Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.05.1994 27.01.1994 yildagi 45-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 27.01.1994 yildagi 45-son
Date of entry into force
27.01.1994
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.05.1994
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
AHOLIGA SOTILADIGAN YoQILGʻI, ENERGIYA VA KOʻRSATILADIGAN XIZMATLARNING ChAKANA NARXLARINI HAMDA TARIFLARINI OʻZGARTIRISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 30-maydagi 273-sonli “Aholiga sotiladigan yoqilgʻi, elektr energiyasi chakana narxlarini hamda yoʻlovchi tashish transporti xizmatlarini tariflarini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikaga keltirilayotgan yoqilgʻi, moddiy-texnika va boshqa resurslar narxlarining oshishi munosabati bilan, energiya resurslaridan foydalanishning samaradorligini oshirish va xalq xoʻjaligi tarmoqlarining barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 1994-yil 1-fevraldan boshlab yoqilgʻi, energiya, shaharda va shahar atrofiga qatnaydigan yoʻlovchi tashish transporti xizmati va aholiga koʻrsatiladigan kommunal xizmatlarning ayrim turlariga chakana narxlar va tariflar ilovaga muvofiq belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Respublika aholisining ayrim toifalariga koʻrsatiladigan xizmatlar uchun ilgari qabul qilingan qarorlarga muvofiq amalda boʻlgan imtiyozlar saqlab qolinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir hafta muddatda yoqilgʻi, energiya, xizmatlar ayrim turlarining yangi chakana narxlarini tasdiqlasin va narx preyskurantlarini chiqarsin hamda barcha manfaatdor vazirlik, idora, korxona va tashkilotlarga oʻz vaqtida yetkazilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari koʻmirning chakana narxi preyskurantlarini mazkur qarorga muvofiq tasdiqlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlar suyultirilgan gaz va koʻmir qoldiqlarini 1994-yil 1-fevraldagi holatga koʻra qayta baholab chiqsinlar, qayta baholashdan tushgan summani oʻzlarining aylanma mablagʻlarini toʻldirishga yoʻnaltirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 16-iyuldagi 359-son, 1993-yil 17-sentabrdagi 462-son, 1993-yil 14-oktabrdagi 494-son va 1993-yil 27-noyabrdagi 572-son qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri A. MUTALOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1994-yil 27-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil
27-yanvardagi 45-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoqilgʻi, energiya, shaharda va shahar atrofiga qatnaydigan yoʻlovchilarni tashuvchi transport xizmati va aholiga koʻrsatiladigan kommunal xizmatlarning ayrim turlariga belgilanadigan chakana narx va tariflarning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
cheklangan miqdorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻlchov birligi Chakana narxi (tarif) bir birlik uchun soʻm-kuponlarda
Tabiy gaz 1000 m3‎ 1500‎
Suyultirilgan gaz kg‎ 180‎
Elektr energiyasi‎ kVt . ch‎ 10‎
Elektr plitalar bilan jihozlangan uy-joylarda yashovchi aholiga beriladigan elektr energiyasi kVt , ch‎ 5‎
Koʻmir (oʻrtacha) tonna‎ 12000‎
Shahar transporti (metro, avtobus, tramvay, trolleybus)da yoʻlovchilar tashish 1 poyezdka‎ 50‎
Shahar atrofiga qatnaydigan avtobuslarda yoʻlovchilar tashish:
umumiy tipdagi za 1 km. puti‎ 8—50‎
yumshoq oʻrinli ”‎ 12—50‎
Markaziy isitish (oʻrtacha) 1 kv.m.jiloy ploщadi‎ 30‎
Issiq suv taʼminoti (oʻrtacha) s 1 cheloveka v mesyats‎ 300‎
Vodoprovod ”‎ 162‎
Kanalizatsiya ”‎ 158‎