03.05.2023 yildagi 183-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 03.05.2023 yildagi 183-son
Date of entry into force
04.05.2023
Hujjat 04.05.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini jamoatchilik fikri asosida tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari orqali amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son Farmoni hamda “Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan loyihalarni moliyalashtirish koʻlamini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 25-oktabrdagi PQ-409-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari (keyingi oʻrinlarda — dasturlar) doirasida moliyalashtiriladigan tadbirlar 2023-yildan boshlab jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” axborot portali orqali ovoz berish yoʻli bilan aniqlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dasturlar doirasida jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” axborot portali orqali keyingi yil uchun tadbirlarni shakllantirish va ularga ovoz berish jarayoni — har yili noyabr-dekabr oylarida oʻtkazilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yilga moʻljallangan dasturlarni tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari orqali shakllantirish, loyihalar toʻplami uchun ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdori 8 mlrd soʻm etib belgilanganligi, dasturlarni moliyalashtirish uchun har yili Davlat budjetidan kamida 4 trln soʻm mablagʻ yoʻnaltirilishi nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini jamoatchilik fikri asosida tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari orqali amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi kelgusi yillar uchun har yili 1-noyabrga qadar Davlat budjetining tasdiqlangan koʻrsatkichlaridan kelib chiqib, hududlar boʻyicha yoʻnaltiriladigan kapital qoʻyilmalarning eng yuqori chegaralarini belgilagan holda ularni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududlar boʻyicha yoʻnaltiriladigan kapital qoʻyilmalar hududlar boʻyicha har bir tuman va shahardagi mavjud aholi hamda mahallalar soniga nisbatan teng ulushlarda, lekin 8 mlrd soʻmdan kam boʻlmagan miqdorlarda taqsimlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili 1-yanvar holatiga koʻra tumanlar (shaharlar) boʻyicha mavjud aholi va mahallalar soni, ularning nomlanishi va tarkibidagi mavjud mahallalar (qishloqlar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilab qoʻyilsinki, tanlab olingan tadbirlarni amalga oshirish uchun talab etiladigan mablagʻlar miqdori loyiha-smeta hujjatlari boʻyicha aniqlashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda loyiha-smeta hujjatlari boʻyicha aniqlashtirilgan mablagʻlar miqdori tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida loyihalar toʻplamini shakllantirish, baholash hamda ularning mezonlarga mosligini muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus komissiya (keyingi oʻrinlarda — Maxsus komissiya) tomonidan aniqlangan dastlabki miqdordan oshib ketgan taqdirda, talab etiladigan qoʻshimcha mablagʻlar tegishli loyihalar toʻplami tarkibidagi boshqa tadbirlardan iqtisod qilingan mablagʻlar yoki “Gʻolib mahalla” jamgʻarmasidagi (keyingi oʻrinlarda — jamgʻarma) mavjud mablagʻlar hisobidan, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar kengashlari qaroriga asosan tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gʻolib mahallalar (qishloqlar) aniqlangandan soʻng bir hafta muddatda mazkur mahallalar (qishloqlar) hududida xoʻjalik birlashmalari, aholi va tashabbuskor tadbirkorlar mablagʻlari, homiylik xayriyalari, tijorat banklari kreditlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladigan qurilish-taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarining manzilli roʻyxatini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda gʻolib mahalla (qishloq)ning bosh reja sxemalari, batafsil rejalashtirish loyihalari hamda mahalla va qishloqlar markazining zamonaviy qiyofasi loyihalarining loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilishini va ular bilan bogʻliq tadbirlar tegishli mahalliy budjetlar mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 25-sanasiga qadar jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan dasturlar tadbirlarini moliyalashtirish boʻyicha maʼlumotlarni oʻz rasmiy veb-saytlari va “Ochiq budjet” axborot portaliga joylashtirib borsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har oy yakuni boʻyicha dasturlar doirasida bajarilgan ishlar va moliyalashtirilgan mablagʻlar yuzasidan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga hisobot berib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Raqamli texnologiyalar vazirligi, Energetika vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ va tegishli tarmoq korxonalari gʻolib mahalla (qishloq) hududida elektr energiyasi, tabiiy gaz, telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish-taʼmirlash ishlarini tegishlicha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, “Oʻzbektelekom” AKning oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda elektr va gaz tarmoqlarini loyihalashtirish, soha ekspertizasidan oʻtkazish va qurilish-taʼmirlash ishlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgaztaʼminot” AJning hududiy tashkilotlari tomonidan xoʻjalik usulida (tashkilotlarning oʻzlari tomonidan loyihalashtirish, soha ekspertizasidan oʻtkazish, qurilish-montaj ishlarini bajarish) amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Iqtisodiyot va moliya vazirligi dasturlar ijrosini tahlil qilsin va har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Belgilansinki, dasturlar doirasida amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha quyidagi nazorat tizimi yoʻlga qoʻyiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat inspeksiyasi, Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi — qurilish-taʼmirlash ishlarining sifati, shaharsozlik faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi — dasturlar doirasida ajratilayotgan mablagʻlarning maqsadli va samarali ishlatilishi yuzasidan tizimli davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda dasturlardagi tadbirlar orqali aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borilishini taʼminlash tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.J. Ramatov va J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 3-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
183-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-maydagi 183-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini jamoatchilik fikri asosida tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari orqali amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari (keyingi oʻrinlarda — dasturlar) doirasida jamoatchilik fikri asosida qurilish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladigan mahallalarni (qishloqlarni) tanlash hamda loyihalar toʻplamini shakllantirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalar toʻplami — har bir mahalla (qishloq) boʻyicha amalga oshiriladigan qurilish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari), tuman (shahar) sektor rahbarlari, hokim yordamchilari bilan birgalikda tegishli mahalla (qishloq) aholisi hamda hududdan saylangan deputatlar oldida himoya qilgan holda shakllantirilgan, tarkibi bir nechta tadbirlardan iborat boʻlgan toʻplam;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbir — loyihalar toʻplami tarkibida belgilangan mezonlarga muvofiq shakllantiriladigan hamda mazmunan yagona (bir yoʻnalishdagi) ijtimoiy muammoni hal etishga qaratilgan taklif;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Gʻolib mahalla” jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — jamgʻarma) — dasturlar doirasida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar tumanlar (shaharlar) hokimliklarida budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari shaklida ochiladigan hamda shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida jamlanadigan jamgʻarma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gʻolib mahalla (qishloq) — “Ochiq budjet” axborot portali (keyingi oʻrinlarda — portal)da ovoz berish jarayoni yakunlariga koʻra avtomatik tarzda eng yuqori koʻrsatkichni qayd etgan deb topilgan va loyihalar toʻplami kiritilgan mahalla (qishloq).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Jamoatchilik fikri asosida loyihalar toʻplami mahallalar (qishloqlar) boʻyicha shakllantiriladi va gʻolib sifatida mahallalar (qishloqlar) aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Dasturlar uchun ajratilgan mablagʻlar faqat gʻolib mahallalar (qishloqlar)dagi tadbirlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tuman (shahar) aholisi va mahalla sonidan kelib chiqqan holda taqsimlangan mablagʻlar tuman va shahar hokimligi huzurida budjetdan tashqari jamgʻarma shaklida ochiladigan jamgʻarmaga yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ovoz berish jarayoni yakunlariga koʻra har bir gʻolib mahalla (qishloq) uchun alohida hisobvaragʻi ochilib, tadbirlar jamgʻarma hisobidan tegishli mablagʻlar ajratilgan holda moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Dasturlar doirasida xalqaro moliya institutlari ishtirokida mamlakatimizda mahallalar (qishloqlar) infratuzilmasini yaxshilashga doir amalga oshirilayotgan va kelgusida rejalashtirilgan loyihalar hamda oʻtgan davr mobaynida dasturlarga kiritilgan mahallalar (qishloqlar) kelgusi yillar uchun ovoz berish jarayonida ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq tashkil etiladigan tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida loyihalar toʻplamini shakllantirish, baholash hamda ularning mezonlarga mosligini muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus komissiya (keyingi oʻrinlarda — Maxsus komissiya) tomonidan ovoz berish jarayonida ishtirok etadigan mahallalar (qishloqlar) roʻyxati tasdiqlanadi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibida bir nechta qishloq va ovullar boʻlgan mahallalar faqat Maxsus komissiya xulosasiga asosan ovoz berish jarayonida ishtirok etishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mahalla (qishloq) hududi ikkiga ajralib ketishi yoki aksincha, mahallalar (qishloqlar) birlashtirilishi hisobiga yangi mahalla (qishloq) tashkil etilgan taqdirda, ushbu mahalla (qishloq) avvalgi jarayonlarda gʻolib deb topilgan boʻlsa, ovoz berish jarayonlarida ishtirok etish masalasi Maxsus komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Dasturlar doirasida jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish va ular uchun ovoz berish jarayoni — har yili noyabr-dekabr oylarida, 2023-yil uchun, istisno tariqasida, 2023-yil may oyida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda har yili loyihalar toʻplamini shakllantirish jarayoni boshlanishidan oʻn kun oldin Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari loyihalar toʻplamiga kiritilishi mumkin boʻlgan mahallalar (qishloqlar) roʻyxatini Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish va ular uchun ovoz berish jarayonlari uchta bosqichda tashkil etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bosqichda — portalda loyihalar toʻplami shakllantiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bosqichda — shakllantirilgan loyihalar toʻplami saralab olinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bosqichda — saralash bosqichidan oʻtgan loyihalar toʻplamlariga ovoz beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Dasturlar doirasida har bir mahalla fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) nomiga portalda elektron raqamli imzo (keyingi oʻrinlarda — ERI) orqali roʻyxatdan oʻtuvchi alohida xususiyatli foydalanuvchi uchun login va parollar rasmiylashtiriladi. Mahalla fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) oʻzgargan taqdirda, ularga taqdim etilgan foydalanuvchi akkauntlari toʻxtatiladi hamda ushbu lavozimga yangi saylangan mahalla fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) nomiga boshqa foydalanuvchi akkaunti ochiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) tuman (shahar) sektor rahbarlari, hokim yordamchilari bilan birgalikda tegishli mahalla (qishloq) fuqarolari bilan bamaslahat hamda hududdan saylangan deputatlar oldida himoya qilingan loyihalar toʻplamini oʻzlariga taqdim etilgan login va paroldan foydalangan holda oʻn kun muddat ichida portalga kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda tadbirlarni shakllantirishda har bir mahallani (qishloqni) rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari tegishli mahalladagi (qishloqdagi) mavjud imkoniyatlar, aholining uzoq yillar davomida shakllangan salohiyati, tadbirkorlik muhiti va “oʻsish nuqtalari” hamda resurs va texnik imkoniyatlari inobatga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Har bir mahalla fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) bir yilda faqat bir marotaba bitta loyiha toʻplamini kiritish huquqiga ega. Bunda fuqarolar tomonidan loyihalar toʻplami shakllantirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Loyihalar toʻplami tarkibidagi tadbirlar Maxsus komissiya tomonidan quyidagi mezonlarga muvofiq tanlab olinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalla (qishloq) hududidagi muammolar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoaviy muammolarni hal etishga qaratilganligi (xiyobonlar, bolalar maydonchasi barpo etish, avtomobil yoʻllarini va ijtimoiy soha obyektlarini taʼmirlash, mahalla fuqarolar yigʻini binolari, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish tadbirlari, ichimlik va oqava suv tizimini yaxshilash, sugʻorish (kanal, ariq) va drenaj (ochiq, yopiq va tik drenaj) tarmoqlarini qurish, taʼmirlash, koʻcha chiroqlarini oʻrnatish (taʼmirlash) va shu kabilar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahallalar (qishloqlar) aholisi tomonidan bildirilgan takliflar idoraviy yoki shaxsiy xususiyatga ega boʻlmasligi (shaxsiy avtomashina yoki turar joy xarid qilish, tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, maʼmuriy binolarni (mahalla fuqarolar yigʻini binosi bundan mustasno) taʼmirlash);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet tashkilotini saqlab turish bilan bogʻliq xarajatlarni oʻzida aks ettirmasligi (oylik ish haqi toʻlovlari, kommunal, aloqa va internet tizimi uchun toʻlovlar, shuningdek, idora ashyolari va boshqa tez eskiruvchi moddiy qiymatliklar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlarining bino va inshootlarini qurish, taʼmirlash hamda jihozlash ishlariga, shu jumladan, ularning boshqa ehtiyojlarini qoplashga qaratilgan boʻlmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrsatilgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan joriy yilda boshqa dasturlarga (ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha dasturlar va boshqalar) asosan mablagʻ ajratish koʻzda tutilgan boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Har bir loyihalar toʻplami tarkibi kamida uchta tadbirlardan tashkil topgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyihalar toʻplami tarkibidagi tadbirlar soni uchtadan kam boʻlgan taqdirda, mazkur loyihalar toʻplami avtomatik ravishda ovoz berish jarayoniga oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Tadbirlar loyihalar toʻplami tarkibida alohida tarzda shakllantiriladi va bunda quyidagi maʼlumotlar aks ettiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbir yoʻnalishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbir haqida qisqacha matn;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbir qiymati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fotosuratlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirni amalga oshirish joyi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) tomonidan shakllantirilgan va portalga kiritilgan loyihalar toʻplami Maxsus komissiya tomonidan uch kun ichida koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus komissiya barcha loyihalar toʻplamini oʻrganib chiqadi va loyiha toʻplami tarkibidagi tadbirlarning barchasini belgilangan mezonlarga muvofiqligi boʻyicha saralaydi. Bunda loyihalar toʻplami tarkibidagi ayrim tadbirlar qabul qilinishi yoki aksincha rad etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Loyihalar toʻplami portalga kelib tushgan kundan boshlab uch kun muddat ichida Maxsus komissiya tomonidan tadbirlarning mazmunan tegishliligi boʻyicha mazkur Nizomga 2-ilovasida koʻrsatilgan buyurtmachi korxonalarga (keyingi oʻrinlarda — buyurtmachilar) yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Tadbirlar qabul qilingan kundan boshlab buyurtmachilar tomonidan yetti kun muddat ichida qonunchilik hujjatlarida belgilangan mezonlarga muvofiqligi yuzasidan koʻrib chiqiladi hamda Maxsus komissiyaga tadbirlarni qabul qilish (tadbirning qiymati va amalga oshirish uchun talab etiladigan qoʻshimcha hujjatlar roʻyxatini ilova qilgan holda) yoki asoslangan holda rad etish yuzasidan xulosa taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Maxsus komissiya loyihalar toʻplamini buyurtmachilar tomonidan taqdim etilgan xulosalar asosida ikki kun muddat ichida koʻrib chiqib qabul qiladi yoki rad etadi, qabul qilingan loyihalar toʻplamini ovoz berish bosqichiga oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, “Ochiq budjet” axborot portalida saralash bosqichi doirasida loyihalarni qabul qilish yoki rad etish maxsus komissiyaning ishchi organi tomonidan ERI kaliti orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovoz berish jarayoni boshlanishi yuzasidan barcha fuqarolarni xabardor qilish maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan ovoz berish jarayoni boshlanishidan uch kun avval SMS xabarnomalar yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Loyihalar toʻplamini shakllantirishda belgilangan chegaralar doirasida mahallalar (qishloqlar) hududidagi umumtaʼlim maktablari, maktabgacha taʼlim va tibbiyot muassasalarini taʼmirlash hamda jihozlash yoʻnalishlarida tadbirlar shakllantirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Loyihalar toʻplami tarkibiga tarmoq korxonalari hisobidan amalga oshiriladigan (elektr energiyasi, tabiiy gaz taʼminoti, aloqa va axborotlashtirish kabi) tadbirlar kiritilmaydi va ular tarmoq korxonalarining oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi hamda loyihalar toʻplami uchun ajratilgan mablagʻlarning cheklangan miqdori tarkibida inobatga olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Saralash bosqichidan oʻtgan loyihalar toʻplami ovoz berish jarayoniga oʻtkaziladi. Bunda mahalla (qishloq) fuqarolari tegishli mahalla (qishloq) boʻyicha ilgari surilgan loyihalar toʻplami ichidan oʻzlarini qiziqtirgan tadbirlarga ovoz beradilar. Bir fuqaro faqat bitta loyihalar toʻplamiga, biroq ushbu loyihalar toʻplami tarkibidagi bir nechta tadbirlarga ovoz berishi huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Ovoz berish jarayoni “Ochiq budjet” axborot portali orqali SMS xizmati, “Telegram” ijtimoiy tarmogʻidagi “maxsus bot”, shuningdek portalning mobil ilovalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Gʻolib mahalla (qishloq)larni aniqlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Gʻolib mahallalarni (qishloqlarni) aniqlash ovoz berish jarayoni boshlanishidan avval keng jamoatchilikka eʼlon qilingan holda quyidagi usullardan biri orqali:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalar toʻplamiga berilgan ovozlar sonidan kelib chiqib;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholisi soni kam boʻlgan mahallalarga (qishloqlarga) tuzatish koeffitsiyentini qoʻllagan holda loyihalar toʻplamiga berilgan ovozlar sonidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Ovoz berish jarayoni yakunlariga koʻra har bir tuman (shahar) uchun jamgʻarmada shakllantirilgan mablagʻlar doirasida eng yuqori koʻrsatkichni egallagan loyihalar toʻplami gʻolib deb topiladi. Bunda loyihalar toʻplami gʻolib deb topilishi uchun kamida 100 ta ovoz toʻplashi lozim boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovozlar soni teng boʻlgan taqdirda, teng ovoz toʻplagan mahallalardan (qishloqlardan) eng yuqori koʻrsatkichni birinchi boʻlib qayd etgan loyihalar toʻplami gʻolib deb topiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Gʻolib mahallalar (qishloqlar) boʻyicha kiritilgan loyihalar toʻplami tarkibidagi tadbirlardan tegishli loyihalar toʻplamiga berilgan ovozlar sonining 50 foizidan yuqori ovoz toʻplaganlari amalga oshiriladi. Bunda fuqarolar ovoz berish jarayonida loyihalar toʻplami tarkibidagi haqiqatda mahalla (qishloq) uchun real muammo boʻlgan tadbirlarni tanlashi lozim boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Etarlicha ovoz toʻplay olmagan va gʻolib deb topilmagan mahallalar (qishloqlar) boʻyicha shakllantirilgan loyihalar toʻplami “arxiv” maqomiga oʻtkaziladi. Ushbu loyihalar toʻplami mahalla raislari tomonidan kelgusi jarayonlarda qaytadan ovoz berish jarayoniga tiklanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Gʻolib deb topilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun talab etiladigan mablagʻning dastlabki miqdori tegishliligiga koʻra tarmoq korxonalari xulosasi asosida loyiha-smeta hujjatlari boʻyicha aniqlashtiriladi. Tadbir gʻolib deb topilgandan soʻng uni amalga oshirish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqiladi hamda tadbirning yakuniy qiymatiga aniqlik kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gʻolib deb topilgan loyihalar toʻplamining dastlabki qiymatidan kelib chiqib, tadbirlar doirasida amalga oshiriladigan ishlar (tovar, xizmatlar) hajmini kamaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar tadbirlarning dastlabki qiymatiga nisbatan loyiha-smeta hujjatlariga koʻra yakuniy qiymati koʻproqni tashkil etsa, mazkur holatlarda tadbirlarni amalga oshirish uchun talab etiladigan qoʻshimcha mablagʻ tegishli loyihalar toʻplami tarkibidagi boshqa tadbirlardan iqtisod qilingan mablagʻlar yoki jamgʻarmadagi mavjud mablagʻlar hisobidan, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar kengashlari qaroriga asosan tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Gʻoliblar aniqlangandan soʻng jamgʻarmada shakllangan qoldiq mablagʻlar yoki ishlar amalga oshirilgandan soʻng iqtisod qilingan mablagʻlar kelgusida oʻtkaziladigan ovoz berish jarayonlariga yoʻnaltirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Gʻolib deb topilgan tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha tuzilgan shartnomaga ishlar hajmining koʻpayishi yoki uning oʻzgartirilishi bilan bogʻliq qoʻshimchalar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Mahallalarda (qishloqlarda) loyihalar toʻplamini shakllantirish jarayoni yuzasidan yoki tadbirlarni moliyalashtirish bilan bogʻliq nizolar Maxsus komissiya tomonidan amaldagi qonunchilikka muvofiq hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Gʻolib deb topilgan tadbirlarni moliyalashtirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Jamgʻarma mablagʻlari faqat portal orqali gʻolib deb topilgan loyihalar toʻplamini moliyalashtirish uchun sarflanadi. Bunda loyihalar toʻplamida nazarda tutilgan tadbirlar bilan bir qatorda ushbu tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha rasmiylashtirilishi lozim boʻlgan hujjatlar (tegishli tashkilotlarning xulosalari, yakuniy koʻrikdan oʻtkazish xarajatlari va boshqalar) uchun ham toʻlovlar moliyalashtirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Ovoz berish bosqichi yakunlangandan soʻng uch kun ichida gʻolib deb topilgan loyihalar toʻplamini amalga oshirish boʻyicha manzilli roʻyxat (keyingi oʻrinlarda — manzilli roʻyxat) shakllantiriladi hamda jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha tuman (shahar) Maxsus komissiyasining tegishli qarori qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Maxsus komissiyaning qaroriga gʻolib deb topilgan loyihalar toʻplamini moliyalashtirish yuzasidan manzilli roʻyxat ilova qilinadi. Manzilli roʻyxat quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gʻolib deb topilgan loyihalar toʻplamining portaldagi xos “ID” raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalga oshiriladigan tadbirlarning aniq manzili yoki balansda saqlovchi korxonaning manzili va nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalar toʻplamida nazarda tutilgan amalga oshirilishi lozim boʻlgan tadbirlarning qisqacha mazmuni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirni amalga oshirish uchun talab etiladigan dastlabki mablagʻ qiymati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirni amalga oshirish uchun buyurtmachi etib belgilangan korxona;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar tadbir bevosita tovar va moddiy qiymatliklar (xizmatlar)ni xarid qilish bilan bogʻliq boʻlsa, ushbu loyihalar toʻplami boʻyicha mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda xarid qilinadigan tovar (xizmat)lar reyestri (keyingi oʻrinlarda — reyestr) ilova qilinadi. Bunda Reyestrda koʻzda tutilgan xaridlarning jami summasi manzilli roʻyxatda tegishli loyihani moliyalashtirish uchun koʻzda tutilgan mablagʻdan ortib ketishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xarid qilish tartib-taomili turi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Dasturlarni amalga oshirish doirasida bosh loyihachi va bosh pudrat tashkilotlar belgilangan tartibda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali hamda obyektlarni saqlash bilan bogʻliq taʼmirlash ishlari uchun jalb etiladigan tashkilotlar belgilangan tartibda tender orqali aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Loyihalarni koʻrib chiqish va amalga oshirish boʻyicha buyurtmachi tashkilotlar mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Manzilli roʻyxat belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi, jumladan, buyurtmachi tashkilotlar toʻgʻri tanlanishi, reyestr toʻgʻri shakllantirilishi, xarid qilish tartib-taomili turi va loyihani amalga oshirishning aniq manzili kabi maʼlumotlar toʻgʻri koʻrsatilishiga Maxsus komissiya masʼul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Manzilli roʻyxat tasdiqlangandan soʻng bir ish kunida gʻolib deb topilgan loyihalar toʻplamini amalga oshirish uchun yer va boshqa resurslar ajratilishi, shuningdek, tegishli soha inspeksiyalarining ekspertiza xulosalari talab etilgan hollarda tuman (shahar) hokimligi tomonidan ushbu resurslarni ajratish boʻyicha qaror qabul qilish vakolatiga ega tashkilotlarga soʻrovlar yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Manzilli roʻyxat tasdiqlanganidan soʻng tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimi tomonidan gʻolib deb topilgan loyihalar toʻplamini moliyalashtirish uchun buyurtmachi tashkilotlarga har bir loyiha toʻplami va tadbirlar uchun alohida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari ochiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Tuman (shahar) hokimligi tomonidan uch kun ichida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga jamgʻarma hisobidan loyihalar uchun manzilli roʻyxatda nazarda tutilgan mablagʻlar oʻtkazib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Manzilli roʻyxatda nazarda tutilgan mablagʻlar tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkazib berilgandan soʻng buyurtmachi tashkilotlar uch kun ichida tovar-moddiy boyliklar (ishlar va xizmatlar)ni xarid qilish uchun taʼminotchi korxonalarni aniqlash, qurilish-taʼmirlash bilan bogʻliq tadbirlar boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini shakllantirish va loyihachi korxonalarni aniqlash boʻyicha davlat xaridlari elektron tizimiga eʼlon joylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Qurilish va taʼmirlash bilan bogʻliq tadbirlar yuzasidan loyiha-smeta hujjatlariga ekspertiza xulosasi olingan kundan boshlab bir ish kuni ichida buyurtmachi tashkilotlar manzilli roʻyxatda koʻrsatilgan xarid qilish tartib-taomili turi boʻyicha pudrat korxonalarni aniqlash ishlarini boshlash choralarini koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda elektr va gaz tarmoqlarini loyihalash, soha ekspertizasidan oʻtkazish va qurilish-taʼmirlash ishlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgaztaʼminot” AJning hududiy tashkilotlari tomonidan xoʻjalik usulida (tashkilotlarning oʻzlari tomonidan loyihalash, soha ekspertizasidan oʻtkazish, qurilish-montaj ishlarini bajarish) amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Loyihalarni amalga oshirishda jamoatchilik nazoratini yuritish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Gʻolib deb topilgan loyihalar toʻplamini amalga oshirishning barcha bosqichlari fuqarolar uchun ochiqligini va ular tomonidan jamoatchilik nazorati oʻrnatilishini taʼminlash maqsadida portalda har bir tadbir boʻyicha “loyihalar toʻplamini amalga oshirish xronologiyasi” yuritib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Maxsus komissiya loyihalar toʻplamini amalga oshirish xronologiyasida tegishli maʼlumotlar belgilangan muddatlarda kiritilishiga va yangilab borilishiga masʼul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Loyihalar toʻplamini amalga oshirish xronologiyasi quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachi tashkilot nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha toʻplami uchun ochilgan hisobvaraq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha toʻplami uchun ajratilgan mablagʻ miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha-smeta va ekspertiza hujjatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq oʻtkazilgan tanlovlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudrat tashkiloti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalga oshirilgan xarajatlar va rasmiylashtirilgan shartnomalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Gʻolib deb topilgan loyihalar toʻplami fuqarolar tomonidan tadbirlarni amalga oshirishning barcha bosqichlarini kuzatish hamda bajarilgan ishlarni real vaqt koʻrinishida baholab borish imkoniyatiga ega boʻladi. Bunda jamoatchilik nazorati doirasida fuqarolar tadbirlarni kuzatib borish orqali qonun buzilishi holatlari yoki kamchiliklar aniqlaganda shikoyat tarzida vakolatli organlarga yoki portal orqali “onlayn murojaat” sahifasiga murojaat qilishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Fuqarolar tomonidan loyihalar toʻplamini amalga oshirishda boshqa koʻrinishdagi aralashuvlarga (pudrat tashkilotini aniqlash yoki ishlarni ularning oʻzlari tomonidan amalga oshirish, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va shu kabilarga) yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Gʻolib deb topilgan loyihalar toʻplamini amalga oshirish yakunlangandan soʻng mahalla fuqarolar yigʻini raislari va mahalla faollari tomonidan amalga oshirilgan ishlar portalda “Jamoatchilik nazorati” boʻlimi orqali baholanadi va bajarilgan ishlar yuzasidan kamchiliklar kuzatilganda izohlar bildirish hamda foto yoki video materiallar ilova qilish imkoniyati yaratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Loyihalar toʻplamini amalga oshirish davomida yoki ishlar yakunlangandan soʻng bajarilgan ishlar natijalariga koʻra ortiqcha toʻlovlar yoki kamomad aniqlangan hollarda aniqlangan kamomad mablagʻlari tegishliligi boʻyicha jamgʻarmaga toʻliq qayta tiklanishi taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Yil yakunlariga koʻra rasmiylashtirilgan shartnomaga muvofiq tadbirlar amalga oshirilmagan yoki qisman bajarilgan boʻlsa, shartnomada belgilangan tadbirlarni hamda toʻlovlarni kelgusi yilda amalga oshirishni nazarda tutuvchi qoʻshimcha kelishuv rasmiylashtirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Fuqarolarni ragʻbatlantirish maqsadida har yil yakunlari boʻyicha jamoatchilik fikri asosida loyihalarni shakllantirish bilan bogʻliq jarayonlarda faol ishtirok etgan fuqarolar ragʻbatlantirib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunga koʻra har yili oktyabr oyida har bir tuman va shahar hokimliklari tomonidan tashabbusli budjetlashtirish jarayonlarida eng faol ishtirok etgan (targʻibot ishlarida faollik koʻrsatgan hamda loyihalarni sifatli amalga oshirilishida jamoatchilik nazoratini oʻrnatgan) bir nafar fuqaro nomzodi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga belgilangan tartibda taqdirlash uchun taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot va moliya vazirligi taqdim etilgan nomzodlarni taqdirlash maqsadida har yili dekabr oyida tadbir tashkil etadi hamda ommaviy axborot vositalari ishtirokida tantanali ravishda “Faol fuqaro” sertifikati (ramziy belgisi) bilan taqdirlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taqdirlangan fuqarolarga Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan umumiy qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan oshmagan qiymatdagi esdalik sovgʻasi taqdim etiladi. Ushbu xarajatlarni qoplash uchun har yili Davlat budjetida tegishli mablagʻlar rejalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Dasturlar uchun ajratilgan mablagʻlardan belgilangan maqsadlarda va samarali foydalanish hamda mablagʻlarning ajratilishi uchun taqdim etiladigan barcha hujjatlarning haqqoniyligiga Maxsus komissiya javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini jamoatchilik fikri asosida tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari orqali amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida loyihalar toʻplamini shakllantirish, baholash hamda ularning mezonlarga mosligini muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus komissiyaning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

F.I.O.

Ish joyi va lavozimi *

1.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, maxsus komissiya rahbari

2.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjali�, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari

3.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari

4.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi

5.

Lavozimiga koʻra

(kelishuv asosida)

tuman (shahar) hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi vakili

6.

Lavozimiga koʻra

(kelishuv asosida)

nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman (shahar) Iqtisodiyot va moliya boʻlimi Maxsus komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zaruratga koʻra, tuman (shahar) hokimliklari tomonidan Maxsus komissiya tarkibiga boshqa mutaxassislar ham jalb etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini jamoatchilik fikri asosida tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari orqali amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashabbusli budjet jarayoni yakunlariga koʻra gʻolib boʻlgan loyihalar toʻplamini amalga oshirish boʻyicha buyurtmachi tashkilotlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Loyihaning qisqacha nomi

Balansda saqlovchi

Buyurtmachi korxona

xarid tadbirlari

taʼmirlash tadbirlari*

qurish tadbirlari*

1.

Avtomobil yoʻllarini (piyodalar yoʻlakchasi, yoʻl oʻtkazgichlar) taʼmirlash bilan bogʻliq tadbirlar

Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmasi

-

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tizimidagi buyurtmachi tashkilotlar

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tizimidagi buyurtmachi tashkilotlar

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi hududiy bosh boshqarmalari

-

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tizimidagi buyurtmachi tashkilotlar

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tizimidagi buyurtmachi tashkilotlar

2.

Ichimlik suv va oqova suv tizimini yaxshilash bilan bogʻliq tadbirlar

Suv taʼminoti korxonasi

-

“Suv taʼminoti va oqova suv obyektlari qurilishi boʻyicha injiniring kompaniyasi” unitar korxonasi

“Suv taʼminoti va oqova suv obyektlari qurilishi boʻyicha injiniring kompaniyasi” unitar korxonasi

3.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini taʼmirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish

Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi

Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK

4.

Umumtaʼlim maktablarini taʼmirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish

Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi

Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK

5.

Sogʻliqni saqlash muassasalarini taʼmirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish

Tibbiyot birlashmasi

Tibbiyot birlashmasi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK

6.

Sport muassasalari yoki sogʻlomlashtirish markazlarini taʼmirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish

Barcha hollarda

Sportni rivojlantirish boʻlimi/buyurtmachi korxona

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK

7.

Oliy taʼlim muassasalari binolarini taʼmirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish

Oliy taʼlim muassasasi

Oliy taʼlim muassasasi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK

8.

Musiqa maktablari binolarini taʼmirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish

Musiqa maktablari

Musiqa ma�tablari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK

9.

Boshqa taʼlim muassasalari binolarini taʼmirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish

Budjet mablagʻlarini taqsimlovchi

Budjet mablagʻlarini taqsimlovchi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK

10.

Mahalla guzari (mahallada umumfoydalanishda boʻlgan boshqa obyektlar)ni taʼmirlash-tiklash bilan bogʻliq xarajatlar

Mahalla fuqarolar yigʻini

Shahar va tumanlar hokimliklari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK

11.

Bolalar maydonchalarini (oʻyingohlarni) barpo etish yoki taʼmirlash bilan bogʻliq tadbirlar

Mahalla fuqarolar yigʻini

Shahar va tumanlar hokimliklari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK

Koʻp qavatli uylarni boshqaruvchi tashkilotlar

Shahar va tumanlar hokimliklari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK

12.

Aholi dam olish maskanlarini taʼmirlash yoki moddiy-texnika bazasini rivojlantirish bilan bogʻliq tadbirlar

Barcha hollarda

Shahar va tumanlar hokimliklari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati� IK

13.

Koʻp qavatli uylarni taʼmirlash tadbirlari

Boshqaruv servis kompaniyalari

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK

14.

Koʻcha chiroqlarini oʻrnatish yoki taʼmirlash (simyogʻoch oʻrnatish) tadbirlari

Obodonlashtirish boshqarmasi

Obodonlashtirish boshqarmasi

Obodonlashtirish boshqarmasi

Obodonlashtirish boshqarmasi

15.

Drenaj va ariq (zovur)larni tartibga keltirish bilan bogʻliq tadbirlar

Irrigatsiya boʻlimi

-

Obodonlashtirish boshqarmasi

“Suvqurilish invest” davlat muassasasi

16.

Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish (tuman yoki shahar qiyofasini oʻzgartirish) bilan bogʻliq tadbirlar

Obodonlashtirish boshqarmasi

Obodonlashtirish boshqarmasi

Obodonlashtirish boshqarmasi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK

17.

Qabristonlarni tartibga keltirish tadbirlari

Obodonlashtirish boshqarmasi

Obodonlashtirish boshqarmasi

Obodonlashtirish boshqarmasi

Obodonlashtirish boshqarmasi

18.

Boshqalar

-

Tegishli tarmoq korxonalari

Tegishli tarmoq korxonalari

Tegishli tarmoq korxonalari

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Ushbu roʻyxatda koʻrsatilmagan loyihalarni amalga oshirish boʻyicha buyurtmachilarni belgilash Tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida loyihalar toʻplamini shakllantirish, baholash hamda ularning mezonlarga mosligini muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini jamoatchilik fikri asosida tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari orqali amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
____________ tumani (shahri) boʻyicha oʻtkazilgan tashabbusli budjet jarayoni yakunlariga koʻra gʻolib boʻlgan ID ____________ loyihalar toʻplamini amalga oshirish boʻyicha xarid qilinadigan tovar (xizmat)lar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
REESTRI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

(ming soʻm)

T/r

Tovarlar (xizmatlar) nomi

Soni

Narxi

(bozor qiymatida)

Summasi

1.

2.

3.

4.

5.

...

JAMI

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini jamoatchilik fikri asosida tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari orqali amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini jamoatchilik fikri asosida shakllantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari)

Tegishli mahalla hududidagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mahalla (qishloq) fuqarolari bilan bamaslahat hamda ularning fikridan kelib chiqqan holda tadbirlar roʻyxatini shakllantiradi.

Jarayon boshlanishidan kamida uch kun oldin

2-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Har bir mahalla fuqarolar yigʻinlari (MFY) raislari nomiga elektron raqamli imzo (ERI) orqali roʻyxatdan oʻtuvchi alohida xususiyatli foydalanuvchi uchun login va parollar rasmiylashtiriladi.

Jarayon boshlanishidan kamida uch kun oldin

3-bosqich

Mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari)

Mahalla va qishloqlarda har bir MFY raislari tomonidan mahalla fuqarolari bilan bamaslahat tarzda Portalga loyihalar kiritiladi

10 kun muddat ichida

4-bosqich

Maxsus komissiya

Loyihalar toʻplamini portalga kelib tushgan kundan boshlab oʻrganib chiqadi va tadbirlarning barchasi belgilangan mezonlarga muvofiqligi boʻyicha saralaydi hamda tadbirlarni amalga oshirish imkoniyati va qiymatiga aniqlik kiritish maqsadida tegishliligi boʻyicha buyurtmachilarga yuboradi.

3 kun ichida

5-bosqich

Buyurtmachilar

Loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlariga va qiymatiga aniqlik kiritadi hamda loyihani qabul qilish yoki rad etish yuzasidan Maxsus komissiyaga xulosa taqdim etadi.

7 kun ichida

6-bosqich

Maxsus komissiya

Buyurtmachilardan olingan xulosalar asosida loyihalar toʻplami va loyihalar toʻplami tarkibidagi tadbirlarni koʻrib chiqib, qabul qiladi yoki rad etadi, qabul qilingan loyihalar toʻplamini ovoz berish bosqichiga oʻtkazadi.

2 kun ichida

7-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Ovoz berish jarayoni boshlanishi yuzasidan barcha fuqarolarni xabardor qilish maqsadida SMS xabarnomalar yuboradi

Ovoz berish jarayoni boshlanishidan uch kun avval

8-bosqich

“Ochiq budjet” axborot portali

Maxsus komissiya tomonidan qabul qilingan loyihalar toʻplamiga ovoz berish imkoniyati beriladi va ommaviy ovoz berish jarayonlari boshlanadi.

Saralash (moderatsiya) bosqichi yakunlangandan soʻng

9-bosqich

Fuqarolar

Mahallalardagi (qishloqlardagi) muammolarni hal etish boʻyicha loyihalar toʻplami va uning tarkibidagi tadbirlarga SMS xizmati, “Telegram” ijtimoiy tarmogʻidagi “maxsus bot”, shuningdek portalning mobil ilovalaridan foydalangan holda ovoz beradilar. Bir fuqaro faqat bitta loyihalar toʻplamiga ovoz beradi, biroq ushbu loyihalar toʻplami tarkibidagi bir nechta tadbirlarga ovoz berish huquqiga ega.

10 kun davomida

10-bosqich

“Ochiq budjet” axborot portali

Ovoz toʻplash jarayoni yakunlariga koʻra eng yuqori koʻrsatkichni qayd etgan mahallalar (qishloqlar) portal tomonidan avtomatik tarzda gʻolib deb topiladi.

Ovoz berish yakunlariga koʻra

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2023-y., 09/23/183/0247-son; 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)