07.12.2022 yildagi 696-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 07.12.2022 yildagi 696-son
Date of entry into force
08.03.2023
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-maydagi 136-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatishni soddalashtirish, byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-maydagi 136-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 5-son, 35-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishda talab qilinadigan hujjatlar va muddatlarni qisqartirish, ariza beruvchidan qoʻshimcha maʼlumotlar soʻrash talabini bekor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arizalarni Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinda — YIDXP) orqali ham qabul qilishni yoʻlga qoʻyish va xizmat koʻrsatish natijasi boʻyicha beriladigan sertifikatni QR-kod orqali rasmiylashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq davlat xizmatlari koʻrsatishni YIDXP, shuningdek “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi (keyingi oʻrinda — “Yagona darcha” BAT) va “Oʻzbekekspertiza” AJning (keyingi oʻrinda — vakolatli organ) rasmiy veb-sayti orqali joriy etish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun yigʻimlarning Davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlangan davlat bojlari va yigʻimlar summasi hisobini yurituvchi yagona billing tizimi orqali elektron shaklda toʻlanishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YIDXP, “Yagona darcha” BAT yoki vakolatli organning rasmiy veb-sayti orqali davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 7-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
696-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-dekabrdagi 696-son qaroriga
1-ILOVA

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“41. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkka ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq sertifikat beriladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“6. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkka sertifikat olish uchun ariza beruvchi ishlab chiqarish amalga oshiriladigan joy boʻyicha vakolatli organga ushbu Nizomga 1a-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha YIDXP, “Yagona darcha” BAT yoki vakolatli organning rasmiy veb-sayti (keyingi oʻrinlarda — elektron tizim) orqali arizani (soʻrovnoma) elektron shaklda toʻldiradi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshidagi “rahbarning yoxud ishlab chiqarish uchun masʼul shaxsning imzosi bilan tasdiqlangan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchi xatboshidagi “hujjatlar nusxalari” soʻzlari “hujjat nusxasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 10-banddagi “4” va “6” raqamlari tegishincha “3” va “5” raqamlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 11-banddagi “3” raqami “2” raqami bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ariza va hujjatlarda imlo va texnik xatolarga yoʻl qoʻyilgan holatlar hamda ayrim hujjatlarning yetishmasligi aniqlanganda, ariza beruvchiga ularni toʻgʻirlab berish uchun besh ish kuniga qadar imkoniyat beriladi. Bunda arizani koʻrib chiqish muddati ariza beruvchi tomonidan xatolarni bartaraf etish va/yoki yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish vaqtida toʻxtatib turilishi mumkin.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yettinchi xatboshi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“16. Ekspertiza dalolatnomasi asosida vakolatli organ tomonidan mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda sertifikat rasmiylashtiriladi va QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilib, sertifikatlar elektron tizimiga kiritiladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. 18-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Berilgan sertifikatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish zarurati tugʻilgan hollarda, uning oʻrniga yangi sertifikat olish maqsadida Nizom talablari asosida yangi ariza bilan murojaat qilinadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. 19-band va 6-bob oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. 22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“22. Sertifikat berishga ariza koʻrib chiqilganligi uchun ariza beruvchi tomonidan vakolatli organga murojaat qilingan sanada Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida (QQSni hisobga olmaganda) toʻlov toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YIDXP orqali kelib tushgan sertifikat olish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim summasining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11,25 foizi — YIDXP orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qolgan qismi — vakolatli organning bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchi xizmatdan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi. Bunday hollarda yoki vakolatli organ tomonidan talabgorga sertifikatni berish rad etilgan taqdirda, toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. 26-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“26. Davlat bojxona xizmatining bojxona organlari Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun bojxona bojidan ozod etiladigan mol-mulk olib kelgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar reyestrini hamda berilgan imtiyozlarning hisobini yuritadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. 27-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni aniklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkka sertifikat berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Sertifikat olish uchun ushbu Nizomga 1a-ilovaga muvofiq elektron shaklda YIDXP, “Yagona darcha” BAT yoki vakolatli organning rasmiy veb-sayti orqali arizani (soʻrovnoma) elektron shaklda toʻldiradi, zarur boʻlgan hujjatlarni ilova qiladi.

Xohishiga koʻra

2-bosqich

YIDXP,

“Yagona darcha” BAT yoki vakolatli organning rasmiy sayti

Ariza YIDXP, “Yagona darcha” BAT yoki vakolatli organning rasmiy veb-sayti orqali vakolatli organga kelib tushadi.

real vaqt rejimida

3-bosqich

Vakolatli organ

1. Ekspert taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va hujjatlarda yetarli zarur maʼlumotlar mavjud boʻlgan taqdirda, olib kelinadigan mol-mulkdan ishlab chiqarishning texnologik jarayonida foydalanish uchun shart-sharoitlar mavjudligini aniqlash uchun ishlab chiqarish joyining oʻzida ariza beruvchining ishlab chiqarishini ekspertizadan oʻtkazadi.

2. Ishlab chiqarish ekspertizasining natijalari ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiq boʻlgan taqdirda, ekspert tomonidan ekspertiza dalolatnomasi tuziladi. Aks holda Nizomning 14-bandiga muvofiq ekspert xulosasi rasmiylashtiriladi.

Ikki ish kunida

4-bosqich

Vakolatli organ

Ekspertiza dalolatnomasi asosida vakolatli organ tomonidan sertifikat mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq elektron shaklda QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilib rasmiylashtiriladi.

Bir ish kunida

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
”.

14. Quyidagi mazmundagi 1a-ilova bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1a-ILOVA

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkka sertifikat olish uchun

ARIZA (Soʻrovnoma)

Ariza beruvchining nomi Yuridik shaxs — korxona nomi
Manzili
KTUT
STIR
IFUT kodi
Ishlab chiqarish joylashgan joy
Telefon va telefaks raqami
Hisobraqamlari, bank boʻlimlarining nomi
MFO raqami
Mol-mulkning nomi
Hajmi/soni
Kontrakt raqami va sanasi
Invoys raqami va sanasi
Vakolatli organ b�lan shartnoma raqami va sanasi
Berilgan sertifikatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish zarurati tugilgan hollarda, oldin berilgan sertifikat raqami va sanasi
Izoh: * ARIZA (Soʻrovnoma) rahbar elektron raqamli imzosi orqali toʻldiriladi va yuboriladi.

”.‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. 2 va 3-ilovalardagi “1. Topshiriqnoma №” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. 4-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
‎ “OʻZBEKEKSPERTIZA”
‎ AKSIYADORLIK JAMIYATI
‎RESPUBLIKA UZBEKISTAN
‎AKSIONERNOYE OBShESTVO
‎“UZBEKEKSPERTIZA”

Oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkka

son-____

SERTIFIKAT

1. Ekspert _________________________________________________________________________________
2. Ariza beruvchi ___________________________________________________________________________
3. Korxonaning roʻyxatdan oʻtkazilgan raqami _____________________________________________________
4. Ishlab chiqarish joylashgan joy _____________________________________________________________
5. Sertifikatlanayotgan mahsulotning nomi ______________________________________________________
6. Sertifikatlanayotgan mahsulotning hajmi/soni ________________________________________________
7. Kontrakt ________________________________________________________________________________
Ushbu sertifikat bilan quyidagi mol-mulkning oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotganligi tasdiqlanadi:
_________________________________________________________________________________________
Sertifikat bergan organning vakolatli shaxsi
__________________

(F.I.O.)

(QR kod)
Sertifikat berilgan sana ______________________

”.‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. 5 va 7-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-dekabrdagi 696-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2017-yil 13-noyabrdagi 907-son qaroriga 1-ilovaning 7-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 18-iyuldagi 549-son qaroriga ilovaning 8-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 10-avgustdagi 661-son qaroriga ilovaning 22-bandidagi “v” kichik bandi va 37-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 09/22/696/1072-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)