29.09.2022 yildagi 551-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.09.2022 yildagi 551-son
Date of entry into force
30.09.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika isteʼmolchilariga koʻmir mahsulotlarini yetkazib berish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika isteʼmolchilariga koʻmir mahsulotlarini yetkazib berish mexanizmini takomillashtirish, belgilangan sifat hamda miqdorlarda oʻz vaqtida va toʻliq taʼminlash, koʻmir mahsulotlarining ortib yuborishdan isteʼmolchigacha manzilli yetib borishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet tashkilotlarining koʻmir mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini shakllantirish, budjet tashkilotlariga koʻmir mahsulotlarini hududlardagi koʻmir omborlari orqali yetkazib berish, budjet tashkilotlari bilan oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish, ularning omborlarida koʻmir mahsulotlarini saqlash tartibini nazarda tutuvchi Budjet tashkilotlarini koʻmir mahsulotlari bilan budjet mablagʻlari hisobidan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (keyingi oʻrinlarda — Nizom) 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining koʻmir mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini shakllantirish, hududlardagi koʻmir omborlariga koʻmir mahsulotlarini yetkazib berish, saqlash va sotish, aholi bilan koʻmir mahsulotlari uchun oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibini nazarda tutuvchi Respublika aholisini koʻmir mahsulotlari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (keyingi oʻrinlarda — Nizom) 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika hududlari boʻyicha aholi va budjet tashkilotlariga koʻmir mahsulotlarini yetkazib berish uchun masʼullar roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, “Oʻzbekkoʻmir” AJ, “Koʻmir taʼminot” MCHJ Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqini himoya qilish agentligi, “Hududgaztaʼminot” AJ bilan birgalikda 2023-yil 1-aprelga qadar yuqoridagi Nizomlarda nazarda tutilgan vazirlik va idoralar, budjet tashkilotlarining, shu jumladan, aholining koʻmirga boʻlgan ehtiyoji, koʻmir mahsulotlari harakatini va ular boʻyicha toʻlovlarni oʻz ichiga olgan Koʻmir mahsulotlarini sotish xizmatlari interaktiv portalini (keyingi oʻrinlarda — Portal) ishga tushirish, idoralararo integratsiya qilish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda “Oʻzbekkoʻmir” AJ tomonidan onlayn toʻlov imkoniyatlarini hisobga olgan holda, jamiyat mahsulotini sotish faoliyatini boshqarish boʻyicha joriy etilgan axborot tizimi zamirida tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyuldagi 418-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2026-y., 09/26/418/0803-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Oʻzbekkoʻmir” AJ, Respublika tovar-xom ashyo birjasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ birja savdolarida sotilgan koʻmirni ortib yuborish bosqichlarini toʻliq avtomatlashtirishni (inson omilini cheklash) nazarda tutuvchi dasturiy taʼminotni ishlab chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda birja savdolarida sotib olingan koʻmir isteʼmolchilarga koʻmir ortib yuborishning onlayn-roʻyxatini shakllantirish orqali isteʼmolchilarga real vaqt davomida koʻmir ortib yuborish boʻyicha roʻyxat bilan tanishish imkoniyatini yaratish koʻzda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi aholiga yetkazib berilayotgan koʻmir mahsulotlarining sifati va hajmlari monitoringi yuritilishini hamda aholi manfaatlari himoya qilinishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Respublika isteʼmolchilariga koʻmir mahsulotlarini yetkazib berish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha ishchi guruh 4-ilovaga muvofiq tuzilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishchi guruh (B. Islamov) budjet tashkilotlari va aholining koʻmir mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini oʻz vaqtida shakllantirish, ularga koʻmir mahsulotlari barqaror yetkazib berilishini taʼminlash, Portalning toʻliq ishga tushirilishi hamda idoralararo integratsiya qilinishini muvofiqlashtirib borsin va qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-dekabrdagi 964-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi — Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi B.F. Islamov hamda Oʻzbekiston Respublikasi energetika vazirining birinchi oʻrinbosari A.I. Axmedxadjayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 29-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
551-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-sentabrdagi 551-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Budjet tashkilotlarini koʻmir mahsulotlari bilan budjet mablagʻlari hisobidan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom “Oʻzbekkoʻmir” AJniig “Koʻmir taʼminot” MCHJ hududiy boʻlinmalarining koʻmir omborlari orqali budjet tashkilotlarini koʻmir mahsulotlari bilan budjet mablagʻlari hisobidan taʼminlash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom koʻmir qazib oluvchi, koʻmir briketlarini ishlab chiqaruvchi, koʻmir mahsulotini sotuvchi, yetkazib beruvchi, transportirovka qiluvchi tashkilotlarga, shuningdek, koʻmir mahsulotidan foydalanuvchi budjet tashkilotlariga joriy qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻmir mahsuloti — koʻmir resurslari va isteʼmoli balansiga (keyingi oʻrinlarda — koʻmir balansi) muvofiq budjet tashkilotlari tomonidan koʻmir omborlari orqali budjet mablagʻlari hisobidan xarid qilinadigan barcha turdagi koʻmir yoqilgʻisi (mahalliy va/yoki import qilingan);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet tashkiloti — budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan maktab, maktabgacha taʼlim (bogʻcha), tibbiyot, sport, madaniyat hamda oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻmir omborlari — koʻmir mahsulotlarini budjet tashkilotlariga sotish funksiyasini amalga oshiruvchi “Oʻzbekkoʻmir” AJning “Koʻmir taʼminot” MCHJ hududiy boʻlinmalarining omborlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Portal — vazirlik va idoralar, budjet tashkilotlarining, shu jumladan, aholining koʻmirga boʻlgan ehtiyoji, koʻmir mahsulotlari harakatini va ular boʻyicha toʻlovlarni oʻz ichiga olgan Koʻmir mahsulotlarini sotish xizmatlari interaktiv portali (elektron maʼlumotlar bazasi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Koʻmir mahsulotlariga ehtiyojlarni aniqlash, ularni sotish, yetkazib berish, transportirovka qilish, qabul qilish va saqlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Budjet tashkilotlarini koʻmir mahsulotlari bilan budjet mablagʻlari hisobidan taʼminlash mazkur Nizomga ilovadagi sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Budjet tashkilotlari uchun koʻmir omborlaridan koʻmir mahsulotlari markazlashtirilgan asosda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari tomonidan — toʻgʻridan-toʻgʻri “Koʻmir taʼminot” MCHJ hududiy boʻlinmalari orqali;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan moliyalashtiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga qarashli budjet tashkilotlari tomonidan — Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari orqali;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy budjetdan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari tomonidan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari, sogʻliqni saqlash boshqarmalari, maktabgacha taʼlim boshqarmalari, madaniyat boshqarmalari, sportni rivojlantirish bosh boshqarmalari, kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari orqali (keyingi oʻrinlarda — Boshqarmalar) xarid qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Hududlardagi har bir budjet tashkiloti har yili kelgusi yil uchun 15-mayga qadar isitiladigan maydonlar hajmlariga, mavjud qozonlar va pechlar soniga asoslanib, koʻmir mahsulotini sarflash meʼyorlarini hisobga olgan holda, oʻtgan mavsumda yoqilgan koʻmir mahsulotlari miqdorlariga mos ravishda Portalga koʻmirga boʻlgan ehtiyojini kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Budjet tashkilotining koʻmirga boʻlgan ehtiyoji Energetika vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan ishlab chiqilgan yoʻriqnomaga muvofiq hisoblab chiqiladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Budjet tashkilotining joylashgan joyi, isitiladigan bino hujjatlari, isitiladigan maydon hajmi, qozonxonalar pasporti va boshqa maʼlumotlar Portalga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Portalga maʼlumotlarni kiritish, oʻzgartirish yoki toʻldirish budjet tashkiloti rahbari tomonidan elektron raqamli imzo yordamida tasdiqlash orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Portalda har bir budjet tashkilotiga alohida isteʼmolchi raqami biriktiriladi. Ushbu isteʼmolchi raqami boʻyicha budjet tashkilotining koʻmir isteʼmoli uchun buyurtmasi, uni mutasaddi tashkilotlarning koʻrib chiqish holati va natijasi, buyurtmaga muvofiq koʻmirni yuklash, yetkazib berish va qabul qilib olish hamda budjet tashkiloti tomonidan koʻmirning sarflanish jarayonlari va har oy oxirida uning omboridagi koʻmir qoldiqlari yuzasidan hisob-kitob yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻz navbatida, Boshqarmalar tegishli tuman (shahar) boʻlimlari bilan birgalikda 1-iyunga qadar budjet tashkiloti tomonidan Portalga kiritilgan maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshiradi hamda Portal orqali elektron raqamli imzo yordamida tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzenergoinspeksiya”ning hududiy boshqarmasi 15-iyunga qadar Boshqarmalar tomonidan tasdiqlangan maʼlumotlarni oʻrganadi va elektron raqamli imzo yordamida kelishadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda “Oʻzenergoinspeksiya”ning hududiy boshqarmalari budjet tashkilotining joylashgan joyi, isitiladigan binolari, qozonxona rusumi, quvvati va boshqa maʼlumotlardan foydalanib, Qurilish meʼyorlari va qoidalarining loyihalash uchun iqlimiy va fizikaviy-geologik maʼlumotlarida belgilangan metodologiyaga asosan ob-havo bashorati va iqlim oʻzgarishlarini inobatga olgan holda hisoblaydi hamda zarur hollarda tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqarmalar tasdiqlagan hamda “Oʻzenergoinspeksiya”ning hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan koʻmir mahsuloti miqdorlari Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan Portalda tasdiqlanadi hamda koʻmir mahsulotini xarid qilishni moliyalashtirish manbalariga aniqlik kiritish uchun 15-iyulga qadar Moliya vazirligiga Portal orqali yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vazirligi ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida koʻmir mahsuloti miqdorlari uchun moliyalashtirish manbalari boʻyicha maʼlumotlarni 15-avgustga qadar Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Energetika vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga Portal orqali koʻmir balansi loyihasini shakllantirish uchun taqdim qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Koʻmir balansi loyihasi koʻmir sanoati korxonalarining ishlab chiqarish va yetkazib berish imkoniyatlari hamda import koʻmir miqdorlarini inobatga olgan holda, Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, “Oʻzbekkoʻmir” AJ tomonidan shakllantiriladi hamda kelgusi yil uchun koʻmir resurslari va isteʼmoli balansi loyihasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan belgilangan tartibda manfaatdor vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalariga 15-sentabrga qadar kelishish uchun taqdim etiladi hamda kelishilgan hujjat loyihasi Vazirlar Mahkamasiga 1-noyabrga qadar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Budjet tashkilotlariga koʻmir mahsuloti koʻmir balansiga muvofiq sotiladi. Har bir budjet tashkilotiga ajratilgan koʻmir mahsuloti miqdorlari ularning isteʼmolchi raqami boʻyicha Portalda aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Oʻzbekkoʻmir” AJ koʻmir balansiga muvofiq belgilangan hajmlarda budjet tashkilotlari uchun koʻmir mahsulotlarini yetkazib berish boʻyicha “Koʻmir taʼminot” MCHJ bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalarni imzolaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkoʻmir” AJ koʻmir mahsulotlarini “Koʻmir taʼminot” MCHJning koʻmir omborlari manziliga yuklab joʻnatishni taʼminlaydi va bu toʻgʻrisida Portalga tegishli maʼlumotlarni kiritadi hamda yuklab joʻnatilayotgan koʻmirning sifati va miqdorlari uchun javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda “Oʻzbekkoʻmir” AJning masʼul mansabdor shaxslari koʻmirni yuklash, joʻnatish, koʻmirning sifati va miqdorlari yuzasidan harakati yoki harakatsizligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi hamda Jinoyat kodekslarining tegishli moddalari bilan javobgarlikka tortiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkoʻmir” AJ “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bilan “Oʻzbekkoʻmir” AJning “Koʻmiryigʻish” stansiyasidan hududlardagi koʻmir omborlarigacha temir yoʻl orqali tashish va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning Harbiylashtirilgan qoʻriqlash boshqarmasi tomonidan koʻmirni qoʻriqlash va kuzatib borish uchun shartnoma imzolaydi. “Oʻzbekkoʻmir” AJning tashish bilan bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlari keyinchalik “Koʻmir taʼminot” MCHJ tomonidan belgilangan tartibda qoplab beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Koʻmir taʼminot” MCHJ koʻmir mahsulotlarining sifatli saqlanishini hamda isteʼmolchilarga sotilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda “Koʻmir taʼminot” MCHJ koʻmir omborlari mudirlari, masʼul mansabdor shaxslari koʻmir mahsuloti sifatli saqlanishi hamda uni isteʼmolchilarga yetkazib berishdagi harakati yoki harakatsizligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi hamda Jinoyat kodekslarining tegishli moddalari bilan javobgarlikka tortiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ koʻmir mahsulotlarini “Oʻzbekkoʻmir” AJning “Koʻmiryigʻish” stansiyasidan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning tegishli stansiyalarigacha tashishni taʼminlaydi hamda vagonlarning (yarim vagonlar) oʻz vaqtida berilishi va koʻmirning yetkazilishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ masʼul mansabdor shaxslari koʻmir mahsulotini tegishli stansiyalarigacha tashish hamda vagonlar (yarim vagonlar) oʻz vaqtida berish va koʻmirning manzilli yetkazilishi bilan bogʻliq harakati yoki harakatsizligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi hamda Jinoyat kodekslarining tegishli moddalari bilan javobgarlikka tortiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning Harbiylashtirilgan qoʻriqlash boshqarmasi koʻmir ortilgan vagonlarni belgilangan stansiyalarga yetib borishiga qadar qoʻriqlashga hamda yuklangan koʻmir miqdoriga javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning Harbiylashtirilgan qoʻriqlash boshqarmasi masʼul mansabdor shaxslari koʻmir mahsulotlarini belgilangan stansiyalarga yetkazib berish hamda yuklangan koʻmir miqdoridagi aniqlangan kamomadlar yuzasidan harakati yoki harakatsizligi uchun Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Jinoyat kodekslarining tegishli moddalari bilan javobgarlikka tortiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar idoralari koʻmir mahsulotlarini “Koʻmir taʼminot” MCHJning hududlardagi koʻmir omborlaridan ortilgandan budjet tashkilotlariga yetkazib berilishiga qadar himoya qilinishini taʼminlash tadbirlarini amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkoʻmir” AJ va “Koʻmir taʼminot” MCHJ rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari oʻz hududlarida koʻmir mahsulotlari zaxiralari shakllantirilishi va budjet tashkilotlariga manzilli yetkazib berilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlarining koʻmir mahsulotlari zaxiralari shakllantirilishi va budjet tashkilotlariga manzilli yetkazib berilishi bilan bogʻliq harakati yoki harakatsizligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi hamda Jinoyat kodekslarining tegishli moddalari bilan javobgarlikka tortiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Koʻmir taʼminot” MCHJ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari, sogʻliqni saqlash boshqarmalari, maktabgacha taʼlim boshqarmalari, madaniyat boshqarmalari, sportni rivojlantirish bosh boshqarmalari, kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari bilan koʻmir mahsulotini yetkazib berish boʻyicha shartnomalarni budjet tashkilotlari roʻyxati va koʻmirning ular kesimidagi taqsimotini ilova qilgan holda tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir budjet tashkilotiga maxsus isteʼmolchi raqami boʻyicha koʻmirni yuklash, yetkazib berish, hisob-kitoblarni amalga oshirish holati yuzasidan maʼlumotlarni Portal orqali nazorat qilish imkoniyati yaratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “Koʻmir taʼminot” MCHJ koʻmir omborlariga kirim qilingan koʻmir mahsulotlari maxsus uskunalarda (va/yoki qoʻl mehnati bilan) mayda-yirikligiga qarab saralanishi mumkin. Saralangan koʻmirning yiriklari (20 — 300 mm) qoplarga solinadi, maydalari (0 — 20 mm) briket ishlab chiqarish uchun yoʻnaltiriladi. Isteʼmolchilarning talabidan kelib chiqqan holda saralanmagan koʻmir (0 — 300 mm) sotilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. “Oʻzbekkoʻmir” AJ tomonidan har bir kunlik ortib yuborilgan koʻmir partiyasi Portalga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Koʻmir taʼminot” MCHJning hududlardagi koʻmir omborlari “Oʻzbekkoʻmir” AJ tomonidan ortib yuborilgan koʻmir partiyasi koʻmir omboriga yetib kelganligi yuzasidan maʼlumotlarni Portal orqali tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Koʻmir taʼminot” MCHJning koʻmir omborlari Portalda shakllantirilgan maʼlumotlar hamda grafiklar asosida budjet tashkilotiga koʻmir mahsulotining manzilli yuklab berilishi va sotilishini taʼminlaydi hamda koʻmir ortib yuborilganligi boʻyicha maʼlumotlarni Portalga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Budjet tashkilotlari avtotransport xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida koʻmir mahsulotini avtomobil transporti yordamida yoki bevosita oʻz kuchlari bilan koʻmir omborlaridan olib ketadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda budjet tashkiloti tomonidan koʻmir omborxonasiga kirim qilingan koʻmir mahsuloti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Portalga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. “Koʻmir taʼminot” MCHJning hududlardagi koʻmir omborlari mudirlari va budjet tashkilotlarining vakolatli vakillari tomonidan avtotransport vositasiga. yuklangan koʻmir mahsulotlari uchun sifati va hajmlari boʻyicha dalolatnoma tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Dalolatnoma shartnomada nazarda tutilgan shartlarda koʻmir mahsuloti olingan kunda rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Koʻmir mahsulotining transport vositalariga haqiqiy yuklangan hajmi koʻrsatilgan holda, vakolatli shaxslar imzolari hamda koʻmir ombori muhri bilan tasdiqlangan yukxati rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Koʻmir mahsulotining budjet tashkilotida sifatli va yongʻin xavfsizligi qoidalarini taʼminlagan holda saqlanishi hamda undan maqsadli va samarali foydalanish uchun budjet tashkilotining birinchi rahbari shaxsan javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda budjet tashkilotining birinchi rahbari, masʼul mansabdor shaxslari koʻmir mahsulotining saqlanishi va maqsadli sarflanishi yuzasidan harakati yoki harakatsizligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi hamda Jinoyat kodekslarining tegishli moddalari bilan javobgarlikka tortiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Budjet tashkilotida koʻmir mahsuloti tegishli qabul qilish-topshirish dalolatnomasini rasmiylashtirish orqali qabul qilib olinadi. Unda kerakli maʼlumotlar, shu jumladan, yetkazib berilgan koʻmir mahsulotining markasi, hajmi, shuningdek, koʻmir mahsulotini topshirish va qabul qilib olish uchun masʼul shaxs koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Koʻmir mahsulotini qabul qilib olish va saqlash budjet tashkiloti tomonidan koʻmir mahsulotini foydalanish uchun yaroqli holatda saqlash va taʼminlash masalalari boʻyicha texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq jihozlangan uchastkalarda (omborxonalar, maydonchalar, bostirmalarda) amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻmir mahsuloti ochiq omborxonalarda (maydonchalarda) saqlanganda, koʻmir mahsulotining fizik-mexanik xususiyatlari va tashqi muhit (harorat, ob-havo sharoitlari, shamol va boshqalar) taʼsiridan uning butunligi saqlanadigan hamda saqlash xavfsizligi taʼminlanadigan sharoitlar yaratilishi kerak. Ochiq maydonchalar quruq, tepalik, suv bosmaydigan joylarda tashkil etilishi va ularga begona shaxslar kirishini istisno qilish uchun toʻsib qoʻyilishi kerak. Zarur hollarda, ochiq maydonchalar atrofi boʻylab oqova ariqlar yotqiziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bostirmalar uch tomondan toʻsiqlarga ega boʻlishi, toʻsiqlar boʻlmagan tomonga pol qiyalangan (1-2°) boʻlishi kerak, zarur hollarda, oqova ariqlar yotqizilishi va yogʻoch konstruksiyalariga oʻtga chidamli kimyoviy modda bilan ishlov berilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Favqulodda hodisalar, tabiiy ofatlar (shu jumladan ob-havoning keskin sovib ketishi), texnogen hodisalar (shu jumladan, tabiiy gaz yetkazib berishdagi uzilishlar) vaqtida vujudga kelgan budjet tashkilotining koʻmirga boʻlgan rejadan (balansdan) tashqari ehtiyoji, mudofaa yoki davlat xavfsizligi ishlari boʻyicha koʻmirga boʻlgan favqulodda ehtiyojlar uchun koʻmir mahsuloti, istisno tariqasida, zudlik bilan yetkazib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Koʻmir mahsulotini saqlash (inkubatsion) muddatlari qisqaligini inobatga olgan holda, kuz-qish mavsumi yakunlangandan soʻng koʻmir omborlarida saqlanayotgan mahalliy va import koʻmir mahsulotlarini koʻmir omborlarining saqlash, transport va boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda, “Koʻmir taʼminot” MCHJ tomonidan birja savdolari orqali yoki toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida oʻrtacha birja narxida isteʼmolchilarga, issiqlik elektr stansiyalariga esa belgilangan narxlarda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha sotilishiga ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Koʻmir mahsuloti uchun oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Budjet tashkilotiga koʻmir balansida tasdiqlangan hajmlar hamda ajratiladigan budjet mablagʻlariga muvofiq “Koʻmir taʼminot” MCHJning koʻmir omborlari orqali toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha koʻmir uchun haqi 50 foiz oldindan toʻlash va koʻmir omborlaridan yuklab yuborilgandan soʻng 60 kun mobaynida toʻliq haq toʻlash sharti bilan sotiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Taraflarning javobgarligi va nizolarni hal qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. “Oʻzbekkoʻmir” AJ, “Koʻmir taʼminot” MCHJ, Boshqarmalar va avtotransport tashkilotlari oʻrtasida tuzilgan shartnomalarga asosan tomonlarning shartnoma shartlarini bajarmasligi boʻyicha javobgarlik qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Tomonlar oʻrtasida yuzaga keladigan nizolar ikki tomonlama kelishuvga asosan yoki sud tartibida hal qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Budjet tashkiloti tomonidan koʻmir omborlaridan xarid qilingan koʻmir mahsulotining tijorat yoki boshqa maqsadlarda uchinchi shaxslarga berilishi yoki sotilishi taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Boshqarmalarning rahbarlari belgilangan tartibda quyidagilar uchun javobgar boʻladilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqdim qilingan buyurtmanomalarda budjet tashkilotlarining koʻmir mahsulotiga ehtiyojlari toʻgʻrisida notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻmir mahsulotini yetkazib berish uchun shartnomalarning oʻz vaqtida tuzilmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xarid qilinadigan koʻmir mahsuloti va uning yetkazib berilishi uchun toʻlovning oʻz vaqtida amalga oshirilmaganligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Mazkur Nizom qoidalari talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Budjet tashkilotlarini koʻmir mahsulotlari bilan budjet mablagʻlari hisobidan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Budjet tashkilotlarini koʻmir mahsulotlari bilan budjet mablagʻlari hisobidan taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Budjet tashkiloti

Budjet tashkiloti isitiladigan maydonlar hajmlariga, mavjud qozonlar va pechlar soniga asoslanib, koʻmir mahsulotini sarflash meʼyorlarini hisobga olgan holda, oʻtgan mavsumda yoqilgan koʻmir mahsulotlari miqdorlariga mos ravishda Portalga koʻmirga boʻlgan ehtiyojini kiritadi.

Budjet tashkilotining joylashgan joyi, isitiladigan bino hujjatlari, isitiladigan maydon hajmi, qozonxonalar pasporti va boshqa maʼlumotlar Portaliga kiritiladi.

15-mayga qadar

2-bosqich

Boshqarmalar, tegishli tuman (shahar) boʻlimlari

Boshqarmalar tegishli tuman (shahar) boʻlimlari bilan birgalikda budjet tashkiloti tomonidan Portalga kiritilgan maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshiradi hamda Portal orqali elektron raqamli imzo yordamida tasdiqlaydi.

1-iyunga qadar

3-bosqich

“Oʻzenergoinspeksiya”

“Oʻzenergoinspeksiya”ning hududiy boshqarmalari Boshqarmalar tomonidan tasdiqlangan maʼlumotlarni oʻrganadi va elektron raqamli imzo yordamida kelishadi.

Bunda “Oʻzenergoinspeksiya”ning hududiy boshqarmalari budjet tashkilotining joylashgan joyi, isitiladigan binolari, qozonxona rusumi, quvvati va boshqa maʼlumotlardan foydalanib, Qurilish meʼyorlari va qoidalarining loyihalash uchun iqlimiy va fizikaviy-geologik maʼlumotlarida belgilangan metodologiyaga asosan ob-havo bashorati va iqlim oʻzgarishlarini inobatga olgan holda hisoblaydi hamda zarur hollarda tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.

15-iyunga qadar

4-bosqich

Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

Boshqarmalar tomonidan tasdiqlangan hamda “Oʻzenergoinspeksiya”ning hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan koʻmir mahsuloti miqdorlari Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan Portalda tasdiqlanadi hamda koʻmir mahsulotini xarid qilishning moliyalashtirish manbalariga aniqlik kiritish uchun 15-iyulga qadar Moliya vazirligiga Portal orqali yuboriladi.

15-iyulga qadar

5-bosqich

Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

Moliya vazirligi ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida koʻmir miqdorlari uchun moliyalashtirish manbalari boʻyicha maʼlumotlarni 15-avgustga qadar Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga, Energetika vazirligiga hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga Portal orqali koʻmir balansi loyihasini shakllantirish uchun taqdim qiladi.

15-avgustga qadar

6-bosqich

Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, “Oʻzbekkoʻmir” AJ, manfaatdor vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalari

Koʻmir balansi loyihasi koʻmir sanoati korxonalarining ishlab chiqarish va yetkazib berish imkoniyatlari hamda import koʻmir miqdorlarini inobatga olgan holda, Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, “Oʻzbekkoʻmir” AJ tomonidan shakllantiriladi hamda kelgusi yil uchun koʻmir resurslari va isteʼmoli balansi loyihasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan belgilangan tartibda manfaatdor vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalariga 15-sentabrga qadar kelishish uchun taqdim etiladi hamda kelishilgan hujjat loyihasi Vazirlar Mahkamasiga 1-noyabrga qadar kiritiladi.

1-noyabrga qadar

7-bosqich

“Oʻzbekkoʻmir” AJ

“Oʻzbekkoʻmir” AJ tomonidan har bir kunlik ortib yuborilgan koʻmir partiyasi Portalga kiritiladi.

Belgilangan muddatlarda

8-bosqich

“Koʻmir taʼminot” MCHJ

“Koʻmir taʼminot” MCHJning hududlardagi koʻmir omborlari “Oʻzbekkoʻmir” AJ tomonidan ortib yuborilgan koʻmir partiyasi koʻmir omboriga yetib kelganligi yuzasidan maʼlumotlarni Portal orqali tasdiqlaydi.

Belgilangan muddatlarda

9-bosqich

“Koʻmir taʼminot” MCHJning koʻmir omborlari

“Koʻmir taʼminot” MCHJning koʻmir omborlari Portalda shakllantirilgan maʼlumotlar hamda grafiklar asosida budjet tashkilotiga koʻmir mahsulotining manzilli yuklab berilishi va sotilishini taʼminlaydi hamda koʻmir ortib yuborilganligi boʻyicha maʼlumotlarni Portalga kiritadi.

Belgilangan muddatlarda

10-bosqich

Budjet tashkiloti

Budjet tashkilotlari avtotransport xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida koʻmir mahsulotini avtomobil transporti yordamida yoki bevosita oʻz kuchlari bilan koʻmir omborlaridan olib ketadi.

Bunda budjet tashkiloti tomonidan koʻmir omborxonasiga kirim qilingan koʻmir mahsuloti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Portalga kiritiladi.

Belgilangan muddatlarda

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-sentabrdagi 551-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika aholisini koʻmir mahsulotlari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom respublikaning tabiiy gaz bilan taʼminlanmagan hududlarida yashaydigan aholini koʻmir mahsulotlari bilan taʼminlash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom koʻmirni qazib oluvchi, koʻmir briketlarini ishlab chiqaruvchi, koʻmir mahsulotini sotuvchi, yetkazib beruvchi, transportirovka qiluvchi tashkilotlarga, shuningdek, koʻmir mahsulotini maishiy foydalanish maqsadida xarid qiluvchi aholiga joriy qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Asosiy tushunchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻmir mahsuloti — koʻmir resurslari va isteʼmoli balansiga (keyingi oʻrinlarda — koʻmir balansi) muvofiq koʻmir omborlari orqali aholi tomonidan xarid qilinadigan barcha turdagi koʻmir yoqilgʻisi (mahalliy va/yoki import qilingan);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchi — foyda olish bilan bogʻliq boʻlmagan maishiy foydalanish maqsadlarida koʻmir mahsulotini xarid qiluvchi jismoniy shaxslar (aholi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻmir omborlari — koʻmir mahsulotini aholiga sotish funksiyasini amalga oshiruvchi “Oʻzbekkoʻmir” AJning “Koʻmir taʼminot” MCHJ hududiy boʻlinmalarining omborlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Portal — vazirlik va idoralar, budjet tashkilotlarining, shu jumladan, aholining koʻmirga boʻlgan ehtiyoji, koʻmir mahsuloti harakatini va ular uchun toʻlovlarni oʻz ichiga olgan Koʻmir mahsulotlarini sotish xizmatlari interaktiv portali (maʼlumotlar bazasi);
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chakana narx — koʻmir omborlari orqali aholiga sotiladigan narxi;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyuldagi 418-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2026-y., 09/26/418/0803-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
call-markazlar — hududiy omborlar tomonidan tashkil qilingan, aholidan koʻmir mahsulotiga buyurtma qabul qilish uchun telefon (internet tarmogʻi) orqali soʻrovnomalar shaklida tushadigan axborotlarni qabul qilish va uzatish uchun foydalaniladigan qoʻngʻiroqlarga (buyurtmalarga) xizmat koʻrsatish boʻyicha markazlashtirilgan ofislar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
GPS-navigator — koʻmir mahsulotini yetkazib berish boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi yuk mashinalarining joriy manzillarini aniqlash maqsadida geopozitsiyalash global tizimi signallari kelib tushadigan qurilma.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Respublika aholisini koʻmir mahsuloti bilan taʼminlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Aholi koʻmir mahsuloti bilan mazkur Nizomga ilovadagi sxema boʻyicha taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tumanlar (shaharlar) hokimlarining yordamchilari (va/yoki hokimliklar) mahalla raislari bilan birgalikda oʻz hududlaridagi koʻmirga ehtiyojmand boʻlgan isteʼmolchilar yashayotgan xonadon (uy), xonadon egasi va/yoki koʻmirni qabul qilib oluvchi jismoniy shaxs, kuz-qish mavsumiga talab etiladigan koʻmir hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (xonadon joylashgan pochta manzili va kadastr hujjati maʼlumotlari, xonadon egasi yoki xonadonda yashovchi oilaning koʻmirni sotib olishga masʼul aʼzosining familiyasi, ismi, otasining ismi, JSHISHR va pasport maʼlumotlari) har yili kelgusi yil uchun 1-iyunga qadar Portalga kiritadi hamda kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligiga javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda isteʼmolchilar joylashgan joy, isitiladigan bino hujjatlari, isitiladigan maydon hajmi, qozonxonalar pasporti va boshqa maʼlumotlar (mavjud boʻlgan taqdirda) Portalga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Portalda har bir isteʼmolchiga alohida isteʼmolchi raqami biriktiriladi. Ushbu isteʼmolchi raqami boʻyicha isteʼmolchilarning koʻmirga ehtiyoji miqdori, buyurtmaga muvofiq koʻmirni yuklash, yetkazib berish va qabul qilib olish yuzasidan hisob-kitob yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Portalga maʼlumotlarni kiritish, oʻzgartirish yoki toʻldirish tumanlar (shaharlar) hokimlari yordamchilari (va/yoki hokimliklar), mahalla raislari, shuningdek, koʻmirga ehtiyojmand boʻlgan isteʼmolchilar yashayotgan xonadon egasi va/yoki koʻmirni qabul qilib oluvchi jismoniy shaxs tomonidan elektron raqamli imzo yordamida tasdiqlash orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Portalga kiritilgan maʼlumotlar yil davomida boshqa oʻzgartirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Hududgaztaʼminot” AJning hududiy gaz-taʼminot korxonalari tumanlar (shaharlar) hokimlari yordamchilari (va/yoki hokimliklar) tomonidan Portalga kiritilgan maʼlumotlarni tabiiy gaz tanqisligi kuzatilayotgan, suyultirilgan gazga oʻtkazilgan isteʼmolchilar roʻyxati bilan solishtiradi hamda har yili 1-iyulga qadar Portalga kiritilgan isteʼmolchilar tabiiy gaz bilan taʼminlanmaganligini Portal orqali tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tabiiy gaz bilan barqaror taʼminlangan xonadonda yashovchi isteʼmolchilarga koʻmirni markazlashgan holda yetkazib berish rad etiladi va Portaldan ularning maʼlumotlari chiqarib tashlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Portalga kiritilgan maʼlumotlar asosida har yili 1-avgustga qadar hudud aholisining mahalla (ovul) fuqarolari yigʻinlari kesimida kelgusi yilda koʻmir mahsulotiga boʻlgan ehtiyojni shakllantiradi va tegishli maʼlumotlarni Portal orqali elektron raqamli imzo yordamida tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Energetika vazirligi bilan birgalikda Portalda shakllantirilgan isteʼmolchilarning koʻmirga boʻlgan ehtiyoji toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida koʻmir resurslari va isteʼmoli balansi loyihasini ishlab chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Koʻmir resurslari va isteʼmoli balansining loyihasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan belgilangan tartibda manfaatdor vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalariga 15-sentabrga qadar kelishish uchun taqdim etiladi hamda kelishilgan hujjat loyihasi Vazirlar Mahkamasiga 1-noyabrga qadar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tasdiqlangan koʻmir balansi doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Koʻmir taʼminot” MCHJ oʻn kun muddatda hududlar boʻyicha aholiga sotish uchun koʻmir mahsulotini oyma-oy yetkazib berish jadvalini ishlab chiqib tasdiqlaydi va “Oʻzbekkoʻmir” AJga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga hamda viloyatlar hokimliklariga Portal orqali yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari hududlar boʻyicha aholi uchun belgilangan koʻmir mahsuloti miqdorlarini oyma-oy yetkazib berish jadvalini uch ish kunida tumanlar va shaharlar kesimida ishlab chiqib tasdiqlaydi hamda “Koʻmir taʼminot” MCHJga va tumanlar (shaharlar) hokimliklariga Portal orqali yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tumanlar (shaharlar) hokimliklari koʻmir mahsuloti miqdorlarini oyma-oy yetkazib berish jadvalini ikki ish kunida mahalla (ovul) fuqarolar yigʻinlari kesimida ishlab chiqib tasdiqlaydi va tumanlar (shaharlar) hokimlari yordamchilariga, mahalla (ovul) fuqarolar yigʻinlariga, “Koʻmir taʼminot” MCHJning hududlardagi boʻlinmalariga Portal orqali yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Oʻzbekkoʻmir” AJ koʻmir balansiga muvofiq belgilangan miqdorlarda isteʼmolchilar uchun koʻmir mahsulotini yetkazib berish boʻyicha “Koʻmir taʼminot” MCHJ bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalarni imzolaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkoʻmir” AJ koʻmir mahsulotini “Koʻmir taʼminot” MCHJning koʻmir omborlari manziliga yuklab joʻnatishni taʼminlaydi va bu haqda Portalga tegishli maʼlumotlarni kiritadi hamda yuklab joʻnatilayotgan koʻmirning sifati va miqdorlari uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda “Oʻzbekkoʻmir” AJning masʼul mansabdor shaxslari koʻmirni yuklash, joʻnatish, koʻmirning sifati va miqdorlari yuzasidan harakati yoki harakatsizligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi hamda Jinoyat kodekslarining tegishli moddalari bilan javobgarlikka tortiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkoʻmir” AJ “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bilan “Oʻzbekkoʻmir” AJningʻ “Koʻmiryigʻish” stansiyasidan hududlardagi koʻmir omborlarigacha temir yoʻl orqali tashish va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning Harbiylashtirilgan qoʻriqlash boshqarmasi tomonidan koʻmirni qoʻriqlash va kuzatib borish uchun shartnoma imzolaydi. “Oʻzbekkoʻmir” AJning tashish bilan bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlari keyinchalik “Koʻmir taʼminot” MCHJ tomonidan belgilangan tartibda qoplab beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Koʻmir taʼminot” MCHJ koʻmir mahsulotining sifatli saqlanishini hamda isteʼmolchilarga sotilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda “Koʻmir taʼminot” MCHJ koʻmir omborlari mudirlari, masʼul mansabdor shaxslari koʻmirning sifatli saqlanishi hamda isteʼmolchilarga yetkazib berishdagi harakati yoki harakatsizligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi hamda Jinoyat kodekslarining tegishli moddalari bilan javobgarlikka tortiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ koʻmir mahsulotini “Oʻzbekkoʻmir” AJning “Koʻmiryigʻish” stansiyasidan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning tegishli stansiyalarigacha tashishni taʼminlaydi hamda vagonlarning (yarim vagonlar) oʻz vaqtida berilishi va koʻmirning yetkazilishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ masʼul mansabdor shaxslari koʻmirning tegishli stansiyalarigacha tashish hamda vagonlarning (yarim vagonlar) oʻz vaqtida berilishi va koʻmirning manzilli yetkazilishi Bilan bogʻliq harakati yoki harakatsizligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi hamda Jinoyat kodekslarining tegishli moddalari bilan javobgarlikka tortiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning Harbiylashtirilgan qoʻriqlash boshqarmasi koʻmir ortilgan vagonlarni belgilangan stansiyalarga yetib borishiga qadar qoʻriqlashga hamda yuklangan koʻmir miqdoriga javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning Harbiylashtirilgan qoʻriqlash boshqarmasi masʼul mansabdor shaxslari koʻmirning belgilangan stansiyalarga yetkazib berish hamda yuklangan koʻmir miqdoridagi aniqlangan kamomadlar yuzasidan harakati yoki harakatsizligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi hamda Jinoyat kodekslarining tegishli moddalari bilan javobgarlikka tortiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar idoralari koʻmir mahsulotini “Koʻmir taʼminot” MCHJning hududlardagi koʻmir omborlaridan ortilgandan aholiga yetkazib berilishga qadar himoya qilinishini taʼminlash tadbirlarini amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman (shahar) hokimliklari koʻmir mahsulotining aholiga belgilangan tartibda taqsimlanishi va sotilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkoʻmir” AJ va “Koʻmir taʼminot” MCHJ rahbarlari, koʻmir omborlari mudirlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari oʻz hududlarida koʻmir mahsuloti zaxiralari shakllantirilishi va aholiga manzilli yetkazib berilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlarining koʻmir mahsuloti zaxiralarini shakllantirilishi va budjet tashkilotlariga manzilli yetkazib berilishi bilan bogʻliq harakati yoki harakatsizligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi hamda Jinoyat kodekslarining tegishli moddalari bilan javobgarlikka tortiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “Koʻmir taʼminot” MCHJ koʻmir omborlariga kirim qilingan koʻmir mahsuloti maxsus uskunalarda (va/yoki qoʻl mehnati bilan) mayda-yirikligiga qarab saralanishi mumkin. Saralangan koʻmirlarning yiriklari (20 — 300 mm) qoplarga solinadi, maydalari (0 — 20 mm) briket ishlab chiqarish uchun yoʻnaltiriladi. Isteʼmolchilarning talabidan kelib chiqqan holda, saralanmagan koʻmir (0 — 300 mm) sotilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. “Oʻzbekkoʻmir” AJ tomonidan har bir kunlik ortib yuborilgan koʻmir partiyasi Portalga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Koʻmir taʼminot” MCHJning hududlardagi koʻmir omborlari “Oʻzbekkoʻmir” AJ tomonidan ortib yuborilgan koʻmir partiyasi koʻmir omboriga yetib kelganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Portal orqali tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Koʻmir taʼminot” MCHJning koʻmir omborlari Portalda shakllantirilgan maʼlumotlar hamda grafiklar asosida aholiga koʻmir mahsulotining manzilli yuklab berilishi va sotilishini taʼminlaydi hamda koʻmir ortib yuborilganligi boʻyicha maʼlumotlarni Portalga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻmir omborlari tomonidan har bir isteʼmolchiga ortib yuborilgan koʻmir partiyasi boʻyicha Portal va SMS-xabarnoma orqali isteʼmolchiga bildirishnoma yetkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, qoida tariqasida, isteʼmolchiga SMS-xabarnoma yuborish orqali unga koʻmir yetkazib berildi deb qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmolchilar tomonidan qabul qilib olingan koʻmir Portaldagi shaxsiy kabinet orqali tasdiqlanishi yoki haqiqatda yetkazilgan koʻmir miqdorlari va SMS-xabarnomada keltirilgan miqdorlar orasida tafovut kelib chiqadigan holatlarda, ushbu holat yuzasidan Portal orqali eʼtiroz bildirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qulaylik uchun Portalda eʼtirozni yoʻllash boʻyicha alohida interaktiv oyna nazarda tutiladi hamda bu eʼtiroz onlayn tarzda Portaldagi shaxsiy kabinet orqali kiritilgandan soʻng avtomatik ravishda “Koʻmir taʼminot” MCHJ, tegishli mahalliy hokimiyat organlari, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqini himoya qilish agentligi va Energetika vazirligiga baravariga yuboriladi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqoridagi xatboshida keltirilgan masʼul tashkilotlar tomonidan oʻn ish kuni davomida ushbu holat oʻrganib chiqilishi va koʻmir toʻliq yetkazib berilishi yoki masalaga oydinlik kiritilishi taʼminlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qilib olingan koʻmir isteʼmolchilar tomonidan Portaldagi shaxsiy kabinet orqali yoki Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqini himoya qilish agentligi tomonidan Portal orqali tasdiqlanmagunga qadar koʻmir yetkazib berilgan deb hisoblanmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻgʻirlik yoki talon-toroj qilish holatlari aniqlangan taqdirda, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqini himoya qilish agentligi tomonidan tegishli huquqni himoya qilish organlariga taqdimnoma kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Koʻmir omborlaridan koʻmir mahsulotini olib ketish isteʼmolchilar tomonidan mustaqil ravishda shaxsiy va/yoki yollanma avtotransport vositalari orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda aholiga koʻmir omborlari tomonidan yuklab beriladigan koʻmir mahsulotining sifati, miqdori va markasi uchun javobgarlik “Koʻmir taʼminot” MCHJning koʻmir omborlari mudirlariga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmolchilarning xohishiga koʻra, “Oʻzbekkoʻmir” AJ yoki “Koʻmir taʼminot” MCHJ tomonidan koʻmirni transportda yetkazib berish xizmati tashkil etib berilishi mumkin. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu xizmat uchun toʻlovlar aholi tomonidan koʻmirni yetkazib berish xizmatini koʻrsatuvchi tashkilotga toʻgʻridan-toʻgʻri yoki “Oʻzbekkoʻmir” AJ, “Koʻmir taʼminot” MCHJ orqali transport xarajatlarini qoplash koʻrinishida alohida amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻmirni yetkazib berish xizmatini koʻrsatuvchi avtotransport vositalari aloqa va GPS tizimlari bilan jihozlangan boʻlishi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻmir mahsulotining isteʼmolchilarga toʻliq yetkazib berilishi uchun javobgarlik “Koʻmir taʼminot” MCHJning koʻmir omborlari mudirlariga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Mehr daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand oilalarga koʻmir mahsulotini sotib olishda va/yoki yetkazib berish uchun transport bilan taʼminlashda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar rahbarlari Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-apreldagi 213-f-son farmoyishi, “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2021-yil 14-apreldagi 210-son qarori hamda “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan “Mehr daftari” tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 17-yanvardagi 26-son qarori bilan tashkil etilgan tegishli jamgʻarmalar hisobidan pul yoki kompensatsiya koʻrinishida amaliy yordam koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Favqulodda hodisalar, tabiiy ofatlar (shu jumladan, ob-havoning keskin sovib ketishi), texnogen hodisalar (shu jumladan, tabiiy gaz yetkazib berishdagi uzilishlar) vaqtida vujudga kelgan aholining koʻmirga boʻlgan rejadan (balansdan) tashqari ehtiyojlari, mudofaa yoki davlat xavfsizligi ishlari boʻyicha koʻmirga boʻlgan favqulodda ehtiyojlar uchun koʻmir mahsuloti, istisno tariqasida, zudlik bilan yetkazib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Koʻmir mahsulotini saqlash (inkubatsion) muddatlari qisqaligini inobatga olgan holda, kuz-qish mavsumi yakunlangandan soʻng koʻmir omborlarida saqlanayotgan mahalliy va import koʻmir mahsulotlarini koʻmir omborlarining saqlash, transport va boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda, “Koʻmir taʼminot” MCHJ tomonidan birja savdolari orqali yoki toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida oʻrtacha birja narxida isteʼmolchilarga, issiqlik elektr stansiyalariga esa belgilangan narxlarda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha sotilishiga ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarga asosan koʻmir mahsulotini faqat “Koʻmir taʼminot” MCHJning umumiy yigʻilishi bayoni yoki ijro etuvchi organining tegishli qaroriga (yoki buyrugʻiga) asosan bepul yetkazib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Koʻmir mahsuloti uchun oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Aholiga koʻmir mahsuloti koʻmir balansida tasdiqlangan hajmlarga muvofiq shartnomaga asosan sotiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Aholiga koʻmir mahsuloti “Koʻmir taʼminot” MCHJning koʻmir omborlari orqali yuz foizlik oldindan toʻlov asosida chakana narxlarda sotiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda aholi tomonidan koʻmir mahsuloti uchun toʻlovlar istalgan toʻlov turlari orqali, shu jumladan, onlayn toʻlov tizimlaridan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Isteʼmolchilar koʻmir mahsulotlarini “Oʻzbekkoʻmir” AJda tashkil etilgan sall-markazlar orqali sotib olishi ham mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Call-markazlari har kuni soat 9-00dan 18-00gacha aholidan kelib tushgan buyurtmalar boʻyicha solishtirish va umumlashtirishni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Call-markazlari qabul qilingan buyurtmalarni Portal orqali koʻmir omborlariga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Buyurtmalarga asosan koʻmir omborlari tomonidan isteʼmolchilarga koʻmir mahsulotlari sotiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Buyurtmaning bajarilishi koʻmir omborlari mudirlari tomonidan Portalda aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Mazkur Nizom qoidalari talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika aholisini koʻmir mahsuloti bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika aholisini koʻmir mahsuloti bilan taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Tumanlar (shaharlar) hokimliklari

Mahalla raislari bilan birgalikda oʻz hududlaridagi koʻmirga ehtiyojmand boʻlgan isteʼmolchilar yashayotgan xonadon (uy), xonadon egasi va/yoki koʻmirni qabul qilib oluvchi jismoniy shaxs, kuz-qish mavsumiga talab etiladigan koʻmir miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har yili 1-iyunga qadar Portalga kiritadi hamda kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligiga javob beradi.

Portalga kiritilgan maʼlumotlar yil davomida boshqa oʻzgartirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

1-iyunga qadar

2-bosqich

“Hududgaztaʼminot” AJning hududiy gaz-taʼminot korxonalari

“Hududgaztaʼminot” AJning hududiy gaz-taʼminot korxonalari tumanlar (shaharlar) hokimlari yordamchilari (va/yoki hokimliklar) tomonidan Portalga kiritilgan maʼlumotlarni tabiiy gaz tanqisligi kuzatilayotgan, suyultirilgan gazga oʻtkazilgan isteʼmolchilar roʻyxati bilan solishtiradi hamda har yili 1-iyulga qadar Portalga kiritilgan isteʼmolchilar tabiiy gaz bilan taʼminlanmaganligini Portal orqali tasdiqlaydi.

Tabiiy gaz bilan barqaror taʼminlangan xonadonda yashovchi isteʼmolchilarga koʻmirni markazlashgan holda yetkazib berish rad etiladi va Portaldan ularning maʼlumotlari chiqarib tashlanadi.

1-iyulga qadar

3-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Portalga kiritilgan maʼlumotlar asosida har yili 1-avgustga qadar hudud aholisining mahalla (ovul) fuqarolari yigʻinlari kesimida kelgusi yilda koʻmir mahsulotiga boʻlgan ehtiyojini shakllantiradi va tegishli maʼlumotlarni Portal orqali elektron raqamli imzo yordamida tasdiqlaydi.

1-avgustga qadar

4-bosqich

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Energetika vazirligi

Koʻmir resurslari va isteʼmoli balansi loyihasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan belgilangan tartibda manfaatdor vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalariga 15-sentabrga qadar kelishish uchun taqdim etiladi hamda kelishilgan hujjat loyihasi Vazirlar Mahkamasiga 1-noyabrga qadar kiritiladi.

1-noyabrga qadar

5-bosqich

“Koʻmir taʼminot” MCHJ

Tasdiqlangan koʻmir balansi doirasida: hududlar boʻyicha aholiga sotish uchun koʻmir mahsulotini oyma-oy yetkazib berish jadvalini ishlab chiqib tasdiqlaydi va uni “Oʻzbekkoʻmir” AJga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga hamda viloyatlar hokimliklariga Portal orqali yuboradi;

oʻn kun muddatda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

hududlar boʻyicha aholi uchun belgilangan koʻmir mahsuloti miqdorlarini oyma-oy yetkazib berish jadvalini uch ish kunida tumanlar va shaharlar kesimida ishlab chiqib tasdiqlaydi hamda “Koʻmir taʼminot” MCHJga hamda tumanlar (shaharlar) hokimliklariga Portal orqali yuboradi;

uch ish kunida

tumanlar (shaharlar) hokimliklari

koʻmir mahsuloti miqdorlarini oyma-oy yetkazib berish jadvalini ikki ish kunida mahalla (ovul) fuqarolar yigʻinlari kesimida ishlab chiqib tasdiqlaydi va tumanlar (shaharlar) hokimlari yordamchilariga, mahalla (ovul) fuqarolar yigʻinlariga, “Koʻmir taʼminot” MCHJning hududlardagi boʻlinmalariga Portal orqali yuboradi.

ikki ish kunida

6-bosqich

“Oʻzbekkoʻmir” AJ

“Oʻzbekkoʻmir” AJ tomonidan har bir kunlik ortib yuborilgan koʻmir partiyasi Portalga kiritiladi.

belgilangan muddatlarda

7-bosqich

“Koʻmir taʼminot” MCHJ

“Koʻmir taʼminot” MCHJning hududlardagi koʻmir omborlari “Oʻzbekkoʻmir” AJ tomonidan ortib yuborilgan koʻmir partiyasi koʻmir omboriga yetib kelganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Portal orqali tasdiqlaydi.

belgilangan muddatlarda

8-bosqich

Isteʼmolchilar, “Koʻmir taʼminot” MCHJ

Koʻmir omborlari tomonidan har bir isteʼmolchiga ortib yuborilgan koʻmir partiyasi boʻyicha Portal va SMS-xabarnoma orqali isteʼmolchiga bildirishnoma yetkaziladi.

Bunda qoida tariqasida isteʼmolchiga SMS-xabarnoma yuborish orqali unga koʻmir yetkazib berildi deb qabul qilinadi.

Isteʼmolchilar tomonidan qabul qilib olingan koʻmir Portaldagi shaxsiy kabinet orqali tasdiqlanishi yoki haqiqatda yetkazilgan koʻmir miqdorlari va SMS-xabarnomada keltirilgan miqdorlar orasida tafovut kelib chiqadigan holatlarda, ushbu holat yuzasidan Portal orqali eʼtiroz bildirilishi mumkin.

belgilangan muddatlarda

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-sentabrdagi 551-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika hududlari boʻyicha aholi va budjet tashkilotlariga koʻmir mahsulotlarini yetkazib berish uchun masʼullar roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Hududlar

Masʼullar

“Koʻmir taʼminot” MCHJning koʻmir omborlariga qadar

koʻmir mahsulotlarini saqlash, sifati va soʻnggi isteʼmolchiga ortib yuborish uchun

soʻnggi isteʼmolchiga yetkazib berish uchun

Respublika boʻyicha

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

“Oʻzbekkoʻmir” AJ, “Koʻmir taʼminot” MCHJ

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

“Qoʻngʻirot” hududiy temir yoʻl uzeli rahbari

“Koʻmir taʼminot” MCHJ Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali rahbari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi

2.

Andijon viloyati

“Qoʻqon” hududiy temir yoʻl uzeli rahbari

“Koʻmir taʼminot” MCHJ Andijon viloyati filiali rahbari

Andijon viloyati hokimi

3.

Buxoro viloyati

“Buxoro” hududiy temir yoʻl uzeli rahbari

“Koʻmir taʼminot” MCHJ Buxoro viloyati filiali rahbari

Buxoro viloyati hokimi

4.

Jizzax viloyati

“Toshkent” hududiy temir yoʻl uzeli rahbari

“Koʻmir taʼminot” MCHJ Jizzax viloyati filiali rahbari

Jizzax viloyati hokimi

5.

Qashqadaryo viloyati

“Qarshi” hududiy temir yoʻl uzeli rahbari

“Koʻmir taʼminot” MCHJ Qashqadaryo viloyati filiali rahbari

Qashqadaryo viloyati hokimi

6.

Navoiy viloyati

“Buxoro” hududiy temir yoʻl uzeli rahbari

“Koʻmir taʼminot” MCHJ Navoiy viloyati filiali rahbari

Navoiy viloyati hokimi

7.

Namangan viloyati

“Qoʻqon” hududiy temir yoʻl uzeli rahbari

“Koʻmir taʼminot” MCHJ Namangan viloyati filiali rahbari

Namangan viloyati hokimi

8.

Samarqand viloyati

“Buxoro” hududiy temir yoʻl uzeli rahbari

“Koʻmir taʼminot” MCHJ Samarqand viloyati filiali rahbari

Samarqand viloyati hokimi

9.

Surxondaryo viloyati

“Termiz” hududiy temir yoʻl uzeli rahbari

“Koʻmir taʼminot” MCHJ Surxondaryo viloyati filiali rahbari

Surxondaryo viloyati hokimi

10.

Sirdaryo viloyati

“Toshkent” hududiy temir yoʻl uzeli rahbari

“Koʻmir taʼminot” MCHJ Sirdaryo viloyati filiali rahbari

Sirdaryo viloyati hokimi

11.

Toshkent viloyati

“Toshkent” hududiy temir yoʻl uzeli rahbari

“Koʻmir taʼminot” MCHJ Toshkent viloyati filiali rahbari

Toshkent viloyati hokimi

12.

Fargʻona viloyati

“Qoʻqon” hududiy temir yoʻl uzeli rahbari

“Koʻmir taʼminot” MCHJ Fargʻona viloyati filiali rahbari

Fargʻona viloyati hokimi

13.

Xorazm viloyati

“Qoʻngʻirot” hududiy temir yoʻl uzeli rahbari

“Koʻmir taʼminot” MCHJ Xorazm viloyati filiali rahbari

Xorazm viloyati hokimi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-sentabrdagi 551-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika isteʼmolchilariga koʻmir mahsulotlarini yetkazib berish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha ishchi guruh tarkibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

B.F. Islamov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi, Ishchi guruh rahbari

Sh.X. Xodjayev

energetika vaziri oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari

S.M. Xolxoʻjayev

iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari

U.U. Egamberdiyev

“Oʻzenergoinspeksiya” boshligʻi

B.B. Eshmuratov

“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruvi raisi

V.V. Kuznetsov

“Oʻzbekkoʻmir” AJ bosh direktori

X.N. Xasilov

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi v.b.

S. Umarov

“Koʻmir taʼminot” MCHJ direktori

A.R. Jumanazarov

Vazirlar Mahkamasi departament boshligʻi, Ishchi guruhi kotibi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-iyundagi 337-sonli qaroriga asosan 2025-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 09/24/337/0422-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-sentabrdagi 551-son qaroriga
6-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublikada koʻmir briketlari ishlab chiqarish va sotishni kompleks tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 2-iyuldagi 177-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 7-son, 53-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2016-yil 30-dekabrdagi 422-son qaroriga 6-ilovaning 2-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2017-yil 16-avgustdagi 638-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 8-son, 177-modda) 1-ilovaning 79-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2018-yil 24-yanvardagi 52-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-son qaroriga ilovaning 45-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirishga oid davlat siyosati tubdan takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2020-yil 14-dekabrdagi 777-son qaroriga 1-ilovaning 13-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2022-y., 09/22/551/0875-son; 19.06.2024-y., 09/24/337/0422-son; 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son; 31.07.2026-y., 09/26/418/0803-son)