muvofiq beriladigan har bir majburiy ko‘rsatmani to‘liq bajarmaganlik uchun javobgarlikni joriy qilish. | O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi va Jinoyat kodeksiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqish. | 2023-yil avgust | - | Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (B. Zakirov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
5. | Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish, belgilangan taqiqlarni (cheklovlarni) buzgan holda binolarni, inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash holatlarini aniqlash. | 1. Reja-grafik asosida: respublikaning seysmik faol zonasida joylashgan seysmik xavfsizligi III va IV toifaga kiruvchi ko‘p kvartirali uylarning umumiy foydalanishdagi joylarida (zinapoya yo‘laklari, cherdak, umumiy foydalanishdagi oshxonalarda) o‘zboshimchalik bilan qurilgan konstruksiyalarni; bino va inshoot, shu jumladan ularning yerto‘la va birinchi qavatidagi zilzilabardoshlikka ta’sir qiluvchi konstruksiyalarga o‘zboshimchalik bilan kiritilgan o‘zgartirishlarni aniqlash. 2. Aniqlangan noqonuniy konstruksiyalar va zilzilabardoshlikka ta’sir qiluvchi konstruksiyalarga o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish kiritish holatlari bo‘yicha qonunchilikka muvofiq choralar ko‘rilishini ta’minlash. | 2023-yil 1-sentabrdan boshlab reja-grafik asosida | - | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (K. To‘laganov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, ko‘p kvartirali uylarni boshqaruvchi tashkilotlar (kelishuv asosida) |
6. | Sifat va mustahkamlik standartlari talablariga javob bermaydigan qurilish materiallarini ishlab chiqarganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilashni ko‘rib chiqish. | 1. Ushbu masalani manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda puxta o‘rganib chiqish. | 2023-yil may | - | O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (D. Sattarov), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (B. Zakirov), O‘zsanoatqurilishmateriallari uyushmasi (A. Baxodirov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (D. Raximov) |
2. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi va Jinoyat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. | 2023-yil sentabr | ||||
7. | Bino va inshootlarni qurishga qo‘yiladigan zilzilabardoshlik talablarini inobatga olgan holda, respublikadagi yirik shaharlar va viloyat markazlarining seysmik mikrohududlashtirish xaritalarini ishlab chiqish va qurilish ishlarini shu asosida yo‘lga qo‘yish. | 1. Seysmik faol zonalarda joylashgan shaharlarning bosh rejalari loyihalarini tegishli hududlarning seysmik mikrohududlashtirish xaritalariga asoslangan holda ishlab chiqish amaliyotini joriy etish. | 2024-yil 1-yanvar | - | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (B. Zakirov), Fanlar akademiyasi (S. Mirzayev) |
2. Toshkent, Guliston, Nurafshon, Jizzax, Chirchiq, Bekobod shaharlarining raqamlashtirilgan seysmik mikrohududlashtirish xaritalarini ishlab chiqish. | 2023-yil dekabr | Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligi va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari | Fanlar akademiyasi (S. Mirzayev) | ||
3. Samarqand, Qarshi, Termiz, Buxoro, Olmaliq, Yangiyer, Yangiyo‘l shaharlarining raqamlashtirilgan seysmik mikrohududlashtirish xaritalarini ishlab chiqish. | 2024-yil yanvar | ||||
4. Navoiy, Nukus, Urganch, Zarafshon, Shahrisabz, Kattaqo‘rg‘on, Quvasoy, Xiva shaharlarining raqamlashtirilgan seysmik mikrohududlashtirish xaritalarini ishlab chiqish. | 2024-yil sentabr | ||||
5. Qo‘qon, Angren, Kogon, Marg‘ilon, Xonobod, Ohangaron, Shirin shaharlarining raqamlashtirilgan seysmik mikrohududlashtirish xaritalarini ishlab chiqish. | 2025-yil mart | ||||
II. Seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasiga seysmologik va kosmik tadqiqotlarni keng joriy etish | |||||
8. | Respublikaning g‘arbiy hududlarida seysmik xavfni to‘liq monitoring qilish maqsadida seysmik va kompleks-prognostik stansiyalar sonini ko‘paytirish. | 1. Respublikaning seysmik kuzatuvlar tarmog‘i imkoniyatlarini baholash. | 2023-yil may | Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Kuldashev), Fanlar akademiyasi (S. Mirzayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
2. Respublikaning g‘arbiy hududlarida optimal seysmik kuzatuvlar tarmog‘ini yaratish uchun zarur bo‘lgan stansiyalar sonini aniqlash. | 2023-yil iyun | ||||
3. Yangi ochiladigan stansiyalarda instrumental seysmometrik kuzatuvlar olib borish va stansiyalar uchun yer maydonlarini tanlash. | 2023-yil sentabr | ||||
4. Yangi ochiladigan stansiyalar uchun ilmiy asbob-uskunalarni bosqichma-bosqich xarid qilish. | 2023 — 2025-yillar | ||||
5. Ilmiy asbob-uskunalarni stansiyalarga o‘rnatish va ishga tushirish. | 2023 — 2025-yillar | ||||
9. | Neft va gaz, suv omborlarida instrumental seysmologik kuzatuvlarni olib borish, qattiq foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq yer qobig‘ining kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini hamda texnogen zilzilalarni monitoring qilish. | 1. Seysmogeodinamik jarayonlar monitoringi joriy etiladigan uglevodorod konlari ro‘yxatini shakllantirish. | 2023-yil may | Yer qa’ridan foydalanuvchi tashkilotlar mablag‘lari, Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari | “O‘zbekneftgaz” AJ (B. Sidikov), Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), “O‘zbekgidroenergo” AJ (A. Sanginov), “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ (Q. Sanaqulov), “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ (A. Xursanov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Kuldashev), Fanlar akademiyasi (S. Mirzayev), Kadastr agentligi (F. Pulatov), Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov) |
2. Uglevodorod konlarida seysmogeodinamik jarayonlarni monitoring qilish tizimini bosqichma-bosqich tashkil qilish. | 2023-2024-yillar | ||||
3. I va II sinfga kiruvchi 28 ta suv omborida seysmologik kuzatuvlarni olib borish uchun zarur asbob-uskunalar xarid qilish. | 2023-yil sentabr | ||||
4. 28 ta suv omborida doimiy seysmologik kuzatuvlarni bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish. | 2023-2024-yillar | ||||
5. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJga qarashli yirik konlar ro‘yxatini shakllantirish. | 2023-yil may | ||||
6. Qattiq foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq yer qobig‘ining kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini hamda texnogen zilzilalarni monitoring qilishni bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish. | 2023-2024-yillar | ||||
10. | Suv omborlari to‘g‘onlarining deformatsiyalanish, siljish va cho‘kish dinamikasini kosmik monitoring qilish. | 1. Har yili kosmik monitoring o‘tkazish uchun suv omborlari ro‘yxatini shakllantirish. | Har yili 1-iyunga qadar | Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari | “O‘zbekkosmos” agentligi (Sh. Kadirov), Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), “O‘zbekgidroenergo” AJ (A. Sanginov), Fanlar akademiyasi (S. Mirzayev) |
2. Kosmik monitoring o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan birlamchi ma’lumotlarni almashish. | Har yili 20-iyunga qadar | ||||
3. Kosmik monitoringni amalga oshirish. | Har yili 25-noyabrga qadar | ||||
4. Kosmik monitoring natijasida olingan ma’lumotlarni maxsus “Damb Monitoring System” geoaxborot tizimida vizuallashtirish. | Har yili 1-dekabrga qadar | ||||
12. | Respublika hududidagi suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni olib borishning yaxlit tizimini shakllantirish. | 1. “Suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirish elektron platformasi”ni belgilangan tartibda ishlab chiqib, ishga tushirish. | 2023-yil 1-avgust | Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari | Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazi (Q. Qo‘chqorov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Fanlar akademiyasi (S. Mirzayev), Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamroyev), “O‘zbekgidroenergo” AJ (A. Sanginov) |
2. Respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan suv omborlarida instrumental seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2023-yil iyul | ||||
III. Seysmik xavfsizlik sohasini raqamlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish | |||||
13. | Kuchli zilzilalar ta’sirida Toshkent shahrining talafot darajasini iqtisodiy baholash imkonini beruvchi raqamlashtirilgan simulyatsion model yaratish. | 1. Toshkent shahrida qurilgan barcha bino va inshootlarning seysmobardoshlik bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratish va ularni GIS platformasiga joylashtirish. 2. Ma’lumotlar bazasidagi bino va inshootlarning seysmik jihatdan zaifligini va ularning kuchli zilzilalarda to‘la shikastlanish qiymatlarini aniqlash. 3. Toshkent shahri hududida sodir bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘lgan zilzila o‘choqlarining seysmik xavfini baholash. 4. Kuchli zilzilalar sodir bo‘lgan taqdirda shaharda qurilgan bino va inshootlarning buzilish darajasini baholash bo‘yicha dastur ishlab chiqish. 5. GIS platformasida simulyatsion platforma ishlab chiqish va uni test sinovidan o‘tkazish. | 2023-2024-yillar | Innovatsion rivojlanish agentligining maqsadli moliyalashtirish mablag‘lari | Fanlar akademiyasi (S. Mirzayev), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sh. Turdiqulova), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Toshkent shahri hokimligi (Sh. Umurzoqov), Qurilish uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (B. Zakirov), Kadastr agentligi (F. Pulatov) |
14. | Respublikada kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimini bosqichma-bosqich yaratish. | 1. Sohadagi yetuk mutaxassis va olimlarni keng jalb qilgan holda ishchi guruhni shakllantirish. | 2023-yil iyun | Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari, Markazga ajratilgan budjet mablag‘lari | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Kuldashev), Fanlar akademiyasi (S. Mirzayev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) |
2. Respublikaning seysmik faol hududlariga akselerometrlar o‘rnatish uchun joylarni tanlash. | 2023-yil iyun | ||||
3. Kuchli zilzilalarni qayd etuvchi akselerometrlarni xarid qilish bo‘yicha Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga takliflar kiritish. | 2023-yil iyun | ||||
4. Takliflar asosida ilmiy asbob-uskunalarni yillar kesimida xarid qilish va o‘rnatish. | 2023-yil avgustdan boshlab | ||||
5. “Kuchli zilziladan ogohlantirish” mobil ilovasini ishlab chiqish. | 2023-yil avgust | ||||
6. Respublikada kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimini bosqichma-bosqich ishga tushirish. | 2023-yil dekabrdan boshlab | ||||
7. Mazkur tizimni ishga tushirish hamda Markaz faoliyatini ta’minlashda malakali mutaxassislarni munosib rag‘batlantirish maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazidashtatlar sonini 20 foizgacha maqbullashtirish hisobiga bo‘shaydigan mablag‘lar doirasida Markaz xodimlari uchun alohida ustamalar belgilash. | 2023-yil iyun | ||||
15. | Xususiy uy-joylarni mahalliy xomashyodan zilzilabardosh qilib qurishda elementar seysmik qoidalarini targ‘ib etishga mo‘ljallangan “Zilzilabardosh uy” sayti, mobil ilovasini yaratish va keng ommaga yetkazish. | 1. Zilzilabardosh uylarni qurishni targ‘ib qiluvchi sayt, mobil ilovani yaratish. | 2023-yil noyabr | - | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (B. Zakirov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Fanlar akademiyasi (S. Mirzayev) |
2. Yaratilgan sayt, mobil ilovaga aholi foydalanishi uchun zilzilabardosh uylarni qurish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamda zilzilabardosh uy-joylarning namuna loyihalarni kiritish. | 2023-yil dekabr | ||||
IV. Qurilish konstruksiyalarining mustahkamligini tajriba yo‘li orqali sinash hamda bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini oshirish | |||||
17. | Instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazish tizimi ustidan ishonchli nazorat o‘rnatish. | 1. Seysmik faol zonalarda yangi qurilgan III-IV toifadagi obyektlar ishga tushirilayotganda ularning zilzilabardoshlikka doir instrumental-texnik tekshiruvdan majburiy tartibda o‘tkazilishini nazorat qilish. | Doimiy | - | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (B. Zakirov) |
2. Olib borilgan tekshiruv va o‘rganishlarning natijalari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab borish. | Doimiy | ||||
3. Instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazilgan obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tadbirlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashiga kiritib borish. | Har chorakda | ||||
18. | Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruv otryadlari uchun gidrolokator, bioradar va boshqa shu kabi maxsus qidiruv texnikalarini qo‘shimcha xarid qilish ishlarini tashkil etish. | 1. Zamonaviy qidiruv-qutqaruv ishlarini tashkil etish uchun zarur jihozlar ro‘yxatini shakllantirish (jihozlar nomi, texnik tavsiyanomasi, ishlab chiqaruvchi tashkilot, narxi). | 2023-yil iyun | Davlat budjeti mablag‘lari | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Kuldashev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev) |
2. Ishlab chiqilgan ro‘yxat asosida jihozlarni xarid qilish, ularni realizatsiya qilish yuzasidan dastur ishlab chiqish. | 2023-yil iyun | ||||
3. Tasdiqlangan dastur asosida zarur qidiruv-qutqaruv jihozlarini xarid qilish va Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruv otryadlariga taqdim etish. | 2023-yil dekabr | ||||
V. Seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi xorij tajribasini o‘rganish va xodimlar malakasini oshirish | |||||
19. | Zilzilalarning kelib chiqish sabablarini o‘rganish, bino va inshootlarning seysmik mustahkamligi sohasidagi qoidabuzarliklarni bartaraf etish, seysmik xavfsizlik bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish maqsadida xizmat safarlarini tashkillashtirish. | 1. Respublika kengashi a’zolarini, Soha yo‘nalishi bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralar mutaxassislarini hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari tadqiqotchilarini tajriba o‘rganish va amaliyotda qo‘llash maqsadida xorijiy xizmat safarlariga yuborish. 2. Bevosita o‘rganish asosida to‘plangan materiallarni tahlil qilish, mahalliy sharoitni inobatga olgan holda amaliyotga tatbiq etish rejasini ishlab chiqish. 3. Chora-tadbirlar rejasi asosida ilg‘or xorijiy tajribani amaliyotga tatbiq etish. | 2023-yil davomida | Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari | Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Kuldashev), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (B. Zakirov), Fanlar akademiyasi (S. Mirzayev), Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (J. Inoyatxodjayev), Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, Namangan muhandislik-qurilish instituti, Farg‘ona politexnika instituti, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislik instituti” milliy tadqiqot universiteti |
20. | Yaponiyaning tegishli tashkilotlari bilan anglashuv memorandumi asosida zilzilabardosh bino va inshootlar qurilishi sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. | 1. O‘zbekiston va Yaponiya olimlari hamda mutaxassislarini jalb etgan holda zilzilaga chidamli qurilish sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish. | Doimiy | - | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (B. Zakirov), Fanlar akademiyasi (S. Mirzayev) |
2. Ikki tomonlama manfaatli bo‘lgan ilmiy va ilmiy-uslubiy konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar va ko‘rgazmalarni o‘tkazish. | Doimiy | ||||
3. Zilzilabardosh bino va inshootlarni qurish borasida tajriba almashish. | Doimiy | ||||
4. Qurilishda sifat nazoratini tashkil etishda hamda loyiha bosh muhandisi va pudrat tashkilotining uchastka boshlig‘i, ichki nazoratchi, loyiha tashkilotining mualliflik nazorati, buyurtmachining texnik nazorati, obyektga biriktirilgan davlat nazorati inspektorining binoni ekspluatatsiya qilish muddati tugagunga qadar shaxsiy javobgarligini belgilash tajribasini o‘rganish va O‘zbekistonda tatbiq etish. | 2023-yil iyundan boshlab | ||||
5. O‘zbekistonda seysmik izolyatsiya texnologiyalarini hamda bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini ta’minlashning boshqa usullarini tatbiq etish va rivojlantirish. | Kelishuv asosida | ||||
21. | Suv omborlarida faoliyat yurituvchi mas’ul xodimlarning seysmologik va seysmometrik kuzatuvlar olib borish va birlamchi tahlil qilish bo‘yicha malakasini oshirish. | 1. Xodimlarning malakasini bosqichma-bosqich oshirish bo‘yicha reja ishlab chiqish. | 2023-yil iyun | Suv omboriga mas’ul tashkilotlar mablag‘lari, Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Kuldashev), Fanlar akademiyasi (S. Mirzayev), Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), “O‘zbekgidroenergo” AJ (A. Sanginov) |
2. Tasdiqlangan rejaga asosan xodimlarni soha yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitish. | 1-avgustdan boshlab reja asosida har ikki yilda | ||||
VI. Aholini zilzilaga tayyorlash ishlarini takomillashtirish | |||||
22. | Aholini o‘quv mashqlar va mashg‘ulotlarga jalb etish orqali ularning zilzila paytida to‘g‘ri harakatlanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini oshirish. | 1. Qo‘mondonlik-shtab, maxsus-taktik va obyekt o‘quv mashqlari uchun “Zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari” mavzusida namunaviy o‘quv mashqi dasturini ishlab chiqish. | 2023-yil may | - | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Kuldashev), manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
2. Rejalashtirilgan har bir qo‘mondonlik-shtab, maxsus-taktik va obyekt o‘quv mashqlari rejasiga “Zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari” mavzusini kiritish. | Doimiy | ||||
3. Rejalashtirilgan har bir qo‘mondonlik-shtab, maxsus-taktik va obyekt o‘quv mashqlarini real sharoitga yaqinlashtirgan holda, FVDT quyi tizimi barcha xizmat va tuzilmalari ishtirokida o‘tkazilishini ta’minlash. | O‘quv mashqlar rejasi asosida | ||||
4. O‘quv mashqlariga aholini keng jalb etish. | O‘quv mashqlar rejasi asosida | ||||
23. | Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari hamda maktab o‘quvchilari uchun zilziladan himoyalanishni o‘rgatuvchi multimediali ta’lim resurslarini yaratish. | 1. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari uchun zilziladan himoyalanishni o‘rgatuvchi multimediali ta’lim resurslarini yaratish. | 2023-yil sentabr | Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligi va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari | Fanlar akademiyasi (S. Mirzayev), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova) |
2. Maktab o‘quvchilari uchun zilziladan himoyalanishni o‘rgatuvchi multimediali ta’lim resurslarini yaratish. | 2024-yil iyun | ||||
24. | O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda zilzila vaqtida to‘g‘ri harakatlanishga bag‘ishlangan televizion ko‘rsatuvlar, lavhalar, eshittirishlar hamda maqolalarni tayyorlash hamda keng jamoatchilikka tizimli ravishda yetkazib turilishini ta’minlash. | 1. Fuqarolarning zilzila vaqtida to‘g‘ri harakatlanishiga bag‘ishlangan O‘zMTRKning barcha tele- va radiokanallarida ko‘rsatuvlar, lavhalar, roliklar va eshittirishlarni efirga uzatish. | Doimiy | - | O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A. Ko‘chimov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Kuldashev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Bosma va elektron ommaviy axborot vositalari orqali maqolalar, murojaatlar va eslatmalar chop etilishini yo‘lga qo‘yish. | Doimiy | ||||
VII. Bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini ta’minlash | |||||
25. | Yakka tartibdagi uy-joylarni qurishda seysmik xavfsizlikni ta’minlash maqsadida qurilish materiallarini ishlatish vaimoratlarning zilzilabardoshlik darajasini oshirish bo‘yicha profilaktik tadbirlar olib borish. | 1. Yakka tartibdagi uy-joylarni barpo etishda seysmik xavfsizlikni oshirish borasida mahalla hududlarida fuqarolar bilan tushuntirish ishlari o‘tkazish. 2. Fuqarolar savodxonligini oshirish va uy-joyning seysmik xavfsizligini ta’minlash borasida fuqarolarga qo‘llanmalar, eslatmalar va boshqa targ‘ibot materiallarini tarqatish. 3. Yakka tartibdagi uy-joylarni barpo etishda seysmik xavfsizlikka rioya etish yuzasidan ommaviy axborot vositalari orqali keng targ‘ibot tadbirlarini olib borish. | 1-iyuldan boshlab reja-grafik asosida | Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligi va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari | Fanlar akademiyasi (S. Mirzayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (B. Zakirov), O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev) |
26. | Bazalt xomashyosidan to‘qilgan to‘rlar bilan bino va inshootlar mustahkamligini oshirish texnologiyasini ishlab chiqish. | 1. Bazalt xomashyosidan to‘qilgan to‘rlar bilan bino va inshootlar mustahkamligini oshirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish. | 2023-yil dekabr | “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi mablag‘lari | “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi (A. Baxodirov), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (B. Zakirov), Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (J. Inoyatxodjayev) |
2. Bazalt xomashyosidan to‘qilgan to‘rlar bilan bino va inshootlar mustahkamligini oshirish texnologiyasini qurilishda qo‘llash amaliyotini yo‘lga qo‘yish. | 2024-yil iyun | ||||
27. | Ko‘p qavatli binolarning seysmik xavfni baholash metodikasini ishlab chiqish. | 1. Ko‘p qavatli binolarning seysmik xavfini baholash metodikasini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish. | 2024-yil fevral | Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligi va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari | Fanlar akademiyasi (S. Mirzayev), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (B. Zakirov) |
2. Ko‘p qavatli binolarning seysmik xavfini baholashni joriy qilish. | 2024-yil mart | ||||
28. | Plitasimon poydevorli ko‘p qavatli binoning seysmik mustahkamligini baholashning fazoviy usulini ishlab chiqish. | 1. Plitasimon poydevorli ko‘p qavatli binoning seysmik mustahkamligini baholashning fazoviy usulini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish. | 2024-yil dekabr | Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligi va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari | Fanlar akademiyasi (S. Mirzayev), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (B. Zakirov) |
2. Plitasimon poydevorli ko‘p qavatli binoning seysmik mustahkamligini kontinual baholash bo‘yicha qurilish me’yoriy qoidalariga (QMQ 2.01.03-19 “Seysmik hududlarda qurilish”) qo‘shimchalar kiritish uchun tavsiyalar ishlab chiqish. | 2025-yil mart | ||||
29. | Qurilish maydonlarda seysmik ta’sir va seysmik jadallik ko‘rsatkichlarini kamaytirish usullarini ishlab chiqish. | 1. Cho‘kuvchan lyoss asosli qurilish maydonlarda seysmik ta’sir va seysmik jadallik ko‘rsatkichlarini kamaytirish usullari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish. | 2024-yil fevral | Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligi va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari | Fanlar akademiyasi (S. Mirzayev), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (B. Zakirov) |
2. Cho‘kuvchan lyoss asosli qurilish maydonlarda seysmik ta’sir va seysmik jadallik ko‘rsatkichlarini kamaytirish usullarini amaliyotga tatbiq etish. | 2024-yil mart | ||||
30. | Binolarning seysmik mustahkamligini tekshirish va monitoring qilish metodikasini mavjud me’yorlar asosida ishlab chiqish. | 1. Binolarning seysmik mustahkamligini tekshirish va monitoring qilish metodikasini mavjud me’yorlar asosida tadqiq etish. | 2024-yil dekabr | Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligi va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari | Fanlar akademiyasi (S. Mirzayev), Farg‘ona politexnika instituti (O‘. Salomov), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Zakirov) |
2. Binolarning seysmik mustahkamligini tekshirish va monitoring qilish metodikasi yordamida binolarni sinovdan o‘tkazish. | 2025-yil mart | ||||
2-ILOVA
|
1. |
A.N. Aripov |
— |
Bosh vazir, Respublika kengashi raisi |
|
2. |
A.X. Kuldashev |
— |
favqulodda vaziyatlar vaziri, Respublika kengashi raisi o‘rinbosari |
|
3. |
B.I. Zokirov |
— |
qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri, Respublika kengashi raisi o‘rinbosari |
|
4. |
E.T. Aripov |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining birinchi o‘rinbosari |
|
5. |
Sh.R. Xamrayev |
— |
suv xo‘jaligi vaziri |
|
6. |
I.R. Maxkamov |
— |
transport vaziri |
|
7. |
B.F. Islamov |
— |
tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri |
|
8. |
I.Yu. Abdurahmonov |
— |
oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri |
|
9. |
K.N. Tulyaganov |
— |
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig‘i |
|
10. |
S.Z. Mirzayev |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti |
|
11. |
D.N. Sattarov |
— |
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori |
|
12. |
F.J. Pulatov |
— |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktori |
|
13. |
Sh.M. Kadirov |
— |
Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi direktori |
|
14. |
Q.I. Qo‘chqorov |
— |
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazi boshlig‘i |
|
15. |
V.A. Rafikov |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Seysmologiya instituti direktori |
|
16. |
A.A. Sanginov |
— |
“O‘zbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi |
|
17. |
Y.D. Magrupov |
— |
Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot, shaharsozlik kadastri loyiha ilmiy-tekshirish instituti bosh direktori (kelishuv asosida) |
|
18. |
T.X. Abbosxonov |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi |
|
19. |
Lavozimi bo‘yicha |
— |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari |
|
20. |
Lavozimi bo‘yicha |
— |
Vazirlar Mahkamasi Seysmik xavfsizlikni ta’minlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i, Respublika kengashi kotibi |