10.01.2023 yildagi PF-2-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 10.01.2023 yildagi PF-2-son
Date of entry into force
13.01.2023
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini tubdan isloh qilish hamda sohaning eksport salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirish, soha korxonalarining investitsiya va eksport faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishi natijasida respublikada ishlab chiqarilayotgan paxta tolasi toʻliq va ip kalavaning 45 foizi qayta ishlanmoqda, shuningdek, sohaning yillik eksport salohiyati 3,2 milliard dollardan oshdi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, jahon bozorlarida raqobatning kuchayishi, xorijiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan aralash turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish hisobiga xarajatlarning kamaytirilishi ushbu sohani rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni taqozo etmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi besh yilda paxta tolasini chuqur qayta ishlash orqali yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar, toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2,1 baravarga va eksport koʻrsatkichini 2,6 baravarga oshirishni taʼminlash hamda gilam va uy toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini davlat tomonidan keng miqyosda qoʻllab-quvvatlash orqali 2023-yil yakuni bilan sohaning eksport salohiyatini 5 milliard AQSH dollariga yetkazish, tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini 65 foizdan 81 foizga oshirish, 35 mingta boʻsh ish oʻrinlarini toʻldirish, jumladan ijtimoiy daftarlarga kirgan aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatidagi mavjud imkoniyatlar va yangi zaxiralarni safarbar etish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gazlama, trikotaj mato va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport qiluvchi korxonalarni uzluksiz, jumladan revolver kreditlash asosida aylanma mablagʻ bilan taʼminlash uchun “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatiga, uning buyurtmasiga asosan 2023-yilda 100 million AQSH dollari va 2024-yilda 150 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlar 2030-yil 31-dekabrga qadar qaytarish sharti bilan yillik 4 foiz stavkada ajratiladi;
(2-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-yanvardagi PF-4-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2026-y., 06/26/4/0043-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banklarida, ularning buyurtmasiga asosan 50 million AQSH dollari miqdorida, 10 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 4 foiz stavkada va qolgan davr uchun yillik 5 foiz stavkada quyidagi mezonlar boʻyicha gazlama, gilamchilik, boʻyash-pardozlash, tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalariga kredit liniyalari ochiladi:
(2-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-sentabrdagi PF-155-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 06/23/155/0666-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulot umumiy hajmining 50 foizi miqdorida eksportni taʼminlash boʻyicha majburiyatlarni qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz mablagʻlari, shu jumladan bino-inshootlar, aylanma mablagʻ ishtirokini kamida 30 foiz qilib belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit majburiyatlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorliklar mavjud emasligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport majburiyati korxona tomonidan bajarilmagan taqdirda, kredit boʻyicha imtiyozli davrda hisoblangan foiz stavkalari yillik 5 foiz stavkada qayta hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banklari tomonidan Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi resurslari hisobidan ajratiladigan kreditlar boʻyicha belgilangan yillik foiz stavkasi tarkibida bank marjasi 2 foizdan oshmagan miqdorda oʻrnatiladi;
(2-band “a” kichik bandining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-iyundagi PF-98-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2023-y., 06/23/98/0400-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ajratilgan mablagʻlarni oʻzlashtirish yakunlaridan kelib chiqib, Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi xulosasi asosida Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan 2024-yilda qoʻshimcha 100 million AQSH dollari miqdorida mablagʻ ajratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) tijorat banklari tomonidan toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarini revolver kreditlash orqali aylanma mablagʻ bilan taʼminlashga 1 trillion soʻm miqdorida 24 oyga, jumladan 6 oylik imtiyozli davr bilan 2 foizdan oshmagan bank marjasini qoʻllagan holda kreditlar ajratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalariga elektr energiyasi isteʼmoli uchun bir oylik oldindan toʻlov talabi bekor qilinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-yanvardagi PF-4-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2026-y., 06/26/4/0043-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi hisobidan savdo operatsiyalarini moliyalashtirish uchun oxirgi 12 oy mobaynida amalga oshirilgan mahsulotlar realizatsiyasi hajmidan kelib chiqqan holda 3 yil muddatgacha quyidagi miqdorlarda moliyaviy resurslar ajratiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulotlar realizatsiyasi hajmi 5 million AQSH dollari ekvivalentigacha boʻlganda — 1 million AQSH dollarigacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulotlar realizatsiyasi hajmi 5 million AQSH dollari ekvivalentidan 10 million AQSH dollari ekvivalentigacha boʻlganda — 2 million AQSH dollarigacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulotlar realizatsiyasi hajmi 10 million AQSH dollari ekvivalentidan 15 million AQSH dollari ekvivalentigacha boʻlganda — 3 million AQSH dollarigacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulotlar realizatsiyasi hajmi 15 million AQSH dollari ekvivalentidan 20 million AQSH dollari ekvivalentigacha boʻlganda — 4 million AQSH dollarigacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulotlar realizatsiyasi hajmi 20 million AQSH dollari ekvivalentidan ortiq boʻlganda — 5 million AQSH dollarigacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda 3 yil muddatgacha berilgan kreditlarning maʼlum bir qismi belgilangan muddatlarda soʻndirilgan taqdirda, tadbirkorlik subyektlariga kreditning soʻndirilgan qismiga mutanosib ravishda qoʻshimcha kreditlar ajratiladi;
(2-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-yanvardagi PF-4-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2026-y., 06/26/4/0043-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) tashqi bozorlarda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarini sotishga moʻljallangan yirik savdo omborlarini ijaraga olish xarajatlari Eksportni ragʻbatlantirish agentligi mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi bir oy muddatda yirik savdo omborlarini ijaraga olish xarajatlarini qoplash tartibini tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eksportni ragʻbatlantirish agentligi buyurtmasiga asosan ushbu Farmonning 2-bandi “g” va “e” kichik bandlaridagi hamda 5-bandi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilaridagi xarajatlarni qoplash uchun respublika budjetidan qoʻshimcha 100 milliard soʻm mablagʻ ajratilishini taʼminlasin hamda kelgusi yillarda budjet parametrlarini shakllantirishda ushbu xarajatlarni nazarda tutsin;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-noyabrdagi PF-198-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2023-y., 06/23/198/0868-son — 2023-yil 1-dekabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda fermer xoʻjaliklariga 2022-yil hosili uchun hisoblangan qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirmaganlik uchun penya qoʻllamaslik yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tijorat banklari bilan birgalikda soha korxonalarini aylanma mablagʻ bilan taʼminlash uchun 2023-yil 1-aprelga qadar 2 yil muddatga 500 million AQSH dollari miqdorida xorijiy moliyaviy tashkilotlar mablagʻlarini jalb qilish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan paxta tolasi taʼminoti asosida bosqichma-bosqich 700 million AQSH dollari miqdorida muqobil moliyalashtirish manbalari hamda xorijiy moliya tashkilotlari mablagʻlarini jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olti oy muddatda mahalliy korxonalar mahsulotiga xalqaro sertifikatlarni taqdim etuvchi kamida uchta yirik xorijiy kompaniyalarning vakolatxonasini tashkil qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taniqli brendlar vakillarining respublikada har yili oʻtkaziladigan koʻrgazma va yarmarkalarda ishtirok etishi bilan bogʻliq xarajatlarni Yengil sanoatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab berish;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-yanvardagi PF-4-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2026-y., 06/26/4/0043-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda tajriba tariqasida Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Yevropa davlatlarida “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining savdo uyi (vakolatxona)ni tashkil qilish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari tomonidan xorijda savdo uyi va doʻkonini tashkil etish uchun alohida qarorlarsiz yiliga 100 ming AQSH dollarigacha mablagʻni chet elga oʻtkazishga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Yil yakuniga qadar Andijon, Namangan va Qashqadaryo viloyatlarida toʻqimachilikka ixtisoslashgan kichik sanoat zonalari hamda Toshkent viloyatida toʻqimachilik sanoati mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga ixtisoslashgan industrial texnopark 1-ilovaga muvofiq tashkil etilsin.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-maydagi PF-71-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.05.2024-y., 06/24/71/0322-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Andijon, Namangan, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklari, Energetika vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ mazkur Farmonga 1-ilovada nazarda tutilgan kichik sanoat zonalarida elektr energiyasi, tabiiy gaz, oqova suv tarmoqlari, markazlashgan suv tozalash inshootlari va boshqa infratuzilmalar barpo etilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Toshkent viloyatida toʻqimachilik sanoati mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga ixtisoslashgan industrial texnopark tashkil qilish boʻyicha Hukumat qarorini qabul qilsin.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-maydagi PF-71-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.05.2024-y., 06/24/71/0322-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savdo-sanoat palatasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Toshkent viloyati hokimligiga industrial texnopark faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish vazifasi yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. 2026-yil 1-oktabrga qadar toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona bojidan ozod qilinadigan ayrim tovarlar roʻyxati 1a-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-noyabrdagi PF-198-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2023-y., 06/23/198/0868-son — 2023-yil 1-dekabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Oʻzpaxtasanoat” AJni tugatish loyiha ofisi va “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda “Oʻzpaxtasanoat” AJ balansidagi boʻsh turgan paxta terminallari negizida toʻqimachilikka ixtisoslashtirilgan kichik sanoat zonalarini tashkil etish hamda importdan keltiriladigan xomashyo omborlari sifatida ishlatish yuzasidan Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining ijtimoiy daftarlarga kirgan aholiga berilayotgan imtiyozlarni 3 oy muddatga saqlab qolish sharti bilan ularni soha korxonalariga ishga joylashtirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 1-aprelga qadar talab yuqori boʻlgan professional kasblar (tikuvchi, bichuvchi, yigiruvchi, mexanik) yoʻnalishida dual taʼlim tizimida mutaxassislar tayyorlash va xorijiy (Germaniya, Turkiya) taʼlim dasturlarini joriy qilish boʻyicha pilot loyihalarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm va Namangan viloyatlarida amalga oshirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 1-avgustga qadar Turkiyaning nufuzli toʻqimachilik instituti bilan hamkorlikda Andijon viloyatida zamonaviy innovatsion texnologiyalar institutini tashkil etish va xorijiy taʼlim dasturlarini joriy etish yuzasidan tegishli qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023/2024 oʻquv yilidan Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutida Turkiya, Germaniya va boshqa davlatlarning oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda toʻqimachilik sanoatida talab yuqori boʻlgan mutaxassislarni (muhandis, texnolog, dizayner, marketolog) tayyorlash boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlarini ishlab chiqib, joriy etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar berish, shuningdek, investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun mablagʻlarni jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil hosilidan boshlab, paxta xomashyosiga hisoblanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovining fermer xoʻjaliklari va paxta-toʻqimachilik klasterlari uchun maqbul va shaffof mexanizmini joriy qilish yuzasidan aniq hisob-kitoblar asosida qoʻshimcha takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Kudratov belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 10-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-2-son
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-yanvardagi PF-2-son Farmoniga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Andijon, Namangan va Qashqadaryo viloyatlarida toʻqimachilikka ixtisoslashgan kichik sanoat zonalari hamda Toshkent viloyatida toʻqimachilik sanoati mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga ixtisoslashgan industrial texnopark
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
HUDUDLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Hudud nomi

Tuman nomi

Mahalla nomi

Kontur

Yer maydoni

(ga)

1.

Andijon viloyati

Paxtaobod tumani

Doʻstlik massivi “Hayotbaxsh” MFY

266, 267, 268, 269, 270, 271, 272, 273, 274, 275, 276, 277, 278, 279, 280, 282, 283, 285, 286

55

2.

Qashqadaryo viloyati

Koson tumani

“Doʻstlik” MFY

61, 62, 63, 64, 65, 66, 138, 140 13009q

27,4

“Gulbogʻ” MFY

2011, 2013q

2,6

3.

Namangan viloyati

Chortoq tumani

“Oʻrikzor” MFY

363, 146, 459, 364, 365, 369, 368, 370, 378, 377, 376, 379, 380, 384, 383, 382, 381, 149, 135, 145, 386, 387, 388, 385, 389

106,1

4.

Toshkent viloyati

Yuqori Chirchiq tumani

“Qursoy” va “Nurli zamin” MFY

4185, 4186, 4187, 4188, 4189, 4190, 4191-k, 4023 qk

69

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Savdo-sanoat palatasi tomonidan Andijon va Namangan viloyatidagi toʻqimachilikka ixtisoslashgan kichik sanoat zonalari direksiyalari funksiyalari Toshkent viloyatida toʻqimachilik sanoati mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga ixtisoslashgan industrial texnopark direksiyasiga yuklatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Andijon va Namangan viloyatidagi toʻqimachilikka ixtisoslashgan kichik sanoat zonalari hududiga kiritilishi nazarda tutilgan boʻsh yer uchastkalari Vazirlar Mahkamasi tomonidan yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun baholangan qiymatda 10 yilgacha muddatda boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan 49 yilga Savdo-sanoat palatasi muassisligidagi direksiyaga ijaraga berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, ushbu yer uchastkalarida direksiya tomonidan quriladigan obyektlar yer uchun toʻlov toʻliq toʻlangunga qadar tadbirkorlarga cheklovlarsiz realizatsiya qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Namangan viloyati kichik sanoat zonasi yer uchastkalari belgilangan tartibda sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkaziladi.
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-maydagi PF-71-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.05.2024-y., 06/24/71/0322-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-yanvardagi PF-2-son Farmoniga
1a-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 1-oktabrga qadar toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona bojidan ozod qilinadigan ayrim tovarlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

TIF TN kodi

Tovar nomi

1.

3923100000,

3923409000,

3923900000

Plastmassadan tayyorlangan tovarlarni tashish yoki qadoqlash uchun tovarlar

2.

4010120000,

4010190000,

4010310000,

4010320000,

4010330000,

4010340000,

4010350000,

4010360000,

4010390000

Lentalar, remenlar yoki beltinglar

3.

8415830000

Dvigatelli ventilyator hamda havo harorati va namligini oʻzgartirish uchun asboblar bilan jihozlangan havoni konditsionerlash qurilmalari, shu jumladan, namlikni alohida nazorat qilib boʻlmaydigan konditsionerlar: – – ichiga sovutish qurilmasi oʻrnatilmaganlar

4.

8716800000

Tirkamalar va yarim tirkamalar; boshqa oʻziyurar boʻlmagan transport vositalari; ularning qismlari:– boshqa transport vositalari– – boshqalar:– – – boshqalar:– – – – muqaddam foydalanishda boʻlgan (ishlatilgan):– – – – – boshqalar:– – – – – – boshqalar:– – – – – – – boshqalar

(1a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-noyabrdagi PF-198-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2023-y., 06/23/198/0868-son — 2023-yil 1-dekabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-yanvardagi PF-2-son Farmoniga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-sentabrdagi “Yengil sanoatni yanada rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4453-son qarorining 2-bandida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“b” kichik banddagi “2023-yil” soʻzlari “2024-yil” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“v” kichik banddagi “5 foizi” soʻzlari “10 foizi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-maydagi “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qoʻllab-quvvatlashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5989-son Farmonining 8-bandida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“a” kichik bandning birinchi xatboshisidan “Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 300 mln AQSH dollari miqdoridagi kredit liniyalari mablagʻlari,” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“b” kichik banddagi “2023-yil” soʻzlari “2024-yil” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-noyabrdagi “Paxta xom ashyosini yetishtirish va uning yigʻim-terim xarajatlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2-son qarori 1-bandi “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi “shu jumladan 3 oylik imtiyozli davr bilan” soʻzlaridan keyin “(2022-yil paxta hosili uchun 9 oylik imtiyozli davr bilan)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ularning eksportini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-53-son Farmonining 3-bandida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshidagi “1-fevraldan” soʻzlari “1-martdan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“a” kichik banddagi “25 foizi” soʻzlari “20 foizi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-sentabrdagi “Tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-228-son Farmoni 1-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“bir eksport shartnomasi doirasida kelib tushmagan valyuta summasi eksportga yuklangan jami mahsulot narxining 5 foizidan oshmagan taqdirda muddati oʻtgan debitor qarzdorlik hisoblanmaydi va tadbirkorlik subyektiga nisbatan jarima qoʻllanilmaydi. Ushbu norma 2022-yil 1-noyabrga qadar boʻlgan holatlarga ham tatbiq etiladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Tadbirkorlik subyektlarining eksport faoliyatini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-268-son Farmoni 1-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2024-yil 1-yanvarga qadar Yevropa, Turkiya, Marokash, Shimoliy va Janubiy Amerika, Arab, Koreya va Yaponiya davlatlariga gazlama, trikotaj mato va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qilishda tashish xarajatlarining 70 foizini kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etiladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-son qarori bilan tasdiqlangan Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 25-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Eksport shartnomalari boʻyicha toʻlovlar uchinchi shaxslar, yaʼni eksport shartnomasi boʻyicha invoys (hisob-faktura) asosida yetkazib beruvchining pullik huquqlarini berish asosida debitorlik qarzlarini sotib olgan yoki yetkazib beruvchiga eksportoldi moliyalashtirishni amalga oshirgan moliya agentlari (investorlar) tomonidan amalga oshirilgan boʻlsa, uchinchi shaxs-investorlar tomonidan koʻrsatilgan moliyaviy xizmat uchun ushlab qolinadigan mukofotlash haqi miqdori tegishli eksport kontraktlari boʻyicha debitorlik qarzi hisoblanmaydi. Bunday hollarda tegishli eksport kontraktlaridan tushadigan valyuta miqdori uchinchi shaxs-investorlarning mukofotlash haqi miqdorida kamaytiriladi va yetkazib beruvchilar balansining xarajatlar qismida hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda mavjud eksport kontrakti boʻyicha debitorlik qarzdorligini sotib olish toʻgʻrisidagi shartnoma Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi (TSOYAEAT)da roʻyxat olinmaydi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 826-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 18-bandi toʻqqizinchi xatboshisi “100 kvadrat metrgacha” soʻzlaridan keyin “(omborxonalar uchun 500 kvadrat metrgacha)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-son qarori bilan tasdiqlangan “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 44-bandi quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
““Ayollar daftari” ga kiritilgan xotin-qizlar “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi tarmoqlarida ishga joylashgan taqdirda, mazkur xatboshida nazarda tutilayotgan xotin-qizlar yuqoridagi daftardan chiqarilmaydi va ular uchun qonunchilikda belgilangan barcha imtiyoz va preferensiyalar uch oy muddatga saqlab qolinadi. Bunda, imtiyoz va preferensiyalarning uch oylik amal qilish muddati xotin-qizlar ishga kirgan kundan boshlab hisoblanadi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2023-y., 06/23/2/0024-son, 19.06.2023-y., 06/23/98/0400-son; 04.09.2023-y., 06/23/155/0666-son; 21.11.2023-y., 06/23/198/2023-son; 21.11.2023-y., 06/23/198/0868-son; 03.05.2024-y., 06/24/71/0322-son; 15.01.2026-y., 06/26/4/0043-son)