Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
View
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.12.00 Agronomlik tadbirlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.13.00 Kimyolashtirish. Oʻsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat;
2.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 10-iyundagi PQ-277-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 10-iyundagi PQ-277-son qaroriga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) deb qayta nomlangan holda Qishloq xoʻjaligi vazirligi tasarrufiga oʻtkazilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institutning bino va inshootlarini saqlash, shuningdek, uning xodimlari (ilmiy xodimlardan tashqari) mehnatiga haq toʻlash boʻyicha xarajatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirishning amaldagi tartibi saqlab qolinganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Andijon, Buxoro, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida Institutning mintaqaviy boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — mintaqaviy boʻlinmalar) tashkil etilishi hamda Institutning amaldagi mavjud 8 ta shtat birligi teng ulushlarda mintaqaviy boʻlinmalariga oʻtkazilishi hamda mazkur shtat birliklari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institut mintaqaviy boʻlinmalarining bino va inshootlarini saqlash xarajatlari har yili Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan Qishloq xoʻjaligi vazirligiga ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdorlari doirasida amalga oshirilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuproqshunoslik va agrokimyo yoʻnalishlarida, jumladan yerlarning degradatsiyasi hamda choʻllanishi jarayonlarining oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha dolzarb fundamental, ilmiy-amaliy va innovatsion tadqiqot loyihalarini amalga oshirish hamda ushbu yoʻnalishlardagi ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻoriladigan va lalmi yerlarning unumdorlik darajasini aniqlashning ilmiy asoslangan usullarini va ilmiy-amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish, tuproqni baholash (bonitirovka) ishlarini amalga oshirish va sertifikat berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuproqning holatini operativ kuzatish va diagnostika qilish, uning unumdorligi boʻyicha “Tuproq klinikasi” xizmatlarini koʻrsatish, tuproqning holatini tahlil qilish boʻyicha laboratoriyalar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuproqning holatini tahlil qilish boʻyicha xalqaro standartlarni joriy etish, davlat standarti talablarini xalqaro talablar bilan uygʻunlashtirish hamda tuproqshunoslik va agrokimyo yoʻnalishida sinov va tahlillar oʻtkazish boʻyicha arbitraj (referens) faoliyatini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuproqning shoʻrlanganlik va eroziyalanganlik hamda agrokimyoviy xaritalarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuproqning organik uglerod, oziqa elementlari zaxiralari va ularning harakatchan shakllari bilan taʼminlanganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuproqshunoslik va agrokimyo yoʻnalishlarida yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti mintaqaviy boʻlinmalarining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Institutning yangi tashkil etilayotgan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Andijon viloyati mintaqaviy boʻlinmasiga — Andijon viloyati Andijon shahrining Eski Oʻsh koʻchasidagi 132-uy manzilida joylashgan Andijon viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasiga tegishli bino va inshootlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buxoro viloyati mintaqaviy boʻlinmasiga — “Urugʻchilikni rivojlantirish” markazining Buxoro viloyati Buxoro tumani “Rabotiqalmoq” QFY Koʻchkisafed qishlogʻidagi 56-uy manzilida joylashgan Buxoro viloyati boshqarmasiga tegishli bino va inshootlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qashqadaryo viloyati mintaqaviy boʻlinmasiga — Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrining “Ravoq” MFY Islom Karimov koʻchasidagi 62-uy manzilida joylashgan Qarshi qurilish kasb-hunar kollejiga tegishli oʻquv-ishlab chiqarish ustaxonasi binosi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorazm viloyati mintaqaviy boʻlinmasiga — Xorazm viloyati Xiva shahrining Buyuk yoʻl koʻchasidagi 2-uy manzilida joylashgan Xiva tumani irrigatsiya boʻlimiga tegishli bino va inshootlar operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institutning Andijon, Buxoro, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlaridagi mintaqaviy boʻlinmalarining bino va inshootlarini taʼmirlash hamda jihozlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4803-son qaroriga 2a-ilovaning 1-bandida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institutning markaziy laboratoriyasini rivojlantirish uchun “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida 1,8 mln AQSh dollari miqdorida mablagʻ ajratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institutning mintaqaviy boʻlinmalarida tuproq tahlili laboratoriyalarini tashkil etish uchun 2023-yilga moʻljallangan davlat ilmiy dasturlari doirasida 3,5 mlrd soʻm hamda “Tuproq klinikasi” mobil laboratoriyalarini xarid qilish uchun 3,6 mlrd soʻm mablagʻ yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi ilmiy tashkilotlarning tuzilmalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 24-sentabrdagi 601-son qarorining 2-bandi toʻqqizinchi xatboshisi va 8-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 19-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
389-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-iyuldagi 389-son qaroriga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI

Direktorning ilm-fan va ilmiy faoliyat boʻyicha maslahatchisi*
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Xodimlarning umumiy cheklangan soni 87 nafar (ilmiy yordamchi va yordamchi xodimlardan tashqari).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy-tadqiqot instituti bajaradigan ilmiy-tadqiqot ishlarining hajmidan kelib chiqib, ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirish uchun ilmiy xodimlar shartnoma asosida jalb qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*Budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ilmiy laboratoriyalar (boʻlim) va rahbarlar.

**Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladigan ilmiy laboratoriyalar (boʻlim) va xodimlar.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-iyuldagi 389-son qaroriga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti mintaqaviy boʻlinmalarining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY TUZILMASI

Izoh. Xodimlarning umumiy cheklangan soni 22 nafar (ilmiy yordamchi va yordamchi xodimlardan tashqari).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy-tadqiqot institutining mintaqaviy boʻlinmalari bajaradigan ilmiy-tadqiqot ishlarining hajmidan kelib chiqib, ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirish uchun ilmiy xodimlar shartnoma asosida jalb qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*Budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ilmiy laboratoriyalar (boʻlim) va rahbarlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
**Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladigan ilmiy laboratoriyalar (boʻlim) va xodimlar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.07.2022-y., 09/22/389/0648-son)