Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
View
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.04.00 Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining Oʻzbekistondan chiqishi va kirishi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolik. Aholi. Pasport tizimi;
2.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini berishga doir davlat xizmati koʻrsatish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berishga doir davlat xizmati koʻrsatish tartibini yanada soddalashtirish maqsadida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi “Davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6269-son Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish boʻyicha davlat xizmatlari (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) 2022-yil 1-yanvardan boshlab ichki ishlar organlari, Davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali koʻrsatilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatdagi konsullik muassasasida konsullik roʻyxatida turuvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish, berish va almashtirishga oid davlat xizmatlari Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-yanvardagi 49-son qarori bilan tasdiqlangan Konsullik roʻyxatida turuvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi boʻlinmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish, berish va almashtirish tartibi toʻgʻrisida nizomga asosan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.04.00 Personallashtirish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Davlat xizmatini koʻrsatish uchun Davlat personallashtirish markazi bir oy muddatda biometrik pasportni rasmiylashtirish va berish tizimini “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali quyidagi axborot tizimlariga integratsiya qilinishini taʼminlasin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Adliya vazirligi bilan birgalikda:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga — nikoh va oila aʼzolari, vafot etganlik, yolgʻiz ona yoki yolgʻiz ota haqidagi maʼlumotlarni olish uchun;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.06.00 Vasiylik va homiylik;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.04.00 Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Notarius” axborot tizimiga — vasiylar va ota-onalarning roziligini, hamrohlik qiluvchi shaxsning majburiyatini tekshirish uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda:
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.14.00 Shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazorat. Maʼmuriy nazorat]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tezkor maʼlumotlar” axborot tizimiga — sudlanganlik, maʼmuriy nazoratda turganlik, shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo va shartli hukm qoʻllanilganlik, shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganlik holatlarini tekshirish uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Manzil” axborot tizimiga — ota-onadan birining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxati xorijga doimiy yashashga ketganligi munosabati bilan bekor qilinganligini tekshirish uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda “Yagona milliy mehnat tizimi” axborot tizimiga — oxirgi besh yilda ishlagan joyi haqidagi maʼlumotlarni olish uchun;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.02.00 Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (shuningdek, 07.07.02.02 ga qarang)]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi bilan birgalikda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga — ushbu axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslar toifasiga aniqlik kiritish uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda “TIEK” axborot tizimiga — 1 va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar toifasiga aniqlik kiritish uchun.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.04.00 Personallashtirish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi, Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-avgustga qadar:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat xizmatining ushbu qaror talablarini inobatga olgan holda YIDXP va Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatilishini amaliyotga toʻliq joriy qilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlar koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.04.00 Davlat bojini toʻlash tartibi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlangan davlat boji summasi hisobini yurituvchi yagona billing tizimi orqali elektron tarzda toʻlanishi imkoniyatini yaratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 2023-yil 1-yanvarga qadar Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflar kiritilsin:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang);
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.04.00 Personallashtirish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi Moliya vazirligi bilan birgalikda — Markazning hamda biometrik pasport tizimi ishtirokchilarining moddiy-texnika bazasini takomillashtirish, ilgʻor xorijiy davlatlar tajribasini qoʻllagan holda, xorijga chiqish biometrik pasportining biografik va biometrik maʼlumotlari kiritilgan ikkinchi betini polikarbonat varagʻi asosida personallashtirishni yoʻlga qoʻyishni, zaruratga koʻra, respublikaning ayrim maʼmuriy-hududiy birliklarida xorijga chiqish biometrik pasportlarini chop etishga ixtisoslashgan filiallar tashkil etishni;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.04.00 Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda — “Jinoyatlarni va ularni sodir etgan shaxslarni hisobga olish boʻyicha yagona axborot tizimi”ning dasturiy taʼminotini toʻliq modernizatsiya va integratsiya qilish orqali soʻrovlarga javobni avtomatik tarzda olish imkoniyatini yaratishni, tuman va shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi boʻlinmalarning “Xorijga chiqish biometrik pasporti” tizimi bilan bogʻliq boʻlgan moddiy-texnika bazasini takomillashtirishni;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang)]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Moliya vazirligi bilan birgalikda — xorijga chiqish biometrik pasportlari belgilangan muddatda yetkazib berilishini taʼminlash uchun Davlat feldyegerlik xizmatining moddiy-texnika bazasini takomillashtirishni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Adliya vazirligi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi boʻyicha, jumladan YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.03.00 Maʼmuriy jazolar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi buzilgan hollarda davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazolarni qoʻllasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 16-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-282-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi PQ-282-son qaroriga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“maʼlumotlarni yigʻish punkti — xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun murojaat qilgan fuqarolarning biografik maʼlumotlarini va biometrik parametrlarini jamlash, ushbu maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga (keyingi oʻrinlarda — DPM) yuborish hamda fuqarolarga yangi rasmiylashtirilgan biometrik parametrli pasportlarni berish vazifalarini bajaruvchi ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari hamda tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“xizmatdan foydalanuvchi — xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va olish uchun murojaat etgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari (doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxati bekor qilinib, xorijga doimiy yashashga chiqib ketgan va doimiy konsullik roʻyxatida turadigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bundan mustasno)”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 4-band quyidagi tahrirdagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Konsullik roʻyxatida turuvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish, berish va almashtirishga oid davlat xizmatlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan tartibga asosan amalga oshiriladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“41. Fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgari xorijga chiqish biometrik pasporti bilan hujjatlashtirilmagan, konsullik roʻyxatiga olingan fuqarolar xorijda boʻlganida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farzand xorijda tugʻilganida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijga chiqish biometrik pasportining amal qilish muddati tugaganida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, jinsi oʻzgarganida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yozuvlarda noaniqliklar va xatolar mavjudligi aniqlanganida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼlumotlar yoki vizalar uchun moʻljallangan betlar ishlatilib boʻlinganida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijga chiqish biometrik pasporti blankasi yaroqsiz holga kelganida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijga chiqish biometrik pasporti yoʻqotib qoʻyilganida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ajrimi bilan xorijga chiqish biometrik pasportining amal qilishi toʻxtatib turilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijga chiqish biometrik pasporti ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilganida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgari berilgan xorijga chiqish biometrik pasportini muddatidan oldin almashtirish boʻyicha murojaat etilganda”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Amal qilish muddati tugagan yoki yaroqsiz holatga kelgan, ammo ichiga qoʻyilgan xorijiy davlatlarga kirish vizalarining amal qilish muddati tugamagan xorijga chiqish biometrik pasportlari qayta rasmiylashtirilgan taqdirda, xizmatdan foydalanuvchining soʻroviga koʻra maʼlumotlarni yigʻish punkti xodimi tomonidan ushbu pasportga bekor qilinganligini ifodalovchi maxsus belgi qoʻyilgan holda, yangi xorijga chiqish biometrik pasporti bilan birga eski xorijga chiqish biometrik pasporti ham qaytarib beriladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2-bob. Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Xizmatdan foydalanuvchilarga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq sxemaga asosan maʼlumotlarni yigʻish punktida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagi hollarda xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish boʻyicha davlat xizmati faqat migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari tomonidan koʻrsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqaro doimiy yashash uchun chet elga chiqib ketayotganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomga muvofiq, xorijga chiqish biometrik pasportlari vazirliklar va idoralarning yozma iltimosnomalari asosida rasmiylashtirilishi shart boʻlgan hollarda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijga chiqish biometrik pasporti surishtiruv, tergov organlari yoki sud tomonidan ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijga chiqish biometrik pasportining amal qilishi sud ajrimi bilan toʻxtatib turilganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Xizmatdan foydalanuvchilar xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun doimiy yoki vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtgan manzilidan qatʼi nazar, eksterritoriallik tamoyili asosida istalgan maʼlumotlarni yigʻish punktiga oʻzi kelib yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP)dan roʻyxatdan oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Keksa, oʻzgalar parvarishiga muhtoj yoki nogironligi boʻlgan shaxslarga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berishga oid xizmatlar tegishli murojaatga asosan, bevosita doimiy yashash yoki turgan joyiga chiqish orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Xizmatdan foydalanuvchilar xorijga chiqish biometrik pasportini olish yuzasidan maʼlumotlarni yigʻish punktiga oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, maʼlumotlarni yigʻish punkti xodimlari tomonidan fuqaro nomidan elektron tarzda, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa mustaqil ravishda ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. 16 yoshga toʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun soʻrovnoma ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shaklda toʻldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Fuqarolar xorijga chiqish biometrik pasportini olish yuzasidan soʻrovnomani YIDXP orqali elektron tarzda yuborganda, soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi, ushbu Nizomning 22-bandi beshinchi va yettinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmatdan foydalanuvchi soʻrovnomani YIDXP orqali yuborish chogʻida oʻziga qulay boʻlgan maʼlumotlarni yigʻish punktini (xizmatdan foydalanuvchining yuzini raqamli formatda rasmga olish va qoʻl barmoqlarining elektron izlarini toʻplash ishlarini amalga oshirish uchun) tanlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmatdan foydalanuvchi soʻrovnoma YIDXP orqali yuborilgan kundan boshlab, bir oy muddat ichida maʼlumotlarni yigʻish punktiga tashrif buyurmagan taqdirda, ushbu soʻrovnoma koʻrib chiqilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish boʻyicha soʻrovnoma maʼlumotlarni yigʻish punkti xodimi tomonidan toʻldirilgach, undagi maʼlumotlarning toʻgʻri ekanligi xizmatdan foydalanuvchi tomonidan elektron raqamli imzo, u boʻlmaganda esa, imzoni identifikatsiya qilishning boshqa zamonaviy vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) orqali tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Davlat xizmatini koʻrsatishda soʻrovnoma va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlardan (biometrik pasport yoki ID-karta) boshqa hujjatlar talab etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, quyidagi holatlar bundan mustasno:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgari berilgan xorijga chiqish biometrik pasportini muddatidan avval almashtirish boʻyicha murojaat etgan taqdirda — ilgari berilgan xorijga chiqish biometrik pasportining asl nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijga chiqish biometrik pasporti ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan hollarda — vakolatli organning qarori nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijga chiqish biometrik pasportining amal qilishi sud ajrimi bilan toʻxtatib turilganida — protsessual majburlov chorasi bekor qilinganligi haqida vakolatli organning qarori nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
voyaga yetmagan shaxslar uchun-ota-onalari yoki vasiylar (homiylar)ning fuqaroning xorijga chiqishiga notarial tasdiqlangan roziligi, ota-onalarning har ikkisi maʼlumotlarni yigʻish punktiga bevosita murojaat qilgan hollar bundan mustasno. Soʻrovnoma YIDXP orqali yuborilganda, ota-onalar yoki vasiylar (homiylar)ning notarial tasdiqlangan roziligi talab etilmaydi. Bunda, ota-onalar yoki vasiylar (homiylar)ning roziligi faqat elektron raqamli imzoni qoʻllash orqali amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
voyaga yetmagan shaxslar uchun — fuqaroga hamrohlik qiluvchi shaxsning notarial tasdiqlangan majburiyati (hamrohlik qiluvchi shaxs voyaga yetmaganning otasi va (yoki) onasi yoxud vasiy yoki homiysi boʻlgan hollar bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan fuqarolar ota-onalar, vasiylar (homiylar)ning voyaga yetmagan shaxsning mustaqil ravishda xorijga chiqishiga notarial tasdiqlangan roziligi boʻlgan taqdirda, xorijga kuzatuvchisiz chiqishi mumkin. Ota-onalar, vasiylar (homiylar)ning voyaga yetmagan shaxsning mustaqil ravishda xorijga chiqishiga roziligi, ular bevosita maʼlumotlarni yigʻish punktiga yoki YIDXP orqali murojaat qilgan taqdirda, notarial tasdiqlanishi talab etilmaydi. Soʻrovnoma YIDXP orqali yuborilganda ota-onalar yoki vasiylar (homiylar)ning roziligi faqat elektron raqamli imzoni qoʻllash orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Oʻn sakkiz yoshdan yigirma yetti yoshgacha boʻlgan, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishda maʼlumotlarni yigʻish punkti tomonidan elektron tizim orqali tegishli mudofaa organlari real vaqt rejimida xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi axborot tizimlari yordamida avtomatik ravishda tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Avtomatlashtirilgan tizim orqali soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi tasdiqlangach, maʼlumotlarni yigʻish punkti masʼul xodimi xizmatdan foydalanuvchiga qonunchilikda belgilangan davlat bojini toʻlash boʻyicha invoys taqdim etadi. YIDXP orqali murojaat qilingan hollarda esa, toʻlov invoysi avtomatik tarzda xizmatdan foydalanuvchining shaxsiy sahifasiga kelib tushadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Xizmatdan foydalanuvchi tomonidan davlat xizmati uchun toʻlovlar invoys raqami kelib tushgan vaqtdan boshlab 1 oy muddat ichida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlov belgilangan muddatda amalga oshirilmagan murojaatlar koʻrib chiqilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Xorijga chiqish biometrik pasporti berilganligi uchun “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda davlat boji summasining 90 foizi undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xizmati “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslarga, shuningdek I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga koʻrsatilganda, davlat boji summasining 50 foizi miqdorida chegirma qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat boji toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari, shu jumladan Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Fuqarolar “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq, quyidagi hollarda xorijga chiqish biometrik pasporti berilganligi uchun davlat bojini toʻlashdan ozod qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yaqin qarindoshlari vafot etgan yoki ular dafn etilgan joylarni ziyorat qilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalarga (bitimlarga) binoan ular xorij sudlariga fuqarolik va jinoyat ishlari yuzasidan taraflar, guvohlar va ekspertlar sifatida chaqirilgan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
voyaga yetmagan shaxsga, shuningdek unga hamrohlik qiluvchi shaxsga xorijiy davlatda ixtisoslashgan tibbiy yordam koʻrsatilganda yoki jarrohlik amaliyoti oʻtkazilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
voyaga yetmagan shaxs ilm-fan, taʼlim, sport yoki madaniyat sohalaridan biridagi xalqaro tadbirda yoki musobaqada ishtirok etganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan shaxsga, shuningdek, unga hamrohlik qiluvchi shaxsga xorijiy davlatda ixtisoslashgan tibbiy yordam koʻrsatilganda yoki jarrohlik amaliyoti oʻtkazilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
biometrik pasport Oʻzbekiston Respublikasi yoki chet davlatlar hududida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar joylarning yoki yashash uchun moʻljallanmagan joylarning yonishi, qulashi, transport vositalarining yonishi) yuz berganligi natijasida jabrlangan jismoniy shaxslar tomonidan yoʻqotilgan yoxud yaroqsiz holga kelganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, ushbu holatlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar (yaqin qarindoshi ekanligini tasdiqlovchi hujjat, yaqin qarindoshi xorijiy davlatda dafn etilganligini tasdiqlovchi vakolatli organ tomonidan berilgan hujjat, xorijiy davlatlar sudining tegishli hujjati, Sogʻliqni saqlash vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan berilgan yoʻllanma, fuqaroning xalqaro tadbir yoki musobaqaga yuborilayotganligi toʻgʻrisida masʼul vakolatli davlat organining maʼlumotnomasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan berilgan, gerbli muhr bilan tasdiqlangan yongʻin sodir boʻlganligi haqidagi dalolatnoma va boshqa tasdiqlovchi hujjatlar) soʻrovnomaga ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan xorijga xizmat safariga yuboriladigan fuqarolarning xorijga chiqish huquqini beruvchi hujjatlar uchun davlat boji belgilangan tartibda ushbu korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) xizmatdan foydalanuvchi Markazga oʻzi kelib murojaat qilganda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40 foizi — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10 foizi — Adliya vazirligi Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qolgan mablagʻlar — Davlat budjetiga oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40 foizi — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10 foizi — YIDXP orqali shakllantirilgan soʻrovnoma boʻyicha xizmatdan foydalanuvchi tanlagan maʼlumotlarni yigʻish punkti turidan kelib chiqib, tegishlicha Adliya vazirligi Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga yoki Ichki ishlar vazirligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11,75 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qolgan mablagʻlar — Davlat budjetiga oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari orqali murojaat qilinganda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40 foizi — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10 foizi — Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qolgan mablagʻlar — Davlat budjetiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Toʻlov muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng, xorijga chiqish biometrik pasportini olish boʻyicha shakllantirilgan soʻrovnoma quyidagi harakatlarni amalga oshirish uchun axborot tizimi orqali Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati organlari va DPMga yuboriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar organlariga — sudlanganlik, maʼmuriy nazoratda turganlik, shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo va shartli hukm qoʻllanilganlik, shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganlik holatlarini, hujjat va shaxs tekshiruvi hamda shaxsni identifikatsiya qilish boʻyicha tekshiruvlardan oʻtkazish uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xavfsizlik xizmati organlariga — murojaat etuvchining xorijga chiqish biometrik pasportini berishga doir xizmat koʻrsatishni rad etuvchi, ushbu nizomda nazarda tutilgan asoslar mavjud yoki mavjud emasligini tekshirish uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DPMga — xorijga chiqish biometrik pasportini chop etish va maʼlumotlarni yigʻish punktiga yuborish uchun.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Maʼlumotlarni yigʻish punkti tomonidan xorijga chiqish biometrik pasporti xizmatdan foydalanuvchi murojaat etib, tegishli toʻlovlarni amalga oshirgan kundan boshlab, YIDXP orqali murojaat qilingan hollarda esa, maʼlumotlarni yigʻish punktida xizmatdan foydalanuvchining biografik maʼlumotlarini, qoʻl barmoqlarining elektron izlarini (16 yoshdan katta shaxslar uchun) toʻplash, yuzni toʻgʻridan raqamli formatda rasmga olish ishlari amalga oshirilgan paytdan boshlab, oʻn ish kuni (16 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun qoʻshimcha oʻrganishlar talab etiladigan alohida hollarda — bir oy) ichida taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Fuqaro davlat xizmatini koʻrsatishning har qanday bosqichida ushbu xizmatdan foydalanishdan bosh tortish huquqiga ega. Xizmatdan foydalanuvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi hamda amalga oshirilgan toʻlov summasi xizmatdan foydalanuvchiga qaytarilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Oʻzbekiston Respublikasining voyaga yetmagan fuqarosiga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish chogʻida quyidagi holatlarda ota-onadan birining roziligi talab qilinmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ota-onaning biri vafot etganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boquvchisi yolgʻiz ona boʻlgan hollarda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolaning ota-onasidan biri xorij fuqarosi boʻlganida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ota-onadan biri sud tomonidan ota-onalik huquqlaridan mahrum qilingan, bedarak yoʻqolgan deb topilgan yoxud muomalaga layoqatsiz deb topilganida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ota-onadan birining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxati xorijga doimiy yashashga ketganligi munosabati bilan bekor qilinganida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlar maʼlumotlarni yigʻish punkti xodimlari tomonidan “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali, oltinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar esa Ichki ishlar vazirligining “Manzil” axborot tizimi orqali mustaqil ravishda tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandning beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlarni tasdiqlash uchun tegishli sud qarorining nusxasi taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Voyaga yetmagan shaxslarga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish xizmati yuzasidan ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar oʻrtasida chiqqan har qanday nizolar sud tartibida hal qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Ota-onaning biri oʻz bolasining xorijga chiqishiga rozi boʻlmagan taqdirda, uning xorijga chiqish huquqini cheklash uchun sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. 16 yoshga toʻlmagan shaxslar nomidan ularning ota-onalari, vasiylari (homiylari), ushbu shaxslarni xorijga yuborayotgan tashkilotlarning vakillari murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Taqdim etilgan hujjatlar asosida maʼlumotlarni yigʻish punkti xizmatdan foydalanuvchining biografik maʼlumotlarini, qoʻl barmoqlarining elektron izlarini (16 yoshdan katta shaxslar uchun) toʻplaydi, yuzni toʻgʻridan raqamli formatda rasmga oladi va xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish boʻyicha elektron talabnomani shakllantiradi. Talabnoma elektron shaklda avtomatik tarzda DPMga joʻnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Xizmatdan foydalanuvchi oʻz ixtiyoriga koʻra davlat xizmatini koʻrsatishning tegishli bosqichlari (murojaat qabul qilinib, toʻlov uchun invoys hamda tayyor boʻlgan xorijga chiqish biometrik pasportning maʼlumotlarni yigʻish punktiga yetkazilganligi) haqida avtomatik ravishda sms-xabar yoʻllash orqali xabardor qilib borilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xizmatini koʻrsatishning tegishli bosqichlari YIDXP yoki DPMning rasmiy veb-sayti orqali tekshirib olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. DPM tayyor boʻlgan xorijga chiqish biometrik pasportini uni rasmiylashtirish uchun DFX orqali talabnoma yuborgan maʼlumotlarni yigʻish punktiga topshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼlumotlarni yigʻish punkti xorijga chiqish biometrik pasportini qabul qilib olgan kunning oʻzida xizmatdan foydalanuvchini pasportni olib ketish mumkinligi haqida xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Tayyor boʻlgan xorijga chiqish biometrik pasporti faqatgina xizmatdan foydalanuvchining oʻziga taqdim etiladi hamda taqdim etilganligi qoʻl barmoqlarining elektron izlarini (16 yoshdan katta shaxslar uchun) solishtirish orqali verifikatsiya qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
401. 16 yoshga toʻlmagan shaxsning xorijga chiqish biometrik pasporti uning ota-onalariga, vasiylari (homiylari)ga, xorijga chiqish biometrik pasporti berish haqida iltimosnoma bilan murojaat qilgan tashkilotlarning vakillariga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
402. Fuqaro va qonuniy vakillar xorijga chiqish biometrik pasportini avaylab saqlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
403. Familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, jinsi oʻzgarganligi yoxud yozuvlarda noaniqliklar va xatolar mavjudligi aniqlanganligi munosabati bilan xorijga chiqish biometrik pasporti almashtirilayotganda fuqaro maʼlumotlarni yigʻish punktiga ushbu holatlarni tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yozuvlarda noaniqliklar va xatoliklarga maʼlumotlarni yigʻish punkti yoki DPM xodimlarining aybi bilan yoʻl qoʻyilgan taqdirda, fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasportini qayta rasmiylashtirib berganlik uchun davlat boji undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
404. Xorijga chiqish biometrik pasporti, xizmatdan foydalanuvchining xohishiga koʻra, amal qilish muddati qancha qolganidan qatʼi nazar, istalgan vaqtda almashtirilishi mumkin. Bunda xorijga chiqish biometrik pasportini almashtirish mazkur bobda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Xorijga chiqish biometrik pasportini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish asoslari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
405. quyidagilar xorijga chiqish biometrik pasportini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish uchun asos boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ushbu Nizomda nazarda tutilgan talab etiluvchi hujjatlar taqdim etilmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) agar shaxs oʻzi toʻgʻrisida bila turib soxta yoki notoʻgʻri maʼlumotlarni taqdim etgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) qoʻl barmoqlarining izlarini olish tartib-taomilidan bosh tortilgan va koʻzoynak taqib yoki bosh kiyim, tashqi koʻrinishga taʼsir qiluvchi ashyolar bilan suratga tushish istagi qatʼiy bildirilgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) agar shaxsga nisbatan xorijga chiqishiga toʻsqinlik qiladigan shartnoma, kontrakt majburiyatlari amal qilayotgan boʻlsa, ushbu majburiyatlarning amal qilish muddati tamom boʻlguniga qadar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) agar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlsa — ish yuzasidan uzil-kesil sud qarori yoki boshqa qaror qabul qilingunga qadar (surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudyaning yozma xati asosida);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) agar shaxs ichki ishlar organlarining maʼmuriy nazoratida boʻlsa — nazorat toʻxtatilgungacha (maʼmuriy nazoratni amalga oshiruvchi organning yozma xati asosida);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) agar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo va shartli hukm qoʻllanilgan boʻlsa — jazoni oʻtab boʻlgunigacha yoki jazodan va shartli hukmdan ozod qilingunga qadar (jazoni ijro etuvchi organning yozma xati asosida);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) agar shaxsda sud tomonidan yuklangan ijro etilmagan majburiyatlar boʻlsa — majburiyatlar ijro etilgunga qadar, voyaga yetmagan bolalarni taʼminlash uchun alimentlar oldindan toʻlanganligi Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining maʼlumotnomalari bilan tasdiqlangan holatlar bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) agar shaxsga nisbatan vakolatli organlarning mazkur shaxs xorijga chiqishi maqsadga muvofiq emasligini koʻrsatuvchi axboroti mavjud boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijga chiqish biometrik pasportini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishni ushbu bandda nazarda tutilmagan boshqa asoslar bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
406. Xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirilganidan keyin shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash faqat qonunda belgilangan hollarda amalga oshirilishi mumkin. Fuqaroning davlat chegarasi orqali oʻtish huquqini cheklash surishtiruv, tergov yoki sud organlari qarori asosida chegara nazorati boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
407. Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishni ushbu nizomning 405 va 406-bandlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etish yoki fuqarolarning xorijga chiqishini cheklash, shuningdek, xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishga doir davlat xizmatini koʻrsatish tartibini buzish yuzasidan boʻysunish tartibida yuqori turuvchi organga yoxud bevosita sudga shikoyat qilinishi mumkin.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. 5-bob quyidagi tahrirdagi 5-6-boblar bilan almashtirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“5-bob. Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishga doir alohida tartibotlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlardan xabardor fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish Davlat xavfsizlik xizmatining tegishli organlari bilan kelishiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlardan xabardor fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportlari davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar bilan ishlash yoki maxfiy-rejim boʻlinmalarida saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlardan xabardor fuqarolar xorijdan qaytib kelganlaridan keyin xorijga chiqish biometrik pasportini davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar bilan ishlash yoki maxfiy-rejim boʻlinmalariga topshirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar bilan ishlash yoki maxfiy-rejim boʻlinmalarida saqlanayotgan xorijga chiqish biometrik pasportlarining amal qilish muddati tugagach, belgilangan tartibda yoʻq qilish uchun migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga joʻnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar bilan ishlash yoki maxfiy-rejim boʻlinmalarida saqlanayotgan xorijga chiqish biometrik pasportlari mehnat shartnomasi bekor qilingandan keyin Davlat xavfsizligi xizmatining tegishli organlari bilan kelishgan holda fuqarolarga qaytarib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqayotgan harbiy xizmatchilarning xorijga chiqish biometrik pasportlari boʻlmasa, shuningdek, ularga xorijga chiqish biometrik pasporti berish zarurati bilan bogʻliq boshqa holatlarda xorijga chiqish biometrik pasportlari vazirliklar va idoralarning yozma iltimosnomalari asosida ushbu Nizomda belgilangan tartibda migratsiya boʻlinmalari tomonidan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Yaroqsiz holga keltirilgan yoki yoʻqotib qoʻyilgan xorijga chiqish biometrik pasportlarini yangisiga almashtirish ushbu Nizomda nazarda tutilgan umumiy tartiblar asosida maʼlumotlarni yigʻish punktlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holatga keltirilgan xorijga chiqish biometrik pasportlarini almashtirishga oid murojaatlar boʻyicha tegishli vakolatli organlar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartib-taomillar amalga oshirishlari uchun xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu toifadagi soʻrovnomalarni koʻrib chiqish muddati istisno tariqasida yana oʻn ish kunigacha uzaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Topib olingan xorijga chiqish biometrik pasporti maʼlumotlarni yigʻish punktlariga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Vafot etgan fuqaroning xorijga chiqish biometrik pasporti fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga topshiriladi, mazkur organ xorijga chiqish biometrik pasportini keyinchalik yoʻq qilish uchun tegishli migratsiya boʻlinmasiga joʻnatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Qamoqqa olingan yoki ozodlikdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari yoxud ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan va shartli hukm qoʻllanilgan shaxslardan xorijga chiqish biometrik pasporti surishtiruv, tergov organlari, ichki ishlar organlarining probatsiya boʻlinmalari yoki sud tomonidan olib qoʻyiladi. Shaxs qamoqda qoldirilgan yoki sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan taqdirda, xorijga chiqish biometrik pasporti Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentiga joʻnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qamoqdan ozod qilinganda yoki jazo muddati oʻtab boʻlinganidan keyin xorijga chiqish biometrik pasporti surishtiruv, tergov organlari, ichki ishlar organlarining jazoni ijro etish inspeksiyasi, sud tomonidan yoxud jazoni ijro etish muassasasining maʼmuriyati tomonidan egasiga (jazoni ijro etish muassasasidan chiqib ketayotgan vaqtning oʻzida) qaytarib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijga chiqish biometrik pasporti surishtiruv, tergov organlari yoki sud tomonidan ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan taqdirda (pasportni ashyoviy dalil sifatida saqlab turish davrida amal qilish muddati oʻtib ketsa), yangi pasport vakolatli organning olib qoʻyish haqidagi tegishli qarori taqdim etilgach, migratsiya boʻlinmalari tomonidan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Sud ajrimi bilan amal qilishi toʻxtatib turilgan xorijga chiqish biometrik pasporti ichki ishlar organlari tomonidan tegishli migratsiya boʻlinmasiga yoʻq qilish uchun joʻnatish maqsadida olib qoʻyilganda, fuqaroga uning pasporti olib qoʻyilganligi hamda yoʻq qilinganligi haqida dalolatnoma beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Tekshirish, verifikatsiyalash jarayonida noaniqliklar yoki chegara (migratsiya) qaydlari, xorij vizalari, ruxsat beruvchi yozuvlar soxtalashtirilganligini koʻrsatuvchi belgilar aniqlangan biometrik pasport yoki xorijga chiqish biometrik pasporti, shuningdek, belgilangan tartibda haqiqiy emas deb topilgan yoki sud ajrimi bilan amal qilishi toʻxtatib turilgan biometrik pasport yoki xorijga chiqish biometrik pasporti chegara nazorati boʻlinmalari tomonidan tegishli vazirliklar va idoralarga joʻnatish uchun olib qoʻyilishi mumkin. Pasport olib qoʻyilgan taqdirda, chegara nazorati boʻlinmasi tomonidan fuqaroga uning pasporti olib qoʻyilganligi haqida dalolatnoma beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Quyidagilar taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomda nazarda tutilgan holatlardan tashqari fuqarodan xorijga chiqish biometrik pasportini olib qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijga chiqish biometrik pasportini majburiyatlarni taʼminlash maqsadida garov sifatida qabul qilish va topshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari xorijga chiqish biometrik pasportining amal qilishi toʻxtatib turilganligi toʻgʻrisidagi sud ajrimini Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti orqali Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalariga maʼlumot uchun yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Doimiy yashash uchun xorijga chiqishda Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan oʻz ota-onalarining va turmush oʻrtogʻining (birgalikda chiqish holatlari bundan mustasno), shuningdek, agar birgalikdagi nikohdan voyaga yetmagan bolalar boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan sobiq turmush oʻrtogʻining notarial tasdiqlangan roziligi, ular vafot etgan yoki bedarak yoʻqolgan hollarda esa vafot etganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning yoki sudning shaxsni bedarak yoʻqolgan deb eʼtirof etish haqidagi qarorining notarial tasdiqlangan nusxasi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Doimiy yashash maqsadida xorijga chiqish uchun murojaat qilgan fuqaroni migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasi masʼul xodimi mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq ogohlantiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar, agar ular doimiy yashash maqsadida xorijga chiqish uchun murojaat qilgan taqdirda, bu haqda migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasi tomonidan elektron axborot almashinuvi vositasida real vaqt rejimida tegishli mudofaa organlari xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Ushbu Nizom talablarini buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Qonun hujjatlari bilan quyidagilar uchun javobgarlik belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijga chiqish biometrik pasportiga ataylab shikast yetkazish, shuningdek, xorijga chiqish biometrik pasportini ehtiyotsizlik bilan saqlab, uning yoʻqolishiga sabab boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻqolganligi haqida ariza berilgan xorijga chiqish biometrik pasportidan, shuningdek, boshqa shaxsga qarashli boʻlgan xorijga chiqish biometrik pasportidan gʻarazli maqsadlarda foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijga chiqish biometrik pasportini qonunga xilof ravishda olib qoʻyish yoki uni garov sifatida qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijga chiqish biometrik pasportiga gʻarazli yoki boshqa tuban niyatlar bilan ega boʻlib olish, shuningdek, uni yoʻq qilish, yaroqsiz holga keltirish, yashirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Jazoni ijro etish muassasasida jazoni oʻtab chiqqan, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar joylarning yoki yashash uchun moʻljallanmagan joylarning yonishi, qulashi, transport vositalarining yonishi) yuz berganligi oqibatida xorijga chiqish biometrik pasporti yoʻqolganligi yoki yaroqsiz holga kelganligi toʻgʻrisida murojaat etgan shaxs javobgarlikka tortilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, jazoni ijro etish muassasasida jazoni oʻtab chiqqan shaxs bu holatni tasdiqlovchi tegishli hujjatni taqdim etadi, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar joylarning yoki yashash uchun moʻljallanmagan joylarning yonishi, qulashi, transport vositalarining yonishi) yuz berganligi holatini tasdiqlash zarurati boʻlganda, ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlari tomonidan soʻrov asosida qonunchilikda belgilangan vakolatli idoralardan maʼlumotnoma olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Maʼlumotlarni yigʻish punkti xodimlari oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. Murojaat qiluvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68. Adliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari ushbu Nizomga muvofiq, xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatilishi talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan YIDXP orqali doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ilova quyidagi mazmundagi 3 — 6-ilovalar bilan almashtirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Xizmatdan foydalanuvchi
Maʼlumotlarni yigʻish punktiga oʻzi kelgan holda murojaat qiladi yoki YIDXP da roʻyxatdan oʻtadi hamda soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
Xohishiga koʻra
2-bosqich
Axborot tizimlari
Soʻrovnomadagi maʼlumotlar avtomatik tizim orqali tekshiriladi:
“FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi;
Yagona milliy mehnat tizimi”;
“Notarius” axborot tizimi;
Ichki ishlar vazirligining “Tezkor maʼlumotlar” axborot tizimi.
Avtomatik tarzda
3-bosqich
1. Maʼlumotlarni yigʻish punkti
2. YIDXP
Toʻldirilgan elektron soʻrovnoma va talabnoma DPMga yuboriladi.
Soʻrovnoma toʻldirilgandan keyin 10 daqiqa ichida
4-bosqich
1. Vakolatli organlar
1. Davlat xizmati koʻrsatilishini rad etish asoslari mavjud yoki mavjud emasligi nuqtai nazaridan tekshiriladi.
1. 5 ish kunigacha
(alohida hollarda 20 kungacha)
2. DPM
2. Xorijga chiqish biometrik pasporti tayyorlanadi.
2. 2 ish kunigacha
3. Davlat feldyegerlik xizmati
3. Xorijga chiqish biometrik pasporti maʼlumotlarni yigʻish punktiga yetkaziladi.
3. 3 ish kunigacha
5-bosqich
Maʼlumotlarni yigʻish punkti
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining tayyor boʻlgan xorijga chiqish biometrik pasportini fuqaroga taqdim etadi.
Xizmat yuzasidan tegishli toʻlovlar amalga oshirilgan kundan boshlab, 10 ish kunida
(alohida hollarda 30 kunda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SOʻROVNOMA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga asosan qaysi hollarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi yoʻqotilishi mumkinligi toʻgʻrisida ogohlantirildim.
______________________ (sana)
______________________ (imzo)
______________________ (F.I.O.)”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2022-y., 07/22/282/0531-son)