03.10.2022 yildagi 561-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 03.10.2022 yildagi 561-son
Date of entry into force
04.10.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat tibbiyot muassasalarini kadrlar bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat tibbiyot muassasalarini kadrlar bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish, tibbiyot oliy taʼlim muassasalari talabalarining tahsil olish jarayonida mehnat faoliyati bilan shugʻullanishlari va munosib daromad olishlari uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish, ularning amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish va oʻqishdan boʻsh vaqtlarini samarali tashkil etish, aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish maqsadida, shuningdek koronavirus pandemiyasi davom etayotganligini inobatga olgan holda Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Andijon davlat tibbiyot instituti va uning klinikasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 25-noyabrdagi 713-son qarori 4-bandining “a” kichik bandiga muvofiq 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab barcha tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining “Davolash ishi” va “Pediatriya ishi” taʼlim yoʻnalishlari bitiruvchi kurs talabalari uchun oʻquv yilining birinchi semestri (5 oy) davomida doimiy yashash joylaridagi tibbiyot muassasalarida amaliyot oʻtashini, rejadagi maʼruza va oʻquv mashgʻulotlarining nazariy qismini masofaviy shaklda olib borilishini joriy qilish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Sogʻliqni saqlash vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tajriba-sinov tariqasida (keyingi oʻrinlarda — tajriba-sinov loyihasi) 2022/2023 oʻquv yilida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining “Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” va “Tibbiy-profilaktika ishi” bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining bitiruvchi kurs talabalariga (keyingi oʻrinlarda — talabalar) mehnat shartnomasi asosida toʻliq stavkagacha birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida oilaviy shifokor, tez tibbiy yordam muassasalarida shifokor hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining tuman (shahar) boʻlimlarida mavjud shifokor vakant oʻrinlarida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha tibbiyot oliy taʼlim muassasalari, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining magistratura va klinik ordinatura mutaxassisliklarining bitiruvchi kurs talabalariga oʻz yoʻnalishidagi mutaxassislik boʻyicha mavjud vakant oʻrinlarda mehnat shartnomasi asosida toʻliq stavkagacha faoliyat koʻrsatishlariga ruxsat berish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” va “Tibbiy-profilaktika ishi” bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari, magistratura va klinik ordinatura mutaxassisliklari oʻquv rejalaridagi fanlar va amaliy mashgʻulotlarning nazariy qismi masofaviy shaklda oʻzlashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiyot muassasalarining tajribali shifokorlari hamda tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining masʼul professor-oʻqituvchilari ustoz-shogird tizimi asosida talabalar, magistr va klinik ordinatorlarga biriktiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabalar, magistr va klinik ordinatorlar tomonidan aholiga koʻrsatilgan tibbiy yordam sifatiga ularga biriktirilgan tibbiyot muassasalarining shifokorlari hamda tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari bevosita masʼul etib belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabalarga biriktirilgan shifokorlar har ish kuni yakuni boʻyicha talabalar tomonidan aholiga koʻrsatilgan tibbiy yordam yuzasidan muhokama oʻtkazadi va ularga tegishli tavsiyalar berib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan birgalikda tuman (shahar)lar kesimida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida oilaviy shifokor va tor doiradagi shifokorlar, tez tibbiy yordam muassasalarida shifokorlar, shuningdek Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining tuman (shahar) boʻlimlarida shifokorlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlasin hamda birinchi bosqichda 2022-yil 1-oktabrdan boshlab Surxondaryo viloyatida, ikkinchi bosqichda esa 2022-yil 1-noyabrdan boshlab respublikaning qolgan hududlarida mavjud vakant lavozimlarga talabalar, magistr va klinik ordinatorlarni ishga joylashtirish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir hafta muddatda talabalar, magistr va klinik ordinatorlar tomonidan aholiga koʻrsatiladigan tibbiy yordam sifatini biriktirilgan shifokorlar va professor-oʻqituvchilar tomonidan nazorat qilish, ularning aniq vazifalarini belgilovchi tartibni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiyot oliy taʼlim muassasalari bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining bitiruvchi kurs talabalariga tegishli tibbiyot muassasalarining tajribali shifokorlari va tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilarini biriktirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabalarga biriktiriladigan tegishli tibbiyot muassasalarining shifokorlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qoʻllab-quvvatlash hamda ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 17-maydagi PF-136-son Farmoniga muvofiq Tibbiyot muassasalarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan ustamalar belgilanishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oʻtkazilgan tajriba-sinov loyihasi yakunlariga koʻra, 2023-yil 1-avgustga qadar erishilgan natijalar hamda qonunchilik hujjatlarini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Andijon davlat tibbiyot instituti va uning klinikasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 25-noyabrdagi 713-son qarori 4-bandining “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“a) 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab barcha tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining “Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” va “Tibbiy-profilaktika ishi” taʼlim yoʻnalishlari bitiruvchi kurs talabalari uchun oʻquv yili davomida (qoida tariqasida, doimiy yashash joylaridagi yoki oʻzlarining roziligi bilan boshqa joylardagi) tibbiyot muassasalarida amaliyot oʻtashini, rejadagi maʼruza va oʻquv mashgʻulotlarining nazariy qismini masofaviy shaklda olib borilishini joriy qilish;”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Sogʻliqni saqlash vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri B.A. Musayev, Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 3-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
561-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2022-y., 09/22/561/0886-son)