13.06.2022 yildagi PF-153-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 13.06.2022 yildagi PF-153-son
Date of entry into force
13.06.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus iqtisodiy, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyati samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus iqtisodiy, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari (keyingi oʻrinlarda — sanoat zonalari) faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada soddalashtirish, investitsiyalar jalb qilish uchun sharoitlarni yaxshilash, investitsiya loyihalarini jadal amalga oshirishni taʼminlash, shu asosda yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi davlat muassasasi shaklidagi kichik sanoat zonalarini boshqarish boʻyicha yagona direksiyalar kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish boʻyicha yagona direksiyalar (keyingi oʻrinlarda — yagona direksiyalar) sifatida qayta tashkil etilsin hamda ularga qoʻshimcha ravishda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantirish, ular hududidagi yer maydonlari, bino va inshootlarni elektron onlayn-auksionga chiqarish vazifalari yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri maxsus iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashlari tugatilib, ularning vazifalari tegishincha maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalariga hamda yagona direksiyalarga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Maxsus iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalarining biznes-rejalari yoki texnik-iqtisodiy asoslariga “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKning xulosasini olish talabi bekor qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, maxsus iqtisodiy zonalar hududida amalga oshirish uchun taklif etilayotgan loyihalarning “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan talablarga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalari tomonidan mustaqil ravishda qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 2022-yil 1-iyuldan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoat zonalari hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish boʻyicha qarorlar maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalari hamda yagona direksiyalar tomonidan oʻn ish kunida qabul qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus iqtisodiy zonalar hududida auksionga chiqarilgan yer maydonlarini ijaraga berish boʻyicha auksionda bir ishtirokchi qatnashgan taqdirda ham savdolar oʻtkazilgan hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoat zonalari hududida realizatsiya qilinadigan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqi uchun toʻlovni toʻliq amalga oshirgan xaridorlarga mazkur ijara huquqini kredit mablagʻlarini ushbu yer uchastkasida loyihani amalga oshirish uchun yoʻnaltirish sharti bilan kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish huquqi beriladi;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PF-233-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoat zonalarida bino-inshootlarni elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berishda sotib olish toʻlovlarini yigirma toʻrt oy muddatda boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat etiladi;
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-sentabrdagi PF-135-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2024-y., 06/24/135/0696-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari tomonidan ishlab chiqarish va mahsulotlarni eksportga realizatsiya qilish uchun foydalanadigan xomashyo, materiallar va butlovchi qismlarni olib kirishda bojxona imtiyozlari faqat tovarlar “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga joylashtirilgan taqdirda qoʻllaniladi;
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus iqtisodiy, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun auksion orqali yer ijaraga olinganda ijara toʻlovlari loyiha ishga tushgunga qadar, biroq 2 yildan koʻp boʻlmagan muddatga kechiktirib toʻlanishi mumkin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentabrdagi PF-176-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2025-y., 06/25/176/0878-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Sanoat zonalari bosh rejasiga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoat zonalari infratuzilma bilan taʼminlangandan va davlat qabul komissiyasi tomonidan qabul qilingandan soʻng ular hududidagi yer uchastkalari auksion savdolariga chiqariladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoat zonalarida ishlab chiqarish faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida xususiy investorlarga Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda infratuzilma bilan taʼminlash ishlarini amalga oshirishga ruxsat beriladi hamda keyinchalik ushbu xarajatlarni sanoat zonalarining mablagʻlari hisobidan qoplab berish tartibi joriy etiladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-159-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2024-y., 06/24/159/0828-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tashqi savdo va logistika hamda ishlab chiqarish korxonalariga maxsus iqtisodiy zonalar hududida xizmat koʻrsatish yoʻnalishida investitsiya loyihalarini amalga oshirishga va qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq boʻlgan hollarda ishtirokchi maqomini olishga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga zarur hollarda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan kelishilgan holda, tuman (shahar)larda kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish direksiyalarini tashkil etish huquqini berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalari va yagona direksiyalarga har bir loyiha uchun alohida loyiha menejerlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalari va yagona direksiyalar rahbarlariga direksiyalar tuzilmalariga, zarur hollarda, oʻzgartirish kiritish vakolatini berish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududidagi bino-inshootlarni hamda yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotishdan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmalariga hamda Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasiga tushadigan pul mablagʻlarini yagona direksiyalarga qarashli zonalarda belgilangan tartibda infratuzilma yaratish, ularning bosh rejalarini ishlab chiqish va yagona direksiyalarning talabnomasiga asosan ularning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltirish.
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoat zonalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ularning direksiyalari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus iqtisodiy zonalar hududida amalga oshiriladigan loyihalar boʻyicha investitsiya buyurtmanomalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimi tomonidan besh kun muddatda tasdiqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yagona direksiyalar rahbarlarini tayinlash hamda belgilangan tartibda maxsus iqtisodiy zonalar bosh rejalarini tasdiqlash Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kichik sanoat hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarining bosh rejalari tuman (shahar) hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududida yer va bino-inshoot munosabatlarini tartibga solish, shu jumladan ularni xususiylashtirish masalalari boʻyicha hukumat qarorini tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Adliya vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda investorlarning maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalari va yagona direksiyalar hamda davlat idoralari bilan hamkorlik jarayonlarida “yagona darcha” tamoyili asosida xizmat koʻrsatish tizimini joriy qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Kadastr agentligi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qoraqalpoq-agro” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tugatish hamda unga ajratilgan yer maydonlarini keyinchalik ushbu yer maydonlarida bogʻdorchilik va uzumchilik loyihalarini amalga oshirish uchun tegishli hokimliklar zaxirasiga qaytarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farmatsevtika sohasiga ixtisoslashgan maxsus sanoat zonalari hududlarida ushbu zonalarning asosiy yoʻnalishi boʻyicha joylashtirilgan ishlab chiqarish korxonalari faoliyatiga zarar yetkazmaydigan boshqa yoʻnalishdagi korxonalarni oʻrnatilgan tartibda joylashtirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Kadastr agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Qoraqalpoq-agro” erkin iqtisodiy zonasi tarkibiga kiruvchi yer maydonlarining shahar va tumanlar hokimliklari zaxirasiga qaytarilishini va davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari A.B. Voitov belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 13-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-153-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-iyundagi PF-153-son Farmoniga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-dekabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5600-son Farmonida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshidagi “maʼmuriy kengashlarining” soʻzlari “direksiyalarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi xatboshidagi “maxsus iqtisodiy zonalar maʼmuriy kengashlari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari tomonidan bojxona imtiyozlari qoʻllangan holda import qilinadigan oʻxshashi boʻlmagan texnologik uskunalar va respublikada ishlab chiqarilmaydigan qurilish materiallari bojxona rasmiylashtiruvi tovarlar roʻyxatini har tomonlama ekspertizadan oʻtkazish natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” (keyingi oʻrinlarda — Markaz) DUKning ijobiy xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn ikkinchi xatboshidagi “oʻn besh” soʻzlari “besh” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn birinchi, oʻn ikkinchi va oʻn oltinchi xatboshilar tegishincha sakkizinchi — oʻninchi xatboshilari deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 3-bandning “v” kichik bandi, 5-bandning uchinchi xatboshisi va 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-oktabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3356-son qarorida 1 va 4-bandlar, 6-bandning oltinchi xatboshisi hamda 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-iyundagi “Kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4363-son qarori 6-bandidagi “2022” raqami “2025” raqami bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-yanvardagi “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4574-son qarorining 7-bandi quyidagi mazmundagi “d” kichik bandi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“d) Klaster hududida yer uchastkalarini ajratish ularni Direksiya tomonidan elektron onlayn auksionga chiqarish orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-dekabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5600-son Farmonida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2022-y., 06/22/153/0518-son, 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son; 21.11.2023-y., 06/23/198/0868-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son; 10.09.2024-y., 06/24/135/0696-son; 17.10.2024-y., 06/24/159/0828-son; 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son; 29.09.2025-y., 06/25/176/0878-son)