Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
27.08.2025
02.09.2023
17.07.2023
13.04.2022
View
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash va berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son Farmoniga muvofiq jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi o‘rinlarda — shaxsiy identifikatsiya raqami) barcha davlat, bank, ijtimoiy va boshqa xizmatlarni ko‘rsatishda fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi yagona identifikator hisoblanishi, soliq organlarida soliq to‘lovchilarning hisobi shaxsiy identifikatsiya raqamidan foydalangan holda yuritilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash va berish tartibi to‘g‘risidagi ma’muriy reglament (keyingi o‘rinlarda — Reglament) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududida tug‘ilgan barcha shaxslarga tug‘ilganlikni qayd etish jarayonida shaxsiy identifikatsiya raqamini berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga identifikatsiyalovchi ID-kartasi berilganda, shaxsiy identifikatsiyalovchi raqamini berish;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-sentabrdagi 442-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet davlat fuqarosiga O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha bo‘lib turganda yoki o‘z faoliyatini ishonchli vakili orqali amalga oshirayotganda, shaxsiy identifikatsiya raqamini berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga biometrik harakatlanish hujjati rasmiylashtirilganda, shaxsiy identifikatsiya raqamini berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet davlatda vaqtincha yoki doimiy yashaydigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, ularning farzandlari, chet davlat fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga shaxsiy identifikatsiya raqamini berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet el fuqarolariga hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga “e-Residency” platformasi orqali shaxsiy identifikatsiya raqamini berish;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxsning elektron talabnomasini shakllantirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “e-Residency” platformasining operatori hisoblanadi hamda ushbu platformani ishlab chiqish va texnik ta’minlash uchun xarajatlar Vazirlikning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 2025-yil 1-oktabrga qadar chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan masofadan turib, ariza berish hamda JSHSHIR olish imkoniyati bo‘lgan “e-Residency” platformasini ishlab chiqsin va ishga tushirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi 2025-yil 15-oktabrga qadar JSHSHIR olgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun masofadan turib, Yagona identifikatsiya tizimidan to‘siqlarsiz ro‘yxatdan o‘tkazish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratsin.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2022-yil 1-iyunga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda shaxsiy identifikatsiya raqamini olish to‘g‘risidagi murojaatlarni qabul qilish hamda tayyor bo‘lgan shaxsiy identifikatsiya raqamini berish bo‘yicha axborot tizimlari integratsiya qilinishini ta’minlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari orqali chet davlatlar jismoniy shaxslarining ma’lumotlarini onlayn ravishda tekshirish bo‘yicha veb-servis ishlab chiqib va uni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasiga integratsiya qilish choralarini ko‘rsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-iyundan boshlab mazkur qarorga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yoki doimiy yashayotgan chet davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, xorijiy davlatda doimiy yashaydigan chet davlat fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha bo‘lib turgan yoki o‘z faoliyatini ishonchli vakili orqali amalga oshirayotgan chet davlat fuqarolariga shaxsiy identifikatsiya raqamlarini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘ysin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va ilmiy faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i va adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 12-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
177-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 177-son qaroriga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash va berish tartibi to‘g‘risidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MA’MURIY REGLAMENTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Reglament O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini (keyingi o‘rinlarda — shaxsiy identifikatsiya raqami) aniqlash va berish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Shaxsiy identifikatsiya raqami O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yoki doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, chet elda doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha bo‘lib turgan yoki o‘z faoliyatini ishonchli vakili orqali amalga oshirayotgan chet el fuqarolariga (keyingi o‘rinlarda — talabgorlar) beriladi. Shaxsiy identifikatsiya raqami berilganligi uchun to‘lov undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ma’lumotlarni to‘plash punkti — shaxsiy identifikatsiya raqamini olish uchun murojaat qilgan jismoniy shaxsning biografik ma’lumotlari va biometrik parametrlarini jamlash, ushbu ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yuborish hamda shakllantirilgan tayyor shaxsiy identifikatsiya raqamini berish vazifasini bajaruvchi ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari, davlat xizmatlari markazlari, FHDE organlari, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operator — ma’lumotlarni to‘plash punktining shaxsiy identifikatsiya raqamini berish uchun elektron talabnomani to‘ldiruvchi va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan berilgan shaxsiy identifikatsiya raqamini taqdim etuvchi mas’ul xodimi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron talabnoma — ma’lumotlarni to‘plash punktidan shaxsiy identifikatsiya raqamini oladigan shaxsning biografik ma’lumotlari va biometrik parametrlarini o‘z ichiga olgan elektron hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“e-Residency” platformasi (keyingi o‘rinlarda — Platforma) — chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga muayyan mamlakatda masofadan turib, O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlikni yuritish yoki davlat xizmatlaridan foydalanish uchun identifikatsiyadan jismonan ishtirokisiz o‘tish va shaxsiy identifikatsiya raqamini olish imkoniyatini beradigan raqamli tizim.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Shaxsiy identifikatsiya raqami mashinada hisoblanadigan hujjatlar uchun xalqaro standartlarga (ICAO) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining biometrik pasportlarida (identifikatsiya ID-kartalarida), chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomalari va identifikatsiya ID-kartalari hamda boshqa hujjatlarda foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Shaxsiy identifikatsiya raqami quyidagi tartibda joylashgan o‘n to‘rtta raqamdan iborat bo‘ladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
X
XXXXXX
XXX
XXX
X
nazorat raqami
jismoniy shaxsning tartib raqami (000 — 999)
tuman, shahar kodi (000 — 999)
tug‘ilgan sanasi (KKOOYY)
jinsi va tug‘ilgan asri indeksi (1 — 6)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-guruh — jinsi va tug‘ilgan asri indeksi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1 — 1800.1.01. — 1899.31.12 da tug‘ilgan erkaklar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2 — 1800.1.01 — 1899.31.12 da tug‘ilgan ayollar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3 — 1900.1.01 — 1999.31.12 da tug‘ilgan erkaklar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4 — 1900.1.01 — 1999.31.12 da tug‘ilgan ayollar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5 — 2000.1.01 — 2099.31.12 da tug‘ilgan erkaklar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6 — 2000.1.01 — 2099.31.12 da tug‘ilgan ayollar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-guruh — formatdagi tug‘ilgan sana: KKOOYY (kun, oy, yil).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-guruh — shaxsiy identifikatsiya raqamini shakllantirish uchun talabnoma rasmiylashtirilgan tuman, shahar kodi, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari joylashgan joy.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yoki doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, xorijiy davlatda yashaydigan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha bo‘lib turgan yoki o‘z faoliyatini ishonchli vakili orqali amalga oshirayotgan chet el fuqarolariga shaxsiy identifikatsiya raqamini berishda 3-guruh raqami mazkur shaxslar murojaat qilgan joydan kelib chiqib tanlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-guruh — ushbu kunda tug‘ilgan va mazkur tumanda, shaharda biometrik pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi), yashash yoki tug‘ilganlik guvohnomasini olgan jismoniy shaxsning tartib raqami.
(5-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-sentabrdagi 442-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tartib raqami biometrik pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi) yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani olish navbatiga muvofiq shakllantiriladi.
(5-bandning o‘n to‘rtinchixatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-sentabrdagi 442-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-guruh — nazorat raqami.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazorat raqami (14-pozitsiya) 10 moduli bo‘yicha doimiy ravishda takrorlanuvchi 731 731... salmoq funksiyasi bilan quyidagi tarzda hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqamli ma’lumotlarning tegishli elementi raqami tegishli muntazam pozitsiyada turgan salmoq ko‘rsatkichiga chapdan o‘nga ko‘paytiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir ko‘paytirish natijalari jamlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hosil bo‘lgan yig‘indi 10 moduliga bo‘linadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bo‘lishda qolgan qoldiq nazorat raqami hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kodning haqiqiyligi tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-misol.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1993-yil 12-oktabrda tug‘ilgan, 024 tartib raqami berilgan erkak uchun hisoblangan nazorat raqami:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3
12
10
93
204
024
7
31
73
17
317
317
21
32
70
921
6028
0228
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hosil bo‘lgan raqamlar jamlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21+3+2+7+0+9+21+6+0+28+0+2+28=127
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Natija 10 moduliga bo‘linadi: 127/10=12 (qoldiq — 7), shunday qilib nazorat raqami 7 ga teng, fuqaroning kodi esa — 3 121093 204 024 7.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-misol.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1990-yil 2-yanvarda tug‘ilgan, 001 tartib raqami berilgan ayol uchun hisoblangan nazorat raqami:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4
02
01
90
205
001
7
31
73
17
317
317
28
02
03
90
6035
007
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hosil bo‘lgan raqamlar jamlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28+0+2+0+3+9+0+6+0+35+0+0+7=90
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Natija 10 moduliga bo‘linadi: 90/10=9 (qoldiq — 0), shunday qilib nazorat raqami 0 ga teng, fuqaroning kodi esa — 4 020190 205 001 0.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Talabgorlarga shaxsiy identifikatsiya raqami O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan ma’lumotlarni to‘plash punkti yoki Platforma orqali rasmiylashtirilgan talabnoma asosida avtomatlashtirilgan tizim orqali shakllantiriladi va beriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Shaxsiy identifikatsiya raqami ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Shaxsiy identifikatsiya raqami:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududida tug‘ilgan barcha shaxslarga tug‘ilganlikni qayd etish jarayonida — qat’iy ravishda FHDY organlari tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga identifikatsiyalovchi ID-kartasi berilganda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha bo‘lib turgan yoki o‘z faoliyatini ishonchli vakili orqali amalga oshirayotgan chet el fuqarolariga — davlat xizmatlari markazlari tomonidan;
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-sentabrdagi 442-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga identifikatsiyalovchi ID-kartasi berilganda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha bo‘lib turgan chet el fuqarolariga — ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari tomonidan;
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-sentabrdagi 442-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet elda bo‘lgan xorijiy davlatlar fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga — Platforma orqali O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan;
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjati rasmiylashtirilganda — ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet davlatlarning O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlarning chet ellik diplomatik xodimlari hamda ularning oila a’zolariga — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan;
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-iyuldagi 289-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatda yashaydigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning farzandlariga (shaxsiy identifikatsiya raqami mavjud bo‘lmaganda), chet el fuqarolariga hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga — O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha va doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga shaxsiy identifikatsiya raqami quyidagi hujjatlar asosida rasmiylashtirib beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yashayotgan chet el fuqarolariga — xorijiy davlat fuqarosining pasporti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet davlatlarning O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlarning chet ellik diplomatik xodimlari hamda ularning oila a’zolariga — chet davlat fuqarosining pasporti va akkreditatsiya kartasi;
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-iyuldagi 289-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yashayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga — harakatlanish hujjati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga — yashash guvohnomalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z faoliyatini ishonchli vakili orqali amalga oshirayotgan chet el fuqarolariga — qonunchilikda belgilangan tartibda tan olingan ishonchnoma, xalqaro shartnoma va kelishuvlarda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno, ishonchnoma bergan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi va xalqaro standartlarga (ICAO) mos raqamli fotosurati, vakilning shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet elda bo‘lgan xorijiy davlatlar fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga — shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi va xalqaro standartlarga (ICAO) mos raqamli fotosurati.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Shaxsiy identifikatsiya raqami talabgorlarga ularning ma’lumotlarni to‘plash punktiga yoki Platforma orqali murojaatlari asosida beriladi.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabgorlar shaxsiy identifikatsiya raqamini olish uchun ma’lumotlarni to‘plash punkti operatoriga o‘zi kelib (O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z faoliyatini ishonchli vakili orqali amalga oshirayotgan chet el fuqarolari bundan mustasno) yoki Platforma orqali murojaat etadi. Ma’lumotlarni to‘plash punkti operatori talabgorlar nomidan ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi elektron talabnomani to‘ldiradi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
To‘ldirilgan talabnomadagi ma’lumotlar talabgorlar tomonidan tekshirilib, ularning to‘g‘riligi tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ma’lumotlarni to‘plash punkti operatori tomonidan jismoniy shaxsning biografik (familiyasi, ismi, otasining ismi (mavjud bo‘lganda), tug‘ilgan sanasi, jinsi, shaxsiy identifikatsiya raqamini berish uchun asos bo‘ladigan hujjatining seriyasi (mavjud bo‘lganda) va raqami, uni bergan organning nomi va sanasi) hamda biometrik (barcha qo‘l barmoq izlari (16 yoshga to‘lmagan shaxslar, O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z faoliyatini ishonchli vakili orqali amalga oshirayotgan chet el fuqarolari, chet davlatlarning O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlarning chet ellik diplomatik xodimlari hamda ularning oila a’zolari bundan mustasno) va fotosurati) ma’lumotlari avtomatlashtirilgan tizimga kiritilib, elektron talabnoma shakllantiriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-iyuldagi 289-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Platforma orqali murojaat qilgan xorijiy davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan ma’lumotlar (barmoq izlari bundan mustasno) bilan birga shaxsini tasdiqlovchi hujjatini (undagi fotosurat bilan birga) mustaqil ravishda elektron tizimga kiritadi va real vaqt rejimidagi yuz qiyofasi orqali “lifeneest detection” usuli qo‘llanilgan holda biometrik identifikatsiyadan (Face-ID) o‘tadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Shaxsiy identifikatsiya raqamini shakllantirish uchun talabnoma quyidagi hollarda rad etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxs o‘zi haqida yolg‘on ma’lumot berganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsga avval shaxsiy identifikatsiya raqami biriktirilganda (shaxsiy identifikatsiya raqami xato shakllantirilgan holatlar bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqdim etilgan hujjatlar ushbu Reglament talablariga muvofiq bo‘lmaganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabgorlar ixtiyoriga ko‘ra asoslantirilgan rad javobi yozma ravishda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Elektron talabnoma O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan qabul qilib olingandan so‘ng:
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga shaxsiy identifikatsiya raqami axborot tizimi vositasida real vaqt rejimida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha va doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga bir ish kuni davomida shaxsiy identifikatsiya raqami shakllantirilib, ma’lumotlarni to‘plash punktiga elektron shaklda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet davlatlarning O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlarning chet ellik diplomatik xodimlari hamda ularning oila a’zolariga bir ish kuni davomida shaxsiy identifikatsiya raqami shakllantirilib, ma’lumotlarni to‘plash punktiga elektron shaklda;
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-iyuldagi 289-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet el fuqarolariga hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun shaxsiy identifikatsiya raqami uch ish kuni davomida Platforma orqali elektron shaklda (Platforma orqali murojaat qilinganda);
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatda vaqtincha yoki doimiy yashaydigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning farzandlariga (shaxsiy identifikatsiya raqami mavjud bo‘lmaganda), chet el fuqarolariga hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun shaxsiy identifikatsiya raqami bir ish kuni davomida O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Talabgorlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakllantirilgan QR-kodli shaxsiy identifikatsiya raqami ma’lumotnomasini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham olishi mumkin.
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabgorlarning ixtiyoriga ko‘ra ma’lumotlarni to‘plash punkti operatori uning shaxsiy identifikatsiya raqami ma’lumotnomasini taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Shaxsiy identifikatsiya raqami quyidagi hollarda qayta shakllantiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birlamchi shaxsiy identifikatsiya raqami xatolik bilan shakllantirilganligi aniqlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsning tug‘ilgan sanasi o‘zgartirilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsning jinsi o‘zgartirilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farzandlikka olinganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Shaxsiy identifikatsiya raqamini qayta shakllantirish uchun asos bo‘lgan hollarda, talabgorlar ushbu bobda belgilangan tartibda mazkur o‘zgarishlarni tasdiqlovchi hujjatlar asosida ma’lumotlarni to‘plash punktiga murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qayta shakllantirilgan shaxsiy identifikatsiya raqami barcha manfaatdor davlat tashkilotlarining axborot tizimlariga yuborilishini ta’minlaydi. Davlat tashkilotlari o‘zlarining axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarida jismoniy shaxsga tegishli ma’lumotlar birlashtirilishi yoki muvofiqlashtirilishini ta’minlaydi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Shaxsiy identifikatsiya raqamini olish bo‘yicha murojaat qilgan talabgorlar davlat organlari va tashkilotlari yoki ma’lumotlarni to‘plash punkti tomonidan shaxsiy identifikatsiya raqamini berishni rad etish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari hamda ma’lumotlarni to‘plash punkti mansabdor shaxslari xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ushbu Reglament talablarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash va berish tartibi to‘g‘risidagi ma’muriy reglamentga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy shaxslarga shaxsiy identifikatsiya raqamini berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
JSHSHIR olishga talabgor shaxs
(O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yoki doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, xorijiy davlatda doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha bo‘lib turgan yoki o‘z faoliyatini ishonchli vakili orqali amalga oshirayotgan chet el fuqarolari)
Shaxsiy identifikatsiya raqamini olish uchun ma’lumotlarni to‘plash punktiga shaxsan murojaat qilish yoki Platforma orqali talabnoma yuborish.
Zaruratga ko‘ra
2-bosqich
Ma’lumotlarni to‘plash punkti
(Ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari, davlat xizmatlari markazlari, FHSYO organlari, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari)
1. Jismoniy shaxsga shaxsiy identifikatsiya raqami biriktirilganligini o‘rganish.
2. Talabgor nomiga elektron talabnomani rasmiylashtirish.
3. Talabnomani O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yuborish.
Real vaqt rejimida,
1 soat ichida
3-bosqich
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
1. Elektron talabnomaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi uchun shaxsiy identifikatsiya raqamini shakllantirish va ma’lumotlarni to‘plash punktiga elektron shaklda yuborish.
Real vaqt rejimida
2. O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yoki doimiy yashayotgan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uchun shaxsiy identifikatsiya raqamini shakllantirish va ma’lumotlarni to‘plash punktiga elektron shaklda yuborish.
Bir ish kunida
3. Xorijiy davlatda yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning farzandlari (shaxsiy identifikatsiya raqami mavjud bo‘lmaganda), chet el fuqarolariga hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun shaxsiy identifikatsiya raqamini xorijdagi ma’lumotlarni to‘plash punktiga yuborish.
4. Chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uchun shaxsiy identifikatsiya raqamini shakllantirish va Platforma orqali talabgorga elektron shaklda yuborish.
Bir ish kunida
Uch ish kunida
4-bosqich
Ma’lumotlarni to‘plash punkti
(Ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari, davlat xizmatlari markazlari, FHSYO organlari, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari)
Talabgorning ixtiyoriga ko‘ra ma’lumotlarni to‘plash punkti operatori uning shaxsiy identifikatsiya raqami ma’lumotnomasini taqdim etadi.
Real vaqt rejimida
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash va berish tartibi to‘g‘risidagi ma’muriy reglamentga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini olish bo‘yicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SO‘ROVNOMA

I. Jismoniy shaxs to‘g‘risida ma’lumot:
1. Familiyasi:
2. Ismi:
3. Otasining ismi (mavjud bo‘lsa):
4. Fuqaroligi:
5. Bog‘lanish uchun telefon raqami:
6. Elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa):
II. Ilova qilinadigan hujjatlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yashayotgan chet el fuqarolariga — chet el fuqarosining pasporti yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga — harakatlanish hujjati;
2. O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga — yashash guvohnomalari;
3. O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha bo‘lib turgan chet el fuqarolari uchun — shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
4. O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z faoliyatini ishonchli vakili orqali amalga oshirayotgan chet el fuqarolariga — qonunchilikda belgilangan tartibda tan olingan ishonchnoma, xalqaro shartnoma va kelishuvlarda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno, ishonchnoma bergan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi va ICAO xalqaro standarti talablariga mos raqamli fotosurati, vakilning shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
5. Chet davlatlarning O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlarning chet ellik diplomatik xodimlari hamda ularning oila a’zolariga — chet davlat fuqarosining pasporti hamda akkreditatsiya kartasi.
6. Chet elda bo‘lgan xorijiy davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun — shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi va xalqaro standartlarga (ICAO) mos raqamli fotosurati.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash va berish tartibi to‘g‘risidagi ma’muriy reglamentga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ma’lumotnoma raqami: ma’lumotnoma berilgan vaqt:___.___.20___.
Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami berilganligi haqida
MA’LUMOTNOMA
JISMONIY SHAXS TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT:
1. Familiyasi:
2. Ismi:
3. Otasining ismi:
4. Tug‘ilgan sanasi (kun, oy, yil):
5. Biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi (yashash yoki tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi) seriyasi (mavjud bo‘lsa)
6. Biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi (yashash yoki tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi) raqami
7. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami:
____________________________
____________________________
(mas’ul shaxsning lavozimi)
(F.I.O)
QR-kod
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-sentabrdagi 442-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 177-son qaroriga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RO‘YXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash tartibi to‘g‘risida” 1996-yil 31-maydagi 200-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2018-yil 19-noyabrdagi 934-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 09/22/177/0299-son; 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)