Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 31.12.1997 yildagi 580-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 31.12.1997 yildagi 580-son
Date of entry into force
31.12.1997
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING GLOBAL AXBOROT TARMOGʻINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining global axborot tarmogʻini barpo etish, uning boʻlinmalari oʻrtasida yuqori ishonchli, barqaror operativ aloqani va axborot berish tizimini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi pochta va telekommunikatsiyalar agentligining MicroMax Computer Intelligence, Inc. firmasi (AQSh) bilan 10.797.391 AQSh dollari summasiga tuzilgan kontrakt boʻyicha yoʻldosh aloqa tizimi asosida uning boʻlinmalari oʻrtasidagi axborotni operativ uzatishni nazarda tutuvchi bazaviy tarmoq infratuzilmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Davlat soliq qoʻmitasi bilan MicroMax Computer Intelligence, Inc. firmasi (AQSh) tuzilgan kontraktga muvofiq oʻzaro quyidagi majburiyatlarni oladilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MicroMax Computer Intelligence, Inc. firmasi Davlat soliq qoʻmitasiga kontraktda belgilangan Yoʻldosh amaliy aloqasi integral tarmogʻini qurish, oʻrnatish va foydalanishga tayyorlash uchun zarur boʻlgan yer ustidagi markaziy stansiya, markaziy stansiyaning bazaviy polosasi asbob-uskunalari, shaxsiy yer usti stansiyalaridan iborat asbob-uskunalar va xizmatlarni, shuningdek dasturiy taʼminlashni va qoʻshimcha asbob-uskunalarni taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MicroMax Computer Intelligence, Inc. firmasi Davlat soliq qoʻmitasi ishtirokida Yoʻldosh amaliy aloqa integral tarmogʻi asbob-uskunalarini oʻrnatadi, birlashtiradi, integratsiya qiladi va talab qilinadigan texnik tavsiflarga muvofiq kelishi maqsadida ularni sinaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MicroMax Computer Intelligence, Inc. firmasi yetkazib berilgan asbob-uskunalarning kontraktda koʻrsatilgan muddat mobaynida kafolatli xizmat qilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Davlat soliq qoʻmitasi bilan MicroMax Computer Intelligence, Inc. firmasi oʻrtasida tuzilgan qiymati 10.797.391 AQSh dollari boʻlgan kontraktni mablagʻ bilan taʼminlash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kontrakt qiymatining 1.619.609 AQSh dollari summasidagi 15 foizi — Davlat soliq qoʻmitasining oʻz mablagʻlari hisobiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kontrakt qiymatining 85 foizi yoki 9.177.782 AQSh dollari — Eksimbank (AQSh)ning sugʻurta qoplamasi ostida Amerika banklarining kreditlari hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan amalga oshirilishi nazarda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda Eksimbank (AQSh) sugʻurtasi ostida Amerika banklari bilan kredit bitimi ishlab chiqilishi va tuzilishini tugallasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olinadigan kreditlar Davlat soliq qoʻmitasiga oʻz vaqtida qayta moliyalanishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki kreditini va ular yuzasidan qilingan harajatlarni uzish soliq organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga, ularning oʻzaro tuzilgan bitimlarida nazarda tutilgan muddatlar va shartlarda, ilovaga* muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri J.B. Sayfuddinov asbob-uskunalar va ularga ehtiyot qismlar yetkazib berish yuzasidan kontraktni mablagʻ bilan taʼminlash uchun jalb qilinadigan kreditlar boʻyicha xorijiy bankka va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga beriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatini imzolashga vakil qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolati yuzasidan yuridik xulosani belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborotlarni yoʻldosh aloqasi tizimi asosidagi tezkor uzatishning bazaviy tarmoq infratuzilmasini MicroMax Computer Intelligence, Inc. (AQSh) firmasi bilan tuzilgan kontraktda belgilangan asbob-uskunalarni yetkazib berish va ishlarni bajarish jadvallariga muvofiq, 1998—1999-yillarda ishga tushirishni taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi markaziy apparatini, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalarini va “Toshkent aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksini axborotlarni tezkor uzatishning bazaviy tarmoq infratuzilmasiga oʻzaro kelishuvga koʻra ulashni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
INTELSAT yoʻldosh aloqasi xalqaro tashkiloti bilan birgalikda Davlat soliq qoʻmitasiga yoʻldosh kanali (chastotasi 2 MGts) belgilangan tartibda ajratilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MicroMax Computer Intelligence, Inc. firmasi bilan tuzilgan kontrakt boʻyicha Davlat soliq qoʻmitasi uchun keluvchi yoʻldosh aloqasi asbob-uskunalari sertifikatsiyalanishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻldosh aloqasi tizimidan foydalanish uchun zarur boʻlgan tegishli ruxsat beruvchi va roʻyxatdan oʻtkazuvchi hujjatlar rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Davlat soliq qoʻmitasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihani amalga oshirishda band boʻlgan xorijiy mutaxassislarga vizalar va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirganlik uchun konsullik yigʻimlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasiga ushbu kontrakt boʻyicha keltiriladigan asbob-uskunalar va ularga ehtiyot qismlar uchun soliqlar, boj poshlinalari va yigʻimlar toʻlashdan ozod qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari B.S. Hamidov va K.R. Rahimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil 31-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
580-son