Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
17.07.2026
09.11.2022
View
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.04.00 Soliq toʻlovchilarning ayrim toifalariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet davlat fuqarolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishda avval xarid qilingan tovarlar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish tizimini joriy etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-son hamda “Aholini xalqaro brendlarning sifatli mahsulotlari bilan taʼminlash va mahalliy korxonalarning global qoʻshilgan qiymat zanjirlariga kirishi uchun qoʻshimcha sharoit yaratishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 12-oktabrdagi PQ-393-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2023-yil 1-yanvardan boshlab chet davlat fuqarolariga ular tomonidan Oʻzbekiston hududidagi chakana savdo bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlaridan ayrim turdagi tovarlarni sotib olishda toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi (keyingi oʻrinlarda — QQS) summasini qisman qaytarish (keyingi oʻrinlarda — “tax free”) tizimi tajriba tariqasida joriy etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“tax free” tizimi operatori sifatida Soliq qoʻmitasi huzuridagi “Soliq Servis” aksiyadorlik jamiyatini (keyingi oʻrinlarda — Operator) belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet davlat fuqarolariga qaytariladigan QQS summasini hisobga olish va uni qaytarish soliq organlarining maxsus mobil ilovasi (keyingi oʻrinlarda — mobil ilova) orqali amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, tajriba davomida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikaning barcha hududlaridagi chakana savdo obyektlari orqali chet davlat fuqarolariga QQS bilan sotilgan ayrim turdagi tovarlarga “tax free” tizimi qoʻllaniladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet davlat fuqarolariga QQS summasi minimal xarid qiymati QQS summasini hisobga olgan holda kamida uch yuz ming soʻmni tashkil etganda hamda tovarlar xarid qilingan kundan eʼtiboran uch oy mobaynida Operatorga murojaat qilinganda qaytariladi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet davlat fuqarolari tomonidan haqiqatda amalga oshirilgan xaridlarni tekshirish va QQSni qaytarish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish maqsadida Operatorning servis shoxobchalari tashkil etiladi va ular Toshkent, Samarqand, Buxoro, Fargʻona va Urganch xalqaro aeroportlari hududlarida joylashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QQSning belgilangan stavkasi miqdorining 90 foizi chet davlat fuqarosiga QQS summasini qaytarishga, 10 foizi Operatorning xizmatlariga yoʻnaltiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Operator chakana savdo bilan shugʻullanuvchi subyektlar “tax free” tizimi ishtirokchilari ekanligini bildiruvchi maxsus belgining (flayer) namunaviy shaklini ishlab chiqadi va ularni turistik markazlar, yirik savdo komplekslari hamda chet el fuqarolari koʻp tashrif buyuradigan bozorlar, chakana savdo bilan shugʻullanuvchi subyektlarga bepul tarqatadi hamda rasmiy veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilishini taʼminlaydi, bunda maxsus belgida koʻrsatilgan maʼlumotlar davlat tilida va ingliz, rus, xitoy, arab tillarida yozilgan boʻlishi shart.
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Operator “tax free” tizimini joriy etish maqsadida qoʻshimcha shtat birliklarini shakllantirish, xalqaro aeroportlarda servis nuqtalarini joylashtirish va ularni moddiy-texnika baza bilan taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlarni oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Turizm qoʻmitasi Operatorga ushbu tartibning mazmun-mohiyati va ahamiyati aholi va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida keng targʻib qilinishini taʼminlash maqsadida temir yoʻl vokzallari, Toshkent, Buxoro, Samarqand, Fargʻona va Xiva shaharlaridagi turistik markazlarida tekin foydalanish uchun maxsus joy ajratsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Chet davlat fuqarolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishda avval xarid qilingan tovarlar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet davlat fuqarolariga Oʻzbekiston hududida ayrim tovarlar xarid qilinganda toʻlangan QQS summasini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishda qaytarish ular tomonidan mobil ilovada roʻyxatdan oʻtkazilgan fiskal belgili cheklar maʼlumotlari asosida amalga oshirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xarid qilingan tovarlarning Oʻzbekiston hududida isteʼmol qilinmaganligi hamda ular chet davlat fuqarolarining kuzatuv bagaji va/yoki qoʻl yukida oʻzi bilan Oʻzbekiston hududidan olib chiqib ketilishi lozimligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vazirligi tomonidan respublika budjetidan QQSni chet el fuqarolariga toʻlab berish uchun mablagʻlarni ajratish va Operatorga yoʻnaltirish tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Chet davlat fuqarolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishda qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish tizimi tatbiq etilmaydigan tovarlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga Moliya vazirligi bilan kelishgan holda asoslangan takliflardan kelib chiqib roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 10-dekabrga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) mobil ilovaga chet davlat fuqarolari tomonidan xarid chekining fiskal belgisini matritsali shtrix-kod (QR-kod) yordamida skanerlash yoki fiskal belgisini kiritish orqali roʻyxatga olish hamda ular tomonidan toʻlangan QQS summasini qaytarish imkonini beradigan qoʻshimchalar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) “tax free” tizimi ishtirokchilari oʻrtasida axborot almashish imkonini beruvchi “Tax free” avtomatlashtirilgan axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda — “Tax free” AAT) ishlab chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, mobil ilovaga qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, “Tax free” AATni ishlab chiqish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Davlat personallashtirish markazi bilan birgalikda 2022-yil 15-dekabrga qadar chet davlat fuqarolarini “tax free” tizimidan foydalanish uchun soliq organlarining maxsus mobil ilovasida roʻyxatdan oʻtishlarida Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelganligini qayd etish maʼlumotlari orqali identifikatsiya qilishning avtomatlashtirilgan imkoniyatini yaratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda “Tax free” AAT orqali maʼlumotlar almashinuvi real vaqt rejimida amalga oshirilishi nazarda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga chakana savdo bilan shugʻullanuvchi subyektlarni ularning murojaatlari asosida xalqaro bank kartalari orqali toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha maxsus hisob-kitob terminallari bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Uzbekistan Airports” AJga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“tax free” tizimi operatorining QQS summasini qaytarish servis shoxobchalarini Toshkent, Samarqand, Buxoro, Fargʻona va Urganch xalqaro aeroportlari hududida joylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikaning barcha xalqaro aeroportlarida chet el fuqarolariga qoʻshilgan qiymat soligʻini 24/7 rejimda qaytarish tizimini yoʻlga qoʻyish tavsiya etilsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda 2023-yil 1-oktabrga qadar “tax free” tizimini joriy etish samaradorligi natijalariga koʻra mazkur tizimni 2024-yildan boshlab respublikaning barcha xalqaro aeroportlari, vokzallari hamda bojxona hududidan oʻtkazish punktlarida bosqichma-bosqich joriy etish, shuningdek, “tax free” tizimi operatorini davlat-xususiy sheriklik asosida tanlash yoki xalqaro operatorlarni jalb etish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining davlat soliq xizmati organlari boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida Davlat soliq qoʻmitasining markaziy apparatida “tax free” tizimini joriy etishga va doimiy monitoring qilib borishga masʼul qoʻshimcha alohida tuzilma tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi Tashqi ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda xalqaro aeroportlarda, vokzallarda hamda bojxona hududidan oʻtkazish punktlarida, shuningdek, rasmiy veb saytlarda Oʻzbekiston Respublikasida “tax free” tizimi joriy etilganligini bildiruvchi hamda mobil ilovadan foydalanishning bosqichlari haqida maʼlumot beruvchi flayer, bukletlar, tarqatma materiallar va boshqa qoʻllanmalar boʻlishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalarida muntazam va keng yoritib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov, Moliya vaziri T.A. Ishmetov, Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev hamda Davlat bojxona qoʻmitasi raisi A.Yu. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 8-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
653-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-noyabrdagi 653-son qaroriga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet davlat fuqarolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishda avval xarid qilingan tovarlar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarishning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MAʼMURIY REGLAMENTI
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Reglament (keyingi oʻrinlarda — Reglament) chet davlat fuqarolari — Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari (keyingi oʻrinlarda — chet davlat fuqarolari) tomonidan Oʻzbekiston hududida chakana savdo bilan shugʻullanuvchi subyektlardan ayrim tovarlarni xarid qilishda toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi (keyingi oʻrinlarda — QQS) summasini qaytarish (“tax free” tizimi) tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Chet davlat fuqarolariga QQS bilan xarid qilingan ayrim tovarlar boʻyicha QQS summasining ushbu Reglamentda belgilangan miqdori qaytariladi, quyidagi holatlar bundan mustasno:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boj olinmaydigan savdo doʻkonlaridan (“duty free”) xarid qilingan tovarlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududini tark etishda chet davlat fuqarosi yonida boʻlmagan tovarlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq yoki qisman isteʼmol qilingan tovarlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻliq yoki qisman ishlatilgan va asl oʻrami bilan birga boʻlmagan tovarlar (oʻram boʻlishi nazarda tutilgan boʻlsa).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Reglamentda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“tax free” tizimi — chet davlat fuqarolariga, ular tomonidan Oʻzbekiston hududida ayrim tovarlar xarid qilinganda toʻlangan QQS summasini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishda ushbu Reglamentda belgilangan miqdorda qaytarish tizimi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“tax free” tizimi operatori (keyingi oʻrinlarda — Operator) — Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Soliq qoʻmitasi) huzuridagi “Soliq Servis” aksiyadorlik jamiyati;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tax free” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (“Tax free” AAT) — “tax free” tizimi ishtirokchilarining oʻzaro maʼlumot almashinuvini taʼminlaydigan hamda integratsiya qilingan avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Chet davlat fuqarolariga QQS summasini qaytarish ular tomonidan xarid qilingan tovarlar faqat kuzatuv bagaji va/yoki qoʻl yukida oʻzi bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqib ketilishi tasdiqlangandan keyin amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QQS summasi oʻn sakkiz yoshga toʻlgan chet davlat fuqarolariga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet davlat fuqarolari QQS summasini qaytarish uchun tovarlar xarid qilingan kundan eʼtiboran uch oy mobaynida Operatorga ushbu Reglamentda belgilangan tartibda va talablarni bajargan holda murojaat qilishi mumkin.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Chet davlat fuqarolariga QQS summasini qaytarish xarid amalga oshirilganda faqat QQS toʻlangan tovarlar boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda QQS summasini qaytarish tizimi tatbiq etiladigan xarid qilingan tovarlarning umumiy qiymati uch yuz ming soʻmdan kam boʻlmasligi lozim.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Chet davlat fuqarolarini “tax free” tizimida roʻyxatga olish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Chet davlat fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasi hududida xarid qilingan ayrim turdagi tovarlar boʻyicha QQS summasini qaytarish huquqidan foydalanish uchun soliq organlarining maxsus mobil ilovasida (keyingi oʻrinlarda — mobil ilova) roʻyxatdan oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda chet davlat fuqarolari mobil ilovada ismi, familiyasi va pasport maʼlumotlarini, shuningdek, oʻzining nomiga rasmiylashtirilgan xalqaro bank kartasi yoki bank hisobvaragʻini roʻyxatdan oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Chet davlat fuqarolari QQS summasini qaytarib olish maqsadida mobil ilovada identifikatsiya va roʻyxatdan oʻtishi ularning mobil telefon raqamiga (elektron pochtasiga) kelib tushgan havola boʻyicha roʻyxatga olish kodini kiritish orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mobil ilovaga kiritilgan maʼlumotlarning toʻgʻri va haqqoniyligi boʻyicha javobgarlik chet davlat fuqarolarining oʻziga yuklatiladi. Bunda ularning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelishi va undan chiqib ketishi holatlari “Tax free” AAT orqali tekshiriladi va tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Chet davlat fuqarolariga QQS summasini qaytarish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Chet davlat fuqarolariga QQS summasini qaytarish chet davlat fuqarolari tomonidan tovarlar boʻyicha xarid chekining fiskal belgisini matritsali shtrix-kodni (QR-kod) mobil ilova yordamida skanerlash yoki fiskal belgisini mobil ilovaga kiritish orqali shakllangan maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Chet el fuqarolari xarid qilingan tovarlar boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda ularning bir qismini qaytarish tizimidan (keshbek) foydalanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet el fuqarolari xarid qilingan tovarlar boʻyicha QQS summasini qaytarish tizimida Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-son qarori bilan tasdiqlangan Sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismini jismoniy shaxslarga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi maʼmuriy reglamentining 20-bandida belgilangan talablar tatbiq etilmaydi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-son qarori bilan tasdiqlangan Sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismini jismoniy shaxslarga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi maʼmuriy reglament bilan fiskal belgili cheklar mobil ilovada roʻyxatdan oʻtkazilmaydigan holatlarda ular boʻyicha chet el fuqarolariga QQS qaytarilmaydi.
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-son qarori bilan tasdiqlangan Sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismini jismoniy shaxslarga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mobil ilovada roʻyxatga olingan fiskal belgili chek maʼlumotlari asosida “tax free” tizimi tatbiq etiladigan tovarlar roʻyxati va ular boʻyicha toʻlangan QQS summasi alohida ajratilgan holda aks ettiriladi, shuningdek, ushbu maʼlumot “Tax free” AAT da real vaqt rejimida aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Chet davlat fuqarolari “tax free” tizimi doirasida xarid qilingan tovarlar boʻyicha QQS summasini qaytarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududini tark etishda Operatorning xalqaro aeroportlarda joylashgan servis shaxobchalariga murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet davlat fuqarolari mobil ilova yordamida servis shoxobchasiga murojaat qilishi rejalashtirilgan sana va vaqt toʻgʻrisida murojaat yuborishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Chet davlat fuqarolari QQS summasini qaytarib olish uchun Operatorga bortga chiqish taloni hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Operator chet davlat fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti ekanligini hamda chet davlat fuqarosining Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketayotganligi holatini tasdiqlovchi belgi (shtamp) mavjudligini tekshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Operator xodimi chet davlat fuqarosi tomonidan xarid cheklarida koʻrsatilgan hamda chet el fuqarosi yonida boʻlgan tovarlarni koʻzdan kechiradi va solishtiradi, ushbu Reglament bilan belgilangan talablarga mosligini tekshiradi va Operator tomonidan tasdiqlanadigan Reglament asosida chet el fuqarosi bilan ushbu toʻgʻrisida qaydnomani mobil ilova orqali elektron shaklda rasmiylashtiradi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Chet davlat fuqarosi Oʻzbekiston hududidan chiqib ketayotganda Operator Oʻzbekiston hududida xarid qilingan tovarlar respublika hududidan olib chiqib ketilayotganligini tasdiqlaydi hamda bir vaqtning oʻzida ushbu tasdiqni “Tax free” AATga kiritadi. Shuningdek, chet el fuqarosi haqiqatda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketganligini mutasaddi tashkilot 3 kun mobaynida “Tax free” AAT orqali chegaradan oʻtish qaydnomasi asosida tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Operator tomonidan “tax free” tizimi doirasida xarid qilingan tovarlar olib chiqib ketilayotganligi tasdiqlangandan soʻng chet davlat fuqarosiga qaytarilishi lozim boʻlgan QQS summasi toʻgʻrisida maʼlumot mobil ilovada aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Qaytarilayotgan QQS summasi Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida belgilanadi va chet davlat fuqarosiga mobil ilovada koʻrsatilgan xalqaro bank kartasiga (toʻlov tizimiga) yoki bank hisobvaragʻiga, chet davlat fuqarolarining xohishiga koʻra naqd pul shaklida chet el valyutasida (AQSH dollari) mazkur Reglamentda belgilangan muddatlarda oʻtkazib beriladi.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaytarilayotgan QQS summasini chet el valyutasida (AQSH dollari) hisoblash chet davlat fuqarosi tomonidan xarid amalga oshirilgan kundagi xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankining valyuta ayirboshlash kunidagi ayirboshlash kurslari asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QQS summasi chet davlat fuqarosining xalqaro bank kartasiga (toʻlov tizimiga) yoki bank hisobvaragʻiga oʻtkazilishi xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankining konversiya va pul oʻtkazmalari boʻyicha xizmat haqlari asosida chet davlat fuqarosiga qaytarilayotgan mablagʻ hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda chet davlat fuqarosi QQS summasi Operator tomonidan qaytarib berilishi uchun oʻzining xalqaro bank kartasi (toʻlov tizimi) yoki bank hisobvaragʻi rekvizitlarini mobil ilovada roʻyxatdan oʻtkazgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Chet davlat fuqarosi tomonidan ushbu Reglament talablariga rioya qilinmasligi holatida, shuningdek, ushbu Reglamentda belgilangan holatlarda Operator chet davlat fuqarolariga xarid qilingan tovarlar boʻyicha QQS summasini qaytarib berishni toʻliq yoki qisman rad etishga haqli.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Operatorning xizmati uchun haq toʻlash hamda chet davlat fuqarolariga QQS summasini toʻlab berish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Chet davlat fuqarosiga QQS summasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Iqtisodiyot va moliya vazirligi) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet davlat fuqarosiga xarid qilingan tovarlar boʻyicha QQS summasi mazkur Reglamentga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq qaytariladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Chet davlat fuqarosiga xarid qilingan tovar boʻyicha QQS summasi mobil ilovada koʻrsatilgan xalqaro bank kartasiga (toʻlov tizimiga) yoki bank hisobvaragʻiga chet davlat fuqarosining Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketish holati tasdiqlangandan soʻng uch ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda, naqd pul shaklida boʻlganda, murojaat etgan kunda qaytariladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Operatorga Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan xarid cheklaridagi “tax free” tizimi tatbiq etiladigan tovarlar uchun jami toʻlangan QQS summasining 100 foiziga teng boʻlgan mablagʻlar toʻlab beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda chet davlat fuqarolariga Operator oʻzining xizmati uchun toʻlovlarni inobatga olib, “tax free” tizimi tatbiq etiladigan tovarlar uchun jami toʻlangan QQS summasining 90 foiz qismini toʻlab beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Operatorning xizmati uchun toʻlovlar chet davlat fuqarosi tomonidan sotib olingan tovarlar uchun taqdim etilgan xarid cheklarida koʻrsatilgan QQS summasining 10 foizini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Operator chet davlat fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketish holati tasdiqlangan kundan keyingi uch ish kunidan kechiktirmay avvalgi kalendar kunlarida chet davlat fuqarolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelish va hududdan chiqib ketish holati tasdiqlanganligi hamda mobil ilovada roʻyxatdan oʻtkazilgan fiskal belgili cheklar toʻgʻrisidagi axborot boʻyicha chet davlat fuqarolariga qaytariladigan QQS summalari boʻyicha buyurtmani Soliq qoʻmitasining xulosasi asosida Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq qoʻmitasining xulosasiga asosan Operatorning Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachiligidagi maxsus hisobvaragʻiga xulosa olingan kundan soʻng bir ish kunidan kechiktirmay mablagʻlarni oʻtkazadi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Operator Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan pul mablagʻlari oʻtkazilgandan keyin bir ish kunidan kechiktirmay ularni Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilikning maxsus hisobvaragʻidan vakolatli bankda ochilgan hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Operator QQS summasini qaytarib olish huquqiga ega boʻlgan chet davlat fuqarolarining reyestrlarini vakolatli bankka har oʻn kunda taqdim etadi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41-bob. Chet davlat fuqarolariga QQS summasini naqd pulda qaytarish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
251. Chet davlat fuqarosiga QQS summasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq qoʻmitasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga chet davlat fuqarosiga xarid qilingan tovarlar boʻyicha QQS summasini naqd pulda qaytarish uchun har chorakda boʻnak tariqasida mablagʻ ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet davlat fuqarosiga QQS summasi naqd pulda mazkur Reglamentga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
252. Chet davlat fuqarosiga QQS summasi chet davlat fuqarosining Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketish holati tasdiqlangan kunida qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
253. Operatorga Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan xarid cheklaridagi “tax free” tizimi tatbiq etiladigan tovarlar uchun jami toʻlangan QQS summasining 100 foiziga teng boʻlgan mablagʻlar toʻlab beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda chet davlat fuqarolariga Operator oʻzining xizmati uchun toʻlovlarni inobatga olib, “tax free” tizimi tatbiq etiladigan tovarlar uchun jami toʻlangan QQS summasining 85 foiz qismini toʻlab beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Operatorning xizmati uchun toʻlovlar chet davlat fuqarosi tomonidan sotib olingan tovarlar uchun taqdim etilgan xarid cheklarida koʻrsatilgan QQS summasining 15 foizini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
254. Operator har kuni bir ish kunidan kechiktirmay avvalgi kalendar oyda chet davlat fuqarolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelish va hududdan chiqib ketish holati tasdiqlanganligi hamda mobil ilovada roʻyxatdan oʻtkazilgan fiskal belgili cheklar toʻgʻrisidagi axborot boʻyicha chet davlat fuqarolariga qaytariladigan QQS summalari boʻyicha buyurtmani Soliq qoʻmitasining xulosasi asosida Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
255. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq qoʻmitasining xulosasiga asosan Operatorning Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga xulosa olingan kundan soʻng bir ish kunidan kechiktirmay mablagʻlarni oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
256. Operator Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan pul mablagʻlari oʻtkazilgandan keyin bir ish kunidan kechiktirmay ularni Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasining maxsus hisobvaragʻidan vakolatli bankda ochilgan hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan toʻlab berilgan mablagʻlar yetarli boʻlmaganda yoki Soliq qoʻmitasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga mablagʻlar yetarli miqdorda moliyalashtirilgunga qadar boʻlgan holatlarda chet davlat fuqarosiga xarid qilingan tovar boʻyicha QQS summasini Operator oʻz daromadlari mablagʻlari hisobidan toʻlab berish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
257. Operator QQS summasini naqd pulda qaytarib olish huquqiga ega boʻlgan chet davlat fuqarolari uchun toʻlanadigan mablagʻlar miqdorini vakolatli bankka bir ish kunidan kechiktirmay taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
258. Operator QQS summasini naqd pulda qaytarib olish huquqiga ega boʻlgan chet davlat fuqarolariga qaytarib berish uchun tegishli bankka chek (elektron chek) taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
259. Vakolatli bank har kuni ish kuni boshlanishi bilan Operator chek (elektron chek)da soʻralgan mablagʻlarni chet el valyutasida (AQSH dollari) toʻlab beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2510. Operator QQS summasini naqd pulda qaytarib olish huquqiga ega boʻlgan chet el fuqarolari hisobini alohida yuritadi.
(41-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Idoralararo axborot almashinuvi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Soliq organlari va Operator chet davlat fuqarolari tomonidan chakana savdo bilan shugʻullanuvchi subyektlardan xarid qilingan tovarlar, ularning narxi va miqdori, toʻlangan va qaytarilishi lozim boʻlgan QQS summasi, chakana savdo bilan shugʻullanuvchi subyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olishda “tax free” tizimi ishtirokchilari oʻrtasida axborot almashish imkonini beruvchi “Tax free” AATdan foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuningdek, “Tax free” AATga QQS summasini qaytarishda ishtirok etadigan bojxona, moliya va boshqa mutasaddi organlar oʻz axborot tizimlarini “Tax free” AATga integratsiya qiladi va undan foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Ushbu Reglamentni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 27, 28-boblari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet davlat fuqarolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishda avval xarid qilingan tovarlar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarishning maʼmuriy reglamentiga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet davlat fuqarolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishda xarid qilingan tovarlar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish (“tax-free” tizimi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosqichlar
Subyektlar
Chora-tadbirlar
Muddatlar
I. “Soliq servis” AJ “tax-free” tizimi operatoriga tovarlar xaridida toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish (“tax-free” tizimi) huquqi toʻgʻrisida xabar berish
1-bosqich
Tovar xaridori — chet el fuqarolari
Chakana savdo tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan onlayn nazorat-kassa mashinalari cheklari soliq organlarining maxsus mobil ilovasida xarid chekining fiskal belgisini matritsali shtrix-kod (QR-kod) yordamida skanerlash yoki fiskal belgisini kiritish orqali roʻyxatdan oʻtkaziladi
Chek olingan kundan boshlab oʻn kalendar kundan kechiktirmasdan
2-bosqich
Operator
Oʻtgan kalendar kunda chet el fuqarolari tomonidan soliq organlarining maxsus mobil ilovasida roʻyxatdan oʻtkazilgan fiskal belgili cheklar toʻgʻrisidagi axborot va ular boʻyicha qaytariladigan QQS summalar boʻyicha buyurtmalar haqqoniyligini tekshiradi.
Chet davlat fuqarosi tomonidan tovarlar xarid qilingan kundan uch ish kuniga qadar
II. Tovarlarni xarid qilishda toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish (Tax-free)
3-bosqich
Operator
Chet davlat fuqarolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelish va hududdan chiqib ketish holati tasdiqlanganligi hamda mobil ilovada roʻyxatdan oʻtkazilgan fiskal belgili cheklar toʻgʻrisidagi axborot boʻyicha chet davlat fuqarolariga qaytariladigan QQS summalari boʻyicha buyurtmani Soliq qoʻmitasining xulosasi asosida Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.
Chet davlat fuqarosi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketish holati tasdiqlangan kunda naqd pulda bir kunda, bank plastik kartochkasi boʻyicha tasdiqlangan kundan keyingi uch ish kuniga qadar
4-bosqich
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Operatorning maxsus hisobraqamiga chet el fuqarolarining soliq organlarining maxsus mobil ilovasida roʻyxatdan oʻtkazilgan fiskal belgili cheklar asosida QQS summasini qaytarib berish uchun mablagʻlarni oʻtkazadi.
Buyurtma olgan kundan soʻng bir ish kunidan kechiktirmasdan
5-bosqich
Operator
Qabul qilingan mablagʻlarni vakolatli bankda ochilgan hisob hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
Bir kundan kechiktirmasdan
6-bosqich
Operator
Vakolatli bankka tovarlarning QQS summasini qaytarish huquqiga ega boʻlgan chet davlat fuqarolari reyestrini taqdim etadi.
Chet davlat fuqarolari tomonidan xarid qilingan tovarlar faqat kuzatuv bagaji va/yoki qoʻl yukida oʻzi bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqib ketilganda amalga oshiriladi
7-bosqich
Bank
Soliq organlarining maxsus mobil ilovasida fiskal belgisi qoʻyilgan roʻyxatdan oʻtgan cheklar asosida xarid qilingan tovarlarning QQS summasini qaytarish huquqiga ega boʻlgan chet el fuqarolarining xalqaro bank kartalariga pul mablagʻlarini oʻtkazadi.
Har kuni roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan keyingi uch ish kuniga qadar
III. Tovarlarni xarid qilishda toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻini naqd pulda qaytarish
8-bosqich
Operator
Soliq organlarining maxsus mobil ilovasida fiskal belgisi qoʻyilgan roʻyxatdan oʻtgan cheklar asosida xarid qilingan tovarlarning QQS summasini qaytarish huquqiga ega boʻlgan chet davlat fuqarolariga naqd pulda qaytarib beradi.
Chet davlat fuqarosining Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketish holati tasdiqlangan kunda
9-bosqich
Operator
Soliq organlarining maxsus mobil ilovasida fiskal belgisi qoʻyilgan roʻyxatdan oʻtgan cheklar asosida xarid qilingan tovarlarning QQS summasini Operator tomonidan haqiqatda qaytarilgan naqd pul mablagʻlari toʻgʻrisida kunlik hisob-kitobni amalga oshiradi.
Har kuni
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-noyabrdagi 653-son qaroriga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet davlat fuqarolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishda qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish tizimi tatbiq etilmaydigan tovarlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r
Guruh
Guruh tavsifi
1.
002
Goʻsht va goʻshtli oziq-ovqat submahsulotlari
2.
003
Baliq va suvda yashovchi umurtqasiz boshqa hayvonlar
3.
004
Hayvonlardan olinadigan mahsulotlar
4.
007
Sabzavotlar
5.
008
Mevalar va yongʻoqlar
6.
009
Kofe, choy va ziravorlar
7.
010
Donli oʻsimliklar
8.
011
Un va un-don mahsulotlari
9.
015
Hayvon yoki oʻsimlik yogʻlari va ularning parchalanishi mahsulotlari
10.
016
Goʻsht, baliq yoki boshqa suvda yashovchi umurtqasiz hayvonlardan tayyorlangan mahsulotlar
11.
017
Shakar va shakardan olinadigan qandolat mahsulotlari
12.
018
Kakao va uning mahsulotlari
13.
019
Un, qandolat va yorma — don mahsulotlari
14.
020
Sabzavot, meva, yongʻoq yoki oʻsimliklarning boshqa qismlarini qayta ishlash mahsulotlari
15.
021
Turli oziq-ovqat mahsulotlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Kengaytirilgan roʻyxat Soliq qoʻmitasi tomonidan (sinf, pozitsiyalar, subpozitsiyalar, atributlar va brendlar koʻrsatilgan holda) yuritiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2022-y., 09/22/653/1002-son; 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)