Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.12.2022 12.01.1998 yildagi 14-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 12.01.1998 yildagi 14-son
Date of entry into force
12.01.1998
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.12.2022
Hujjat 05.05.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli “Yaratilgan yangi ish oʻrinlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda davlat soliq xizmati organlari tomonidan ularga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 13-martdagi 87-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Davlat soliq xizmati organlari uchastka soliq inspektorlari lavozimi joriy etilishi munosabati bilan uchastka soliq inspektorlari soni 1659 nafar etib belgilansin, shu jumladan, 1419 nafari qishloq va shaharchalar fuqarolar yigʻinlarining hisobchi-kassir lavozimlarini tegishli ravishda qisqartirish hisobiga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari 1419 qishloq va shaharchalar fuqarolar yigʻinlarining hisobchi-kassir shtatlarining davlat soliq xizmati organlariga berilishini taʼminlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 13-martdagi 87-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-maydagi 180-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Ekspert kengashi toʻgʻrisidagi nizom 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilansinki, Davlat soliq xizmati organlarini ijtimoiy rivojlantirish va ularni moddiy-texnik taʼminlash jamgʻarmasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat soliq organlari tomonidan oʻtkazilgan tekshirishlar natijasida qoʻshimcha undirib olingan summalar (shu jumladan penyalar) hamda soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun solingan moliyaviy jazo choralari summalarining 35 foizi miqdoridagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat soliq organlariga tegishli maʼmuriy huquqbuzarlik uchun solingan jarimalar summasining 35 foizi miqdoridagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat soliq xizmati organlari tomonidan musodara qilingan tovarlarni sotishdan olingan summaning 20 foizi miqdoridagi ajratmalar hisobiga shakllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Moliya vazirligi ishtirokida Davlat soliq xizmati organlarini ijtimoiy rivojlantirish va moddiy-texnik taʼminlash jamgʻarmasini tuzish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi har yilgi investitsiya dasturlarini tuzishda ularga Davlat soliq qoʻmitasi obyektlarini qurish, kengaytirish va rekonstruksiya qilish kiritilishini nazarda tutsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublika budjetini shakllantirishda Davlat soliq qoʻmitasining joriy xarajatlariga va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga har yili zarur mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi bazasida 1998-yildan boshlab davlat soliq xizmati organlarining surishtiruv ishlarini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarini tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha maxsus kurslar tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari uchastka soliq inspektorlarini funksiyalariga tegishli faoliyatni amalga oshirishlari uchun joylar bilan taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida”gi 1994-yil 4-martdagi 114-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998-yil 12-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 13-martdagi 87-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 13-martdagi 87-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 13-martdagi 87-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 13-martdagi 87-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 13-martdagi 87-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 13-martdagi 87-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 13-martdagi 87-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(5a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 13-martdagi 87-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 13-martdagi 87-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-maydagi 180-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
12-yanvardagi 14-son qaroriga
8-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Ekspert kengashi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tarkibidagi Ekspert kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) ning maqsadi, vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlarini belgilab beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Kengash Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Adliya vazirligining, shuningdek, boshqa idoralar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar hamda ilmiy-tadqiqot institutlarining yuqori malakali mutaxassislaridan iborat tarkibda tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Kengash tarkibi Kengash raisi, Kengash raisining oʻrinbosari, Kengash aʼzolari va kotibdan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Kengashning shaxsiy tarkibi, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi tasdiqlagan holda, Kengash raisining va tegishli vazirliklar hamda idoralarning taqdimnomalari asosida shakllanadi va oʻzgartiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar Kengashning vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq solish sohasida yangidan joriy etiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish va ularning qonun hujjatlariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosalar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq haqidagi qonun hujjatlari boʻyicha normativ hujjatlarni amalda qoʻllash jarayonida soliq toʻlovchilar bilan soliq organlari oʻrtasida paydo boʻladigan oʻta murakkab va munozarali masalalarni koʻrib chiqish, ular yuzasidan xolis qarorlar qabul qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Kengash vazifalaridan kelib chiqib unga quyidagi funksiyalar yuklanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq solish sohasida tayyorlangan normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini koʻrib chiqish va ularning soliq haqidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq solish masalalarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari va normativ hujjatlarni qoʻllashning eng murakkab va munozarali masalalari boʻyicha xulosalar chiqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun moliyaviy jazo choralari va maʼmuriy jarimalar qoʻllanganda paydo boʻluvchi ziddiyatlarni koʻrib chiqish, davlat soliq xizmati quyi soliq organlarining moliyaviy jazo choralari va maʼmuriy jarimalar qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorlarini oʻzgartirish, bekor qilish yoki ularni oʻz kuchida qoldirish haqida takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq organlari va soliq toʻlovchilar oʻrtasidagi munozarali masalalarni koʻrib chiqish jarayonida aniqlangan joylardagi soliq xizmati organlari rahbarlari va mansabdor shaxslarining gʻayriqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan qonuniylikni buzishga yoʻl qoʻygan aybdor shaxslarni intizomiy, moddiy yoki boshqa xil javobgarlikka tortish toʻgʻrisida keyinchalik talab qoʻygan holda tegishli taqdimnomalar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq haqidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va soliqqa oid nizolarni koʻrib chiqishda qonun hujjatlari va normativ hujjatlarning aniqlangan kamchiliklarini bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflar kiritish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Kengashga quyidagi huquqlar beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq haqidagi qonun hujjatlarini qoʻllash va talqin qilish jarayonida paydo boʻluvchi qarama-qarshiliklarni bartaraf etish va soliq tizimini takomillashtirish yuzasidan Moliya vazirligiga va Davlat soliq qoʻmitasiga takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq organlari mutaxassislarini, shuningdek, boshqa muassasalar va tashkilotlarning moliya, soliq va huquq masalalari bilan shugʻullanadigan mutaxassislarini, ular bilan kelishgan holda, ekspertiza oʻtkazishda va ekspertlar sifatida xulosalar berishda ishtirok etish uchun jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq solish sohasida yangidan joriy etilgan normativ hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish va ular yuzasidan xolis xulosa berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻllanilgan moliyaviy jazo choralarini undirish muddatlarini korxonalar va tashkilotlarning moliya-xoʻjalik ahvolini va faoliyatini hisobga olgan holda uzaytirish, lekin bu muddat koʻpi bilan bir yildan oshib ketmasligi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash aʼzolari va jalb qilingan ekspertlarning Kengashni tayyorlash, uni oʻtkazish va taqdim etilgan materiallarni ekspertiza qilish bilan bogʻliq qoʻshimcha mehnatiga haq toʻlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Kengash faoliyatini tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengashda koʻrib chiqish uchun masalalar Moliya vazirligining yoki Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparati boshqarmalarining taqdimnomalari boʻyicha kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash majlisi bir oyda kamida bir marta oʻtkaziladi. Kengash majlisida uning tarkibining kamida uchdan ikki qismi qatnashgandagina Kengash qarori qonuniy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash qarori ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi va keyinchalik Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovozlar teng boʻlib qolgan hollarda, soliq toʻlovchi foydasiga qaror chiqarishga ustunlik beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengashning koʻrib chiqishiga masalalar kiritish uchun masala kiritayotgan boʻlinmalar Kengash raisi nomiga masalaning mohiyati bayon qilingan maʼlumotnoma taqdim etadilar. Kengash raisining roziligi olingandan soʻng Kengashning koʻrib chiqishi uchun masala kiritayotgan boʻlinma tomonidan masalaga tegishli barcha materiallar, ushbu ish boʻyicha qaror loyihasi va masalani koʻrib chiqishda ishtirok etish uchun tavsiya etilgan shaxslar roʻyxati taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Barcha hujjatlar tayyorlangandan soʻng masala kengash kotibining taqdimnomasiga koʻra Kengashning navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritiladi, Kengashning navbatdagi majlisi kun tartibi tasdiqlangandan keyin kamida 10 kundan soʻng oʻtkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash majlisida koʻrib chiqiladigan masalalarga taalluqli materiallar kun tartibi tasdiqlangandan soʻng uch kun mobaynida kotib tomonidan Kengash aʼzolariga yetkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash majlisi bayonnomasi Kengash kotibi tomonidan tuziladi, majlisda qatnashgan Kengash aʼzolari tomonidan imzolanadi, Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining muhri bosiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Manfaatdor shaxslarga kotib tomonidan muhrlangan va Kengash raisi tomonidan tasdiqlangan bayonnomadan koʻchirma joʻnatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Lavozimi boʻyicha Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Kengash raisi hisoblanadi. Kengash raisi kun tartibini tasdiqlaydi, majlisni olib boradi va bayonnomani tasdiqlaydi, Kengash qarorlari bajarilishini nazorat qiladi. Kengash raisi yoʻqligida uning vazifalarini oʻrinbosar bajaradi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-maydagi 180-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Kengash kotibi Kengash aʼzolarini koʻrib chiqiladigan masalalarga taalluqli materiallar bilan taʼminlaydi, majlis bayonnomasini yuritadi va Kengash hujjatlari aylanishini taʼminlaydi, qarorlarning bajarilishini nazorat qiladi va navbatdagi majlislarda ularning qanday bajarilayotganligi toʻgʻrisida Kengash raisini xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash kotibi maslahat ovoziga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Kengash qarori ustidan u olingan paytdan boshlab oʻn kun muddatda Davlat soliq qoʻmitasi raisi nomiga yoki sudga ariza berish orqali belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.