12.08.2022 yildagi PQ-350-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 12.08.2022 yildagi PQ-350-son
Date of entry into force
13.08.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zamonaviy bilim va kasb-hunar egallash imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zamonaviy bilim olish hamda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunar egallash istagida bo‘lgan yoshlarning ta’lim olishi uchun keng imkoniyatlar yaratish, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodning intellektual hamda kasbiy mahoratini rivojlantirishga bo‘lgan intilishlarini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, joriy yil 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan hamda 29-iyul kuni axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassislar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda ilgari surilgan yangi tashabbus va g‘oyalarni amalga oshirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2022-yil 1-oktabrdan boshlab nodavlat ta’lim tashkilotlarining o‘quv kurslarida yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida tahsil olishi uchun ta’lim krediti ajratish tizimi yo‘lga qo‘yilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tijorat banklari Moliya vazirligi tomonidan joylashtiriladigan depozitlar hisobidan axborot texnologiyalari sohasida tahsil olish uchun ta’lim kreditlarini Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) nodavlat ta’lim tashkilotlarining o‘quv kurslarida axborot texnologiyalari sohasida tahsil olish uchun yoshlarga ta’lim krediti:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bazaviy hisoblash miqdorining 65 baravarigacha miqdorda 1 yillik imtiyozli davr bilan 4 yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan hamda O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan fuqaroligi bo‘lmagan yoshlarga ajratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rasmiylashtirilishi va uning qaytarilishida kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila a’zolari va boshqa uchinchi shaxslar birgalikda qarz oluvchi sifatida qatnashishiga ruxsat etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari bo‘lgan yoshlarga axborot texnologiyalari sohasida tahsil olishga ajratiladigan ta’lim krediti uchun garov va kafillik talab etilmaydi;
(1-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) axborot texnologiyalari sohasida tahsil olish uchun yoshlarga ta’lim krediti Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (keyingi o‘rinlarda — IT-park) rezidenti bo‘lgan tashkilotlarning o‘quv kurslarida ta’lim olish uchun ajratiladi. Bunda, axborot texnologiyalari sohasida ta’lim beruvchi rezident tashkilotlar reyestri IT-park tomonidan elektron axborot tizimi shaklida yuritiladi hamda zarur hollarda tijorat banklari, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan integratsiya qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Axborot texnologiyalari sohasida tahsil olishi uchun ta’lim kreditlari bo‘yicha tijorat banklarini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yilda Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasiga (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) ajratilgan Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelgusi yillarda esa haqiqiy talabdan kelib chiqib Jamg‘armaga zarur mablag‘lar ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tijorat banklarining so‘rovlariga asosan ularga Markaziy bankning asosiy stavkasida axborot texnologiyalari sohasida yoshlar tahsil olishiga ta’lim krediti ajratish uchun mazkur stavkadan 4 foiz bandga past bo‘lgan stavkada depozit joylashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda depozit mablag‘lari va axborot texnologiyalari sohasida yoshlarning tahsil olishi uchun ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasaytiriladi, oshirilgan taqdirda esa o‘zgarishsiz qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. AT “Xalq banki”, AT “Aloqa bank” va “Mikrokreditbank” ATBning 2022-yil 1-noyabrdan boshlab IT-park rezidenti bo‘lgan tashkilotlarning axborot texnologiyalari sohasidagi o‘quv kurslarida tahsil olayotgan ishtirokchi sertifikatini olgan yoki ushbu o‘quv kurslarini so‘nggi 6 oyda muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga kompyuter (shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmagan) xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda iste’mol kreditlari va mikroqarzlar ajratish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-76-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kompyuter xarid qilish uchun ajratiladigan iste’mol kreditlari va mikroqarzlar bo‘yicha foiz to‘lovlarining Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravarigacha qismi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi) hisobidan kompensatsiya qilinadi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-76-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sertifikatlarning yagona elektron reyestri IT-park tomonidan yuritiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iste’mol kreditlari kompyuter sotayotgan tadbirkorlik subyekti hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mikroqarzlar yoshlarning arizalariga ko‘ra ularning bank kartalariga naqdlashtirish imkoniyatini cheklagan holda o‘tkaziladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-76-sonli Farmoniga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalar farzandlari bo‘lgan hamda “Yoshlar daftari”ga kirgan yoshlarga 2023-yil 1-avgustga qadar “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan va sertifikat olgan holda, shuningdek, mazkur qarorning 4-bandida ko‘zda tutilgan tartibda kompyuter xarid qilish maqsadida kredit olish uchun Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan kafillik berish tizimi joriy etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar ishlari agentligi Moliya vazirligi, Markaziy bank va Adliya vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-oktabrga qadar mazkur bandda ko‘zda tutilgan kafillik berish tartibini ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Yoshlar ishlari agentligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda 2023-yil 1-avgustga qadar nodavlat ta’lim tashkilotlarining o‘quv kurslarida axborot texnologiyalari sohasida tahsil olish uchun ta’lim krediti ajratish, shuningdek, mazkur qarorning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan tartibda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar samaradorligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazib, Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Moliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Yoshlar ishlari agentligi va Markaziy bank bilan birgalikda ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalar farzandlari bo‘lgan yoshlarga axborot texnologiyalari sohasida tahsil olishga ajratilgan ta’lim krediti bo‘yicha yuzaga keladigan kredit tavakkalchiligini Moliya vazirligi va tijorat banklari o‘rtasida taqsimlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘arma hisobidan nodavlat ta’lim tashkilotlarining o‘quv kurslarida axborot texnologiyalari sohasida yoshlarning tahsil olishi uchun tijorat banklariga ta’lim kreditlari uchun depozit joylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat ta’lim tashkilotlarida axborot texnologiyalari sohasida tahsil olayotgan yoshlarga o‘quv kurslarida ta’lim olish to‘lovlari uchun kredit ajratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘arma tomonidan ta’lim kreditlari uchun mablag‘lar ajratishda tijorat banklariga qo‘yiladigan muvofiqlik mezonlarini o‘rnatish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) mazkur qarorda ko‘zda tutilgan axborot texnologiyalari sohasida tahsil olish uchun ta’lim krediti, “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga hamda IT-park rezidenti bo‘lgan tashkilotlarning axborot texnologiyalari sohasidagi o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yoki ishtirokchi sertifikatini olgan yoshlarga kompyuter xarid qilish maqsadida iste’mol kreditlari va mikroqarzlar bo‘yicha foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilish uchun zarur mablag‘larning 2023-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida o‘rnatilgan tartibda nazarda tutilishini ta’minlasin.
(7-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-76-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6208-son Farmonining 7-bandiga muvofiq Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga ajratilgan mablag‘larni mazkur qarorning 4-bandiga asosan iste’mol kreditlari va mikroqarzlar bo‘yicha foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilish hamda qonunchilikda belgilangan tartibda ushbu jamg‘arma mablag‘laridan foydalanishning boshqa maqsadlariga yo‘naltirishga ruxsat berilsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-76-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda bir oy muddatda mamlakatimiz aholisining ta’lim olish, mehnat qilish hamda turmush sharoitlarini yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonuniga O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan tovarlar (xizmatlar)ga iste’mol krediti ajratilishi tartibini takomillashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda yoshlarni zamonaviy bilim olish hamda kasb-hunar egallashga jalb etish bo‘yicha ommaviy axborot vositalari hamda Internet jahon axborot tarmog‘ida muntazam ravishda targ‘ibot ishlarini amalga oshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Yoshlar ishlari agentligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib moliya vaziri T.A. Ishmetov, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.H. Shermatov hamda Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Z. Sa’dullayev belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 12-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-350-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2022-y., 07/22/350/0732-son; 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)