Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining Yoʻriqnomasi, 07.01.1999 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 588
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“TASDIQLANGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
Ijtimoiy taʼminot vazirligi
1998-yil 30-noyabr, 2-271/04-son
“TASDIQLANGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
Mehnat vazirligi
1998-yil 30-noyabr, 1235/04-1-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ALOHIDA ASOSLARGA KOʻRA MEHNAT SHARTNOMASI BEKOR QILINGANDA ISHDAN BOʻSHATILGAN XODIMLARGA MUDDATIDAN OLDIN PENSIYA TAYINLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻriqnoma
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 7-yanvarda 588-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 25-modda oʻn birinchi qismiga va “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining 14-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan va Mehnat kodeksi 100-modda ikkinchi qismining 1-bandida koʻrsatilgan sabablarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda umumiy asoslarda belgilangan pensiya yoshi arafasida boʻlgan xodimlarga muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlash va toʻlash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Muddatidan oldin yoshga doir pensiya texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining oʻzgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi, yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan, pensiya yoshi arafasidagi va umumiy asoslarda yoshga doir pensiya tayinlash uchun talab qilinadigan ish stajiga ega boʻlgan hamda tuman (shahar) mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoya qilish boʻlimlarida (bundan keyin “mehnat boʻlimi” deb ataladi) belgilangan tartibda ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslarga tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ishsiz deb eʼtirof etilib muddatidan oldin pensiya tayinlash uchun taqdim etilgan fuqarolarga ishsizlik nafaqasi tayinlanmaydi. Agar fuqaroning muddatidan oldin pensiya olish huquqi ishsizlik nafaqasini olib turgan vaqtda vujudga kelsa, ishsizlik nafaqasi toʻlovi toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. PENSIYA TAYINLASH VA TOʻLASH TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ishdan ozod etilgan shaxslar mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan soʻng oʻn kun ichida oʻzlarining yashash joyidagi mehnat boʻlimiga ish qidiruvchi shaxs sifatida murojaat qilsalar, mehnat boʻlimi xodimlari bunday shaxslarga uch oy muddat ichida, agarda ular oʻn kalendar kundan keyin murojaat qilsalar oʻn kun muddat ichida maqbul keladigan ishni topishda yordam berishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Agar ish qidiruvchi shaxslarga mehnat boʻlimi tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 6-bandida koʻrsatib oʻtilgan muddatlar ichida ikki marta maqbul keladigan ish taklif qilinmasa, bunday holda ular mehnat boʻlimida ish qidiruvchi shaxs sifatida roʻyxatga olingan kundan boshlab ishsiz deb eʼtirof etiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mehnat boʻlimi ishsiz deb eʼtirof etilgan va muddatidan oldin yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega boʻlgan fuqarolarga 4-shakldagi taqdimnoma (1-ilovaga muvofiq) tayyorlaydi va 5 kun muddat ichida tegishli tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʻlimiga topshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mehnat boʻlimi tomonidan berilgan (4-shakl boʻyicha) taqdimnoma ijtimoiy taʼminot boʻlimi tomonidan muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlashga asos boʻlib hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Muddatidan oldin yoshga doir pensiya quyidagi muddatdan tayinlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishsiz deb eʼtirof etilgan kundan agar mehnat boʻlimida ish qidiruvchi shaxs sifatida roʻyxatga olingan kun holatiga yoki undan oldin erkaklar 58 yoshga, ayollar 53 yoshga toʻlgan boʻlsalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
erkaklar 58 yoshga, ayollar 53 yoshga toʻlgan kundan agarda mehnat boʻlimida ish qidiruvchi shaxs yoki ishsiz shaxs sifatida roʻyxatda turgan davrda shu yoshga toʻlgan boʻlsalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Muddatidan oldin pensiya miqdori “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan tartib asosida hisoblab chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarni toʻlash Pensiya jamgʻarmasiga ajratiladigan Ish bilan taʼminlashishga koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Muddatidan oldin tayinlangan pensiyalar ishlamaydigan fuqarolarga toʻlanadi. Bunday pensiyani olayotgan fuqarolar umumiy asoslarda pensiya olish yoshiga (erkaklar 60 yoshga, ayollar 55 yoshga) yetgunga qadar ishga kirgan hollarda muddatidan oldin pensiya toʻlash toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Muddatidan oldin pensiya tayinlangandan soʻng fuqarolar ishga kirib, soʻngra belgilangan umumiy pensiya yoshiga yetgunlariga qadar ishdan boʻshasalar, mehnat shartnomasining bekor qilinish sababiga bogʻliq ravishda quyidagi tartib qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar mehnat shartnomasi Mehnat kodeksi 100-moddasining ikkinchi qismi 1-bandida koʻrsatilgan sabablarga koʻra bekor qilinsa muddatidan oldin pensiya mazkur Yoʻriqnomada belgilangan shartlar va tartib asosida qayta tayinlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agarda mehnat shartnomasi boshqa sabablarga koʻra bekor qilinsa muddatidan oldin pensiya qayta tayinlanmaydi va avval tayinlangan pensiya toʻlovi ham tiklanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. MUDDATIDAN OLDIN TAYINLANGAN PENSIYALAR BOʻYICHA HISOB VA HISOBOT
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ijtimoiy taʼminot boʻlimlari har oyda muddatidan oldin pensiya tayinlangan fuqarolar roʻyxatini, tayinlangan pensiyaning bir oylik miqdorini, pensiya toʻlangan davr va Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻ miqdorini koʻrsatgan holda (2-ilovaga muvofiq), toʻlangan pensiyalar xarajatlarini qoplash uchun keyingi oyning 5-sanasigacha tegishli mehnat boʻlimlariga hamda Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlariga yuboriladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Mehnat boʻlimlari Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasi hisobidan muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarni toʻlash xarajatlarini qoplash uchun pensiya toʻlangan oydan keyingi oyning 10-kunigacha Pensiya jamgʻarmasining tegishli boʻlimiga mablagʻ oʻtkazadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Muddatidan oldin pensiya olayotgan fuqaro umumiy asoslarda pensiya olish yoshiga yetganda, pensiya toʻlovi belgilangan tartibda Pensiya jamgʻarmasining oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Pensiya jamgʻarmasi Ish bilan taʼminlashishga koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasidan mablagʻlarni muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarning haqiqiy toʻlangan miqdorlari boʻyicha undirib oladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Mehnat boʻlimlari va Pensiya jamgʻarmasining boʻlimlari yilning har bir chorak yakuni boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblarni taqqoslash dalolatnomasini (3-ilovaga muvofiq) tuzadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Mehnat boʻlimlari muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarni toʻlash xarajatlarini belgilangan muddatlarda qoplamagan hollarda, Pensiya jamgʻarmasiga muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun oʻtkazilishi lozim boʻlgan summaning 0,15 foizi miqdorida penya toʻlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Mehnat va ijtimoiy taʼminot boʻlimlari davlat statistika hisoboti tasdiqlangan shaklga asosan muddatidan oldin pensiya olayotgan shaxslar soni va toʻlangan mablagʻlar miqdori haqidagi maʼlumotlarni belgilangan muddatlarda tegishli ravishda hududiy mehnat va ijtimoiy taʼminot boshqarmalariga, ular esa oʻz navbatida Mehnat va Ijtimoiy taʼminot vazirliklariga taqdim etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Yoʻriqnoma tasdiqlanishi munosabati bilan quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan 1992-yil 10-iyulda tasdiqlangan “Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning qayta tashkil etilishi, tugatilishi yoki xodimlar soni (shtati)ning qisqarishi natijasida pensiya yoshi arafasida ishdan boʻshatilgan xodimlarga pensiya tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi 05-1209/50-sonli Nizom.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining 1992-yil 27-iyuldagi 976/16-sonli tushuntirish xati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni 25-moddasiga asosan va “Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomani qoʻllagan holda, 199___yil “___”______________________ da tugʻilgan___________________________________________
_________________________________________________________________________________________ (pasport maʼlumotlari: seriyasi va soni, kim tomonidan va qachon berilgan)
muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlash uchun taqdim etadi. ___________________________________ 199___yil “___”_____________________________da
(ishsizning familiyasi, I.O)
_________________________________________________________________________________________ (ishdan boʻshatilish sababi koʻrsatiladi)
ishdan boʻshatilgan va 199__ yil “___” ________________ dan ishsiz deb eʼtirof etilgan.