18.08.2022 yildagi 457-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 18.08.2022 yildagi 457-son
Date of entry into force
19.08.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida xotin-qizlarning toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olishi uchun taʼlim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatimizda xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada mustahkamlash, ularning taʼlim-tarbiya olishi uchun shart-sharoitlar yaratish, iqtidorli va bilimli qizlarni tarbiyalash hamda ularning ilmiy salohiyatini yuksaltirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, xotin-qizlar orasidagi ishsizlik darajasini keskin kamaytirish uchun ularni davlat hisobidan kasb-hunarga oʻqitishga keng jalb etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida xotin-qizlarning taʼlim olishlarini qoʻllab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida xotin-qizlarning taʼlim olishlarini qoʻllab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-son qarori 3-bandiga muvofiq Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida xotin-qizlarning toʻlov-kontrakt asosida oʻqishi uchun taʼlim kreditlarini ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-sentabrdagi 579-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2024-y., 09/24/579/0725-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida xotin-qizlarning toʻlov-kontrakt asosida oʻqishi uchun taʼlim kreditlarini ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-sentabrdagi 579-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2024-y., 09/24/579/0725-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikadagi barcha xususiy, xorijiy va davlat oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari hamda ularning filiallarida kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha talaba xotin-qizlarning kontrakt toʻlovlari uchun 14 foiz stavkasida taʼlim krediti ajratish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-sentabrdagi 579-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2024-y., 09/24/579/0725-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim kreditini ajratadigan tijorat banklarining roʻyxatini Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilish;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-sentabrdagi 579-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2024-y., 09/24/579/0725-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim kreditining asosiy qarzini kredit oluvchi tomonidan taʼlim tashkilotida taʼlimning tegishli turi boʻyicha rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytarish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim kreditining foiz toʻlovlarini Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan toʻliq qoplab berish;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-sentabrdagi 579-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2024-y., 09/24/579/0725-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy reyestrga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim krediti boʻyicha garov va kafillik talab etilmasligi;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma tomonidan talaba xotin-qizlarga taʼlim kreditlari uchun depozit mablagʻlarini joylashtirishda tijorat banklariga qoʻyiladigan muvofiqlik mezonlarini oʻrnatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan taʼlim kreditlari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikadagi barcha oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida (Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy, davlat, nodavlat, oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari ularning filiallarida), shu jumladan, qoʻshma taʼlim dasturlari boʻyicha bakalavriat, magistraturaning kunduzgi taʼlim shaklida toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan yoki tavsiya etilgan, oʻqishini koʻchirgan;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-sentabrdagi 579-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2024-y., 09/24/579/0725-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 447-son qaroriga muvofiq davlat oliy taʼlim muassasalarining magistratura bosqichida toʻlov-kontrakt asosida oʻqiyotgan talaba xotin-qizlarning kontrakt toʻlovlarini qoplash uchun Davlat budjetidan ajratiladigan limit doirasida mablagʻlar yetarli boʻlmagan holatlarda, shuningdek, kontrakt toʻlovlari qoplab berilmagan talaba xotin-qizlarga ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga ommaviy axborot vositalarida hamda ijtimoiy tarmoqlarda taʼlim kreditlari, shu jumladan, toʻlov-kontrakt asosida talaba xotin-qizlar tahsil olishi uchun taʼlim krediti ajratishning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng yoritish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.X. Toshkulov hamda moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 18-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
457-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-avgustdagi 457-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida xotin-qizlarning toʻlov-kontrakt asosida oʻqishi uchun taʼlim kreditlarini ajratish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-sentabrdagi 579-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2024-y., 09/24/579/0725-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) hisobidan oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida xotin-qizlarning toʻlov-kontrakt asosida oʻqishi uchun taʼlim kreditlarini ajratish tartibini belgilaydi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-sentabrdagi 579-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2024-y., 09/24/579/0725-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizom qoidalari tijorat banklari tomonidan Jamgʻarma mablagʻlaridan tashqari boshqa manbalar hisobidan beriladigan taʼlim kreditlariga, shu jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktni va tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdoriga teng boʻlgan bir martalik boshqa toʻlovlarni hamda davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga qoʻshimcha qabul parametrlari asosida oʻqishga qabul qilingan abituriyent va talabalarning toʻlov-kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan taʼlim kreditlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Taʼlim kreditlarini berish tijorat banklari tomonidan ularning qaytarilishi, toʻlovliligi, muddatliligi va ulardan maqsadli foydalanish shartlari asosida belgilangan talablarga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab taʼlim krediti ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichi (grade point average):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“3” dan past boʻlgan taqdirda, toʻlov-kontrakt summasining koʻpi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi, bunda kredit toʻlov-kontrakt summasining dastlabki 20 foizi talaba tomonidan toʻlangandan keyin ajratiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“3” va undan yuqori boʻlgan taqdirda hamda/yoki Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning taʼlim olayotgan aʼzolari uchun taʼlim krediti toʻlov-kontrakt summasi miqdorida ajratiladi.
(21-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Joriy oʻquv yili uchun taʼlim krediti olmoqchi boʻlgan talabaning fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichi (grade point average) avvalgi oʻquv yili yakuni boʻyicha “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish” (NEMIS) axborot tizimidan olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Talabaning fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichi (grade point average) va tegishli maʼlumotlari “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish” (NEMIS) axborot tizimida, toʻlov-kontrakt toʻgʻrisidagi maʼlumotlari esa “Talabalarga shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda nodavlat va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari talabalarining toʻlov-kontrakt toʻgʻrisidagi maʼlumotlari ularning axborot tizimlarini “Talabalarga shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimiga integratsiya qilish yoki mazkur axborot tizimidan foydalanish orqali shakllantiriladi.
(21 — 23-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-sentabrdagi 579-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2024-y., 09/24/579/0725-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning talaba farzandlari uchun 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim tashkilotlarida fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichi (GPA (grade point average) koʻrsatkichi) “3,5” va undan yuqori boʻlganda, keyingi oʻquv yili uchun foizsiz taʼlim krediti ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning talaba farzandlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Ijtimoiy reyestr” axborot moduli orqali aniqlanadi hamda mazkur axborot moduli Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish” (NEMIS) axborot tizimiga oʻzaro integratsiya qilinadi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Taʼlim kreditlari tijorat banklari tomonidan respublikadagi barcha oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida (Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy, davlat, nodavlat, oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari hamda ularning filiallarida) (keyingi oʻrinlarda — taʼlim tashkiloti) hamda qoʻshma taʼlim dasturlari boʻyicha bakalavriat, shuningdek, magistraturaning kunduzgi taʼlim shaklida toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan, shuningdek, oʻqishini koʻchirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan talaba xotin-qizlarga (keyingi oʻrinlarda — kredit oluvchi) beriladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-sentabrdagi 579-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2024-y., 09/24/579/0725-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, turmush oʻrtogʻi) yoki uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida taʼlim krediti shartnomasida qatnashishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Taʼlim kreditining asosiy qarzi kredit oluvchi tomonidan taʼlim tashkilotida taʼlimning tegishli turi boʻyicha rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qarz oluvchiga taʼlim krediti 14 foiz stavkasida ajratiladi va kredit foiz stavkalarini qoplash Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan tijorat banklarining talabnomasiga muvofiq har uch oyda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Tijorat banklariga qoʻyiladigan muvofiqlik mezonlari va taʼlim krediti uchun ularga depozitlarni joylashtirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Jamgʻarma tomonidan taʼlim kreditlari uchun depozitlarni joylashtirishda tijorat banklariga nisbatan quyidagi muvofiqlik mezonlari belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat bankida taʼlim kreditlarini ajratish yuzasidan aniq belgilangan ichki tartibning mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banki “Fitch Ratings” yoki “Standard & Poorʼs” reyting agentliklarining “V” darajasidan yoki “Moodyʼs Investors Service” reyting agentligining “V2” reytingidan past boʻlmagan darajada uzoq muddatli kredit reytingiga ega boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oxirgi uch yillik moliyaviy hisobotlar boʻyicha auditorlik tashkiloti ijobiy xulosasining mavjudligi. Agar tijorat banki uch yildan kam muddat faoliyat koʻrsatgan boʻlsa, tijorat bankining faoliyat yuritgan yillar uchun moliyaviy hisobotlari boʻyicha auditorlik tashkilotining ijobiy xulosasi mavjud boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat bankining regulyativ kapitali 500 milliard soʻmdan kam boʻlmasligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banki Davlat budjeti mablagʻlari, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Iqtisodiyot va moliya vazirligi) tomonidan joylashtirilgan depozitlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlikka ega boʻlmasligi;
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-sentabrdagi 579-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2024-y., 09/24/579/0725-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank tomonidan belgilangan prudensial normativlar buzilganligi sababli unga nisbatan taʼlim krediti berilishiga toʻsqinlik qiluvchi amaldagi chora va sanksiyalar mavjud boʻlmasligi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur bandning ikkinchi — oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjat va maʼlumotlarni murojaat etuvchi tijorat banklaridan, mazkur bandning yettinchi xatboshisida keltirilgan maʼlumotlarni Markaziy bankdan belgilangan tartibda soʻrab oladi.
(6-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-sentabrdagi 579-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2024-y., 09/24/579/0725-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tijorat banklarining muvofiqlik mezonlariga mos kelishini baholashda Markaziy bankdan ularning moliyaviy holati toʻgʻrisidagi qoʻshimcha axborotni soʻrab olishi mumkin.
(6-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-sentabrdagi 579-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2024-y., 09/24/579/0725-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tijorat banklari ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan mezonlarga muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjat va maʼlumotlarni Jamgʻarmaga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taqdim etilgan hujjat va maʼlumotlar Jamgʻarma tomonidan besh ish kunida ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan mezonlarga muvofiqligi yuzasidan oʻrganiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilangan mezonlarga muvofiq deb topilgan tijorat banklari va Iqtisodiyot va moliya vazirligi oʻrtasida taʼlim kreditlari uchun depozit joylashtirish yuzasidan Bosh bitim (keyingi oʻrinlarda — Bosh bitim) tuziladi.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-sentabrdagi 579-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2024-y., 09/24/579/0725-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma tomonidan ushbu Nizom doirasida joylashtirilgan depozit tijorat bankining birinchi darajali regulyativ kapitalidan oshib ketmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tijorat banklari ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan mezonlarga muvofiq emas deb topilganda, ular bilan Bosh bitim tuzishni rad etish haqida tegishli tijorat banklari yozma tarzda xabardor qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Iqtisodiyot va moliya vazirligi doimiy ravishda ushbu Nizom doirasida Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan Bosh bitim tuzgan tijorat banklarining roʻyxatini oʻzining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilib boradi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-sentabrdagi 579-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2024-y., 09/24/579/0725-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tijorat banklariga taʼlim kreditlari ajratish uchun 15 yildan koʻp boʻlmagan muddatga depozit joylashtiradi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-sentabrdagi 579-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2024-y., 09/24/579/0725-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Tijorat banklari tomonidan taʼlim krediti olish istagini bildirgan kredit oluvchilar reyestri shakllantiriladi va ushbu reyestr asosida taʼlim krediti uchun depozit olish maqsadida Jamgʻarmaga buyurtmanoma taqdim qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklari tomonidan fuqarolarning taʼlim kreditiga boʻlgan talabini oʻz vaqtida qondirish maqsadida tijorat banklarining oʻz mablagʻlari hisobidan ushbu Nizomda belgilangan shartlarda ajratilgan taʼlim kreditlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan depozit hisobidan qayta moliyalashtirilishi mumkin.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-sentabrdagi 579-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2024-y., 09/24/579/0725-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Taʼlim tashkilotlari oʻquv yili davomida toʻlov-kontrakt miqdori oʻzgargan taqdirda, bu haqida tijorat banklarini toʻlov-kontrakt miqdori oʻzgargan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida xabardor qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Jamgʻarma buyurtmanomalar tushgan kundan boshlab besh ish kunida tijorat banklari va Iqtisodiyot va moliya vazirligi oʻrtasida taʼlim krediti uchun depozit joylashtirish boʻyicha depozit shartnomasi imzolanib, tegishli mablagʻlar tijorat banklarining tegishli hisobvaragʻiga oʻtkazib berilishini taʼminlaydi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-sentabrdagi 579-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2024-y., 09/24/579/0725-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Bosh bitimga muvofiq Jamgʻarma depozitni tijorat banklariga 10 foiz stavkada joylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Taʼlim kreditini rasmiylashtirish va ajratish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
151. Toʻlov-kontrakt shartnomasini olish uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim tashkiloti talabasi “Talabalarga shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi orqali;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari esa “Professional taʼlim jarayonlarini boshqarish” (prof.edu.uz) axborot tizimi orqali ariza yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
152. Arizani oliy taʼlim tashkiloti “Talabalarga shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi orqali, professional taʼlim tashkiloti “Professional taʼlim jarayonlarini boshqarish” (prof.edu.uz) axborot tizimi orqali koʻrib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kredit oluvchi oliy taʼlim tashkilotining talabalarni oʻqishga qabul qilish yoki oʻqishni davom ettirish boʻyicha tegishli ichki tartib yoki qoidalariga (keyingi oʻrinlarda — ichki tartib yoki qoidalar) muvofiq deb topilganda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi bosqichga tavsiya etilgan kredit oluvchini “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish” (NEMIS) axborot tizimidan roʻyxatdan oʻtkazadi hamda belgilangan tartibda toʻlov-kontrakt shartnomasini imzolaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi va undan yuqori bosqich talabasi bilan belgilangan tartibda toʻlov-kontrakt shartnomasini imzolaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kredit oluvchi ichki tartib yoki qoidalarga muvofiq emas deb topilganda, unga toʻlov-kontrakt shartnomasini taqdim etish rad etilganligi haqida asoslantirilgan sabablarni koʻrsatgan holda belgilangan tartibda xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kredit oluvchi professional taʼlim tashkilotining ichki tartib yoki qoidalariga muvofiq deb topilganda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi bosqichga tavsiya etilgan kredit oluvchini “Professional taʼlim jarayonlarini boshqarish” (prof.edu.uz) axborot tizimidan roʻyxatdan oʻtkazadi hamda belgilangan tartibda toʻlov-kontrakt shartnomasini imzolaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi va undan yuqori bosqich oʻquvchisi bilan belgilangan tartibda toʻlov-kontrakt shartnomasini imzolaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kredit oluvchi ichki tartib yoki qoidalarga muvofiq emas deb topilganda, unga toʻlov-kontrakt shartnomasini taqdim etish rad etilganligi haqida asoslantirilgan sabablarini koʻrsatgan holda belgilangan tartibda xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
153. Kredit oluvchi taʼlim krediti olish uchun belgilangan tartibda Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilingan tijorat banklariga “Yagona interaktiv davlat xizmatlari” (my.gov.uz) portali, “Taʼlim krediti” (taʼlim-krediti.mf.uz) axborot tizimi yoki toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
154. Kredit oluvchi tomonidan taʼlim kreditini olish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri tijorat bankiga murojaat qilinganda, tijorat banki ular uchun ochilgan “Taʼlim krediti” (taʼlim-krediti.mf.uz) axborot tizimidagi shaxsiy kabinet orqali taʼlim krediti olish toʻgʻrisidagi arizani shakllantiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda tijorat banki oʻzining ichki tartib qoidalaridan kelib chiqib, kredit oluvchining shaxsiy maʼlumotlarini qayta ishlash uchun roziligini oladi va “Taʼlim krediti” (taʼlim-krediti.mf.uz) axborot tizimida roziligi olinganligini koʻrsatib oʻtadi.
(151 — 154-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-sentabrdagi 579-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2024-y., 09/24/579/0725-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Kredit oluvchi taʼlim kreditini olish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri tijorat bankiga murojaat qilishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-sentabrdagi 579-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2024-y., 09/24/579/0725-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) taʼlim krediti olish toʻgʻrisida ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) talaba va taʼlim tashkiloti oʻrtasidagi toʻlov-kontrakt asosida oʻqish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt) va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/faktura (mavjud boʻlganda). Shartnoma (kontrakt)da oʻqishni tamomlashning belgilangan muddati va bir yil uchun toʻlov miqdori koʻrsatilgan boʻlishi lozim;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) tijorat bankining kredit siyosatiga muvofiq taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat. Bunda Ijtimoiy reyestrga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim krediti boʻyicha garov va kafillik talab etilmaydi;
(16-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Ijtimoiy reyestrga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar xotin-qizlari uchun).
(16-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Kredit oluvchi ushbu Nizomning 16-bandida belgilangan hujjatlarni tijorat bankiga taqdim etish bilan bir vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjatni shaxsan koʻrsatadi. Tijorat banki taqdim etilgan hujjatlardan zarur koʻchirmalar va nusxalar olishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Tijorat banki kredit oluvchi tomonidan taʼlim krediti berishni soʻrab taqdim qilingan ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni besh ish kuni mobaynida koʻrib chiqib, taʼlim krediti shartnomasini imzolaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kredit oluvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar mazkur Nizom va tijorat bankining kredit siyosati talablariga muvofiq boʻlmagan holatlarda tijorat banki tomonidan kredit berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi hamda ariza beruvchiga kredit berishni rad etishning aniq sabablari koʻrsatilgan holda javob xati yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Taʼlim krediti shartnomasi kredit oluvchi tomonidan taqdim etilgan talaba va taʼlim tashkiloti oʻrtasidagi toʻlov-kontrakt asosida oʻqish haqidagi shartnoma (kontrakt)da koʻrsatilgan bir yillik toʻlov summasiga teng miqdordagi summaga tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda keyingi oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt asosida oʻqish haqidagi shartnomada belgilangan toʻlov miqdori va taʼlim krediti olish toʻgʻrisidagi arizadan kelib chiqib kredit miqdori taʼlim krediti shartnomasiga qoʻshimcha kelishuv imzolash orqali oshirib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Tijorat banklari tomonidan taʼlim kreditini ajratish kredit oluvchining ssuda hisobvaragʻidan uning shaxsiy yozma topshirigʻi asosida kredit oluvchi va taʼlim tashkiloti oʻrtasidagi toʻlov-kontrakt asosida oʻqish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt) yoki hisob varaqasi/fakturada koʻrsatib oʻtilgan hisobvaragʻiga mablagʻ oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Taʼlim kreditini qaytarish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Taʼlim kreditining asosiy qarz toʻlovlari kredit oluvchi tomonidan taʼlim krediti shartnomasida koʻrsatilgan shartlarda toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Kredit oluvchi (birgalikda kredit oluvchi) taʼlim krediti boʻyicha asosiy qarzni taʼlim krediti shartnomasida belgilangan muddatlardan oldin qaytarishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Kredit oluvchi taʼlim krediti boʻyicha asosiy qarzni taʼlim krediti shartnomasida belgilangan muddatlarda qaytarmasa, tijorat banki taʼlim krediti boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorliklarni oʻzining ichki hujjatlariga asosan qaytarish choralarini koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Kredit oluvchi taʼlim krediti boʻyicha asosiy qarzni kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda qaytarmagan taqdirda, tijorat banki kredit shartnomasiga asosan muddati oʻtgan qarz boʻyicha neustoyka yoki boshqa turdagi jarima hisoblashi va ushbu neustoyka (jarima) summasini qarz oluvchidan (birgalikda qarz oluvchidan) undirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muddati oʻtgan qarzdorlik boʻyicha hisoblangan neustoyka (jarima) Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan undirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Bosh bitimga muvofiq tijorat banklari qarz oluvchilarga ajratilgan taʼlim kreditlari foizlarini qoplash yuzasidan talabnomani shakllantirib, Jamgʻarmaga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Jamgʻarma tomonidan har uch oyda tijorat banklari tomonidan berilgan talabnomaga muvofiq besh ish kunida tijorat banklarida ochilgan alohida hisobvaragʻiga taʼlim krediti foizlarini qoplash uchun tegishli mablagʻlarni oʻtkazib beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga joylashtirilgan taʼlim krediti uchun depozitni qaytarish tijorat banklari va Iqtisodiyot va moliya vazirligi oʻrtasida tuzilgan depozit shartnomasida belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-sentabrdagi 579-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2024-y., 09/24/579/0725-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Mazkur Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida xotin-qizlarning toʻlov-kontrakt asosida oʻqishi uchun taʼlim kreditlarini ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-sentabrdagi 579-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2024-y., 09/24/579/0725-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida xotin-qizlarning toʻlov-kontrakt asosida oʻqishi uchun taʼlim kreditlarini ajratish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Tijorat banklari

Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan mezonlarga muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjat va maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) taqdim etadi.

Yil davomida

2-bosqich

Jamgʻarma

Tijorat banklari ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan mezonlarga muvofiqligi yuzasidan oʻrganiladi.

Tijorat banklari belgilangan mezonlarga muvofiq emas deb topilganda, ular bilan Bosh bitim tuzishni rad etish haqida yozma tarzda xabardor qilinadi.

5 ish kunida

3-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Belgilangan mezonlarga muvofiq deb topilgan tijorat banklari va Iqtisodiyot va moliya vazirligi oʻrtasida taʼlim kreditlari uchun depozit joylashtirish yuzasidan Bosh bitim (keyingi oʻrinlarda — Bosh bitim) tuziladi.

Bosh bitim tuzgan tijorat banklarining roʻyxati Iqtisodiyot va moliya vazirligining va boshqa rasmiy veb-saytlarda eʼlon qilinadi.

Oʻzaro kelishuvga muvofiq

4-bosqich

Kredit oluvchi

Eʼlon qilingan roʻyxatdagi istalgan tijorat bankiga taʼlim krediti berishni soʻrab ariza va unga ilova qilgan holda tegishli hujjatlarni taqdim etadi.

Oʻz xohishiga koʻra

5-bosqich

Tijorat banklari

Kredit oluvchi tomonidan taqdim etilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqib, kredit shartnomasini imzolaydi yoki kredit berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, ariza beruvchiga bu haqida aniq sabablarini koʻrsatgan holda javob xati yuboradi.

5 ish kunida

6-bosqich

Tijorat banklari

Kredit oluvchilar reyestrini shakllantiradi va ushbu reyestrlar asosida taʼlim krediti uchun depozit olish maqsadida Jamgʻarmaga buyurtmanoma taqdim qiladi.

Bosh bitimda koʻrsatilgan muddatlarda

7-bosqich

Jamgʻarma

Tijorat banklari va Iqtisodiyot va moliya vazirligi oʻrtasida taʼlim krediti uchun depozit joylashtirish boʻyicha depozit shartnomasi imzolanib, tegishli mablagʻlar tijorat banklarining hisobvaragʻiga oʻtkazib berilishini taʼminlaydi.

Buyurtmanomalar tushgan kundan boshlab 5 ish kunida

8-bosqich

Tijorat banklari

Taʼlim krediti shartnomasi kredit oluvchi tomonidan taqdim etilgan talaba va taʼlim tashkiloti oʻrtasidagi toʻlov-kontrakt asosida oʻqish haqidagi shartnoma (kontrakt)da koʻrsatilgan bir yillik toʻlov summasiga teng miqdordagi summaga tuziladi.

5 ish kunida

9-bosqich

Tijorat banklari

Bosh bitimga muvofiq tijorat banklari qarz oluvchilarga ajratilgan taʼlim kreditlari foizlarini qoplash yuzasidan talabnoma shakllantirib, Jamgʻarmaga taqdim etadi.

Har uch oyda

10-bosqich

Jamgʻarma

Tijorat banklari tomonidan berilgan talabnomaga muvofiq besh ish kunida tijorat banklarida ochilgan alohida hisobvaraqqa taʼlim krediti foizlarini qoplash uchun tegishli mablagʻlarni oʻtkazib beradi.

5 ish kunida

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-sentabrdagi 579-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2024-y., 09/24/579/0725-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2022-y., 09/22/457/0753-son; 17.09.2024-y., 09/24/579/0725-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son; 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)