Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.08.2024 04.07.2022 yildagi 358-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 04.07.2022 yildagi 358-son
Date of entry into force
05.07.2022
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.08.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi faoliyatini tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-avgustdagi 500-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi faoliyatini tartibga solish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2022-yil 1-martdagi PQ-146-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi) maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasining huquqlari hamda javobgarligi, shuningdek, uning faoliyatini tashkil etish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi rahbariyatining asosiy funksional vazifalari va javobgarligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi faoliyatini moliyalashtirish, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi huzurida yuridik shaxs tashkil etmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasini rivojlantirish va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasini rivojlantirish va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki, Jamgʻarma daromadlari quyidagilar hisobidan shakllantiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasiga ajratilishi lozim boʻlgan mablagʻlarning 12 foizini hamda “Obod va xavfsiz mahalla” jamgʻarmasiga ajratilishi lozim boʻlgan mablagʻlardan 3 milliard soʻm yoʻnaltirish hisobiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yildan boshlab davlat budjeti parametrlarida Jamgʻarma uchun 15 mlrd soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda mablagʻ ajratish nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Moliya vazirligi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi bilan birgalikda mazkur qaror ijrosi boʻyicha 2022-yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasiga tegishli oʻzgartirish kiritilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi Z.B. Mahkamova zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 4-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
358-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 358-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) maqomi, asosiy vazifalari, faoliyat yoʻnalishlari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qoʻmita oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi hamda oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi oʻrinlarda — Vazirlar Mahkamasi) boʻysunadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qoʻmita oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoʻmita oʻz faoliyatini davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qoʻmitaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qoʻmita, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Yagona gʻazna hisobvaragʻida milliy va xorijiy valyutalarda shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari va mahallalardagi xotin-qizlar faollarining faoliyati mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi va tuman (shahar)lar hokimliklarining buxgalteriyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qoʻmitaning rasmiy nomi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) davlat tilida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, qisqartirilgan nomi — Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) rus tilida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq nomi — Gosudarstvenniy komitet semi i jenshin Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Gosudarstvenniy komitet semi i jenshin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) ingliz tilida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq nomi — The State Committee on Family and Women of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — The State Committee on Family and Women.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qoʻmita joylashgan joy (pochta manzili): 100000, Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Ismoiliy koʻchasi, 1 G-uy.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Qoʻmitaning tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qoʻmita tizimiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita markaziy apparati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Toshkent shahar va viloyatlar oila va xotin-qizlar boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — tuman (shahar) boʻlimlari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi;
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika va hududiy “Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xotin-qizlar masalalari boʻyicha boshlangʻich tashkilotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oila va jamiyat” gazetasi, “Saodat” jurnali, “Markaziy Osiyoda jamiyat, gender va oila” xalqaro ilmiy jurnali.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Hududiy boshqarmalar Qoʻmitaga, tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hisobot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman (shahar) boʻlimlari tegishli hududiy boshqarmalar va tuman (shahar) hokimliklariga hisobot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti, Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi, respublika va hududiy “Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari”, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi, Xotin-qizlar masalalari boʻyicha boshlangʻich tashkilotlar, “Oila va jamiyat” gazetasi, “Saodat” jurnali, “Markaziy Osiyoda jamiyat, gender va oila” xalqaro ilmiy jurnali Qoʻmitaga hisobot beradi.
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Qoʻmita va uning hududiy boʻlinmalarining asosiy vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Quyidagilar Qoʻmitaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi oʻrni va faolligini oshirish, gender tenglik kafolatlarini taʼminlash, ularni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oila va xotin-qizlarning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash, ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oila va xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlarga mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblar boʻyicha bilim va koʻnikmalarni egallashlari uchun zarur sharoitlar yaratish, qishloq joylardagi xotin-qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, oiladagi maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlar yoʻnalishidagi nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatiga yordam berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Qoʻmita oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi oʻrni va faolligini oshirish, gender tenglik kafolatlarini taʼminlash, ularni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali ijrosini taʼminlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi roli va faolligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlarni oila, mahalla va mehnat jamoalarida ijtimoiy-huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, maʼnaviyatini yuksaltirish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, zamonaviy namunali oilani shakllantirish, uning maʼnaviy-axloqiy muhitini va anʼanaviy oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirishda Qoʻmitaning hududiy boʻlinmalari va mahallalardagi xotin-qizlar faollari ishini samarali tashkil etish choralarini koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qoʻllab-quvvatlashga doir islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholi oʻrtasida keng targʻib qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilalar va xotin-qizlar, ayniqsa, ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oilalar va xotin-qizlarni ijtimoiy va moddiy qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, ularning birinchi navbatdagi ehtiyojlari qondirilishida har tomonlama yordam berishni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oila va xotin-qizlar uchun nazarda tutilgan imtiyozlar boʻyicha qonun hujjatlari ijrosining nazoratini, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va tibbiy yordam bilan taʼminlash sohasida tegishli davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni amalga oshirish choralarini koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlarning murojaatlari va uyma-uy yurish jarayonida aniqlangan muammolarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar (keyingi oʻrinlarda — sektorlar), mutasaddi davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan oʻz vaqtida hal etilishi yuzasidan muntazam monitoring yuritadi va koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini koʻzlab sudlarga ariza (shikoyat) va daʼvolarni kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish sohasida ijtimoiy sheriklik tizimini rivojlantirishga, hukumat va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik tamoyillarining amalga oshirilishiga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan xotin-qizlar huquqlariga oid xalqaro hujjatlarning muhokama qilinishida, shuningdek, gender tenglik, ayollar masalalari bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarning huquqlari va faoliyatining kafolatlarini kengaytirish, yoshlarga oid va ijtimoiy sohalarga aloqador boshqa masalalar yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlarning ishlab chiqilishida ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlarda xotin-qizlar jamoatchilik kengashlari ishini samarali tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlar masalalari boʻyicha boshlangʻich tashkilotlarga, jumladan, vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari va taʼlim muassasalarida xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahat kengashlariga har tomonlama koʻmaklashadi hamda ularning faoliyati samaradorligini oshirish choralari koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtidorli qizlarni aʼlo xulqi, noyob isteʼdodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, oʻqishdagi muvaffaqiyatlari hamda adabiyot, madaniyat, sanʼat, taʼlim va sport sohalaridagi alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash ishlarini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlar oʻrtasida har yili ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi oʻrni va faolligini oshirishga qaratilgan turli koʻrik-tanlovlarni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, ularning faoliyatini tahlil qiladi, muvofiqlashtiradi, mazkur tashkilotlar rahbarlari bilan hamkorlikda ularning samarali ishlashini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi topshiriqlariga binoan hamda oʻz tashabbusiga koʻra, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyatning belgilangan sohasiga tegishli masalalar boʻyicha hujjatlar qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati sohasiga tegishli normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasiga oila va xotin-qizlar masalalari bilan bogʻliq normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oila institutini yanada mustahkamlashning yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolli strategiyalarini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar va idoralar, xoʻjalik birlashmalarining oila va xotin-qizlar masalalari bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, rivojlantirish dasturlari loyihalarini kelishadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolati doirasida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida oila institutining xalqaro reytinglardagi oʻrnini yaxshilash tadbirlarini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda xotin-qizlarni ilm-fanga keng jalb etish, ular oʻrtasida innovatsiyalarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) oila va xotin-qizlarning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash, ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oila va xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam koʻrsatish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlarning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash, ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar, shu jumladan, nogironligi boʻlgan ayollar bilan yakka tartibda hamda aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlarni olib borish, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam koʻrsatish ishlarini tashkil etadi, ushbu yoʻnalishda mahallalardagi xotin-qizlar faollarining ishini muvofiqlashtirib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahallalardagi xotin-qizlar faollariga xotin-qizlarning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etishda, ularni ogʻir ijtimoiy ahvoldan chiqarish choralarini amalga oshirishda metodik va amaliy koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan, nogironligi boʻlgan ayollarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam koʻrsatish tizimini shakllantirish, ularning iqtisodiy barqarorligini taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlarning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj boʻlgan va ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarning, shu jumladan, kam taʼminlangan hamda nogironligi boʻlgan ayollarning manzilli roʻyxatlarini tuzish, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam koʻrsatish ishlarini tashkil etadi;
(12-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joyga muhtoj, ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan, kam taʼminlangan hamda nogironligi boʻlgan xotin-qizlarning roʻyxatini tuzish, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish, Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi hisobidan boshlangʻich badalni toʻlab berish orqali ularni arzon uy-joylar bilan taʼminlashda koʻmaklashish ishlarini tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band “b” kichik bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zoʻravonlikning oldini olish, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan yoki oʻz joniga suiqasd qilgan yoki suiqasd qilishga moyil boʻlgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi hamda ushbu yoʻnalishda ilgʻor xorijiy davlatlarning ijobiy tajribasini joriy etish choralarini koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni oʻrganish hamda sogʻlomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda mahallalardagi xotin-qizlar faollarining davlat hamda jamoat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlikdagi faoliyatini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notinch va muammoli oilalarni aniqlash, ularning manzilli roʻyxatlarini tuzish, maʼnaviy-axloqiy muhitni sogʻlomlashtirish, nizoli holatlarning oldini olish, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash va milliy mentalitetga zid boʻlgan yot xavf-xatarlarga qarshi kurashish maqsadida ular bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ishlashni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylari, shuningdek “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining bolalar mahallalarida tarbiyalanayotgan, vasiylikka, homiylikka va oilaga tarbiyaga olingan (patronat) qizlarning taʼlim-tarbiyasiga, ularni balogʻatga, turmushga tayyorlash ishlariga yordamlashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili kamida ikki marotaba oʻquv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan, vasiylikka, homiylikka va oilaga tarbiyaga olingan (patronat) qizlarning ijtimoiy holatini oʻrganib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan, vasiylikka, homiylikka va oilaga tarbiyaga olingan (patronat) qizlarning muammolarini joyida hal qilishga hamda oʻquv-tarbiya muassasalaridan keyin hayotda oʻz oʻrnini topishiga har tomonlama koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlar oʻrtasida turli salbiy ijtimoiy harakatlar, ayniqsa, oʻz joniga qasd qilish, fohishabozlik, voyaga yetmagan qizlarning erta turmushga chiqishi kabi holatlarning sabablarini chuqur oʻrganish hamda natijalari boʻyicha mahallalar, mahalliy hokimliklar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda profilaktika chora-tadbirlari amalga oshirilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) xotin-qizlarga mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblar boʻyicha bilim va koʻnikmalarni egallashlari uchun zarur sharoitlar yaratish, qishloq joylardagi xotin-qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari bilan xotin-qizlarning bandligini taʼminlash choralarini koʻrish, mehnat sharoitlarini yaxshilashga oid masalalarni hal etish, qishloq joylardagi xotin-qizlarni, ayniqsa, yosh qizlarni tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish uchun biznes tuzilmalari, tadbirkor ayol birlashmalarining imkoniyatlaridan samarali foydalanish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishsiz va ijtimoiy faol boʻlmagan xotin-qizlar bilan individual ish olib borish, ularni kasb-hunarga tayyorlash boʻyicha oʻqitishga qaratilgan tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yoʻlga qoʻyish istagida boʻlgan xotin-qizlarga tijorat banklari tomonidan belgilangan tartibda kredit mablagʻlari, Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kreditlar ajratilishiga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlarning tadbirkorlik gʻoyalarini amalga oshirish, ular faoliyatiga kredit, subsidiya va boshqa yordam choralarini jalb qilish boʻyicha mahallalardagi xotin-qizlar faollarining hududdagi tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimlari yordamchilari bilan hamkorligini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahallalardagi xotin-qizlar faollarining “Ayollar maslahat kengashlari” bilan yaqin hamkorlikda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish, biznesga oid namunaviy rejalarni ishlab chiqish va kredit olishda ularga koʻmaklashish, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlarni amalga oshirish ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtirib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joylarda xotin-qizlarning bandligini taʼminlash, ular oʻrtasida tadbirkorlikni, hunarmandchilikni rivojlantirish boʻyicha koʻrilayotgan amaliy choralar samaradorligini monitoring qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahallalarda xotin-qizlarni kasbga oʻqitish, moliyaviy savodxonligini oshirish, tadbirkorlik bilan shugʻullanish hissini uygʻotish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika va hududiy “Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari” faoliyatini samarali tashkil etish choralarini koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) xotin-qizlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, oiladagi maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahallalarda xotin-qizlar uchun ularning yoshini hisobga olgan holda turli ijtimoiy-madaniy va sogʻlomlashtirish tadbirlari, maxsus sport musobaqalari, shuningdek, yozuvchilar, sanʼatkorlar, rassomlar va boshqa ijod ahli vakillarini taklif etgan holda ijodiy kechalar tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlarni sogʻlomlashtirish, madaniyat, turizm, jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil etish, sanatoriy-kurortlarda davolash, bolalarni sogʻlomlashtirish va ularning dam olishi masalalarida davlat organlari, mahallalar, ish beruvchilar, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oila institutini mustahkamlash, “Sogʻlom oila — sogʻlom jamiyat” gʻoyasini ijtimoiy hayotga tatbiq etish choralarini koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy oilani rivojlantirish, oilaning ichki munosabatlari, shaxslararo munosabatlar, yaxshi qoʻshnichilik munosabatlari, boy madaniy, tarixiy meros va anʼanaviy oilaviy qadriyatlar asosida oila institutini mustahkamlash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularga oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini oʻrgatish, oilalarni mustahkamlash, erta nikoh va oilaviy ajralishlarning oldini olish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oila-nikoh munosabatlari sohasida amaliyotni oʻrganish hamda tajriba almashish borasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlarning oilalarni mustahkamlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda ularning farzand tarbiyasidagi rolini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda xotin-qizlarga koʻrsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini, ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini taʼminlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirish choralarini koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik koʻrsatgan, oʻzining samarali mehnati bilan oilaning totuvligi va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qoʻshgan, shuningdek, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, joylarda maʼnaviy-axloqiy muhitni sogʻlomlashtirish va milliy qadriyatlarni keng targʻib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash ishlarini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farovon va barqaror oilalarning hayotiy tajribasini ommalashtirish maqsadida oila institutini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qoʻshgan oilalarni “Ibratli oila” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash ishlarini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) xotin-qizlar yoʻnalishidagi nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatiga yordam berish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi oʻrni va faolligini oshirish, gender tenglik kafolatlarini taʼminlash sohalarida nodavlat notijorat tashkilotlarga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlar yoʻnalishidagi nodavlat notijorat tashkilotlarning ilgʻor tajribasini ommalashtirish, ular tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda koʻmaklashish choralarini koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahallalarda soha mutaxassislarini hamda nodavlat notijorat tashkilotlarni jalb etgan holda xotin-qizlar uchun “Maʼnaviyat soatlari” va “Huquqiy bilimlar” tadbirlari oʻtkazilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini taʼminlash, kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni ehtiyojmandlik darajasidan chiqarish boʻyicha jamoatchilik nazoratini taʼminlashda nodavlat notijorat tashkilotlarni jalb etish ishlarini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita tizimidagi xodimlarning bilim va koʻnikmalarini oshirish ishlarini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita qonun hujjatlarida belgilangan boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Qoʻmita va uning hududiy boʻlinmalarining huquqlari va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Qoʻmitaning huquqlari va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Qoʻmita oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Qoʻmitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar uchun bajarilishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur hollarda, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlarni qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmitaning vakolatiga kiruvchi masalalarda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi boʻyicha qonun hujjatlari bajarilishini, zarur hollarda huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari xodimlari ishtirokida oʻrganish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmitaga tegishli vazifalarni amalga oshirish uchun, zarur hollarda, davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari hamda mutaxassislarini jalb qilish, ishchi guruhlar tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatlariga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlaridan statistik, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa maʼlumotlarni soʻrash va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga xotin-qizlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda oilani mustahkamlash borasidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi, ularni keltirib chiqaruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmitaning vakolatiga kiruvchi masalalarda, shuningdek, xotin-qizlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini koʻzlab sudlarga ariza (shikoyat) va daʼvolarni kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda oilani mustahkamlashga doir tashabbuslar bilan chiqish hamda takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat siyosati sohasida ilmiy va amaliy tadqiqotlar hamda ishlanmalarni amalga oshirish boʻyicha loyihalarni saralab olish uchun tanlovlar eʼlon qilish va tanlov komissiyalarini tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzining tashkiliy tuzilmasi doirasida Qoʻmita va uning idoraviy tuzilmalariga tegishli davlat mulkini belgilangan tartibda bepul foydalanish huquqi bilan bir hududiy boʻlinmadan boshqasiga topshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita xodimlari hamda uning hududiy boshqarmalari va tumanlar (shaharlar) boʻlimlari tomonidan asosiy koʻrsatkichlar parametrlari bajarilishini hisobga olgan holda moddiy ragʻbatlantirish tartibini, miqdorini va shartlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, Vazirlar Mahkamasiga, davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalariga koʻrib chiqish uchun kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlarining oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat siyosati masalalarini koʻrib chiqish bilan bogʻliq majlislari, yigʻilishlari va hayʼat majlislarida ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita vakolati doirasida xalqaro shartnomalar va idoralararo bitimlarni tuzish, xalqaro, hukumatlararo bitimlar loyihalarini taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita vakolati doirasida Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini xalqaro miqyosda himoya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuklatilgan vazifalar doirasida bevosita yoki Qoʻmitaning idoraviy mansub boʻlinmalari orqali xorijiy tarmoq idoralari, ilmiy va taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmitaning tarkibiy va hududiy boʻlinmalarida ichki nazorat, korrupsion huquqbuzarliklar va qonunlarga zid boshqa harakatlar, shuningdek, Qoʻmita tizimi xodimlari tomonidan kasbiy axloq qoidalari buzilishining oldini olish hamda profilaktikasini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida Qoʻmita markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibiy va hududiy boʻlinmalarning nizomlari va boshqa hujjatlari, smeta va shtat jadvallarini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita tizimida kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, mahallalardagi xotin-qizlar faollarining malakasini oshirish jarayonlarini samarali tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha joriy va strategik vazifalarni yoritish uchun belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish, rasmiy veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar yaratish, konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar oʻtkazish, shuningdek, metodik materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
binolarga xizmat koʻrsatish, jihoz va uskunalar, avtotransport, aloqa va hisoblash vositalari, kompyuter va tashkiliy texnika vositalarini saqlash va ishlatish boʻyicha ishlarni bajarish, dasturiy taʼminotni sotib olish toʻgʻrisida belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita, uning hududiy boʻlinmalari hamda Qoʻmita idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini yaxshilash choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Qoʻmita ijtimoiy infratuzilmasini yaratish va takomillashtirish hamda Qoʻmita, uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari xodimlari mehnatini ragʻbatlantirish va mukofotlashning yagona tizimini shakllantirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Qoʻmita:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish, shuningdek, oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat siyosatini samarali amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlar, shuningdek, Qoʻmita tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz faoliyati sohasini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlariga rioya etilishini va ularning qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Qoʻmita hududiy boʻlinmalarining huquqlari va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Qoʻmita hududiy boʻlinmalari quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga oid qonun hujjatlarining ijro etilishini, shu jumladan, hududlarda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini oʻrganish va tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatlariga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalaridan statistik, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa maʼlumotlarni soʻrash va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga xotin-qizlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda oilani mustahkamlash borasidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlari hududiy boʻlinmalarining oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat siyosati masalalarini koʻrib chiqish bilan bogʻliq majlislari, yigʻilishlari va hayʼat majlislarida ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish uchun davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalarining hududiy boʻlimlari, shuningdek, ilmiy tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislarini jalb qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmitaning hududiy boʻlinmalari oʻz vakolatlari doirasida oʻzlariga yuklangan vazifalardan kelib chiqqan holda boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Qoʻmitaning hududiy boʻlinmalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmitaga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kiritilayotgan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, Qoʻmitaning hududiy boʻlinmalari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz faoliyati sohasini rivojlantirish, muammolarni hal qilish uchun dasturlarni, harakat rejalarini, “yoʻl xaritalari”ni va boshqa dasturiy hujjatlarning belgilangan tartibda ishlab chiqilishi hamda samarali amalga oshirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli hududda oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat siyosatining samarali amalga oshirilishi holati toʻgʻrisida Qoʻmitaga haqqoniy tahliliy va boshqa axborotning taqdim etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Qoʻmita rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Quyidagilar Qoʻmita raisining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Qoʻmitaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Qoʻmita faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha tanqidiy va chuqur tahlillarni oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari hamda uning tarkibiy boʻlinmalari faoliyati bilan bogʻliq istiqboldagi koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan Qoʻmita faoliyatiga taalluqli boʻlgan masalalar boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi yigʻilishlarida va uning Rayosati majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalar yuzasidan qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari koʻrsatmalarini bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida majburiyatlarni taqsimlash, Qoʻmitaning boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilash, Qoʻmita faoliyatining maʼlum bir sohalarini boshqarishda oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarlik darajasini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmitaning faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, davriy ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Qoʻmitaning faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun idoraviy mansub tashkilotlar va hududiy boshqarmalar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita xodimlari, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarining tizimli ravishda malakasini oshirishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita tizimida xodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar kadrlari zaxirasini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Qoʻmitaga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professionalligi va oʻz ishini bilishi, yuksak darajadagi ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega boʻlishini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga muvofiq ravishda oʻz vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida puxta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining namunaviy reglamentiga muvofiq Qoʻmitaning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha buyruqlar, farmoyishlar chiqarish, koʻrsatmalar berish va normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur boʻlganda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegishli qarorlar qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmitaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqilishini taʼminlash, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa turdagi ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishish (viza qoʻyish);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita raisining oʻrinbosarlari, hududiy boshqarmalar va tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijalarini tanqidiy tahlil qilishni tizimli ravishda olib borish, Qoʻmita yigʻilishlarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, natijalar asosida zarur choralar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita xodimlarini ragʻbatlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, egallab turgan lavozimlarda qolishining maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish toʻgʻrisida takliflar kiritish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Qoʻmita xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Qoʻmita tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning ishlarini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish ishlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisida”gi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali oʻzaro aloqani tashkil qilish, ularning faoliyatida Qoʻmita rahbariyati va xodimlarining faol ishtirokini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasidan tushayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat siri va maxfiy axborotni tashkil qilgan axborot bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, Oʻzbekiston Respublikasi sudlarida, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakat vakillari ishtirokida oʻtkaziladigan rasmiy tadbirlarda Qoʻmita nomidan ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarurat boʻlganda, boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Qoʻmita markaziy apparati, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning tasdiqlangan tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni, shuningdek, Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari nizomlarini hamda ustavlarini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita markaziy apparati xodimlari, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari bilan qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita markaziy apparati, hududiy boshqarmalar va tumanlar (shaharlar) boʻlinmalari xodimlari bajarishi shart boʻlgan buyruqlar va farmoyishlar chiqarish hamda koʻrsatmalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarni ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlashga taqdim etish, shuningdek, soha tarmoqlarini rivojlantirishda alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni, faxriy yorliqlar hamda boshqa ragʻbatlantirishlar bilan taqdirlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita mol-mulkini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita xodimlarini hamda hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarini tizimli ravishda tayyorlash va xorijiy mamlakatlarda ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Quyidagilar Qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita raisi vaqtincha boʻlmaganda, tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmitaning oʻzi nazorat qiladigan idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita faoliyatining oʻzi nazorat qiladigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Qoʻmita faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalarning rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishini nazorat qilishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Qoʻmita faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita hayʼati qarorlari, Qoʻmita raisining buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Qoʻmita raisiga takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, oʻz ishini bilishi, yuksak darajadagi ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega boʻlishini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʻliq va sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Qoʻmita tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalari Qoʻmita raisi tomonidan koʻrib chiqilishi va imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qatʼiy rioya qilgan holda va oʻz vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlash, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Vazirlar Mahkamasining apparatida koʻrib chiqilishida Qoʻmita raisining topshirigʻiga asosan ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmitaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari toʻliq va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini taʼminlash, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Qoʻmita hayʼati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sohaga oid masalalar boʻyicha Qoʻmita faoliyatini rivojlantirishga doir amaliy choralar koʻrish, qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularni Qoʻmita raisiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish boʻyicha Qoʻmita raisiga taklif kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha tizimli choralar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Qoʻmita va uning hududiy boshqarmalari xodimlarining odob-axloq qoidalariga rioya etish, oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalar rahbarlari va xodimlari tomonidan ushbu qoidalarga rioya etilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat xizmatlari samaradorligini, ulardan erkin foydalanishni va ularni koʻrsatish sifatini oshirish hamda “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish ishlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan barcha murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz faoliyati sohasida malakali kadrlarni tayyorlash, kasbiy taʼlim muassasalarining oʻquv darajasi va sifatini tubdan oshirishga koʻmaklashish, kadrlarni, shu jumladan, xorijdagi ilgʻor ilmiy-tadqiqot muassasalari va taʼlim markazlarida qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz faoliyati sohasida xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi faoliyatini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita tizimining moliyaviy-iqtisodiy asoslarini hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va bu borada aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jumladan, soha yoʻnalishlari boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Qoʻmitaning birinchi oʻrinbosarining asosiy vazifalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlar oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, ularning bandligini taʼminlashga koʻmaklashish, kasb-hunarga oʻqitishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika va hududiy “Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari” faoliyatini samarali tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahallalardagi xotin-qizlar faollari ishini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Qoʻmita raisi oʻrinbosarining asosiy vazifalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlar oʻrtasida ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlar masalalari boʻyicha fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlar masalalari boʻyicha boshlangʻich tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilaviy, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ibratli oila”, “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishonlari bilan taqdirlashga oid chora-tadbirlarni tashkil qilish va amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Qoʻmita raisi oʻrinbosarining asosiy vazifalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gender tenglikni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning bilim va koʻnikmalarini rivojlantirish hamda taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish, shuningdek, zoʻravonlikdan jabr koʻrgan shaxslarga ijtimoiy, maʼnaviy va huquqiy yordam berish ishlarini tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy reabilitatsiya qilish ishlarini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita tizimida axborot texnologiyalari va raqamlashtirishni joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi faoliyatini tashkil etishga oid chora-tadbirlarni samarali amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Quyidagilar Qoʻmita markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli boʻlinma faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmitaning hududiy va tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
prognoz koʻrsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda Qoʻmitaning hududiy va tarkibiy boʻlinmalari ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha takliflarni Qoʻmita raisining nazorat qiluvchi oʻrinbosarlariga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Qoʻmita faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita hayʼati qarorlari, Qoʻmita raisining buyruqlari va farmoyishlari, uning oʻrinbosarlari koʻrsatmalari hamda topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibiy boʻlinmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Qoʻmita hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga amaliy va metodik yordam berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibiy boʻlinmalar faoliyati sohalariga oid qonun hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Qoʻmita rahbariyatiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda Qoʻmita oʻrinbosarlariga takliflar taqdim etish, professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibiy boʻlinmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, tarkibiy boʻlinmalarda tayyorlangan hujjatlar loyihalarini Qoʻmita raisi tomonidan koʻrib chiqilishi va imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ular Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qatʼiy rioya qilgan holda va oʻz vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlash, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Vazirlar Mahkamasining apparatida koʻrib chiqilishida Qoʻmita rahbariyati topshirigʻiga asosan ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibiy boʻlinmaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibiy boʻlinmalar xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita xodimlarining Qoʻmita va uning hududiy boshqarmalari xodimlari odob-axloq qoidalariga rioya etishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq koʻrib chiqish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish yuritish sohasidagi namunali xodimlarni aniqlash va mukofotlash yuzasidan Qoʻmita rahbariyatiga takliflar kiritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Quyidagilar Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy boʻlinmalar faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Qoʻmitaning, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining normativ-huquqiy hujjatlari bilan ushbu boshqarmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy boshqarmalar va tumanlar (shaharlar) boʻlimlari faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy boshqarmalar va tumanlar (shaharlar) boʻlimlari faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy boshqarmalar va tumanlar (shaharlar) boʻlimlari xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari ijrosi taʼminlanishini, ijro intizomi mustahkamlanishi boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilishi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qarori va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun xodimlarning shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita hayʼati qarorlari, Qoʻmita raisining buyruqlari, farmoyishlari va uning oʻrinbosarlari koʻrsatmalari hamda topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarning vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida majburiyatlarni taqsimlash, hududiy boshqarmalar va tumanlar (shaharlar) boʻlimlarini boshqarishda mansabdor shaxslarning javobgarligini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy boshqarmalar va tumanlar (shaharlar) boʻlimlari faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy boshqarmalarda va tumanlar (shaharlar) boʻlimlarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, hududiy boshqarma kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita rahbari nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, hududiy boshqarmaga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy boshqarmalar xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, shu jumladan, ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish, ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha muntazam chora-tadbirlar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy boshqarmalar xodimlarining va tumanlar (shaharlar) boʻlimlari xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq hududiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
prognoz koʻrsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va ularning boʻlinmalari ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha choralar koʻrish boʻyicha takliflarni Qoʻmitaga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy boshqarmalar xodimlari va tumanlar (shaharlar) boʻlimlari rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy boshqarmalar va ularning boʻlinmalari faoliyatiga oid masalalar boʻyicha qonun hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, davlat xizmatlari samaradorligi, sifatini oshirish va ulardan erkin foydalanish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish hamda koʻrib chiqish uchun Qoʻmita rahbariyatiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, sayyor qabullar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy boshqarmalar xodimlarining lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar toʻlash, ularga moddiy yordam berish, ularni mukofotlash, ragʻbatlantirish va ularga intizomiy chora qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilish, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻgʻrisida Qoʻmitaga takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarning himoya qilinishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, sudlarda va tashkilotlarda Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va ularning boʻlinmalari manfaatlarini ifoda etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Qoʻmita rahbarlarining javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Qoʻmita raisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizom va boshqa qonun hujjatlari bilan Qoʻmitaga yuklangan vazifalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi, shuningdek, Qoʻmita ishidagi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalga oshirilayotgan dasturlar, strategiya va konsepsiyalarda koʻzlangan natijalarga erishilishi, ularning oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishga taʼsiri;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita tizimida ijro intizomiga qatʼiy rioya etilishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Qoʻmita raisining oʻrinbosarlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlari bilan yuklatilgan yoʻnalishlar va sohalar boʻyicha vazifalar va funksiyalarning oʻz vaqtida bajarilishi hamda natijadorligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutasaddilik qilinayotgan yoʻnalishlar boʻyicha sohalarning barqaror rivojlanishini taʼminlashga oid chora-tadbirlarning samaradorligi va natijadorligi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Qoʻmita markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning oʻz vaqtida bajarilishi hamda natijadorligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyat yoʻnalishlariga oid qonunchilik hujjatlari, Qoʻmita rahbarlarining topshiriqlari bajarilishining holati toʻgʻrisida Qoʻmitaga haqqoniy tahliliy va boshqa axborotlarni sifatli tayyorlash va oʻz vaqtida taqdim etish yuzasidan javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Qoʻmita hududiy boʻlinmalarining boshliqlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli bajarilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli hududda oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi davlat siyosati sohasidagi qonunchilik hujjatlari, Qoʻmita rahbarlarining topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi boʻyicha taʼsirchan nazoratni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli hududda oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish holati toʻgʻrisida Qoʻmitaga haqqoniy tahliliy va boshqa axborotlarni oʻz vaqtida taqdim etish yuzasidan javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Qoʻmita faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Qoʻmita rahbariyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Qoʻmitaga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi maʼqullaganidan keyin kiritilgan taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan rais rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita raisi oʻz maqomiga koʻra Vazirlar Mahkamasi aʼzosi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Qoʻmita raisining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan uch nafar oʻrinbosari, shu jumladan, birinchi oʻrinbosari boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita raisi boʻlmagan vaqtda uning vakolatlari vazifalar taqsimotiga muvofiq raisning birinchi oʻrinbosari yoki oʻrinbosarlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari maqomi, mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish va tibbiy xizmat koʻrsatish shartlariga koʻra — vazirning birinchi oʻrinbosariga, oʻrinbosarlari — tegishli ravishda vazir oʻrinbosarlariga, Qoʻmitaning markaziy apparati xodimlari — vazirliklar markaziy apparati, hududiy boʻlinmalari xodimlari esa — vazirliklar hududiy boʻlinmalari xodimlariga tenglashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Qoʻmita markaziy apparatining tarkibiy (boshqarma, boʻlim, boʻlinma va xizmatlar) boʻlinmalari, shuningdek, tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari tegishlicha Qoʻmita raisining oʻrinbosarlari taqdimnomasi boʻyicha Qoʻmita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlari — Oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisining oʻrinbosarlari, viloyatlar va Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlari tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Tumanlar (shaharlar) hokimlarining oʻrinbosarlari — oila va xotin-qizlar boʻlimlari boshliqlari tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlari — Oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi bilan kelishgan holda tumanlar (shaharlar) hokimlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmalari tarkibidagi boʻlimlar va tumanlar (shaharlar) Oila va xotin-qizlar boʻlimlari mutaxassislari lavozimga Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi markaziy apparatining mutasaddi boshqarma va boʻlimlari boshliqlarining xulosalariga muvofiq tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlari — Oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlarining buyrugʻiga binoan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Qoʻmitaning tarkibiy boʻlinmalari va hududiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlar, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi qarorlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Qoʻmita markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Qoʻmita markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari tomonidan taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Qoʻmita markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari bilan oʻz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
topshiriqlarni hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarga tarkibiy boʻlinmalarning bevosita faoliyati masalalari boʻyicha soʻrovlar yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini oʻrganadi, umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va Qoʻmita rahbariyatiga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari toʻgʻrisida hisobot va axborot materiallari, statistika va boshqa maʼlumotlar oʻrganilishi va umumlashtirilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarning ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir choralar koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar ishtirokini tashkil etadi, qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha ulardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar Qoʻmita markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi. Jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita rahbariyati topshiriqlari ijrosi haqida xabar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan faoliyat sohasida qonun hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha faoliyat natijalari toʻgʻrisida Qoʻmitaning markaziy apparatiga axborot taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ularning faoliyatini tekshirish va oʻrganish natijasida ishda aniqlangan kamchiliklar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari toʻgʻrisida xabar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz faoliyati natijalari toʻgʻrisidagi hisobotlarni belgilangan muddatlarda Qoʻmitaning markaziy apparatiga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita vakolatiga taalluqli sohalardagi muammolarni hal qilishga qaratilgan takliflarni Qoʻmitaning markaziy apparatiga yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat organlari, kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro hamkorlik natijalari toʻgʻrisida xabar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli organlar tomonidan oʻtkazilgan oʻz faoliyatini tekshirish natijalari toʻgʻrisida maʼlumot beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joylarda Qoʻmita hayʼati yigʻilishi, seminar, konferensiya, tanlov, koʻrik va boshqa tashkiliy tadbirlar oʻtkazish toʻgʻrisida takliflar kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Qoʻmitaning davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Qoʻmita oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari oʻz vakolatlari doirasida davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Qoʻmita hayʼati, boshqa maslahat, konsultativ va ekspert organlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Qoʻmitada rais (hayʼat raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimi boʻyicha), shuningdek, uning faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalar hamda hududiy boʻlinma va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat tarkibining soni va shaxsiy tarkibi Qoʻmita raisining taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Hayʼatga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita faoliyatining ushbu Nizomda belgilangan asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarida belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash uchun Qoʻmita tizimi xodimlari va rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini koʻrgan holda tarkibiy va hududiy boʻlinmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari muntazam ravishda eshitilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tizimli ravishda Qoʻmita faoliyati sohasidagi hududiy va tarmoq dasturlari amalga oshirilishining natijadorligini har chorakda va muntazam koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita faoliyati doirasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilishni taʼminlagan holda hayʼatning kengaytirilgan, shu jumladan, joylarda sayyor majlislarini oʻtkazishni tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita markaziy apparati va uning tizimiga kiradigan lavozimlar nomenklaturasini koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish masalalarini koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash uchun Qoʻmita rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaxsiy javobgarligini oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat Qoʻmita vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Hayʼat majlisiga davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar rahbarlari ularning vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan taklif etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Hayʼat, agar uning majlisida hayʼat tarkibining yarmidan koʻpi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Hayʼat qarorlari Qoʻmita raisining buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Qoʻmita raisi va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Qoʻmita raisi yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hayʼat aʼzolari ham Vazirlar Mahkamasiga oʻz fikrini xabar qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Hayʼat faoliyatining tartibi uning hayʼat tomonidan tasdiqlanadigan reglamenti bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Qoʻmitada boshqa kengash, maslahat va ekspert organlari tuzilishi mumkin. Ularning tarkibi va ular toʻgʻrisidagi nizomlar Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadi, ularning tarkibi va nizomlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlanadigan holatlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita raisi Qoʻmitaga yuklangan vazifalarning ijrosini tashkil qilish, tegishli loyihalarni ishlab chiqish, amaliyotga tatbiq etish va zarur tavsiyalar tayyorlanishini taʼminlash maqsadida davlat organlari, xoʻjalik birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari, shuningdek, fuqarolardan iborat tarkibda ekspert-tahlil guruhi tashkil qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ekspert-tahlil guruhi aʼzolari uchun haq toʻlash Qoʻmita huzuridagi Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasini rivojlantirish va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Qoʻmita faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Qoʻmita faoliyatining samaradorligi muntazam baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Qoʻmita faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tegishli mezonlar va ishchi indikatorlarga asoslanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Qoʻmita faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki ularga nisbatan intizomiy jazo choralari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Qoʻmita faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. Qoʻmita faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Quyidagilar Qoʻmita faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasini rivojlantirish va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Qoʻmitaning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) boʻlimlari xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haq, ustamalar va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlardan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Qoʻmita boshqaruv xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsiyenti markaziy apparatda — 2 baravarga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalarida — 1,5 baravarga, tumanlar (shaharlar) oila va xotin-qizlar boʻlimlarida — 1,3 baravarga oshirilgan miqdorda qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita markaziy apparati, uning hududiy va idoraviy mansub tashkilotlari xodimlarining lavozim maoshi Yagona tarif setkasining tasdiqlangan razryadlari boʻyicha belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar, ustamalardan va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Qoʻmita markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari xodimlarining umumiy ish stajidan kelib chiqib Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan koʻp yillik mehnati uchun ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda lavozim maoshiga belgilangan koeffitsiyentlarda quyidagi hajmlarda har oyda qoʻshimcha mablagʻ toʻlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1 yildan 3 yilgacha — 0,2;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3 yildan 5 yilgacha — 0,3;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5 yildan 10 yilgacha — 0,4;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10 yildan 15 yilgacha — 0,6;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15 yildan 20 yilgacha — 0,8;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20 yildan yuqori — 1,0
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita xodimlariga oylik ustamalar, moddiy va koʻp yillik mehnati uchun ragʻbatlantirishlar tarzidagi lavozim maoshlariga qoʻshimcha toʻlovlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi, shuningdek, Qoʻmita hayʼati tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuningdek, Qoʻmita huzuridagi budjetdan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasini rivojlantirish va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi hisobidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) eng tashabbuskor va samarali ishlagan Qoʻmita markaziy apparati xodimlariga ikki yuz foizgacha, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalarining xodimlariga yuz foizgacha, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlarining xodimlariga yetmish besh foizgacha oylik qoʻshimcha haqlar va ustamalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) chorak yakuni boʻyicha eng tashabbuskor va natijador xodimlarni ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda lavozim maoshining yuz foizigacha boʻlgan miqdorda bir yoʻla mukofotlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimlarni qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita huzuridagi budjetdan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasini rivojlantirish va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xodimlarga qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa toʻlovlar ham toʻlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ushbu bandda nazarda tutilgan toʻlovlar jamgʻarma moliyaviy holatidan kelib chiqib toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Qoʻmita markaziy apparati, hududiy boshqarmalar va tuman (shahar) boʻlimlari xodimlariga oylik ustamalar, moddiy va koʻp yillik mehnati uchun ragʻbatlantirishlar tarzidagi lavozim maoshlariga qoʻshimcha toʻlovlar qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi, shuningdek, Qoʻmita hayʼati tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita xodimlari lavozim maoshlariga har oyda qoʻshiladigan ragʻbatlantirish xususiyatiga ega boʻlgan qoʻshimcha haqlar va ustamalar Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadigan qoidalarga muvofiq toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-bob. Qoʻmitaning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasiga hisobot berishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Qoʻmita rahbarlari oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalariga va Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Qoʻmita raisi har yili Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasiga Qoʻmita faoliyati yuzasidan hamda sohadagi tizimli muammolar va ularning yechimi toʻgʻrisida axborot berib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmitaning hududiy boʻlinmalari boshliqlari har yarim yilda Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha hududiy komissiyalarga Qoʻmita hududiy boʻlinmalari faoliyati yuzasidan hamda sohada uchrayotgan dolzarb muammo va kamchiliklar hamda ularning yechimi boʻyicha axborot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Qoʻmita Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi bilan oʻzaro hamkorlik qilish doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlar hamda boshqa hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish uchun davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda oʻz faoliyati sohasidagi muammolarni hal etish, davlat boshqaruvi tizimini maqbullashtirishga qaratilgan taklif, tavsiya va tahliliy maʼlumotlar tayyorlanishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashning eng muhim yoʻnalishlari hamda vazifalarni amalga oshirishda mavjud tizimli muammo va kamchiliklarning muntazam ravishda koʻrib chiqilishini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Vazirlar Mahkamasi rahbariyati Qoʻmita rahbarlarining faoliyatini yuklangan vazifalarning ular tomonidan samarali bajarilishi boʻyicha doimiy monitoring olib boradi, Qoʻmita faoliyati samaradorligini xolisona baholaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Monitoring va baholash natijalariga koʻra, Qoʻmitaning alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirish choralari koʻriladi, jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻygan xodimlarga nisbatan esa tegishli javobgarlik choralari qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Qoʻmita qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 358-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasini rivojlantirish va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasini rivojlantirish va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Jamgʻarma oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasida (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) yuridik shaxs tashkil etmagan holda tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida ochilgan Qoʻmitaning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida yigʻiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Jamgʻarma mablagʻlari Qoʻmitaning budjetdan tashqari maxsus hisobvaragʻida jamlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasiga ajratilishi lozim boʻlgan mablagʻlarning 12 foizi hamda “Obod va xavfsiz mahalla” jamgʻarmasiga ajratilishi lozim boʻlgan mablagʻlardan 3,0 mlrd.soʻm yoʻnaltirish hisobiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yildan boshlab davlat budjeti parametrlarida Jamgʻarma uchun ajratish nazarda tutiladigan 15 mlrd soʻmdan kam boʻlmagan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qoʻmita Jamgʻarmaga mablagʻlar tushishining toʻliqligini nazorat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi maqsadlarga yoʻnaltiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmitaning vazifalarini samarali amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz xizmat faoliyatida yuqori natijalarga erishgan Qoʻmita xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish, shu jumladan, sanatoriy-kurort va tibbiy xizmat koʻrsatish, yuqori kasb mahorati hamda alohida oʻrnak koʻrsatgan Qoʻmita xodimlarini asosiy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilagan holda moddiy ragʻbatlantirish yoki bir yoʻla mukofotlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarga moddiy yordam koʻrsatish (xodimning nikoh va farzand toʻylarini oʻtkazish, yaqin qarindoshlarining vafot etishi, sogʻligʻini tiklash, uy-joyini taʼmirlash bilan bogʻliq holatlar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita rahbar va xodimlarini xorijiy boshqaruv idoralari, taʼlim muassasalari va boshqa tashkilotlarga tajriba oʻrganish va hamkorlik oʻrnatish maqsadlarida xorijiy xizmat safariga yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmitaning ekspert-tahlil guruhi faoliyatini tashkil etish, ekspert-tahlil guruhi tarkibiga kiritilgan mutaxassislarga shartnoma asosida haq toʻlash, mahalliy va xorijiy ilmiy muassasalar, olim va mutaxassislarni, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, oliy taʼlim muassasalari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni shartnoma asosida jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarni tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joy bilan taʼminlanmagan Qoʻmita markaziy apparati xodimlariga amaldagi sarf-xarajatlar doirasida uy-joyni ijaraga berish shartnomasiga muvofiq uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun belgilangan tartibda har oylik kompensatsiya toʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodim vafot etganda xodimning oylik lavozim maoshining oʻn barobaridan oshmagan miqdorda bir yoʻla moddiy yordam berish. Bunda moddiy yordam turmush oʻrtogʻiga toʻlab beriladi, agar xodimning turmush oʻrtogʻi boʻlmasa, moddiy yordam farzandlariga yoki qonuniy vakillariga (vasiylari va homiylariga) yoxud ularning voyaga yetmagan farzandlarini asrab olgan shaxslarga toʻlanadi, shuningdek, xodim turmush qurmagan boʻlsa, moddiy yordam uning ota-onasi yoki boqimandalari oʻrtasida teng ulushlarda taqsimlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda taqiqlanmagan Qoʻmita faoliyatini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan boshqa tadbirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Jamgʻarma mablagʻlarini sarflash Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlangan hamda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq tegishli gʻazna hisobvaraqlaridan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasi kelgusi yilda moliyaviy mablagʻlar tushishining kutilayotgan prognozi va amalga oshirilishi belgilangan tadbirlarni oʻtkazishdan kelib chiqqan holda tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmagan mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga olib qoʻyilmaydi va ulardan keyingi yilda foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish va taqsimlash Qoʻmita raisi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Jamgʻarma mablagʻlaridan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa maqsadlarda Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga muvofiq foydalanilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Jamgʻarmaning hisobot yilida foydalanilmagan mablagʻlari (qoldiq mablagʻlar) keyingi hisobot yiliga oʻtadi va mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Jamgʻarma mablagʻlarining hisobi va hisoboti qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuritiladi va taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Jamgʻarma mablagʻlaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Ushbu Nizomni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2022-y., 09/22/358/0598-son; 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)