08.08.2022 yildagi O‘RQ-788-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 08.08.2022 yildagi O‘RQ-788-son
Date of entry into force
10.11.2022
Hujjat 10.11.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 2-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2022-yil 28-mayda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning maqsadi davlat fuqarolik xizmati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisidagi qonunchilik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchilarining ushbu Qonun bilan tartibga solinmagan mehnatga oid munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi bilan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Ushbu Qonunning qoʻllanilish sohasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning amal qilishi Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestriga kiritilgan lavozimlardagi davlat fuqarolik xizmatchilarining faoliyatiga nisbatan tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning amal qilishi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining va Senati aʼzolarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda boshqa mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati devonlari xodimlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi aʼzolarining, sudyalarning va sud tizimi xodimlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi aʼzolarining, prokuratura, ichki ishlar, mudofaa ishlari, favqulodda vaziyatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Davlat bojxona xizmati, Davlat xavfsizlik xizmati va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati organlarida xizmatni oʻtayotgan davlat xizmatchilarining, shu jumladan harbiy xizmatchilarning;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlarining texnik, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish xodimlarining faoliyatiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning 24 va 43-moddalari diplomatiya xizmati xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning 43-moddasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Asosiy tushunchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organi — Davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilinadigan davlat organlari va tashkilotlari roʻyxatiga kiritilgan davlat hokimiyat vakolatlariga ega boʻlgan tashkiliy jihatdan alohida tuzilma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat fuqarolik xizmati — davlat xizmatining bir turi boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining davlat fuqarolik xizmati lavozimlaridagi davlat organlari vakolatlari amalga oshirilishini taʼminlashga doir haq toʻlanadigan kasbiy faoliyatini ifodalaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyasi — davlat organining vakolatlarini lozim darajada amalga oshirish uchun zarur boʻlgan bilimlar, malakalar va koʻnikmalar majmui;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat fuqarolik xizmati lavozimi — davlat organining vakolatlarini amalga oshirish uchun Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestriga kiritilgan lavozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari — davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan rioya etilishi shart boʻlgan odob-axloq normalari majmui;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka talablari — davlat fuqarolik xizmatining muayyan malaka darajasi berilishi va (yoki) davlat fuqarolik xizmatining muayyan lavozimini egallash uchun talabgor boʻlayotgan nomzodlarga nisbatan davlat organi tomonidan belgilanadigan, ish tajribasiga va kasbiy kompetensiyasiga doir talablar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Davlat fuqarolik xizmatining asosiy prinsiplari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat fuqarolik xizmati tizimining yagonaligi va barqarorligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonuniylik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
adolatlilik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqqa xizmat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlarining va mansabdor shaxslarning jamiyat hamda fuqarolar oldida masʼulligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ochiqlik va shaffoflik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xolislik, professionallik va kompetentlik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat fuqarolik xizmatiga kirishda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarning teng huquqliligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Davlat fuqarolik xizmati sohasida davlat boshqaruvi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish va takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat fuqarolik xizmatini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlariga taalluqli davlat fuqarolik xizmati lavozimiga shaxslarni tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

vazirliklarning, davlat qoʻmitalarining va boshqa davlat boshqaruvi organlarining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga taalluqli davlat fuqarolik xizmati lavozimiga shaxslarni tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat fuqarolik xizmati sohasidagi davlat dasturlari va loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy mexanizmlari ishlab chiqilishini oʻz vakolatlari doirasida taʼminlaydi hamda ularni tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Maxsus vakolatli davlat organining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi davlat fuqarolik xizmati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus vakolatli davlat organi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat fuqarolik xizmati sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat fuqarolik xizmati sohasidagi davlat dasturlari va loyihalarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlarining kadrlar siyosati sohasidagi faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish jarayonlari va istiqbollarining monitoringi hamda tahlilini amalga oshiradi, shuningdek mazkur sohani takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari rahbarlariga davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisidagi qonunchilikning aniqlangan buzilishlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat fuqarolik xizmati sohasida kadrlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirishning innovatsion usullarini joriy etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati samaradorligini baholashning (eng muhim koʻrsatkichlariga oid) oʻlchanadigan indikatorlar tizimini joriy etadi va ularning natijalarini tahlil qiladi, jamoatchilik fikrini oʻrganadi hamda davlat organlari rahbarlarining ochiq reytingini shakllantirishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kadrlarni davlat fuqarolik xizmatiga tanlov asosida qabul qilishni tashkillashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat fuqarolik xizmati sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etadi va ularni izchil takomillashtirib boradi, davlat fuqarolik xizmatchilarining shaxsiga doir maʼlumotlarning xavfsizligini taʼminlagan holda ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, shuningdek ularning mehnat faoliyati va ijtimoiy jihatdan himoya qilinishi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratishga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat fuqarolik xizmati sohasida chet davlatlarning davlat organlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi, mazkur sohada Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzishda ishtirok etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Davlat organlarining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlarida davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisidagi qonunchilikning ijrosini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kadrlarni saralash va tanlash, davlat fuqarolik xizmatchilariga davlat fuqarolik xizmati lavozimlari malaka darajalari berish hamda xizmat tekshiruvlari oʻtkazish boʻyicha komissiyalarning faoliyatini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan xizmat majburiyatlarining bajarilishini va davlat fuqarolik xizmatini oʻtash bilan bogʻliq boʻlgan cheklovlarga rioya etilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlashni, ularning malakasi oshirilishini va taʼlim olishini muntazam ravishda tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan vakolatlarni amalga oshirish maqsadida davlat organlarida kadrlar boʻlinmalari faoliyat yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Davlat fuqarolik xizmatchisining huquqiy maqomi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmati lavozimida oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi davlat fuqarolik xizmatchisidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi davlat fuqarolik xizmati lavozimiga tayinlangan paytdan eʼtiboran davlat fuqarolik xizmatchisining huquqiy maqomiga ega boʻladi va davlat fuqarolik xizmatchisining faoliyati tugatilishi munosabati bilan uni yoʻqotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga taalluqli davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy maqomi bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha huquqlar, majburiyatlar va cheklovlar alohida qonunchilik bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisi quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning oʻziga xos xususiyati va murakkabligiga, bajarilgan ishlarning miqdori hamda sifatiga muvofiq oʻz vaqtida va toʻliq hajmda ish haqi olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasbiy kompetensiyalari va alohida xizmatlari uchun ragʻbatlantirilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organining mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan muntazam ravishda malakasini oshirib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda hamda shartlarda mehnat shartnomasiga oʻzgartishlar kiritish va shartnomani bekor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz mansab vakolatlarini, xizmat majburiyatlarini va javobgarligini belgilovchi lavozim yoʻriqnomasi va boshqa hujjatlar bilan tanishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiq boʻlgan ish oʻrniga ega boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish vaqti davomiyligining chegarasini, ayrim davlat fuqarolik xizmatchilari uchun qisqartirilgan ish vaqtini belgilash, har haftalik dam olish kunlari, ishlanmaydigan bayram kunlari, shuningdek yillik mehnat taʼtillari berish orqali taʼminlanadigan tarzda dam olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikka muvofiq huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinish, shuningdek davlat pensiya taʼminotini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organining qonunga xilof qarorlari va uning mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organi rahbariyatining noqonuniy topshiriq va talablarini bajarishdan bosh tortish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat fuqarolik xizmatidagi korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar faktlari toʻgʻrisida xabar bergan taqdirda, davlat himoyasi bilan taʼminlanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmatga oid masalalar yuzasidan davlat organining rahbariyatiga oʻz fikrini bildirish, oʻzi davlat fuqarolik xizmatini oʻtayotgan davlat organining faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsi davlat organining rahbariyati hamda boshqa mansabdor shaxslar tomonidan hurmat qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organi tomonidan qayta tayyorlash va malaka oshirishga yuborilgan taqdirda, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda davlat fuqarolik xizmati lavozimining va ish haqining saqlanib qolishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda belgilangan tartibda davlat fuqarolik xizmatini oʻtash vaqtida yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplanishi va maʼnaviy ziyonning kompensatsiya qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzining mehnat huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat fuqarolik xizmati masalalari yuzasidan maxsus vakolatli davlat organiga murojaat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzining shaxsiy hujjatlari toʻplami bilan tanishish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishi, davlat organi tomonidan belgilangan odob-axloq qoidalariga, xizmatga oid axborot bilan ishlash tartibiga, shuningdek davlat fuqarolik xizmatini oʻtash bilan bogʻliq boshqa qoidalarga rioya etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonunda belgilangan, davlat fuqarolik xizmatini oʻtash bilan bogʻliq boʻlgan cheklovlarga rioya etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymasligi, begʻaraz va xolis boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organining nufuzini tushirishga olib kelishi yoki uning oʻz xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishiga shubha tugʻdirishi mumkin boʻlgan harakatlardan (harakatsizlikdan), shu jumladan oʻz xizmat majburiyatlarini bajarayotganda har qanday shakldagi kamsitishdan, noxolislikdan yoki kimgadir nisbatan alohida munosabatda boʻlishdan tiyilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz xizmat mavqeyidan shaxsiy va boshqa gʻayriqonuniy maqsadlarda foydalanmasligi, shuningdek oʻz xizmat faoliyatiga, davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari va fuqarolarning faoliyatiga qonunga xilof taʼsir koʻrsatilishiga yoʻl qoʻymasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi talablarga rioya etishi, shuningdek oʻz xizmat majburiyatlarini bajarishi chogʻida olingan mazkur maʼlumotlarni oshkor qilmasligi, shu jumladan davlat fuqarolik xizmatchisining faoliyati tugaganidan keyin oshkor etmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunda belgilangan muddatlarda va tartibda daromadlari va mol-mulki toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat mulkining but saqlanishini taʼminlashi, oʻziga ishonib topshirilgan davlat mulkidan faqat xizmat maqsadlarida foydalanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzining kasbiy kompetensiyasini muntazam ravishda oshirib borishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchilarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Davlat fuqarolik xizmatini oʻtash bilan bogʻliq cheklovlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisi quyidagilarga haqli emas:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh boʻlgan shaxslar bilan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, oʻgʻillar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) aynan bitta davlat organida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita boʻysunishiga yoki uning nazorati ostida boʻladigan davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallashga, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa faoliyat bilan shugʻullanishga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) boʻlishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, maʼmuriy-xoʻjalik vazifalarini bajarishga, bundan aksiyadorlik jamiyatlarining erkin muomalada boʻlgan aksiyalariga qonunchilikda belgilangan talablar doirasida egalik qilish hollari mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzi xizmat qilayotgan davlat organi nazorati ostidagi yoki u bilan aloqalar va manfaatlarga ega boʻlgan tashkilotlardagi ulushlarni, paylarni va aksiyalarni bevosita yoki vakillar orqali olishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini koʻzlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovgʻalar olishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet davlat fuqaroligini olishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlar, preferensiyalar yoki afzalliklardan oʻz xizmat mavqeyi bilan bogʻliq holda foydalanishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega boʻlishga, koʻchmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga, bundan chet davlatda taʼlim olish, stajirovka oʻtash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar, shuningdek davlat fuqarolik xizmatiga kirishdan oldin olingan va oshkor qilingan mol-mulk mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzining vakolatlarini siyosiy partiyalarning, boshqa jamoat birlashmalarining va ular organlarining manfaatlarini koʻzlab amalga oshirishga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanib kelayotgan shaxs davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilingandan soʻng tadbirkorlik faoliyatini toʻxtatib turish tartibi qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisi shugʻullanishi mumkin boʻlmagan haq toʻlanadigan faoliyat turlari roʻyxati korrupsiyaga qarshi kurashish va davlat fuqarolik xizmati boʻyicha maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etmaganlik davlat fuqarolik xizmatchisini qonunga muvofiq intizomiy va boshqa javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi), shuningdek xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisining harakatlari (harakatsizligi) oʻzining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishiga sabab boʻldi deb hisoblovchi jismoniy yoki yuridik shaxs bunday harakatlar (harakatsizlik) ustidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) tufayli jismoniy yoki yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning oʻrni qonunchilikda belgilangan tartibda davlat organi tomonidan qoplanib, ushbu zarar keyinchalik aybdor boʻlgan davlat fuqarolik xizmatchisidan undirib olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organi rahbarining yoki mansabdor shaxslarning qonunga xilof topshirigʻini bajarish natijasida davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan yetkazilgan zararning oʻrni qonunchilikda belgilangan tartibda davlat organi tomonidan qoplanadi. Zarar miqdori qonunga xilof topshiriqni bergan davlat organi rahbaridan yoki mansabdor shaxsidan regress tartibida undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Davlat fuqarolik xizmati sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Davlat fuqarolik xizmati sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmati sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻyilmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat fuqarolik xizmatchisining manfaatlar toʻqnashuvini oldini olish va hal qilishning tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratish, ularga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat oʻtkazilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat fuqarolik xizmatchisining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiyalash tizimini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan sovgʻalar olish va berish tartibini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat fuqarolik xizmatchisining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishini, moddiy taʼminot olishini va ragʻbatlantirilishini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilikda davlat fuqarolik xizmati sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir boshqa chora-tadbirlar ham nazarda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisi korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlishi va korrupsiyaga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlarning (harakatsizlikning) oldini olishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar davlat fuqarolik xizmatchisi korrupsiya faktlari toʻgʻrisidagi axborotga ega boʻlsa, u korrupsiyaning oldini olish uchun zarur choralar koʻrishi, shu jumladan yuqori turuvchi davlat organini (mansabdor shaxsini) yoki korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha maxsus vakolatli davlat organini darhol xabar qilishi yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organga murojaat etishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korrupsiya faktlari toʻgʻrisida xabar bergan davlat fuqarolik xizmatchisiga qonunchilikda belgilangan tartibda davlat himoyasi taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalarida quyidagilar belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rahbarlar, boʻysunuvdagilar va boshqa davlat fuqarolik xizmatchilari oʻrtasidagi oʻzaro axloqiy munosabatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat fuqarolik xizmatchisining ishchanlik obroʻsiga va davlat fuqarolik xizmatining nufuziga putur yetkazishi mumkin boʻlgan harakatlar (harakatsizlik);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat fuqarolik xizmatchisining xizmat faoliyatidagi va xizmatdan tashqaridagi xulq-atvorining asosiy qoidalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalarini buzish ularni qonunga muvofiq intizomiy va boshqa javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat davlat organlarining kadrlar boʻlinmalari yoki odob-axloq komissiyalari, shuningdek maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari qonunchilikda belgilanadi. Har bir davlat organi Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari asosida faoliyatining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda oʻzining ichki odob-axloq qoidalarini tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Davlat fuqarolik xizmatida sovgʻalarga nisbatan munosabatda boʻlish shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatida davlat fuqarolik xizmatchisiga (uning oila aʼzolariga) bepul berilgan, moddiy qimmatga ega boʻlgan mol-mulk yoki davlat fuqarolik xizmatchisiga (uning oila aʼzolariga) begʻaraz koʻrsatilgan xizmat sovgʻa hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisining xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlarini koʻzlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan har qanday sovgʻalar olish taqiqlanadi. Bundan davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan alohida xizmatlari uchun davlat organining tegishli qarori asosida olingan sovgʻalar, shuningdek musobaqalar va tanlovlarda erishgan yutuqlari, davlat bayramlari, nishonlanadigan sanalar hamda boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan mukofotlash natijasida olingan sovgʻalar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchilari xizmat safarlari vaqtida, shuningdek xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan sovgʻalar olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin boʻlgan sovgʻa qiymati, shuningdek uni tasarruf etish tartibi korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Manfaatlar toʻqnashuvi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Manfaatlar toʻqnashuvi davlat fuqarolik xizmatchisining shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi uning oʻz xizmat vakolatlarini lozim darajada bajarishiga taʼsir koʻrsatadigan yoxud taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan hamda fuqarolarning, jamiyatning yoki davlat organining shaxsiy manfaatdorligi va huquqlari, qonuniy manfaatlari oʻrtasida qarama-qarshilik yuzaga keladigan yoki yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaziyatdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelgan taqdirda, davlat fuqarolik xizmatchisi oʻzining rahbariga yoki yuqori turuvchi davlat organiga darhol yozma shaklda xabar qilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Manfaatlar toʻqnashuvi mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotlar olgan davlat organining rahbari yoki yuqori turuvchi davlat organi ushbu toʻqnashuvni bartaraf etish yuzasidan oʻz vaqtida choralar koʻrishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Manfaatlar toʻqnashuvini oldini olish va hal etish tartibi qonun bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan daromadlari va mol-mulkini deklaratsiyalash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisi qonunda belgilangan muddatlarda va tartibda daromadlari hamda mol-mulki toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Davlat fuqarolik xizmatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Davlat fuqarolik xizmati tizimi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmati tizimi davlat fuqarolik xizmatchilarini markazlashtirilgan tarzda tanlab olish, hisobga olish, joy-joyiga qoʻyish, ularning mehnatiga haq toʻlash, kasbiy kompetensiyasini oshirish va xizmatda lavozim boʻyicha koʻtarish mexanizmlarining yagona tashkiliy-huquqiy majmuidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilangan malaka talablariga muvofiq boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining barcha fuqarolariga davlat fuqarolik xizmatiga kirish uchun teng imkoniyatlar kafolatlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun kasbiy kompetensiyasini shakllantirish davlat fuqarolik xizmatchisini qayta tayyorlashni, uning malakasini oshirishni, taʼlim olishini tashkil etish hisobidan taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisini tegishli ravishda ragʻbatlantirish va xizmatda lavozim boʻyicha koʻtarish uning kasbiy kompetensiyalarini hamda alohida xizmatlarini xolisona va adolatli baholash asosida taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri davlat organi darajasidan (milliy, respublika, hududiy va tuman) kelib chiqqan holda, malaka talablariga muvofiq birxillashtirilgan va tasniflangan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining guruhlari hamda toifalaridan, shuningdek davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining malaka darajalaridan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi hamda maxsus vakolatli davlat organi tomonidan yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri, shuningdek unga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar maxsus vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining guruhlari va toifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmati lavozimlari siyosiy, boshqaruv va yordamchi lavozim guruhlaridan iboratdir. Bunda mazkur guruhlarga tegishli lavozimlarning toifalari Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestrida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga taalluqli davlat fuqarolik xizmatchilarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish tartibi alohida qonunlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchilari davlat fuqarolik xizmatining boshqaruv va yordamchi guruhlariga taalluqli davlat fuqarolik xizmati lavozimlariga tanlov asosida tayinlanadi hamda davlat organi rahbari tomonidan lavozimidan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining malaka darajalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchilariga davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining guruhlari va toifalaridan kelib chiqqan holda davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining quyidagi malaka darajalari beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining guruhlari

Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining toifalari

Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining malaka darajalari

Siyosiy

Rahbar kadrlar

Oliy darajali maslahatchi

1-darajali maslahatchi

2-darajali maslahatchi

3-darajali maslahatchi

Boshqaruv

Boshqaruv kadrlari

1-darajali xizmatchi

2-darajali xizmatchi

3-darajali xizmatchi

Yordamchi

Mutaxassislar

4-darajali xizmatchi

5-darajali xizmatchi

6-darajali xizmatchi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchilariga davlat fuqarolik xizmati lavozimlari malaka darajalari (bundan buyon matnda malaka darajalari deb yuritiladi), qoida tariqasida, izchil tartibda, oliy maʼlumotga va muayyan ish stajiga, malaka oshirish kurslarini tugatganligi toʻgʻrisidagi sertifikatga, malaka komissiyasining ijobiy xulosasiga ega boʻlgan taqdirda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchilariga malaka darajalarini berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Milliy kadrlar zaxirasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy kadrlar zaxirasi davlat fuqarolik xizmatchilarining rahbarlik lavozimlarini malakali kadrlar bilan toʻldirish maqsadida davlat fuqarolik xizmatchilarini markazlashtirilgan holda saralab olish, tayyorlash, qayta tayyorlash va uzluksiz malakasini oshirish tizimidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy kadrlar zaxirasi davlat fuqarolik xizmatining rahbar kadrlar tarkibini barqaror taʼminlash va uning sifatini yaxshilash, davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyasini oshirish hamda xizmatda lavozim boʻyicha koʻtarish maqsadida shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish va yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan tartibda maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda. Davlat fuqarolik xizmati sohasidagi monitoring
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmati tizimida yagona tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni qoʻllashning bir xil amaliyotini taʼminlash maqsadida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan davlat organida monitoring oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monitoring davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisidagi qonunchilikning davlat organi tomonidan ijro etilishini oʻrganish yoʻli bilan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monitoring natijasida davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi aniqlangan taqdirda, maxsus vakolatli davlat organi tegishli davlat organi rahbariga davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisidagi qonunchilikning aniqlangan buzilishlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monitoring oʻtkazish tartibi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Davlat fuqarolik xizmatiga kirish tartibi va shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda. Davlat fuqarolik xizmatiga kirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatiga kirish tanlov asosida nomzodni davlat fuqarolik xizmati lavozimiga tayinlash orqali amalga oshiriladi, bundan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini qonunchilikda nazarda tutilgan boshqacha tartib boʻyicha egallash mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-modda. Davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatiga davlat tilini biladigan, davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallash uchun tegishli malaka talablariga va boshqa talablarga javob beradigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet el mutaxassislari va ekspertlari davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini qonunchilikda belgilangan tartibda egallashi mumkin. Chet el mutaxassislari va ekspertlarining xizmatni oʻtash tartibi hamda shartlari tegishli shartnoma asosida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinishi mumkin emas:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar, agar davlat fuqarolik xizmati lavozimiga doir malaka talablarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudning qarori bilan muayyan muddatga davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallash huquqidan mahrum qilingan shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda sud tomonidan aybdor deb topilgan shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiy xulosaga asosan sogʻligʻining holati davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash imkonini bermaydigan shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat fuqarolik xizmatini oʻtash bilan bogʻliq boʻlgan, ushbu Qonun 13-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etishni rad qilgan shaxslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-modda. Davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash tanlov asosida amalga oshiriladi, bundan qonunchilik bilan belgilangan kafolatlarga muvofiq oldingi lavozimni yoki unga teng boʻlgan lavozimni taqdim etish hollari, shuningdek ushbu Qonunning 39 va 41-moddalarida nazarda tutilgan holatlar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash uchun nomzodlarga jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, huquqlarining tengligi kafolatlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatining boʻsh turgan (vakant) lavozimini egallash maxsus vakolatli davlat organining axborot tizimi orqali oʻtkaziladigan ichki va tashqi tanlovlar asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki tanlovlarda faqat davlat fuqarolik xizmatchilari, tashqi tanlovlarda esa tegishli malaka talablariga javob beradigan barcha Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlov oʻtkaziladigan davlat fuqarolik xizmati lavozimlari va tanlov oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-modda. Mehnat shartnomasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatiga kirayotgan shaxs bilan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligi asosida muayyan yoki nomuayyan muddatga yozma shaklda tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga kiruvchi davlat fuqarolik xizmatchilari bilan mehnat shartnomasi tuzilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat shartnomasida davlat fuqarolik xizmatini oʻtashning asoslari va shartlari, davlat fuqarolik xizmatchisining huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligi, davlat fuqarolik xizmatini oʻtash bilan bogʻliq cheklovlar, shuningdek uni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilishga taalluqli qoidalar koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisi bilan tuziladigan mehnat shartnomasiga doir namunaviy talablar maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining shaxsiy hujjatlari toʻplami
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisining shaxsiy hujjatlari toʻplami uning shaxsga doir maʼlumotlardan va u tomonidan davlat fuqarolik xizmatini oʻtash toʻgʻrisidagi axborotdan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisining shaxsiy hujjatlari toʻplami davlat organining kadrlar boʻlinmasi tomonidan yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisining shaxsiy hujjatlari toʻplami elektron shaklda yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisining shaxsiy hujjatlari toʻplamiga davlat fuqarolik xizmatini oʻtash bilan bogʻliq boʻlmagan axborotni kiritish, shuningdek shaxsiy hujjatlar toʻplamidagi axborotni uchinchi shaxslarga davlat fuqarolik xizmatchisining roziligisiz berish taqiqlanadi, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining xizmat guvohnomasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisiga maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan shakldagi xizmat guvohnomasi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat guvohnomasida davlat fuqarolik xizmatchisi egallagan lavozimi, uning malaka darajasi, davlat organining toʻliq nomi, guvohnoma berilgan sana va uning amal qilish muddati koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat guvohnomasi davlat fuqarolik xizmatchisi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tasdiqlaydigan identifikatsiyalovchi karta koʻrinishida ham berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat guvohnomasini boshqa shaxslarga berish mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat guvohnomasining amal qilish muddati oʻtgan yoki davlat fuqarolik xizmatchisi lavozimdan ozod etilgan taqdirda, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda xizmat guvohnomasi uni bergan davlat organiga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Davlat fuqarolik xizmatini oʻtash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33-modda. Davlat fuqarolik xizmatini oʻtash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatini oʻtash muddati davlat fuqarolik xizmati lavozimiga tayinlangan paytdan eʼtiboran to davlat fuqarolik xizmatchisining faoliyati ushbu Qonunning 50-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra tugatilgan sanaga qadar boʻlgan davrni qamrab oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatini oʻtash mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat fuqarolik xizmatchisining ish vaqtini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat fuqarolik xizmatchisining lavozim yoʻriqnomasini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat fuqarolik xizmatchisining faoliyat samaradorligini baholashni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat fuqarolik xizmatida lavozim boʻyicha koʻtarilishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa davlat fuqarolik xizmati lavozimiga oʻtkazishni, shu jumladan rotatsiya tartibida oʻtkazishni va xizmat safarlarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyasini uzluksiz ravishda oshirishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat fuqarolik xizmatchilarining mehnatiga haq toʻlashning yagona tartibini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat fuqarolik xizmatchilariga nisbatan ragʻbatlantirish yoki intizomiy jazo choralarini qoʻllashni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga kiruvchi davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan davlat fuqarolik xizmatini oʻtash tartibi Oʻzbekiston Respublikasining alohida qonunlarida va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34-modda. Davlat fuqarolik xizmatchilarining ish vaqti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organida davlat fuqarolik xizmatchisi uchun besh kunlik ish haftasi belgilanadi. Bunda ish vaqtining davomiyligi haftasiga qirq soatdan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uch yoshga toʻlmagan bolalari bor davlat fuqarolik xizmatchilari boʻlgan ota-onasidan biriga (ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxsga) haftasiga oʻttiz besh soatdan oshmaydigan ish vaqti davomiyligi belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisi xizmat faoliyatining oʻziga xos xususiyatlariga qarab, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan ish vaqtining davomiyligi hisobga olingan, ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etilgan holda olti kunlik ish haftasi belgilanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organi tomonidan davlat fuqarolik xizmatchisi uchun oʻrnatilgan ish vaqtining davomiyligidan tashqari ish ish vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar yuz bergan taqdirda, davlat organi davlat fuqarolik xizmatchisini uning roziligisiz ish vaqtidan tashqari ishga jalb etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchilarini ish vaqtidan tashqari hamda dam olish kunlari va ishlanmaydigan bayram kunlari ishlarga jalb etish mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilgan holda, davlat organi rahbarining qarori asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisining ish vaqtidan tashqari ishi uchun kompensatsiya ish vaqtidan tashqari haqiqatda ishlab berilgan soatlariga kamida ikki hissa miqdorida haq toʻlash yoki ortiqcha ishlagan vaqtining davomiyligiga mos boʻlgan qoʻshimcha dam olish vaqti berish orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining lavozim yoʻriqnomasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisining lavozim yoʻriqnomasi davlat fuqarolik xizmatchisining mansab vakolatlarini, xizmat majburiyatlarini va javobgarligini belgilaydigan hujjatdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisining lavozim yoʻriqnomasi davlat organining rahbari tomonidan tasdiqlanadi yoki qonunchilikda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisi mehnat shartnomasini imzolashdan oldin davlat fuqarolik xizmatchisi lavozim yoʻriqnomasi bilan imzo qoʻydirib tanishtirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining samaradorligini baholash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisini ragʻbatlantirish hamda xolisona va adolatli mezonlar asosida xizmatda lavozim boʻyicha koʻtarilishini taʼminlash uchun uning faoliyati samaradorligini eng muhim koʻrsatkichlar asosida baholash tizimi joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatining samaradorligini eng muhim koʻrsatkichlar asosida baholash uslubiyati maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organi davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatining samaradorligini baholash uslubiyatiga muvofiq faoliyatining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda oʻz ichki tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37-modda. Davlat fuqarolik xizmati boʻyicha koʻtarilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmati boʻyicha koʻtarilish davlat fuqarolik xizmatchisining oʻz kasbiy kompetensiyasini uzluksiz ravishda oshirib borishi hisobiga xizmat faoliyatining natijadorligi asosida yuqoriroq lavozimga tayinlash yoki yuqoriroq malaka darajasini berish orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38-modda. Boshqa davlat fuqarolik xizmati lavozimiga oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisini boshqa davlat fuqarolik xizmati lavozimiga oʻtkazish uning yozma roziligi bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tibbiy xulosaga asosan sogʻligʻining holatiga koʻra, oʻz egallab turgan lavozimi boʻyicha xizmat majburiyatlarini bajara olmaydigan davlat fuqarolik xizmatchisiga uning yozma roziligi bilan kasbiy kompetensiyalariga mos boʻlgan va sogʻligʻining holati boʻyicha qarshi koʻrsatma mavjud boʻlmagan boshqa davlat fuqarolik xizmati lavozimi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining rotatsiyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisining rotatsiyasi uning shaxsiy va kasbga oid sifatlarini rivojlantirish, faoliyatining samaradorligini oshirish, rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisining rotatsiyasi uni egallab turgan davlat fuqarolik xizmati lavozimiga teng boʻlgan boshqa lavozimga oʻz roziligi bilan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida majburiy ravishda rotatsiya qilinishi lozim boʻlgan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining roʻyxati belgilanadi. Ushbu lavozimlarni egallab turgan davlat fuqarolik xizmatchilarining rotatsiyasi ularning roziligisiz amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagi davlat fuqarolik xizmatchilari rotatsiya qilinmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayyorlash, qayta tayyorlashdan va malaka oshirishdan oʻtayotgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
homilador ayollar, shuningdek uch yoshga toʻlmagan bolalari bor ayollar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiy xulosaga asosan oʻzlarining yoki ular bilan birga yashovchi oila aʼzolari sogʻligʻining holati rotatsiya oʻtkazilayotgan davlat fuqarolik xizmati lavozimi boʻyicha xizmat majburiyatlarini amalga oshirish imkoniyatini bermaydiganlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisining rotatsiyasi shartlari mehnat shartnomasida nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisi rotatsiya toʻgʻrisidagi qarordan norozi boʻlgan taqdirda yuqori turuvchi davlat organiga yoki maxsus vakolatli davlat organiga yoxud sudga shikoyat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatida rotatsiya qilish tartibi, majburiy ravishda rotatsiya qilinishi lozim boʻlgan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining roʻyxati, shuningdek rotatsiya qilinadigan lavozimlarda boʻlish muddati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining xizmat safarlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisi xizmat vazifasini bajarish uchun davlat organining qaroriga muvofiq muayyan muddatga xizmat safariga yuboriladi. Xizmat safari Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoki uning hududidan tashqarida amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisining xizmat safari davomiyligi davlat organi rahbari tomonidan xizmat vazifasining hajmi, murakkabligi va boshqa jihatlari hisobga olingan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisini xizmat safariga yuborish chogʻida uning lavozimi va oʻrtacha ish haqi saqlanadi, yashash bilan bogʻliq xarajatlar, transport xarajatlari, shuningdek xizmat safari bilan bogʻliq boshqa xarajatlarning oʻrni davlat organi tomonidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisining xorijiy mamlakatlarga xizmat safarini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisini boshqa davlat organiga vaqtincha xizmat safariga yuborish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisi boshqa davlat organining davlat fuqarolik xizmati lavozimiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarish uchun bir yildan koʻp boʻlmagan muddatga vaqtincha xizmat safariga yuborilishi mumkin. Bunda davlat fuqarolik xizmatchisining mehnatiga haq toʻlash u vaqtincha xizmat safariga yuborilgan davlat organi bilan alohida tuziladigan muddatli mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Avvalgi xizmat joyi boʻyicha tuzilgan mehnat shartnomasining amal qilishi davlat fuqarolik xizmatchisi vaqtincha xizmat safariga yuborilgan muddat tugaguniga qadar toʻxtatib turiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisiga haqiqatda bajarilgan ishiga qarab, oʻzining asosiy lavozimidagidan kam boʻlmagan miqdorda ish haqi toʻlanadi. Davlat organining davlat fuqarolik xizmatchisini boshqa davlat organiga vaqtincha xizmat safariga yuborish bilan bogʻliq xarajatlarining oʻrni vaqtincha xizmat safariga yuborilgan davlat fuqarolik xizmatchisini qabul qilgan davlat organi tomonidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisini boshqa davlat organining davlat fuqarolik xizmati lavozimiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarish uchun vaqtincha xizmat safariga yuborish faqat uning yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisini boshqa davlat organiga vaqtincha xizmat safariga yuborishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasbiy kompetensiyalariga toʻgʻri kelmaydigan davlat fuqarolik xizmati lavozimlariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiy xulosaga asosan oʻzining yoki u bilan birga istiqomat qiladigan oila aʼzosining sogʻligʻi davlat fuqarolik xizmatchisi vaqtincha xizmat safariga yuboriladigan davlat fuqarolik xizmati lavozimi boʻyicha xizmat majburiyatlarini amalga oshirish imkonini bermasa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar boshqa davlat organidagi mehnatga haq toʻlash yoki dam olish shartlari, qoʻshimcha kafolatlar va imtiyozlar davlat fuqarolik xizmatchisini vaqtincha xizmat safariga yuborgan davlat organidagidan farq qilsa, xizmatchiga nisbatan qulayroq shartlar qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyasini uzluksiz ravishda oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyasini uzluksiz ravishda oshirishdan maqsad uning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur boʻlgan bilimlar, koʻnikmalar va malakalarni egallashi uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyasi darajasi uning bilimlari, koʻnikmalari va malakalari darajasini aniqlash imkonini beruvchi axborot tizimlari orqali davlat organi tomonidan muntazam ravishda baholab boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta tayyorlash, malaka oshirish va mustaqil taʼlim olish davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyasini uzluksiz ravishda oshirishning asosiy shakllaridir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta tayyorlash davlat fuqarolik xizmatchisining samarali faoliyati uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha kasbiy bilimlar, koʻnikmalar va malakalarni egallashi maqsadida tashkil etilgan taʼlim jarayonidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Malaka oshirish davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyasini oshirishga va muntazam ravishda yangilab borishga qaratilgan taʼlim jarayonidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mustaqil taʼlim davlat fuqarolik xizmatchisining yangi bilimlar va tajribaga ega boʻlish boʻyicha ishdan boʻsh vaqtida kasbiy kompetensiyasini oshirish jarayonidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyasini uzluksiz ravishda oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining mehnatiga haq toʻlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisining mehnatiga haq toʻlash quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bazaviy lavozim maoshi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻp yillik xizmat uchun qoʻshimcha toʻlov;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka darajasi uchun qoʻshimcha toʻlov;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlariga erishganlik uchun qoʻshimcha ustama;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobot davri yakunlari boʻyicha ragʻbatlantirish toʻlovlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisining mehnat sharoitlari, u alohida muhim topshiriqlar va murakkab vazifalarni bajarganligi, boshqa shartlar munosabati bilan uning bazaviy lavozim maoshiga qonunchilikda belgilangan ragʻbatlantiruvchi qoʻshimcha toʻlovlar va ustamalar toʻlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan toʻlovlarni hisoblash tartibi va ularning miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisini ragʻbatlantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisiga quyidagi ragʻbatlantirish choralari qoʻllanilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lavozim maoshiga qoʻshimcha ustamalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul mukofoti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
navbatdan tashqari malaka darajasini berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
minnatdorchilik eʼlon qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatbaho sovgʻa, esdalik yoki koʻkrak nishoni yoxud yorliq bilan mukofotlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisi alohida xizmatlari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan ragʻbatlantirish choralarining qoʻllanilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash davlat organining rahbari tomonidan yoki uning tavsiyasiga koʻra amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi masalani hal etish chogʻida quyidagilar eʼtiborga olinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oy, chorak, yarim yil, yil yakunlari boʻyicha faoliyatning eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini bajarganlik va oshirib bajarganlik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻta muhim vazifalarni bajarganlik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zimmasiga yuklatilgan vazifaning murakkabligi va muhimligi, shuningdek uning faoliyatida erishilgan yuqori natijalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bayram kunlari, yubileylar, nishonlanadigan sanalar va pensiyaga chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining intizomiy javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan lavozim yoʻriqnomasiga va Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga, shuningdek ushbu Qonunning 13-moddasida belgilangan cheklovlarga rioya etmaganlik unga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash uchun asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hayfsan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrtacha oylik ish haqining oʻttiz foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda jarima;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka darajasini pasaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat fuqarolik xizmati lavozimini pasaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
egallab turgan davlat fuqarolik xizmati lavozimidan ozod qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilmagan boshqa intizomiy jazo choralarini qoʻllash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan intizomiy jazo choralarining qoʻllanilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Intizomiy jazo choralari davlat organining rahbari tomonidan qoʻllaniladi. Har bir intizomiy qilmish uchun faqat bitta intizomiy jazo chorasi qoʻllanilishi mumkin. Intizomiy jazo chorasini tanlash huquqi davlat organining rahbariga tegishlidir. Intizomiy jazo chorasini qoʻllash chogʻida qilmishning ogʻir-yengilligi, uning holatlari va davlat fuqarolik xizmatchisining xulq-atvori hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan intizomiy jazo chorasini qoʻllash davlat organi rahbarining tegishli qarori bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organi rahbarining davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan intizomiy jazo chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarori ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida, davlat fuqarolik xizmatchisi ishda yoʻq boʻlgan vaqt hisobga olinmasdan, unga jazoni qoʻllash sabablari koʻrsatilgan holda imzo qoʻydirib eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻziga nisbatan intizomiy jazo chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror bilan tanishtirilmagan davlat fuqarolik xizmatchisi intizomiy jazoga tortilmagan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisining oʻziga nisbatan intizomiy jazo chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror bilan tanishishni rad etganligi bunda hozir boʻlgan guvohlar koʻrsatilgan holda dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bunday holda davlat fuqarolik xizmatchisi qaror bilan tanishtirilgan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisining intizomiy javobgarlikka tortilishi unga nisbatan ragʻbatlantirish choralari qoʻllanilishini bekor qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun 46-moddasi ikkinchi qismining uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralari davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan oʻtkazilgan xizmat tekshiruvining xulosasiga asosan, shuningdek amalda intizomiy jazo chorasi mavjud boʻlganda qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisi oʻziga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy jazo chorasi ustidan yuqori turuvchi davlat organiga yoki maxsus vakolatli davlat organiga yoxud sudga shikoyat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48-modda. Intizomiy jazo choralarini qoʻllash muddatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Intizomiy jazo chorasi darhol, biroq intizomiy qilmish aniqlangan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Intizomiy jazo choralari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat fuqarolik xizmatchisi vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz boʻlgan davrda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat fuqarolik xizmatchisi taʼtilda yoki xizmat safarida boʻlgan davrda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat fuqarolik xizmatchisi favqulodda vaziyat yoki harbiy xizmatni oʻtashi bilan bogʻliq boʻlgan majburiyatlarni amalga oshirayotgan vaqtga oʻz xizmat majburiyatlarini bajarishdan ozod etilgan davrda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat fuqarolik xizmatchisi qayta tayyorlashda, malaka oshirishda boʻlgan va taʼlim olayotgan davrda qoʻllanilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Intizomiy jazo chorasini qoʻllash muddati ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan muddatlar oʻtguniga qadar toʻxtatib turiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Intizomiy jazo chorasi intizomiy qilmish sodir etilgan kundan eʼtiboran olti oydan kechiktirmay, taftish yoki moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish yoxud auditorlik tekshiruvi natijalariga koʻra esa — qilmish sodir etilgan kundan eʼtiboran ikki yildan kechiktirmay qoʻllanilishi mumkin. Koʻrsatilgan muddatlarga jinoyat ishi boʻyicha ish yuritish vaqti kiritilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Intizomiy jazo chorasi jazo qoʻllanilgan kundan boshlab bir yil davomida amal qiladi. Agar mazkur muddat ichida davlat fuqarolik xizmatchisiga yangi intizomiy jazo chorasi qoʻllanilmagan boʻlsa, u intizomiy jazoga tortilmagan deb hisoblanadi. Bunda intizomiy jazo chorasining muddati davlat organi rahbarining tegishli qarori chiqarilmagan holda, avtomatik tarzda tugaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organi rahbari intizomiy jazo chorasini oʻz tashabbusiga koʻra, davlat fuqarolik xizmatchisining bevosita rahbarining, kasaba uyushmasining (mavjud boʻlgan taqdirda) iltimosnomasiga binoan, shuningdek davlat fuqarolik xizmatchisining iltimosiga koʻra muddatidan ilgari olib tashlash huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49-modda. Xizmat tekshiruvi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat tekshiruvi mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda davlat organi rahbarining qaroriga koʻra oʻtkaziladi. Davlat fuqarolik xizmatchisi oʻziga nisbatan asossiz ayblovlar qoʻyilgan yoki xulosalar chiqarilgan deb hisoblaganda ham uning yozma arizasi asosida xizmat tekshiruvidan oʻtkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat tekshiruvi davomida quyidagilar aniqlanishi zarur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
intizomiy qilmishga sabab boʻlgan holatlar va shart-sharoitlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat fuqarolik xizmatchisini intizomiy qilmishda ayblashning asosliligi yoki asossizligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
intizomiy qilmish natijasida yetkazilgan zararning oʻziga xos xususiyati va miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat fuqarolik xizmatchisining tushuntirishlari va yozma ravishda bergan talablarida koʻrsatilgan vajlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organidagi xizmat tekshiruvi davlat organining kadrlar boʻlinmasi, yuridik xizmati va boshqa boʻlinmalari, shuningdek kasaba uyushmasi (mavjud boʻlgan taqdirda) vakillaridan iborat boʻlgan xizmat tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha komissiya tomonidan oʻtkaziladi. Xizmat tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha komissiya tarkibiga davlat organining rahbari hamda xizmat tekshiruvi natijasidan manfaatdor boʻlgan shaxslar kirishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat tekshiruvini oʻtkazish zarur boʻlgan hollarda, davlat organining rahbari davlat fuqarolik xizmatchisini xizmat tekshiruvi oʻtkazish mobaynida xizmat majburiyatlarini bajarishdan uning oʻrtacha ish haqini saqlab qolgan holda vaqtincha chetlatish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat tekshiruvini oʻtkazish muddati oʻn besh ish kunidan oshmasligi kerak. Davlat organining rahbari xizmat tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha komissiyaning asoslantirilgan vajlari asosida xizmat tekshiruvini oʻtkazish muddatini yana oʻn besh ish kunigacha uzaytirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat tekshiruvi natijasiga koʻra xizmat tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha komissiyaning dalolatnomasi tuziladi va davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan intizomiy jazo chorasini qoʻllash yoki qoʻllamaslik toʻgʻrisidagi xulosa tayyorlanadi. Xizmat tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha komissiyaning xulosasi davlat organi rahbari tomonidan rad etilishi yoki davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan intizomiy jazo chorasini qoʻllash uchun asos boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining tugatilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatini tugatish asoslari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatini tugatish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq mehnat shartnomasining bekor qilinganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligining davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan yoʻqotilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatini davom ettirish imkoniyatini istisno etuvchi jazoga tortilganligiga doir sud hukmining qonuniy kuchga kirganligi, shuningdek unga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi sudning ajrimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat fuqarolik xizmatchisining davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallashi uchun ahamiyatga ega boʻlgan yolgʻon axborot taqdim etilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik sodir etilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat fuqarolik xizmatini oʻtash bilan bogʻliq cheklovlarga davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan rioya etilmaganligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining tugatilganligi davlat fuqarolik xizmatchisi huquqiy maqomining yoʻqotilishiga sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining qonunga xilof ravishda tugatilishi oqibatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining qonunga xilof ravishda tugatilganligi aniqlangan taqdirda davlat fuqarolik xizmatchisi avvalgi davlat fuqarolik xizmati lavozimiga tiklanadi, buning imkoni boʻlmaganda esa (davlat organining tugatilganligi, shtatlar qisqartirishga sabab boʻladigan tarzda oʻzgartirilganligi yoki ushbu xizmatchini avvalgi davlat fuqarolik xizmati lavozimiga tiklashga monelik qiladigan, qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslar mavjud boʻlganda) avvalgi lavozimiga teng boʻlgan boshqa davlat fuqarolik xizmati lavozimiga tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmati lavozimiga tiklangan davlat fuqarolik xizmatchisiga uning faoliyati qonunga xilof ravishda tugatilganligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining qonunga xilof ravishda tugatilishida aybdor boʻlgan shaxs qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻladi. Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining qonunga xilof ravishda tugatilishi bilan bogʻliq zararning miqdori aybdor shaxsdan regress tartibida undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. Davlat fuqarolik xizmatchisini huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisini huquqiy jihatdan himoya qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisi davlat organining qonunga xilof qarorlari, shuningdek ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan yuqori turuvchi davlat organiga yoki maxsus vakolatli davlat organiga yoxud sudga shikoyat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organining qonunga xilof qarorlari, shuningdek ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida davlat fuqarolik xizmatchisining buzilgan, nizolashilayotgan huquqlarini, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisiga yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplash va maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish bilan bogʻliq nizolar fuqarolik protsessual qonunchilik bilan belgilangan tartibda hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisini ijtimoiy jihatdan himoya qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisini ijtimoiy jihatdan himoya qilish davlat tomonidan quyidagilar orqali taʼminlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat taʼtili va ijtimoiy taʼtillar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hayoti va sogʻligʻini majburiy sugʻurta qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hayotiga, sogʻligʻiga va mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat pensiya taʼminoti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisiga quyidagi ijtimoiy himoya choralari kafolatlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiy xizmat koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rotatsiya tartibida boshqa davlat fuqarolik xizmati lavozimiga oʻtkazilishi bilan bogʻliq xarajatlarning, shu jumladan yashash va transport xarajatlarining oʻrnini qoplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat uy-joylari, xizmat transporti bilan yoki uy-joy va transport xarajatlari uchun pulli kompensatsiya bilan qonunchilikda belgilangan hollarda hamda tartibda taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisiga qonunchilikka muvofiq boshqa ijtimoiy himoya choralari ham qoʻllanilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga qonunchilikda belgilangan asoslarda va miqdorlarda toʻlanadigan barcha turdagi ijtimoiy nafaqalar tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy nafaqalarni toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan toʻlovlar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining mehnat va ijtimoiy taʼtillari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisiga davomiyligi yigirma yetti kalendar kunidan kam boʻlmagan yillik asosiy taʼtil beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisiga koʻp yillik xizmati va alohida mehnat sharoitlari uchun yillik qoʻshimcha mehnat taʼtillari beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻp yillik xizmati va alohida mehnat sharoitlari uchun yillik qoʻshimcha mehnat taʼtillarini berish tartibi hamda ularning davomiyligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmati lavozimining toifasiga qarab qonunchilikda yillik asosiy va qoʻshimcha mehnat taʼtillarining boshqacha davomiyligi belgilanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisiga ijtimoiy taʼtillar berish mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining hayoti va sogʻligʻini majburiy sugʻurta qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisining hayoti va sogʻligʻi davlatning muhofazasida boʻladi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda majburiy sugʻurta qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining hayotiga, sogʻligʻiga va mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisining hayoti yoki sogʻligʻiga mehnatda mayib boʻlishi, kasb kasalligiga chalinganligi yoki sogʻligʻi oʻz xizmat majburiyatlarini bajarishi chogʻida boshqacha tarzda shikastlanganligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrni qonunda belgilangan tartibda davlat organi tomonidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisi xizmat majburiyatlarini bajarayotganda vafot etgan taqdirda, uning qaramogʻida boʻlgan oila aʼzolariga davlat organi tomonidan vafot etgan shaxsning oʻrtacha yillik ish haqining olti baravaridan kam boʻlmagan miqdorda bir yoʻla toʻlanadigan nafaqa ularning soniga teng taqsimlangan holda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq holda davlat fuqarolik xizmatchisining mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablagʻlari hisobidan toʻliq hajmda qoplanadi, ushbu summa miqdori keyinchalik aybdor shaxslardan regress tartibida undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan ziyonning, zararning oʻrnini qoplash boʻyicha toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57-modda. Davlat pensiya taʼminoti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga tayinlanadigan barcha turdagi davlat pensiyalari davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan qonunda belgilangan asoslarga koʻra qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vafot etgan davlat fuqarolik xizmatchisining qaramogʻida boʻlgan mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzolari boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini olish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchisining davlat pensiya taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmatchilariga pensiyalarni tayinlash, hisoblab chiqarish tartibi, ularning miqdorlari hamda davlat pensiya taʼminoti boʻyicha qoʻshimcha ijtimoiy kafolatlar fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58-modda. Davlat fuqarolik xizmati sohasidagi tadbirlarni moliyalashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmati sohasidagi tadbirlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59-modda. Xalqaro hamkorlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmati sohasidagi xalqaro hamkorlik xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari va normalariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga hamda xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60-modda. Nizolarni hal etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmati sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61-modda. Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 8-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-788-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2022-y., 03/22/788/0723-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son)