08.02.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3281-2
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining qarori, 08.02.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3281-2
Date of entry into force
09.02.2023
Hujjat 09.02.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 8-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3281-2]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi hamda “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 29-avgustdagi 18/5-son qarori (roʻyxat raqami 3281, 2020-yil 31-avgust) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2020-y., 10/20/3281/1242-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rais M. NURMURATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 4-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30/35-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/35-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari (bundan buyon matnda rezidentlar deb yuritiladi) va norezidentlari (bundan buyon matnda norezidentlar deb yuritiladi) tomonidan valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagi mazmundagi 191-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“191. Kripto-birja ishtirokchilari boʻlgan norezident yuridik shaxslarning chet el valyutasidagi hisobvaraqlariga ularning xorijdagi hisobvaraqlaridan oʻtkazilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan soʻmga nisbatan rasmiy kurslari belgilanadigan chet el valyutalarida) mablagʻlar hamda kripto-birjada kripto-aktivlarni sotishdan tushgan mablagʻlar kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu mablagʻlar kripto-aktivlarni sotib olish uchun kripto-birjaga hamda mazkur norezident yuridik shaxslarning xorijdagi (mablagʻlar kelib tushgan davlatdagi) oʻz hisobvaraqlariga oʻtkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kripto-birja ishtirokchilari boʻlgan norezident yuridik shaxslarning hisobvaragʻiga kelib tushgan mablagʻlardan boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklari, mazkur hisobvaraqlar orqali oʻtkaziladigan operatsiyalarni amalga oshirishda mavjud risklarni baholagan holda, ushbu operatsiyalar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari doirasida boʻlishini taʼminlaydi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2023-y., 10/23/3281-2/0082-son)