23.11.2022 yildagi 666-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 23.11.2022 yildagi 666-son
Date of entry into force
24.11.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda tabiiy obyektlarga yetkazilgan zararni hisoblash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Noruda foydali qazilmalardan oqilona va kompleks foydalanishni yo‘lga qo‘yish, ularni qazib olishda atrof tabiiy muhitga salbiy ta’sirni hamda texnogen hosilalarning hosil bo‘lishini kamaytirish, tuproqning unumdorligini saqlash, buzilgan yer uchastkalarini rekultivatsiya qilish, shuningdek, noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda tabiiy obyektlarga yetkazilgan zararni qoplash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-76-son qarori bilan tasdiqlangan Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasini hamda ekologik nazorat tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”da noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda tabiiy obyektlarga yetkazilgan zararni hisoblash tartibini takomillashtirish vazifasi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda tabiiy obyektlarga yetkazilgan zararni hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda tabiiy obyektlarga yetkazilgan zararni aniqlash tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda keng tarqalgan foydali qazilmalarga yetkazilgan zararni hisoblash usullari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda ifloslantiruvchi moddalarning suv obyektlariga va (yoki) joylarning relyefiga oqizib yuborilishi oqibatida yetkazilgan zararni hisoblash usullari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
noruda materiallarni noqonuniy qazib olish oqibatida tabiiy obyektlarga yetkazilgan zararni qoplash va undirish tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) noruda materiallarni noqonuniy qazib olish oqibatida tabiiy obyektlarga yetkazilgan zarar miqdorini hisoblash O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi bilan birgalikda amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) zararni qoplashdan tushgan pul mablag‘lari quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13 foizi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
87 foizi — Ekologiya jamg‘armasiga o‘tkaziladi;
(3-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) moratoriy joriy qilingan daryo o‘zanlarida noruda materiallarini noqonuniy qazib olish natijasida tabiatga yetkazilgan zarar uchun undirish summalari 10 baravarga oshirilgan holda qo‘llaniladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) moratoriy davrida daryo o‘zanlarida noruda materiallarini noqonuniy qazib olish natijasida tabiatga yetkazilgan zarar uchun undirish summalari 10 baravarga oshirilgan holda qo‘llanishidan tushgan mablag‘lar to‘liq Ekologiya jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-sonli Farmoniga asosan “v” kichik band va “g” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
noruda materiallarni noqonuniy qazib olish va uning oqibatida tabiiy obyektlarga zarar yetkazilishining oldini olish bo‘yicha profilaktik va nazorat tadbirlarini kuchaytirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, shuningdek, boshqa ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda yer qa’ridan foydalanuvchilar o‘rtasida ushbu qarorning mazmun va mohiyati bo‘yicha keng tushuntirish ishlarini olib borsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ushbu qarorning bajarilishini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi N.N. Oblomuradov belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur qarorni amalga oshirish doirasida mas’ul vazirliklar va idoralar faoliyatini samarali tashkil etish hamda muvofiqlashtirish Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 23-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
666-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 666-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda tabiiy obyektlarga yetkazilgan zararni hisoblash tartibi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda tabiiy obyektlarga yetkazilgan zararni hisoblash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer qa’rini geologik o‘rganish, undan foydalanish va muhofaza qilish sohasida davlat nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli organlar — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer qa’ri — yer qobig‘ining tuproq qatlamidan quyida joylashgan, tuproq qatlami bo‘lmaganda esa yer yuzasidan yoki suv obyektlari tubidan quyida joylashgan, geologik jihatdan o‘rganish va o‘zlashtirish mumkin bo‘lgan chuqurlikkacha yastangan qismi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer qa’ridan foydalanuvchi — noruda materiallarni qazib olish va foydalanish (qayta ishlash)ni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
keng tarqalgan foydali qazilmaning bozor narxi — taqqoslanadigan iqtisodiy (tijorat) sharoitlarda aynan o‘xshash yoki bir turdagi tovarlar (xizmatlar) bozorida talab va taklif asosida shakllanadigan yoki vakolatli organlar va baholash tashkilotlari tomonidan aniqlanadigan va belgilanadigan narx;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
noruda foydali qazilmalar — tarkibida metall bo‘lmagan tabiiy holicha, tozalab yoki qayta ishlab olinadigan hamda kimyo, sement, oyna, olovbardosh va chinni buyumlar, qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatida foydalanish uchun yaroqli bo‘lgan xom ashyo;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
noruda materiallar — tarkibida metall bo‘lmagan, ochiq yoki karyer usulida qazib olinadigan tabiiy holicha, tozalab yoki qayta ishlab qurilish materiallari ishlab chiqarish yoki boshqa maqsadlarda foydalanish uchun yaroqli bo‘lgan (qum, shag‘al, qum-shag‘al aralashmasi, marmar, granit, gil va gilli jinslar, tabiiy tosh, ohaktosh, gips, mergel) noruda foydali qazilmalar xom ashyosi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiiy obyektlar — keng tarqalgan foydali qazilmalar joylashgan uchastkalar, suv obyektlari va joylarning relyefi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur Nizom talablari strategik turdagi (asosiy) foydali qazilmalarni va qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida noqonuniy qazib olishda hamda texnogen mineral hosilalardan foydalanishda yetkazilgan zararni hisoblashga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda tabiiy obyektlarga yetkazilgan zararni hisoblash ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Noruda materiallar noqonuniy qazib olinganligi oqibatida tabiiy obyektlarga yetkazilgan zararni aniqlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagi holatlar noruda materiallarni noqonuniy qazib olish hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
noruda materiallar mavjud yer qa’ri uchastkasidan ruxsatnoma olmasdan turib foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
noruda materiallar uchun berilgan kon ajratmasidan va belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkalari doirasidan chetga chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Noruda materiallarni noqonuniy qazib olish oqibatida tabiiy obyektlarga zarar yetkazilganligi qonunchilik hujjatlari talablarining quyidagi buzilishi holatlaridan kelib chiqib aniqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kondan noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid ruxsatnomada ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanmaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
noruda materiallarni qazish ishlarini loyihadan va (yoki) foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkasining maydoni va (yoki) chuqurligidan chetga chiqqan holda amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruxsatnomada ko‘rsatilmagan kon uchastkalarda kon qazish ishlarini o‘zboshimchalik bilan amalga oshirish, karyer maydonlari chegaralarida noruda materiallarni qazib olishning belgilangan muddatlariga amal qilmaganlik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkalarida qazish ishlarini amalga oshirishdan avval, foydali qazilma ustida joylashgan yerlarning tuproq unumdor qatlamini sidirib olish va alohida joylashtirish hamda buzilgan yer uchastkalarini qayta tiklash (rekultivatsiya qilish)da foydalanmaganlik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer qa’ridan foydalanish ruxsatnomasi muddatlari tugaganda yoki zaruriyat qolmaganda buzilgan yer uchastkalarini o‘z hisobidan foydalanish uchun yaroqli holga keltirmaganlik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanib bo‘lingan yer uchastkalarini foydalanishga bergan organlarga belgilagan tartibda topshirmaganlik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish tartibiga rioya etmaganlik.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda tabiiy obyektlarga zarar yetkazganlik quyidagi hollarda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer qa’ri uchastkalari joylashgan hududlarda hamda noruda konlari joylashgan uchastkalarda reydlar o‘tkazilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
noruda materiallarni qazib olish uchun berilgan ruxsatnomaning shartlari buzilgan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
noruda konlaridan foydalanishni o‘rganish jarayonida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun ajratilgan yer qa’ri uchastkasi yoki unga tutash hududlarda noruda materiallarni, transport vositalarini yuvish oqibatida hosil bo‘lgan oqova suvlar suv obyektiga va (yoki) joyning relyefiga oqizib yuborilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tekshirishlarni olib borish jarayonida yer qa’rini geologik o‘rganish, undan foydalanish va muhofaza qilish sohasida davlat nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli organlar tomonidan aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Noruda materiallarni noqonuniy qazib olish oqibatida tabiiy obyektlarga yetkazilgan zarar miqdori, tegishlicha yer qa’rini geologik o‘rganish, undan foydalanish va muhofaza qilish sohasida davlat nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli organlar tomonidan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Maxsus vakolatli organlar zarurat bo‘lganda yetkazilgan haqiqiy zararni aniqlash uchun ixtisoslashgan tashkilotlarni, ilmiy-tadqiqot tashkilotlarini, qonunchilikda belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan yoki texnik jihatdan muvofiqligi ma’qullangan yoxud malakalanganligi rasman tasdiqlangan boshqa tashkilotlarning laboratoriyalarini, shuningdek, malakali ekspertlarni jalb etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda tabiiy obyektlarga yetkazilgan zararni hisoblash usullari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda keng tarqalgan foydali qazilmalarga yetkazilgan zararni hisoblash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda keng tarqalgan foydali qazilmalarga yetkazilgan zarar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
noqonuniy amalga oshirilgan faoliyat turining atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishining xavflilik darajasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
noqonuniy qazib olingan noruda materiallar hajmi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
keng tarqalgan foydali qazilmalarning bozor narxi asosida hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda keng tarqalgan foydali qazilmalarning bozor narxi tovar-xom ashyo birjalaridagi joriy kotirovkasi, tegishli davlat organlarida mavjud bo‘lgan narxlar darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va baholovchi tashkilotlar hisoboti asosida aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Keng tarqalgan foydali qazilmalarga yetkazilgan zararning miqdori noqonuniy ravishda noruda materiallarni qazib olish jarayoni yuzaga kelgan paytdan boshlab, u bartaraf etilgunga qadar o‘tgan davr uchun hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda keng tarqalgan foydali qazilmalarga yetkazilgan zararning miqdori foydali qazilmaning har bir turi bo‘yicha alohida aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda yer qa’rini geologik o‘rganish, undan foydalanish va muhofaza qilish sohasida davlat nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli organ tomonidan yetkazilgan zararning miqdori, noruda foydali qazilmaning turi hamda yer qa’ridan foydalanuvchi to‘g‘risida uch kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga yozma ma’lumot beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Noruda materiallarni noqonuniy qazib olish oqibatida keng tarqalgan foydali qazilmalarga yetkazilgan zararning miqdori quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uz = Qm x Nbn x Shk;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bunda:

Uz — noruda materiallarni noqonuniy qazib olish oqibatida keng tarqalgan foydali qazilmalarga yetkazilgan zarar miqdori, so‘mda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qm — noqonuniy qazib olingan keng tarqalgan foydali qazilma hajmi, metr kubda (m3);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nbn — noqonuniy qazib olingan keng tarqalgan foydali qazilmaning bozor narxi, so‘mda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shk — shartli koeffitsiyent.

Bunda Shk noqonuniy amalga oshirilgan faoliyat turining atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishining xavflilik darajasi bo‘yicha tegishli toifaga mansubligidan kelib chiqqan holda Vazirlar Mahkamasining “Atrof muhitga ta’sirni baholash mexanizmini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2020-yil 7-sentabrdagi 541-son qaroriga muvofiq aniqlanadi. Shartli koeffitsiyent:

xavflilik darajasi bo‘yicha atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning I toifasiga mansub (yuqori darajada xavfli) faoliyat turi uchun 20 koeffitsiyenti qo‘llaniladi;

xavflilik darajasi bo‘yicha atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning II toifasiga mansub (o‘rtacha darajada xavfli) faoliyat turi uchun 10 koeffitsiyenti qo‘llaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
121. Daryolarning noruda materiallarni qazib olishga moratoriy joriy qilingan hududlarida noruda materiallarni noqonuniy qazib olish oqibatida keng tarqalgan foydali qazilmalarga yetkazilgan zararning miqdori mazkur Nizomning 12-bandida belgilangan formula bo‘yicha hisoblanib, aniqlangan asosiy zarar miqdori o‘n baravarga oshirilgan holda qo‘llaniladi.
(121-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-sentabrdagi 566-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2024-y., 09/24/566/0710-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Keng tarqalgan foydali qazilma yer uchastkalari ustida joylashgan yerlarning tuproq unumdor qatlamini sidirib olish va alohida joylashtirish va buzilgan yer uchastkalarini rekultivatsiya qilish (qayta tiklash) ishlarini amalga oshirmaganlik uchun yetkazilgan zararni hisoblash ushbu Nizomning 11-bandida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Qazib olingan keng tarqalgan foydali qazilmaning hajmi kon ishlarini geologiya-marksheyderlik ta’minlash ishlarini olib boradigan tashkilotlarni jalb qilgan holda o‘lchovlar o‘tkazish yo‘li bilan aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Jismoniy shaxslarga egalik qilish va foydalanish uchun berilgan yer uchastkalari doirasida shaxsiy xo‘jalik va maishiy ehtiyojlar uchun keng tarqalgan foydali qazilmalar qazib olinganda hamda foydalanilganda zarar hisoblanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda ifloslantiruvchi moddalarning suv obyektlariga va joylarning relyefiga oqizib yuborilishi oqibatida yetkazilgan zararni hisoblash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda suv obyektlariga (jilg‘alar, soylar, daryolar, ochiq kanallar, kollektor-drenaj tarmoqlari) va joylarning relyefiga oqizib yuborilgan oqova suvlarning sifat ko‘rsatkichlariga, suv obyektlarini sanitariya jihatdan muhofaza qilish talablariga asosan suv obyektiga va (yoki) joyning relyefiga tashlangan oqova suvlar tarkibidagi ifloslantiruvchi moddalarning haqiqiy ko‘rsatkichlariga nisbatan qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ifloslantiruvchi moddalarning suv obyektiga va (yoki) joyning relyefiga oqizib yuborilishi oqibatida yetkazilgan zararni hisoblash qazish ishlari olib borilayotgan kon hududidan suv obyektiga va (yoki) joyning relyefiga tashlanayotgan oqova suvdan olingan namunalarda kimyoviy tahlillar asosida aniqlangan suv tarkibidagi zararli moddalarning aniqlangan haqiqiy miqdori bo‘yicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda suv obyektiga va (yoki) joyning relyefiga oqova suvlarning oqizib yuborilishi oqibatida yetkazilgan zararning miqdori korxona, tashkilot yoki tadbirkorlik subyektining atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishi xavflilik darajasi bo‘yicha tegishli toifaga mansubligi hamda tashlangan zararli moddalarning haqiqiy miqdoriga bog‘liq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ifloslantiruvchi moddalarning suv obyektiga va (yoki) joyning relyefiga oqizib yuborilishi oqibatida yetkazilgan zararning miqdori har bir ifloslantiruvchi modda uchun alohida hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda suv obyektiga va (yoki) joyning relyefiga oqova suvlarning oqizib yuborilishi oqibatida yetkazilgan zararning miqdori quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sz= Zm x BHM x Shk;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sz — suv obyektiga va (yoki) joyning relyefiga oqova suvlarning oqizib yuborilishi oqibatida yetkazilgan zararning miqdori, so‘mda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zm — suv obyektiga va (yoki) joyning relyefiga oqova suv tarkibida tashlangan zararli moddalarning haqiqiy miqdori (kg, tonnada);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BHM — O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan bazaviy hisoblash miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shk — shartli koeffitsiyent.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Shk noqonuniy amalga oshirilgan faoliyat turining atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishining xavflilik darajasi bo‘yicha tegishli toifaga mansubligidan kelib chiqqan holda Vazirlar Mahkamasining “Atrof muhitga ta’sirni baholash mexanizmini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2020-yil 7-sentabrdagi 541-son qaroriga muvofiq aniqlanadi. Shartli koeffitsiyent:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavflilik darajasi bo‘yicha atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning I toifasiga mansub (yuqori darajada xavfli) faoliyat turi uchun 20 koeffitsiyenti qo‘llaniladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavflilik darajasi bo‘yicha atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning II toifasiga mansub (o‘rtacha darajada xavfli) faoliyat turi uchun 10 koeffitsiyenti qo‘llaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Suv obyektiga va (yoki) joyning relyefiga oqova suv tarkibida tashlangan zararli moddalarning haqiqiy miqdori (3m) quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zm = To x Mk x Dt;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
To — kuzatish vaqti davomida suv obyektiga va (yoki) joyning relyefiga tashlanayotgan oqova suv hajmi (metr kubda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mk — analitik usulda tahlillar asosida oqova suvdan olingan namunalarda aniqlangan 1 litr suv miqdori tarkibidagi zararli moddalarning haqiqiy miqdori (mg/litr);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt — oqova suv tashlamasi davom etgan vaqt (soat, sutka).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Suv obyektiga va (yoki) joyning relyefiga oqova suv bir soat yoki sutka yoxud yil davomida tashlanayotganligi aniqlangan holatlarda bir sutkada tashlangan zararli moddalar miqdori tegishli kunlar soniga ko‘paytiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Noruda materiallarni noqonuniy qazib olish oqibatida tabiiy obyektlarga yetkazilgan zararni qoplash va undirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Noruda materiallarini noqonuniy qazib olish oqibatida hisoblangan tabiiy obyektlarga zarar miqdori bo‘yicha hisob-kitoblar nusxasi uch kun ichida huquqbuzarlik sodir etgan yer qa’ridan foydalanuvchiga tilxat bilan topshiriladi yoki jo‘natiladi va ishga tegishli yozuv yozib qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Noruda materiallarni noqonuniy qazib olish oqibatida tabiiy obyektlarga yetkazilgan zarar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda zararni yetkazgan yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan to‘liq hajmda qoplanishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Noruda materiallarni noqonuniy qazib olish oqibatida tabiiy obyektlarga yetkazilgan zarar sud tomonidan qo‘llaniladi, yer qa’ridan foydalanuvchilar aybiga iqror bo‘lgan va zararni ixtiyoriy ravishda to‘lagan holatlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Hisoblangan zararni qo‘llashdan tushgan pul mablag‘lari Davlat budjeti, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasini rivojlantirish jamg‘armasining maxsus hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda tabiiy obyektlarga yetkazilgan zararni hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda tabiiy obyektlarga yetkazilgan zararni hisoblash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddatlar

1-bosqich

Maxsus vakolatli organ

Qonun buzilishi holati bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘lganda, nazorat qiluvchi organ tomonidan o‘tkazilgan “Xavfni tahlil etish” tizimi natijalari asosida Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishilgan holda yoki xabardor etish tartibida tekshirishlar o‘tkaziladi.

1 kundan 10 kungacha

2-bosqich

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Inson salomatligiga yoki hayotiga, tabiiy resurslarga, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga zararli ta’sir etgan yoki bunday ta’sir etish xavfi tug‘ilgan taqdirda, korxonalar, tashkilotlarning faoliyatini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga cheklash, to‘xtatib turish haqida qaror qabul qiladi.

Holat aniqlanganda

3-bosqich

Maxsus vakolatli organ

1. Zaruratdan kelib chiqib yetkazilgan zararni aniqlashda ixtisoslashgan korxona va tashkilotlarni, ilmiy-tadqiqot muassasalarini, qonunchilikda belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan yoki texnik jihatdan muvofiqligi ma’qullangan yoxud malakalanganligi rasman tasdiqlangan laboratoriyalarni, shuningdek, malakali ekpertlarni jalb etadi.

5 ish kunida

2. To‘plangan ma’lumotlar asosida tabiiy obyektlarga yetkazilgan zarar miqdorini hisoblaydi.

2 ish kunida

4-bosqich

Maxsus vakolatli organ

1. Tekshirishlar natijalarini dalolatnoma bilan rasmiylashtiradi va tegishli ko‘rsatmalar beradi.

Tekshirish yakunlangan kun

2. Tekshirish dalolatnomasining bir nusxasini tadbirkorlik subyektiga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboradi.

Dalolatnoma tuzilgan kundan keyingi ish kuni

5-bosqich

Maxsus vakolatli organ

Tabiiy obyektlarga zarar yetkazish natijasida jinoyat alomatlari aniqlansa, to‘plangan hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvchi organga yuboradi.

3 ish kunida

Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.11.2022-y., 09/22/666/1033-son; 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son; 13.09.2024-y., 09/24/566/0710-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)