09.06.2022 yildagi 322-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 09.06.2022 yildagi 322-son
Date of entry into force
09.06.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yil mehnat stajiga ega boʻlgan xotin-qizlarni davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibini tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda davlat organlari va tashkilotlarda oliy maʼlumotli xotin-qizlar ulushini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yil mehnat stajiga ega boʻlgan xotin-qizlarni davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlarda mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega boʻlmagan xotin-qizlarni (keyingi oʻrinlarda — xotin-qizlar) davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga bazaviy toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish boʻyicha alohida qabul parametrlarini belgilash tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlarga Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi tomonidan bir marta 3 yil muddat davomida amal qiladigan tavsiyanoma berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tavsiyanomaga ega boʻlgan xotin-qizlarni oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun tanlovlar natijasiga koʻra alohida qabul parametrlari doirasida oʻqishga qabul qilish tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tavsiyanomaga ega boʻlgan xotin-qizlar uchun tanlovlar umumiy tartibda davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha kirish imtihonlari (test sinovi, kasbiy (ijodiy) imtihon) doirasida oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kirish imtihonlari yakunlariga koʻra toʻplangan ball boʻyicha talabalikka tavsiya etilmagan, biroq toʻplash mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 30 foizini va undan kam boʻlmagan ballni toʻplagan tavsiyanomaga ega boʻlgan xotin-qizlar Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan taqsimlangan kvotalar asosida, ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya etilgan holda, alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida tanlovga koʻra toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tizimida professional taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda kollej va texnikumlarni bitirgan hamda oliy maʼlumotga ega boʻlmagan xotin-qizlar roʻyxatini mutaxassisligi boʻyicha shakllantirsin va doimiy yangilab borsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi mazkur roʻyxatdagi xotin-qizlarning kamida besh yil mehnat stajiga egaligini “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi maʼlumotlari asosida aniqlasin va doimiy yangilab borilishini taʼminlasin.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda har yili 1-iyunga qadar xotin-qizlar mehnat faoliyati kam boʻlgan sohalarda kamida besh yil mehnat stajiga ega boʻlgan xotin-qizlar uchun ajratilgan toʻlov-kontrakt asosidagi 500 ta alohida kvotani davlat oliy taʼlim muassasalari boʻyicha taqsimlash va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 2022-2023 oʻquv yili uchun talabgorlardan hujjatlarni qabul qilish muddatlari istisno tariqasida Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasining takliflari asosida Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan belgilansin, kelgusi oʻquv yillaridan boshlab talabgorlardan hujjatlarni qabul qilish 1-ilovaga muvofiq umumiy tarzda amalga oshirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining “Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar va boquvchisi yoʻq yolgʻiz ayollar oliy taʼlim olishini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 17-sentabrdagi 585-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi Z.B. Mahkamova hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.X. Toshqulov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 9-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
322-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yil mehnat stajiga ega boʻlgan xotin-qizlarni davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega boʻlmagan xotin-qizlarni davlat oliy taʼlim muassasalariga alohida qabul parametrlari doirasida tanlov natijalariga koʻra toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda oʻqishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) tavsiyanomasi asosida mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega boʻlmagan xotin-qizlar hisobidan, ish faoliyatiga mos boʻlgan davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha kirish imtihonlari (test sinovi, kasbiy (ijodiy) imtihon) doirasida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizom oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga, Toshkent davlat yuridik universiteti va boshqa oliy taʼlim tashkilotlarining “Yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari hamda ularning filiallariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishchi guruh — talabgorga tavsiyanoma berish masalasini koʻrib chiqish uchun tashkil etilgan tuman (shahar) hokimi oʻrinbosari — oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi (ishchi guruh rahbari), tuman (shahar) iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi, tuman (shahar) moliya boʻlimi boshligʻi, tuman (shahar) soliq boʻlimi boshligʻi, tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi boshligʻi, tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimi boshligʻi, Yoshlar ishlari agentligi tuman (shahar) boʻlimi rahbaridan iborat tarkibda Oila va xotin-qizlar boʻlimida tuziladigan guruh.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishchi guruh faoliyati uning aʼzolarining uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassislik — talabgorning oʻrta maxsus va professional taʼlim boʻyicha olgan mutaxassisligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgor — tavsiyanoma asosida mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega boʻlmagan hamda davlat oliy taʼlim muassasalariga kirish istagida boʻlgan xotin-qizlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tavsiyanoma olish uchun talabgor quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrta maxsus yoki professional taʼlim boʻyicha mutaxassislikka ega boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tavsiyanoma olgunga qadar oliy taʼlim olmaganligi yoki olmayotganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrta maxsus yoki professional taʼlim mutaxassisligi boʻyicha besh yillik mehnat stajiga ega boʻlishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tavsiyanoma berilgan kundan boshlab uch yil muddat davomida faqat bir marta oliy taʼlim muassasasiga qabul qilinishi uchun amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tavsiyanomaga ega boʻlgan talabgorlarni davlat oliy taʼlim muassasalariga tanlov natijalari doirasida toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Tavsiyanomani berish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari talabgorga tavsiyanoma berish masalasini koʻrib chiqish uchun har yili 25-aprelga qadar ishchi guruhlarni tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tavsiyanoma olish uchun talabgor yashash joyi yoki turgan joyidagi tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari (ishchi guruh)ga har yili 1-maydan 1-iyunga qadar ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq ariza bilan murojaat qiladi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandda koʻrsatilgan muddatdan kechikib berilgan arizalar koʻrib chiqilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ishchi guruhlar tavsiyanoma olish maqsadida murojaat etgan talabgorlarning ariza va unga ilova qilingan hujjatlarini mazkur Nizomning 3-bandida belgilangan mezonlarga muvofiqligi yuzasidan har yili 1-iyundan 7-iyunga qadar koʻrib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ishchi guruhlar tomonidan mazkur Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan mezonlarni tasdiqlovchi maʼlumotlar va elektron shakldagi hujjatlar (mehnat stajini tasdiqlovchi maʼlumotlar, oʻrta maxsus taʼlim muassasasida oʻqiganlikni tasdiqlovchi arxiv maʼlumotnomasi) “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi hamda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi joriy qilingunga qadar ishlagan va 2020-yil 1-yanvardan keyingi davrda mehnat faoliyatini olib bormayotgan talabgorlarning ish staji maʼlumotlari (agar “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida qayd etilmagan boʻlsa) ularning mehnat daftarchalaridagi yozuvlar asosida olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabgorlarning oʻzlari tomonidan “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritilgan va bugungi kunda tizimda tasdiqlanmagan ish staji maʼlumotlari mehnat daftarchalaridagi yozuvlar bilan bir xil boʻlgan taqdirda inobatga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ishchi guruhlar tavsiyanoma berishga tavsiya etilgan talabgorlarning roʻyxatlarini shakllantiradi. Bunda talabgorlarning hujjatlarini koʻrib chiqish yakuni boʻyicha quyidagi xulosalardan biri qabul qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tavsiyanoma berishga tavsiya etish toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tavsiyanoma berishga tavsiya etishni rad etish toʻgʻrisida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Quyidagilar tavsiyanoma berishga tavsiya etishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorning ushbu Nizomning 3-bandida belgilangan mezonlarga muvofiq emasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza vakolatga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilganligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ishchi guruh yigʻilishining yakuni boʻyicha elektron hujjat shaklidagi bayonnoma tuzilib, ishchi guruh rahbari va aʼzolarining elektron raqamli imzolari bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishchi guruhning xulosasi asosida tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi rahbarining talabgorga tavsiyanomani berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori (elektron hujjat shaklida) qabul qilinadi va tegishli hujjatlar ilova qilingan holda koʻrib chiqish uchun 10-iyunga qadar Qoʻmitaga taqdim qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Qoʻmita tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi rahbarining qarori va unga ilova qilingan hujjatlarni har yili 10-iyundan 14-iyunga qadar mazkur Nizom talablariga muvofiqligi yuzasidan koʻrib chiqadi hamda tavsiyanomani berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish toʻgʻrisida Qoʻmita birinchi rahbarining buyrugʻi chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tavsiyanoma ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq Qoʻmitaning birinchi rahbari tomonidan, birinchi rahbar lavozimi vakant boʻlganda va/yoki uning vazifalarini bajarish boshqa shaxsga yuklatilganda esa — ushbu rahbar tomonidan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita birinchi rahbarining buyrugʻi har yili 14-iyunga qadar tegishli tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimiga (ishchi guruhga) talabgorni xabardor qilish uchun yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishchi guruh tomonidan ikki ish kuni ichida talabgorlarning mobil telefon raqamiga yoki elektron manziliga tavsiyanoma berishga tavsiya etilganligi yoki rad etilganligi toʻgʻrisida xabar yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabgor qarordan norozi boʻlgan taqdirda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Qoʻmita har yili 15-iyunga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tavsiyanoma berilgan xotin-qizlar elektron reyestrini shakllantiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tavsiyanomaga ega boʻlgan xotin-qizlar haqidagi maʼlumotlarni ularning ish faoliyatiga mos boʻlgan yoʻnalishlarini koʻrsatgan holda Davlat test markazining maxsus dasturiga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tavsiyanoma berilgan talabgorlarning roʻyxatini oʻz rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ishchi guruh har yili 15-iyunga qadar tavsiyanoma talabgorlarga yetkazilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari ishchi guruhlar faoliyatini tashkil qiladi, muvofiqlashtiradi hamda amaliy va metodik jihatdan koʻmaklashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Oʻqishga qabul qilish boʻyicha alohida qabul parametrlarini belgilash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Qoʻmita Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda har yili 10-iyunga qadar xotin-qizlar mehnat faoliyati kam boʻlgan sohalarda kamida besh yil mehnat stajiga ega boʻlgan xotin-qizlar uchun ajratilgan toʻlov-kontrakt asosidagi 500 ta alohida kvotani davlat oliy taʼlim muassasalari boʻyicha taqsimlaydi va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat komissiyasi)ga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Davlat oliy taʼlim muassasalari boʻyicha taqsimlangan alohida kvota har yili 15-iyunga qadar Davlat komissiyasi qarori bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Talabgorlarni roʻyxatdan oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Tavsiyanomaga ega boʻlganlar davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga oʻqishga qabul qilish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali roʻyxatdan oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Tavsiyanomaga ega boʻlgan xotin-qizlarning imtiyozlari haqidagi maʼlumotlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining (keyingi oʻrinlarda — Davlat test markazi) maxsus dasturi orqali roʻyxatdan oʻtish jarayonida talabgorlarning shaxsiy kabineti (imtiyozlar boʻlimi)da shakllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Davlat test markazi 10 kun muddatda talabgorlarning shaxsiy kabineti (imtiyozlar boʻlimi)da tavsiyanomaga ega boʻlgan xotin-qizlarning imtiyozlari haqidagi maʼlumotlar qayd etilishi yuzasidan rasmiy dasturga oʻzgartirishlar kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabgorlarning shaxsiy kabinetida unga tegishli tavsiyanoma haqida maʼlumot mavjud boʻlmasa, Qoʻmitaga murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Talabgorlarning test sinovida ishtirok etishi va natijalarni eʼlon qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Tavsiyanomaga ega boʻlgan xotin-qizlar uchun tanlovlar umumiy tartibda davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha kirish imtihonlari (test sinovi, kasbiy (ijodiy) imtihon) doirasida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Kirish imtihonlari yakunlariga koʻra toʻplangan ball boʻyicha talabalikka tavsiya etilmagan, biroq toʻplash mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 30 foizini va undan kam boʻlmagan ballni toʻplagan tavsiyanomaga ega boʻlgan xotin-qizlar ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya etilgan holda, Davlat komissiyasi tomonidan taqsimlangan alohida qabul parametrlari doirasida toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Kirish imtihonlarida toʻplash mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 30 foizini va undan kam boʻlmagan ballni toʻplagan, ammo talabalikka tavsiya etilmagan tavsiyanomaga ega boʻlgan xotin-qizlar yuzasidan maʼlumotlar Davlat test markazi tomonidan ballar ketma-ketligi boʻyicha, abituriyent sifatida roʻyxatdan oʻtish davrida tanlagan birinchi taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha kirish imtihonlarining yakuniy natijasi eʼlon qilingan kundan boshlab besh kun muddatda Qoʻmitaga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Tavsiyanomaga ega boʻlgan xotin-qizlar uchun ajratilgan alohida qabul parametrlari doirasida, ballar ketma-ketligi boʻyicha abituriyent roʻyxatdan oʻtish davrida tanlagan birinchi taʼlim yoʻnalishiga tanlov natijasi asosida talabalikka tavsiya etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Mazkur Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yil mehnat stajiga ega boʻlgan xotin-qizlarni davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tavsiyanomaga ega boʻlgan talabgorni davlat oliy taʼlim muassasalariga tanlov natijalari doirasida toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Talabgor

Oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirish maqsadida tavsiyanoma olish uchun murojaat qiladi.

Har yili 1-maydan 1-iyunga qadar

2-bosqich

Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi

1. Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlarida tegishli tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh shakllantiriladi.

Har yili 25-aprelga qadar

Ishchi guruhlar

2. Xotin-qizlarning murojaatlari asosida ularga tavsiyanoma berishga tavsiya etish yoki uni rad etish toʻgʻrisida xulosa qabul qiladi va uni tuman (shahar) oila va xotin-qizlar qoʻmitasiga taqdim qiladi.

Har yili 1-iyundan 7-iyunga qadar

3-bosqich

Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi

Ishchi guruh xulosasi asosida xotin-qizlarga tavsiyanoma berishga tavsiya etish yoki uni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi hamda uni Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasiga koʻrib chiqish uchun taqdim etadi.

Har yili 7-iyundan 10-iyunga qadar

4-bosqich

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi

1. Taqdim etilgan qaror va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqib, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi birinchi rahbarining tavsiyanomalarni berish yoki uni rad etish toʻgʻrisidagi buyrugʻini chiqaradi.

Har yili 10-iyundan 14-iyunga qadar

2. Tasdiqlangan tavsiyanomalarni barcha tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlariga yuboradi.

Har yili 15-iyunga qadar

5-bosqich

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi

1. Tavsiyanoma berilgan xotin-qizlar elektron reyestrini shakllantiradi.

2. Tavsiyanomaga ega boʻlgan xotin-qizlar roʻyxatlarini va ular haqidagi maʼlumotlarni maxsus dasturga kiritish uchun Davlat test markaziga yuboradi.

3. Tavsiyanoma berilgan talabgorlarning roʻyxatini Qoʻmitaning rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.

Har yili 15-iyunga qadar

6-bosqich

Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi

Tavsiyanomalar talabgorlarga yetkazilishini taʼminlaydi.

Har yili 15-iyunga qadar

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yil mehnat stajiga ega boʻlgan xotin-qizlarni davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

NAMUNA

__________ tuman (shahar) oila va xotin-qizlar
‎boʻlimi boshligʻi

__________________ga

_________ tumani (shahri) “_________” MFY
‎ _________ koʻchasi ____-uy ____-xonadonda

yashovchi fuqaro

________________ dan

ARIZA‎

Men __________________ mutaxassisligi boʻyicha faoliyat koʻrsatayotganimga

(mutaxassislik nomi)

_____ yil boʻlganligi munosabati bilan xotin-qizlar uchun davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga bazaviy toʻlov-kontrakt asosida ajratilgan alohida qabul parametrlari doirasida ___________________ taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oʻqishga kirish uchun tavsiyanoma olishimga ruxsat berishingizni soʻrayman.

Arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qilaman:
1. Fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi.
2. Mehnat daftarchasidan koʻchirma
3. Maʼlumotnoma-obyektivka.
_____________________ ____________‎

_______________

(F.I.O)

(sana)‎

(imzo)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yil mehnat stajiga ega boʻlgan xotin-qizlarni davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlim muassasalariga kamida besh yil mehnat stajiga ega boʻlgan xotin-qizlarni davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga alohida qabul parametrlari asosida tanlovda ishtirok etishi uchun
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TAVSIYANOMA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

TAVSIYANOMA

№ AA 000000

Ushbu tavsiyanoma fuqaro __________________________________________________________________________________ga

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

___________________(JSHSHIR) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
20___ yil “___”____________dagi “_____”-son qaroriga muvofiq mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan xotin-qizlarni davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat __________________ taʼlim yoʻnalishlariga umumiy qabul parametrlaridan tashqari tanlovda ishtirok etish uchun berildi.

Tavsiyanoma Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi birinchi rahbarining 20___ yil “___”___________dagi “_____”-son buyrugʻiga asosan berildi.

Tavsiyanoma rasmiylashtirib berilgan kundan eʼtiboran uch yil muddat davomida faqat bir marta oliy taʼlim muassasasiga qabul qilinish uchun amal qiladi.

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi birinchi rahbari

________________

(F.I.O.)

(imzo)

QR — kod (matrik shtrixli kod)

20_____ yil “___”__________


Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar va boquvchisi yoʻq yolgʻiz ayollar oliy taʼlim olishini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 17-sentabrdagi 585-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba xotin-qizlarning oliy taʼlim olishini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoni hamda “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 5-martdagi PQ-5020-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, ehtiyojmand xotin-qizlarning taʼlim olishga boʻlgan qiziqishlarini ragʻbanlantirish va moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, bilim olishlari uchun imkoniyatlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 1 va 2-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 5-martdagi PQ-5020-son qarori hamda “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoniga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) har yili bazaviy toʻlov-kontrakt asosida davlat oliy taʼlim muassasasining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga qabul qilingan, ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba xotin-qizlarni (keyingi oʻrinlarda — ehtiyojmand talabalar) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hisobidan oʻqitish tartibi joriy etilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) bunda, oʻqish uchun toʻlov pullari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan har yili 150 nafardan ehtiyojmand talabalar uchun mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan qaytarish shartisiz qoplab berilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba xotin-qizlarning oliy taʼlim olishini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorini toʻlab berish maqsadida talabgorlarni tanlab olish mezonlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorlarni tanlab olish shartlari va shu maqsadda mahalliy hokimliklar huzurida tashkil etilayotgan komissiyalar faoliyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy hokimliklar tomonidan oliy taʼlim muassasalariga tanlangan 150 nafar talabgorlarga toʻlov-kontrakt miqdorini toʻlab berish tartibi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 3-banddagi “Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi” soʻzlari “Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi Z.B. Maxkamova hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.X. Toshqulov zimmasiga yuklansin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ilova (Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yoʻq yolgʻiz ayollar oliy taʼlim olishini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom) da:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba xotin-qizlarning oliy taʼlim olishini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 1 va 2-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1. Ushbu Nizom ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba xotin-qizlar (keyingi oʻrinlarda — talabgorlar) oliy taʼlim olishini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida bazaviy toʻlov-kontrakt miqdori tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari (keyingi oʻrinlarda — hokimliklar) tomonidan toʻlab berilishi tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Nizom 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan qabul parametrlari doirasida bazaviy toʻlov-kontrakt asosida davlat oliy taʼlim muassasasining bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga (taʼlim shaklidan qatʼi nazar) talabalikka tavsiya etilgan, ikkinchi va undan yuqori bosqichlarda tahsil olayotgan talabgorlarga nisbatan qoʻllaniladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab har yili oʻzlarining hududlaridan oʻqishga kirgan 40 nafardan, ikkinchi va undan yuqori bosqichlarda tahsil olayotgan 110 nafar, jami 150 nafar xotin-qizlar uchun mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan bazaviy toʻlov-kontrakt summasini toʻrt oʻquv yilining yakunlanishiga qadar toʻlab beradi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshidan “hamda davlat oliy taʼlim muassasalari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“a” va “b”-kichik bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“a) kam taʼminlangan oilalardagi xotin-qizlar. Bunda kam taʼminlangan oila deganda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali belgilangan tartibda kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oila tushuniladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yaʼni yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba xotin-qizlar;”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi “v”-kichik band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“v) ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yaʼni boquvchisini yoʻqotgan (turmush oʻrtogʻi vafot etgan), voyaga yetmagan farzandlarni yolgʻiz tarbiyalayotgan ehtiyojmand ayollar”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) 6-banddagi “ijtimoiy holati toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani (hujjatni)” soʻzlari “arizani” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) 7, 8, 9 va 10-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“7. Oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan talabgorlarning ijtimoiy holati toʻgʻrisida maʼlumotlar (talabgorning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi, ota-onasi yoki ularning biri vafot etganligi toʻgʻrisida oʻlim guvohnomasi, turmush oʻrtogʻi vafot etganligi toʻgʻrisida oʻlim guvohnomasi nusxasi va voyaga yetmagan farzandining tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi) “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Har bir davlat oliy taʼlim muassasasi belgilangan mezonlar asosida talabgorlar roʻyxatini tahlil qilib, mazkur Nizomning 5-bandida keltirilgan mezonlar asosida talabgorlar roʻyxatini 5 kalendar ish kunida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan har yili 5 kalendar ish kuni ichida talabgorlarning roʻyxati, talab etilgan hujjatlar (talabgorning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi, ota-onasi yoki ularning biri vafot etganligi toʻgʻrisida oʻlim guvohnomasi nusxasi, yoxud turmush oʻrtogʻi vafot etganligi toʻgʻrisida oʻlim guvohnomasi nusxasi va voyaga yetmagan farzandining tugilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi) ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya etilgan holda bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari aniq koʻrsatilgan holda yozma ravishda doimiy yashash joyi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Hokimliklar tomonidan mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq tarkibda Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba xotin-qizlarning oliy taʼlim olishini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tuziladi. Komissiya Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan taqdim etilgan talabgorlar roʻyxatini quyidagi tartibda koʻrib chiqadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya aʼzolari tuman (shahar)larga biriktiriladi, tuman (shahar) hokimining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi hamda tegishli mahalladagi xotin-qizlar faollaridan iborat tarkibda ishchi guruh tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishchi guruh 5 kalendar ish kunida talabgorlarning doimiy yashash joyi boʻyicha ijtimoiy holatini oʻrganadi, oʻrganish natijalariga koʻra Ishchi guruh har bir talabgorlar boʻyicha dalolatnoma tuzadi va Komissiyaga taqdim qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarur hollarda Ishchi guruhlar tomonidan mazkur Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan mezonlarni tasdiqlovchi maʼlumotlar va elektron shakldagi hujjatlar (tugʻilganlik, nikoh qayd etilganlik, vafot etganlik haqida va boshqa) “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya 5 kalendar ish kunida ishchi guruh tomonidan taqdim etilgan tegishli hujjatlarni oʻrganib, talabgorlarning toʻplagan ballari, hududlardagi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kadrlarga boʻlgan ehtiyoj hamda talabgorlarning tahsil olayotgan bosqichlarini inobatga olib 150 nafar xotin-qizlarni saralab oladi va bayonnomani rasmiylashtiradi hamda Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi 10 kalendar ish kunida tavsiyanomalarni tasdiqlaydi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Komissiya har oʻquv yilida 1-oktabrdan kech boʻlmagan muddatda bazaviy toʻlov-kontrakt summalari toʻlab berilishi belgilangan (tavsiyanoma berilgan) xotin-qizlar roʻyxatini hamda shartnomani imzolash boʻyicha xulosalarni tegishliligi boʻyicha davlat oliy taʼlim muassasalariga yozma ravishda kiritadi va belgilangan tartibda shartnomalarni rasmiylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Komissiya aʼzolari tomonidan talabgorlardan 150 nafarini tanlab olishda birinchi navbatda ularning ijtimoiy holati, ehtiyojmandligi, toʻplagan ballari, hududlardagi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kadrlarga boʻlgan ehtiyoj hamda tahsil olayotgan bosqichlari inobatga olinadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) 11-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) 13-banddan “hamda davlat oliy taʼlim muassasalari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) Nizomga 1-ilova (Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yoʻq yolgʻiz ayollar oliy taʼlim olishini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash komissiyasining namunaviy tarkibi) da:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba xotin-qizlarning oliy taʼlim olishini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash yuzasidan tavsiyanoma berish komissiyasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY TARKIBI”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarlari — oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari oʻrinbosari, Komissiya kotibi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) Nizomga 2-ilova (Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yoʻq yolgʻiz ayollar oliy taʼlim olishini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash tartibi sxemasi)ning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba xotin-qizlarning oliy taʼlim olishini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Amalga oshirish mexanizmi

Subyektlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha oʻtkazilgan kirish imtihonlari (test sinovi, kasbiy (ijodiy) imtihon) yakuni boʻyicha tanlov natijalarini eʼlon qilish.

Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi, Davlat test markazi

Test sinovlari toʻliq yakunlangandan keyin bir hafta ichida

2-bosqich

Belgilangan mezonlarga mos keluvchi xotin-qizlar tomonidan oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyasiga moddiy qoʻllab-quvvatlash yuzasidan murojaat qilish.

Talabgorlar

Test natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab 10 kalendar kun davomida

3-bosqich

Bazaviy toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan va ikkinchi va undan yuqori bosqichlarda tahsil olayotgan, belgilangan mezonlarga mos talabgorlar roʻyxatini shakllantirish.

Davlat oliy taʼlim muassasalari

Test natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab 5 kalendar kun davomida

4-bosqich

Talabgorlar roʻyxatini Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga yuborish.

Davlat oliy taʼlim muassasalari

Test natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab 5 kalendar kun davomida

5-bosqich

Talabgorlarning roʻyxatini doimiy yashash joyi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuborish.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

5 kalendar ish kuni ichida

6-bosqich

Komissiya aʼzolarini tuman (shahar)larga biriktirish.

Tuman (shahar)larga biriktirilgan Komissiya aʼzosi, tuman (shahar) hokimining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi hamda tegishli mahalladagi xotin-qizlar faollaridan iborat tarkibda ishchi guruhni tuzish.

Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba xotin-qizlarning oliy taʼlim olishini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Komissiya)

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligidan roʻyxat yuborilgan kuni

7-bosqich

Talabgorlarning doimiy yashash joyi boʻyicha ijtimoiy holatini oʻrganish.

Har bir talabgor boʻyicha dalolatnoma tuzish va Komissiyaga taqdim qilish.

Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi hamda tegishli mahalladagi xotin-qizlar faollari (keyingi oʻrinlarda — Ishchi guruh)

5 kalendar ish kunida

8-bosqich

Ishchi guruh tomonidan taqdim etilgan tegishli hujjatlarni oʻrganib, 150 nafar xotin-qizlarni saralab olish va bayonnomani rasmiylashtirish hamda Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasiga yuborish.

Komissiya

5 kalendar ish kunida

9-bosqich

Tavsiyanomalarni tasdiqlash va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuborish.

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi

10 kalendar ish kunida

10-bosqich

Bazaviy toʻlov-kontrakt summalari toʻlab berilishi belgilangan (tavsiyanoma berilgan) xotin-qizlar roʻyxatini hamda shartnomani imzolash boʻyicha xulosalarni tegishliligi boʻyicha davlat oliy taʼlim muassasalariga yozma ravishda kiritish va belgilangan tartibda shartnomalarni rasmiylashtirish.

Komissiya

Har bir oʻquv yilida 1-oktabrdan kech boʻlmagan muddatda

”.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) quyidagi mazmundagi 3-ilova bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba xotin-qizlarning oliy taʼlim olishini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba xotin-qizlarning oliy taʼlim olishini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash uchun
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TAVSIYANOMA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

TAVSIYANOMA

№ AA 0000

Ushbu tavsiyanoma fuqaro

______________________________ga

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

(___________________)

(pasport seriyasi va raqami)

Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisining 20___ yil “___”___________dagi _____-son buyrugʻiga asosan berildi.

M.Oʻ.

________________________________

(mansabdor shaxsning F.I.O., imzo)

20___ yil “___”___________

TAVSIYANOMA

№ AA 0000

Ushbu tavsiyanoma fuqaro ___________________ _________________ _________________ga

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

___________________ (pasport seriyasi va raqami)

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20___ yil “___”___________dagi _____-son qaroriga muvofiq ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba xotin-qizlarning oliy taʼlim olishini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash uchun berildi.

Tavsiyanoma Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisining 20___ yil “___”___________dagi _____-son buyrugʻiga asosan berildi.

Tavsiyanoma rasmiylashtirib berilgan sanadan eʼtiboran bir yil muddat davomida kuchga ega boʻladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi

____________________________________

(F.I.O.)

(M.Oʻ., imzo)

20___ yil “___”___________

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son; 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)