Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.06.2016 26.02.1994 yildagi 98-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 26.02.1994 yildagi 98-son
Date of entry into force
26.02.1994
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.06.2016
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SAVDONI ERKINLAShTIRISh VA ISTEʼMOL BOZORINI TOVARLAR BILAN TOʻLDIRIShGA OID ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-iyundagi 210-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 15-maydagi PF-4725-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savdoni erkinlashtirish jarayonlarini jadallashtirish, raqobatchilik va tadbirkorlikni rivojlantirish, ichki bozorni xalq isteʼmol mollari bilan toʻldirishda savdo tashkilotlarining manfaatdorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 14-dekabr 604-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi, “Oʻzbekbirlashuv”, savdo tashkilotlariga ega boʻlgan boshqa birlashmalar va korxonalar quyidagi yoʻl orqali bozorni tovarlar bilan taʼminlash va toʻldirish boʻyicha uzil-kesil chora-tadbirlarni koʻrsinlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada ishlab chiqarilayotgan tovarlarni mumkin qadar koʻproq xarid qilish va sotish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MDH mamlakatlarida xaridorgir boʻlgan tovar-moddiy boyliklarni xarid etish va eksport qilish hamda shuning hisobidan respublikaga eng muhim isteʼmol tovarlari yetkazib berishni kengaytirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqorida koʻrsatilgan idoralar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyati ostida mazkur idoralarga zarur hollarda respublika ichkarisida uncha xaridorgir boʻlmagan tovarlarni respublikadan tashqarida demping (arzon) baholarda sotishga ruxsat berilsin, bunda narxlardagi tafovut tufayli koʻrilgan zararning oʻrni muqobil tarzda yetkazib beriladigan mahsulotning rentabelligi hisobidan qoplanishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirliklar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, birlashmalar firma doʻkonlari tarmogʻini kengroq rivojlantirib, shu maqsadlar uchun ishlab chiqariladigan tovarlarning zarur hajmlarini oʻz ixtiyorlarida qoldirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ulgurji va chakana savdo korxonalari, tashkilotlarining, jumladan, umumiy ovqatlanish korxonalarining daromadlaridan soliq ilovaga muvofiq daromad darajasiga qarab tabaqalashtirilgan stavkalar boʻyicha olinadi. Bunda soliq toʻlovchilarni kod bilan roʻyxatdan oʻtkazish maxsus tizimi ishlab chiqiladi va daromadlar oy sayin deklaratsiyada koʻrsatib boriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kimga boʻysunishidan va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha savdo korxonalarida tovarlar narxlarni va sotilgan mollarning hajmini qayd etuvchi savdo kassa apparatlari orqali sotiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarning hammasida savdo yorliqlarining boʻlishi uchun javobgarlik shaxsan savdo korxonalari rahbarlarining zimmasiga yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Gʻoyat taqchil isteʼmol mollari importini ragʻbatlantirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank savdo tashkilotlariga tovar-moddiy boyliklarni xarid qilish va eksportni amalga oshirish uchun soʻm-kuponlarda kredit mablagʻlari ajratsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika valyuta jamgʻarmasida xalq isteʼmol mollari xarid qilish uchun valyuta mablagʻlari koʻzda tutilsin. Bunda mazkur maqsadlar uchun valyuta mablagʻlari ajratib beriladigan valyutaning eng koʻp darajada qoplanishini va isteʼmol bozori xalq isteʼmol mollari bilan toʻldirilishini taʼminlaydigan savdo tashkilotlari va firmalariga auksion (kimoshdi) asosida berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank bilan birgalikda “Savdo tashkilotlari daromadlarini deklaratsiyada koʻrsatishlari toʻgʻrisidagi nizom”, “Tovarlarni majburiy ravishda kassa yoki tovar cheklari orqali sotish tartibi” va “Soliq toʻlovchi savdo korxonalarini, shuningdek, ularning daromadlarini kod bilan roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom”ni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi va “Oʻzbekbirlashuv” bilan birgalikda davlat resurslari hisobiga markazlashtirilgan tartibda chetdan (jumladan, MDH mamlakatlaridan) keltiriladigan oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarning shartnomaviy (erkin) narxlarini belgilashga oid tavsiyalarni tayyorlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 14-dekabr 604-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 30-oktabrdagi 501-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 6-martdagi 59-son qaroriga 1-ilova, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 31-dekabrdagi 615-son qaroriga 4-ilovada belgilangan savdo korxonalarining daromadlariga soliq stavkalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlarining zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1994-yil 26-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
98-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 16-mart 138-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)