30.09.2022 yildagi 557-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 30.09.2022 yildagi 557-son
Date of entry into force
30.09.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Uzum yetishtiruvchilar va vino mahsulotini ishlab chiqaruvchilar respublika koʻrik-tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilgʻor texnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5200-son qarorining ijrosini samarali tashkil etish, respublikada uzum plantatsiyalarini koʻpaytirish, jahonda eʼtirof etilgan tarmoq andozalariga muvofiq tashkil etish va ularda hosildor uzum navlarini yetishtirishni yoʻlga qoʻyishni, aholining sifatli tabiiy vino mahsulotiga boʻlgan ehtiyoji qondirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilgʻor texnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5200-son qaroriga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yildan boshlab har ikki yilda bir marta uzumchilik yoʻnalishida “Eng yaxshi uzum navi”, “Eng yaxshi mahalliy uzum navi” va “Eng yaxshi vino mahsuloti” nominatsiyalari boʻyicha oʻtkaziladigan respublika koʻrik-tanlovi taʼsis etilganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrik-tanlov gʻoliblarini pul mukofoti va boshqa esdalik sovgʻalari bilan taqdirlash Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik), Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/45/0084-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Uzum yetishtiruvchilar va vino mahsulotini ishlab chiqaruvchilar respublika koʻrik-tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrik-tanlovni har ikki yilda bir marta oʻtkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tomonidan koʻrik-tanlovni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita faoliyatini tashkil etish;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/45/0084-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrik-tanlovni “Eng yaxshi uzum navi”, “Eng yaxshi mahalliy uzum navi”, “Eng yaxshi vino mahsuloti” nominatsiyalari asosida uzum yetishtiruvchi va vino mahsuloti ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar oʻrtasida oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrik-tanlov ishtirokchilarini baholash, gʻolib va sovrindorlarni mukofotlash tartibi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrik-tanlovni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar, shu jumladan, koʻrik-tanlovning gʻolib va sovrindorlari uchun mukofotlar, diplomlarni Agentlikning Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hamda masʼul vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda moliyalashtirish tartibi.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/45/0084-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Agentlik Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/45/0084-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) bir oy muddatda Uzum yetishtiruvchilar va vino mahsulotini ishlab chiqaruvchilar respublika koʻrik-tanlovini oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ushbu chora-tadbirlar dasturi doirasida quyidagilar amalga oshirilishini nazarda tutsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrik-tanlovni yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish, koʻrik-tanlov ishtirokchilari mahoratini baholash, gʻoliblarni aniqlash maqsadida soha olimlari, tajribali mutaxassislaridan iborat tarkibda hakamlar hayʼatini shakllantirish va tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gʻoliblarni koʻrik-tanlov tashkilotchilarining oʻz mablagʻlari hisobidan pul mukofoti va boshqa esdalik sovgʻalari bilan taqdirlash tadbirlari, ularni oʻtkazishning aniq muddatlari va masʼul ijrochilarini belgilash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 30-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
557-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-sentabrdagi 557-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uzum yetishtiruvchilar va vino mahsulotini ishlab chiqaruvchilar respublika koʻrik-tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Uzum yetishtiruvchilar va vino mahsulotini ishlab chiqaruvchilar respublika koʻrik-tanlovini (keyingi oʻrinlarda — koʻrik-tanlov) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Koʻrik-tanlov har ikki yilda bir marta centyabr oyida mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Uzum yetishtiruvchilar va vino mahsulotini ishlab chiqaruvchilar respublika koʻrik-tanlovini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy qoʻmita) tarkibi va uning faoliyat koʻrsatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan tasdiqlanadi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/45/0084-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkiliy qoʻmita tarkibiga Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (keyingi oʻrinlarda — masʼul vazirlik va idoralar) vakillari kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tashkiliy qoʻmita koʻrik-tanlovni tashkil etish va yuqori saviyada oʻtkazish uchun masʼul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkiliy qoʻmitaning ishchi organi funksiyalarini bajarish Agentlik zimmasiga yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tashkiliy qoʻmita koʻrik-tanlov oʻtkazilishidan kamida besh oy oldin koʻrik-tanlovni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan qoʻmita majlisini oʻtkazadi. Bunda Tashkiliy qoʻmita majlisi kun tartibi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrik-tanlovni oʻtkazish doirasida masʼul shaxslarni belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrik-tanlovni oʻtkazish joyi va sanasini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrik-tanlovni tashkil etish va uning oʻtkazilishi bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish manbalarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hakamlar hayʼati, shu jumladan vino mahsuloti boʻyicha degustatorlar tarkibini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrik-tanlovning dasturini va gʻoliblarni taqdirlash miqdorini tasdiqlash masalalari boʻyicha qaror qabul qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Agentlik masʼul vazirlik va idoralar vakillarini jalb etgan holda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkiliy qoʻmitaning keyingi yigʻilishlarini tashkil etadi, yigʻilish bayonnomalarini rasmiylashtiradi, tarqatadi va yigʻilish qarorlari ijrosini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrik-tanlovlar hujjatlari yigʻmajildlarini yuritish va saqlashni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrik-tanlov sanasi va uni oʻtkazish tartibi haqidagi axborotni ommaviy axborot vositalari orqali yoki boshqa qulay shaklda tarqatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrik-tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan uzum yetishtiruvchilar va vino mahsulotini ishlab chiqaruvchilardan Tashkiliy qoʻmita veb-sayti orqali kelib tushgan arizalarini oʻrganib chiqadi va ularni nomzodlar roʻyxatiga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrik-tanlov oʻtkaziladigan joy (hudud)da har bitta nominatsiya boʻyicha koʻrik-tanlovga taqdim etilgan mahsulotlar joylashtirilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir nominatsiya boʻyicha gʻoliblarga berilishi lozim boʻlgan mukofotlarni tayyorlaydi va jamlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Hakamlar hayʼatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tashkiliy qoʻmitaning yigʻilishi qarori asosida har bitta nominatsiya boʻyicha aʼzolari besh nafardan iborat hakamlar hayʼati shakllantiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Hakamlar hayʼati faoliyatida xolislik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida har bitta nominatsiya boʻyicha hakamlar hayʼati aʼzoligiga nominatsiya turiga muvofiq ravishda Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Agentlik, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutidan bittadan nomzod kiritiladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Har bitta nominatsiya boʻyicha hakamlar hayʼati raisi tegishli hakamlar hayʼati aʼzolari tomonidan saylanadi. Saylov natijalari aks ettirilgan bayonnoma Tashkiliy qoʻmitaga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Koʻrik-tanlovda ishtirok etish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Koʻrik-tanlovda uzum yetishtiruvchi va vino mahsuloti ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar ishtirok etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Koʻrik-tanlovni oʻtkazish joyi, muddati va shartlari koʻrik-tanlov oʻtkazilishidan ikki oy oldin ommaviy axborot vositalari, Agentlikning rasmiy veb-sayti va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Koʻrik-tanlov eʼlon qilinganidan soʻng oʻn kun ichida unda ishtirok etish istagini bildirgan nomzod mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan namunaga muvofiq tayyorlangan arizasini Agentlikning rasmiy veb-saytiga elektron shaklda taqdim etadi. Nomzod uning arizasi qabul qilinganligi haqida xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Nomzod faqat bitta nominatsiyada ishtirok etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ishtirokchi tomonidan koʻrik-tanlovga oʻzi yetishtirmagan uzum, oʻzi tayyorlamagan vino mahsulotini taqdim etilganligi holati aniqlanganda bunday ishtirokchi hakamlar hayʼatining qarori bilan koʻrik-tanlovdan chetlashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Koʻrik-tanlovdan chetlatilgan nomzod Tashkiliy qoʻmitaga yoki belgilangan tartibda sudga shikoyat bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Nomzod oʻz tashabbusi bilan koʻrik-tanlovda ishtirok etishdan bosh tortish huquqiga ega. Nomzod ushbu huquqdan foydalangan taqdirda, u Tashkiliy qoʻmitaga bu toʻgʻrida koʻrik-tanlov boshlanishidan kamida oʻn kun oldin xabar berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Koʻrik-tanlov ishtirokchisi tanlangan nominatsiya boʻyicha oʻz mahsulotlari bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir mahsulotni yetishtirish (tayyorlash) usullarini, tarixini aks ettiruvchi yozma maʼlumotlarni namoyish etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulot mazasini totib koʻrish (degustatsiya) uchun taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Koʻrik-tanlov ishtirokchisi koʻrik-tanlov davrida mahsulot yetkazib berish, uzum koʻchatlarini parvarishlash kabi xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha shartnomalar tuzishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Koʻrik-tanlovning nominatsiyalari va baholash mezonlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Koʻrik-tanlov quyidagi nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Eng yaxshi uzum navi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Eng yaxshi mahalliy uzum navi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Eng yaxshi vino mahsuloti”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Har bir nominatsiyada koʻrik-tanlovning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha 1, 2, 3-oʻrin sovrindorlari aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. “Eng yaxshi uzum navi” nominatsiyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. “Eng yaxshi uzum navi” nominatsiyasida uzum navlari quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
navning jozibadorligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mevasi tarkibidagi shakar, kislota miqdori;

taʼmi;

yetilish muddatlari va hosildorligi;

saqlash muddatlari va transportabelligi;

kasallik va zararkunandalarga chidamliligi;

issiq va sovuqqa bardoshliligi;

navning oʻziga xosligi va yangiligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetishtirilayotgan plantatsiyadagi hosildorligi;

olinayotgan hosildan foydalanish koʻrsatkichlari;

maxsus texnikalardan foydalanish koeffitsentlari.

Bunda har bitta mezon boʻyicha 1 — 5 ballgacha boʻlgan baho qoʻyiladi.

2-§. “Eng yaxshi mahalliy uzum navi” nominatsiyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. “Eng yaxshi mahalliy uzum navi” nominatsiyasida uzum navlari quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika hududida qadimdan yetishtirib kelingan mahalliy uzum navi (avtoxton) boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mevasi tarkibidagi shakar, kislota miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼmi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetilish muddatlari va hosildorligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saqlash muddatlari va transportabelligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasallik va zararkunandalarga chidamliligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiq va sovuqqa bardoshliligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetishtirilayotgan plantatsiyadagi hosildorligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olinayotgan hosildan foydalanish koʻrsatkichlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus texnikalardan foydalanish koeffitsentlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda har bitta mezon boʻyicha 1 — 5 ballgacha boʻlgan baho qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. “Eng yaxshi vino mahsuloti” nominatsiyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. “Eng yaxshi vino mahsuloti” nominatsiyasi degustatsiya qilish tartibida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Degustatsiya tartibi, degustatorlarga qoʻyiladigan talablar, degustatsiya uchun xona va uskunalar, ish oʻrinlariga boʻlgan talablar, degustatsiya uchun mahsulot namunalari olish, organoleptik baholash natijalarini qayta ishlash uchun namunalar taqdim etish tartibi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Degustatsiyada “Eng yaxshi vino mahsuloti” nominatsiyasida vino mahsuloti quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tashqi koʻrinishi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaffofligi — 1 dan 5 ballgacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rangi — 2 dan 10 ballgacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) xushboʻyligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tozaligi — 2 dan 6 ballgacha;

intensivligi — 2 dan 8 ballgacha;

sifati — 8 dan 16 ballgacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) taʼmi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tozaligi — 2 dan 6 ballgacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
intensivligi — 2 dan 8 ballgacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmoldan keyingi taʼmi — 4 dan 8 ballgacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sifati — 10 dan 22 ballgacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) uygʻunligi (umumiy taassurot) — 7 dan 11 ballgacha.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur nominatsiyada umumiy mezonlar kesimida 1 dan 100 ballgacha boʻlgan baho qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Hakamlar hayʼati baholashni amalga oshirib boʻlganlaridan soʻng natijalar alohida konvertlarga solingan holda Tashkiliy qoʻmitaga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Mukofotlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Koʻrik-tanlov gʻoliblari tashkiliy qoʻmita tomonidan 1, 2, 3 — darajali diplomlar va pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. “Eng yaxshi uzum navi”, “Eng yaxshi mahalliy uzum navi” va “Eng yaxshi vino mahsuloti” nominatsiyalari boʻyicha pul mukofotlari quyidagicha taqsimlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi oʻrin sohiblari — bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi oʻrin sohiblari — bazaviy hisoblash miqdorining 75 baravari miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi oʻrin sohiblari — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Koʻrik-tanlovning 1, 2, 3 — oʻrinlar sovrindorlariga taqdim etiladigan diplomlarning namunasi Tashkiliy qoʻmita tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Koʻrik-tanlovni moliyalashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Koʻrik-tanlovni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar, koʻrik-tanlov gʻoliblari hamda sovrindorlari uchun mukofotlar, diplomlar Agentlikning Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hamda masʼul vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Koʻrik-tanlovni moliyalashtirish uchun Agentlik hamda masʼul vazirlik va idoralar Tashkiliy qoʻmitaning yigʻilishi qarorida belgilangan xarajatlar summasini ushbu yigʻilish qarori qabul qilinganidan soʻng oʻn ish kunida Agentlikning Gʻaznachilikdagi maxsus hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, Tashkiliy qoʻmitaning yigʻilish qarorida belgilangan koʻrik-tanlov xarajatlari smetasining summasi masʼul vazirlik va idoralar oʻrtasida teng ulushlarda taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Hakamlar hayʼati aʼzolari koʻrik-tanlovda ishtirok etgan davrda ularning asosiy ish joyi boʻyicha oʻrni (lavozimi) va oʻrtacha ish haqi saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Koʻrik-tanlovni qoʻshimcha ravishda yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, xalqaro tashkilotlar homiylik xayriyalari sifatida moliyalashtirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Ushbu Nizomni qoʻllash jarayonida yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uzum yetishtiruvchilar va vino mahsulotini ishlab chiqaruvchilar respublika koʻrik-tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Uzum yetishtiruvchilar va vino mahsulotini ishlab chiqaruvchilar respublika koʻrik-tanlovini oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Tashkiliy qoʻmita

Koʻrik-tanlovni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan tashkiliy yigʻilish oʻtkazadi.

Koʻrik-tanlovni oʻtkazish sanasidan kamida 5 oy oldin

2-bosqich

Agentlik hamda masʼul vazirlik va idoralar

Koʻrik-tanlovni moliyalashtirish uchun tashkiliy qoʻmitaning yigʻilishi qarorida belgilangan xarajatlar summasini Agentlikning Gʻaznachilikdagi maxsus hisobvaragʻiga oʻtkazadi.

Qaror qabul qilinganidan soʻng oʻn ish kunida

3-bosqich

Agentlik

Koʻrik-tanlovni oʻtkazish joyi, muddati-sanasi va shartlarini Agentlikning rasmiy veb-sayti va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qiladi.

Koʻrik-tanlov oʻtkazilishidan 2 oy oldin

4-bosqich

Nomzod

Arizani Agentlikning rasmiy veb-saytiga yozma yoki elektron shaklda, ariza qabul qilinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etadi.

Koʻrik-tanlov eʼlon qilinganidan soʻng oʻn kunlik muddat ichida

5-bosqich

Tashkiliy qoʻmita

Koʻrik-tanlovni oʻtkazadi.

Har ikki yilda bir marta, sentabr oyining birinchi haftasida

6-bosqich

Tashkiliy qoʻmita

Koʻrik-tanlov gʻoliblarini 1, 2, 3 — darajali diplomlar va pul mukofotlari bilan taqdirlaydi.

Koʻrik-tanlov yakunida

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uzum yetishtiruvchilar va vino mahsulotini ishlab chiqaruvchilar respublika koʻrik-tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligiga ‎‎

Ariza
‎(namuna shakli) ‎‎

‎‎Men, _______________________________________________________________________,
(familiyasi, ismi, otasining ismi)
‎‎_______________________________ viloyati ___________________________________ tumanida joylashgan ____________________________________________________________________________
‎‎(yuridik shaxsning nomi)
rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqdaman. ‎‎
Yuridik shaxs haqida maʼlumotlar:
‎STIR: ___________________________
‎Xizmat koʻrsatuvchi bank muassasasi: ___________________________________________; __________________________________________________________________;
‎Bank hisobvaragʻi:____________________________________________________;
‎Shaxsiy veb-sayt (elektron pochta) nomi (mavjud boʻlsa) __________________________. ‎‎
‎‎Men 20_________ yilda oʻtkazilishi rejalashtirilgan Uzum yetishtiruvchilar va ‎‎vino
mahsulotini ishlab chiqaruvchilar respublika koʻrik-tanlovida ___________________________________ _____________________________ nominatsiyasida yuridik shaxs nomidan ishtirok etish istagini bildiraman.
Koʻrik-tanlovga oʻzimga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan quyidagi mahsulotlar namunalarini ‎‎
‎‎taqdim etaman: _____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

(ishtirok etayotgan nominatsiya boʻyicha baholash mezonlaridan kelib chiqib, koʻrik-tanlovga taqdim eta ‎oladigan mahsulotlari)‎‎

Menga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish sud tomonidan taqiqlanmagan.‎‎

Davlat organlari va tashkilotlarida, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlarda,

‎‎tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarni hal qilish yoki bunday faoliyatni nazorat qilish vazifasiga kiruvchi davlat organlarida faoliyat yuritmayman.‎‎
Boshqaruvimdagi yuridik shaxsga nisbatan sanatsiya qoʻllanilmagan, bankrotlik tartib-taomillari
‎‎joriy qilinmagan. ‎‎
‎‎Men Uzum yetishtiruvchilar va vino mahsulotini ishlab chiqaruvchilar respublika koʻrik-tanlovini
‎‎oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom bilan toʻliq tanishib chiqdim.
‎‎Yuqorida bayon etilganlarni eʼtiborga olib, meni koʻrik-tanlov ishtirokchisi sifatida roʻyxatga
‎‎olishingizni soʻrayman.
‎‎_________________________ rahbari ________________‎‎________________

(imzo) ‎‎

(F.I.O.)

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/45/0084-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2022-y., 09/22/557/0880-son; 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son; 30.01.2025-y., 09/25/45/0084-son; 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)