13.03.2023 yildagi 106-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 13.03.2023 yildagi 106-son
Date of entry into force
14.03.2023
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi joriy qilinishini va uning ishlashini taʼminlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 5-dekabrdagi 971-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda maʼmuriy tartib-taomillarni takomillashtirish, mehnat munosabatlarini raqamlashtirish, fuqarolarning ish stajini hisoblash tizimini rivojlantirishga qaratilgan bir qator muhim chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning mehnat staji, ish haqi, oliy taʼlim muassasalaridagi oʻqish hamda harbiy xizmat davri toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplashda ayrim hujjatlarning qogʻoz shaklida yuritilishi hujjatlarni yigʻish jarayonini raqamlashtirishga toʻsqinlik qilib kelmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat pensiyalarini tayinlash uchun zarur maʼlumotlarning elektron bazasini shakllantirish, fuqarolarning ovoragarchiliklarini bartaraf etish, jumladan, mehnat stajini hisoblash tizimini takomillashtirish, shuningdek, mazkur yoʻnalishda zamonaviy standartlarni joriy etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son Farmoni hamda “Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash jarayonini soddalashtirish hamda pensiya va nafaqalarni yetkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 4-maydagi PQ-5102-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi joriy qilinishini va uning ishlashini taʼminlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 5-dekabrdagi 971-son qaroriga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning mehnat daftarchalaridagi mehnat staji toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻliq raqamlashtirish, shu jumladan, ishlamaydigan fuqarolarning mehnat staji toʻgʻrisidagi maʼlumotlarini “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga (keyingi oʻrinlarda — “YAMMT” IDAK) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlariga murojaat qilish orqali kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish beruvchilar tomonidan xodimlarining avvalgi ish joyi toʻgʻrisidagi mehnat daftarchasidagi barcha yozuvlarni, shuningdek, ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “YAMMT” IDAKka kiritish va tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi lavozim va kasblarda faoliyat yuritayotgan hamda yuritgan xodimlarning ishlagan davri toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “YAMMT” IDAKka kiritish va tasdiqlashni joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat shartnomasi texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, xodimlar soni (shtati) qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilgani munosabati bilan bekor qilinishini ish beruvchilar tomonidan “YAMMT” IDAKda qayd etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish beruvchining elektron raqamli imzosi yordamida maʼlumotlarni kiritish va tasdiqlash tartibini belgilash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi manfaatdor vazirlik hamda idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 13-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
106-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-son qaroriga

ILOVA

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi joriy qilinishini va uning ishlashini taʼminlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 5-dekabrdagi 971-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi joriy qilinishini va uning ishlashini taʼminlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 5-dekabrdagi 971-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshidagi “Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2-banddagi “Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi”” soʻzlari “Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi”” soʻzlari bilan, “Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“4. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi, AT Xalq banki “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablarini inobatga olgan holda, “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi vositasida “YAMMT” IDAK bilan idoralararo maʼlumot almashish boʻyicha texnologik yoʻriqnomalarni ikki hafta muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 5-banddagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) 6-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) 7-banddagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) 8-banddagi “Bandlikka koʻmaklashish markazi” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida mehnat shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish, elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchi xatboshisidagi “oʻzini oʻzi band qilganligi,” soʻzlaridan keyin “ishsiz va band boʻlmagan shaxslarning jamoat ishlariga jalb qilinganligi,” soʻzlari bilan toʻldirilsin, “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Elektron raqamli imzo yordamida tasdiqlanadigan maʼlumotlar — “YAMMT” IDAKka ish beruvchining “Tashkilot kabineti” orqali kiritiladigan barcha maʼlumotlarning toʻgʻriligi va shaffofligiga ish beruvchi tomonidan elektron raqamli imzo (keyingi oʻrinlarda — ERI) yordamida qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadigan elektron maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimning avvalgi mehnat staji — faoliyat yuritayotgan ish beruvchida ishlayotgan xodimning avvalgi ish joyi toʻgʻrisidagi mehnat daftarchasidagi yozuvlar”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“3. Mehnat munosabatlarini roʻyxatdan oʻtkazishda “YAMMT” IDAKdan foydalanish tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, barcha ish beruvchilar uchun majburiydir, Oʻzbekiston Respublikasining davlat xavfsizligini taʼminlash sohasidagi, shuningdek, shtat jadvali maxfiy boʻlgan ish beruvchilar bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, faoliyat yuritayotgan barcha ish beruvchilar (Oʻzbekiston Respublikasining davlat xavfsizligini taʼminlash sohasidagi, shuningdek, shtat jadvali maxfiy boʻlgan ish beruvchilar bundan mustasno) oʻzlarida ishlayotgan xodimlarining avvalgi ish joyi toʻgʻrisida mehnat daftarchasidagi barcha yozuvlarni “YAMMT” IDAKka kiritishga va 2005-yil 1-yanvargacha mehnat staji toʻgʻrisida kiritilgan ushbu maʼlumotlarni mehnat daftarchasidagi yozuvlar asosida ERI bilan tasdiqlab berishga, 2005-yildan keyingi davr uchun mazkur maʼlumotlarning toʻgʻriligini tasdiqlash uchun xodim avval ishlagan ish beruvchilarning “Tashkilot kabineti”ga elektron shaklda soʻrov yuborilishiga masʼuldir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish beruvchilar “YAMMT” IDAKdan kelib tushgan elektron soʻrovga koʻra ularda ilgari ishlagan sobiq xodimlarning barcha davrlar boʻyicha mehnat staji davri haqidagi maʼlumotlarni soʻrov kelib tushgandan soʻng oʻn kun muddatda ERI bilan tasdiqlaydilar hamda sobiq xodimlarining ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ushbu muddat davomida belgilangan tartibda arxivlarga taqdim etilmagan hamda oʻzlarining idoraviy arxividagi mavjud hujjatlari asosida “YAMMT” IDAKka kiritadilar va ERI bilan tasdiqlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tasdiqlangan maʼlumotlarning haqqoniyligiga ish beruvchilar masʼul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yopilgan, tugatilgan yoki boshqa sabablarga koʻra faoliyat koʻrsatmayotgan (arxivlar yoki idoraviy arxivlarda maʼlumotlari mavjud boʻlmagan) ish beruvchilarda muqaddam ishlagan sobiq xodimlarning qogʻoz shaklidagi mehnat daftarchalariga kiritilgan ish staji toʻgʻrisidagi yozuvlar xodimning oxirgi ish beruvchisi tomonidan “YAMMT” IDAKka kiritiladi va ERI bilan tasdiqlanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“10. Xodim va ish beruvchi oʻrtasida mehnat shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilishni roʻyxatga olish tartibi ijrosini, shuningdek, “YAMMT” IDAKda elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritishni taʼminlash, boʻsh ish oʻrinlari (vakant lavozimlar) mavjudligini koʻrsatish maqsadida ish beruvchi masʼul shaxsni (shaxslarni) belgilab, unga (ularga) ish beruvchining ERI kalitini taqdim etish orqali “YAMMT” IDAKka kirish imkonini berishi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“13. Roʻyxatga olingandan soʻng avtomatik ravishda ish beruvchining shaxsiy kabineti shakllantiriladi. Ish beruvchining shaxsiy kabinetiga ish beruvchining ERI kaliti yordamida kiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) 14-banddagi “Yuridik shaxsga” soʻzlari “Ish beruvchiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) 15-banddagi “ish beruvchi (yuridik shaxs)ning” soʻzlari “ish beruvchining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yo) 20-band qoʻyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“20. Tashkilotning tuzilmasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilotning barcha boʻlinmalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, yuridik shaxsning alohida STIRga ega boʻlgan va alohida yuridik shaxs boʻlganlaridan tashqari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish beruvchining (budjet tashkilotlari va budjetdan mablagʻ oluvchilarning) tasdiqlangan shtat jadvali, maxfiy shtat jadvali bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish beruvchining fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta qilinganligi boʻyicha sugʻurta polisi sanasi va raqamlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼmuriy, ishlab chiqarish va texnik xodimlar bilan birgalikda tashkilotdagi barcha ish oʻrinlari, shu jumladan, boʻsh ish oʻrinlari, ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun belgilangan zaxiraga qoʻyilgan ish oʻrinlarining toifalari va soni (agar qonunchilik talablari tatbiq etilsa) haqidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) 22-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ish beruvchilar tomonidan “YAMMT” IDAKdagi “Tashkilot kabineti”da yaratilgan ish oʻrniga noqulay va zararli mehnat sharoitlari boʻyicha lavozim va kasblar belgilanadi hamda ushbu lavozim va kasblarda ishlayotgan va ishlagan xodimlarning maʼlumotlari kiritilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish beruvchilar tomonidan “Tashkilot kabineti”da imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi lavozim va kasblarda ishlayotgan hamda ishlagan sobiq xodimlarning ishlagan davri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi. Bunda imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlari boʻyicha 2-roʻyxatning 1-qismi va 3-roʻyxatning 1-qismida koʻzda tutilgan ishlar, kasblar va lavozimlar imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiyaga chiqish huquqidan, agar ularning mehnat sharoitlari Roʻyxatlarda koʻrsatilgan shartlarga (koʻrsatkichlarga) mos boʻlsa foydalanadi. Ushbu moslik tashkilotlarda ish oʻrinlarining attestatsiyasi natijalari bilan qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish beruvchi “Tashkilot kabineti”da “Baxtsiz hodisalarni hisobga olish” boʻlimida baxtsiz hodisa turi, oqibatlari va sanasi, jabrlanuvchilar soni boʻyicha tuzilgan N-1 shakldagi dalolatnomaga asosan mehnatda mayib boʻlgan va kasb kasalligini olgan, shuningdek, mehnatga layoqatliligini qisman yoʻqotgan va tibbiy xulosaga koʻra oʻzining asosiy ishidan boshqasiga bir va undan ortiq ish kuniga oʻtkazilgan xodimlarning maʼlumotlarini kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish beruvchilar ushbu maʼlumotlarni ERI bilan tasdiqlaydilar va ularning haqqoniyligi uchun masʼul hisoblanadilar”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) 25-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“25. Ish beruvchi va xodim oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha “YAMMT” IDAKka mehnat shartnomasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shartnoma tuzilgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida kiritish orqali roʻyxatdan oʻtkaziladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) 26-band kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“26. Ish beruvchi mehnat shartnomasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritadi va kiritilgan maʼlumotlarni ERI yordamida tasdiqlaydi. Mehnat shartnomasi toʻgʻrisidagi kiritilgan maʼlumotlar ish beruvchining ERIsi bilan tasdiqlanmagan taqdirda, mehnat shartnomasi roʻyxatdan oʻtkazilmagan deb hisoblanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
y) 30-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“30. Mehnat shartnomasiga qoʻshimcha bitim boʻyicha kiritilgan maʼlumotlar ish beruvchi tomonidan ERI yordamida tasdiqlanadi. Qoʻshimcha bitim ish beruvchining ERIsi bilan tasdiqlanmasdan roʻyxatdan oʻtkazilgan taqdirda, qoʻshimcha kelishuv roʻyxatdan oʻtkazilmagan hisoblanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) 34-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“34. Xodimning ijtimoiy taʼtilini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi kiritilgan maʼlumotlar ish beruvchi tomonidan ERI yordamida tasdiqlanadi. Xodimning ijtimoiy taʼtilga chiqishi ish beruvchining ERIsi bilan tasdiqlanmasdan roʻyxatga olingan taqdirda. kiritilgan maʼlumotlar haqiqiy emas deb hisoblanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
l) 36-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“36. Mehnat shartnomasining bekor qilinishi “YAMMT” IDAKka ish beruvchi va xodim oʻrtasidagi mehnat shartnomasining bekor qilinishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni uch ish kuni mobaynida kiritish orqali roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat shartnomasi texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, xodimlar soni (shtati) qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilgani munosabati bilan bekor qilinganda, ushbu holat ish beruvchi tomonidan “YAMMT” IDAKda alohida qayd etiladi. Lekin elektron mehnat daftarchasida ushbu holat mehnat shartnomasining bekor qilinishi sababi sifatida koʻrsatilmaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
m) 37-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“37. Mehnat shartnomasining bekor qilinishini roʻyxatga olish toʻgʻrisida kiritilgan maʼlumotlar ish beruvchi tomonidan ERI yordamida tasdiqlanadi. Mehnat shartnomasining bekor qilinishi ish beruvchining ERIsi bilan tasdiqlanmasdan roʻyxatga olingan taqdirda, kiritilgan maʼlumotlar haqiqiy emas deb hisoblanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
n) 42-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tashkilotning tasdiqlangan shtatlar jadvaliga nisbatan boʻsh ish oʻrinlarini ortiqcha va asossiz yaratish qonunchilikda belgilangan tartibda ish beruvchining (budjet tashkilotlari va budjetdan mablagʻ oluvchilarning) masʼuliyatiga qaratiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o) 43-banddagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
p) 44-banddagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
r) 45-banddagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ishlamaydigan fuqarolar oʻzlarining mehnat daftarchasidagi mehnat staji toʻgʻrisidagi maʼlumotlarini “YAMMT” IDAKka kiritish uchun Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlariga murojaat qilishlari mumkin. Bunda maʼlumotlar jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami orqali kiritiladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)