06.09.2022 yildagi 496-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 06.09.2022 yildagi 496-son
Date of entry into force
06.09.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Aholining ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmatlari bilan taʼminlanganlik darajasini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika boʻyicha ichimlik va oqova suv tizimidagi isteʼmolchilarning suvni hisobga olish priborlarini oʻrnatish boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, isteʼmolchilar tomonidan isteʼmol qilingan suv sarfi xarajatlarini nazorat qilish, ulardan oqilona va samarali foydalanish boʻyicha maʼlumotlarni oʻz vaqtida shakllantirish uchun suv hisoblagichlarning masofadan maʼlumot uzatuvchi zamonaviy texnologiyalarini joriy etish talab etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuningdek, ichimlik va oqova suvni chiqarish xizmatlari yuzasidan debitor qarzdorlikni keskin kamaytirish maqsadida yuridik shaxs boʻlgan isteʼmolchining bankdagi hisobvaragʻiga toʻlov talabnomasini qoʻyish yoʻli bilan amalga oshirish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmatlari sifatini yaxshilash hamda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmatlari bilan taʼminlanganlik darajasini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 24-maydagi PQ-257-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy ichimlik suv taʼminoti tashkilotlari mablagʻlari hisobidan aholining qiyoslash muddati tugagan hisobga olish asboblarini yangisiga almashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs boʻlgan va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi isteʼmolchilar tomonidan masofadan maʼlumot uzatuvchi zamonaviy suv hisoblagichlar oʻrnatilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
masofadan maʼlumot uzatuvchi zamonaviy suv hisoblagichlarni oʻrnatmagan isteʼmolchilarga hisobga olish asboblari bilan taʼminlanmagan isteʼmolchilar sifatida hisob-kitobni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) qiyoslashdan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchining ixtiyoriga koʻra hududiy ichimlik suv taʼminoti tashkiloti bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish va suvni hisobga olish asboblarini muhrlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs boʻlgan isteʼmolchilarning suv taʼminoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari yuzasidan debitor qarzdorligini undirish chorasini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ijtimoiy buyurtma asosida tashkil qilingan ichimlik suv taʼminoti korxonalarining elektron reyestrini yuritish hamda ularga metodik va amaliy yordam koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer osti chuchuk suv resurslari kamayib ketayotgan hududlarning roʻyxatini tasdiqlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 6-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
496-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-sentabrdagi 496-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilarga suv taʼminoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari koʻrsatish qoidalarida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Aholiga qiyoslash muddati tugagan suvni hisobga olish asboblarini yangisiga almashtirish ISKX tashkilotining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi va uchinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) quyidagi mazmundagi 861-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“861. Yuridik shaxs boʻlgan va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi isteʼmolchilar tomonidan ISKX tashkilotiga masofadan maʼlumot uzatuvchi zamonaviy suv hisoblagichlar oʻrnatilishi talab etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ISKX tashkiloti tomonidan kamida 30 kalendar kun avval yozma ravishda ogohlantirgandan soʻng masofadan maʼlumot uzatuvchi zamonaviy suv hisoblagichlarni oʻrnatmagan yuridik shaxs boʻlgan va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi isteʼmolchilarga suv taʼminoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari uchun suvni hisobga olish asboblari bilan taʼminlanmagan isteʼmolchilar sifatida hisob-kitob amalga oshiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) kuyidagi mazmundagi 1091-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1091. II va III guruh isteʼmolchilarning suv taʼminoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari yuzasidan debitor qarzdorligi boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblarni solishtirish dalolatnomasi imzolangan taqdirda, qarzni undirish isteʼmolchining bankdagi hisobvaragʻiga toʻlov talabnomasini qoʻyish yoʻli bilan amalga oshiriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 214-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2024-y., 09/24/214/0285-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 256-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik va jismoniy shaxslarni suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentining 8-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ichimlik suv taʼminoti obyektlari foydalanishga tayyor holda topshirilgan taqdirda (oʻlchash vositalari oʻrnatilib, ichimlik suv uy hoʻjaligigacha yetkazilgan taqdirda), isteʼmolchining ixtiyoriga koʻra SQKX bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish va suvni hisobga olish priborini plombalash amalga oshiriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 433-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2022-y., 09/22/496/0799-son; 18.04.2024-y., 09/24/214/0285-son)