Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON OʻQUVChI YoShLARINI TAQDIRLASh VA MODDIY
RAGʻBATLANTIRISh TOʻGʻRISIDA
RAGʻBATLANTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-sonli“Oʻzbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston oʻquvchi yoshlarini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1993-yil 5-fevraldagi Farmonini bajarish va respublika yoshlarini faol yaratuvchilik faoliyatiga keng jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari aspirantlarga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi qaroriga muvofiq tayinlanadi.
Aspirantlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari toʻgʻrisidagi nizom va ularni tayinlash tartibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 40-son, 396-modda)
2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari talabalarga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi qaroriga muvofiq tayinlanadi.
Talabalar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari toʻgʻrisidagi nizom va ularni tayinlash tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Respublika oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun 1992-93 oʻquv yiliga 105 ta nomli, shu jumladan, Beruniy nomli — 35 ta, Ibn Sino nomli — 20 ta, Navoiy nomli — 32 ta, Ulugʻbek nomli 18 ta davlat stipendiyalari taʼsis etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bir hafta muddat ichida, yuqori kurslarda taʼlim olayotgan talabalarning haqiqiy soni, oʻqitishning belgilangan normativi yoʻnalishidan kelib chiqqan holda, davlat stipendiyalarini oliy oʻquv yurtlari boʻyicha taqsimlanishini tasdiqlasin.
Belgilab qoʻyilsinki, kelgusida davlat stipendiyalarining umumiy soni va ularni taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha taqsimlash har oʻquv yili boshida Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Davlat stipendiyalari toʻgʻrisidagi nizom va ularni tayinlash Tartibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini aspirant va talabalarga tayinlash 1993-yildan boshlab, nizomlarda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi;
nomli davlat stipendiyalarini talabalarga tayinlash 1993-yil mart oyidan boshlab, keyinchalik esa har oʻquv yili boshida amalga oshiriladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi ikki hafta muddat ichida Oʻzbekistonning intellektual va maʼnaviy boyligi rivojiga salmoqli hissa qoʻshgan atoqli fan va madaniyat arboblari sharafiga taʼsis etilgan nomli stipendiyalar toʻgʻrisidagi Nizomni va ularni oliy oʻquv yurtlarida tayinlash Tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufida oliy oʻquv yurtlari va maktablar boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda:
olimpiadalar, tanlovlar, musobaqalar topshiriqlarining murakkabligiga, oliy oʻquv yurtlariga qabul qilinadigan abituriyentlar bilimlari darajasiga qoʻyiladigan talablarning muvofiqligini taʼminlasinlar;
oʻn kun muddat ichida, keyinchalik esa har yili, oʻquv yili boshida olimpiada, tanlov va musobaqaning har qaysi toʻgʻri uchun oliy oʻquv yurtlarining xalqaro va respublika bellashuvlarining gʻoliblari test va qoʻshimcha imtihonlarsiz qabul qilinadigan mutaxassisliklari roʻyxatini tasdiqlasinlar.
7. Quyidagilar tasdiqlansin:
respublika olimpiadalari, tanlovlari va sport musobaqalarini oʻtkazish toʻgʻrisida Nizom 4-ilovaga muvofiq;
xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari gʻoliblari boʻlgan maktab va bilim yurtlari oʻquvchilarini taqdirlash Tartibi 5-ilovaga muvofiq;
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1993-yildan boshlab, vazirliklar va idoralarning hisob-kitoblari boʻyicha, qayd etilgan maqsadlar uchun zarur boʻlgan mablagʻlar ajratishni taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat televideniye va radio eshittirish kompaniyasi, ommaviy axborot vositalari shaxsning umumiy madaniyati shakllanishida maʼnaviy qadriyatlar va professional tayyorgarlikning katta ahamiyatini keng yoritsinlar.
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari oʻrtoq M. Q. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 25-mart,
157-son
Aspirantlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
davlat stipendiyalari toʻgʻrisida
nizom va ularni tayinlash
davlat stipendiyalari toʻgʻrisida
nizom va ularni tayinlash
TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari davlat oliy oʻquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlarining soʻnggi oʻquv yili aspirantlariga — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi qaroriga binoan tayinlanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 40-son, 396-modda)
2. Aspirantlarga tayinlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari kvotasi (beshta) davlat ilmiy-texnika siyosatining eng muhim yoʻnalishlariga muvofiq quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha, har biriga bitta stipendiya hisobidan taqsimlanadi:
respublika mustaqilligi va bozor iqtisodiyotiga mos ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni shakllantirish;
dehqonchilik sanoati majmui;
energetika, resurslar, sanoat;
sogʻliqni saqlash va ekologiya;
axborot texnologiyalari va boshqaruv.
Oldingi tahrirga qarang.
Har yilning boshida Vazirlar Mahkamasi tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi taqdimnomasiga binoan, yoʻnalishlar boʻyicha stipendiyalar taqsimotiga oʻzgarishlar va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 40-son, 396-modda)
3. Aspirantlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun quyidagi mezonlarning bajarilishi belgilanadi:
barcha nomzodlik minimumlarini “aʼlo” bahoga topshirish;
davlat tilini va kamida ikkita xorijiy tilni bilish;
xalqaro konferensiyalarda qatnashish;
yetakchi ilmiy nashrlarda (kamida ikkita) ilmiy maqolalar eʼlon qilish;
kompyuterni bilish;
Oʻzbekiston tarixini bilish.
Tillar, informatika, Oʻzbekiston tarixi boʻyicha bilimlarga talab darajasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan belgilanadi, shu maqsadda komissiya aspirantlarning mustaqil tayyorlanishlari uchun maxsus dastur ishlab chiqadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga talabgorlar ushbu fanlar boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun maxsus sinovlar (imtihonlar) topshiradilar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun nomzod koʻrsatadigan muassasalar, yetakchi mutaxassislarni jalb etgan holda, nomzodlar ishlarining dolzarbligini, ularning shaxsiy hissasini, oʻtkazilgan tadqiqotlarning muhimligini oldindan tekshiradilar, dissertatsiyalar mavzusi boʻyicha aspirantlar ilmiy axborotlarining ommaviy muhokamasini tashkil qiladilar, ularning umumiy ilmiy tayyorgarligini, maʼnaviy-madaniy sifatlarini baholaydilar va har bir nomzod boʻyicha asoslangan xulosa qabul qiladilar.
5. Ilmiy-tadqiqot ishlarining mufassal sharhlari mashinkada yozilib, ikki nusxada, matnga tegishli koʻrgazmalar bilan birga muassasa ilmiy kengashiga dastlabki koʻrib chiqish uchun taqdim etiladi.
Ishga quyidagilar ilova qilinadi:
mazkur soha yetakchi mutaxassislarining fikr-mulohazalari;
ilmiy ishlar roʻyxati;
ilmiy maʼruzalar roʻyxati;
ilmiy maqolalarining bosma nusxasi, mualliflik guvohnomalarining nusxalari, ilmiy ish natijalaridan foydalanish haqidagi dalolatnomalar.
Ishning (annotatsiyaning) har bir nusxasi yuqorida qayd etilgan hujjatlar bilan birga muqovalangan yoki jildga joylangan boʻlishi kerak. Muqovada yoki jildda ishni taqdim qilayotgan muassasaning nomi, talabgorning ismi, familiyasi va otasining ismi, ishning nomi koʻrsatiladi.
Boshqa hujjatlar, qoʻshimcha chizmalar, sxemalar, xaritalar, albomlar, suratlar va shu kabilar bir nusxada taqdim etiladi.
6. Ilmiy kengashlar yopiq ovoz berish yoʻli bilan, oddiy koʻpchilik ovoz bilan qaror qabul qiladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ilmiy kengashlarning qarorlari vazirliklar va idoralar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash haqida tavsiyanomalar joʻnatish uchun asos hisoblanadi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 40-son, 396-modda)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini aspirantlarga tayinlash, qaysi muassasaga mansubligidan qatʼi nazar, tegishli vazirliklar va idoralarning tavsiyalariga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi qarori bilan amalga oshiriladi.
Stipendiyalarni tayinlashdan avval talabgorlarning maxsus va umumilmiy tayyorgarlik darajalari hamda bilimlarining belgilangan mezonlarga mos kelishi puxta tekshiriladi.
Shu maqsadda:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi yetakchi olim va mutaxassislardan iborat maxsus tanlov komissiyasi tuzadi, uning zimmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyalariga talabgorlar oʻrtasida saralash tanlovi oʻtkazish yuklatiladi;
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi aspirantlarning ilmiy ishlarini ekspertizadan oʻtkazadi, respublika Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda informatika, til va Oʻzbekiston tarixi boʻyicha maxsus sinovlar imtihonlar oʻtkazish muddatlarini belgilaydi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 40-son, 396-modda)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining tanlov komissiyasi talabgorlarning soʻnggi tanlovlarini yopiq ovoz berish yoʻli bilan hal qiladi va har bir ishga ovoz berishga qatnashgan komissiya aʼzolarining uchdan ikki qismi maʼqullab ovoz bergandagina nomzod aspirantlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari tayinlash uchun tavsiya qiladi.
Ovoz berishdan soʻng talabgorlar soni belgilangan oʻrinlar kvotasidan koʻp boʻlgan taqdirda ustunlik koʻp ovoz olgan talabgorlarga beriladi.
Tanlov komissiyasining qarori Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangandan soʻng kuchga kiradi.
(8-bandning birinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 40-son, 396-modda)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tasarrufida oliy oʻquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari boʻlgan vazirliklar va idoralar uchun aspirantlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash va toʻlash haqida buyruqlarni rasmiylashtirishda asos boʻladi.
Stipendiyalar har yili 1-yanvardan boshlab, bir yil muddatga, belgilangan miqdorga qatʼiy rioya qilgan holda tayinlanadi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 40-son, 396-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi vazirlik va idoralarning aspirantlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash haqidagi tavsiyalarini koʻrib chiqadi va yiliga bir marta, dekabr oyida ular boʻyicha qaror qabul qiladi. Hujjatlar 1-oktabrdan 31-oktabrgacha qabul qilinadi, informatika, chet tillar, Oʻzbekiston tarixi boʻyicha sinovlar (imtihonlar) 1-noyabrdan 30-noyabrgacha topshiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 40-son, 396-modda)
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari sovrindorlari boʻlgan aspirantlarga koʻkrak nishonlari va “Prezident stipendiyasining sovrindori” guvohnomasi beriladi. Koʻkrak nishonlari va guvohnomalar aspirantning oʻqish joyida tantanali vaziyatda topshiriladi.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari sovrindorlari boʻlgan aspirantlar oʻqishni bitirganlaridan soʻng uch yil mobaynida oʻqishni davom ettirish va tajriba orttirish uchun xorijga joʻnatishda imtiyozli huquqni saqlab qoladilar.
13. Shaxsiy rejalarni bajarmagan va ilmiy odob-axloqqa rioya qilmagan aspirantlar oliy oʻquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari ilmiy kengashlari tavsiyalariga binoan, vazirlik va idoralarning buyruqlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalaridan mahrum qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Baholi masalalar, ariza va shikoyatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi koʻrib chiqadi. Ularni koʻrib chiqish muddati 1 oydan oshmasligi kerak.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 40-son, 396-modda)
Talabalar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
davlat stipendiyalari toʻgʻrisida
nizom va ularni tayinlash
davlat stipendiyalari toʻgʻrisida
nizom va ularni tayinlash
TARTIBI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan davlat oliy oʻquv yurtlari talabalariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining qaroriga binoan tayinlanadi.
2. Talabalarga tayinlash uchun belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi kvotasi (oʻnta) taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha har bir yoʻnalishga bitta stipendiya hisobidan taqsimlanadi:
qishloq xoʻjaligi, shu jumladan, irrigatsiya;
texnika va informatika;
tibbiyot, shu jumladan, dorishunoslik va jismoniy tarbiya;
ijtimoiy mutaxassisliklar;
fizika-matematika va kimyo-biologiya mutaxassisliklari;
iqtisodiyot;
pedagogika;
madaniyat va sanʼat;
chet tillar;
huquq va xalqaro munosabatlar.
Ushbu roʻyxatga Vazirlar Mahkamasi har oʻquv yili boshida, taʼlim yoʻnalishlaridagi ustuvorliklarni oʻzgartirishning maqsadga muvofiqligidan kelib chiqqan holda, oʻzgarishlarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tavsiyasiga binoan oʻzgarish va qoʻshimchalar kiritishi mumkin.
3. Talabalarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasini tayinlash uchun quyidagi mezonlarni bajarish belgilanadi:
umumtaʼlim tayyorgarligini ilmiy-tadqiqot (ijodiy) ishlari bilan uygʻunlashtirish;
konferensiya (tanlov)larda qatnashish;
nashr etilgan ishlar (asarlar)ning mavjudligi;
til bilish — davlat tilini va kamida ikkita chet tilini bilish, mutaxassisligi chet tili boʻlgan ayrim hollarda yana bitta tilni bilish qoʻshimcha ravishda talab qilinadi;
kompyuterni bilish;
Oʻzbekiston tarixini bilish.
Tillarni, informatikani, Oʻzbekiston tarixini bilish boʻyicha talab darajalarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi belgilaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga talabgorlar bilim darajalarini aniqlash uchun ushbu fanlar boʻyicha sinov (imtihon)lar topshiradilar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga talabgorlar nomzodini koʻrsatish nomzodlikka talabgorlarning oʻqishdagi va ilmiy (ijodiy) faoliyatdagi muvaffaqiyatlari ommaviy ravishda muhokama qilingandan soʻng, oliy oʻquv yurtlari ilmiy kengashlari tomonidan amalga oshiriladi.
Talabgorlar dastlabki koʻrib chiqish uchun ilmiy kengashga quyidagilarni topshiradilar:
sinov daftarchasidan koʻchirma;
dekanat, kafedra tavsiyanomasi;
ilmiy (ijodiy) ish annotatsiyasi,
rahbarning fikr-mulohazalari;
ilmiy (ijodiy) ishga taqriz,
ilmiy ishlar roʻyxati va ularning bosma nusxalari.
Barcha hujjatlar ikki nusxada taqdim qilinadi. Hujjatlarning har qaysi nusxasi jildga joylanadi. Har bir jild muqovasida taqdim qilayotgan muassasaning nomi, talabgorning ismi va familiyasi, ishning nomi koʻrsatilgan boʻladi
5. Ilmiy kengashlar yashirin ovoz berish, oddiy koʻpchilik ovoz bilan qaror qabul qiladilar
Ilmiy kengash qarorlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasini tayinlash haqida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga tavsiyanoma yuborish uchun vazirliklar va muassasalarga asos boʻlib hisoblanadi.
6. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi stipendiya tayinlash haqidagi tavsiyanomalarni yiliga bir marta koʻrib chiqadi.
Hujjat qabul qilish muddati 1—10-sentabrgacha, sinov oʻtkazish muddati — 1—20-sentabrgacha, oxirgi marta koʻrib chiqish muddati — 21—25-sentabrgacha.
7. Oliy oʻquv yurtlari talablariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash, idoraviy mansubligidan qatʼiy nazar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hayʼati qarori bilan amalga oshiriladi.
Stipendiya tayinlanishidan avval talabgorlarning belgilangan mezonlarga muvofiq bilim va ilmiy (ijodiy) tayyorgarlik darajasi puxta sinovdan oʻtkaziladi.
Shu maqsadda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga talabgorlar orasidan tanlab olish uchun maxsus tanlov komissiyasi tuzadi;
yoʻnalishlar boʻyicha ishlarni koʻrib chiqish uchun ekspert guruhlari tuzadi;
informatika, Oʻzbekiston tarixi chet tillar boʻyicha imtihon komissiyalarini tashkil etadi, test topshiriqlari va sinov (imtihon)lar savollarini tasdiqlaydi;
komissiya va ekspert guruhlarining ish tartibini belgilaydi;
sinov (imtihonlar)ni oʻtkazish muddati va joyini, qabul qilish sanalarini va tanlov komissiyasi majlislarini oʻtkazish muddatlarini belgilaydi.
8. Tanlov komissiyasi nomzodlarning soʻnggi tanlovini yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkazadi, talabgor va uning ishi uchun ovoz berishda ishtirok etgan komissiya aʼzolari uchdan ikki qismidan ortigʻi ovoz berganda nomzod talabalarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun tavsiya qiladi
Agar ovoz berishdan soʻng talabgorlar soni belgilanganidan koʻp boʻlsa ustunlik koʻp ovoz olgan talabgorlarga beriladi.
Tanlov komissiyasining qarori Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hayʼati tasdiqlagandan soʻng kuchga kiradi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hayʼatining qarori tasarrufida oliy oʻquv yurtlari boʻlgan vazirliklar va idoralar uchun talabalarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari tayinlash va pul toʻlash haqida buyruq tayyorlashda asos boʻladi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari talabalarga har yili, bir oʻquv yili uchun 1-sentabrdan boshlab belgilangan miqdorga qatʼiy rioya qilingan holda tayinlanadi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga sazovor boʻlgan talabalarga kerak nishonlari va “Prezident stipendiyasining sovrindori” guvohnomalari beriladi.
Koʻkrak nishonlari va guvohnomalar talabalarga ular taʼlim olayotgan oliy oʻquv yurtlarida tantanali ravishda topshiriladi.
12 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari sovrindorlari oliy oʻquv yurtini bitirgach, ikki yil davomida, agar aspirantura va ularning mutaxassisligi toʻgʻri kelsa, aspiranturaga imtihonlarsiz qabul qilinadi, aks holda kirish imtihonlari faqat aspirantura mutaxassisligi boʻyicha topshiriladi.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari sovrindorlari oʻqishni bitirgandan soʻng, ikki yil mobaynida chet el aspirantura va doktoranturalarida oʻqishlarini davom ettirish uchun yuborilayotgan yoshlar guruhlari tarkibida boʻlishda imtiyozli huquqni saqlab qoladilar.
14. Kundalik darslarni oʻzlashtirmaydigan, oʻquv intizomi va ilmiy odob-axloqni buzgan talabalar oliy oʻquv yurtlari ilmiy kengashlarining tavsiyasiga binoan, stipendiyalarni tasdiqlagan tegishli vazirliklar va idoralarning buyruqlari asosida oʻquv yili davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalaridan mahrum qilinadilar.
15. Talabalarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash toʻgʻrisidagi ariza va shikoyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan koʻrib chiqiladi. Koʻrib chiqish muddati 1 oydan oshmasligi kerak.
Davlat stipendiyalari toʻgʻrisida nizom va ularni tayinlash
TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang.
1. Beruniy, Ibn Sino, Navoiy va Ulugʻbek, Imom al-Buxoriy nomli davlat stipendiyalari, qaysi mamlakat fuqarosi boʻlishidan qatʼiy nazar, Oʻzbekiston Respublikasi davlat oliy oʻquv yurtlari talabalariga tayinlanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 6-maydagi 224-son qarori tahririda)
2. Har oʻquv yili boshida davlat stipendiyalari sonini belgilash va ularni taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha taqsimlash Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Respublika oliy oʻquv yurtlari boʻyicha nomli stipendiyalarni taqsimlash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan, oliy oʻquv yurtlarining taʼlim ixtisosi va talabalar sonini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
3. Stipendiyalarni tayinlashda quyidagi mezonlarni bajarish belgilanadi:
aʼlo oʻqish va ilmiy (ijodiy) ishlarda ishtirok etish;
tillarni bilish (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun) — davlat tilini va ikkita chet tilni, mutaxassislik chet tili boʻlgan ayrim hollarda esa qoʻshimcha yana bitta chet tilni bilish.
Tillarni bilish boʻyicha umumiy talablar darajasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan, oliy oʻquv yurtlarining tillar boʻyicha ixtisoslashmagan mutaxassisliklar uchun chet tillarga boʻlgan talablar hajmida belgilanadi.
Davlat nomli stipendiyalariga talabgorlar ushbu fanlar boʻyicha bilim darajasini aniqlash maqsadida oʻqish joyidagi til kafedralarida maxsus suhbatdan oʻtadilar.
4. Davlat nomli stipendiyalarini tayinlash uchun nomzodlar koʻrsatish oliy oʻquv yurtlari ilmiy kengashlari tomonidan, talabgorlarning oʻquv va ilmiy faoliyatlarini ommaviy muhokama qilish asosida amalga oshiriladi.
Davlat nomli stipendiyasiga talabgorlar dastlabki koʻrib chiqish uchun ilmiy kengashga quyidagilarni taqdim qiladilar:
imtihon daftarchasidan koʻchirma;
dekanat, kafedraning tavsiyanomasi;
ilmiy (ijodiy) ish rahbarining fikr-mulohazasi;
tillar kafedrasining suhbat natijalari haqidagi maʼlumotnomasi.
Barcha hujjatlar jildga tikilgan holda taqdim etiladi. Muqovada davlat nomli stipendiyasining nomi, talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, fakulteti, kursi, guruhi koʻrsatiladi.
5. Ilmiy kengashlar yashirin ovoz berish yoʻli bilan oddiy koʻpchilik ovoz boʻyicha qaror qabul qiladilar.
Ilmiy kengashlarning qarorlari oliy oʻquv yurtlari qarashli boʻlgan vazirliklar va idoralar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga davlat nomli stipendiyalarini tayinlash toʻgʻrisida tavsiyalar joʻnatishda asos boʻladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi stipendiyalar tayinlash haqidagi tavsiyalarni yiliga bir marta koʻrib chiqadi. Koʻrib chiqish muddati — 1-sentabrdan 10-sentabrgacha.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining qarori oliy oʻquv yurtlari qarashli boʻlgan vazirliklar va idoralar uchun talabalarga davlat nomli stipendiyalarini tayinlash va toʻlash haqidagi buyruqlarni rasmiylashtirishda asos boʻladi.
Stipendiyalar 1-sentabrdan boshlab, bir yil muddatga, belgilangan miqdorga qatʼiy muvofiq holda tayinlanadi. Stipendiyalarni yangi muddatga qayta tayinlash ham aynan shu tartibda amalga oshiriladi.
8. Davlat nomli stipendiyalariga sazovor boʻlgan talabalarga koʻkrak nishonlari va quyidagi guvohnomalar beriladi:
“Beruniy davlat stipendiyasining sovrindori”;
“Ibn Sino davlat stipendiyasining sovrindori”;
“Navoiy davlat stipendiyasining sovrindori”;
Oldingi tahrirga qarang.
“Ulugʻbek davlat stipendiyasining sovrindori, Imom al-Buxoriy davlat stipendiyasi sovrindori”;
(8-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 6-maydagi 224-son qarori tahririda)
Koʻkrak nishonlari va guvohnomalar talabalarning oʻqish joyida tantanali vaziyatda topshiriladi.
9. Davlat nomli stipendiyalariga sazovor boʻlgan talabalar oʻqishni tugatganlaridan soʻng bir yil mobaynida, agar aspirantura va maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi bir-biriga toʻgʻri kelsa, aspiranturaga imtihonlarsiz qabul qilinadilar, aks holda kirish imtihonlari faqat aspirantura mutaxassisligi boʻyicha topshiriladi.
10. Davlat nomli stipendiyalariga sazovor boʻlgan talabalar oʻqishni tugatganlaridan soʻng, bir yil mobaynida chet el aspirantura va doktoranturalarida oʻqishni davom ettirish uchun yuborilayotgan yoshlar guruhlari tarkibiga kiritishda ustunlikka ega boʻlish huquqini saqlab qoladilar.
11. Kundalik darslarni oʻzlashtirmaganlik, oʻquv intizomi va ilmiy odob-axloqni buzganlik uchun talabalar oʻquv yili davomida, oliy oʻquv yurtlari tavsiyalariga binoan, davlat stipendiyalarini tayinlagan tegishli vazirliklar va idoralar buyruqlari bilan davlat nomli stipendiyalaridan mahrum qilinadilar.
12. Talabalarning davlat nomli stipendiyalarini tayinlash boʻyicha ariza va shikoyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan koʻrib chiqiladi. Koʻrib chiqish muddati bir oydan oshmasligi kerak.
Respublika olimpiadalari, tanlovlari va sport
musobaqalarini oʻtkazish toʻgʻrisida
musobaqalarini oʻtkazish toʻgʻrisida
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi qarorlariga koʻra oʻtkaziladigan respublika musobaqalarini — umumtaʼlim fanlari boʻyicha maktab oʻquvchilari olimpiadalarini, badiiy-ijodiy ixtisosliklar boʻyicha oʻquvchilar tanlovlarini, sportning shaxsiy va komanda turlari boʻyicha sport musobaqalarini tashkil etishning umumiy prinsiplarini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qarori tahririda)
2. Maktab oʻquvchi yoshlari oʻrtasida oʻtkaziladigan olimpiadalar, tanlovlar, sport musobaqalarining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
maktab oʻquvchilarining isteʼdodini va ijodiy qobiliyatlarini namoyon qilish;
oʻquvchilarda oʻzlari tanlagan fanlar va ixtisosliklarni chuqur oʻrganishga qiziqishni oshirish;
oʻquvchilarning kelajakdagi kasblarni toʻgʻri tanlashiga koʻmaklashish;
oʻquv-tarbiya jarayonini, oʻqituvchilarning pedagogik mahoratini takomillashtirish, ular tomonidan qobiliyatli oʻquvchilar bilan maqsadga yoʻnaltirilgan individual ishlarni oʻtkazish.
3. Respublika olimpiadalari har yili maktablarning ΙX-X-XΙ sinflari hamda hunar-texnika bilim yurtlari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladi. Olimpiadalarga kiritiladigan umumiy taʼlim fanlari roʻyxati, ularni oʻtkazish tartibi va oʻtkazilish muddatlari Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi,
Olimpiadalar toʻrt bosqichda oʻtkaziladi:
1-bosqich — oʻqish joyi boʻyicha;
2-bosqich — tuman, shuningdek, hududi tumanlarga boʻlinmagan shahar boʻyicha;
3-bosqich — viloyat boʻyicha, shu jumladan, Qoraqalpogʻistonda va Toshkent shahrida;
4-bosqich — respublika boʻyicha.
Olimpiyadaning birinchi bosqichida maktablar va bilim yurtlarining barcha oʻquvchilari ishtirok etishlari mumkin, navbatdagi bosqichlarda esa faqat oldingi bosqichlarda I, II, III oʻrinni egallab, gʻolib boʻlganlar qatnashadilar.
Olimpiadalarning barcha bosqichlarida gʻoliblar fanlar boʻyicha ham, yuqori sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻquv sinflari (kurslari) boʻyicha ham alohida-alohida aniqlanadi.
Olimpiadalar bosqichlarini tashkil etish va oʻtkazish uchun masʼuliyat tegishli ravishda maktablar, hunar-texnika bilim yurtlari, mahalliy xalq taʼlimi organlari rahbarlari, yakunlovchi toʻrtinchi bosqich boʻyicha esa Xalq taʼlimi vazirligi zimmasiga yuklanadi.
4. Ijodkor yoshlar respublika tanlovlari ikki guruhda:
bolalar muzika maktablari va sanʼat maktablari;
oʻrta maxsus oʻquv yurtlari va maxsus muzika-badiiy maktab-internatlari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Madaniyat va sport ishlari vazirligi ixtisosliklar roʻyxatini va tanlovlar shartlarini tasdiqlaydi:
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qarori tahririda)
Bolalar muzika maktablari va sanʼat maktablari oʻquvchilarining muzika fanlari boʻyicha tanlovlari har uch yilda bir marta quyidagi bosqichlar boʻyicha oʻtkaziladi:
1-bosqich — tuman, shuningdek, hududi tumanlarga boʻlinmagan shahar boʻyicha;
2-bosqich — viloyat boʻyicha, shu jumladan, Qoraqalpogʻistonda va Toshkent shahrida;
3-bosqich — respublika boʻyicha.
Tanlovlarning birinchi bosqichida oʻz oʻquv yurtlaridagi hisobot konsertlarida eng katta eʼtibor qozongan oʻquvchilar ishtirok etadilar,
Ikkinchi bosqichda gʻoliblar (I, II, III oʻrinlar), uchinchi yakunlovchi bosqichda esa tanlovga tavsiya etilgan har qaysi ixtisoslik boʻyicha faqat birinchi oʻrinni olgan oʻquvchilar ishtirok etadilar.
Oʻrta maxsus oʻquv yurtlari va maxsus muzika-badiiy maktab-internatlari oʻquvchilarining ijodiy tanlovlari muzika ijrochilari oʻrtasida har ikki yilda bir marta, uch turda oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu tanlovlarga saralab olish va yuborish hisobot konsertlari yakunlari boʻyicha amalga oshiriladi. Tanlov turlari Madaniyat va sport ishlari vazirligi belgilagan tartibda oʻtkaziladi. Gʻoliblar (I, II, III oʻrinlar) faqat soʻnggi tur yakunlari boʻyicha aniqlanadi.
(4-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻquvchilarning ijodiy tanlovlari bosqichlari va turlarini tashkil etish uchun masʼuliyat tegishli ravishda oʻquv yurtlarining rahbarlari, Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda uning hududiy boʻlinmalari zimmasiga yuklatiladi.
(4-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qarori tahririda)
5. Respublika sport musobaqalari har yili sportning har xil turlari boʻyicha umumtaʼlim maktablari, hunar-texnika bilim, yurtlari va olimpiya rezervlari bilim yurtlari komandalari oʻrtasida, oʻquv yili davomida, quyidagi bosqichlar boʻyicha oʻtkaziladi:
1-bosqich — oʻqish joyi boʻyicha;
2-bosqich — tuman, shuningdek, hududi tumanlarga boʻlinmagan shaharlar boʻyicha;
3-bosqich — viloyat boʻyicha, shu jumladan, Qoraqalpogʻistonda va Toshkent shahrida;
4-bosqich — respublika boʻyicha.
Sport musobaqalarining har bir bosqichi eng kuchli sportchilarni saralash xususiyatlarini hisobga olgan holda oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sport turlari, musobaqalar oʻtkazish muddatlari va musobaqa dasturlari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining birgalikda qabul qilingan qarori bilan belgilanadi.
(5-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Gʻoliblar (I, II, III oʻrinlar) sportning har bir turi boʻyicha aniqlanadi. Sport musobaqalarini tashkil etish uchun masʼuliyat tegishli ravishda maktablar, bilim yurtlari, madaniyat va sport ishlari mahalliy boshqaruv organlari rahbarlari, toʻrtinchi final bosqichi boʻyicha esa Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi zimmasiga yuklatiladi.
(5-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qarori tahririda)
6. Gʻoliblarni taqdirlash xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari gʻoliblari boʻlgan maktab oʻquvchilarini va bilim yurtlari oʻquvchilarini ragʻbatlantirish Tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
7. Respublika musobaqalarini oʻtkazish boʻyicha barcha tadbirlarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda ularning joylardagi organlari oʻz buyrugʻlari bilan tashkiliy qoʻmitalar, jyurilar, hakamlar hayʼatlari, apellatsiya komissiyalari va boshqa tuzilmalarni tashkil etadilar.
Tashkiliy qoʻmitalar olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalarga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazishda yagona ilmiy-uslubiy yondashuvni taʼminlaydilar, jyurilar, hakamlar hayʼati, apellatsiya komissiyalari va boshqa tuzilmalar tarkibini shakllantiradilar va tasdiqlaydilar, testlar va sinov topshiriqlarini tayyorlashni tashkil etadilar, baholash mezonlari va yakun chiqarish tartiblarini tasdiqlaydilar, qatnashchilarning musobaqaga kelishi bilan bogʻliq barcha masalalarni hal qiladilar.
Jyuri, hakamlar hayʼatlari gʻoliblarni aniqlaydilar va olimpiada, tanlov va musobaqalar yakunlarini protokol qarori bilan rasmiylashtiradilar.
Apellatsiya komissiyalari olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalar qatnashchilarining shikoyatlari va arizalarini koʻrib chiqadilar. Komissiyalarga, zarurat boʻlganda, jyuri, hakamlar hayʼatlari qarorlarini bekor qilish va ularga oʻzgartishlar kiritish huquqi beriladi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qarori tahririda)
8. Olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalarning oʻtkazilish muddatlari va joylari tegishli hokimliklar bilan kelishiladi, ular qatnashchilarni turar joy, oziq-ovqat bilan taʼminlashda va boshqa tashkiliy masalalarni hal etishda yordam koʻrsatadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Oʻquvchilar musobaqalarini mablagʻ bilan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan smetalar boʻyicha amalga oshiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qarori tahririda)
Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari gʻoliblari
boʻlgan maktab va bilim yurti oʻquvchilarini ragʻbatlantirish
boʻlgan maktab va bilim yurti oʻquvchilarini ragʻbatlantirish
TARTIBI
1. Ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi mazkur tartib umumtaʼlim fanlari boʻyicha oʻquvchilarning rasmiy xalqaro va respublika olimpiadalari, badiiy-ijodiy ixtisosliklar boʻyicha maktablar, sanʼat va madaniyat bilim yurtlari oʻquvchilarining tanlovlari, sport musobaqalari gʻoliblariga nisbatan qoʻllanadi hamda oliy oʻquv yurtiga imtiyozli kirish va pul mukofotlari olish tartibini belgilaydi.
2. Xalqaro (1—5-oʻrinlar) va respublika (1-oʻrin) tanlovlari va musobaqalarining individual turlarida gʻolib chiqqan maktablar va bilim yurtlarining bitiruvchi oʻquvchilari oliy oʻquv yurtlariga test sinovlarisiz va qoʻshimcha imtihonsiz qabul qilinadilar.
3. Xalqaro (1—5-oʻrinlar) va respublika (1-oʻrin) tanlovlari va musobaqalarining jamoa turlari gʻoliblari oʻz komandalari tarkibidan — maktablar va bilim yurtlari bitiruvchilaridan oliy oʻquv yurtlariga test sinovlarisiz va qoʻshimcha imtihonsiz qabul qilish uchun uch nomzodni belgilaydilar.
4. Xalqaro (1—5-oʻrinlar) va respublika (1-oʻrin) shaxmat va shashka turnirlari gʻoliblari pedagogik kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurtlariga test sinovlarisiz va qoʻshimcha imtihonsiz qabul qilinadilar.
5. Umumtaʼlim fanlari boʻyicha respublika olimpiadalarida (1—3-oʻrinlar) gʻolib chiqqan maktablar va bilim yurtlarining bitiruvchilari oliy oʻquv yurtlariga test sinovlarisiz va qoʻshimcha imtihonsiz qabul qilinadilar.
6. Xalqaro tanlovlar va musobaqalarning oʻtkazish muddatlari test sinovlarini oʻtkazish kuni bilan oʻquv yili boshlanishi oʻrtasidagi davrga toʻgʻri kelib qolgan ayrim hollarda tanlovlar va musobaqalar qatnashchilarini oliy oʻquv yurtlariga qabul qilish alohida belgilangan muddatlarda oʻtkaziladi.
Abituriyentlarni oliy oʻquv yurtlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tegishli vazirliklar va idoralarning iltimosnomalari boʻyicha qabulga belgilangan kvotalardan ana shu toifa abituriyentlar uchun maʼlum oʻrinlar sonini ajratadi hamda oliy oʻquv yurtlariga abituriyentlar qabul qilishning boshqa qoidalarini oʻzgartirmagan holda test sinovlari oʻtkazish va qoʻshimcha imtihon topshirishning aniq muddatlarini belgilaydi.
7. Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari gʻoliblarini oliy oʻquv yurtlariga imtiyozli qabul qilish oliy oʻquv yurtlari ixtisosliklari bilan olimpiada fanlari, tanlovlar ixtisosliklari, sport turlarining ixtisos boʻyicha mos kelishiga qatʼiy rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
8. Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari gʻoliblarini test sinovlarisiz va qoʻshimcha imtihonsiz oliy oʻquv yurtlariga qabul qilish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi taʼsis etadigan maxsus guvohnoma asosida amalga oshiriladi.
Maxsus guvohnomalar ana shunday imtiyozlarga ega boʻlgan gʻoliblarga beriladi va bu guvohnomalar oliy oʻquv yurtiga kirish uchun zarur hujjatlar bilan birga qabul komissiyasiga topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Xalqaro olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalarning gʻoliblari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligiga ular erishgan natijalarni tasdiqlovchi diplomni (1—3-oʻrin) yoki jyuri qarorini (4—5-oʻrin) maxsus guvohnoma berilishiga asos sifatida taqdim etadilar.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi nazorat tartibida gʻoliblarga berilgan maxsus guvohnomalarning reyestri bilan bitiruvchilar roʻyxatini test sinovlari oʻtkaziladigan kundan oldin oliy oʻquv yurtlariga abituriyentlar qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga taqdim etadilar.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qarori tahririda)
11. Xalqaro badiiy-ijodiy tanlovlar, Olimpiya oʻyinlari, jahon va qitʼa birinchiligi musobaqalarining gʻoliblari oʻzlarining oliy oʻquv yurtlariga kirish boʻyicha imtiyozli huquqlaridan uch yilgacha, respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari gʻoliblari esa bu tadbirlar oʻtgan kundan boshlab bir yil davomida foydalanishlari mumkin.
12. Xalqaro (1—5-oʻrinlar) va respublika (1—3-oʻrinlar) olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari gʻoliblariga sportning ham individual, ham jamoa turlari boʻyicha diplomlar bilan birga egallagan oʻrinlariga muvofiq belgilangan miqdorlarda pul mukofotlari topshiriladi.
Gʻoliblarga pul mukofotlari, tashkilotchilar taʼsis etgan sovrinlardan qatʼiy nazar, topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalar gʻoliblarini moddiy ragʻbatlantirish uchun mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi smetalarida nazarda tutiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Gʻoliblarga diplomlar, maxsus guvohnomalar va pul mukofotlari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qarori tahririda)
15. Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari gʻoliblari oliy oʻquv yurtlariga qabul qilinganlaridan keyin chet mamlakatlar oʻquv yurtlariga yuboriladigan guruhlar tarkibiga imtiyozli kirish huquqini oladilar.
16. Maxsus guvohnomalar roʻyxatdan oʻtkazilgan tartib raqamiga ega boʻlib, qatʼiy hisobot hujjatlari toifasiga kiradi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligida saqlanadi va zarur boʻlgandagina Madaniyat va sport ishlari vazirligiga beriladi.
Gʻolibning surati boʻlmagan guvohnoma haqiqiy hisoblanmaydi.
Maxsus guvohnoma yoʻqolib yoki yaroqsizlanib qolgan taqdirda uning oʻrniga dublikat berilmaydi.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Gʻoliblarning oliy oʻquv yurtlariga imtiyozli kirish masalalari yuzasidan ariza va shikoyatlarini oliy oʻquv yurtlariga abituriyentlar qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi, boshqa masalalar yuzasidan tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi koʻrib chiqadilar, arizalarni koʻrib chiqish muddati bir oydan oshmasligi kerak.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qarori tahririda)