25.04.2022 yildagi O‘RQ-766-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 25.04.2022 yildagi O‘RQ-766-son
Date of entry into force
27.07.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Organik mahsulotlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 3-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2022-yil 17-martda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va qoʻllanilish sohasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning maqsadi organik mahsulotlar (organik mahsulotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, transportda tashish, tamgʻalash va realizatsiya qilish, shuningdek muvofiqlikni baholash va avtorizatsiyalashtirish) sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning amal qilishi shaxsiy isteʼmol uchun ishlab chiqarilgan organik mahsulotlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Organik mahsulotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Organik mahsulotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining organik mahsulotlar toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Asosiy tushunchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtorizatsiyalashtirish — muvofiqlikni baholash boʻyicha akkreditatsiya qilingan organ sifatida faoliyatni amalga oshirishga ushbu Qonunda va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi organik mahsulotlarga doir boshqa normativ hujjatlarda belgilangan talablarga rioya etilishi uchun masʼul boʻlgan vakolatli davlat organi tomonidan ruxsatnoma berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
inspeksiya nazorati — organik mahsulotlarning organik mahsulotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikda va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiqligini baholash tartib-taomili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik mahsulotlar — ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, transportda tashish va realizatsiya qilishning barcha bosqichlarida organik mahsulotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga javob beradigan ishlab chiqarish texnologiyalarini qoʻllagan holda olingan sertifikatlashtirilgan mahsulotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik mahsulotlarni ishlab chiqarish — organik jihatdan muvofiqlik sertifikatini olish uchun rioya etilishi zarur boʻlgan organik mahsulotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga javob beradigan ishlab chiqarish texnologiyalarini qoʻllagan holda mahsulotlarni ishlab chiqarishga va qayta ishlashga doir faoliyat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi — organik mahsulotlarni ishlab chiqarishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi jismoniy yoki yuridik shaxs.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Organik mahsulotlarni ishlab chiqarish sohasidagi asosiy prinsiplar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Organik mahsulotlarni ishlab chiqarish sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolar hayoti va sogʻligʻini saqlashning, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilishning ustuvorligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik mahsulotlarni ishlab chiqarish yoʻnalishini tanlashdagi ixtiyoriylik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik mahsulotlar toʻgʻrisidagi axborotning shaffofligi va ochiqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tiklanadigan tabiiy resurslardan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Organik mahsulotlar sohasini davlat tomonidan tartibga solish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining organik mahsulotlar sohasidagi vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

organik mahsulotlar sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik mahsulotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, transportda tashish va realizatsiya qilishni rivojlantirish uchun qulay huquqiy hamda iqtisodiy shart-sharoitlar yaratadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik mahsulotlarni ishlab chiqarish chogʻida yoʻl qoʻyiladigan ifloslanish normalarini va organik mahsulotlarning, shu jumladan organik ekinlarning (oʻsimliklarning) kasalliklari xavfsizligiga doir talablarni belgilaydi hamda zararkunandalardan himoya qilish uchun foydalaniladigan biologik va kimyoviy moddalarning organik mahsulotlar tarkibidagi qoldiqlarining yoʻl qoʻyiladigan miqdorini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga va uning hududidan olib chiqishga, shuningdek organik mahsulotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, transportda tashish, realizatsiya qilishga hamda utilizatsiya qilishga doir talablarni belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik mahsulotlar sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Organik mahsulotlar sohasidagi vakolatli davlat organi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi organik mahsulotlar sohasidagi vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatli davlat organi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik mahsulotlar sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik mahsulotlar sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat siyosati va uning ijrosini taʼminlashga qaratilgan davlat dasturlarining maqsadlari va vazifalariga muvofiq barqaror rivojlanish konsepsiyasi prinsiplariga asoslangan organik mahsulotlarni ishlab chiqarish tizimi yaratilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik mahsulotlarni ishlab chiqarishga, shuningdek bu jarayon doirasidagi ishlarni tashkil etishga doir faoliyatni tarmoqlararo muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik mahsulotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga, shu jumladan sertifikatlashtirilgan urugʻlardan, ekish materiallaridan, organik oʻgʻitlardan va oʻsimliklarni himoya qilish vositalaridan, ozuqa xom ashyosidan, ozuqaviy qoʻshimchalardan, uy hayvonlarini, parrandalarni, asalarilarni parvarishlash chogʻida foydalaniladigan dori vositalaridan, dezinfeksiyalovchi va tozalovchi vositalardan, oziq-ovqat qoʻshimchalaridan va texnologik komponentlardan organik mahsulotlarni ishlab chiqarish chogʻida foydalanish bilan bogʻliq talablarga rioya etilishining monitoringini oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muvofiqlikni baholash organlari faoliyatini avtorizatsiyalashtirishni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, boshqa tashkilotlardan organik mahsulotlarni ishlab chiqarish toʻgʻrisidagi zarur axborotni soʻraydi va oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
inson hayotining va sogʻligʻining xavfsizligi, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga javob beradigan innovatsion agrotexnologik usullar hamda texnologiyalardan, uslublar va jarayonlardan foydalangan holda tadbirkorlik faoliyati subyektlariga organik mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik mahsulotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash masalalari boʻyicha oʻqitish va maslahat xizmatlari koʻrsatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadlari va istiqbollari toʻgʻrisidagi bilimlarni targʻib qilishga doir ishlarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik mahsulotlarni ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va ularning bajarilishi monitoringini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik mahsulotlar sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish choralarini koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik mahsulotlar sohasida davlat-xususiy sheriklikni qoʻllab-quvvatlaydi va rivojlantiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik mahsulotlar sohasida innovatsion usullar va texnologiyalarni ishlab chiqish boʻyicha maqsadli tadqiqotlar oʻtkazilishini qoʻllab-quvvatlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi va ichki bozorlarda organik mahsulotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, transportda tashish va realizatsiya qilishni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik mahsulotlar sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining organik mahsulotlar sohasidagi vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik mahsulotlarning xavfsizligi sohasidagi xalqaro standartlar va tavsiyalar bilan uygʻunlashgan sanitariya qoidalarini, normalarini va gigiyenik normativlarni ishlab chiqarishga joriy etilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning organik mahsulotlar xavfsizligiga muvofiqligi yuzasidan ekspertizasini oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.

8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining organik mahsulotlar sohasidagi vakolatlari
(8-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-yanvardagi OʻRQ-898-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2024-y., 03/24/898/0046-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi:
(8-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-yanvardagi OʻRQ-898-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2024-y., 03/24/898/0046-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligida organik chorvachilikni rivojlantirish sohasidagi xalqaro standartlar va tavsiyalar bilan uygʻunlashgan veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini ishlab chiqarishga joriy etilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqaruvchilar tomonidan organik mahsulotlarni, chorvachilikka oid organik mahsulotlarni hamda kelib chiqishi hayvonlar va oʻsimliklarga mansub boʻlgan xom ashyoni yetishtirish chogʻida veterinariya toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan veterinariya-sanitariya talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(8-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-yanvardagi OʻRQ-898-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2024-y., 03/24/898/0046-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining organik mahsulotlar sohasidagi vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi oʻz vakolatlari doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilishni amalga oshiradi va ularga akkreditatsiya toʻgʻrisida guvohnoma beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik mahsulotlarning milliy muvofiqlik belgisi shakli va oʻlchamini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni, normativ hujjatlarni ishlab chiqish va tizimli ravishda joriy etishda, shuningdek organik mahsulotlar sohasidagi xalqaro standartlarni respublikada joriy etishga tizimli ravishda koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muvofiqlikni baholash organlarining mutaxassislari uchun inspeksiya nazoratini oʻtkazish doirasida yoki sertifikatlashtirish jarayonida malaka oshirish boʻyicha tadbirlarni tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining organik mahsulotlar sohasidagi vakolatlari
(10-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
(10-modda birinchi qismning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi korxonalariga va qayta ishlash korxonalariga organik mahsulotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, transportda tashish va realizatsiya qilish uchun yer uchastkalari ajratilishida amaliy yordam koʻrsatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik mahsulotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga javob bermaydigan mahsulotlarning organik mahsulotlar sifatida realizatsiya qilinishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholini organik mahsulotlar yetishtirish toʻgʻrisidagi axborot bilan taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(10-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Muvofiqlikni baholash organining vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muvofiqlikni baholash organi quyidagi vakolatlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro standartlarga muvofiq organik mahsulotlarni ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish chogʻida organik mahsulotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik mahsulotlarni ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish toʻgʻrisidagi yoki organik mahsulotlar haqidagi qonunchilik hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilmagan taqdirda sertifikatlashtirishni rad etish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarga organik mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun berilgan yer uchastkalaridagi tuproq, suv, urugʻlar, koʻchatlardan va ekish materialidan, shuningdek oziq-ovqat mahsulotlaridan va ozuqalardan namunalar olishni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda belgilangan tartibda organik jihatdan muvofiqlik sertifikatini beradi, uning amal qilishini toʻxtatib turadi va ushbu sertifikatni bekor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muvofiqlikni baholash organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muvofiqlikni baholash organi organik mahsulotlarni ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni organik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchidan soʻrab olish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Organik mahsulotlar sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Organik mahsulotlar sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik mahsulotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, transportda tashish va realizatsiya qilishni qoʻllab-quvvatlash hamda rivojlantirishni taʼminlash boʻyicha aniq chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan qisqa muddatli, oʻrta muddatli va uzoq muddatli davlat dasturlarini qabul qilish hamda amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik mahsulotlar ishlab chiqarishga oʻtkazilgan qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda sertifikatlashtirilgan organik mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun subsidiyalar ajratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik mahsulotlar sohasida innovatsion uslublar va texnologiyalarning, shuningdek ilgʻor tajribalarning joriy etilishini ragʻbatlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarga organik mahsulotlarni ishlab chiqarishni moliyalashtirishda, axborotga oid, maslahat va sertifikatlashtirish xizmatlari koʻrsatishda koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish va sinov loyihalarini amalga oshirish boʻyicha davlat va xalqaro grant dasturlari doirasida koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik mahsulotlar toifasiga kirmaydigan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarga organik mahsulotlarni ishlab chiqarishga oʻtish chogʻida subsidiyalar berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Organik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarning huquq va majburiyatlari, ular faoliyatining kafolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Organik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarning huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Organik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik mahsulotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, transportda tashish va realizatsiya qilish chogʻida oʻz firma nomidan, tovar belgisidan va xizmat koʻrsatish belgisidan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik mahsulotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, transportda tashish va realizatsiya qilish uchun zarur boʻlgan xizmatlar (ishlar) turlarini, shu jumladan muvofiqlikni baholash organlarini va maslahat xizmatlari koʻrsatuvchi tashkilotlarni mustaqil ravishda tanlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Organik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Organik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarning majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Organik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar organik mahsulotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, transportda tashish, tamgʻalash va realizatsiya qilish chogʻida organik mahsulotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Organik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar faoliyatining kafolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Organik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarga faoliyatning quyidagi kafolatlari beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun ajratilgan yer uchastkalarida qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirishni ilmiy asoslangan almashlab ekish sxemalariga muvofiq, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek normativ hujjatlar talablarini hisobga olgan holda amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun ajratilgan yer uchastkalarida qishloq xoʻjaligi ekinlarini erkin joylashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Organik mahsulotlarga doir umumiy talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Organik mahsulotlarni ishlab chiqarishga oʻtish shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Organik mahsulotlarni ishlab chiqarishga oʻtish shartlari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi va muvofiqlikni baholash organi oʻrtasida organik mahsulotlarning muvofiqligini baholash toʻgʻrisida shartnoma tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonini organik mahsulotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik mahsulotlarni ishlab chiqarish organik mahsulotlar toifasiga kirmaydigan mahsulotlarni ishlab chiqarishdan alohida tarzda amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻtish davrida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni “oʻtish davridagi organik mahsulotlar” sifatida tamgʻalash va realizatsiya qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Organik mahsulotlar toifasiga kirmaydigan mahsulotlarni ishlab chiqarishdan organik mahsulotlarni ishlab chiqarishga oʻtish chogʻida oʻtish davri belgilanib, mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi tomonidan bu davr ichida organik mahsulotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarining bajarilishi taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Organik mahsulotlarni ishlab chiqarishga doir talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Organik mahsulotlarni ishlab chiqarishga nisbatan quyidagi talablar qoʻyiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sogʻlom hayvonlar va oʻsimliklardan, xavfsiz mahsulotlardan hamda kelib chiqishi hayvonlar va oʻsimliklarga mansub boʻlgan xom ashyodan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik mahsulotlarni ishlab chiqarish chogʻida organik mahsulotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlgan texnologiyalardan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuproq unumdorligini saqlash, tiklash va oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish uchun organik mahsulotlarning muayyan turini tanlash chogʻida ekologik tizimlarni saqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tiklanadigan tabiiy resurslardan, shu jumladan kelib chiqishi oʻsimliklar va hayvonlarga mansub boʻlgan mahsulotlardan hamda chiqindilardan organik mahsulotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslardan foydalanishni qisqartirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
inson sogʻligʻiga, oʻsimliklarga va hayvonlarga zarar yetkazmaydigan, atrof-muhit ifloslanishining oldini oladigan yoki uning oqibatlarini bartaraf etadigan texnologiyalardan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnologik jarayonlarni sifatli bajarish uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda ruxsat etilgan normalarda oziq-ovqat qoʻshimchalaridan, mikroelementlardan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsimliklarni himoya qilish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish, shu jumladan almashlab ekishga, kasalliklarga, zararkunandalarga va begona oʻtlarga chidamli boʻlgan oʻsimliklar turlarini hamda navlarini tanlash chogʻida mexanik, biologik va fizik usullarni qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy sharoitlarga moslashgan, chidamli oʻsimlik turlarini, navlarini va hayvonlar zotlarini tanlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chorvachilikda organik mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun kelib chiqishi tabiiy boʻlgan moddalardan olingan ingrediyentlardan iborat ozuqalarni va ozuqaviy qoʻshimchalarni qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi uchun qonunchilikda belgilangan talablarga javob beradigan suvdan organik mahsulotlar ishlab chiqarish chogʻida ingrediyent sifatida foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ayni bir turdagi organik va noorganik ingrediyentlarni bitta organik mahsulotga aralashtirmaslik.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Organik mahsulotlarni ishlab chiqarish chogʻida quyidagilar taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sintetik moddalar, pestitsidlar, gormonlar, antibiotiklardan va kimyoviy oziq-ovqat qoʻshimchalaridan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuproqdan foydalanmasdan oʻsimlik mahsulotlarini yetishtirish usullarini qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ionlashtiruvchi nurlanishdan (manbalardan) foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiiy holda oʻsadigan oʻsimliklarga ishlov berishning kimyoviy usullaridan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oqova suvlar choʻkmasidan, septik chiqindilardan hamda inson hayotiga va faoliyatiga doir boshqa chiqindilardan tarkib topgan moddalardan oʻgʻit sifatida foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqindilardan, kimyoviy va radioaktiv moddalardan ifloslangan yer uchastkalaridan, suv obyektlaridan va (yoki) ularning qismlaridan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
embrionlarni transplantatsiya qilishni, klonlashtirishni va genga oid muhandislik usullarini, gen-muhandislik-modifikatsiya qilingan hamda transgen organizmlarni qoʻllash, shuningdek gen-muhandislik-modifikatsiya qilingan va transgen organizmlardan foydalangan holda tayyorlangan mahsulotlarni qoʻllash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Organik mahsulotlarning ayrim turlarini ishlab chiqarishga, shu jumladan ularni parallel ravishda va bir vaqtning oʻzida ishlab chiqarish shart-sharoitlariga doir alohida talablar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Organik mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga organik mahsulotlarni olib kirish chogʻida chet davlatning muvofiqlikni baholash organi tomonidan berilgan organik jihatdan muvofiqlik sertifikatining va ushbu mamlakatda qabul qilingan namunadagi organik mahsulotlarning kelib chiqishini tasdiqlaydigan sertifikatning koʻchirma nusxalari taqdim etilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan organik mahsulotlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan sanitariya, fitosanitariya, veterinariya hamda veterinariya-sanitariya qoidalari va normalari qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Organik mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Organik mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan shakldagi organik jihatdan muvofiqlik sertifikati taqdim etilganda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Muvofiqlikni baholash, muvofiqlikni baholash organini avtorizatsiyalashtirish, organik mahsulotlar sohasidagi ekvivalentlikni baholash, organik mahsulotlarni tamgʻalash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Organik mahsulotlarning muvofiqligini baholash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Organik mahsulotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlashning muvofiqligini baholashni tashkil etish organik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar uchun ixtiyoriydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Organik mahsulotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, transportda tashish, tamgʻalash va realizatsiya qilishning muvofiqligini baholash chogʻida inspeksiya nazorati organik mahsulotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi nuqtai nazaridan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Organik jihatdan muvofiqlik sertifikati organik mahsulotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, transportda tashish, tamgʻalash va realizatsiya qilishning muvofiqligini baholash natijasidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Organik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi organik mahsulotlarning muvofiqligini tasdiqlash tartib-taomilidan oʻtganidan va organik jihatdan muvofiqlik sertifikatini olganidan keyin organik mahsulotlarning milliy muvofiqlik belgisidan foydalanish huquqiga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Organik mahsulotlarning milliy muvofiqlik belgisining tavsifi, shakli va unga doir texnik talablar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Muvofiqlikni baholash organini avtorizatsiyalashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akkreditatsiya qilingan muvofiqlikni baholash organi organik mahsulotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, transportda tashish va realizatsiya qilish jarayonlarining muvofiqligini organik mahsulotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq baholash ishlarini keyinchalik amalga oshirish uchun vakolatli davlat organi tomonidan avtorizatsiyalashtirishdan oʻtishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muvofiqlikni baholash organi avtorizatsiyalashtirishdan oʻtish uchun vakolatli davlat organiga avtorizatsiyalashtirish toʻgʻrisida ariza beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtorizatsiyalashtirish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiya haqidagi guvohnomaning koʻchirma nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning koʻchirma nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs ustavining va (yoki) taʼsis shartnomasining koʻchirma nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik mahsulotlarni ishlab chiqarish, ularga ishlov berish, ularni qayta ishlash, saqlash, transportda tashish va realizatsiya qilish (organik oʻsimlik mahsulotlari, chorvachilikdan olinadigan organik mahsulotlar, organik oziq-ovqat mahsulotlari, organik ozuqa mahsulotlari va boshqalar) sohasida bazaviy ixtisoslashuv toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega boʻlgan doimiy inspektorlarning yoki inspektorning mavjudligi haqidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muvofiqlikni baholash organi xodimlarining roʻyxati va ularning organik mahsulotlarni ishlab chiqarish, ularga ishlov berish, ularni qayta ishlash, saqlash, transportda tashish va realizatsiya qilish sohasidagi malaka darajasini (ish tajribasini, organik mahsulotlar ishlab chiqarish sohasidagi maxsus bilimlarini, organik mahsulotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini bilishini) tasdiqlovchi hujjatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatli davlat organi muvofiqlikni baholash organini avtorizatsiyalashtirish haqidagi yoki avtorizatsiyalashtirishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar olingan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muvofiqlikni baholash organi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtorizatsiyadan oʻtgan taqdirda, organik mahsulotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, transportda tashish va realizatsiya qilish jarayonlarining muvofiqligini organik mahsulotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq baholashni belgilangan tartibda amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik jihatdan muvofiqlik sertifikatini berish, uning amal qilishini toʻxtatib turish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida vakolatli davlat organini yozma shaklda xabardor qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir yil ichida berilgan sertifikatlar toʻgʻrisidagi yillik hisobotni vakolatli davlat organiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muvofiqlikni baholash organining avtorizatsiyalashtirishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori quyidagi hollarda qabul qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muvofiqlikni baholash organi avtorizatsiyalashtirishni bekor qilish toʻgʻrisida ariza berganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik mahsulotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari muvofiqlikni baholash organi tomonidan buzilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu moddaning uchinchi qismi talablariga muvofiq boʻlmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muvofiqlikni baholash organi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan axborot ishonchsiz boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi toʻxtatib turilganda, tugatilganda yoki u bekor qilinganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muvofiqlikni baholash organi organik mahsulotlarning muvofiqligini baholash toʻgʻrisida oʻzi bilan shartnoma tuzgan organik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarni ushbu organning avtorizatsiyalashtirilishi bekor boʻlganligi haqida yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muvofiqlikni baholash organi tomonidan berilgan, avtorizatsiyalashtirilishi bekor qilingan organik jihatdan muvofiqlik sertifikati haqiqiy deb topiladi, bunday mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar esa organik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi maqomini organik jihatdan muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati tugaguniga qadar saqlab qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Organik mahsulotlar sohasida ekvivalentlikni baholash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Organik mahsulotlar sohasida ekvivalentlikni baholash vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Organik mahsulotlarni ishlab chiqarish sohasida ekvivalentlikni baholash chogʻida organik mahsulotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari xorijiy mamlakatlar qonunchiligiga va xalqaro standartlarga muvofiq oʻrganiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Organik mahsulotlarni tamgʻalash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Organik mahsulotlarni tamgʻalash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Organik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar organik mahsulotlarning milliy muvofiqlik belgisidan foydalanish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Organik mahsulotlarni ishlab chiqaruvlar tomonidan organik mahsulotlarni tamgʻalashda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“organic” (organik), “biologic” (biologik), “ecologic” (ekologik), “natural” (tabiiy) degan soʻzlardan va ularning qisqartmalaridan yoki ushbu soʻzlardan hosil qilingan soʻzlardan alohida tarzda yoxud organik mahsulotlarning nomiga qoʻshib foydalanilishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik jihatdan muvofiqlik sertifikatini bergan muvofiqlikni baholash organi akkreditatsiya qilinganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning Muvofiqlikni baholash organlarining davlat reyestrida nazarda tutilgan roʻyxatga olish raqami koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Organik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar reyestri
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Organik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar reyestri vakolatli davlat organi tomonidan elektron hujjat tarzida shakllantiriladi va yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Organik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar reyestri vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Organik mahsulotlar toʻgʻrisidagi axborotning shaffofligi va ochiqligini taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatli davlat organi fuqarolarning hayotiga va sogʻligʻiga tahdid solishi yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan qalbakilashtirilgan organik mahsulotlar chiqarilishining oldini olishga, uning oqibatlarini kamaytirishga yoki uni bartaraf etishga qaratilgan choralar toʻgʻrisida aholini xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Organik mahsulotlarni realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi shaxslarga organik jihatdan muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlmagan organik mahsulotlarni realizatsiya qilish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muvofiqlikni baholash organi vakolatli davlat organiga organik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar tomonidan organik mahsulotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, transportda tashish va realizatsiya qilish, shu jumladan ularni qonunchilikda belgilangan tartibda sertifikatlashtirishni amalga oshirish toʻgʻrisida axborot taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda. Nizolarni hal etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Organik mahsulotlar sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda. Organik mahsulotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Organik mahsulotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 25-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-766-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 03/22/766/0342-son; 18.01.2024-y., 03/24/898/0046-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)