Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 08.07.2005 yildagi PQ-117-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 08.07.2005 yildagi PQ-117-son
Date of entry into force
08.07.2005
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida” 2002-yil 30-maydagi PF-3080-sonli Farmonini ijro etish yuzasidan hamda O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi va “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi qonunlarini izchil amalga oshirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2010-yilgacha telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, ma’lumotlarni uzatish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashning maqsadli yo‘nalishlari 1-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yilgacha mahalliy davlat boshqaruvi va davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash dasturi 2-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy axborot-qidiruv tizimini shakllantirish va rivojlantirish dasturi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1-3-ilovalar rus tilidagi matnda 6erilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengash (A.N. Aripov) o‘z majlislarida ushbu qaror bilan tasdiqlangan maqsadli yo‘nalishlar va Dasturlar bajarilishini muntazam ravishda muhokama etib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda, tasdiqlangan maqsadli yo‘nalishlar va dasturiy tadbirlardan kelib chiqqan holda, axborot texnologiyalari va elektron hujjat aylanmasini qo‘llash, Internet tarmog‘ida axborot resurslarini shakllantirish va ularni muttasil yangilab borish bo‘yicha aniq tadbirlarni ishlab chiqsin hamda ularni tasdiqlash uchun kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengashga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida maxsus vakolatli organ etib tayinlansin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 30-oktabrdagi PF-4578-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 584-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda maxsus o‘quv kurslarini ishlab chiqishni hamda tasdiqlangan maqsadli yo‘nalishlar va dasturlar amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan mahalliy davlat boshqaruvi va davlat hokimiyati organlarining mutaxassis kadrlarini axborot texnologiyalarini qo‘llash hamda elektron hujjat aylanmasini tadbiq etish, Internet tarmog‘ida axborot resurslarini shakllantirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga har yili o‘qitib borishni ta’minlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yilning I choragi oxirigacha vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Internet tarmog‘ida milliy axborot-qidiruv tizimini yaratsin va unda umum foydalana oladigan axborot resurslarini joylashtirsin, ushbu tizimni yanada kengaytirish va uning jahon axborot maydoni bilan integratsiyalashuv choralarini ko‘rsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatdan o‘tkazish markazlarini davlat tomonidan ro‘yxatga olish tartibi hamda ularning faoliyati to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 8-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-117-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 27-son, 189-modda; 2013-y., 45-son, 584-modda; 2017-y., 2-son, 25-modda)