Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2024 23.12.2022 yildagi PF-270-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 23.12.2022 yildagi PF-270-son
Date of entry into force
23.12.2022
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni

2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yilda fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida toʻliq dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish, “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish uchun dam olish va bayram kunlaridan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2023-yilda quyidagi qoʻshimcha dam olish kunlari belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qatʼi nazar): 2-yanvar — dushanba, 24-aprel — dushanba, 29-iyun — payshanba, 30-iyun — juma;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-iyundagi PF-100-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2023-y., 06/23/100/0404-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 3-yanvar — seshanba, 20-mart — dushanba, 22-mart — chorshanba, 22-aprel — shanba, 1-iyul — shanba, 2-sentabr — shanba, 30-dekabr — shanba.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 06/23/58/0221-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrdagi OʻRQ-798-son Qonuni bilan tasdiqlangan Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanuvchi “1-oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” 2023-yilda yakshanba — dam olish kuniga toʻgʻri kelganligi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 2023-yil 2-oktabr — dushanba kuniga koʻchirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bunda ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat koʻrsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari toʻxtatib qoʻyish mumkin boʻlmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari koʻchirilmasligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 2023-yilda besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda koʻchirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-yanvar — shanba kunidan 3-yanvar — seshanba kuniga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-mart — shanba kunidan 20-mart — dushanba kuniga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-mart — shanba kunidan 22-mart — chorshanba kuniga.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 06/23/58/0221-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Bayram (ishlanmaydigan) kunlarining uzaytirilishini hisobga olgan holda, respublika aholisining maroqli dam olishi uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Madaniyat va turizm vazirligi turizm namoyishi obyektlari (madaniy meros obyektlari, muzeylar) va mehmonxona xizmatlari uchun chegirmalar berilishi hamda aksiyalar oʻtkazilishini tashkillashtirsin;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 06/23/58/0221-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasiga Sogʻliqni saqlash vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda sanatoriylar va sogʻlomlashtirish muassasalari uchun chegirmalar berish hamda aksiyalar oʻtkazish tavsiya etilsin;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Uzbekistan Airways” AJ, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga ichki transport qatnovlari uchun chegirmalar berish va aksiyalar oʻtkazish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat jamoalari oʻrtasida ushbu Farmonning maqsadi, mazmun-mohiyati toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uzaytirilgan bayram kunlarida xodimlar va ularning oila aʼzolari maroqli dam olishini taʼminlash yuzasidan kasaba uyushmalari tashkilotlarining ishini faollashtirish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda bayram kunlari oʻtkaziladigan tadbirlar toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻi orqali aholining keng xabardor qilinishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur Farmon 2024-yil 1-yanvardan eʼtiboran oʻz kuchini yoʻqotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 23-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-270-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 06/22/270/1116-son; 20.04.2023-y., 06/23/58/0221-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 20.06.2023-y., 06/23/100/0404-son)