09.06.2022 yildagi PQ-275-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 09.06.2022 yildagi PQ-275-son
Date of entry into force
10.06.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutini tashkil etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼrifatparvar olim, sharq va gʻarb tillarining bilimdoni Isʼhoqxon Ibratning yorqin xotirasi hamda nomini abadiylashtirish, Namangan viloyatida xorijiy tillarni mukammal egallagan, chuqur bilimga ega boʻlgan raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash maqsadida, shuningdek, 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturiga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi, Prezident taʼlim muassasalari agentligi hamda Namangan viloyati hokimligining Namangan shahrida Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutini (keyingi oʻrinlarda — Institut) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, Institut yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi hamda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida faoliyat yuritadi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 06/24/55/0263-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Institut faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro baholash dasturlaridan (PISA, TALIS, PIRLS) foydalangan holda oʻqitishning zamonaviy shakllari hamda metodlarini joriy etish, ushbu bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan oliy maʼlumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz taʼlim dasturlarini xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy taʼlim muassasalari reytingida birinchi 1000 talik roʻyxatga kirgan xorijiy oliy taʼlim muassasalarining dasturlari asosida shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet tillarini oʻqitishning interfaol vositalarini ishlab chiqish va joriy etish hamda aholining keng qatlamlari oʻrtasida chet tillarini oʻrganishni ommaviylashtirishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlimni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, oʻquv jarayoniga raqamli texnologiyalarni tatbiq qilish, talabalarda sinxron, badiiy, ketma-ket hamda ilmiy-texnik tarjima koʻnikmalarini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet tillar boʻyicha mahalliy va xorijiy professor-oʻqituvchilar bilan hamkorlikda yangi avlod oʻquv adabiyotlarini yaratish, axborot-resurs markazlarni zamonaviy oʻquv, oʻquv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan taʼminlash hamda ularni muntazam yangilab borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish, jumladan, professor-oʻqituvchilar stajirovkasi va malaka oshirishini nufuzli respublika va xorijiy oliy taʼlim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarida tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim va ilm-fan sohalarida xorijiy mamlakatlarning yetakchi taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari bilan uzoq muddatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash, qoʻshma taʼlim dasturlari hamda ilmiy loyihalarni amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti faoliyatini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutini 2026-yilga qadar rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida tashkil etiladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Institutda oʻquv jarayoni 2022/2023 oʻquv yilidan boshlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Institutga qabul parametrlari belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi va qoʻshimcha qabul parametrlaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyuldagi PF-114-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2025-y., 06/25/114/0633-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Institutda talabalarga ikkita xorijiy til boʻyicha kvalifikatsiya berish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Institutning xorijiy tilda mutaxassislik fanlaridan dars beradigan S1 darajadan kam boʻlmagan milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro tan olingan sertifikatga ega oʻqituvchilariga ularning bazaviy lavozim maoshiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qoʻshimcha ustama haqi toʻlab boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2022-yil 1-avgustga qadar Institutni tanlov asosida amaliy tajriba va (yoki) ilmiy darajaga ega boʻlgan yuqori malakali professor-oʻqituvchilar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab Institutning xorijiy tillar oʻqituvchilari S1 darajadan kam boʻlmagan milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institutning oʻquv jarayoniga til egasi boʻlgan malakali xorijiy mutaxassislar jalb qilinishini tashkillashtirsin. Bunda, xorijiy mutaxassislarning oylik ish haqi Institut tomonidan bozor konyunkturasi asosida belgilanadi hamda Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari va Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan toʻlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institutning mutaxassislik fanlari (xorijiy tildan tashqari) oʻqituvchilarining B2 darajadan kam boʻlmagan milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Institut talabalarining oʻquv va ilmiy amaliyotlarini xorijiy davlatlarda tashkil etishga koʻmaklashsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi (S. Obidov) quyidagi yoʻnalishlarda Institutga yaqindan koʻmaklashsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijlik ekspertlarni jalb etgan holda Institutning professor-oʻqituvchilari va mutaxassislari uchun malaka oshirish, jumladan, badiiy va sinxron tarjima qilish koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha kurslarni tashkil qilishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institut professor-oʻqituvchilarida zamonaviy oʻqitish koʻnikmalarini shakllantirishda va ularni chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha imtihonlarga tayyorlashda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institutning boʻsh auditoriyalarida xorijiy tillarni oʻqitish kurslarini tashkil etish orqali talabalarga qoʻshimcha daromad topishlari uchun zarur sharoit yaratishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi va taʼlim muassasalari uchun chet tillarini oʻrganishda koʻmak beruvchi kontentlarni shartnoma asosida yaratishda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Institut Prezident taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining (keyingi oʻrinlarda — Ijod maktabi) taʼlim hamkori etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institut zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 1-yanvarga qadar Institutda Ijod maktabi oʻquvchilari uchun “Tarjimonlar klubi”ni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institutning professor-oʻqituvchilari va iqtidorli talabalarini Ijod maktabining taʼlim jarayoniga keng jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijod maktabi uchun malakali va chet tillarni mukammal egallagan kadrlarni tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijod maktabi oʻqituvchilarini Institutga stajirovka oʻtashga jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijod maktabi oʻquv jarayoniga chet tillari boʻyicha zamonaviy taʼlim texnologiyalari, ilgʻor va innovatsion tajribalarni joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijod maktabini chet tillaridagi oʻquv va ilmiy adabiyotlar hamda elektron oʻquv resurslari bilan taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Namangan muhandislik-qurilish institutining Namangan viloyati, Toʻraqoʻrgʻon tumani, “Yangiobod” MFY, Saodat koʻchasi, 28-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarini tegishli hududi bilan birgalikda Institutga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Namangan viloyati, Toʻraqoʻrgʻon tumani, Toʻraqoʻrgʻon koʻchasi, 22-uy manzilida joylashgan Namangan davlat universiteti tizimidagi “Isʼhoqxon Ibrat — Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeyini Institut tizimiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Namangan viloyati hokimligi (Sh. Abdurazakov):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 1-yanvarga qadar Institutga 1 000 oʻrinli yangi oʻquv binosi va 400 oʻrinli talabalar turar joyini qurish uchun doimiy foydalanish huquqi bilan zarur yer uchastkasi ajratilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov) bilan birgalikda Institut talabalarining amaliyotini hududdagi korxonalar, turizm va madaniy meros obyektlari, taʼlim va boshqa tashkilotlarda oʻtkazish hamda yuqori kurs talabalarini ish haqi toʻlanadigan tizim orqali band qilish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan Institutning axborot-resurs bazasini xorijiy oʻquv, badiiy va ilmiy adabiyotlar bilan boyitib borishga koʻmaklashsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olis hududlardan va xorijiy mamlakatlardan kelib dars beradigan professor-oʻqituvchilarni ish davri davomida uy-joy bilan taʼminlash maqsadida Institutga yaqin hududda joylashgan koʻp qavatli uy-joylardan xizmat uylarini Institutga tekin foydalanish huquqi asosida ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Institutga budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan boshqa hududlardan jalb etilgan professor-oʻqituvchilar uchun qulay shart-sharoit yaratish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, xususan, uy-joy ijarasi uchun toʻlovni kompensatsiya qilishga ruxsat etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A. Boboyev) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov) bilan birgalikda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga asosan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institutning Namangan viloyati hokimligi tomonidan ajratiladigan yer maydonida 1 000 oʻrinli oʻquv binosini qurish va jihozlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institutga berilayotgan Namangan viloyati, Toʻraqoʻrgʻon tumani, “Yangiobod” MFY, Saodat koʻchasi, 28-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish va jihozlash loyihalari Oʻzbekiston Respublikasining 2023 — 2025-yillarga moʻljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov) Moliya vazirligi (T. Ishmetov) bilan birgalikda 2025-yil 1-yanvarga qadar Institutning 400 oʻrinli talabalar turar joyini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institut faoliyati Davlat budjeti mablagʻlari, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar, Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro grantlar, xoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institutning dastlabki faoliyatini yoʻlga qoʻyishda unga ajratilgan bino va inshootlarni joriy taʼmirlash va jihozlash (mebel, kompyuter texnikasi, oʻquv adabiyotlari va boshqa moddiy-texnika vositalarini xarid qilish, internet tarmogʻiga ulash) ishlari Namangan viloyatining mahalliy budjeti hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan teng ulushda amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur qarorni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish 2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi, 2023-yildan boshlab — Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Innovatsion rivojlanish vazirligi filologiya fanlari tarmogʻining tegishli ixtisosliklari boʻyicha yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqib, 2023-yildan boshlab Institutga doktorantura boʻyicha qabul kvotalari ajratilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.X. Toshkulov hamda Namangan viloyati hokimi Sh.Sh. Abdurazakov belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 9-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-275-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PQ-275-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti faoliyatini tashkil etish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Moliyalashtirish manbalari

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti faoliyatini yoʻlga qoʻyish, taʼlim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalar va oʻqitish metodlarini joriy etish

1.

Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) faoliyatini yoʻlga qoʻyishga oid hujjatlarni tayyorlash.

1. Institut ustavini ishlab chiqish, tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

-

2022-yil 1-iyul

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Toshkulov),

Institut

2. Amaldagi meʼyoriy hujjatlar asosida Institut tashkiliy tuzilmasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil 1-iyul

2.

Institutning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

1. Institutning shtatlar jadvalini oʻrnatilgan tartibda tasdiqlash.

-

2022-yil 1-avgust

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Toshkulov),

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Institut

2. Institutning 2022-yilga moʻljallangan xarajatlar smetasini oʻrnatilgan tartibda tasdiqlash.

2022-yil 1-avgust

3.

Institutning professor-oʻqituvchilar tarkibiga zarur bilim va amaliy koʻnikmalarga ega kadrlarni jalb etish.

1. Institutni pedagog va ilmiy xodimlar bilan toʻldirish uchun boʻsh ish oʻrinlariga tanlov eʼlon qilish.

2. Mutaxassisligi (kvalifikatsiyasi) mos keluvchi pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga saralab olish.

-

2022-yil 1-avgust

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Toshkulov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(Xusanov),

Institut

4.

Institutga talabalarni qabul qilish jarayonini tashkil etish.

1. Institutda bakalavriat va magistratura bosqichlarida kadrlar tayyorlash boʻyicha davlat buyurtmasini shakllantirish.

-

Har yili iyun — avgust oylari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Toshkulov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

(Norkulov),

Institut

2. Institutning bakalavriat va magistratura bosqichlariga qabulni tashkil etish.

Har yili avgust-sentabr oylari

5.

Oʻquv jarayonini ilgʻor xorijiy tajriba va kadrlar buyurtmachilari talablari asosida tashkil etish.

1. Oʻquv rejalaridagi fanlar sonini nomutaxassislik fanlar hisobiga bosqichma-bosqich kamaytirish hamda mustaqil taʼlim salmogʻini oshirish orqali Institutning taʼlim dasturlarini takomillashtirib borish.

-

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Toshkulov),

Institut

2. Taʼlim dasturlari mazmunini kadrlar buyurtmachilari talablari hamda yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari tajribalari asosida shakllantirish.

2022-yil 1-sentabr

3. Institutda mutaxassislik fanlarini tegishli xorijiy tillarda oʻqitish tizimini joriy etish.

Doimiy

4. Bitiruvchi kurs talabalari amaliyotini kelgusida talabalar ishga joylashishi mumkin boʻlgan tashkilotlarda tashkil etish.

Doimiy

5. Xorijiy mutaxassislar ishtirokida maʼruza va amaliy mashgʻulotlar, mahorat darslarini oʻtkazish.

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab

6. Oʻquv jarayoniga xorijiy mamlakatlar yetakchi oliy taʼlim muassasalarining taʼlim texnologiyalari va metodikalarini tatbiq etish.

Doimiy

6.

Institut professor-oʻqituvchilarining kasbiy mahoratini rivojlantirish, jumladan xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida malaka oshirish hamda ilmiy stajirovka oʻtash tizimini yoʻlga qoʻyish.

1. Institut professor-oʻqituvchilarini nufuzli xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining malaka oshirish kurslariga yuborish.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Toshkulov),

Institut

2. Professor-oʻqituvchilar uchun xorijiy ilmiy markazlar va oliy taʼlim muassasalarida, shuningdek, kadrlar buyurtmachilari boʻlgan tashkilot va korxonalarda stajirovkalar tashkil etish.

Doimiy

7.

Professor-oʻqituvchilar, yosh tadqiqotchilar va talabalar uchun zamonaviy badiiy, ilmiy va oʻquv adabiyotlarning elektron kataloglari hamda jahon taʼlim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.

1. Ilgʻor xorijiy tajribalar asosida Institutning Axborot-resurs markazi foydalanuvchilari uchun kompleks elektron xizmatlar koʻrsatuvchi zamonaviy avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari

2023-yil 1-iyun

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Toshkulov),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Xodjayev),

Institut

2. Veb-texnologiyalarni qoʻllagan holda Institut Axborot-resurs markazi raqamli resurslarining elektron katalogini yaratish.

Doimiy

3. Institut professor-oʻqituvchilari, ilmiy xodimlari hamda talabalarining xorijiy kutubxonalar resurslari va ilmiy-texnik maʼlumotlar bazalaridan erkin hamda bepul foydalanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

Doimiy

8.

Institutning taʼlim jarayoni va ilmiy-tadqiqot faoliyatini zamonaviy oʻquv adabiyotlar bilan taʼminlash.

1. Institutning taʼlim jarayoni va ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun zarur boʻlgan adabiyotlar roʻyxatini shakllantirish.

Davlat budjetidan mazkur maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar, Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari

2022-yil 1-avgust

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Toshkulov),

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Institut

2. Zamonaviy oʻquv adabiyotlarni yaratish, xorijiy adabiyotlarni xarid qilish va tarjima qilish, Axborot-resurs markazi fondini muntazam ravishda yangilab borish.

Doimiy

3. Barcha oʻquv-metodik majmualarni Institutning elektron kutubxona tizimiga kiritilishini taʼminlash.

2023-yil 1-yanvar

9.

Institut talabalarining chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha tashqi baholash tizimini joriy etish.

1. Turli yoʻnalishlardan tanlab olingan bir guruh (kamida 20 nafar) yuqori kurs talabalari bilimini milliy yoki xalqaro tan olingan imtihon tizimlari orqali baholash.

2. Baholash natijasi boʻyicha taʼlim jarayoni va oʻquv dasturlarini takomillashtirish.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari

Har yili, oʻquv yili davomida

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Toshkulov),

Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi

(Obidov),

Institut

10.

Oʻquv jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish.

1. Institut oʻquv auditoriyalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash.

Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab doimiy

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Toshkulov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Shermatov),

Institut

2. “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish — NEMIS” axborot tizimiga tegishli maʼlumotlarni oʻz vaqtida va sifatli kiritilishini taʼminlash.

Doimiy

3. “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish — NEMIS” axborot tizimi orqali elektron jurnal, elektron davomat va elektron dars jadvali tizimidan foydalanishni yanada kengaytirish.

Doimiy

4. Oʻquv auditoriyalarini onlayn rejimda ishlaydigan veb-kameralar bilan jihozlash va har bir fakultetda maʼruza mashgʻulotlari uchun moʻljallangan “SMART” auditoriyalar yaratish.

2023-yil 1-sentabr

II. Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish hamda yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish

11.

Institut professor-oʻqituvchilarining ilmiy salohiyatini oshirib borish hamda yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish.

1. Institut professor-oʻqituvchilari, xodimlari hamda yosh tadqiqotchilarini ilmiy-tadqiqot ishlariga faol jalb etish.

2. Professor-oʻqituvchilar hamda yosh tadqiqotchilarning xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlarda muntazam ravishda ishtirokini taʼminlash.

3. Professor-oʻqituvchilar hamda yosh tadqiqotchilarning ilmiy maqolalarini Web of Science, Scopus, Google Scholar kabi xalqaro maʼlumotlar bazalarida indekslanuvchi jurnallarda chop etish va ularning iqtiboslik darajasini oshirish choralarini koʻrish.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

2022-yil 1-avgustdan boshlab doimiy

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(Abduraxmonov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov),

Institut

12.

Institutda amaliy, fundamental va innovatsion tadqiqotlarni yoʻlga qoʻyish.

1. Amaliy, fundamental va innovatsion tadqiqotlar mavzularini tegishli sohalar muammolarini inobatga olgan holda ishlab chiqish.

2. Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini shakllantirish uchun loyiha va takliflar kiritib borish.

-

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab doimiy

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Toshkulov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(Abduraxmonov),

Institut

13.

“Yosh filolog” oʻquv laboratoriyasini tashkil etish.

1. Laboratoriya uchun xonalarni tayyorlash va zamonaviy uskunalar bilan jihozlash.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

2023-yil 1-fevral

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Toshkulov),

Institut

2. Laboratoriya faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2023-yil 1-mart

3. Talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda qoʻllash imkoniyatlarini kengaytirish.

2023-yildan boshlab doimiy

14.

Talabalarning ilmiy-ijodiy salohiyatini oshirib borish.

1. Iqtidorli talabalarni saralab olish va ularga tajribali professor-oʻqituvchilarni biriktirish.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab doimiy

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Toshkulov),

Institut

2. Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga yoʻnaltirish.

Doimiy

3. Ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etayotgan talabalarni ragʻbatlantirib borish.

Doimiy

15.

Institutning taʼlim va boshqaruv jarayonida IT-texnologiya infratuzilmasini rivojlantirish.

1. Institut binolarini optik tolali simlar bilan jihozlash va yagona tarmoq boshqaruvini yaratish.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Reja-jadvalga muvofiq

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Toshkulov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Shermatov),

Institut

2. Institutning b?rcha binolarida Wi-Fi tizimi orqali Internet tarmogʻidan keng foydalanish imkoniyatini yaratish.

2022-yil 1-oktabr

3. Professor-oʻqituvchilar va talabalarda video, audio va animatsion materiallar ustida ishlash koʻnikmalarini shakllantirish.

Doimiy

III. Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish

16.

Institutning oʻquv dasturlarini xalqaro tan olingan tashkilotlarda akkreditatsiyadan oʻtkazish.

1. Institutning oʻquv dasturlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun xalqaro tan olingan tashkilotlar bilan aloqalarni oʻrnatish.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari

2022/2023 oʻquv yili davomida

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Toshkulov),

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

(Tashkenbayev),

Institut

2. Oʻquv dasturlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish.

2025/2026 oʻquv yiliga qadar

17.

Xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.

1. Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalari doirasida yuqori ilmiy salohiyatga ega professor-oʻqituvchilar va mutaxassislarni Institut doktorant va mustaqil tadqiqotchilariga ilmiy maslahatchi sifatida biriktirish.

2. Xorijiy hamkor oliy taʼlim muassasalari bilan mutaxassislik fanlari boʻyicha vebinarlar tashkil qilish.

3. Xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlari va ilmiy fondlarning grant mablagʻlarini jalb etish.

Xalqaro grantlar, Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab doimiy

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Toshkulov),

Institut

18.

Institutda tahsil oluvchi xorijiy talabalar ulushini oshirish.

1. Institutda xalqaro talabalar anjumanlarini oʻtkazish va ularda xorijiy talabalar ishtirokini taʼminlash.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari

Reja-jadvalga muvofiq

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Toshkulov),

Institut

2. Xorijiy fuqarolarni Institutga jalb qilish boʻyicha taʼlim agentliklari bilan kelishuv imzolash.

2023/2024 oʻquv yili davomida

3. Kelishuv doirasida xorijiy, avvalambor, MDH davlatlarida Institut faoliyatini targʻib qilish.

Reja-jadvalga muvofiq

19.

Xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda talabalar akademik almashinuvi va qoʻshma ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish.

1. Yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlar bilan qoʻshma ilmiy tadqiqotlar olib borishni yoʻlga qoʻyish.

2. Talabalarning xalqaro ilmiy konferensiyalarda ishtirokini taʼminlash.

3. Xorijiy hamkor oliy taʼlim muassasalari bilan talabalar akademik almashinuvi amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab doimiy

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Toshkulov),

Institut

IV. Talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularning bandligini taʼminlash

20.

Institut talabalariga oʻqishdan boʻsh vaqtda qoʻshimcha daromad topishga koʻmaklashish.

1. Dars mashgʻulotlaridan keyin Institutning boʻsh auditoriyalarida talabalar tomonidan til oʻrgatish kurslarini tashkil etish orqali ularga qoʻshimcha daromad topish uchun sharoit yaratib berish.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriyalari

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab doimiy

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Toshkulov),

Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi

(Obidov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Institut

2. Institut talabalarining tikuvchilik va toʻquvchilik bilan shugʻullanishi uchun xona ajratish va uni kerakli dastgohlar bilan jihozlash choralarini koʻrish.

Doimiy

3. Talabalarni jalb etgan holda “Tarjimonlik markazi”ni tashkil etish hamda tarjima xizmatini koʻrsatish.

2022-yil 1-oktabr

4. Hunarmandchilik sohasida yuqori natijalarga erishgan ustalar tomonidan talabalarga qoʻshimcha hunar oʻrgatishga qaratilgan mashgʻulotlar tashkil etish.

Doimiy

21.

Institutda beshta muhim tashabbusni keng joriy etish maqsadida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan “Yoshlar markazi”ni tashkil qilish.

1. Markaz nizomi va chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

2022-yil 1-dekabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Toshkulov),

Institut

2. Institutga tegishli binolarda Markaz uchun beshta muhim tashabbusni qamrab oladigan xonalar ajratish.

2023-yil 1-yanvar

3. Xonalarni beshta muhim tashabbus doirasidagi zarur texnika va jihozlar bilan taʼminlash.

2023-yil 1-mart

22.

Institutda beshta muhim tashabbus doirasida toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Maqom, estrada, teatr, rassomchilik va sport yoʻnalishlarida toʻgaraklar hamda badiiy havaskorlik jamoalarini tashkil etish va yoshlarni mazkur toʻgaraklarga jalb etish.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriyalari

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab doimiy

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Toshkulov),

Yoshlar ishlari agentligi

(Saʼdullayev),

Institut

2. Institut talabalari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etishga qaratilgan sport tadbirlarini tashkil etish.

Doimiy

3. Talabalarning badiiy adabiyotlarga boʻlgan qiziqishini oshirish maqsadida “Men sevgan badiiy asar” kabi tanlovlarni muntazam tashkil etib borish.

Doimiy

23.

Talabalarni oʻz ustida muntazam ishlashga undash maqsadida taniqli mutaxassislarni jalb qilgan holda tadbirlar oʻtkazish.

1. Respublikada va xorijiy davlatlarda faoliyat yuritayotgan mutaxassislar va notiqlar roʻyxatini shakllantirish.

2. Shakllantirilgan roʻyxatga muvofiq seminar, ochiq muloqot va boshqa tadbirlarni, shu jumladan masofaviy tarzda tashkil qilish.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Toshkulov),

Institut

24.

Institutda talabalarni ish bilan taʼminlash maqsadida “Karyera markazi” faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. “Karyera markazi” uchun alohida xona ajratish va uni kerakli moddiy-texnik baza, koʻrgazmali qurollar bilan taʼminlash hamda Markazning nizomini ishlab chiqish.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriyalari

2023-yil 1-iyul

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Toshkulov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(Xusanov),

Yoshlar ishlari agentligi

(Saʼdullayev),

Institut

2. “Karyera markazi” tomonidan Institut taʼlim yoʻnalishlariga mos tashkilot va korxonalar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish.

2023-yil 1-sentabr

3. Hamkor korxona va tashkilot vakillariga Institut talabalarini saralab olishi uchun tegishli sharoit yaratish.

Reja-jadval asosida

25.

Institut talabalarini hududdagi umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalariga biriktirish.

1. Hududdagi umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalarini imzolash.

-

2023-yil 1-sentabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Toshkulov),

Xalq taʼlimi vazirligi (Saidov),

Institut

2. Talabalarga doimiy ravishda mazkur taʼlim muassasalarida amaliyot oʻtash va oʻz bilimlarini mustahkamlash uchun sharoit yaratish.

Doimiy

26.

Romanlar, hikoyalar va kinofilmlar orqali yoshlar ongida xalq qahramonlari haqida chuqur tasavvur uygʻotish maqsadida targʻibot-tashviqot ishlarini keng yoʻlga qoʻyish.

1. Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Najmiddin Kubro, Isʼhoqxon Ibrat, Qatagʻon qurbonlari, Ikkinchi jahon urushi davrida oʻz jonini fido qilgan qahramonlarning hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan ijodiy kechalar va uchrashuvlarni tashkil etish.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Reja-jadval asosida

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Toshkulov),

Madaniyat vazirligi

(Nazarbekov),

Yozuvchilar uyushmasi

(Saidov),

Institut

2. Talabalar ijodiy ishlari tanlovlarini oʻtkazish.

Har yili aprel oyida

3. Obroʻli va el-yurt hurmatiga sazovor boʻlgan keksa avlod vakillari bilan doimiy uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etish.

Doimiy

27.

Institutda “Tarjimonlar klubi” faoliyatini tashkil etish.

1. Institutda Prezident taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari uchun “Tarjimonlar klubi”ni tashkil etish.

2. Klubda ijod maktabi oʻquvchilarining darsdan boʻsh vaqtlarida xorijiy tillarni oʻrganishi, tarjimonlik mahoratini egallashi uchun toʻgaraklar va mahorat darslari tashkil etish.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriyalari

2022-yil 1-oktabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Toshkulov),

Institut

28.

Namangan davlat universiteti tizimidagi “Isʼhoqxon Ibrat — Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeyini Institut tizimiga oʻtkazish va faoliyatini lozim darajada tashkil etish.

1. Muzeyda mavjud eksponatlarni va moddiy qimmatliklarni inventarizatsiyadan oʻtkazish.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriyalari

2022-yil 1-avgust

Madaniy meros agentligi

(Abdikarimov),

Namangan viloyat hokimligi

(Abdurazakov),

Namangan davlat universiteti

(Turgʻunov),

Institut

2. Muzeyni Institut tizimiga oʻtkazish boʻyicha topshirish-qabul qilish dalolatnomasini rasmiylashtirish.

2022-yil 1-sentabr

3. Muzey faoliyatini lozim darajada tashkil etish va uning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish.

Doimiy

4. Institut talabalarining muzeyga tashrif buyurish reja-jadvalini tasdiqlash.

Har oʻquv yili boshida

5. Reja-jadval asosida talabalarning muzeyga tashrif buyurishlarini taʼminlash.

Reja-jadval asosida

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PQ-275-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutini 2026-yilga qadar rivojlantirishning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MAQSADLI KOʻRSATKICHLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Ustuvor vazifa

Maqsadli koʻrsatkich

Yillar kesimida

Oʻsish koʻrsatkichi

(2023-yilga nisbatan)

2023-yil

2024-yil

2025-yil

2026-yil

1.

Xorijiy tillar boʻyicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega talabalar ulushini oshirish

Jami talabalar soniga nisbatan, foizda

30

45

60

100

3,3 baravar

2.

Yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash

Ilmiy salohiyat, foizda

24

32

43

57

2,4 baravar

3.

Himoya qilinadigan falsafa doktori dissertatsiyalari (PhD) soni

6

13

19

22

3,7 baravar

4.

Himoya qilinadigan fan doktori dissertatsiyalari (DSc) soni

2

4

6

8

4 baravar

5.

Falsafa doktori ilmiy darajasini olishga talabgor doktorantlar (PhD) soni

10

12

16

22

2,1 baravar

6.

Fan doktori ilmiy darajasini olishga talabgor doktorantlar (DSc) soni

2

4

6

6

3 baravar

7.

Mustaqil izlanuvchilar soni

6

14

19

24

4 baravar

8.

Professor-oʻqituvchilarning ilmiy-uslubiy faoliyati natijadorligini oshirish

Darsliklar soni

2

5

8

10

5 baravar

9.

Oʻquv qoʻllanmalar soni

4

8

15

20

5 baravar

10.

Monografiyalar soni

4

6

8

10

2,5 baravar

11.

Scopus, Web of Science maʼlumotlar bazasiga kiritilgan maqolalar soni

16

40

70

100

6,3 baravar

12.

Respublika jurnallarida eʼlon qilingan ilmiy maqolalar soni

30

70

100

120

4 baravar

13.

Scopus, Web of Science maʼlumotlar bazasiga kiritilgan har bir maqolaga toʻgʻri keluvchi iqtiboslar soni

0,5

1,0

1,5

2,0

4 baravar

14.

Ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalarini amaliyotga tatbiq etishdan olingan mablagʻlar (mlrd soʻm hisobida)

Xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlari va ilmiy fondlardan olingan mablagʻlar

0,1

0,3

0,8

1

10 baravar

15.

Davlat grantlari asosida oʻtkazilgan ilmiy tadqiqotlardan olingan mablagʻlar

0,1

0,2

0,3

0,5

5 baravar

16.

Xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni kengaytirish

Jahonning yetakchi universitetlari va ilmiy markazlariga xizmat safarlariga yuboriladigan Institut professor-oʻqituvchilari soni

8

10

15

20

2,5 baravar

17.

Institutga kamida bir oy muddatga tashrif buyuradigan xorijiy olimlar soni

2

2

4

8

4 baravar

18.

Institutda tahsil oladigan xorijiy talabalar soni

5

10

30

50

10 baravar

19.

Akademik almashinuv dasturlarida ishtirok etuvchi talabalar soni

10

30

50

80

8 baravar

20.

Institut professor-oʻqituvchilarining xorijiy olimlar bilan hammualliflikda chop etgan maqolalari soni

5

10

15

20

4 baravar

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PQ-275-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida tashkil etiladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MUTAXASSISLIKLARI ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari

I. Bakalavriat taʼlim yoʻnalishi

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab tashkil etiladigan

1.

Xorijiy til va adabiyot: ingliz tili

2.

Maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda xorijiy til: ingliz tili

3.

Oʻzga tilli guruhlarda rus tili

4.

Filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tili

5.

Filologiya va tillarni oʻqitish: fransuz tili

6.

Filologiya va tillarni oʻqitish: nemis tili

7.

Filologiya va tillarni oʻqitish: rus tili

8.

Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili

9.

Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: ingliz tili

2023/2024 oʻquv yilidan boshlab tashkil etiladigan

10.

Tarjima nazariyasi va amaliyoti: nemis tili

11.

Filologiya va tillarni oʻqitish: fors tili

12.

Filologiya va tillarni oʻqitish: koreys tili

13.

Filologiya va tillarni oʻqitish: xitoy tili

14.

Filologiya va tillarni oʻqitish: yapon tili

II. Magistratura mutaxassisliklari

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab tashkil etiladigan

1.

Xorijiy til va adabiyot: ingliz tili

2.

Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti

3.

Adabiyotshunoslik: ingliz adabiyoti

4.

Lingvistika: ingliz tili

5.

Lingvistika: fransuz tili

6.

Lingvistika: nemis tili

2023/2024 oʻquv yilidan boshlab tashkil etiladigan

7.

Sinxron tarjima (tillar boʻyicha)

8.

Badiiy tarjima (tillar boʻyicha)

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/275/0509-son; 03.04.2024-y., 06/24/55/0263-son; 21.07.2025-y., 06/25/114/0633-son)