16.01.2023 yildagi PF-11-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 16.01.2023 yildagi PF-11-son
Date of entry into force
18.01.2023
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻnggi yillarda amalga oshirilgan sud-huquq islohotlari sud hokimiyati mustaqilligini hamda sudlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash bilan bir qatorda fuqaro va tadbirkorlarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish imkonini berdi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga “Yangi Oʻzbekiston — yangi sud” tamoyili doirasida aholining odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish sud-huquq tizimini isloh qilishni jadallashtirishni, sohaga ilgʻor xalqaro standartlarni joriy etishni talab etmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq, shuningdek, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash, sudlar faoliyati samaradorligi va odil sudlov sifatini oshirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2023 — 2026-yillarga moʻljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasi (keyingi oʻrinlarda — Strategiya) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Strategiya doirasida quyidagilar odil sudlovni taʼminlashning ustuvor vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Inson qadri uchun” gʻoyasi asosida chinakam adolatli sud tizimini shakllantirish hamda uning faoliyatini xalq manfaati va inson qadr-qimmatini samarali himoya qilishga yoʻnaltirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
adolatli sud qarorlari qabul qilinishiga erishish orqali xalqning, shu jumladan, tadbirkorlarning sud tizimiga boʻlgan ishonchini mustahkamlash, har bir shaxs sud va sudyalar siymosida oʻzining ishonchli himoyachisini koʻrishiga erishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolar hamda tadbirkorlarga oʻz huquq va qonuniy manfaatlarini sudlarda himoya qila olishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sud ishlarini yuritishda tortishuv va taraflarning tengligi tamoyillarini toʻlaqonli roʻyobga chiqarish, sudlarning xolisligini amalda taʼminlashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudlar faoliyatini toʻliq raqamlashtirish, sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish, idoralararo elektron maʼlumot almashinuvini yaxshilash, sud majlislarida masofadan turib ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudyalarning mustaqilligi va daxlsizligi kafolatlarini kuchaytirish, sudga hurmatsizlik qilish va sud ishiga aralashish holatlarining oldini olish boʻyicha samarali mexanizmlarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud qarorlarining qatʼiy ijrosini taʼminlash, bu borada davlat organlari va mahalliy hokimliklarning masʼuliyatini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudyalar va sud xodimlarida yuksak muomala madaniyatini shakllantirish orqali sudga murojaat qilgan har bir fuqaro va tadbirkorda suddan, pirovardida esa davlatdan rozilik hissini uygʻotish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 2023 — 2026-yillarga moʻljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasini amalga oshirish boʻyicha harakatlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Harakatlar dasturi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy sud (B. Islamov), Sudyalar oliy kengashi (X. Yodgorov), Bosh prokuror (N. Yoʻldoshev), shuningdek, masʼul vazirlik va idoralar rahbarlari Harakatlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishi uchun shaxsan masʼul etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oliy sud tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi bilan birgalikda jinoyat ishlari boʻyicha sud qarorlari qonuniy, asosli va adolatli qabul qilinganligini tekshirishning fuqarolarga qulay va soddalashtirilgan tartibini yaratish maqsadida quyidagilarni joriy etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tumanlararo, tuman, shahar sudlari tomonidan birinchi instansiyada koʻrilgan ishlarni viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida qayta koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilgan ishlarni mazkur sudlarda taftish tartibida qayta koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan taftish tartibida koʻrilgan ishlarni Oliy sudning sudlov hayʼatlarida taftish tartibida qayta koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori instansiya sudlari tomonidan ishni yangidan koʻrish uchun quyi sudlarga yuborish tartibini bekor qilish va ularga ish boʻyicha yakuniy qaror qabul qilish masʼuliyatini yuklash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy sud (B. Islamov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda taklif etilayotgan yangi tartibni amaliyotga oʻz vaqtida va samarali joriy etish hamda uning mazmun-mohiyatini aholiga batafsil tushuntirish boʻyicha zarur tashkiliy choralarni koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Sudyalarning chinakam mustaqilligini taʼminlash maqsadida ularning ishiga har qanday aralashuv qatʼiy jazolanishi, sudyalarning xavotirsiz ishlashi uchun davlat tomonidan barcha sharoitlar yaratilishi qayd etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudning mustaqilligi va sudyalar daxlsizligini taʼminlashni kuchaytirish boʻyicha quyidagi choralar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudga hurmatsizlik qilish holatlarini oldini olishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish, buning uchun maʼmuriy javobgarlik choralarini kuchaytirish va jinoiy javobgarlik belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ishlarini hal etishga aralashganlik va sud hujjatini ijro etmaganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish, shuningdek, sud hujjatlarining ijro etilishini taʼminlashga qaratilgan taʼsirchan mexanizmlarni joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashganlikka oid har bir jinoyat ishi yakuni boʻyicha jamoatchilikni ommaviy axborot vositalari orqali majburiy ravishda xabardor qilish tartibini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudyaga nisbatan turar joy daxlsizligiga, yozishmalar, telefon orqali soʻzlashuvlar va boshqa soʻzlashuvlar, aloqa tarmoqlari orqali uzatiladigan pochta, kuryerlik joʻnatmalari va telegraf xabarlarining sir saqlanishiga boʻlgan huquqlarni cheklovchi, shuningdek, abonentlar yoki abonent qurilmalari oʻrtasidagi bogʻlanishlar toʻgʻrisidagi axborotni olishdan iborat tezkor-qidiruv tadbirlarining oʻtkazilishiga faqat Bosh prokurorning sanksiyasi asosida yoʻl qoʻyilishini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning protsessual xarakterga ega boʻlmagan, huquqiy tushuntirish berish borasidagi masalalar boʻyicha murojaatlarini adliya organlari tomonidan koʻrib chiqish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy sud (B. Islamov), Sudyalar oliy kengashi (X. Yodgorov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan choralarni amalga oshirish boʻyicha qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Bosh prokuratura hamda Oliy sudning barcha bosqichlardagi sud ishlarini yuritishda tortishuv va taraflarning tengligi tamoyillarini toʻlaqonli roʻyobga chiqarish, sudlarning xolisligini amalda taʼminlashga qaratilgan yangi mexanizmni joriy etish boʻyicha takliflari maʼqullansin, unga koʻra:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) quyidagilar Odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashish boʻyicha ixtisoslashgan prokurorlar korpusi (keyingi oʻrinlarda — Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi) etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh prokuraturaning jinoiy, fuqarolik, iqtisodiy, maʼmuriy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini taʼminlash boshqarmalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalarining jinoiy, fuqarolik, iqtisodiy, maʼmuriy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini taʼminlash boʻyicha tegishli boʻlim va tarmoqlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) prokurorlarining mazkur yoʻnalishlar boʻyicha tegishli oʻrinbosari va yordamchilari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Bosh prokurorning sohaviy oʻrinbosariga — Bosh prokuratura, shuningdek, quyi turuvchi prokuraturalar Ixtisoslashgan prokurorlar korpusining, viloyat prokurorining va unga tenglashtirilgan prokurorlarning oʻrinbosarlariga — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va ularga tenglashtirilgan prokuraturalar, shuningdek, tuman (shahar) prokuraturalari Ixtisoslashgan prokurorlar korpusining faoliyatini nazorat qilib, muvofiqlashtirib borish masʼuliyati yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilar Ixtisoslashgan prokurorlar korpusining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonun hamda protsessual qonunchilikda belgilangan tartibda sudlarda ishlarni koʻrishda prokuror vakolatini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud protsessining boshqa ishtirokchilari bilan teng huquqlardan foydalangan holda odil sudlov faoliyatining samarali amalga oshirilishiga koʻmaklashish, jinoyat ishlari boʻyicha sudlarda davlat ayblovini faqat qonunga asoslanib, xolislikni saqlagan holda sifatli qoʻllab-quvvatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari sud yoʻli bilan samarali himoya qilinishiga erishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud amaliyotidan kelib chiqqan holda surishtiruv va tergov organlari xodimlarining amaliy koʻnikmalari hamda malakasini oshirish ishlariga koʻmaklashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi xodimlari oʻz vakolatlarini har qanday organ va mansabdor shaxsdan mustaqil ravishda, faqat qonunga boʻysunib amalga oshiradi hamda qonunchilikda nazarda tutilgan hollardan tashqari ularning sudda ishtiroki bilan bogʻliq faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viloyat va unga tenglashtirilgan prokuraturalar Ixtisoslashgan prokurorlar korpusiga tuman (shahar) prokuraturalarining tegishli yoʻnalishlarida, qoida tariqasida, kamida uch yil, Bosh prokuratura Ixtisoslashgan prokurorlar korpusiga esa, qoida tariqasida, kamida besh yil faoliyat yuritgan xodimlar jalb qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi xodimlari, qoida tariqasida, sudlarda prokuror vakolatini taʼminlash sohasida uzluksiz uch yil xizmat oʻtaganidan soʻng boshqa yoʻnalishlarga oʻtkazilishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi xodimlarini boshqa yoʻnalishlarga oʻtkazish Bosh prokuror sohaviy oʻrinbosarining roziligi asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Belgilansinki, Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi faoliyatining natijadorligini taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi xodimi sudlarda koʻrilayotgan ishlar boʻyicha ayblovni (fuqaroviy daʼvoni) qoʻllab-quvvatlash, oʻzgartirish yoki undan voz kechish, shu jumladan Jinoyat kodeksi normalarini qoʻllash, jazo turi va meʼyorini belgilash masalalari yuzasidan fikrini sudga bayon qilishda mustaqil boʻlib, qonun talablariga va ishning barcha holatlaridan kelib chiqqan holda oʻz ishonchiga asoslanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir hududda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalari hamda tegishli tuman (shahar) prokuraturalari Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi xodimlari va boshqa yoʻnalishlarda uzoq yillar faoliyat koʻrsatgan tajribali xodimlardan iborat Maslahat kengashlari tashkil etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maslahat kengashlari oʻzaro muhokama asosida oʻta murakkab toifadagi ishlarning yechimini topish, yosh kadrlarni toʻgʻri yoʻnaltirish va ularning amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish ishlariga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlarining Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi faoliyati uchun masʼul oʻrinbosarlariga tegishincha viloyat, tuman (shahar) prokuraturalari Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi xodimlarini hududdagi viloyat, tumanlararo, tuman (shahar) sudlaridagi ish hajmini inobatga olgan holda ixtisosligi boʻyicha jalb qilishga ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Bosh prokuror (N. Yoʻldoshev) bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtisoslashgan prokurorlar korpusini tajribali, belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirishga qodir, prokuratura organlarida benuqson obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan professional kadrlar orasidan shakllantirish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishni, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlarining boshqa yoʻnalishlar boʻyicha oʻrinbosarlari va xodimlari, tuman (shahar) prokurorlari hamda ularning boshqa yoʻnalishlarga masʼul oʻrinbosarlari va xodimlari tomonidan Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi faoliyatida noxolislikni keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan har qanday taʼsir va aralashuvlarning oldini olishga qaratilgan taʼsirchan mexanizmlarni nazarda tutuvchi ichki tartibni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy sud va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi xodimlari vakolatlarini belgilash va faoliyatini tashkil etish choralarini nazarda tutuvchi qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Sud tizimi oldida turgan dolzarb vazifalarning samarali amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Oliy sud tuzilmasi mavjud shtat birliklari doirasida quyidagilarni inobatga olgan holda takomillashtirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Sud-huquq sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish boshqarmasi negizida Odil sudlov sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish departamenti (keyingi oʻrinlarda — Departament) tashkil etilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
odil sudlov sohasida huquq ijodkorligi faoliyatini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud faoliyati sohasidagi qonunchilikni hamda odil sudlov muammolarini tizimli tahlil qilish, sud-huquq sohasidagi qonunchilikni, sud amaliyoti va sud ish yurituvi tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
odil sudlov samaradorligini ilgʻor xorijiy tajriba va zamonaviy rivojlanish tendensiyalari asosida tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
odil sudlov sohasiga oid xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilash boʻyicha tizimli va izchil choralar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va maʼmuriy qonunchilik, sudlarning mustaqilligini taʼminlash sohasida xalqaro huquqning umum-eʼtirof etilgan prinsiplari va normalarini oʻrganish, ularni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Axborot-kommunikatsiya monitoringi — Vaziyatlar markazi tashkil etilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika boʻyicha barcha sudlarda ishlarni koʻrish bilan bogʻliq vaziyatni onlayn tahlil qilish, sudlarda aholining murojaatlari bilan ishlash hamda ishlarni koʻrishda protsessual tartib va muddatlarga rioya etilishini monitoring qilib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlarni viloyat, tuman (shahar), mahalla kesimida toifalarga ajratgan holda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni tahlil qilish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish, nizolarni bartaraf etishga qaratilgan maʼlumotlarni tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud majlislari oʻz vaqtida oʻtkazilishini, server uskunalari va dasturlarning ishlash holatini doimiy nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik boshqarmasi negizida Jamoatchilik bilan hamkorlik markazi (keyingi oʻrinlarda — PR Markaz) tashkil etilsin va uning, shuningdek, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar matbuot xizmatlarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi orasida sud hokimiyatining ijobiy timsolini shakllantirish va ilgari surish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud faoliyati haqida ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali, shu jumladan, matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar tashkil etish yoʻli bilan aholiga muntazam, toʻliq va tezkor ravishda axborot taqdim etib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot makonining doimiy monitoringini olib borish, sudlar faoliyatiga doir axborotlar boʻyicha jamoatchilik fikrini tahlil va prognoz qilish, tanqidiy va keng muhokama qilinayotgan materiallarga, axborot xurujlariga tezkor munosabat bildirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudning rasmiy veb-saytlarida uning faoliyatiga aloqador matnli, foto-, audio- va videomateriallardan iborat maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yangilab borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oliy sud Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi va Oʻzbekiston Sudyalari Assotsiatsiyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda 2023 — 2026-yillarga moʻljallangan sud tizimining axborot siyosati konsepsiyasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Sudyalari Assotsiatsiyasiga aholi orasida sud hokimiyatining ijobiy timsolini shakllantirishda faol ishtirok etishini taʼminlash maqsadida quyidagilar tavsiya etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda sudyalar faoliyati boʻyicha qonunga xilof va asossiz eʼlon qilingan har bir holatga sud hokimiyatining faxriylari tomonidan obyektiv ravishda va tezkorlik bilan munosabat bildirib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudyalar va sud hokimiyatining huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan sudlarga murojaat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oliy sud uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oliy sud raisi B. Islamov hamda Bosh prokuror N. Yoʻldoshev belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmon ijrosini nazorat qilish va ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 16-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-11-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-yanvardagi PF-11-son Farmoniga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023 — 2026-yillarga moʻljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
STRATEGIYASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023 — 2026-yillarga moʻljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasi (keyingi oʻrinlarda — Strategiya) sud-huquq tizimining jadal isloh qilinishini taʼminlash, shuningdek, aholining odil sudlovga erishish darajasini yanada oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Strategiya Oʻzbekiston Respublikasida sud hokimiyatini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yoʻnalishlari hamda istiqbolli vazifalarini belgilaydi, shuningdek, sohaga ilgʻor xalqaro standartlarni yanada keng joriy etish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Strategiyaning asosiy vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Strategiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Inson qadri uchun” gʻoyasi asosida chinakam adolatli sud tizimini shakllantirish hamda uning faoliyatini xalq manfaati va inson qadr-qimmatini samarali himoya qilishga yoʻnaltirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
adolatli sud qarorlari qabul qilinishiga erishish orqali xalqning, shu jumladan, tadbirkorlarning sud tizimiga boʻlgan ishonchini mustahkamlash, har bir shaxs sud va sudyalar siymosida oʻzining ishonchli himoyachisini koʻrishiga erishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolar hamda tadbirkorlarga oʻz huquq va qonuniy manfaatlarini sudlarda himoya qila olishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sud ishlarini yuritishda taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi tamoyillarini toʻlaqonli roʻyobga chiqarish, sudlarning xolisligini amalda taʼminlashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudlar faoliyatini toʻliq raqamlashtirish, sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish, idoralararo elektron maʼlumot almashinuvini yaxshilash, sud majlislarida masofadan turib ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudyalarning mustaqilligi va daxlsizligi kafolatlarini kuchaytirish, sudga hurmatsizlik qilish va sud ishiga aralashish holatlarining oldini olish boʻyicha samarali mexanizmlarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat nomidan sud qarorlarini qabul qilayotgan sudlar va sudyalarga, shuningdek, ularning qarorlariga nisbatan har bir fuqaroda, shu jumladan, barcha darajadagi mansabdorlarda hurmat ruhini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud qarorlarining qatʼiy ijrosini taʼminlash, bu borada davlat organlari va mahalliy hokimliklarning masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudyalar va sud xodimlarida yuksak muomala madaniyatini shakllantirish orqali sudga murojaat qilgan har bir fuqaro va tadbirkorda suddan, pirovardida esa davlatdan rozilik hissini uygʻotish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Strategiyaning asosiy yoʻnalishlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.1. Inson qadrini ulugʻlashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Jinoyat, jinoyat-protsessual va jinoyat ijroiya qonunchiligini insonparvarlik tamoyillari asosida takomillashtirish siyosatini izchil davom ettirish. “Xabeas korpus” institutini yanada rivojlantirish orqali tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Protsessual qonunchilikda advokatning vakolatlarini, shu jumladan dalillarni toʻplash va taqdim etish vakolatlarini kengaytirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Nizolarni hal etishning muqobil usullaridan keng foydalanish. Yarashuv institutini qoʻllash doirasini yanada kengaytirish. Sud ishlari boʻyicha ayrim toifadagi nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini takomillashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Sud ish yurituvida taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi tamoyilini amalda taʼminlash uchun taʼsirchan mexanizmlarni yaratish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.2. Odil sudlov sifatini tubdan oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sud ish yurituvi samaradorligini yanada oshirish choralarini koʻrish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Yuqori sud instansiyalarining sud qarorlarini qayta koʻrish faoliyatida raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, aholi uchun tushunarli va qulay, shuningdek, quyi sud xatolarini oʻz vaqtida toʻgʻrilashga koʻmak beruvchi mexanizmlarni yoʻlga qoʻyish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Hududlardagi aholi sonidan kelib chiqib, sudyalik shtat birliklari sonini bosqichma-bosqich oshirib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Sudyalarning ixtisoslashuvi talab etiladigan toifadagi nizolar boʻyicha ixtisoslashtirilgan sudyalar korpusini kengaytirish choralarini koʻrish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Sud ishlarini koʻrishda yagona sud amaliyotini taʼminlash uchun zarur choralarni koʻrish. Oliy sud Plenumi qarorlariga sharhlarni tayyorlash amaliyotini yoʻlga qoʻyish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.3. Sud hokimiyati mustaqilligi kafolatlarini yanada kuchaytirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sudyalar faoliyatiga har qanday aralashuvlarga, shu jumladan, davlat idoralari va mansabdor shaxslar aralashuvlariga barham berishning qatʼiy choralarini koʻrish, bunday qilmishlar uchun javobgarlikni keskin kuchaytirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Sud ishlarini hal etishga aralashganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sudyalar daxlsizligini buzish holatlarida bevosita sudyalar tomonidan oʻz vaqtida taʼsirchan choralar koʻrish imkoniyatlarini kengaytirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Protsessual tartibga rioya qilgan holda kelib tushgan murojaatlarning protsessual qonunchilik asosida koʻrib chiqilishini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Sudyalarga odil sudlovni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan har qanday vazifalar yuklatilishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ilgʻor xorijiy tajriba asosida sudlarning moliyaviy mustaqilligini toʻliq taʼminlash choralarini koʻrish orqali ular faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlarni sudlar tomonidan mustaqil ravishda belgilash mexanizmlarini joriy etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.4. Sudyalar hamjamiyatini shakllantirish, sudyalarni tanlash, lavozimga tayinlash, oʻqitish va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sudyalar hamjamiyati organlarining huquqiy asoslarini belgilash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Sudyalar oliy kengashi tarkibini shakllantirishda sudyalarning roli va oʻrnini belgilash maqsadida Sudyalar oliy kengashi tarkibining bir qismini sudyalar tomonidan saylash tartibini joriy etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, jumladan Sudyalar oliy maktabining faoliyatini ilgʻor xorijiy tajriba asosida takomillashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Sudyalar korpusini shakllantirishda ochiqlik va shaffoflik prinsipini yanada kengroq joriy etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.5. Sud jarayonlari va sud qarorlari yuzasidan jamoatchilik orasida toʻgʻri va xolisona fikrni shakllantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oliy sud va quyi sudlarning jamoatchilik va OAV bilan hamkorlik qiluvchi tuzilmalarining ish faoliyatini tanqidiy jihatdan qayta koʻrib chiqib, shiddat bilan oʻzgarib borayotgan axborot makonida ularning yangicha yondashuv va usullar asosida faoliyat yuritishini yoʻlga qoʻyish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Sudlar faoliyati bilan bogʻliq turli manbalarda eʼlon qilinadigan noxolis va bir tomonlama axborotlar boʻyicha zudlik bilan munosabat bildirish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini toʻgʻri va xolisona, qonun talablari doirasida yoritishni tashkil etish maqsadida budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan jurnalistlar va blogerlar uchun maxsus oʻquv kurslarini tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Keng jamoatchilikda sudlar faoliyati boʻyicha obyektiv va xolisona fikr-mulohazalar hamda qarashlarni shakllantirish maqsadida media reja asosida OAV va ijtimoiy tarmoqlarda turli shakl va koʻrinishdagi chiqishlarni tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.6. Sud hujjatlari ijrosini taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sud hujjatlarini ijro etishning samarali mexanizmlarini joriy etish. Bunda, davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari mansabdor shaxslari tomonidan sud hujjatlari soʻzsiz va oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlashni kuchaytirish choralarini koʻrish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.7. Sudlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va axborot xavfsizligini taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Sudlar faoliyatiga fuqarolarga huquqiy yordam koʻrsatish, sud hujjatlarini avtomatik tayyorlash va sud qarorlarini tahlil qilish yoʻnalishida sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish boʻyicha choralar koʻrish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.8. Sudlarda korrupsiyaga qarshi kurashish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sudlarda manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashishni izchil davom ettirish. Sud tizimini “korrupsiyasiz soha”ga aylantirish choralarini koʻrish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Sudlarda manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish boʻyicha samarali mexanizmlarni yaratish. “Sudlar korrupsiyaga mutlaqo qarshi” rukni ostida keng jamoatchilikka axborot berish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.9. Xalqaro hamkorlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish. Hamkor mamlakatlar bilan, shu jumladan xalqaro tashkilotlar doirasida sud hokimiyatining mustaqilligi, sud faoliyati samaradorligi, sud ishlari yuritishning oʻziga xos jihatlari va sohaga oid boshqa masalalar yuzasidan doimiy muloqotni olib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.10. Sud hokimiyatini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining tashkiliy tuzilmasini amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlariga mos ravishda takomillashtirish orqali islohotlarga toʻliq muvofiqlashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Sud binolarini mamlakatning nufuzi va odil sudlovni amalga oshirish vazifalariga mos, qulay, xavfsizlik va zamon talablariga javob beradigan namuna asosida bunyod etish choralarini koʻrish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Fuqarolarga har tomonlama qulayliklar yaratish, ularning sarf-xarajatlarini qisqartirish, shuningdek, sudlarning moddiy-texnika bazasini yanada yaxshilash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida yagona sud binolarini qurish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-yanvardagi PF-11-son Farmoniga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023 — 2026-yillarga moʻljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasini amalga oshirish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
HARAKATLAR DASTURI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Ustuvor yoʻnalishlar, maqsad va vazifalar

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. Inson qadrini ulugʻlashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish

1.

“Xabeas korpus” institutini amaliyotga yanada kengroq joriy etish.

“Xabeas korpus” institutini keng qoʻllash boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish:

tintuv oʻtkazish, telefon soʻzlashuvini eshitish va mulkni xatlashga sanksiya berish vakolatini prokurorlardan sudlarga oʻtkazish;

taraflarning tashabbusiga koʻra tayinlangan ehtiyot chorasini sud tomonidan yuqori qiymatda (jumladan, yetkazilgan zararga nisbatan) garov ehtiyot chorasiga almashtirish tartibini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil iyul

Oliy sud

(B. Islamov),

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

Davlat xavfsizlik xizmati

(A. Azizov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Nizolarni hal etishning muqobil usullaridan keng foydalanish uchun zarur tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarni yaratish.

1. Fuqarolarning buzilgan huquqlari tezkorlik bilan himoya qilinishini taʼminlash uchun nizolarni hal etishning muqobil usullarini, jumladan mediatsiya institutini qoʻllash doirasini kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2. Nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlari qoʻllanilishi lozim boʻlgan fuqarolik ishlari toifasini koʻpaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Tahliliy maʼlumotnoma

2023-yil oktabr

Oliy sud

(B. Islamov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Sud ish yurituvida taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi prinsipini amalda taʼminlash imkoniyatlarini yaratish.

1. Sud majlisida taraflarga shaxsning aybli yoki aybsiz ekanligini isbotlash, dalillarni taqdim qilish uchun teng imkoniyatlarni yaratish boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish hamda asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish.

2. Ayblanuvchining malakali yuridik yordam olish huquqi amalda toʻliq taʼminlanishi boʻyicha taʼsirchan mexanizmlarni ishlab chiqish.

3. Odil sudlovni taʼminlashda himoyachiga berilgan huquqlarni qayta koʻrib chiqib, uning vakolatlarini kengaytirish, jumladan shartnoma asosida mutaxassislarni jalb qilish huquqini berish boʻyicha takliflar tayyorlash.

4. Ayblanuvchining oʻz himoyachisidan voz kechishi boʻyicha har bir holatni tegishincha prokuror va sud tomonidan sinchkovlik bilan oʻrganish tizimini joriy qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.

Tahliliy maʼlumotnoma

2024-yil sentabr

Oliy sud

(B. Islamov),

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

II. Odil sudlov sifatini tubdan oshirish

4.

Sudyalar ixtisoslashuvini yanada kengaytirish.

1. Nizolar toifalari boʻyicha sudyalar ixtisoslashuvini joriy etish boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish hamda sud amaliyotini tahlil qilish.

2. Murakkabligiga koʻra ixtisoslashuvni talab etadigan yoʻnalishlar, jumladan oilaviy, mehnat, intellektual mulk huquqlarini himoya qilishga oid nizolar boʻyicha ixtisoslashtirilgan sudyalar korpusini shakllantirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil fevral

Oliy sud

(B. Islamov),

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Sh. Kudbiyev)

5.

Huquqni qoʻllash amaliyotini tanqidiy tahlil qilish asosida hamda ilgʻor xorijiy tajribani inobatga olgan holda maʼmuriy sud ish yurituvini takomillashtirish choralarini koʻrish.

Maʼmuriy sud ish yurituvini takomillashtirish konsepsiyasini ishlab chiqish.

Bunda quyidagilarni belgilash:

maʼmuriy organlar bilan fuqarolar va tadbirkorlar oʻrtasidagi barcha nizolarni xatlovdan oʻtkazib, sudlovga taalluqliligiga oid qoidalarni takomillashtirish;

maʼmuriy sud ish yurituvi prinsiplarini tanqidiy oʻrganib, ommaviy-huquqiy munosabatlarning mazmun-mohiyatini aks ettiruvchi prinsiplarni kiritish;

maʼmuriy sud ish yurituviga daʼvo institutini kiritib, maʼmuriy organlar ustidan beriladigan daʼvo turlarini aniq belgilash;

fuqarolar va tadbirkorlarning maʼmuriy hujjatga boʻlgan ishonchini himoya qilish tizimini tanqidiy oʻrganib, yetkazilgan zararni undirish tartibini aniqlashtirish;

maʼmuriy sudlar faoliyatiga huquqi buzilgan fuqaro — arizachining xohishiga koʻra eksterritorial sudlovga tegishlilik mexanizmini joriy etish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2023-yil noyabr

Oliy sud

(B. Islamov),

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

manfaatdor tashkilotlar

6.

Sud ishlarini koʻrishda yagona sud amaliyotini taʼminlash.

1. Oliy sud Plenumining amaldagi qarorlarini toʻliq inventarizatsiyadan oʻtkazib, ularning qonun hujjatlariga muvofiqligini oʻrganish hamda tushuntirish talab qilinadigan yoʻnalishlarni aniqlash.

2. Oliy sud Plenumining amaldagi qarorlarini takomillashtirish, shuningdek, bugungi kunda mavjud boʻlmagan, lekin tushuntirish talab qilinadigan yoʻnalishlar boʻyicha sud amaliyotini umumlashtirish yuzasidan yillik reja-jadvalni ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Oliy sud Plenumi qarorlariga sharhlar tayyorlash amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil iyul







Doimiy ravishda

Oliy sud

(B. Islamov)

7.

Soliq va bojxona masalalari boʻyicha yagona sud amaliyotini taʼminlash.

1. Maʼmuriy va iqtisodiy sudlarda soliq idoralari ishtirokidagi nizolarni koʻrib chiqish amaliyotini umumlashtirish hamda muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2. Maʼmuriy va iqtisodiy sudlarda bojxona idoralari ishtirokidagi nizolarni koʻrib chiqish amaliyotini umumlashtirish hamda muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Tahliliy maʼlumotnoma

2023-yil aprel

Oliy sud

(B. Islamov)

8.

Soliq organlarining maʼmuriy va iqtisodiy sudlardagi ishtirokini takomillashtirib, yagona amaliyotni taʼminlash.

1. Maʼmuriy va iqtisodiy sudlarda soliq organlari ishtirokidagi nizolarni koʻrib chiqish amaliyotini umumlashtirish.

2. Amaliyotda mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Tahliliy maʼlumotnoma

2023-yil mart

Soliq qoʻmitasi

9.

Bojxona organlarining maʼmuriy va iqtisodiy sudlardagi ishtirokini takomillashtirib, yagona amaliyotni taʼminlash.

1. Maʼmuriy va iqtisodiy sudlarda bojxona organlari ishtirokidagi nizolarni koʻrib chiqish amaliyotini umumlashtirish.

2. Amaliyotdagi muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Tahliliy maʼlumotnoma

2023-yil mart

Bojxona qoʻmitasi

III. Sud hokimiyati mustaqilligi kafolatlarini yanada kuchaytirish

10.

Sudyalar faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlash.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish:

sudga hurmatsizlik qilish holatlarining oldini olishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish, buning uchun maʼmuriy javobgarlik choralarini kuchaytirish va jinoiy javobgarlik belgilash;

sud ishlarini hal etishga aralashganlik va sud hujjatini ijro etmaganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish;

sudyaga nisbatan turar joy daxlsizligiga, yozishmalar, telefon orqali soʻzlashuvlar va boshqa soʻzlashuvlar, aloqa tarmoqlari orqali uzatiladigan pochta, kuryerlik joʻnatmalari va telegraf xabarlarining sir saqlanishiga boʻlgan huquqlarni cheklovchi, shuningdek, abonentlar yoki abonent qurilmalari oʻrtasidagi bogʻlanishlar toʻgʻrisidagi axborotni olishdan iborat tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazishga faqat Bosh prokurorning sanksiyasi asosida yoʻl qoʻyilishini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil mart

Oliy sud

(B. Islamov),

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

Sudyalar mustaqilligini taʼminlashning yangi mexanizmlarini yaratish.

1. Sudyalar hamjamiyati organlarining rolini yanada oshirish va sudyalarning oʻzini oʻzi boshqarish tamoyilini keng joriy etishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish.

2. Sudyalar daxlsizligi buzilgan holatlarda sudyalar tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri Sudyalar oliy kengashi raisiga onlayn platforma orqali murojaat qilish imkoniyatini yaratish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil mart

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Oliy sud

(B. Islamov),

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

Sudlarning moliyaviy mustaqilligini toʻliq taʼminlash choralarini koʻrish.

1. Odil sudlov faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlarni sudlar tomonidan mustaqil ravishda belgilash boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish hamda takliflarni tayyorlash.

2. Oʻz vazifalarini vijdonan, shuningdek, alohida muhim va masʼuliyatli ishlarni bajarayotgan xodimlar mehnatini munosib ragʻbatlantirish, ish unumdorligini oshirish maqsadida sudyalar va sud apparati xodimlariga har chorak yakuni boʻyicha va rasmiy bayram kunlarida pul mukofotlari, shuningdek, mehnat taʼtili davomida munosib moddiy yordam ajratish mexanizmlarini yaratish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Tahliliy maʼlumotnoma va normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil oktabr

Oliy sud

(B. Islamov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Sh. Kudbiyev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

13.

Sudyalarga odil sudlovni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan har qanday vazifalar yuklatilishiga yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlash.

1. Sudyalarga odil sudlovni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan vazifalar yuklash holatlarining oldini olish.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari orqali jismoniy va yuridik shaxslardan huquqiy tushuntirish yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlarni adliya organlari tomonidan koʻrib chiqish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

3. Respublika miqyosida, xususan olis hamda chekka hududlarni qamrab olgan holda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun sayyor qabullarni Oliy sud tomonidan mustaqil ravishda tashkil etishni belgilash.

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

2023-yil yakuniga qadar


2023-yil mart



2023-yil fevral

Oliy sud

(B. Islamov),

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

IV. Sudyalar hamjamiyati organlarini shakllantirish, sudyalarni tanlash, lavozimga tayinlash, oʻqitish va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish

14.

Sudyalar hamjamiyati organlarining huquqiy asoslarini belgilash.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Sudyalar hamjamiyati organlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish:

sudyalar hamjamiyati organlarining vazifalari, funksiyalari va vakolatlari;

sudyalar hamjamiyati organlarini shakllantirish, shu jumladan ushbu organlarga nomzod koʻrsatish tartibi;

sudyalar hamjamiyati organlari faoliyati mexanizmlari, oʻzaro va boshqa idoralar bilan hamkorlik qilish tartibi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil sentabr

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Oliy sud

(B. Islamov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

15.

Sudyalar oliy kengashini haqiqiy sudyalar hamjamiyati organiga aylantirish choralarini koʻrish.

1. Sudyalar oliy kengashi faoliyatini ilgʻor xorijiy tajriba asosida takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2. Sudyalar oliy kengashi tarkibini shakllantirishda sudyalarning roli va oʻrnini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil aprel

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Oliy sud

(B. Islamov),

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

16.

Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish.

1. Sudyalar oliy maktabining faoliyatini toʻliq tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash va uni tubdan isloh qilishga qaratilgan aniq choralarni belgilash.

2. Taʼlim va amaliyot oʻrtasida uzviy bogʻliqlikni yetarli darajada taʼminlash, kasbiy fanlar hamda amaliyot oʻrtasida real integratsiyalashuv jarayonini yaratish.

3. Sudyalar va sud apparati xodimlarining malakasini oshirish tizimini hozirgi zamon talablariga toʻliq moslashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil sentabr

Oliy sud

(B. Islamov),

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

17.

Sudyalar korpusini shakllantirishda ochiqlik va shaffoflik prinsipini yanada kengroq joriy etish.

1. Sud tizimidagi rahbarlik lavozimlariga tayinlashda demokratik tamoyillarni keng joriy etish.

2. Sudyalar korpusini shakllantirish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish hamda sohaga ochiqlik va shaffoflik prinsiplarini keng joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil may

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Oliy sud

(B. Islamov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

V. Sud jarayonlari va sud qarorlari yuzasidan jamoatchilik oʻrtasida toʻgʻri va xolisona fikrni shakllantirish

18.

Sud hokimiyatining nufuzi, mavqeyi va obroʻsini yanada yuksaltirish choralarini koʻrish.

1. Oliy sud va quyi sudlarning jamoatchilik va OAV bilan hamkorlik qiluvchi tuzilmalarining ish faoliyatini tanqidiy jihatdan qayta koʻrib chiqib, ularning faoliyatini yangicha yondashuv va usullar asosida yoʻlga qoʻyish, tuzilmalarni professional kadrlar bilan toʻldirish choralarini koʻrish.

2. Sudlar faoliyati bilan bogʻliq turli manbalarda eʼlon qilinadigan noxolis va bir tomonlama axborotlar boʻyicha zudlik bilan munosabat bildirish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

3. Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini toʻgʻri va xolisona, qonun talablari doirasida yoritishni tashkil etish maqsadida budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan jurnalistlar va blogerlar uchun maxsus oʻquv kurslarini tashkil etish.

4. Keng jamoatchilikda sudlar faoliyati boʻyicha obyektiv va xolisona fikr-mulohazalar hamda qarashlarni shakllantirish maqsadida media reja asosida OAV va ijtimoiy tarmoqlarda turli shakl va koʻrinishdagi chiqishlarni tashkil etish.

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

Doimiy ravishda

Oliy sud

(B. Islamov),

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

VI. Sud hujjatlari ijrosini taʼminlash

19.

Sud hujjatlarining oʻz vaqtida va toʻliq ijrosini taʼminlash.

1. Undiruvni uzoq muddatli koʻchmas mulk ijarasi huquqiga, yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarga, intellektual mulk obyektlariga boʻlgan mulkiy huquqlarga qaratish tartibining huquqiy asoslarini mustahkamlash.

2. Soddalashtirilgan tartibda sud hujjatlari ijrosini taʼminlash mexanizmlarini kengaytirish, jumladan qarzdor jismoniy shaxslardan elektr va issiqlik energiyasi, gaz, ichimlik suvdan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun qarzdorlikni soddalashtirilgan tartibda undirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil oktabr

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

Oliy sud

(B. Islamov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

VII. Sudlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va axborot xavfsizligini taʼminlash

20.

Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirishni yanada kengaytirish.

Sudlar faoliyatiga fuqarolarga huquqiy yordam koʻrsatish, sud hujjatlari loyihalarini avtomatik tayyorlash va sud amaliyotini tahlil qilish yoʻnalishida sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish boʻyicha choralar koʻrish.

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

2024-yil dekabr

Oliy sud

(B. Islamov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

21.

Idoralararo yagona integratsion platforma yaratish.

1. Idoralararo yagona integratsion platforma yaratish.

2. Sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻrtasida maʼlumotlar almashinuvini toʻliq raqamli texnologiyaga oʻtkazish.

3. Yagona platforma asosida axborot tizimlarini integratsiya qilish.

4. Axborot va maʼlumotlarning kiberxavfsizligini taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil dekabr

Oliy sud

(B. Islamov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

22.

Sudlar arxividagi maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlash va arxiv hujjatlarini tizimlashtirish.

1. Sudlar arxivini toʻliq xatlovdan oʻtkazish.

2. Sudlarning arxivida qogʻoz shaklida saqlanayotgan ishlar va hujjatlarni elektron shaklga oʻtkazish.

3. Sud arxivida ish va hujjatlarni saqlash tartibi hamda muddatlarini qayta koʻrib chiqish, jumladan jinoyat ishlarini qogʻoz shaklida saqlash muddatlarini bir necha baravar uzaytirish, elektron shaklga oʻtkazilgan ishlar va hujjatlarni yoʻq qilmaslik tartibini belgilash.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil dekabr

Oliy sud

(B. Islamov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

manfaatdor idoralar

VIII. Sudlarda korrupsiyaga qarshi kurashish

23.

Sudlarda manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish.

1. Ekspert va mutaxassislarni jalb qilgan holda sudlarda manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish boʻyicha samarali mexanizmlarni ishlab chiqish.

2. Sudyalar va ularning voyaga yetmagan farzandlarining mol-mulkini majburiy deklaratsiyalash tartibini yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

2023-yil oktabr

Oliy sud

(B. Islamov),

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov)

24.

Sud tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarini jadallashtirish.

1. Ekspert va mutaxassislar bilan birga odil sudlov faoliyatini “korrupsiyasiz soha”ga aylantirish boʻyicha choralarni nazarda tutuvchi reja-jadval ishlab chiqish.

2. Xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda ochiq sud majlisida uzluksiz tarzda koʻriladigan ishlar toifalarini belgilash hamda amaliyotga joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

3. “Sudlar korrupsiyaga mutlaqo qarshi” rukni ostida keng jamoatchilikka axborot berish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

2023-yil dekabr

Oliy sud

(B. Islamov),

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

IX. Xalqaro hamkorlik

25.

Xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish.

1. Hamkor mamlakatlar hamda xalqaro tashkilotlar bilan sud hokimiyati faoliyati samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan doimiy muloqot olib borish.

2. Hamkor mamlakatlar sud idoralari vakillari bilan ikki va koʻp tomonlama aloqalarni kengaytirish.

3. Hamkor mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan sud-huquq sohalarida maslahatlashuvlarni tashkil etish hamda qoʻshma dasturlarni amalga oshirish.

4. Ilgʻor xorijiy mamlakatlar bilan odil sudlov sohasida hamkorlikni kengaytirish.

Amaliy va tashkiliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Oliy sud

(B. Islamov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

X. Sud hokimiyatini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash

26.

Sudlarni moddiy-texnik va moliyaviy jihatdan taʼminlash ishlarini samarali tashkil etish.

1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti va hududiy boʻlimlarining faoliyatini tahlil qilish.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti va hududiy boʻlimlarining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

3. Quyi sudlarning moddiy-texnik va moliyaviy taʼminotini uzluksiz tashkil etish choralarini koʻrish.

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

2024-yil iyun

Oliy sud

(B. Islamov)

27.

Sudyalar va ularning oila aʼzolari pensiya taʼminoti shartlari, meʼyorlari hamda tartibini takomillashtirish.

Sudyalarga pensiya tayinlashda amaliyotda yuzaga kelayotgan noaniqlik va muammolar tahlili asosida sudyalar va ularning oila aʼzolari pensiya taʼminoti shartlari, meʼyorlari hamda tartibini takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2023-yil avgust

Oliy sud

(B. Islamov),

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Sh. Kudbiyev)

28.

Viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarning moddiy-texnika bazasini yanada takomillashtirish.

Fuqarolarga har tomonlama qulayliklar yaratish, ularning sarf-xarajatlarini qisqartirish, shuningdek, sudlarning moddiy-texnika bazasini yanada yaxshilash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlarida yagona sud binolarini qurish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi

2025-yil avgust

Oliy sud

(B. Islamov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Sh. Kudbiyev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2023-y., 06/23/11/0033-son)