23.03.2023 yildagi 121-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 23.03.2023 yildagi 121-son
Date of entry into force
23.03.2023
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini rivojlantirish strategiyasini 2023-yilda amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatimizda aholining tinch va osoyishta hayotini taʼminlash, jamoat xavfsizligi madaniyatini shakllantirish bilan bir qatorda jamoat xavfsizligi sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish hamda ushbu yoʻnalishdagi ishlarni “Xalq manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida tashkil etish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, bugungi globallashuv sharoitida jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni izchil davom ettirish talab etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, jamoat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan maqsadli va manzilli dasturlarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-son Farmoni bilan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholini har qanday tahdidlardan kafolatli himoya qilishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasi hamda 2022 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2023 — 2025-yillarda har yili jamoat xavfsizligini taʼminlashning samarali tizimini joriy qilish boʻyicha aniq mexanizmlarni nazarda tutuvchi manzilli chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash va ijrosini qatʼiy nazoratga olish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Jamoat xavfsizligini taʼminlash holatining joriy hamda istiqboldagi rivojlanishini samarali tashkil etish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlashda raqamli texnologiyalarni keng joriy etishni nazarda tutuvchi 2022 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini rivojlantirish strategiyasini 2023-yilda amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda “yoʻl xaritasi”da belgilangan barcha chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har oy yakunida Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini samarali tashkil etishga masʼul etib ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻi B.T. Abdullayev belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 23-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
121-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 121-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini rivojlantirish strategiyasini 2023-yilda amalga oshirish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“YOʻL XARITASI”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Masʼul vazirlik va idoralar

I. Jamoat xavfsizligini taʼminlashning huquqiy asoslarini rivojlantirish

1.

Jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash va probatsiya faoliyatini uygʻunlashtirish (Strategiyaning 3.3-bandi).

Bunda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali probatsiya xizmati faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish:

probatsiya xizmati boshliqlariga jamoat xavfsizligi xizmati (departamenti) “boshligʻi oʻrinbosari”, hududiy probatsiya boʻlimlariga “boshqarma” maqomini berish, tuman (shahar) probatsiya boʻlinmalarini “probatsiya ofisi”ga aylantirish orqali ushbu xizmatning nufuzini oshirish;

probatsiya xizmati xodimlariga maxsus malaka darajasini berish tartibini joriy etish;

Probatsiya xizmatini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni qayta koʻrib chiqish;

probatsiya xizmatiga mutaxassislarni, shu jumladan, oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarini haq evaziga xizmat koʻrsatish shartnomasi asosida ishga jalb qilish metodikasini, shuningdek, probatsiya xizmati faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (Key Performance Indicators) boʻyicha baholash tartibini joriy etish;

oliy taʼlim tashkilotlarida psixologiya taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi) boʻyicha tahsil olayotgan talabalar (magistrlar)ning probatsiya xizmatida amaliyot oʻtash metodikasini, barcha hududlarda va yil davomida grafik asosida amaliyot oʻtkazilishini nazarda tutgan holda tasdiqlash;

ilgʻor xorijiy davlatlar tajribasini inobatga olgan holda, probatsiya xizmatini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash meʼyorlarini ishlab chiqish;

uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasi hamda ishni sudga qadar yuritish va sud jarayonidagi probatsiya institutlarini uygʻunlashtirish;

jazoni ijro etish muassasalarining mahkumlarni ozodlikka tayyorlash, ijtimoiy moslashtirishga masʼul boʻlinmalari faoliyatini tanqidiy qayta koʻrib chiqish, ularning faoliyatini probatsiya xizmati faoliyati bilan uygʻunlashtirish.

Idoraviy normativ hujjat, amaliy chora-tadbirlar

2023-yil may

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(I. Abdurahmonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Profilaktik hisob, maʼmuriy nazorat va probatsiya nazoratidagi shaxslar tomonidan qayta jinoyat sodir etilishini keskin kamaytirish (Strategiyaning 3.7-bandi).

Bunda:

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar, amaliy chora-tadbirlar ilmiy-tadqiqot loyihasi

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(I. Abdurahmonov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

masʼul davlat organlari tomonidan probatsiya faoliyati sohasidagi majburiyatlarining bajarilish holatini nazorat qilish imkonini beradigan “Probatsiya nazorati dasturiy taʼminotini ishlab chiqish” deb nomlangan maqsadli amaliy ilmiy-tadqiqot loyihasini amalga oshirish choralarini belgilash;

2023-yil aprel

probatsiya nazoratidagi shaxslarni ish bilan taʼminlash maqsadida sinov tariqasida Qoraqalpogʻiston Respublikasida davlat-xususiy sherikligi asosida probatsiya xizmatining ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish;

2023-yil iyun

probatsiya faoliyatidagi majburiyatlarini lozim darajada bajarmagan masʼul shaxslarga nisbatan probatsiya xizmati tomonidan koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;

2023-yil avgust

hokimliklar huzuridagi ijtimoiy koʻnikma markazlarining boʻysunuvi va hisobdorligi tartibini qayta koʻrib chiqish orqali probatsiya nazoratidagi shaxslarni boshpana bilan taʼminlash, ularga moddiy yordam koʻrsatish faoliyatini takomillashtirish nazarda tutiladi.

2023-yil sentabr

3.

Jamoat xavfsizligiga xavflarning holati va darajalarini belgilovchi mezonlarni va asosiy koʻrsatkichlarni (indikatorlarni) ishlab chiqish hamda joriy etish (Strategiyaning 8-bandi).

Bunda:

jamiyat manfaatlarini asosiy mezon sifatida belgilagan holda, jamoat xavfsizligining taʼminlanganligi darajasini baholash indikatorlarini ishlab chiqish;

jamoat xavfsizligining taʼminlanganligi holatini oʻrganish natijalari boʻyicha axborot-tahliliy hujjatlarni tayyorlash, vakolatli idoralarga kiritish tartibini belgilash;

jamoat xavfsizligining taʼminlanganligi holatini tizimli ravishda monitoring qilish va baholab borish uchun Jamoat xavfsizligi boʻyicha respublika ekspert kengashini tuzish;

ilmiy ishlanmalarning jamoat xavfsizligi sohasiga joriy etilishi koʻrsatkichini ustuvor indikatorlar qatoriga kiritgan holda Ilmiy tashkilotlar reytingini aniqlash mezonlarini takomillashtirish;

jamoat xavfsizligi boʻyicha tashabbus indeksini (i-indeks) yuritish metodikasini tasdiqlash nazarda tutiladi.

Idoraviy normativ hujjat, amaliy chora-tadbirlar

2023-yil iyun

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(I. Abdurahmonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

Profilaktik hisob, maʼmuriy nazorat va probatsiya nazoratidagi shaxslarga oʻrnatiladigan cheklovlar, shuningdek, ularning zimmasiga yuklanadigan majburiyatlar doirasini va ularga rioya etilishini taʼminlash mexanizmlarini aniq belgilash (Strategiyaning 10-bandi). Bunda:

profilaktik hisob, maʼmuriy nazorat va probatsiya nazoratidagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirishda maʼmuriy majburlov tizimidan voz kechgan holda ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishga ixtisoslashgan subyektlar masʼuliyatini kuchaytirish;

ushbu toifadagi shaxslarga oʻrnatiladigan cheklovlar va majburiyatlarni qayta koʻrib chiqish va aniq roʻyxatini tasdiqlash;

oʻrnatilgan cheklovlar va majburiyatlarga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha vakolatli davlat organlari va tashkilotlarini belgilash;

ushbu sohadagi faoliyatni tashkil etish va hamkorlikda ishlash mexanizmlarini tartibga solish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat

2023-yil oktabr

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Musayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

II. Jamoat xavfsizligini taʼminlashning uslubiy asoslarini rivojlantirish

5.

Jamoat xavfsizligini taʼminlash, guruhiy qonunbuzarliklar va ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish boʻyicha 14 ta (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar) “Hudud metodikasi”ni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish (Strategiyaning 27-bandi).

Bunda Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazida maqsadli amaliy ilmiy-tadqiqot loyihasini amalga oshirish doirasida:

ommaviy tartibsizliklarning oldini olish va bartaraf etish metodikasini ishlab chiqish;

ushbu metodikaga asoslangan holda, hududlarning kriminogen vaziyati (noroziliklarning iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, maʼnaviy-maʼrifiy, tibbiy, etnik, demografik, geografik, ekologik va tashkiliy omillari), kriminologik xususiyatlari (noroziliklarning holati, darajasi, tuzilishi, geografiyasi, yoʻnalishi, subyektlarning tavsifi, taktikasi), jamoat xavfsizligini taʼminlash subyektlari faoliyatining samaradorligi (miqdori, joylashuvi, kompetensiyasi, moddiy-texnik taʼminoti, taktikasi) va xulosalar (xulosa, prognoz, takliflar)ni aks ettirgan holda 14 ta “hudud metodikasi”ni tayyorlash va amaliyotga tatbiq etish nazarda tutiladi.

Ilmiy-tadqiqot loyhasi

2023-yil may — 2025-yil may

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(I. Abdurahmonov)

6.

Jamoat xavfsizligi muammolarini oʻrganish, ilmiy tadqiq qilish borasida Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi va Jamoat xavfsizligi universitetini tayanch metodik bazaga aylantirish (Strategiyaning 44-bandi).

Bunda:

Markazni jamoat xavfsizligi sohasini strategik, ilmiy va ekspert-huquqiy (metodologik) taʼminlovchi tayanch ilmiy tashkilot, Universitetni jamoat xavfsizligi sohasi uchun kadrlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ushbu sohani uslubiy va konsultativ taʼminlovchi tayanch oliy harbiy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasasi sifatida belgilash;

Markazni islohot va tadqiqot instituti darajasiga koʻtarish, unga yuridik shaxs maqomini berish, uni tashkiliy, maʼnaviy-maʼrifiy, kadrlar, moliyaviy, moddiy-texnik taʼminlash faoliyatini Jamoat xavfsizligi universiteti tajribasi asosida yoʻlga qoʻyish maqsadida ilmiy tashkilot lavozimlarini jamlashning tezkor va soddalashtirilgan tartibini belgilash;

Markazning Ilmiy-ishlab chiqarish laboratoriyasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish, jamoat xavfsizligi boʻyicha ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish koʻlamini kengaytirish (laboratoriya faoliyatini ishlab chiqarish, sotish va xizmatlar koʻrsatishi hisobidan moliyalashtirish);

Markaz bazasida Jamoat xavfsizligi kutubxonasini tashkil etish hamda Amaliy tadqiqotlar ofisini Jinoyatchilikka qarshi kurashish muammolarini oʻrganish markaziga aylantirish (mavjud baza, shtat va pul taʼminoti doirasida);

Markazda xorijiy davlatlar jamoat xavfsizligi politsiyasining xizmat kiyimi, elektromobil xizmat mashinasi va ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etishda qoʻllaniladigan maxsus vositalarini sinovdan oʻtkazish amaliyotini joriy etish (Jamoat xavfsizligi departamenti tizimidagi jamgʻarmalar mablagʻlari hisobidan);

Markazda ishlab chiqilgan elektron kuzatuv vositasi ilmiy ishlanmasini konvoy ostidagi, uy qamogʻidagi, ozodlikni cheklash jazosini oʻtayotgan va manzil koloniyada saqlanayotgan shaxslarda sinovdan oʻtkazish, elektron kuzatuv vositasini qoʻllashning mexanizmlarini ishlab chiqish;

jamoat xavfsizligi sohasini ilmiy taʼminlash boʻyicha ilmiy asarlar (maqola, monografiya, darslik, metodika) yaratgan shaxslarga mualliflik haqini toʻlash tartibini belgilash;

tayanch ilmiy tashkilotning jamoat xavfsizligi sohasi boʻyicha xorijiy ilmiy tashkilotlar bilan ilmiy hamkorligini kengaytirish, qoʻshma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;

tayanch ilmiy tashkilotda jamoat xavfsizligi fanlarining dolzarb mavzulari, sohadagi islohotlar mohiyati boʻyicha mahorat darslarini tizimli ravishda oʻtkazish nazarda tutiladi.

Qoʻshma qaror, amaliy chora-tadbirlar

2023-yil iyun

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(I. Abdurahmonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

III. Jamoat xavfsizligini taʼminlashning ilmiy asoslarini rivojlantirish

7.

Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlarida bajariladigan dissertatsion tadqiqotlar mavzularini shakllantirishda jamoat xavfsizligini taʼminlash amaliyotidagi dolzarb muammolarning yechimlariga yoʻnaltirilgan masalalarga ustuvor ahamiyat qaratish boʻyicha taʼsirchan mexanizmlarni yoʻlga qoʻyish (Strategiyaning 37-bandi). Bunda:

jamoat xavfsizligi sohasiga doir mavzularda magistrlik, falsafa doktori va fan doktori dissertatsiyalarining davlat buyurtmasi asosida bajarilishi tartibini joriy etish;

Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazini belgilangan umumiy tartib asosida fuqarolar hisobidan jamoat xavfsizligi ixtisosligi boʻyicha ilmiy kadrlar tayyorlashga, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasini idoraviy tartib asosida xodimlar hisobidan jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasiga doir ixtisosliklar boʻyicha ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashga ixtisoslashtirgan holda ichki ishlar organlari tizimida oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni tashkil etish;

ilmiy ishlanmalarni jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish amaliyotiga joriy etish uchun masʼul muassasalarni belgilash;

yopiq mavzular boʻyicha (davlat siri hisoblangan maʼlumotlarni qamrab oluvchi) dissertatsiya ishlarini tayyorlash, rasmiylashtirish, ilmiy natijalarini eʼlon qilish va amaliyotga joriy qilish, himoyasini tashkil etish kabi ilmiy daraja berishning barcha jarayonlarini belgilash nazarda tutiladi.

Qoʻshma qaror, amaliy chora-tadbirlar

2023-yil iyul

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(I. Abdurahmonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi va Jamoat xavfsizligi universiteti tomonidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Fanlar Akademiyasi bilan birgalikda jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi muammolarni hal qilish yoʻnalishida ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi doirasida maqsadli fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar shakllantirilishi va amalga oshirilishini taʼminlash (Strategiyaning 47-bandi).

Bunda quyidagi maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish nazarda tutiladi:

Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazida “Ozodlikni cheklash jazosini oʻtayotgan shaxslarni masofaviy nazorat qilish apparat-dasturiy kompleksini yaratish” deb nomlangan maqsadli amaliy ilmiy-tadqiqot loyihasi;

Jamoat xavfsizligi universitetida “Jamoat xavfsizligini taʼminlash faoliyatida foydalanish uchun innovatsion profayling texnologiyasini ishlab chiqish” deb nomlangan maqsadli innovatsion ilmiy-tadqiqot loyihasi.

Ilmiy-tadqiqot loyihasi

2023-yil may — 2025-yil may

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(I. Abdurahmonov)

IV. Jamoat xavfsizligini taʼminlashning tashkiliy asoslarini rivojlantirish

9.

Jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha vakolatli davlat organlari xodimlarining ijtimoiy-huquqiy himoyasiga doir imtiyozlardan foydalanishida inson omilini cheklaydigan avtomatlashtirilgan tizimni joriy qilish (Strategiyaning 57-bandi).

Bunda:

Koreya Respublikasi tajribasini (Koreya milliy politsiya universiteti “Ye-saram” davlat elektron platformasi) oʻrgangan holda, xodimlar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy-huquqiy himoya qilish kafolatlaridan foydalanish boʻyicha “E-jamoat xavfsizligi” axborot tizimining “Ijtimoiy-huquqiy himoya” modulini yaratish;

ijtimoiy-huquqiy himoya qilish kafolatlaridan foydalanish borasidagi barcha xizmatlarni “yagona darcha” tamoyili asosida “E-jamoat xavfsizligi” axborot tizimining “Ijtimoiy-huquqiy himoya” moduli orqali amalga oshirish nazarda tutiladi.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil iyul

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

10.

Sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklarning asl omillarini “ilmiy diagnoz” asosida aniqlash va “ilmiy diagnoz xulosasi” bilan “E-jamoat xavfsizligi” axborot tizimi orqali rasmiylashtirish tartibini joriy qilish (Strategiyaning 45-bandi). Bunda:

jinoyatlarning omillarini “ilmiy diagnoz” asosida aniqlash metodikasini ishlab chiqish;

jinoyatning omillarini bartaraf etish haqidagi taqdimnomalarni, jinoyatning omillarini aniqlash tadbirlarining qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshirilganligini oʻrganish boʻyicha oʻtkazilgan xizmat tekshiruvi xulosalarini, jinoyatlarning omillari haqidagi “ilmiy diagnoz” xulosalarini “E-jamoat xavfsizligi” axborot tizimining “Huquqbuzarliklar omillari” modulida rasmiylashtirish nazarda tutiladi.

Idoraviy normativ hujjat, amaliy chora-tadbirlar

2023-yil oktabr

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

Hududiy ichki ishlar organlarining maʼmuriy binolarini qoʻriqlashni Milliy gvardiya qoʻriqlash xizmati tomonidan shartnoma asosida amalga oshirilishi tizimini joriy etish (Strategiyaning 58-bandi).

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil avgust

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev)

V. Jamoat xavfsizligini taʼminlashning shakl va usullarini rivojlantirish

12.

Sodir etilgan jinoyatlarning asl omillarini aniqlash va bartaraf etishda huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalarning vakolat doirasini aniq belgilash (Strategiyaning 67-bandi).

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

2023-yil sentabr

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Musayev)

13.

Maʼmuriy nazorat va profilaktik hisob institutlari negizida profilaktik nazorat institutini joriy qilish (Strategiyaning 79-bandi).

Bunda:

maʼmuriy nazorat va profilaktik hisob institutlarini bekor qilish;

profilaktik nazorat institutini kiritish;

profilaktik nazoratdagi shaxslarga belgilanadigan majburiyatlar va cheklovlar, ularni qisman va toʻliq qoʻllash asoslarini belgilash nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat

2023-yil noyabr

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Inoyatov)

VI. Jamoat xavfsizligini taʼminlash faoliyatini raqamlashtirish

14.

Milliy gvardiya va ichki ishlar organlaridan jamoat tartibini saqlashga jalb qilingan boʻlinmalarning axborot tizimlari (probatsiyaning markazlashgan elektron tizimi, yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining yagona avtomatlashtirilgan axborot-tahlil tizimi) bazasida “E-jamoat xavfsizligi” yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish va amaliyotga toʻliq tatbiq etish (Strategiyaning 92-bandi).

Bunda:

“E-jamoat xavfsizligi” axborot tizimi ichki ishlar organlari jamoat xavfsizligi xizmati boʻlinmalarining axborot tizimlari (probatsiyaning markazlashgan elektron tizimi, yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining yagona avtomatlashtirilgan axborot-tahlil tizimi) bazasida yaratiladi;

ushbu axborot tizimiga jamoat xavfsizligini taʼminlovchi subyektlarning zarur axborot tizimlari integratsiya qilinadi.

Qoʻshma qaror, amaliy chora-tadbirlar

2023-yil oktabr

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

15.

Jamoat tartibini buzgan, qayta jinoyat sodir etgan shaxslarning yagona elektron roʻyxatini yuritish va axborot tizimi orqali davriy monitoring qilib borish tartibini yoʻlga qoʻyish (Strategiyaning 93-bandi). Bunda:

jamiyat manfaatlariga qarshi maʼmuriy huquqbuzarlik va jinoyatlar roʻyxatini shakllantirish;

jamiyat manfaatlariga qarshi jinoyat sodir etgan shaxslarning roʻyxatini “E-jamoat xavfsizligi” axborot tizimida yuritish;

qayta jinoyat sodir etgan shaxslarning roʻyxatini “E-jamoat xavfsizligi” axborot tizimida yuritish;

ushbu shaxslarning roʻyxatini davriy monitoring qilib borish, uch martadan ortiq jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan profilaktik nazoratdagi shaxslarga belgilanadigan majburiyatlar va cheklovlarni toʻliq qoʻllash mexanizmlari belgilanadi.

Qoʻshma qaror, amaliy chora-tadbirlar

2023-yil noyabr

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Normativ-huquqiy hujjatlar huquqiy munosabatlarni tartibga solish predmeti va sohasiga qarab, qayta koʻrib chiqilishi yoki yagona hujjatga birlashtirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ikki va undan ortiq bandlar birlashtirilganda, ularni ijro etish uchun belgilangan eng kech muddat ijro muddati etib belgilanadi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/121/0162-son)