01.03.1993 yildagi 114-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 01.03.1993 yildagi 114-son
Date of entry into force
01.03.1993
Hujjat 29.09.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni davom ettirish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi shuni qayd qiladiki, davlat uy-jon fondini xususiylashtirish masalalari boʻyicha respublikada, shu jumladan, Toshkent shahrida olib borilayotgan ishlar ijobiy natijalar bermoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ana shu davr ichida Toshkent shahri aholisidan kvartiralarni xususiylashtirish toʻgʻrisida 252,1 mingta ariza tushdi, bu mahalliy Kengashlar uylaridagi kvartiralar umumiy sonining 99 foizini tashkil etadi. 218 ming kvartira fuqarolarga shaxsiy mulk qilib berildi, ulardan 92,9 mingtasi tekin berildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish boʻyicha Toshkent shahridagi ijobiy tajribani hisobga olib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Respublikada davlat uy-joy fondini xususiylashtirish masalalari shu yil 13-fevralda viloyatlarning hokimliklari, vazirliklar va idoralarning vakillari kengashida koʻrib chiqilganligi va maʼqullanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni oʻtkazish boʻyicha Toshkent shahri tajribasi Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida joriy etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi nizom va Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish, uy-joylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalari 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi tasdiqlangan nizomga muvofiq 1993-yilda xususiylashtirilgan kvartiralarga ega boʻlgan mahalliy Kengashlar uy-joy fondining umumiy foydalaniladigan joylarini va uy atrofini saqlash uchun yetishmayotgan mablagʻlarini nazarda tutsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni oʻtkazish uchun masʼuliyat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning hokimliklari va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy organlariga yuklatilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning hokimliklari bilan birgalikda davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni oʻtkazish boʻyicha aniq tashkiliy-texnikaviy tadbirlarni ishlab chiqsin, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun darhol chora-tadbirlar koʻrsin hamda huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda oʻz xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilayotgan va davlat uy-joy fondini xususiylashtirish tartibini buzishda aybdor boʻlgan shaxslarni qattiq javobgarlikka tortsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xususiylashtirilayotgan uy-joyni sotib olish uchun fuqarolar va yuridik shaxslarga kredit berish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani ikki hafta muddat ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Pul kompensatsiyasi toʻlanmasdan buzilgan shaxsiy uy-joylarning oʻrniga olingan davlat kvartiralari shaxsiy mulk huquqi bilan fuqarolarga tekinga berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ulugʻ Vatan urushi mehnat frontida qatnashganlarga, fashistlar konslagerlarining sobiq mahbuslariga, Leningrad shahrida qamalda boʻlganlarga uy-joyni tekin xususiylashtirish boʻyicha imtiyozlar berilsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 20-maydagi 241-son qaroriga muvofiq ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1989–1991-yillarda buzilgan shaxsiy uy-joylar oʻrniga davlat kvartiralari (alohida uylar, kottejlar) olgan yoki oladigan fuqarolarga, tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, uy-joylarni xususiylashtirishda imtiyozli huquq (1991-yildagi narxlar boʻyicha) berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining “Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida” respublika Oliy Kengashining Qonuni qabul qilingunga qadar 1993-yilda xususiylashtirilgan davlat uy-joy fondini, shu jumladan, Toshkent shahrida, sotish va sotib olishni toʻxtatib turish haqidagi takliflari qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Uy-joy-kommunal xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning hokimliklari ikki hafta muddat ichida uy-joylarni xususiylashtirish jarayoni bilan bogʻliq boʻlgan ishlarni tashkil etish boʻyicha viloyatlar va idoralarning tegishli boʻlinmalari rahbarlari bilan seminar-kengash oʻtkazsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ommaviy axborot vositalari respublikada davlat uy-joylarini xususiylashtirish qanday borayotganligini muntazam yoritib borsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari oʻrtoq K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklatilsin. Qarorning qanday bajarilayotganligi 1993-yil avgust va dekabr oylarida Vazirlar Mahkamasining majlisida koʻrib chiqilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1993-yil 1-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
114-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 1-martdagi 114-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini
xususiylashtirish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
(havola Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-iyundagi 190-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2016-y., 24-son, 282-modda)

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish ishlarini oʻtkazishning huquqiy asoslarini, tartibi va shartlarini belgilab beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat uy-joy fondini xususiylashtirishdan maqsad fuqarolarning shaxsiy kvartiralar va uylar (uylarning bir qismi)ni mulk qilib olish, xususiylashtirilgan uy-joydan erkin foydalanish (meros qilib qoldirish, hadya qilish, almashtirish, sotish), uy-joy sharoitlarini yaxshilash usulini tanlash huquqlarini roʻyobga chiqarish, uy-joy fondidan samarali foydalanish, uni asrash hamda uy-joy bozorini barpo qilishdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish deganda, keyingi oʻrinlarda “xususiylashtirish” deb ataladi, davlat uy-joy fondiga qarashli alohida uylarni, uylarning bir qismini, kvartiralarni sotish, shu jumladan, imtiyozli asosda sotish va haq olmasdan fuqarolarga ixtiyoriy ravishda mulk qilib berish tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mavjud boʻlgan va yangi qurilgan davlat uy-joy fondidagi ayrim kvartiralar va uylar (uylarning bir qismi) xususiylashtirish obyektlari hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yopiq harbiy shaharchalardagi uylarning kvartiralari, arxitektura tarixiy va madaniy yodgorlik boʻlgan kvartiralar va uylar, uy-muzeylar, yotoqxonalardagi xonalar, belgilangan tartibda yashash uchun yaroqsiz deb topilgan yoki xizmat kvartiralari (xonalari) deb hisoblangan kvartiralar, ikki yoki undan ortiq ijarachi yashayotgan kvartiralar undagi barcha yashovchilarning roziligi boʻlmagan hollarda xususiylashtirilmaydi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-son qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasining, boshqa davlatlarning fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan (doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan) fuqaroligi boʻlmagan shaxslar xususiylashtirish subyektlari hisoblanadilar.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va Oʻzbekiston Respublikasining, boshqa davlatlarning oʻzga yuridik shaxslari oʻz xodimlarini, pensionerlarini uy-joy bilan taʼminlash uchun mulkdordan uy-joy sotib olishlari mumkin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-son qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning hokimliklari, davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-iyundagi 190-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 24-son, 282-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzlari egallab turgan davlat uy-joylarini sotib olishga yoki uy-joyni ijaraga olishga qurbi yetmaydigan mehnatga yaroqsiz yolgʻiz keksa fuqarolar uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning hokimliklari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, birlashmalar, korxonalar, tashkilotlar huzurida uy-joydan ijara shartnomasi asosida foydalaniladigan kommunal uy-joy fondi tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ulushli mablagʻlari hisobiga qurilgan kvartiralar va uylarni xususiylashtirishda imtiyozlar idoralarga qarashli uy-joy fondining egalari bilan kelishgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlarning hokimliklari tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uy-joyga mulk egasi huquqini belgilash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqini oʻz ichiga oladigan uy-joyga shaxsiy egalik qilish huquqi quyidagilarga beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul kompensatsiyasi toʻlanmasdan buzilgan shaxsiy uy-joylar oʻrniga davlat kvartiralarini olgan fuqarolarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joyini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga binoan xususiylashtirgan fuqarolarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joyini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 1989-yil 21-iyundagi 203-son qaroriga binoan xususiylashtirgan fuqarolarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joyini balans (qoldiq) qiymat asosida belgilangan narxlar boʻyicha, yangi qurilgan davlat uy-joy fondida haqiqatda shakllangan narxlar boʻyicha va mazkur Nizomda belgilangan muddatlarda xususiylashtirgan fuqarolarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
keyinchalik uy-joyning toʻla qiymatini toʻlash (sotib olish) huquqi bilan uy-joyni ijaraga olgan fuqarolarga.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Alohida uyga (uyning bir qismiga), kvartiraga egalik qilish, undan foydalanish huquqi fuqarolar tomonidan uy-joyning toʻla qiymati toʻlangan (sotib olingan) hamda mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi olingan kundan boshlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar kvartira, uy (uyning bir qismi) uchun badalni toʻliq toʻlagan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga muvofiq arizani tuman (shahar) hokimligida roʻyxatdan oʻtkazgan, biroq mulkka egalik qilish huquqini beruvchi davlat orderini olmasdan vafot etgan taqdirda merosxoʻrlar ushbu kvartirani, uyni (uyning bir qismini) meros qilib olishga haqlidirlar.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-iyundagi 190-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 24-son, 282-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiylashtirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Fuqarolarning 1992-yilgacha qurilgan uy-joyni sotib olishi kvartira (uy)ning toʻliq qiymatini bir yoʻla toʻlash yoʻli bilan ham, shuningdek, 5 yil davomida toʻlash yoʻli bilan ham amalga oshirilishi mumkin, bunda bir yoʻla toʻlanadigan dastlabki haq (badal) kvartira qiymatining 40 foizini tashkil etadi. U xususiylashtiruvchining xohishiga koʻra yarim yilga, imtiyozga ega boʻlganlar uchun esa bir yilga taqsimlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. 1992-yilda va undan keyingi yillarda qurilgan kvartiralarni, uylar (kottejlar)ni sotib oluvchi fuqarolarga toʻlov muddati 20 yil qilib belgilanadi, bunda bir yoʻla toʻlanadigan pay badali uy-joy qiymatining 10 foizini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Xususiylashtirilgan uy-joyning toʻliq qiymatini bir yoʻla toʻlagan fuqarolarga 1992-yilgacha qurilgan uy-joy qiymatining 10 foizi, 1992-yilda va undan keyingi yillarda qurilgan uy-joy qiymatining 20 foizi miqdorida, kvartira haqini ikki yarim yil davomida toʻlaganlarga esa tegishli ravishda 5 va 10 foiz miqdorida chegirish belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Mavjud davlat uy-joy fondini xususiylashtirish quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ular yashayotgan va hozirgi vaqtda doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan alohida uylarni (uylarning bir qismini), kvartiralarni, xuddi shuningdek, “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi lozim boʻlgan shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirgungacha berilgan idoraviy hujjat (order) asosida Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida turar joy maqomini olgan yotoqxonalarda doimiy yashab kelayotgan hamda vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan fuqarolarga qoldiq (balans) qiymatidan va uy-joyning foydalanish sifatini hisobga olgan holda belgilangan narxlar boʻyicha sotish;
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga binoan uy-joyni fuqarolarning ayrim toifalariga bepul berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
keyinchalik sotib olish sharti bilan davlat uy-joyini ijaraga olish toʻgʻrisida shartnoma tuzish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Yangi qurilgan, qayta qurilgan, asosli tuzatilgan va boʻshagan davlat uy-joy fondidagi uylar, kvartiralarni xususiylashtirish quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joy olish uchun yashash joyida va ish joyida navbatda turgan fuqarolarga uy-joyni mulk qilib sotish;
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-son qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi qurilgan davlat uy-joy fondida 20 foizgacha hamda qayta qurilgan, asosli tuzatilgan davlat uy-joy fondida 10 foizgacha kvartira (xona)larni va uylarni (uylarning bir qismini) auksion orqali aholiga mulk qilib sotish.
(15-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-son qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Auksion orqali uy-joy sotib olish huquqi vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga beriladi, bunda mazkur uy-joydan xizmat maqsadida (idoralar, ofislar va shu kabilar) hamda ishlab chiqarish binolari (sexlar, ustaxonalar va shu kabilar) maqsadida foydalanish huquqisiz ushbu uy-joyni oʻz xodimlariga berish va xususiylashtirish majburiy shartdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi, boshqa davlatlarning fuqarolariga, yuridik shaxslarga va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, tashkilotlarga eski, puturi ketgan va avariya holatidagi uy-joy fondini undan ofislar, vakolatxonalar va boshqa xizmat binolari sifatida foydalanish uchun auksionlarda sotish huquqiga ega boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Davlat uy-joylarini xususiylashtirish va oʻz mulki sifatida rasmiylashtirish huquqi fuqarolarga va yuridik shaxslarga bir marta beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiylashtirilgan uy-joylarni saqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Butun uyni (shu jumladan, uy atrofini ham) tuzatish va xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan umumiy xarajatlarni toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Uy-joylarga yondosh yer uchastkalaridan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-son qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Uy-joylarni xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlardan foydalanish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi hamda uy-joy xoʻjaligini saqlash va rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-iyundagi 190-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 24-son, 282-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Mazkur Nizomni buzishda aybdor boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq intizomiy, maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Davlat uy-joy fondini xususiylashtirishning qanday borayotganini nazorat qilish mazkur uy-joy fondining egasi yoki ular tomonidan vakil qilingan organlar tomonidan amalga oshiriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-son qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 1-martdagi 114-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish, saqlash va undan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QOIDALARI

1. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq ishlab chiqilgan va uning mazmunini toʻldiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(havola Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-iyundagi 190-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2016-y., 24-son, 282-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qoidalar yer uchastkalari davlat ehtiyojlari va ijtimoiy ehtiyojlar uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan buziladigan uylar (uylarning bir qismi) yoki kvartiralarning oʻrniga zararlarni qoplash tartibida davlat uy-joy fondidan mulkdorlarga beriladigan uylarga (uylarning bir qismiga) yoki kvartiralarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-iyundagi 190-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 24-son, 282-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Qoidalar bilan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat uy-joy fondini xususiylashtirish shartlari va oʻzaro moliyaviy hisob-kitoblar tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiylashtirilgan uy-joy egasining huquq va majburiyatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turar joy binolarini ijaraga berish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiylashtirilgan uy-joylarni saqlash va tuzatish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiylashtirishning borishini nazorat qilish va mazkur qoidalarni buzganlik uchun javobgarlik belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining uy-joylarini xususiylashtiruvchi organlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining tegishli qarorlari bilan belgilanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-iyundagi 190-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 24-son, 282-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni oʻtkazish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Alohida uyni (uyning bir qismini) yoki kvartirani xususiylashtirishga qaror qilgan fuqarolar belgilangan namunadagi ariza bilan yashash joyidagi hokimlikka murojaat qiladilar. U yerda ariza beruvchiga xususiylashtirish boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlari uchun schyot beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolar ariza berayotganlarida ularning yonlarida pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat, fuqaroning imtiyozli xususiylashtirish huquqini tasdiqlovchi maʼlumotnoma boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Uy-joyni xususiylashtirayotgan fuqarolar mazkur Qoidalarda nazarda tutilmagan maʼlumotlarni toʻplash va qoʻshimcha hujjatlarni taqdim etish zaruriyatidan ozod qilinadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Zarur hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlar ariza beruvchi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning hokimliklari tomonidan kvartiralar qiymatidan ortiqcha belgilanadigan tariflar doirasida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Fuqarolarning arizalarini maxsus Hisobga olish daftariga roʻyxatga olish ariza beruvchi tomonidan kvartira (uy, uyning bir qismi, kottej)ni xususiylashtirishga hujjatlarni rasmiylashtirish boʻyicha xizmatlar uchun haq toʻlanganligi toʻgʻrisida kvitansiya taqdim etilgandan keyin amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Uy-joyni xususiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza ikki oy muddat ichida koʻrib chiqiladi va ijro etiladi. Bu muddat ichida uy-joyning tavsifi, joylashgan oʻrni; shinamligi, boshqa isteʼmol sifatlari aniqlanadi hamda qiymatini aniqlash metodikasiga muvofiq xususiylashtirilishi kerak boʻlgan uy-joyning uzil-kesil qiymati belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ariza beruvchi biror sabab bilan kvartira (uy, uyning bir qismi, kottej)ni xususiylashtirishdan voz kechsa xususiylashtirish boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish uchun toʻlangan hamda maxsus xususiylashtirish schyotiga tushgan mablagʻ qaytarilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Uy-joyni xususiylashtirish toʻgʻrisidagi arizada birgalikda yashayotgan barcha balogʻatga yetgan oila aʼzolarining roziligi mavjud boʻlgan taqdirda oilaning istalgan balogʻatga yetgan aʼzosi kvartirani ijaraga olgan asosiy shaxs oʻrniga mulkdor sifatida koʻrsatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Birgalikda yashayotgan balogʻatga yetgan oila aʼzolarining roziligi va texnik sharoitlar mavjud boʻlgan taqdirda bir kvartira har bir aniq xonaning egasi, uning hajmi va qiymati koʻrsatilgan holda ulushli mulk huquqi bilan ikki va undan koʻp balogʻatga yetgan oila aʼzolarining nomiga roʻyxatga olinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikki va undan koʻp boʻlgan mulkdorlar umumiy foydalaniladigan joydan birgalikda foydalaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Uy-joy fondini balansda saqlovchi davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning uy-joy fondi* ularning tegishli boʻlinmalari tomonidan xususiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* keyingi oʻrinlarda “idoralarga qarashli uy-joy fondi” deb ataladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-iyundagi 190-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 24-son, 282-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Idoralarga qarashli uy-joy fondini xususiylashtirish vakolati shartnoma asosida idoraviy uy-joy fondi joylashgan joydagi tuman (shahar) hokimligiga berilishi mumkin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-iyundagi 190-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 24-son, 282-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Idoralarga qarashli uy-joy fondiga tegishli boʻlgan alohida uylar (uylarning bir qismi) yoki kvartiralarni xususiylashtiruvchi fuqarolar mazkur Qoidalarning 13-bandida bayon qilingan hollarda belgilangan tartibda ariza bilan tegishli davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning boʻlinmalariga yoki tumanlar (shaharlar) hokimliklariga murojaat qiladilar.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-iyundagi 190-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 24-son, 282-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Idoralarga qarashli uy-joy fondiga tegishli boʻlgan alohida uy (uyning bir qismi) yoki kvartira qiymatini baholash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoldiq balans qiymat boʻyicha baholash tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 9-noyabrdagi 248-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 44-45-son. 385-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Alohida uy (uyning bir qismi) yoki kvartirani, shu jumladan idoralarga qarashli uy-joy fondiga tegishli boʻlgan uyni (uyning bir qismini) yoki kvartirani xususiylashtirgan fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy organlari “(Toshkent shahrida — “Toshkent shahrida uy-joyga davlat orderlari va maʼlumotlar berish markazi” davlat unitar korxonasi) (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan mulk huquqini beruvchi davlat orderlari beriladi. Mulk huquqini beruvchi davlat orderlarini rasmiylashtirish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan xususiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida vakolatli organga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qarorning (buyruqning) nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joyni xususiylashtirayotgan fuqaroning pasporti nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy daftarining nusxasi (kvartiralar boʻyicha kartochkaning nusxasi (17-shakl);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqaroning imtiyozli asosda xususiylashtirish huquqini tasdiqlaydigan maʼlumotnoma.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatli organ oʻn besh kun mobaynida ushbu bandning uchinchi — oltinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hujjatlar asosida fuqaroning nomiga mulk huquqini beruvchi davlat orderini rasmiylashtiradi, shuningdek uni fuqaroga belgilangan tartibda beradi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-iyundagi 190-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 24-son, 282-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
161. Mulk huquqini beruvchi davlat orderi blankasi ushbu Qoidalarga ilovaga muvofiq shakl boʻyicha maxsus qogʻozda tayyorlanadi, tartib raqamiga ega boʻladi va qatʼiy hisobot beriladigan hujjat hisoblanadi.
(161-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-iyundagi 190-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2016-y., 24-son, 282-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
162. Vakolatli organ tomonidan mulk huquqini beruvchi davlat orderi rasmiylashtirilganligi va berilganligi boʻyicha xizmatlar uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
(162-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan mulk huquqini beruvchi davlat orderlari oʻrniga vakolatli organ tomonidan dublikat beriladi. Mulk huquqini beruvchi davlat orderi dublikati berilishi boʻyicha xizmatlar uchun vakolatli organ tomonidan bir bazaviy hisoblash miqdorida yigʻim undiriladi.
(162-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Qiymati boʻlib-boʻlib toʻlanadigan kvartira (uy, kottej)ni xususiylashtirish boʻyicha qarzdorlik muqarrar ravishda undirib olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Uy-joy fondini xususiylashtirish davomida mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar respublika aholisini uy-joylarni xususiylashtirish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi tezkor va tushunarli axborot bilan taʼminlashga hamda fuqarolarning murojaatlari boʻyicha uy-joylarni ularning mulki qilib bepul berish va ularga sotishni toʻsiqsiz amalga oshirish imkonini beruvchi chora-tadbirlar koʻrishga majburdirlar.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-iyundagi 190-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 24-son, 282-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiylashtirilgan uy-joy egasining huquq va majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Fuqarolarning alohida uyga (uyning bir qismiga), kvartiraga va xonaga egalik qilish huquqi uy-joy qiymati toʻliq toʻlangan (sotib olingan) va mulk huquqini beruvchi davlat orderi olingan paytdan boshlab kuchga kiradi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-iyundagi 190-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 24-son, 282-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Uy-joyni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga muvofiq xususiylashtiruvchi fuqarolar uchun mulk huquqi ariza tuman (shahar) hokimligida roʻyxatdan oʻtkazilgan va mulk huquqini beruvchi davlat orderi olingan paytdan boshlab kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga muvofiq kvartira, uy (uyning bir qismi) uchun badalni toʻliq toʻlagan yoki arizani tuman (shahar) hokimligida roʻyxatdan oʻtkazgan, biroq mulk huquqini beruvchi davlat orderini olmagan fuqaro vafot etgan taqdirda merosxoʻrlar ushbu kvartirani, uyni (uyning bir qismini) meros qilib olishga haqlidir.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-iyundagi 190-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 24-son, 282-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Uy-joyni xususiylashtirgan fuqarolar uchun doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish, kvartirani almashtirish paytida bir kishiga toʻgʻri keladigan uy-joy maydoni normativiga oid tegishli cheklashlar olib tashlanadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Xususiylashtirilgan kvartiraning, uyning (uyning bir qismining) egasi quyidagi huquqlarga egadir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning, davlatning huquqlarini, qonun bilan himoya qilinadigan manfaatlarini buzmagan holda ushbu uy-joyga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilangan tartibda kommunal xizmatlar uchun haq toʻlash, koʻchmas mulk soliqlari, sugʻurta badallarini toʻlash boʻyicha imtiyozlardan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
egallab turgan uy-joy maydonidan qatʼi nazar, boshqa kvartirani, uyni (uyning bir qismini) sotib olish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joy maydonidan qatʼi nazar, “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq oila aʼzolarini va boshqa shaxslarni kvartiraga, uyga (uyning bir qismiga) doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish;
(22-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish va turar joyi boʻyicha hech qanday cheklashlarsiz, kvartirani, uyni boshqa har qanday kvartiraga, shu jumladan, kooperativ uy-joyga almashtirish (qonun hujjatlarida uy-joy sotib olish va doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olishda alohida holatlar belgilangan Toshkent shahri va Toshkent viloyati bundan mustasno);
(22-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shirkatlar tashkil etish, uy-joylardan va birgalikda foydalaniladigan joylardan foydalanishni tashkil etishni, davlat uy-joylardan foydalanish va tuzatish-qurish tashkilotlarini, kooperativlarni, xususiy hamda boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarni ham qoʻshganda, mustaqil ravishda belgilash, uy-joyga xizmat koʻrsatish va ularni tuzatish boʻyicha shartnomalar tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joylarni va ular atrofidagi hududlarni saqlash boʻyicha bajariladigan ishlar sifatini baholashda bevosita yoxud shirkat tarkibida qatnashish, shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik yoki zarur darajada bajarmaganlik uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga, shuningdek, alohida shaxslarga nisbatan jarima sanksiyalarini qoʻllash boʻyicha materiallar taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiylashtirilgan uy-joylardan fuqarolarni koʻchirmasdan asosli tuzatishni amalga oshirish mumkin boʻlmagan vaqt uchun mulkdorlardan yoki uy-joylardan foydalanishga vakil qilingan organlardan uy-joyni ijaraga olish.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-son qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Xususiylashtirilgan kvartira egasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turar joy binolari va uy atrofini saqlash meʼyorlari va qoidalariga rioya qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qiymati boʻlib-boʻlib toʻlanadigan xususiylashtiriladigan kvartira (uy, uyning bir qismi, kottej) uchun belgilangan toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan soliqlarni va kommunal xizmatlar uchun haqlarni oʻz vaqtida toʻlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga qarashli uy-joyga xizmat koʻrsatish va uni tuzatish boʻyicha korxonalar va xususiy shaxslar bilan tuzilgan shartnoma majburiyatlariga rioya qilishga majburdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Uy-joyni qiymatini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan xususiylashtiradigan fuqarolar dastlabki badal toʻlangan paytdan boshlab kvartira (uy, uyning bir qismi, kottej)ni sotib olish tamom boʻlgunga qadar almashtirish, sotish, meros, vasiyat qilib qoldirish va hadya etish boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning hokimliklari tomonidan belgilanadigan organlardan ruxsatnoma olishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiylashtirilgan uy-joyni saqlash va undan foydalanganlik uchun haq toʻlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Butun uyga (uy atrofi ham shu jumlaga kiradi) xizmat koʻrsatish va uni tuzatish bilan bogʻliq boʻlgan umumiy xarajatlarni toʻlash xarajatlarning shakllangan tannarxidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Xususiylashtirilgan uylardagi umumiy (birgalikda) foydalaniladigan joylarga, muhandislik asbob-uskunalariga xizmat koʻrsatish va ularni tuzatish, shuningdek, uy atrofini saqlash kvartira (uy)ni mulk qilib olgan fuqarolarning mablagʻi hisobiga, ular bu uyda egallab turgan umumiy maydonga mutanosib ravishda, mazkur qoidalarga binoan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Har bir muayyan holatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlarida sanab oʻtilmagan, aholining ijtimoiy kam taʼminlangan guruhiga kiruvchi shaxslar uchun imtiyozlar belgilashlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Xususiylashtirilgan kvartiralar egalari shirkatining namunaviy ustavi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Xususiylashtirilgan turar joylarga, uy atrofiga xizmat koʻrsatish va tuzatish, yordamchi binolarni saqlash uchun haq toʻlash miqdori davlat uy-joylardan foydalanish va tuzatish-qurilish tashkilotlari, kooperativlar, xususiy firmalar va shaxslar tomonidan uy egalariga koʻrsatiladigan xizmatlar, bajariladigan ishlar roʻyxatiga bogʻliq boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday ishlar va xizmatlarning roʻyxati, ularga haq toʻlash tartibi va shartlari xususiylashtirilgan uy-joylarga xizmat koʻrsatish va ularni tuzatish uchun tuzilgan shartnoma bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Xususiylashtirilgan kvartiralarni qayta qurish va qayta rejalashtirish davlat uy-joy fondidan foydalanish texnik meʼyorlari va qoidalariga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Xususiylashtirilgan uy-joydan toʻgʻri foydalanish va uni oʻz vaqtida tuzatish ustidan nazorat qilishni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlarning hokimliklari, shuningdek, uy-joy-kommunal xoʻjaligi idoralari amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uy-joyni ijaraga olish shartnomasini tuzish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. “Ijara toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ijaraga beruvchi uy-joylar, kvartiralarni yashash uchun foydalanish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning fuqarolari va yuridik shaxslariga, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga ijaraga berishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijaraga beruvchi bilan ijaraga oluvchilar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar shartnoma bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uy-joyni ijaraga olganlik uchun haq toʻlash tomonlarning kelishuvi boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Davlat uy-joyini ijaraga olish shartnomasini bajarish va toʻxtatib qoʻyish paytida paydo boʻladigan nizolar sud orqali hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiylashtirishning qanday borayotganligini nazorat qilish va qoidalarni buzishlarning oldini olish chora-tadbirlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Uy-joy fondini xususiylashtirish qanday borayotganligini nazorat qilish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlarning hokimliklari huzurida tashkil etilgan muvofiqlashtirish kengashlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Mazkur qoidalarning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq intizomiy, maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish, saqlash va undan foydalanish qoidalariga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎(Titul varaq)

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi

____________________________________________
‎‎‎(vakolatli organning nomi)

‎‎‎MULK HUQUQINI BERUVCHI
‎DAVLAT ORGANI

----------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------

‎‎(orderning birinchi ichki tomoni)

‎‎MULK HUQUQINI BERUVCHI
‎DAVLAT ORGANI

‎‎№ __________________

‎‎20 _____ yil “______” ________________

‎‎____________________________________ raqami bilan davlat reyestriga kiritilgan

‎‎Ushbu order _________________________________________________________________________________

‎‎(orderni berishning asosi)

‎‎__________________________________________________________________________ asosida berilgan va
‎‎_________________________ viloyati, _____________________ tumani, _______________________ massivi,
___________________________ koʻchasi, ______ uy manzilida joylashgan, umumiy maydoni __________ kv. m,
‎‎turar joy maydoni _____________________ kv. m, qiymati _________________________________________
‎‎_________________________________________________________soʻm boʻlgan_________________ kvartira

‎‎(summa soʻz bilan yoziladi)

‎‎(kvartira, uy (uyning
‎bir qismi)

‎‎________________________________________________________________________________________dan

‎‎(mahalliy davlat hokimiyati organi, davlat organi, korxona, muassasa va tashkilotning toʻliq nomi)

___________________________________________________________________________________________
‎‎__________________________________________________________________________________tomonidan

‎‎(F.I.O., pasportga oid maʼlumotlar, yuridik shaxsning toʻliq nomi va uning davlat
‎‎roʻyxatidan ‎oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot)

‎sotib olinganligini tasdiqlaydi.‎‎
‎‎Vakolatli organning rahbari

‎‎_________________

‎‎_________________________________________

‎‎(imzo)

‎‎(F.I.O)

M.Oʻ.‎
‎‎----------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------

‎‎‎‎(Orderning ikkinchi ichki
‎tomoni)

Boʻlishi mumkin boʻlgan oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi belgilar

‎‎_______________________________________________________________________

‎‎(faqat vakolatli organ tomonidan kiritiladi)

_______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-iyundagi 190-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2016-y., 24-son, 282-modda)
Keyingi tahrirga qarang.