Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
20.04.2026
03.03.2025
18.12.2023
20.09.2022
View
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.04.2026
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.02 Sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish va taʼminoti;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bolalarga ularning uy sharoitida davolanishi uchun zarur boʻlgan reabilitatsiya texnik vositalari bilan taʼminlash hamda ularga mazkur vositalarni tekin ijaraga berish tizimi asosida foydalanish uchun berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-apreldagi 184-sonli “Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bolalarni uy sharoitida davolanish uchun zarur boʻlgan tibbiy jihozlar, protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bemor bolalarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish va dori vositalarini bepul yetkazib berish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 25-apreldagi PQ-217-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bemor bolalarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish va dori vositalarini bepul yetkazib berish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 25-apreldagi PQ-217-son qarorining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bandining ikkinchi xatboshisiga muvofiq spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bemor bolalar davlat tomonidan tibbiy-ijtimoiy yordam doirasida patogenetik dorilar, tibbiy va ortopediya moslamalari hamda reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan kafolatli taʼminlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bandining “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisiga muvofiq spinal mushak atrofiyasi klinik alomatlariga ega boʻlgan bolalar, ularning klinik tashxislari, klinik tashxisning molekulyar-genetik usullar bilan tasdiqlangan xulosalari, oila aʼzolarining gen tashuvchiligi tasdiqlanganlar hamda ushbu kasallik bilan tugʻilishning oldini olishga qaratilgan choralar boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasi yuritilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bandining birinchi xatboshisiga muvofiq spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bemor bolalarni davolash uchun mablagʻlarni jamlash, shu jumladan, xayriya va homiylik mablagʻlarini jalb qilish maqsadida Sogʻliqni saqlash vazirligida yuridik shaxs boʻlmagan Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bemor bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bandining uchinchi xatboshisiga muvofiq spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan uy sharoitida davolanayotgan bemor bolalarni reabilitatsiya texnik vositalari bilan taʼminlash va mazkur vositalarni tekin ijaraga berish tizimini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish vazifasi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bolalarga ularning uy sharoitida davolanishi uchun zarur boʻlgan reabilitatsiya texnik vositalari bilan taʼminlash hamda ularga mazkur vositalarni tekin ijaraga berish tizimi asosida foydalanish uchun berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda — Markazlar) tomonidan Pediatrik tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi va tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari bilan birgalikda reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtoj bemor bolalar roʻyxatini muntazam ravishda shakllantirib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — Hududiy boshqarmalar) tomonidan har ikki yilda bir marta 5-dekabrga qadar bolalarni reabilitatsiya qilishning texnik vositalari oʻrtacha narxini shakllantirish va tegishli hududiy moliya organlari bilan kelishgan holda 15-dekabrga qadar tasdiqlash tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bemor bolalar roʻyxatini Markazlar tomonidan har yili 1-dekabrga qadar Hududiy boshqarmalarga taqdim etish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hududiy boshqarmalar tomonidan har yili 30-dekabrga qadar bemor bolalar roʻyxatini umumlashtirgan holda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalariga yillik zarur mablagʻlarni ajratish boʻyicha buyurtmanoma berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan har yili kelgusi yilning 1-apreliga qadar buyurtmanoma asosida mablagʻ ajratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hududiy boshqarmalar tomonidan bemor bolalarni reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan tekin ijaraga berish tizimi asosida taʼminlash tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bemor bolalarning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari tomonidan reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini Hududiy boshqarmalarga qaytarish tartibi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 15-oktabrga qadar joriy yilda spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bolalarga ularning uy sharoitida davolanishi uchun zarur, shu jumladan, tekin ijaraga berish tizimi asosida foydalanish uchun beriladigan reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini xarid qilish uchun zarur mablagʻlar Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq Jamgʻarma hisobidan ajratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini xarid qilish boʻyicha buyurtmachi hisoblanadi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yildan boshlab reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini xarid qilish uchun zarur boʻlgan mablagʻlar mazkur qarorga ilovaga muvofiq tasdiqlangan Nizom talablari asosida ajratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini xarid qilinishi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini xarid qilish uchun ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu qarorning ahamiyati va mazmun-mohiyatini aholi hamda ijrochilar oʻrtasida tushuntirishga qaratilgan oʻquv-seminarlarni tashkil qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori A.K. Inakov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 19-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
509-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-sentabrdagi 509-son qaroriga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bolalarga ularning uy sharoitida davolanishi uchun zarur boʻlgan reabilitatsiya texnik vositalari bilan taʼminlash hamda ularga mazkur vositalarni tekin ijaraga berish tizimi asosida foydalanish uchun berish tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bolalarga (keyingi oʻrinlarda — bemor bolalar) ularning uy sharoitida reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash, shu jumladan, ularga mazkur vositalarni tekin ijaraga berish tizimi asosida foydalanish uchun berish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bemor bolalarga ularning uy sharoitida reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
spinal mushak atrofiyasi — orqa miyaning harakat neyronlari zararlanishi hamda rivojlanib boruvchi mushaklar kuchsizligi bilan kechadigan nasliy asab-mushak kasalligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
reabilitatsiya qilishning texnik vositalari — nogironligi boʻlgan shaxs, jumladan, nogironligi boʻlgan bolaning turgʻun hayot faoliyati cheklanganligini kompensatsiya qilish yoki bartaraf qilish uchun moʻljallangan maxsus vositalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Bemor bolalar ortopedik kreslo-kolyaskalar, korsetlar, tutor, ortezlar bilan Vazirlar Mahkamasining “Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 1-iyuldagi 411-son qaroriga asosan tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda — Markazlar) tomonidan bepul taʼminlanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Bemor bolalar ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ularning yashash joyidagi Pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining (keyingi oʻrinlarda — PTIEK) muhtojlik toʻgʻrisidagi tibbiy xulosasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda-hududiy boshqarmalar) tomonidan taʼminlanadi, shu jumladan, ularga mazkur vositalar vaqtincha tekin foydalanish uchun beriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq reabilitatsiya qilishning texnik vositalari ushbu vositalarga muhtoj bemor bolalarga reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini belgilangan tartibda olishda muayyan muddatlarda kutish imkoni yoʻqligi, davolash, ularning muolajalarini kuzatib boruvchi shifokorlarning xulosasi va PTIEKning tibbiy xulosasiga koʻra tekin ijaraga berish tizimi asosida vaqtincha foydalanish uchun beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtoj bemor bolalar roʻyxatini shakllantirish hamda ularni taʼminlash uchun mablagʻ ajratish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Bemor bolalarga reabilitatsiya qilishning texnik vositalari PTIEKning muhtojlik toʻgʻrisidagi tibbiy xulosasi asosida beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda bolaning “nogironligi boʻlgan bola” ekanligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma hamda uning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakilining arizasi asosida tegishli tibbiy xulosa rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tibbiy xulosalarning asoslanganligi va toʻgʻri rasmiylashtirilishi uchun uni rasmiylashtirgan va imzolagan shaxslar javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Markazlar PTIEK va tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari bilan birgalikda reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtoj bemor bolalar roʻyxatini shakllantiradi va muntazam ravishda yangilab boradi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtoj bemor bolalar roʻyxati Markazlar tomonidan har yili 1-dekabrga qadar tegishlicha hududiy boshqarmalarga elektron shaklda taqdim etiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Hududiy boshqarmalar tomonidan reabilitatsiya qilishning texnik vositalari oʻrtacha narxlari har ikki yilda bir marta 5-dekabrga qadar keyingi yil uchun shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda reabilitatsiya qilishning texnik vositalari oʻrtacha narxi ishlab chiqaruvchi yoki yetkazib beruvchi tashkilotlarning ushbu mahsulotlar boʻyicha rasmiy eʼlonlari, prays-varaqlarda koʻrsatilgan narx toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan va xorijiy ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan rasman koʻrsatilgan narxlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida shakllantiriladi,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Reabilitatsiya qilishning texnik vositalarining shakllantirilgan oʻrtacha narxlari hududiy boshqarmalar tomonidan har ikki yilda bir marta 15-dekabrga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari bilan kelishilib, tasdiqlanadi va Ijtimoiy himoya milliy agentligiga kiritiladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ijtimoiy himoya milliy agentligi reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtoj bemor bolalar roʻyxatini umumlashtiradi hamda har yili 30-dekabrga qadar keyingi yil uchun zarur boʻladigan yillik mablagʻlarni ajratish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga buyurtmanoma beradi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Reabilitatsiya qilishning texnik vositalari uchun xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligining asoslangan hisob-kitoblariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan har yili kelgusi yilning 1-apreliga qadar ajratiladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini xarid qilinishi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bemor bolalarni reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash hamda ularga mazkur vositalarni vaqtincha tekin foydalanish uchun berish, ularni yangilash hamda texnik xizmat koʻrsatishga zarur boʻlgan mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihalarini tayyorlashda Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining talablariga muvofiq taqdim etiladi.
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Bemor bolalarni reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan tekin ijaraga berish tizimi asosida taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Reabilitatsiya qilishning texnik vositalari “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga asosan hududiy boshqarmalar tomonidan xarid qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Bemor bolalar tegishli reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan yetkazib beruvchi tashkilotdan qabul qilib olingandan keyin oʻn kun muddatda hududiy boshqarmalar tomonidan taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reabilitatsiya qilishning texnik vositalari hududiy boshqarmalar tomonidan muhtoj bemor bolaning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakiliga shartnoma asosida topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda shartnoma shakli Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan belgilanadi.
(16-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Hududiy boshqarmalar tomonidan bemor bolalar uchun reabilitatsiya qilishning texnik vositalari ularning yashash joyiga yetkazib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlangan bemor bola sogʻayib ketganligi yoki vafot etganligi sababli unga berilgan reabilitatsiya qilishning texnik vositalaridan foydalanishga zarurat qolmaganda, uni qabul qilib olgan bolaning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakili tomonidan oʻn kundan koʻp boʻlmagan muddatda shartnoma rasmiylashtirgan tashkilotga qaytarilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini taʼmirlash yoki almashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Reabilitatsiya qilishning texnik vositalari kafolat muddatida nosoz boʻlib qolganda, u shartnoma shartlariga muvofiq reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini yetkazib bergan tashkilot tomonidan bepul taʼmirlab beriladi yoki boshqa yaroqlisiga almashtiriladi. Bunda hududiy boshqarmalar tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reabilitatsiya qilishning texnik vositalari kafolat muddati tugagandan keyin nosoz boʻlib qolganda, ularni taʼmirlash yoki almashtirish bilan bogʻliq xarajatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini tekin ijaraga berish tizimi asosida vaqtincha foydalanish uchun berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Reabilitatsiya qilishning texnik vositalari saqlanadigan xonada texnik va boshqa xavfsizlik choralari koʻrilgan boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Fuqarolarga reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini vaqtincha tekin foydalanish uchun olish tartiblari, muddatlari, ushbu vositalardan toʻgʻri foydalanish usullari toʻgʻrisida hududiy boshqarmalar tomonidan batafsil tushuntirish beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Reabilitatsiya qilishning texnik vositalari fuqarolarga uch oydan oshmagan muddatga tekin foydalanish uchun beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarurat boʻlgan hollarda, fuqaroning arizasiga koʻra reabilitatsiya qilishning texnik vositalaridan foydalanish muddati yana ikki oy muddatgacha uzaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda bemor bolalarni davolash, ularning muolajalarini kuzatib boruvchi shifokorlarning xulosasi va PTIEKning tibbiy xulosasiga asosan ushbu vositalardan vaqtincha tekin foydalanish uchun berish muddati uzaytirilib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Vaqtincha tekin foydalanish uchun berishda, zaxirada bemor bolalarga favqulodda vaziyatlar uchun reabilitatsiya qilishning texnik vositalarining har biridan doimiy ravishda bir dona (yoki juft)dan saqlanib turiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Vaqtincha tekin foydalanish uchun berilgan reabilitatsiya qilishning texnik vositalaridan bemor bolalar tomonidan maqsadli foydalanish ularning yashash joyidagi Markazlar tomonidan nazorat qilib boriladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini boshqa shaxslarga foydalanish uchun berish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini xarid qilish uchun budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Bemor bolalarni reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash yoki ularga mazkur vositalarni vaqtincha tekin foydalanish uchun berish natijasidan norozi boʻlgan taqdirda, bemor bolaning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakili yuqori turuvchi organ yoxud sudga murojaat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bolalarga ularning uy sharoitida davolanishi uchun zarur boʻlgan reabilitatsiya texnik vositalari bilan taʼminlash hamda ularga mazkur vositalarni tekin ijaraga berish tizimi asosida foydalanish uchun berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bolalarni ularning uy sharoitida davolanishi uchun zarur boʻlgan reabilitatsiya texnik vositalari bilan taʼminlash (tekin ijaraga berish)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
I. Reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtoj bemor bolalar roʻyxatini shakllantirish hamda ularni taʼminlash uchun mablagʻ ajratish
1-bosqich
Tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazi, Pediatrik tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari
Reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtoj bemor bolalar roʻyxatini shakllantiradi va yangilab boradi.
Muntazam ravishda
2-bosqich
Tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazlari
Tuman (shahar) boʻyicha muhtoj bemor bolalar roʻyxatini tegishlicha Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalariga elektron shaklda taqdim etadi.
Har yili 1-dekabrga qadar
3-bosqich
Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari
1. Reabilitatsiya qilishning texnik vositalari oʻrtacha narxlarini keyingi yil uchun shakllantirish.
2. Reabilitatsiya qilishning texnik vositalari oʻrtacha narxlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya boshqarmalari bilan kelishadi hamda tasdiqlaydi va Agentlikka kiritadi.
Har ikki yilda bir marotaba 5-dekabrga qadar
Har ikki yilda bir marotaba 15-dekabrga qadar
4-bosqich
Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari
1. Reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtoj bemor bolalar roʻyxatini umumlashtiradi.
2. Zarur boʻladigan yillik mablagʻlarni ajratish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga buyurtmanoma beradi.
Har yili 30-dekabrga qadar
5-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Zarur boʻladigan yillik mablagʻlarni Ijtimoiy himoya milliy agentligining asoslangan hisob-kitoblariga koʻra ajratadi.
Har yili kelgusi yilning 1-apreliga qadar
II. Bemor bolalarni reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash
6-bosqich
Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari
Reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga asosan xarid qilish choralarini koʻradi.
Belgilangan muddatlarda
7-bosqich
Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari
1. Bemor bolalarni tegishli reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlaydi.
Yetkazib beruvchi tashkilotdan qabul qilib olingandan keyin 10 kun muddatda
2. Bemor bolalarga tegishli reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini tekin ijara asosida foydalanish uchun beradi
Zaruratga koʻra
8-bosqich
Bemor bolaning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakili
1. Reabilitatsiya qilishning texnik vositalaridan foydalanishga zarurat qolmaganda, ularni tegishlicha Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalariga qaytaradi.
10 kun muddatda
2. Vaqtincha tekin foydalanish uchun berilgan reabilitatsiya qilishning texnik vositalari tegishlicha Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalariga qaytaradi.
3 oydan oshmagan muddatda
3. Zaruratga koʻra tibbiy xulosa asosida vaqtincha foydalanish muddati uzaytiriladi.
2 oygacha muddatga
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bolalarga ularning uy sharoitida davolanishi uchun zarur boʻlgan reabilitatsiya texnik vositalari bilan taʼminlash hamda ularga mazkur vositalarni tekin ijaraga berish tizimi asosida foydalanish uchun berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bolalarga ularning uy sharoitida davolanishi uchun zarur boʻlgan reabilitatsiya texnik vositalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r
Reabilitatsiya qilishning texnik vositasining nomi
Foydalanish muddati
1.
Maxsus trenajyor
7 yil
2.
Vertikalizator
7 yil
3.
Pulsoksimetr
4 yil
4.
Ambu qopchasi
4 yil
5.
Tibbiy aspirator
5 yil
6.
BiPAP apparati
5 yil
7.
Kislorod konsentratori
7 yil
8.
Traxeostoma
3 oy
9.
Gastrostoma
2 yil
10.
Elektr yuritmali kreslo-aravacha
5 yil
11.
Sunʼiy nafas olish apparati
5 yil
12.
Perkussion uqalovchi moslama (massajyor)
5 yil
13.
Funksional karavot
7 yil
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.09.2022-y., 09/22/509/0833-son; 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)