ILOVA
(0029-22-son SanQvaN)
1-ILOVA
|
Ishlab chiqarish omillari |
Kattalik (ruxsat etilgan miqdor yoki daraja) |
Aniqlash uslubi |
|
1. Ipak changi |
6,0 mg/m3 |
Ish joyi havosidagi chang darajasi elektroaspirator yordamida tarozi orqali (gravimetrik usulda) aniqlanadi. Bunda AFA-V (“V” tipidagi aerozolli filtr analitik) filtrlaridan foydalanish tavsiya qilinadi va namuna olish vaqti kamida 10 daqiqa, havo aspiratsiyasi hajmi kamida 20 l/min boʻlishi kerak. Filtrdan oʻtgan havodagi chang miqdori mg/m3larda hisoblab chiqiladi: X = (K2-K1):V0= mg/m3, yaʼni: X — chang konsentratsiyasi K1 — namuna olinguncha boʻlgan filtr vazni K2 — namuna olingandan keyingi filtr vazni V0 — oʻrtacha sharoitda havo hajmi (havo harorati 20°S, barometrik bosim 760 mm. simob ust.). |
|
2. Shovqin |
80 dB |
Ish joylaridagi shovqin darajasi quyidagi normativ hujjatlar boʻyicha baholanadi: GOST ISO 9612-2016-son “Insonlarga taʼsirini baholash uchun shovqinni oʻlchash” davlatlararo standarti; SanQvaN 0325-16-son “Ish joylarida ruxsat etilgan shovqin darajasi boʻyicha sanitariya normalari” sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari. |
|
3. Umumiy tebranish |
92 dB |
Ish joylarida umumiy tebranish darajalari chastotali tahlil uslubida aniqlanadi, umumiy tebranish integral chastotali usuli orqali oʻtkaziladi, bunda tebranish davomiyligi va tebranish dozasi hisobga olinishi lozim. Tebranishning haqqoniy holatini gigiyenik baholash SanQvaN 0326-16-son “Ishchi joylarda umumiy va lokal tebranishlarni sanitariya normalari” sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq oʻtkaziladi. |
|
4. Mikroiqlim |
Yilning sovuq davrida havo harorati 15 — 21 °C, nisbiy namlik 40 — 60 foiz, havo harakati 0,4 m/sekunddan kam emas; Yilning iliq davrida havo harorati 21 — 29 °C, nisbiy namlik 40 — 60 foiz, havo harakati 0,4 — 0,7 m/sekund |
Ish joylaridagi mikroiqlimni gigiyenik baholash SanQvaN 0324-16-son “Ishlab chiqarish korxonalari mikroiqlimining sanitariya-gigiyenik normalari” sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga asosan amalga oshiriladi. Assman aspiratsion psixrometri yordamida havo harorati va nisbiy namlikni oʻlchash, havo harakati tezligi — anemometr yordamida, nurli issiqlik — inspeksion aktinometr yordamida oʻlchanadi. Mikroiqlim sharoitlarini baholash ish boshlanishida, tushlik tanaffusidan oldin va ish kuni oxirida oʻtkaziladi. |
2-ILOVA
|
A.B. Iskandarov |
— |
SGKK ITI katta ilmiy xodimi, tibbiyot fanlari boʻyicha (PhD) falsafa doktori |
|
Taqrizchilar: |
|
|
|
D.A. Zaredinov |
— |
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi “Gigiyena” kafedrasi mudiri, t.f.d., professor |
|
N.R. Samigova |
— |
Toshkent tibbiyot akademiyasi “Kommunal gigiyena va mehnat gigiyenasi” kafedrasi dotsenti, t.f.n. |
|
A.U. Sadikov |
— |
SGKK ITI bosh ilmiy xodimi, t.f.d., professor |