Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
12.05.2025
30.12.2024
10.05.2024
20.11.2023
18.05.2022
View
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.02 Sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish va ta’minoti]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat tibbiyot muassasalari xodimlari faoliyati samaradorligini oshirish, yuqori samarali mehnatga intilishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, ularning o‘z kasbiy darajasini oshirib borishdan manfaatdorligini ta’minlash, shuningdek, 2022-yil 18-mart kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan “Tibbiyotdagi islohotlar — inson qadri uchun” mavzusidagi ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.04.00 Ustamalar, qo‘shimcha to‘lovlar va koeffitsiyentlar;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.04.00 Sog‘liqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash. Dorixona]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Belgilansinki, 2022-yil 1-iyundan boshlab davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot, farmatsevtika va boshqa xodimlarining oylik lavozim maoshlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy va birinchi malaka toifalariga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun — 15 foizga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi malaka toifasiga ega bo‘lgan va toifaga ega bo‘lmagan, shuningdek, boshqa tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun — 10 foizga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiyot muassasalarining boshqa xodimlari uchun — 15 foizga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, tibbiyot muassasasi xodimlarining tarif stavkalarini hisoblash amaldagi mehnatga haq to‘lash razryadlari bo‘yicha tarif koeffitsiyentlarini tegishincha 1,15 va 1,1 barobarga ko‘paytirish orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur bandda belgilangan qoidalar 2024-yil 1-yanvardan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar vazirligi tizimidagi tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga (maxsus va harbiy unvonga ega bo‘lgan xodim hamda harbiy xizmatchilardan tashqari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi sanatoriylar va Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi hamda uning hududiy markazlari, shuningdek, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining xodimlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
(1-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sog‘liqni saqlash sohasida boshqaruv]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 2022-yil 1-iyundan boshlab Tibbiyot muassasalarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) shakllantirish uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar miqdori tibbiyot muassasasi uchun ajratiladigan budjet mablag‘larining umumiy hajmiga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari, shoshilinch va tez tibbiy yordam xizmati, bolalar tibbiyot muassasalari, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi hamda ijtimoiy kasalliklarga (sil, buyrak yetishmovchiligi, onkologik, ruhiy, narkologik, endokrin, moxov (lepra), yuqumli, jinsiy yo‘l bilan yuqtiriladigan, OITS) ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarida — umumiy xarajatlarning 10 foizi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika va viloyat darajasidagi boshqa sog‘liqni saqlash muassasalarida — umumiy xarajatlarning 5 foizi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qo‘yilsinki, Jamg‘arma mablag‘larining 75 foizi guruhidan qat’i nazar barcha davlat tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga, 25 foizi — tibbiyot muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, modernizatsiya qilish hamda ta’mirlashga yo‘naltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga ajratilgan mablag‘lar hisobidan davlat tibbiyot muassasasining yuqori malakali, alohida natijaga erishgan, halol va vijdonan ishlayotgan tibbiyot hamda farmatsevtika xodimlariga oylik lavozim maoshining 100 foizigacha hamda boshqa xodimlarga 75 foizigacha oylik ustamalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlarga 1 million so‘mgacha maxsus oylik ustamalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda kunduzgi statsionar ish vaqtini soat 20:00 gacha uzaytirish hisobiga ikkinchi smenada ishlovchi shifokor hamda hamshiralarga lavozim maoshining 30 foizigacha oylik qo‘shimcha ustamalar to‘lab beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sog‘liqni saqlash vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.04.00 Ustamalar, qo‘shimcha to‘lovlar va koeffitsiyentlar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tibbiyot muassasalarida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan ro‘yxatga muvofiq yuqori texnologik murakkab operatsiyalarni bajargan shifokor-xirurglar lavozim maoshining 25 foizi miqdorida qo‘shimcha ustama joriy etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda ikki hafta muddatda yuqori texnologik murakkab operatsiyalar ro‘yxatini tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.04.00 Ustamalar, qo‘shimcha to‘lovlar va koeffitsiyentlar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2022-yil 1-sentabrdan boshlab davolash-profilaktika muassasalarining xodimlariga ularning tibbiyot sohasidagi ilmni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasini inobatga olgan holda, Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasi uchun lavozim maoshining 60 foizigacha va fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun lavozim maoshining 30 foizigacha miqdorda har oylik qo‘shimcha haq to‘lanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sog‘liqni saqlash vazirligi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda davolash-profilaktika muassasalarining ilmiy darajaga ega bo‘lgan xodimlariga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) barcha tibbiyot xodimlari Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda tibbiyot xodimlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar uchun zarur mablag‘larni doimiy ravishda tibbiyot muassasalarining xarajatlar smetasida ko‘zda tutilishini ta’minlasin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.04.00 Ustamalar, qo‘shimcha to‘lovlar va koeffitsiyentlar;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sog‘liqni saqlash sohasida boshqaruv]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilab qo‘yilsinki, 2022-yil 1-iyuldan boshlab viloyatlar hamda Toshkent shahridan, shuningdek, xorijiy davlatlardan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxtako‘pir, Chimboy, Qorao‘zak, Bo‘zatov, Shumanay, Qo‘ng‘irot tumanlariga borib ishlovchi shifokorlarning oylik lavozim maoshiga dastlabki uch yil davomida 100 foiz, Mo‘ynoq tumanida esa 200 foiz miqdorida qo‘shimcha har oylik ustama to‘lovlari Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, mazkur bandda ko‘rsatilgan ustamani olish uchun shifokor boshqa hududda kamida ikki yil ishlagan hamda kamida ikkinchi darajali malaka toifasiga ega bo‘lgan bo‘lishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Madaniyat vazirligi, Kinematografiya agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiyot xodimlarining mashaqqatli va sharafli faoliyati tasvirlangan badiiy, sahna va kino asarlarini hamda seriallarni ko‘paytirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiyot xodimlarini yilda bir marta teatr va konsert tomoshalariga bepul olib borish tizimini tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-iyulga qadar tibbiyot muassasalarining boshqa (boshqaruv, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi) xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tarif razryadlarini ularning ish staji va malaka toifasini inobatga olgan holda tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi “Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi PF-6221-son Farmonida markaziy tuman (shahar) shifoxonalari o‘rin fondining budjetdan tashqari o‘rin fondiga o‘tkazilishi belgilangan qismi uchun Davlat budjetidan moliyalashtirish tartibini saqlab qolish hisobiga ehtiyojdan kelib chiqib (bundan shoshilinch, bolalar, yuqumli kasalliklar, tug‘uruq hamda gemodializ o‘rinlari mustasno), tor ixtisoslikdagi nevrologiya, kardiologiya hamda endokrinologiya o‘rinlari tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Moliya vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda mazkur Farmon bilan belgilangan tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda “2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda zarur mablag‘lar ko‘zda tutilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari L.N. To‘ychiyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 17-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-136-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-maydagi PF-136-son Farmoniga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi “Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi PF-6221-son Farmonining 3-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 1-dekabrdagi “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-229-son qarorining 3-bandida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ikkinchi xatboshi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari, shoshilinch va tez tibbiy yordam xizmati, bolalar tibbiyot muassasalari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda ijtimoiy kasalliklarga (sil, buyrak yetishmovchiligi, onkologiya, ruhiy, narkologiya, endokrin, moxov (lepra), yuqumli, jinsiy yo‘l bilan yuqtiriladigan, OITS) ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarida — umumiy xarajatlarning 10 foizi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika va viloyat darajasidagi boshqa sog‘liqni saqlash muassasalarida — umumiy xarajatlarning 5 foizi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi “Sog‘liqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5199-son qarorining 4-bandida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bunda, ixtisoslashtirilgan muassasalar bilan tuziladigan shartnomaning namunaviy shakli, oldindan to‘lov miqdorlari Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasining Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 276-son qarori 3-ilovasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tibbiyot muassasasining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasini shakllantirish va uning mablag‘larini sarflash yo‘nalishlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, modernizatsiya qilish va ta’mirlashga
muassasalarning I guruhi
tibbiyot muassasasiga ajratiladigan budjet mablag‘lari umumiy hajmining 5 foizi (alohida muassasalarda 10 foiz) miqdorida budjetdan ajratila-digan mablag‘lar
faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar
hisobot choragining so‘nggi ish kuni oxirida xarajatlar smetasi bo‘yicha tejalgan mablag‘lar, kapital qo‘yilmalar uchun nazarda tutilgan mablag‘lar bundan mustasno
belgilangan tartibda budjet tashkilotlari tasarrufida qoldiriladigan mablag‘lar va homiylikdan olingan mablag‘lar
75 foiz
25 foiz
muassasalarning II guruhi
muassasalarning III guruhi
muassasalarning IV guruhi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element