01.03.1993 yildagi 114-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 01.03.1993 yildagi 114-son
Date of entry into force
01.03.1993
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni davom ettirish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi shuni qayd qiladiki, davlat uy-jon fondini xususiylashtirish masalalari boʻyicha respublikada, shu jumladan, Toshkent shahrida olib borilayotgan ishlar ijobiy natijalar bermoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ana shu davr ichida Toshkent shahri aholisidan kvartiralarni xususiylashtirish toʻgʻrisida 252,1 mingta ariza tushdi, bu mahalliy Kengashlar uylaridagi kvartiralar umumiy sonining 99 foizini tashkil etadi. 218 ming kvartira fuqarolarga shaxsiy mulk qilib berildi, ulardan 92,9 mingtasi tekin berildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish boʻyicha Toshkent shahridagi ijobiy tajribani hisobga olib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Respublikada davlat uy-joy fondini xususiylashtirish masalalari shu yil 13-fevralda viloyatlarning hokimliklari, vazirliklar va idoralarning vakillari kengashida koʻrib chiqilganligi va maʼqullanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni oʻtkazish boʻyicha Toshkent shahri tajribasi Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida joriy etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 124-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/124/0203-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi tasdiqlangan nizomga muvofiq 1993-yilda xususiylashtirilgan kvartiralarga ega boʻlgan mahalliy Kengashlar uy-joy fondining umumiy foydalaniladigan joylarini va uy atrofini saqlash uchun yetishmayotgan mablagʻlarini nazarda tutsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni oʻtkazish uchun masʼuliyat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuklatilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni oʻtkazish boʻyicha aniq tashkiliy-texnikaviy tadbirlarni ishlab chiqsin, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun darhol chora-tadbirlar koʻrsin hamda huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda oʻz xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilayotgan va davlat uy-joy fondini xususiylashtirish tartibini buzishda aybdor boʻlgan shaxslarni qattiq javobgarlikka tortsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xususiylashtirilayotgan uy-joyni sotib olish uchun fuqarolar va yuridik shaxslarga kredit berish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani ikki hafta muddat ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Pul kompensatsiyasi toʻlanmasdan buzilgan shaxsiy uy-joylarning oʻrniga olingan davlat kvartiralari shaxsiy mulk huquqi bilan fuqarolarga tekinga berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ulugʻ Vatan urushi mehnat frontida qatnashganlarga, fashistlar konslagerlarining sobiq mahbuslariga, Leningrad shahrida qamalda boʻlganlarga uy-joyni tekin xususiylashtirish boʻyicha imtiyozlar berilsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 20-maydagi 241-son qaroriga muvofiq ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1989–1991-yillarda buzilgan shaxsiy uy-joylar oʻrniga davlat kvartiralari (alohida uylar, kottejlar) olgan yoki oladigan fuqarolarga, tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, uy-joylarni xususiylashtirishda imtiyozli huquq (1991-yildagi narxlar boʻyicha) berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining “Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida” respublika Oliy Kengashining Qonuni qabul qilingunga qadar 1993-yilda xususiylashtirilgan davlat uy-joy fondini, shu jumladan, Toshkent shahrida, sotish va sotib olishni toʻxtatib turish haqidagi takliflari qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Uy-joy-kommunal xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning hokimliklari ikki hafta muddat ichida uy-joylarni xususiylashtirish jarayoni bilan bogʻliq boʻlgan ishlarni tashkil etish boʻyicha viloyatlar va idoralarning tegishli boʻlinmalari rahbarlari bilan seminar-kengash oʻtkazsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ommaviy axborot vositalari respublikada davlat uy-joylarini xususiylashtirish qanday borayotganligini muntazam yoritib borsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari oʻrtoq K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklatilsin. Qarorning qanday bajarilayotganligi 1993-yil avgust va dekabr oylarida Vazirlar Mahkamasining majlisida koʻrib chiqilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1993-yil 1-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
114-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 124-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/124/0203-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 124-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/124/0203-son)